Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2026 07.02.2017 yildagi PF-4947-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017 yildagi PF-4947-son
Date of entry into force
08.02.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-sonli “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini taʼminlash uchun muhim poydevor boʻldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotda maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta oʻylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori surʼatlar bilan oʻsishini, inflyatsiyani prognoz koʻrsatkichlari darajasida saqlab qolishni taʼminladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib oʻtgan taraqqiyot yoʻlining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin oʻzgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Aholi va tadbirkorlarni oʻylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama oʻrganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yoʻnaltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini toʻlaqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yoʻnaltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish boʻyicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sogʻligʻini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, taʼlim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yoʻnaltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, Oʻzbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlar strategiyasini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil boʻyicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2017-yil Oʻzbekiston Respublikasida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilingani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar zimmasiga Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek Harakatlar strategiyasini 2018 — 2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati muvofiqlashtirib borilishini, shuningdek uning joylarda ijro etilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborot Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalar tomonidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlar quyidagilarga alohida eʼtibor qaratsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda byurokratik toʻsiq va gʻovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yoʻl qoʻymaslikka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturi doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring qilish hamda uning natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot berib borishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, shuningdek Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻida keng sharhlab borilishini, uning demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni taʼminlash, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror toptirish maqsadida davlat organlarining aholi bilan ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotini kuchaytirishga yoʻnaltirilganini jamoatchilikka tushuntirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning borishi va natijalari toʻgʻrisidagi xolis, toʻliq maʼlumot aholiga tezlik bilan yetkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiyalarga rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyot tajribasini, zarur boʻlganda, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, oʻrganishda koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 7-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4947-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HARAKATLAR STRATEGIYASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga yoʻnaltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni tartibga solishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha vazifalarni amalga oshirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan aholi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi oʻrni va faoliyati samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeyini, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalarga gʻayriqonuniy tarzda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning mustaqilligi va begʻarazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning odil sudlovga toʻsqinliksiz erishishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini oʻqitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish boʻyicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Yuridik yordam va xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishda advokatlarning rolini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʻrta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional oʻzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xalqaro tajribada qoʻllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taʼminlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini taʼminlash, uning tarkibida sanoat, xizmat koʻrsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʻzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, isteʼmol tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat koʻrsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning oʻrni va ulushini oshirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, boʻshagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yogʻ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari, eng avvalo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
global iqlim oʻzgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yoʻlidagi barcha toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, unga toʻliq erkinlik berish, “Agar xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va kuchli boʻladi” degan tamoyilni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qatʼiy oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav jamgʻarmalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi boʻyicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish koʻlamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past boʻlgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yoʻli bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xoʻjalik birlashmalarining mablagʻlarini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat va xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalar sonini va aholining daromadlari boʻyicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya surʼatlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, oʻrta maxsus va oliy oʻquv muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʻliq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirgan holda sogʻliqni saqlash sohasini, eng avvalo, uning dastlabki boʻgʻinini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishni kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqlar va bolalar oʻlimini kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi oʻrnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensionerlar, nogiron, yolgʻiz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining toʻlaqonli hayot kechirishlarini taʼminlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanishini yaxshilash, dori-darmonlar narxlarining asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida kasallanish koʻrsatkichlari pasayishini va umr uzayishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan taʼminlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini taʼminlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yoʻq qilish boʻyicha zamonaviy obyektlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga transport xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash, yoʻlovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl infratuzilmasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllarini, aholi punkti koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilgʻi-energiya resurslari bilan taʼminlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-maʼrifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʻlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga, ularni musiqa hamda sanʼat dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va oʻqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismonan sogʻlom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatʼiy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash va roʻyobga chiqarish, bolalar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, taʼlim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga oʻz vaqtida va munosib qarshilik koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi oʻrni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, Oʻzbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qoʻshnichilik muhitini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini hal etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

Sarf-xarajatlar

(mln. soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish

1.

“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Ombudsman, AQHMI, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada parlament nazoratining yangi shakli sifatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati va Senat aʼzosi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini oʻrganib, tahlil qilish hamda uning natijalari boʻyicha tegishli choralar koʻrish nazarda tutiladi.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini oʻrganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)

-

-

Oliy Majlis palatalari qoʻshma qarori loyihasi. Loyihada:

hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10 — 12 kun davomida bir tumanda boʻlib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini oʻrganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi;

Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini oʻtkazish;

Oliy Majlis Senati tomonidan har bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda tutiladi.

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Oliy Majlis palatalari(kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ombudsman, AQHMI,

Oliy sud, Moliya vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada qonun normalarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi qonunlarga moslashtirish;

ombudsman mintaqaviy vakillarining huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutiladi.

4.

Davlatning tashqi siyosatini amalga oshirishda Oliy Majlis palatalarining roli va mavqeyini oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

AQHMI,
TIV,
TSV

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Bunda Oliy Majlis palatalarining:

davlatning tashqi siyosati amalga oshirilishi, xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi ustidan nazorat vakolatlari mustahkamlanadi;

xorijiy davlatlar parlamentlari bilan parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishini tashkil etishning huquqiy mexanizmi takomillashtiriladi;

Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun parlament diplomatiyasidan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

5.

Aholining senatorlar va deputatlar bilan oʻzaro munosabatlarini, Oliy Majlisning xalq bilan muloqotini takomillashtirish maqsadida “Elektron parlament” tizimini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Ijrochilarning qoʻshma kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Bunda parlament faoliyati samaradorligi va shaffofligini oshirish, uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali xalq bilan muloqotni takomillashtirish, deputatlarga saylangan saylov okruglaridan mahalliy hokimiyat idoralarining qarorlarini majburiy yuborish orqali hududdagi ahvoldan xabardorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.

6.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirish maqsadida siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Adliya vazirligi, AQHMI, FJSHMQMI

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada quyidagilarni tartibga solish nazarda tutiladi:

partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini koʻrib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish;

tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish;

xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni taqdim etish huquqini berish;

Qonunchilik palatasi deputatlarining joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy boʻlimlarining vakillarini biriktirib qoʻyish.

7.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining ijrochi kotiblari lavozimini taʼsis etish.

2017-yil II chorak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida)

80,0

Siyosiy partiyalar mablagʻlari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashi qarori loyihasi.

Loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining ijrochi kotiblari oʻz partiyalari siyosatini parlament quyi palatasida himoya qilish ishini tashkil etishga, koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan fraksiyaning yagona pozitsiyasini ishlab chiqishga, fraksiya aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtirishga koʻmaklashish nazarda tutiladi.

8.

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimini taʼsis etish.

2017-yil II chorak

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi

50,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Parlament va ijroiya hokimiyati organining qonun ijodkorligi sohasidagi, shuningdek, ijro organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etishda oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

9.

Oliy Majlis palatalarining axborot-tahlil va tadqiqot faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan tarkibiy boʻlinmalarini tuzish.

2017-yil I chorak

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), AQHMI

200,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy Majlis palatalarining qarori loyihasi.

Oliy Majlis palatalarining qonunlarni qabul qilish va nazorat faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarni chuqur tahlillar asosida ishlab chiqishga xizmat qiladi.

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish

10.

Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar Konsepsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihalarini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura,
AQHMI, DBA, SMTI, FJSHMQMI

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Bunda davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaradigan davlat organlari, turli komissiyalarni bekor qilish yoki bir-biriga qoʻshish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh etish nazarda tutiladi.

11.

Yangi tahrirdagi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

AQHMI, DBA, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:

mahalliy davlat hokimiyati organlarining tuzilmasini takomillashtirish va qonunlar ijrosini taʼminlash borasidagi vakolatlarini aniqlashtirish;

viloyat, tuman, shahar hokimlarining va boshqa mansabdor shaxslarning oʻz faoliyati yuzasidan tegishli hududdagi aholi oldida hisobot berish va hisobotga oid maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tartibini joriy etish;

xalq deputatlari Kengashlari tomonidan mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish shakllari va mexanizmlarini aniqlashtirish;

xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkiliy va texnik jihatdan taʼminlaydigan ijrochi kotiblar lavozimini taʼsis etish.

12.

Davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:

davlat mulkidan samarali foydalanishda boshqaruvning eng zamonaviy turlarini joriy etish;

davlat unitar korxonalarini boshqarishga biznes boshqaruv usullarining eng ilgʻor shakllarini (benchmarking) joriy etish;

ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalarda korporativ boshqaruvning ilgʻor usullarini joriy etish nazarda tutiladi.

Bunda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasining eng ilgʻor usullarini qoʻllagan holda davlat mulkidan foydalanish samaradorligi keskin oshiriladi.

13.

Davlat va xususiy sheriklik (hamkorlik) shakllarini kengaytirishga qaratilgan “Davlat va xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III ch�rak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

Mehnat vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada davlat va xususiy sheriklik tushunchasi, vazifalari va asosiy yoʻnalishlari, ishtirokchilari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, bu boradagi loyihalar amalga oshiriladigan ustuvor sohalar tartibga solinadi.

14.

“Davlat boshqaruvi asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada davlat boshqaruvi asoslari, davlat boshqaruvi organlari turlari (vazirlik, davlat qoʻmitasi, agentlik, inspeksiya, markaz), ularning vazifa va vakolatlarini belgilash mezonlari tartibga solinadi.

15.

“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, DBQ, vazirlik va idoralar

-

-

Loyihada davlat organlarining oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning talabiga koʻra, muayyan yuridik faktni belgilash, oʻzgartirish, toʻxtatish, saqlash, oʻtkazish yoki tugatish bilan bogʻliq faoliyat tartibga solinadi.

16.

“Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Vazirlar Mahkamasi, AQHMI, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat koʻrsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirish, davlat xizmatiga ishga oʻtish, xizmatni oʻtash va xizmatdan ketish masalalari, bu boradagi kafolatlar tartibga solinadi.

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga davlat organlari va tashkilotlarida mehnatga haq toʻlash va mehnatni normalashni tartibga soluvchi oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Mehnat vazirligi,

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada davlat xizmatini moliyalashtirish, davlat xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish, mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy taʼminlash tartibini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish nazarda tutiladi.

18.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash, inson huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik shaxslarga aloqador axborotni taqdim etishning zamonaviy shakllarini amalga kiritish.

2017-yil IV chorak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

“Davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini tanqidiy oʻrganish va ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Shu jumladan:

rasmiy idoraviy veb-saytlarga davlat xizmatlari koʻrsatishni, maʼmuriy tartib-taomillarini qoʻllashga oid masalalar yuzasidan barcha qaror va hujjatlarni joylashtirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining muhim masalalarini muhokama qilishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish.

19.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlarining faoliyati samaradorligini oshirish.

2017-yil IV chorak

Matbuot va axborot agentligi, EOAVMA, vazirlik va idoralar

-

-

Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:

Axborot xizmatlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyatining muhim jihatlari boʻyicha tizimli asosda matbuot-anjumanlari, “brifinglar” tashkil etib borish;

Axborot xizmatlari xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etishga qaratilgan.

20.

Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish.

2017-yil II chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyiha:

iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda davlat ishtirokini cheklab borish:

davlat unitar korxonalarining sonini qisqartirish va davlat xizmatlarining ayrim turlarini amalga oshirishda xususiy sektorni jalb etish;

boshqaruvning bilvosita usullarini keng qoʻllashga oid mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni nazarda tutadi.

21.

Davlat boshqaruvida ruxsat beruvchi tartibotlar va qoidalarni maqbullashtirish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi, Oʻzstandart agentligi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha davlat boshqaruvida ruxsat berish normalarini qayta koʻrib chiqish va qisqartirish, litsenziyalashning ayrim turlarini ruxsatnomalarga, mahsulotlarni sertifikatlashni — ularning muvofiqligini deklaratsiya qilish turiga oʻtkazishni nazarda tutadi.

22.

Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati shaffofligini taʼminlash.

Yil davomida

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Dastur vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari hamda hokimlarning tegishli ishlar yoki hisobot davrlari yakunlari boʻyicha ommaviy axborot vositalari, rasmiy idoraviy internet saytlari yoki videokonferensaloqa tizimi orqali hisobot berishni tashkil etishni nazarda tutadi.

23.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash.

Har chorak yakuni boʻyicha

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, DBA, SMTI, FJSHMQMI, “Ijtimoiy fikr” markazi

100,0

Ijrochilarning mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini ishlab chiqish, aholi oʻrtasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish;

sotsiologik soʻrovlar orqali aholining vazirlik, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati natijalariga, ular tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatiga baho berish tizimini joriy etish;

ishchi indikatorlar tizimi va sotsiologik soʻrovlar orqali davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashni nazarda tutadi.

24.

Davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy taʼminotini tubdan takomillashtirish.

2017-yil, III chorak

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

187 400,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga ish haqi toʻlashning yagona tarif setkasini takomillashtirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib chiqib, ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;

davlat idoralarida koʻp yillik xizmat qilgani uchun oylik ish haqiga ustamalar toʻlash tizimini qayta koʻrib chiqish;

davlat xizmatchilari uchun davlat uy-joy fondini shakllantirish;

idoraviy uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

25.

Davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, masʼuliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etish.

2017-yil III chorak

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, TIV, OvaOʻMTV, Fan va texnologiyalar agentligi,

Fanlar akademiyasi,

vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha quyidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutadi:

kadrlar xizmati toʻgʻrisida;

vakant lavozimlarni toʻldirish tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida;

kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida;

kadrlar rotatsiyasi toʻgʻrisida;

kadrlar malakasini va kasbiy mahoratini oshirish toʻgʻrisida.

26.

Davlat boshqaruvi va ijroiya organlarida kadrlar hisobini yurituvchi tizimni takomillashtirish.

2017-yil IV chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

-

-

Yagona idoralararo “Kadrlar” zamonaviy axborot tizimini yaratish va joriy etish.

Ushbu axborot tizimida:

davlat boshqaruvi va mahalliy ijroiya organlaridagi kadrlarning kasbiy tavsiyanomasi, malaka oshirganligi va stajirovkadan oʻtganligi;

kadrlar tarkibining hisobi yuritiladi, kadrlar zaxirasi toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar qamrab olinadi.

27.

Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini lavozimga tayinlash tartibini takomillashtirish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

“Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini saylash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining konsepsiyasi.

Hududlar rahbarlarini lavozimga qoʻyishda oshkoralik, samaradorlik, xolislik va haqqoniylik taʼminlanadi, mahalliy hokimiyat organlarining aholi oldida masʼuliyati va hisobdorligi oshadi.

28.

Yuqori malakali kadrlarni chet elga ketib qolishining oldini olish, ularni davlat xizmatiga, iqtisodiyot tarmoqlariga keng jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, OvaOʻMTV, Fan va texnologiyalar agentligi, DBA, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada:

mutaxassislarning kasbiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish, ularning mansab pillapoyalarida oʻsishi uchun sharoitlar yaratish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;

rivojlangan xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarini tugatgan milliy kadrlarni ishga joylashtirish va ularning salohiyatidan samarali foydalanish;

xorijiy oʻquv yurtlari tomonidan berilgan diplomlarni nostrifikatsiya qilish tartibini soddalashtirish;

iqtidorli yoshlarni ilm-fanga jalb etish, yosh olimlar tomonidan oʻtkaziladigan istiqbolli tadqiqotlarni moliyalashtirish, ularning natijalaridan keng foydalanish masalalari nazarda tutiladi.

29.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi faoliyatini takomillashtirish.

2017-yil I chorak

OvaOʻMTV, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, TIV, DTM, DBA, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyiha tinglovchilar davlat boshqaruvini tashkil etish, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullari, bozor iqtisodiyoti, psixologiya, axborot-kommunikatsiya va “Elektron hukumat” sohalarida mustahkam bilimlarni egallashlari, shuningdek, tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, turli masalalarning maqbul yechimini topish, tashabbuskorlik va yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻlishlarini taʼminlashga qaratilgan.

30.

40 ta turdagi faoliyat boʻyicha litsenziya olish uchun onlayn ariza yuborish, arizani koʻrib chiqish holatini kuzatib borish, litsenziyalovchi organ va ekspert komissiyalari ishini avtomatlashtirish, litsenziyalar reyestridan onlayn foydalanish imkoniyatlarini beruvchi Elektron litsenziyalash portalini yaratish va ishga tushirish.

2017-yil aprel

Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

80,0

AKTni rivojlan-tirish jamgʻarmasi

“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini barcha litsenziyalovchi organlarda joriy qilish jarayonlarini avtomatlashtirish yoʻli bilan litsenziyalash boʻyicha davlat xizmatlari tartibotlari takomillashtiriladi.

31.

“Yagona darcha” markazlarida murojaat mualliflari bilan oʻzaro munosabatni boshqarish axborot tizimi va davlat boji hamda davlat xizmatlari uchun toʻlangan yigʻimlar qiymati hisobini yuritish boʻyicha billing tizimini yaratish.

2017-yil aprel

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
vazirlik va idoralar

1 296,0

Jalb qilingan mablagʻlar

“Yagona darcha” markazlari faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimi joriy qilinadi.

“Yagona darcha” markazlari tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari tartibotlari takomillashtiriladi.

32.

Import-eksport operatsiyalari boʻyicha beriladigan sertifikat va ruxsatnoma hujjatlarini unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimi orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish.

2017-yil may

Davlat bojxona qoʻmitasi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Oʻzbekekspertiza, Oʻzstandart

5,5 mln. doll.

KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti

Idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlagan holda, bojxona faoliyatiga taalluqli boʻlgan ruxsatnoma hujjatlarini axborot tizimi orqali masofadan turib olish imkoniyati yaratiladi.

33.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay tashkiliy, texnologik va iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Innovatsiya markazini tashkil etish.

2017-yil II chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

DSQ, DBQ,
Fan va texnologiyalar agentligi,
Markaziy bank, Toshkent shahar hokimligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyiha AKT va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay tashkiliy, texnologik va iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, “erkin iqtisodiy hudud” maqomiga ega boʻlgan, yaʼni barcha soliq
va majburiy toʻlovlardan ozod etilgan hamda maxsus valyuta va bojxona tartibi asosida ish yuritadigan innovatsiya markazini tashkil etishni nazarda tutadi.

AKT yoʻnalishidagi mahalliy kompaniyalar sonining oshishiga, raqobatdosh mahsulotlar yaratilishiga hamda yalpi ichki mahsulotdagi AKT ulushining oshishiga erishiladi.

34.

“Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,
vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyiha fuqaroning va tadbirkorning shaxsiy kabinetini yaratish orqali personallashtirilgan davlat xizmatlarini koʻrsatishni hisobga olgan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish hamda davlat organlari axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining Yagona portal bilan muntazam integratsiyalashgan holda oʻzaro munosabatini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilashni nazarda tutadi.

35.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2021-yillarda “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada:

2021-yilgacha elektron shaklga oʻtkaziladigan asosiy davlat xizmatlarni va davlat organlari funksiyalarini xatlovdan oʻtkazish;

davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlik yordamida joʻnatiladigan maʼlumotlar roʻyxatini belgilash;

davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan va yuboriladigan maʼlumotlarni tahlil qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibotini takomillashtirish;

axborot tizimlari va ular oʻrtasida uzatiladigan maʼlumotlar roʻyxatini hamda elektron shaklga oʻtkaziladigan davlat xizmatlari roʻyxatini oʻz ichiga olgan “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasi tasdiqlash nazarda tutiladi.

36.

Elektr energiyasi isteʼmolchilarini mobil aloqa orqali elektr energiya isteʼmoli boʻyicha maʼlumot bilan taʼminlash va xizmat koʻrsatish.

2017-yil III chorak

“Oʻzbekenergo”,

“EnergoABT-sozlash”

5 000,0

“Oʻzbekenergo” mablagʻlari

Elektr energiyasi isteʼmolchilarini mobil aloqa orqali maʼlumot bilan taʼminlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqish
hamda joriy qilish.

37.

Kompyuter qurilmalariga
yoki Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan aholi qatlamlari uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash orqali qoʻshimcha qulayliklar yaratish.

2017-yil III chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Adliya vazirligi

5 220,0

AKTni rivojlan-tirish jamgʻarmasi

Hududlardagi “Yagona darcha” markazlari va “Oʻzbekiston pochtasi” AJ boʻlinmalarida 250 ta infokioskani oʻrnatish.

Kompyuter, planshet yoki smartfon qurilmalariga hamda Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatiga
ega boʻlmagan aholi qatlamlariga, shu jumladan, tadbirkorlarga infokioskalar orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish, toʻlovlarni qabul qilish va baʼzi ruxsatnoma hamda maʼlumotnomalarni olish imkoniyati yaratiladi.

38.

Notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

vazirlik va idoralar

12,0

Jalb qilingan mablagʻlar

“Notarius” axborot tizimlari kompleksini barcha notarial idoralarda joriy qilish.

Oʻzaro munosabat jarayonlarini avtomatlashtirish yoʻli bilan notariat sohasida aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi takomillashtiriladi.

39.

Ehtiyoj yuqori boʻlgan davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat idoralarida elektron navbatga qoʻyish tizimini joriy qilish.

2017-yil IV chorak

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Alohida hisob-kitoblarga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Xizmat koʻrsatish punktlarida elektron navbatga qoʻyish tizimini joriy qilish.

Davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi vaqtining tejalishi natijasida xalqning davlat boshqaruvi organlariga ishonchi oshadi.

40.

Aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish.

2017-yil IV chorak

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

13,6 mln. doll.

Koreyaning EDCF jamgʻarmasi mablagʻlari

Geografik muhit boʻyicha erkin foydalanishdagi maʼlumotlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish.

Geografik axborotlardan erkin foydalanish hisobiga koʻchmas mulk, yer resurslari, manzil, yoʻl, muhandislik infratuzilmasi, turizm sohalarida GPS texnologiyalaridan foydalangan holda tezkor maʼlumot yigʻish va elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishda foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.

41.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarining axborot xavfsizligi yuzasidan monitoring qilish tizimini yaratish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi

554,8

AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi

Chora-tadbirlar.

“Elektron hukumat” tizimi doirasidagi axborot tizimlarining axborot xavfsizligi taʼminlanadi.

42.

Respublika hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlarining kompyuter savodxonligini oshirish va ularga elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni oʻrgatish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

Yil davomida

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi,
Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” jamgʻarmasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

500,0

Jalb qilingan mablagʻlar

Axborot texnologiyalari vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining qoʻshma qarori.

Aholi va tadbirkorlarning kompyuter savodxonligi, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha koʻnikmalari oshadi.

43.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlarining koʻrib chiqilishi uchun masʼul xodimlari malakasini oshirish tizimini joriy etish.

2017-yil III chorak

DBA,
Adliya vazirligi

Ishlab chiqilgan smetaga muvofiq

Davlat
va xoʻjalik boshqaruvi organlari mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:

masʼul xodimlar uchun fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning zamonaviy usul va shakllarini oʻzlashtirishga qaratilgan oʻquv kurslarini tashkil etish;

fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida seminar-treninglar oʻtkazishni nazarda tutadi.

1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish

44.

“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),
AQHMI, FJSHMQMI, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
“Kamolot” YOIH, “Mahalla” jamgʻarmasi, EOAVMA, OʻzNNTMA, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihani qabul qilinishi davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligining oshishiga, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etilishiga, fuqarolarning murojaatlarini, ularda koʻtarilgan muammolarni joyida hal etishda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishga imkon beradi.

45.

Har bir tuman (shahar)da jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha “Xalq qabulxonalari”ni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-yil I chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Bosh prokuratura,
Moliya vazirligi

Hisob kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning taklif, ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqishni, aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni, ularning muammolarini atroflicha oʻrganish va hal etishni, shuningdek, aholining davlatga boʻlgan ishonchi ortishini taʼminlaydi.

46.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, tuman va shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilganligi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Qonun hujjatlari loyihalari.

Xalq qabulxonalarining huquq va majburiyatlari, ommaviy axborot vositalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlari, shu jumladan, jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganib borish mexanizmi ishlab chiqiladi.

47.

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi,

Bosh prokuratura, OʻzNNTMA, AQHMI

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:

muhim ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy ahamiyatga ega qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichida ushbu loyihalarni Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarga joylashtirishning majburiyligi;

qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasida fuqarolik jamiyati institutlari va tegishli ilmiy tadqiqot muassasalari vakillarining keng ishtirokini taʼminlash nazarda tutiladi.

48.

Qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi va davlat boshqaruvi organlari huzurida ushbu organlar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2017-yil III chorak

Adliya vazirligi,
Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, FJSHMQMI, OʻzNNTMA, vazirlik va idoralar

-

-

Qonun hujjatlari loyihalari.

Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro samarali hamkorligi taʼminlanadi.

49.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlari huzurida fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoat fondlarini tashkil etish.

2017-yil III chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, FJSHMQMI

-

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari loyihalari.

Hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihalari boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish koʻlamini kengaytirishga xizmat qiladi.

50.

“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJSHMQMI, OʻzNNTMA

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijtimoiy foydali vazifalarni amalga oshirish uchun Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondidan tashqari nodavlat notijorat tashkilotlariga ham bevosita ijtimoiy buyurtma berish tartibi belgilanadi.

51.

“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi va “Jurnalistning kasbiy faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Matbuot
va axborot agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJSHMQMI, MTRK, EOAVMA, OAVni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada:

ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning aniq mexanizmlari;

ommaviy axborot vositalari tomonidan jamoatchilik nazoratini (jurnalistik tekshiruvi) amalga oshirish tartibi va jurnalistning erkin faoliyat yuritishi uchun qoʻshimcha kafolatlar nazarda tutiladi.

52.

Jurnalistlarning amaliy kasbiy malakasi va amaliy koʻnikmalarini oshirish Dasturini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Matbuot va axborot agentligi,
EOAVMA, MTRK, OAVni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

-

-

Ijrochilarning qoʻshma qarori.

Jurnalistlarni xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun stajirovkaga yuborish, xorijiy jurnalist va ekspertlarning Oʻzbekistonda seminar-trening va mahorat darslarini (master-klasslarini) oʻtkazish.

53.

2018-2020-yillarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish va rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

“Mahalla” jamgʻarmasi,
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, FJSHMQMI

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada:

“Mahalla” jamgʻarmasi tuzilmasi va faoliyatini yanada takomillashtirish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakolatlarini amalga oshirish mexanizmlarini tartibga solish;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari moddiy-texnika bazasini yaxshilash nazarda tutiladi.

II. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish

54.

Sudya lavozimida boʻlishning ilk marotaba besh yillik, keyin oʻn yillik muddatini va shundan soʻng muddatsiz davrini belgilash.

2017-yil I chorak

Oliy malaka komissiyasi,
Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

-

-

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Ushbu oʻzgartishlar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga, sud tizimida yetuk va professional sudyalik korpusining shakllanishiga, sud hokimiyatini boshqa hokimiyat organlari taʼsiridan xoli boʻlishiga xizmat qiladi.

55.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga quyidagi vakolatlarni berish masalalarini koʻrib chiqish:

sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;

sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish, shuningdek, sudyalarni ragʻbatlantirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish;

sudyalik lavozimlariga tayinlash (tasdiqlash) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga nomzodlarni taqdim etish.

2017-yil I chorak

Oliy malaka komissiyasi,
Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

-

-

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda sudyalarni ragʻbatlantirish boʻyicha Oliy malaka komissiyasiga vakolat berish sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, odil sudlovga erishishni, sudyalarni muayyan mansabdor shaxs taʼsiridan xoli boʻlishiga, sud tizimida yetuk va professional sudyalik korpusining shakllanishiga xizmat qiladi.

56.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatishga oid vakolatini tugatish.

2017-yil IV chorak

Oliy sud,

Oliy xoʻjalik sudi,

Oliy malaka komissiyasi,
Adliya vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, uning asoslarini aniqlashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatishga oid vakolatini tugatish sudyalarning sud raislari taʼsiridan xoli tarzda mustaqil faoliyat yuritishini taʼminlaydi.

57.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya oranlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini, shuningdek, tegishli shtat birligini oʻtkazish.

2017-yil I chorak

Oliy sud,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Ushbu choralar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga xizmat qiladi.

58.

Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash.

Shu jumladan:

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi,
Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi,
Moliya vazirligi

-

-

Qonun hujjatlari loyihalari.

Ushbu choralar xoʻjalik, birinchi navbatda, maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish sifatini oshirishga, sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan vazifalardan ozod qilishga xizmat qiladi.

xoʻjalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tashkil etish;

2017-yil I chorak

fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va xoʻjalik sudlarining vakolatlarini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan maʼmuriy sudlarni tashkil etish;

2017-yil III chorak

sudlar tizimida sudya yordamchisi lavozimini taʼsis etish boʻyicha takliflar tayyorlash (asosan, umumiy shtat birligi doirasida).

2017-yil III chorak

59.

Sudyalarning alohida maqomini inobatga olgan holda, ularning mehnatiga haq toʻlash normalari va pensiya taʼminoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibini, har yili respublika budjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan holda alohida qatorda belgilash tizimini joriy etish.

2017-yil II chorak

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

-

-

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Ushbu chora sudlarning mustaqilligini taʼminlashda muhim omil boʻlib, ularning faoliyatiga aralashmaslikning qoʻshimcha kafolatlarini yaratadi.

60.

Sudya lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshini belgilash,
yaʼni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xoʻjalik sudlari sudya lavozimlarini — 70 yoshgacha.

2017-yil IV chorak

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Moliya vazirligi, Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi

-

-

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Ushbu chora sudyaning mustaqilligini taʼminlashning muhim omili hisoblanadi.

61.

Sud hokimiyati nufuziga
va odil sudlovni amalga oshirish vazifalariga mos, qulay va xavfsizlik, shuningdek, moddiy-texnika jihatidan jihozlanish talablariga javob beradigan 2018 — 2021-yillar uchun moʻljallangan sudlarning namunaviy binolarini qurish dasturi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2017-yil II chorak

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Oliy malaka komissiyasi,
Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

-

-

Dastur loyihasi.

Dastur sud hokimiyati nufuzi va odil sudlov vazifalari samarali amalga oshirish, aholiga qulaylik yaratish
va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qiladi.

62.

Sud raislarining protsessual tartibda koʻrilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish vakolatlarini bekor qilish.

2017-yil II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud

-

-

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Ushbu chora taraflarning tortishuvi prinsipini taʼminlash orqali jinoyat va fuqarolik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirishda muhim omil boʻlib hisoblanadi.

63.

Advokat vakolatlarini tergov va sud jarayonlarining barcha bosqichida kengaytirish, shu jumladan, advokat tomonidan ishni nazorat tartibida koʻrib chiqish tashabbusi mexanizmlarini belgilash.

2017-yil II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud

-

-

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Ushbu chora advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlashda advokatning rolini kuchaytiradi.

64.

Quyi instansiyalar miqyosida ixtisoslashuvni amalga oshirgan holda, Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi negizida yagona oliy instansiya sudini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqish va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda ushbu masala yuzasidan takliflar tayyorlash.

2017-yil IV chorak

Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

-

-

Ushbu chora sudlarda yagona amaliyotni taʼminlash, sud tizimini soddalashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

65.

Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish. Xususan:

sudyalar oʻrtasida ishlarni avtomatik ravishda taqsimlash tartibini joriy qilish;

sudlarda oʻz vaqtida elektron tarzda axborot almashuvini taʼminlovchi korporativ aloqani joriy etish, sud faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini kiritish;

sud qarorlarining axborot-huquqiy elektron bazasini yuritish, shaxsiy hayot daxlsizligini taʼminlagan holda va sud ishtirokchilarining roziligi bilan barcha sud qarorlarini chop etish tartibini joriy qilish (yopiq sud jarayonida koʻrib chiqilganlaridan tashqari).

2017-yil III chorak

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vaziri

-

-

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilgʻor ilmiy-texnika vositalari va axborot texnologiyalarini, shuningdek, ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga xizmat qiladi.

2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash

66.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Mazkur Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishning interaktiv usullarini kengaytirish;

murojaatlarni koʻrib chiqish natijalarini nashr etib borish;

takroriy murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish, fuqarolarni sayyor qabul qilish xususiyatlari;

videokonferensaloqa yordamida fuqarolarni masofaviy qabul qilishni tashkil etish;

“Xalq qabulxonasi” institutining umumiy qoidalarini belgilash;

“Ishonch telefonlari” orqali murojaatni qabul qilish, koʻrib chiqishning huquqiy asoslari.

2017-yil II chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishilgan holda),

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

IIV, Axborot texnologiyalari

vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyiha bilan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning yangi samarali mexanizmlari va usullari joriy etiladi.

67.

Barcha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish.

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura,
Oliy sud, IIV,
Oliy xoʻjalik sudi,

Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari

vazirligi,
vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Chora-tadbirlarning amalga oshirilishi davlat organlari faoliyatida oshkoralikni taʼminlashga xizmat qiladi.

68.

Har bir davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash boʻyicha alohida boʻlim (boʻlinma, guruh) tashkil etish.

Davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari
vazirligi,

vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar belgilanadi:

murojaatlar bilan ishlash boʻyicha alohida boʻlimlarni tuzish tartibi;

murojaatlar bilan ishlash boʻyicha alohida boʻlimlarning vakolatlari va majburiyatlari;

murojaatlar bilan ishlash boʻyicha alohida boʻlimlar xodimlarining huquqiy holati;

murojaatlar bilan ishlash boʻyicha alohida boʻlimlarning faoliyati ochiqligini taʼminlash choralari.

69.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini masʼul ijrochilar va sohalar boʻyicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori”ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni roʻyxatga olish tizimi boʻyicha yagona elektron dasturni tatbiq etish.

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura,
IIV,
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Yagona klassifikator.

Murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va koʻtarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar hisobi, koʻrib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarda rioya qilinishi, intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik masalalari boʻyicha tahlillar olib boriladi.

70.

Davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali oʻz soha faoliyatining yoʻnalishlari boʻyicha “Onlayn maslahat” ruknini tashkil etish.

2017-yil I chorak

Advokatlar palatasi, vazirlik va idoralar

-

-

Veb-saytlar sahifalari.

Aholiga huquqiy masalalar boʻyicha tushuntirish ishlari faollashadi, huquqiy maslahatlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targʻib qilinadi.

71.

Har bir davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvolini har chorakda umumlashtirish.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati boʻyicha aholining fikrini ijtimoiy soʻrov oʻtkazish, shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish.

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi,
vazirlik va idoralar

100,0

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasi.

Fuqarolarning murojaatlari eng koʻp tushadigan sohalar, ulardagi toʻsiqlar, fuqarolarni oʻylantiradigan boshqa ehtiyojlar aniqlanib, muammolar bartaraf etiladi.

72.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga murojaat qilish jarayonida toʻlanadigan davlat boji miqdorini kamaytirish.

2017-yil II chorak

Moliya vazirligi, Oliy sud,
Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,

Bosh prokuratura

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Fuqarolarning oʻz huquqlarini himoya qilishni soʻrab, sudlarga murojaat qilish imkonini oshiradi.

73.

Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl
va usullarini joriy etishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi,
IIV, MXX, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vazirligi

-

-

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan oʻzaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensaloqadan foydalanishni, shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.

74.

Sudlar faoliyatiga oid maʼlumot bilan fuqarolarni taʼminlashni nazarda tutuvchi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada sud tizimi va jarayoniga oid maʼlumotlar hamda sud hujjatlari oshkoraligini taʼminlash choralari nazarda tutiladi.

75.

Fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlash. Xususan:

jinoyat quroli yoki maʼmuriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi boʻlmagan hollarda mulkni olib qoʻyish (vaqtinchalik olib qoʻyishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqi 2 ming baravaridan kam boʻlmagan, norezidentlar tomonidan qiymati 100 ming dollardan kam boʻlmagan yangi qurilgan koʻchmas mulkni Toshkent shahri va viloyatida sotib olganlik uchun 5-10 foiz miqdorda davlat boji toʻlagan holda, koʻchmas mulkni erkin sotib olish va egalik qilish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

IIV

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihaning qabul qilinishi fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlashga, Toshkent shahri va viloyatida uy-joy qurish sohasini jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.

76.

Pasport-viza, xorijga chiqish va kirish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, chegara nazorati organlariga yoʻlovchilar haqida dastlabki maʼlumotlarni taqdim etish amaliyotini, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinasini, chegarani kesib oʻtayotganlarni qidiruvda boʻlgan shaxslar fotobazasi bilan solishtirish tizimini joriy etgan holda, aeroport va temir yoʻl vokzallarida pasport nazorati tizimini soddalashtirish;

pasport tizimini takomillashtirish orqali xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish;

alohida asoslar boʻyicha xorijga chiqish huquqini sud tomonidan cheklash tartibini kiritish;

jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish boʻyicha “yashil” va “qizil” yoʻlak tizimini amaliyotga tatbiq etish.

2017-yil III chorak

IIV, TIV, MXX, DBQ, Bosh prokuratura,
Oliy sud, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi

-

-

Mazkur choralarni amalga oshirish xorijga chiquvchi fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini mustahkamlash, chegara nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish va samarasini oshirish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

2.3. Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish

77.

Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanishi holati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan holda Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillash-tirish boʻyicha 2018 — 2021-yillarga moʻljallangan Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi,
Oliy sud, AQHMI,
IIV, MXX, TDYU,
Advokatlar palatasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Konsepsiya loyihasi.

Alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish va jinoiy jazolarni insonparvarlashtirish boʻyicha jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberalizatsiya qilish, ularning ijrosini taʼminlashga olib keladi.

78.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish:

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihada ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, bozor munosabatlari asoslariga mos kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy oʻsishiga toʻsiq boʻladigan ayrim iqtisodiy jinoyatlarni dekriminallashtirish nazarda tutiladi.

ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan muqobil jazo turlarini qoʻllashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazoni tugatish;

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura, IIV, MXX,Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni oʻtkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish;

2017-yil II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qoʻllash tartibini belgilash;

2017-yil II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

sudlanganlik holatining tugallanishi va olib tashlanishining amaldagi muddatlarini qisqartirish;

2017-yil II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Advokatlar palatasi

yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;

2017-yil II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Advokatlar palatasi

ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan “majburiy jamoat ishlari” jinoiy jazosini kiritish;

2017-yil IV chorak

Bosh prokuratura,

Oliy sud,
Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani toʻxtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlarni dekriminallashtirish.

2017-yil IV chorak

Bosh prokuratura,

Oliy sud,
Adliya vazirligi, IIV, MXX, Advokatlar palatasi

79.

Sudgacha fuqarolik va xoʻjalik nizolarini hal etishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilovchi “Yarashtiruv jarayonlari (mediatsiya) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Adliya vazirligi, Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sud, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi,
Advokatlar palatasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihaning qabul qilinishi maʼmuriy, jinoiy, fuqarolik va xoʻjalik protsessida odil sudlovni taʼminlashning samaradorligi va sifatini oshirishga olib keladi.

80.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish:

tergovning toʻliq emasligini sud muhokamasi jarayonida toʻldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish;

jinoyat protsessiga ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish;

xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha sudga murojaat qilishdan avval eʼtirozni majburiy taqdim etish tartibini oʻrnatish;

fuqarolik va xoʻjalik, shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini qoʻllashni kengaytirish;

daʼvogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan boʻlsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan boʻlsa, daʼvoni qabul qilishni rad etish tartibini kiritish;

hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qoʻyiladigan talablarni aniqlashtirish.

2017-yil I chorak

Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sud,
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MXX, IIV,
Savdo-sanoat palatasi,
Advokatlar palatasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihaning qabul qilinishi tergovning toʻliq emasligini sud muhokamasi jarayonida toʻldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilishga, ushbu sohaga oid boshqa masalalarda kelib chiqayotgan muammolarni hal etishga, nizolarni sudgacha hal etish mexanizmlarini va advokatura instituti faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

81.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish:

fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddatini
3 yildan 1 yilga qisqartirish;

viloyat miqyosidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida koʻrib chiqish institutini tugatib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish boʻyicha vakolatlarini bekor qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish boʻyicha biri-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish;

ishni nazorat tartibida koʻrib chiqadigan sudning ishni birinchi instansiya sudiga yoxud apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yangidan koʻrib chiqish uchun yuborishga oid vakolatlarini aniqlashtirish;

moddiy va protsessual qonun normalarini buzganlik holatlarni aniqlash holatlaridan tashqari, quyi instansiya sudlari tomonidan tayinlangan jazolarni qayta koʻrib chiqish boʻyicha kassatsiya
va nazorat sud instansiyalari vakolatlarini cheklash;

xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, shuningdek, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqish asoslari tartibini takomillashtirish, shu jumladan, fuqarolik, maʼmuriy va xoʻjalik ishlari boʻyicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza berish mumkin boʻlgan eng koʻp muddatni aniqlashtirish va qisqartirish.

2017-yil I chorak

Oliy sud,

Oliy xoʻjalik sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihaning qabul qilinishi fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishni takomillashtirish, biri-birini takrorlovchi majburiyat va instansiyalarni qisqartishga, fuqarolik, maʼmuriy va xoʻjalik ishlari boʻyicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta koʻrib chiqish mexanizmlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.

82.

Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan oʻzaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensaloqadan foydalanish, shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish.

2017-yil IV chorak

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Oliy xoʻjalik sud, Adliya vazirligi, IIV, MXX,
Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

25 000,0, shundan,

9 000,0 davlat budjeti mablagʻlari

Davlat budjeti
va budjetdan tashqari mablagʻlar

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyiha bilan elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullari joriy etiladi.

2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish

83.

Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni kuchaytirish.

2017-yil IV chorak

IIV, MXX, DBQ,
Bosh prokuratura,

Mudofaa vazirligi

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish amaliyotini oʻrganib, ushbu yoʻnalishda tashkiliy-amaliy tadbirlarni yanada kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish.

Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ushbu sohadagi jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha samarali usullarni ishlab chiqish imkonini beradi.

84.

Davlat organlari xodimlari, taʼlim muassasalari oʻquvchilari va jamoatchilik oʻrtasida terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlarini oʻtkazish. Ushbu mavzularda bir qator radio va teledasturlar tashkil etish.

Yil mobaynida

IIV, OvaOʻMTV,
Bosh prokuratura, Xalq taʼlimi vazirligi,
MTRK, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YOIH, vazirlik va idoralar

-

-

Kompleks profilaktik-tushuntirish tadbirlari.

Ushbu hujjatning qabul qilinishi jamiyatda terrorizm, ekstremizm va boshqa jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan ishlarning samarali tizimi yaratilishiga, ushbu sohada davlat organlari va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirishga imkon beradi.

85.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura, MXX, IIV,
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyihaning qabul qilinishi amaldagi qonunchilikni yangi qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun normalariga muvofiqlashtirish imkonini beradi.

86.

Ichki ishlar organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va samaradorligini kompleks oʻrganish, tahlil qilish va baholash, birinchi navbatda, quyidagi sohalarda:

fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;

huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv va dastlabki tergovni olib borish;

faoliyatning shaffofligini, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlikni, ish natijalari toʻgʻrisida aholini xabardor qilishni taʼminlash;

axborot-tahliliy ishlarni tashkil etish va faoliyatni normativ-huquqiy taʼminlash;

jazoni ijro etish, xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish, yoʻl harakati xavfsizligini, yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda qoʻriqlash tuzilmalari faoliyati;

ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish.

2017-yil I chorak

Vazirlar Mahkamasi, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Kompleks oʻrganish.

Oʻrganish natijasida ichki ishlar organlariga qonun bilan yuklatilgan vazifa va vakolatlarning amaliyotda samarali bajarilayotganligi holati, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamoat xavfsizligi taʼminlanayotganligi darajasi tahlil qilinib, ushbu yoʻnalishda tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

87.

Quyidagi loyihalarni ishlab chiqish va kiritish:

“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni;

profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish prinsiplari, ular faoliyatini baholashning mezonlari, profilaktika inspektori lavozimiga tayinlanadigan shaxslarga qoʻyiladigan talablar, ularning vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va aholi bilan hamkorlikni amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlari tayanch punktlari toʻgʻrisidagi nizom;

ichki ishlar organlari xodimi lavozimiga nomzodlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar, kadrlarni tanlov asosida olish jarayonlari, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlarini nazarda tutuvchi ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

ichki ishlar organlari xodimlari xulq-atvorining yangilangan qoidalari, xodimlarni tarbiyalash va xizmat vazifalari lozim darajada bajarilishini taʼminlash maqsadida tuzilmalar rahbarlarining xodimlar bilan yakka tartibda ish olib borganligi uchun shaxsiy javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi Ichki ishlar organlarining Intizom ustavi.

2017-yil I chorak

Vazirlar Mahkamasi, IIV,
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyiha bilan Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari, shu jumladan, tayanch punktlari faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilanadi, amaliyotda mavjud muammolarni hal qilish boʻyicha tegishli mexanizmlar ishlab chiqiladi.

88.

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tuzilmasida quyidagilarni taʼsis etish:

belgilangan shtatlar soni doirasida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi boshligʻi lavozimi;

axborot-tushuntirish, targʻibot ishlarini amalga oshirishga, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni taʼminlashga va jamoatchilik bilan aloqa oʻrnatishga masʼul boʻlgan matbuot kotibi lavozimi;

faoliyatga yuridik xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi, xodimlarni huquqiy himoya qiluvchi yuridik xizmat tuzilmasi yoki yuriskonsult lavozimi.

2017-yil I chorak

IIV

-

-

Qonun hujjatlari loyihalari.

Ushbu hujjatning qabul qilinishi tuman (shahar) ichki ishlar organlari tuzilmasini takomillashtirish, ularning voyaga yetmaganlar, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, yuridik xizmat koʻrsatishga oid faoliyatini kuchaytirish imkonini beradi.

89.

Ichki ishlar organlari huquqiy bazasi va norma ijodkorligi faoliyatining shaffofligi va erkinligini quyidagi yoʻllar bilan taʼminlash:

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor maxfiy tusdagi normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarning sonini qisqartirish;

vazirlikning maxfiy boʻlmagan idoraviy hujjatlari (buyruqlar, nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar) elektron bazasini, shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali erkin kiriladigan bazani yaratish.

2017-yil III chorak

IIV,
Bosh prokuratura,
Adliya vazirligi

-

-

Aniq chora-tadbirlar.

Mazkur chora-tadbirlarning koʻrilishi vazirlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, bu haqdagi mavjud axborotlardan erkin foydalanish imkonini beradi.

90.

Barcha darajadagi hokimlarning, prokuratura va ichki ishlar organlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish maqsadida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,
IIV, AQHMI, FJSHMQMI,

fuqarolik jamiyati institutlari

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyiha:

huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash holati yuzasidan Oliy Majlis palatalari tomonidan ichki ishlar vazirining yillik hisobotini eshitish tartibini joriy qilishni;

barcha darajadagi hokim, prokuratura va ichki ishlar organlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, shuningdek, aholi oldida hisobotlarini eshitish tartibi va mexanizmlarini huquqiy tartibga solishni nazarda tutadi.

91.

“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. Unda quyidagi munosabatlarni tartibga solish nazarda tutiladi:

normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning amaliy tashkiliy-huquqiy mexanizmlari;

huquqiy axborotni tarqatishga masʼul boʻlgan davlat organlari va ularning vakolatlari;

normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan soʻng ularning foydalanuvchigacha yetkazish bosqichlari;

qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarining konsepsiyalari, tushuntirish xatlarini eʼlon qilish tartibi va boshqalar.

2017-yil II chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Bunda qabul qilingan qonun hujjatlarini aholi va ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazishning yaxlit tizimi yaratiladi.

92.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi loyihasini tayyorlash.

2017-yil III chorak

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, DBA, TDYU, MTRK, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YOIH

-

-

Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori loyihasi.

Fuqaro, jamiyat va davlatning oʻzaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, davlat organlari xodimlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish samaradorligini taʼminlovchi mexanizmlarni takomillashtirish va bu boradagi munosabatlarni tartibga solish imkonini beradi.

93.

Aholining faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, jamiyatda huquqiy madaniyat
va huquqiy ongni yanada yuksaltirish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari hamkorligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Yil davomida

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud, Ombudsman

-

-

Chora-tadbirlar.

Huquqiy axborotni oʻz vaqtida hamda sifatli yetkazishning mazkur vazifa yuklatilgan davlat organlari axborot xizmatlarining hamkorlikda faoliyat yuritishlari bilan chambarchas bogʻliqdir. Shu sababli mazkur faoliyatni reja asosida, muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

94.

Barcha davlat organlari tomonidan mahallalarda, oʻquv muassasalarida, korxona, tashkilot va idoralarda jamiyat hayotidagi dolzarb muammolar muhokamasi, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tizimli ravishda uchrashuvlar oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

Yil davomida

Oliy Majlis palatalari
(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud, Ombudsman, OʻzNNTMA

-

-

Uchrashuvlar targʻibot tadbirlarining samarador shakli boʻlib, bevosita joylarga chiqqan holda aholining turli qatlamlari bilan oʻtkaziladigan jonli muloqot hisoblanadi. Shu sababli davlat organlari OAVdan qilinadigan chiqishlardan tashqari asosiy eʼtiborni mazkur turdagi targʻibot tadbirlariga qaratishlari maqsadga muvofiqdir.

95.

“Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi,
Axborot texnologiyalari vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Qarorda quyidagilar taklif etiladi:

qonun hujjatlarini tarqatish tizimini takomillashtirish nuqtai nazaridan Adliya vazirligi tuzilmasini qayta koʻrib chiqish;

qonun hujjatlari milliy elektron bazasini qoʻshimcha maʼlumotlar bilan toʻldirish va aholiga erkin foydalanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish.

96.

Jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish.

2017-yil IV chorak

Bosh prokuratura, MXX, IIV,
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi
va jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar faoliyatini muvofiqlashtirishning tartibi va mexanizmlari belgilab beriladi.

97.

Huquqiy taʼlim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirish va kuchaytirish mexanizmini oʻz ichiga olgan davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash.

2017-yil iyun

Xalq taʼlimi vazirligi,
OvaOʻMTV, IIV, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Qaror asosida:

huquqiy taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari qayta koʻrib chiqiladi;

uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida huquqiy taʼlim modeli ishlab chiqiladi;

oila, maktabgacha taʼlimdan boshlab huquqiy taʼlim-tarbiya tizimining sifati yaxshilanadi.

98.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan aholining huquqiy faolligini, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish darajasini oshirishga qaratilgan “Men har qanday huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashda faol ishtirok etaman”, “Mahallamiz jinoyatchilikka qarshi turadi” aksiyalarini oʻtkazish. Bunda, birinchi navbatda, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan fuqarolarning xatti-harakatlarini muhokama qilish amaliyotini keng joriy etish.

Yil davomida

“Mahalla” jamgʻarmasi, IIV,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

960,0

Ijrochilar mablagʻlari

Maxsus reja ishlab chiqish.

Jamiyatda qonunlarga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasiz munosabatda boʻlish borasida fuqarolik pozitsiyasining kuchayishiga hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga erishiladi.

99.

Aholini, ayniqsa, yoshlarni diniy ekstremizm, aqidaparastlik kabi buzgʻunchi harakatlar taʼsiridan asrash maqsadida mahallalarda hamda taʼlim muassasalarida “Islom maʼrifati aqidaparastlikni qoralaydi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm — yoshlar kelajagiga tahdid” mavzularida uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish boʻyicha maxsus dastur ishlab chiqish.

Yil davomida

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, OvaOʻMTV, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, “Kamolot” YOIH, “Mahalla” jamgʻarmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, OʻzNNTMA

-

-

Maxsus dastur loyihasi.

Yoshlarda dinlar boʻyicha toʻgʻri va haqqoniy maʼlumotlar shakllanishiga, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan haqqoniy faktlarga asoslanilgan javoblar berilishiga, milliy anʼanalarga, boy madaniy merosiga tayangan holda, maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni tizimli olib borishga erishiladi.

100.

Taʼlim muassasalari oʻquvchi
va talabalarining huquqiy bilimlari va savodxonligini yanada oshirish va mustahkamlashga qaratilgan “Huquq bilimdonlari”, “Siz qonunni bilasizmi?”, “Tafakkur sinovlari”, “Konstitutsiya — baxtimiz poydevori” respublika koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish.

Yil davomida

Xalq taʼlimi vazirligi,

“Kamolot” YOIH,

Adliya vazirligi, OvaOʻMTV, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, FJSHMQMI

25,0

Ijrochilar mablagʻlari

Koʻrik tanlovlarini oʻtkazish rejasi loyihasi.

Tanlovlar orqali oʻquvchi-talabalarda huquqiy bilimlarni yanada oshirish va mustahkamlashga erishiladi hamda bu sohada iqtidorli yoshlar aniqlanadi. Shuningdek, tanlov ishtirokchi jamoalari bilan birga, tinglovchi sifatida jalb qilingan keng yoshlar qatlamini ham huquqiy ongini oshirishga erishiladi.

101.

Huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan hayotiy misollarga asoslangan, huquqiy-maʼrifiy yoʻnalishdagi “Jinoyatdan saqlaning!” ruknida ommabop risolalar tayyorlash va nashr etish, ularning taqdimotlarini oʻtkazish.

2017-yil II-III chorak

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, IIV, “Kamolot” YOIH, “Mahalla” jamgʻarmasi

10,0

Ijrochilar mablagʻlari

Mazkur adabiyotlar “Kamolot” YOIH orqali yoshlarga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali esa keng aholi ommasiga yetkaziladi.

Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha profilaktika ishlari samaradorligini oshirishga erishiladi.

102.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari hamda aholining huquqiy ongi
va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularga qabul qilingan yangi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida mahallalarda haftada bir marta “Huquqiy bilimlar” oʻquv-mashgʻulotini joriy etish va doimiy oʻtkazib borish.

2017-yil fevral (keyinchalik har haftaning juma kunlari)

“Mahalla” jamgʻarmasi, IIV,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
vazirlik va idoralar

-

-

Oʻquv-mashgʻulotlarining yillik reja va dasturi loyihasi.

Aholiga amaldagi qonun hujjatlarining, ayniqsa, yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarning maqsadi, mazmun-mohiyatini oʻz vaqtida yetkazishga erishiladi.

2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash

103.

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash, tanlash, oʻqitish va ichki rotatsiya tizimini takomillashtirish.

2017-yil II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, MXX,
DBQ, DSQ, DBA

-

-

Idoraviy hujjatlar.

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qodir boʻlgan xodimlarni tanlash va tayyorlashga qaratilgan.

104.

Faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda eʼtiborni, avvalo, huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish.

2017-yil I chorak

Bosh prokuratura, IIV, MXX, Adliya vazirligi, DBQ, DSQ

-

-

Idoraviy hujjatlar.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasi qonun buzilishi holatlarini fosh etish
va choralar koʻrish emas, balki mazkur holatlarning barvaqt oldi olinishi, profilaktika qilinishini taʼminlash hisoblanadi. Shu sababli ularning faoliyatni tashkil etish uslublarini tubdan oʻzgartirish lozim.

105.

“Xizmat faoliyatini samarali tashkil etish” mavzuyida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida oʻquv-seminarlarini tashkil etish.

Yil davomida

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DBQ, DSQ

-

-

Amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-mohiyati, avvalo, uning ijrosini taʼminlaydigan davlat organlari xodimlari eʼtiboriga yetkazilishi, shu orqali ularning dunyoqarashi yanada takomillashtirilishi lozim.

106.

Yuksak axloqiy-irodaviy
va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalarni va amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish.

2017-yil II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, DBQ, DSQ

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Islohotlarni toʻliq va koʻzda tutilganidek roʻyobga chiqarish sud, huquqni muhofaza qiluvchi va davlat nazorati organlarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini qayta koʻrib chiqishni taqozo etadi.

107.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, masofaviy taʼlimni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan uning hududiy filiallarini tashkil etish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi,

Oliy malaka komissiyasi,
Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, OvaOʻMTV,
Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti, Sudlar
va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Markazning faoliyatini takomillashtirish yuridik kadrlar tayyorlash sifatining oshirilishiga olib keladi.

108.

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha davlat talablarini ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, IIV, DBQ, DSQ

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Qaror asosida yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish boʻyicha davlat talablarini va yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilanadi.

109.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish. Xususan, quyidagilarni nazarda tutgan holda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bir idoradan boshqasiga oʻtishda maxsus (harbiy) unvonlar nisbatini belgilash, maxsus (harbiy) unvonlar uchun toʻlanadigan ustamalar miqdorini unifikatsiyalash;

rotatsiya qilingan xodimlarning koʻp yillik xizmati, pul taʼminoti va pensiyasini hisoblashning optimal tartibini belgilash.

2017-yil II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Ushbu chora-tadbirlar sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida rotatsiya qilishda yagona mexanizmni shakllantiradi.

110.

Bosh prokuratura Oliy oʻquv kurslari faoliyatini takomillashtirish.

2017-yil III chorak

Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Unda prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimi joriy etiladi va Oliy oʻquv kurslarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

111.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qayta tayyorlash, sudyalar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish.

2017-yil II chorak

Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi,
Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, OvaOʻMTV,
Moliya vazirligi

-

-

Xorijiy amaliyot va xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, oʻqish va amaliyot oʻtash davrini uzaytirish orqali sudyalikka nomzodlarni tayyorlashga yangi talablar qoʻyiladi.

Shuningdek, sud amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish boʻyicha muntazam ravishda tadbirlar oʻtkazish shaklida sudyalarning malakasi oshiriladi.

112.

Yuridik kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi, OvaOʻMTV, TIV,
Moliya vazirligi,
Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi

-

-

Tegishli qaror loyihasi.

Loyihada quyidagilar aks ettiriladi:

Toshkent davlat yuridik universitetining oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha vakolatlarini kengaytirish;

universitetning jamoatchilik boshqaruv organi — Homiylik kengashini tasdiqlash, uning tarkibiga sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning rahbar xodimlarini, NNT, taʼlim va tadqiqot muassasalarining vakillarini kiritish, uning zimmasiga universitetni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga, oʻquv jarayoni shakllari
va metodlarini ishlab chiqishga koʻmaklashish vazifalarini yuklash;

xalqaro sud va arbitrajlarida ishtirok eta oladigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini himoya qila oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash;

yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida yetakchi xalqaro tashkilotlar, xalqaro taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot muassasalari, maslahat markazlari, olim va mutaxassislar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

113.

Huquqni muhofaza qiluvchi
va nazorat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmining samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qilish tizimiga fuqarolarning ishonchini kuchaytirish.

2017-yil II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, DBQ, DSQ,

vazirlik va idoralar

-

-

Idoraviy hujjatlar. Ularda:

fuqarolarga huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish va OAV bilan hamkorlik mexanizmlari;

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tarkibiy tuzilmalarining faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni ularning rasmiy veb-saytlarida (veb-sahifalarida) joylashtirish nazarda tutiladi.

2.6. Yuridik yordam va xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish

114.

Jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va xoʻjalik ishlarining koʻrilishida advokatning rolini kuchaytirish maqsadida:

advokat tomonidan dalillarni toʻplash va ularni jinoyat ishi materiallariga qoʻshish mexanizmi;

sudgacha va sudda ish yuritishda advokat tomonidan yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni, ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning maʼlumot-maslahatlarini soʻrash va olish tartibini aniqlashtirish;

fuqarolik va xoʻjalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida, shuningdek jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat ishtirokini kengaytirish;

sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini qayta koʻrib chiqish.

2017-yil III chorak

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, IIV, MXX

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Sudda ish yuritishda tomonlarning teng huquqliligi va tortishuvi toʻliq taʼminlanadi, yuridik yordam koʻrsatish borasida advokatlarning vakolatlari kengaytiriladi, fuqarolik va xoʻjalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida, shuningdek, jinoyat protsessida tomonlarni yarashtirish tartib-taomilida advokat ishtiroki kengaytiriladi.

115.

Advokatura institutini yanada mustahkamlash maqsadida:

advokatlarga hakamlik sudlarida hakam sifatida ishtirok etish huquqini berish;

advokat soʻrovini koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish;

advokatlar va advokatlik tuzilmalari daromadlarini soliqqa tortish tizimini maqbullashtirish;

advokatga litsenziya berish
va uni intizomiy javobgarlikka tortish masalasida davlat organlarining rolini kamaytirish;

advokatlik litsenziyasi faoliyatini toʻxtatish, tugatishning sud tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;

advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish,
shu jumladan, xorijiy advokatlik tuzilmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratish;

tadbirkorlik subyektlariga huquqiy xizmat koʻrsatuvchi korporativ yuridik maslahatlar va yuridik konsaltinglarni rivojlantirish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud,
Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, IIV, MXX, DSQ,
Moliya vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Advokatlik faoliyatining kafolatlari yanada kuchaytiriladi, advokatlik tuzilmalarining yangi tashkiliy-huquqiy shakllarini joriy etish orqali xalqaro-huquqiy, fuqarolik-huquqiy va xoʻjalik-huquqiy masalalar boʻyicha hamda tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan huquqiy xizmatlarning sifati yanada oshiriladi.

116.

Notariat va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari tizimini isloh etish. Xususan:

bosqichma-bosqich notariatning faol budjetdan tashqari modeliga oʻtish va uni fuqarolik-huquqiy va xoʻjalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida yanada rivojlantirish;

notarius lavozimiga nomzodlar uchun stajirovka muddatini qisqartirish;

notarius yordamchisiga hujjat nusxalari toʻgʻriligini tasdiqlash vakolatini berish;

notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini joriy etish;

majburiy notarial tasdiqlanadigan bitimlar turlarini maqbullashtirish;

notarial idoralarga elektron murojaat qilish tartibini belgilash;

davlat bojini elektron
toʻlov tizimidan foydalangan holda qabul qilish tartibini joriy etish;

muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

FHDY organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish.

2017-yil IV chorak

Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vazirligi

Hisob-kitoblarga asosan

Budjetdan tashqari mablagʻlar

Qonun hujjatlariga va idoraviy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Kiritiladigan ushbu oʻzgartishlar fuqarolik-huquqiy va xoʻjalik nizolarini oldini olishga qaratilgan institut sifatida notarial idoralarni yanada rivojlantirishga, aholiga qulay va sifatli huquqiy yordam koʻrsatilishiga, notarial idoralarni malakali mutaxassislar bilan toʻldirishga, notarial idoralar va FHDY organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish

117.

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, ayniqsa, valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tugʻilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan qonunchilikni takomillashtirish.

har chorakda

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Markaziy bank

-

-

Tahliliy maʼlumotnoma.

Iqtisodiyotning yuqori oʻsish surʼatlarini, milliy valyuta va narxlar darajasining barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

118.

Milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini taʼminlash.

2017-yil I chorak

Markaziy bank,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,
Davlat raqobat qoʻmitasi, DSQ, DBQ,
Savdo-sanoat palatasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar belgilanadi:

inflyatsiya darajasini aniqlashda tovar va xizmatlarning isteʼmol narxlari (tariflari) oʻzgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish;

moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirishga qaratilgan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish;

naqd pulsiz koʻrinishda tovar va xizmatlar sotishda sunʼiy yuqori narxlar oʻrnatganlik uchun javobgarlikni oshirish orqali ichki bozorda narxning shakllanish tartibini boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy qilish;

mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020-yilda uni bekor qilish.

119.

Valyutani tartibga solishning ilgʻor bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish.

2017-yil I chorak

Markaziy bank,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV, DSQ, DBQ
Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzkommunxizmat, Oʻzbekenergo, Oʻzbekneftgaz

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan holda, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini taʼminlovchi va qoʻllab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashtirish;

tadbirkorlik subyektlarining oʻz valyuta mablagʻlarini erkin tasarruf etish huquqini toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash;

har qanday manipulyatsiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan holda, xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada boʻlishini taʼminlash;

tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va oʻz resurslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish;

budjetga qoʻshimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish
va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini vaqtinchalik moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

120.

Davlat mablagʻlari haqidagi maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlashga, pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish hamda ularning samaradorligini oshirishga, naqd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Markaziy bank,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi, DSQ, DBQ

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda quyidagilar aks ettiriladi:

davlat mablagʻlari haqidagi maʼlumotlarni davlat sektorida hisobga olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini taʼminlash;

pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, iqtisodiyotning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan qayta moliyalashtirish stavkasini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirish.

121.

Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻymayotgan toʻsiqlarni bartaraf etish.

2017-yil III chorak

Markaziy bank,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
DSQ, DBQ

-

-

2018-2019-yillarga moʻljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar, shu jumladan:

bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablagʻlari yetarliligi va likvidliligi darajasi koʻrsatkichini qoʻllab-quvvatlash;

boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, ilgʻor xorijiy amaliyotlari asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini yanada oshirish;

tijorat banklari faoliyatiga,
shu jumladan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati organlari tomonidan maʼmuriy aralashuvlarning oldini olish va yoʻl qoʻymaslik;

tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash koʻlamini yanada oshirish;

banklarga xos boʻlmagan vazifalarni istisno etish boʻyicha amaliy choralarni koʻrishni nazarda tutuvchi Dastur loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

122.

Naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida toʻlovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish.

2017-yil mart

Markaziy bank, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi,
DSQ, Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat raqobat qoʻmitasi

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.

Bunda quyidagilarni nazarda tutish taklif etiladi:

aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablagʻlari hisobidan tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish;

bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlaridan (“SMS-banking”, “Internet-banking”, “Mobil-banking”) foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish;

toʻlov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi miqdorini ikki martaga qisqartirish;

plastik kartadagi mablagʻlarni boshqa kartaga oʻtkazish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish;

valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni oʻz ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, plastik kartalar boʻyicha oʻzaro hisob-kitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun toʻlovni qaytarishni tartib-taomillari va texnologiyalarini joriy etish.

123.

Bank kassalariga naqd pul tushumlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.

2017-yil II chorak

Markaziy bank,

Moliya vazirligi, DSQ

-

-

Tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

124.

Kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblarni belgilash:

qarzdorning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi axborotni har qanday kreditorga uning yozma soʻrovi olingan vaqtdan boshlab 10 kun ichida taqdim etish;

kreditorga qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorga eʼtiroz bildirish huquqini berish.

2017-yil aprel

Davlat raqobat qoʻmitasi, DSQ,
Oliy xoʻjalik sudi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Sanatsiya rejasi bilan rozi boʻlmagan kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, bankrotlik holatlaridan tikilgan mablagʻlarni qaytarish darajasini oshirish, “Biznesni yuritish” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash imkonini beradi.

125.

Kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablagʻlarini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi moliya bozorini oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Moliya vazirligi,

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi, Prognozlashtirish
va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

mustahkam moliyaviy institutlar (banklar, sugʻurta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aksiyadorlik jamiyatlari)ga qimmatli qogʻozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;

qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, yaʼni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida faoliyati samaradorligini oshirish;

qimmatli qogʻozlarni dastlabki
va qoʻshimcha emissiya qilishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish;

sugʻurta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sugʻurta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish;

alohida milliy korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini taʼminlash.

126.

Tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini taʼminlovchi mahalliy budjetlarning daromad manbaini kengaytirish.

Yil davomida

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
DSQ, TSV, Davlat raqobat qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Chora-tadbirlar dasturlari.

Mintaqalarning ishlab chiqarish salohiyati kengaytiriladi, mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish va alohida viloyatlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish boʻyicha 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan dasturlar amalga oshiriladi.

127.

Budjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shaharlar
va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

DSQ, TIAISV, Davlat raqobat qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

Loyihalarda quyidagilar aks ettiriladi:

budjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, mahalliy budjetlar tasarrufida qoladigan soliqlar
va majburiy toʻlovlarning roʻyxati
va miqdorini qayta koʻrib chiqish orqali shaharlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining mintaqalar mablagʻlarini boshqarish boʻyicha mustaqilligini oshirgan holda fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.

128.

Soliq maʼmuriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida soliqqa tortishni takomillashtirish.

2017-yil III chorak

Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,

vazirlik va idoralar

-

-

Quyidagilar nazarda tutiladi:

1) soliq qonunchiligini tanqidiy oʻrganish va tahlil qilish, huquqni qoʻllashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini taʼminlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;

2) soliq yukini, shu jumladan:

yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qatʼiy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat koʻrsatish (masalan, uzoq va borish qiyin boʻlgan) joylarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish;

yirik korxonalarga boʻlgan soliq yukini maqbullashtirish hisobiga izchil pasaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

129.

Imtiyozlarning individual tartibda berilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularni maqbullashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
DSQ, DBQ, Davlat raqobat qoʻmitasi

-

-

Qonun hujjatlari loyihalari.

Yakuni boʻyicha biznes yuritish uchun sharoitlar yaxshilanadi, samarali raqobat muhiti yaratiladi.

130.

Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali:

1. Xalqaro moliyaviy institutlar pul mablagʻlarini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shu jumladan:

Yil davomida

Vazirlik va idoralar, investitsiyaviy loyiha tashabbuskorlari, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish.

- 2016-2020-yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb qilish;

2017-2020-yillar

3,0 mlrd. doll.

Jahon banki mablagʻlari

- 2017-2019-yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish.

2017-2019-yillar

2,97 mlrd. doll.

Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari

2. Islom taraqqiyot bankining 1,0 mlrd. doll.dan kam boʻlmagan miqdorda kreditlarini jalb qilishni koʻzda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish orqali 2017-2019-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish.

2017-2019-yillar

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

1,0 mlrd. doll.

Islom taraqqiyot banki mablagʻlari

3. Ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, infrastruktura va boshqa loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan chet el hukumat tashkilotlarining (Xitoy eksport-import banki, Koreya eksport-import banki, EDCF Fondi, Yapon xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SHTHA), Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA), Yevropa hamkorlik komissiyalari va hokazo) imtiyozli kredit hamda grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha tizimli ishlarni olib borish.

Yil davomida

TIAISV, TIV,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

Kredit va grant mablagʻlarini jalb qilish mobaynida aniqlash-tiriladi

Chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari mablagʻlari

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan imtiyozli kredit va grant mablagʻlarini jalb qilish.

131.

Yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish:

jalb qilinayotgan tashqi sarmoya boʻyicha yuzaga keladigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida Oʻzbekistonning kredit reytingini yaxshilash hamda yuqori suveren reyting koʻrsatkichlariga erishish maqsadida yetakchi xalqaro reyting va sugʻurta agentliklari (S&P, FITCN, MOODYʼS va hokazo) bilan uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazish.

2017-2018-yillar

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi,
vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Suveren reyting koʻrsatkichini va kredit reytingini yaxshilash.

3.2. Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish

132.

Mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha umumiy qiymati qariyb 40 mlrd. dollarga teng boʻlgan
649 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirishni koʻzda tutuvchi tarmoq dasturlarini oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash.

2017-yilda umumiy qiymati 1,0 mlrd. dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish, shu jumladan:

meva-sabzavot va goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 mln. dollarlik 63 ta loyiha;

rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash boʻyicha 217 mln. dollarlik 6 ta loyiha;

kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash boʻyicha 25 mln. dollarlik 2 ta loyiha;

uglevodorod xom ashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish boʻyicha 342 mln. dollarlik 6 ta loyiha;

tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha 6 mln. dollarlik 9 ta loyiha;

farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yoʻnaltirilgan 24 mln.dollarlik 7 ta loyiha;

qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish boʻyicha 151 mln. dollarlik 29 ta loyiha;

tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish boʻyicha 178 mln. dollarlik 15 ta loyiha.

Yil davomida

Oʻzbekoziqovqatxolding, OTMK, Oʻzmetkombinat, Oʻzkimyosanoat, Oʻzbekneftgaz, Oʻzbekcharmpoyabzali, Oʻzfarmsanoat, Oʻzqurilishmateriallari, Oʻzbekyengilsanoat,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

116 827 000,
shu jumladan, 2017-yilda 3 003 000

Korxonalarning mablagʻlari, OʻzTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar

2017-yilda koʻzda tutilgan quvvatlarning tarmoq jadvallari oʻz vaqtida kechikmasdan foydalanishga topshirish boʻyicha loyiha ishlarining tarmoq dasturlari.

Kelgusi 5 yilda respublikada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning YAIMdagi ulushi — 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlovchi tarmoqlarning sanoatdagi ulushi — 80 foizdan 85 foizga oʻsadi.

2017-yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar oʻzlashtiriladi.

133.

Koʻmir qazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga koʻmir qazib olishni yiliga 7,8 mln. tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish.

2017-2020-yillar

Oʻzbekkoʻmir,

Oʻzbekenergo,

Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

Loyihaga asosan

Oʻzbekkoʻmir mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari

Chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Aholining energiya taʼminoti yaxshilanadi.

134.

Zargarlik sohasini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi,

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAIS vazirligi, Markaziy bank, Davlat raqobat qoʻmitasi, DSQ, DBQ

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlab chiqilgan mahsulotlar aylanmasini soddalashtirish, milliy zargarlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish;

xorijlik buyurtmachilarning qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududida zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqish uchun tolling operatsiyalarining huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni import qilishning litsenziyalanishini bekor qilish;

mahalliy oltindan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarining eksportga chiqarish hajmi boʻyicha belgilangan minimal normani (95%) qisqartirish.

135.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

Ishlab chiqish:
2017-yil

I chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.

Korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va ishchilar sonini koʻpaytirishga olib keladi.

iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonalarning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sogʻlomlashtirish;

ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish asosida ishchilar sonini koʻpaytirish.

Amalga oshirish:

2017-2018-yillar

136.

2017-yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini oʻrtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirish.

Yil davomida

Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzdavenergonazorat, Oʻzneftegazinspeksiya, vazirlik va idoralar

602 000,0

Korxonalarning mablagʻlari va tijorat banklar kreditlari

Mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

137.

Iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish.

2017-yil III chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Unda quyidagilar aks etadi:

korxonalarning birlashishi va qoʻshib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;

raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;

ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik subyektlarining hujjatlarini koʻrib chiqish tartibini soddalashtirish;

manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish maqsadida shuʼba korxona tomonidan taʼsischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shuʼba korxona vakillarining taʼsischi kuzatuvchilar kengashida aʼzoligini taqiqlash.

138.

Oʻrta muddatli istiqbolda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, DBQ, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.

139.

“Turizm toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, TIV, DBQ, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Turistik sohani rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkorlikning keng rivojlanishiga zamin yaratiladi.

140.

Aeroport va vokzallarda xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash.

2017-yil I chorak

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston temir yoʻllari,
MXX, DBQ, Oʻzbekiston havo yoʻllari

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

xorijiy turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat subyektlari xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan holda maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida hozir boʻlishiga ruxsat berish;

aeroport va vokzallarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish darajasini tubdan yaxshilash;

Davlat bojxona qoʻmitasi, chegara nazorati, aeroport va vokzal xodimlarini turistlar bilan muloqot qilishning zamonaviy shakllariga, shu jumladan, xorijiy tillarga oʻrgatish.

141.

Turizm sohasida biznesni yuritish boʻyicha qulay sharoitlarni yaratish, jahon tan olgan brendlarni, xorijiy investorlarni faol jalb etish.

2017-yil I chorak

TIAISV,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, TIV, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalar�ga berilgan imtiyozlar tatbiq qilinadigan iqtisodiyot sohalari roʻyxatiga turizm sohasi kiritiladi.

Mehmonxonalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan shugʻullanayotgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnika, butlovchi qismlar va transport vositalarini import qilayotgan subyektlarga soliq va bojxona imtiyozlarini berish nazarda tutiladi.

142.

Yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirish.

Yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston havo yoʻllari

Hisob-kitoblarga asosan

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar rejasi.

Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish:

mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini oʻrganish va yangi turistik mahsulotlar va marshrutlarni shakllantirish;

aholi uchun turlar va ekskursiyalar oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

ichki marshrutlar boʻyicha yangi aviaaloqalar ochish;

marketing tadqiqotlarini oʻtkazish asosida hududiy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha charter reyslarini tashkil etish.

143.

“2018 — 2021-yillarga moʻljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”ni ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

TSV, TIV,
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank,
DSQ, DBQ,
vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish;

Oʻzbekiston uchun savdo aloqalari rivojlantirish borasidagi maqsadli bozorlarni aniqlash;

tashqi bozorlar konyunkturasini oʻrganish asosida katta hajmdagi eksportbop tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish;

tashqi bozorlarni marketing oʻrganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;

belgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy oʻzaro hamkorlik oʻrnatish orqali ushbu bozorlarni milliy mahsulotlar bilan taʼminlash;

xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishtirish.

144.

Birinchi navbatda, eksportga moʻljallangan mahsulotlarni yuqori darajada mahalliylashtirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash.

2017-yil III chorak

Iqtisodiyot vazirligi, TSV,
vazirlik va idoralar

-

-

Ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop mahsulot
hamda materiallarni ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.

145.

Tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash va ularning xalqaro infratuzilmalari bilan integratsiyalashuviga qaratilgan dasturni ishlab chiqish.

2017-yil II chorak

TIAISV,
Oʻzbekiston temir yoʻllari,

Oʻzbekiston havo yoʻllari,

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzavtodaryotrans,
Davlat raqobat qoʻmitasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Qarorda quyidagilar taklif etiladi:

milliy transport logistika kompaniyalari oʻrtasida raqobat darajasini oshirish, eksport korxonalari uchun tariflarni pasaytirishni ragʻbatlantirish, avtomobil parklarini kengaytirish,
yuk avtomobillarini olish uchun kreditlar olishni soddalashtirish;

eksportga moʻljallangan milliy mahsulotlar narxlarini raqobatdosh qilish maqsadida yuklarni bir transportdan boshqasiga qayta yuklash punktlari sonini oshirish;

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK veb-saytlarida temir yoʻl va havo transportlarida yuk tashish tariflarini optimallashtirish.

146.

Intellektual mulkni va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni yanada rivojlantirish, shu jumladan:

tovar belgilari, sanoat namunalariga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish va patentlarni berish tartibotlarining shaffofligini oshirish;

Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning xalqaro tan olinishini taʼminlash;

kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish holatlariga qarshi harakat dasturlarini tasdiqlash;

tovarlarning sifati va ingrediyentlar tarkibini ularning nomlanishi va markalariga muvofiqligi boʻyicha standartlar (O'zDStlar)ni qayta koʻrib chiqish.

2017-yil iyun

Davlat raqobat qoʻmitasi, Intellektual mulk agentligi, Oʻzstandart,
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi,
vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi.

Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni, jumladan, tashqi bozorlarda himoya qilishni kuchaytirish, insofsiz raqobatni bartaraf etish, ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

147.

Kapital qurilish sohasida bozor munosabatlarini joriy etishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish
va qoʻshimchalar kiritish.

2017-yil III chorak

Davarxitektqurilish,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Savdo-sanoat palatasi, Oʻzqurilishmateriallari,
DSQ, DBQ

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari.

Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

qurilishda band boʻlgan tashkilotlarni kichik tadbirkorlik subyektlari deb hisoblashda xodimlar cheklangan yillik sonini 50 tadan 200 taga koʻpaytirish;

qurilishning boshlangʻich bahosini qurilish tashkilotining rentabelligini hisobga olgan holda belgilash;

smeta hujjatlarini tuzishda eskirgan va amaliyotda ishlatilmaydigan texnologiyalar va mashinalarni chiqarib tashlash, bozor mexanizmlarini joriy qilish nuqtai nazaridan qayta koʻrish;

tender savdolari oʻtkazish va qurilish shartlarini oʻzgartirish mexanizmini takomillashtirish;

qurilish pudrat tashkilotlari faoliyatini tekshirishlarni tender narxlarini hisobga olib, ishlarni yakunlagandan keyingina amalga oshirish.

148.

Bozor sharoitlarida erkin faoliyat yurita oladigan, respublikada amalga oshirilayotgan har qanday turdagi loyiha ishlarida qatnashishga imkon beruvchi ustav va aylanma kapitaliga ega boʻlgan qurilish va loyihalash korxonalarini tashkil etish va joriylarini rivojlantirishga, sohada zamonaviy bozor munosabatlarini yaratishga qaratilgan“Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay muhitni yaratish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Davarxitektqurilish,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,
Savdo-sanoat palatasi, Oʻzqurilishmateriallari,
DSQ, DBQ

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada quyidagilar aks etadi:

kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish;

loyihalash va qurilish tashkilotlariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi qurilish texnologiyalarini joriy etishga yoʻnaltirilgan soliq va boshqa turdagi imtiyoz va yengilliklar berish;

milliy loyihalash va qurilish tashkilotlarini tashqi bozorlarga kirishiga keng jalb etishni taʼminlovchi kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish;

loyihalarni moliyalashtirishning turli zamonaviy usullarini va boshqa moliyaviy vositalarini joriy etish;

pudrat tashkilotlarida mavjud boʻlgan mutaxassislarni saqlab qolish, malakali kadrlarni jalb etish imkonini beradigan sharoitlarni yaratish;

qurilish sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish;

loyihalash va qurilish tashkilotlari assotsiatsiyalarini tashkil etish.

149.

Avtomobil yoʻllari holatini yaxshilash va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida:

umumfoydalanishdagi xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish;

xoʻjaliklararo avtomobil yoʻllarni taʼmirlash;

shahar koʻchalari, aholi punktlariga kirish va ichki yoʻllarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;

yoʻl xoʻjaligi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash;

qurilish materiallarini innovatsion turlaridan hamda zamonaviy ilgʻor texnologiyalar va usullardan foydalangan holda avtomobil yoʻllari sifatini yaxshilashni belgilovchi standartlarni takomillashtirish.

2017-yil

Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzavtoyoʻl,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davarxitektqurilish,

vazirlik va idoralar

1 550 000,0

Investitsiya dasturi doirasida Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari

Chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Avtomobil yoʻllari holati yaxshilanadi va yoʻl-transport infratuzilmasi rivojlanadi. Aholi
va transport qatnovi uchun qulayliklar yaratiladi. Yoʻl xoʻjaligi korxonalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi va ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi.

150.

“Talgo-250” rusumidagi 2 ta yuqori tezlikdagi yoʻlovchi poyezdini sotib olish loyihasini amalga oshirish.

2017-yil 1-yarmi

Oʻzbekiston temir yoʻllari

42,0

mln.doll.

Ijrochi mablagʻlari — 26,0 mln.doll.;

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi –

16,0 mln.doll.

1-elektropoyezdni keltirish — 2017-yil mart;

2-elektropoyezdni keltirish — 2017-yil may.

151.

Qarshi-Termiz temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish.

Yil davomida

Oʻzbekiston temir yoʻllari

160,3 mln.doll.

Ijrochi mablagʻlari — 73,86 mln.doll.; boshqa manbalar — 86,4 mln.doll.

Qarshi-Termiz temir yoʻl liniyasi elektrlashtirish ishlari yakunlanadi.

152.

Buxoro-Miskin yangi temir yoʻl liniyasini qurish.

Yil davomida

Oʻzbekiston temir yoʻllari

143,0 mln.doll.

Ijrochi mablagʻlari — 48,8 mln.doll.

Tiklanish
va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti — 94,2 mln.doll.

Buxoro-Miskin temir yoʻl liniyasi quriladi va poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

153.

Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish.

2017 — 2019-yillar

Oʻzbekiston temir yoʻllari

18,0 mln.doll.

Ijrochi mablagʻlari

Pop-Namangan-Andijon temir yoʻl uchastkasi elektrlashtiriladi.

154.

Temir yoʻllarni qayta tiklash.

2017 — 2019-yillar

Oʻzbekiston temir yoʻllari

51,1 mln.doll.

Ijrochi mablagʻlari

Temir yoʻllarning ahvoli yaxshilanadi.

155.

Yoʻlovchi vagonlar tarkibini yangilash.

2017 — 2019-yillar

Oʻzbekiston temir yoʻllari

8,1 mln.doll.

Ijrochi mablagʻlari

Yoʻlovchi vagonlar tarkibi yangilanadi.

156.

“Toshkent shahar aeroporti yangi xalqaro yoʻlovchi terminalini (Toshkent-4) qurish” loyihasini amalga oshirish.

2017 — 2019-yillar

Oʻzbekiston havo yoʻllari,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Oʻzmilliybank,
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi,

Toshkent shahar hokimligi

jami — 343,6 mln.doll.

shundan, 2017-yilda — 152,9 mln.doll.

Oʻzbekiston havo yoʻllari mablagʻlari — 11,9 mln.doll.;

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari — 81,7 mln.doll.;

“EDCF” jamgʻarmasi mablagʻlari (Koreya Resp.) — 200 mln.doll.;

Koreya Resp. Eksimbanki mablagʻlari — 50 mln.doll.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, pudrat tashkilotini aniqlash, qurilish-montaj ishlarini boshlash masalalari hal qilinadi.

157.

Respublika hududlarida
2300 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish.

2017-yil IV chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi

5,7 mln. doll.

Operator va provayderlar mablagʻlari

Respublika aholisining yuqori tezlikda Internetga ulanishi, multimedia va IP-TV xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

158.

Kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish.

2017-2018-yillar

Axborot texnologiyalari vazirligi

44,7 mln. doll.

Oʻzbektelekom mablagʻlari, xorijiy investorlar kreditlari

Shaharlararo avtomatik telefon stansiyalar sigʻimlari 17152 ta E1 portga oshiriladi.

159.

Respublika hududlarida mobil aloqa operatorlarining 1843 ta baza stansiyalarini oʻrnatish.

2017-yil IV chorak

Oʻzbektelekom, mobil aloqa operatorlari

115,2 mln.doll.

Operator va provayderlar mablagʻlari, xorijiy kreditlar

Mobil aloqa operatorlarining tarmoqlari qamrovi hududlarini kengaytirishga erishiladi.

160.

Respublika hududlarida 66 ta yuqori quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televideniye uzatkichlarini oʻrnatish va ishga tushirish.

2017-yil IV chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi

62,5 mln. doll.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari mablagʻlari

Respublika aholisini, shu jumladan, togʻli va borish qiyin boʻlgan hududlardagi aholini raqamli televideniye bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkaziladi.

3.3. Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish

161.

Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish, bunda:

paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va gʻalla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish;

qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, jumladan, kartoshka — 8,1 ming gektar, sabzavot — 27,2 ming gektar, intensiv bogʻ — 5,9 ming gektar, tokzor — 2,9 ming gektar, ozuqa ekinlari — 10,9 ming gektar va moyli ekinlar — 4 ming gektar.

Yil davomida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yergeodezkadastr,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Fermerlar kengashi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2015-yildagi PQ-2460-sonli va Vazirlar Mahkamasining 01.11.2016-yildagi 378-sonli qarorlarining ijrosini taʼminlash.

Past rentabelli ekin maydonlarida paxta va gʻalla yetishtirishdan koʻriladigan zararni 80 mlrd. soʻmga qisqartirish;

qoʻshimcha 1 mln. tonnaga yaqin meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish;

hududlarda 48,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish natijasida ushbu ekin maydonlarida band boʻlgan aholi sonini 75,6 mingga yetkazish;

meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini 2 barobar oshirish.

162.

Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosildorlikka ega boʻlgan, ertapishar hamda shirin taʼmga ega pakana va yarim pakana daraxtlarni ekish orqali intensiv bogʻ va uzumchilikni rivojlantirish va dunyo bozorlarida xaridorgir eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, jumladan:

Yil davomida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermerlar kengashi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutlari

532 346,0

loyihaga asosan

fermer xoʻjaliklari mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Vazirlar Mahkamasi qarori va bayoni loyihasi.

Bogʻ va tokzorlar maydonlarini kengaytirish va ularning eskirgan va yaroqsiz maydonlarini yangilash.

Bogʻ va tokzorlar maydonlarini yangilash natijasida yer unumdorligi oshishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish;

2016-yildagi jami mevali bogʻlar maydonida intensiv bogʻlarning 10 foiz ulushini 2020-yilga borib 30 foizga oshirish natijasida ularning hosildorligini kamida 3-4-martaga oshirish.

Yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, intensiv bogʻdorchilikni rivojlantirish, tomchilatib sugʻorish tizimi asosida qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini kengaytirish, bevosita mahsulot yetishtirish hududida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hisobiga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish.

13 ming gektar maydonda yangi intensiv bogʻ va 7,3 ming gektar tokzorlar tashkil qilish hamda 15,4 ming gektar bogʻ va 9 ming gektar tokzorlarni rekonstruksiya qilish;

mavjud past rentabelli bogʻ va tokzorlarni bosqichma-bosqich, yiliga 10 foizdan yoki 26,4 ming bogʻ va 14,1 ming tokzorlarni intensiv usulga oʻtkazish;

yangi tashkil etilayotgan va mavjud intensiv bogʻ va tokzorlarga bosqichma-bosqich yiliga 5,7 ming gektardan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish;

respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos pakana va yarim pakana daraxt koʻchatlari va payvantaklari yetishtirish hajmini kamida 7000 mingtaga oshirish;

Yil davomida

bevosita meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish uchun suv havzalari, yirik suv oʻlchash sigʻimlari, birlamchi sovitish tizimlari va sovitkich kameralari hamda texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa obyektlar qurish tartibini ishlab chiqish hamda joriy qilish;

2017-yil I chorak

istiqbolli va dunyo bozorlarida talab yuqori boʻlgan eksportbop intensiv bogʻ mevalari koʻchatlarining navlarini sinash va ularni respublika hududida ekishga tavsiya etiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari Davlat reyestriga kiritish;

2017-yil II chorak

tashkil etilayotgan intensiv bogʻlarda zamonaviy mineral va organik oʻgʻitlardan hamda kasallik, zararkunandalar va begona oʻtlardan muhofaza qiluvchi kimyoviy vositalardan foydalanish tizimini ularni Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida ishlatilishi ruxsat etilgan pestitsidlar va agroximikatlar roʻyxatiga kiritish orqali tashkil qilish.

2017-yil II chorak

163.

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ularning xavfsiz va barqaror ishlashini taʼminlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorligiga erishish:

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,

Yergeodezkadastr,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

loyiha institutlari

905 000,0, shundan 457 273,0 Davlat budjeti mablagʻlari

Davlat budjeti mablagʻlari, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi,

tashkilotlarning mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Tahliliy maʼlumot.

Vazirlar Mahkamasi Rayosatida taqdimot.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

270,5 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini barqaror saqlash, 276,2 ming gektar sugʻoriladigan yerlarni suv bilan kafolatli taʼminlash, pudrat tashkilotlarining texnik taʼminotini oshirishga erishiladi.

734,9 km magistral, tumanlararo, xoʻjaliklararo kollektorlarni, 348,3 km yopiq-yotiq drenaj tizim�arini,
6 dona meliorativ nasos stansiyalarini, 79 dona meliorativ tik quduqlarni, 131 dona meliorativ obyektlardagi gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish;

Yil davomida

14537,2 km ochiq kollertorlarni, 1330,5 km yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 15 dona meliorativ nasos stansiyalarini, 791 dona meliorativ tik quduqlarni, 2277 dona meliorativ obyektlardagi tidrotexnik inshoatlarini taʼmirlash va tiklash;

Yil davomida

500 km kanallarni, 74 km sugʻorish lotok tizimini, 106 dona gidrotexnik inshootlarni, 10 km bosimli suv quvurlarini, sigʻimi 625 mln. metr kubga teng boʻlgan suv omborlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 0,5 km qirgʻoqboʻyi mintaqasini himoyalash;

Yil davomida

142 dona meliorativ texnika va jihozlarni suv xoʻjaligida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlariga lizing orqali yetkazish;

Yil davomida

2013-2017-yillar davomida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini tanqidiy oʻrganish;

2017-yil III chorak

kollektor-drenaj va irrigatsiya tizimlarini, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini va suv bilan taʼminlanganlik darajasini kompleks oʻrganish natijasida 2018-2022-yillarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

164.

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, meva-sabzavot, kartoshka va uzum ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, ichki bozorda ularga boʻlgan narxlar keskin oshishining oldini olish:

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yergeodezkadastr,
Fermerlar kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutlari

234 342,0

fermer xoʻjaliklari mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ichki bozorni mahsulotlar bilan toʻldirish, aholini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash.

meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, jumladan, sabzavot — 105,7%, kartoshka — 106,3%, poliz — 106,1%, meva — 106%, uzum — 105,7%, goʻsht — 105,6%, sut — 108,1%, tuxum — 111,3%, baliq — 120% va asal — 118,2 %ga;

Yil davomida

394 gektar maydonga 503 ta issiqxona xoʻjaliklari va 6885 ta aholi shaxsiy tomorqalaridagi 176 gektar maydonda issiqxonalar qurish;

Yil davomida

aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarida muqobil elektroenergiya manbalaridan foydalaniladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar, kichik parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik xoʻjaliklarini tuzish va boshqa yuqori samarali va yuqori daromadli mahsulotlarni ishlab chiqarishda amaliy yordam koʻrsatish hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish;

Yil davomida

Kompleks chora-tadbirlar.

Aholi tomorqa va dehqon xoʻjaliklari mavjud imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, yangi ish oʻrinlarini shakllantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish hamda turmush darajasini yaxshilashga erishiladi.

shaxsiy tomorqalardan foydalanish, dehqon xoʻjaliklarini yuritish, mavjud yer uchastkalaridan samarali va oqilona foydalanish va ulardan yuqori hosil va daromad olish boʻyicha zamonaviy texnologiya va tajribalarni targʻibot qilish hamda tarqatish;

Yil davomida

hoʻl meva va qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash va eksportga joʻnatish maqsadida umumiy hajmi 132,2 ming tonnalik 184 ta muzlatkichli omborlarini tashkil qilish va 1,4 ming tonnalik 4 ta muzlatkichli omborlarni modernizatsiya qilish;

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli dastur.

Muzlatkichli omborlarning umumiy hajmini 632 ming tonnaga yetkazish va 1000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish.

almashlab ekish tartibini qoʻllagan holda, uzoq muddatga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni rejalashtirishga oʻtish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2017-yil II chorak

Kompleks chora-tadbirlar.

Tuproq unumdorligi va qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish.

Har xil kasallik va zararkunandalarni bartaraf etish.

Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish.

165.

Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligini barqaror hamda samarali rivojlantirishni taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotish sohalarini, ularning iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini taʼminlash va zaruriy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan jihozlash, shu jumladan:

koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari faoliyati uchun meʼyoriy-huquqiy asoslarni yaratish, ularni davlat tomonidan, shu jumladan, imtiyozli kreditlash yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish;

qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotishda fermer xoʻjaliklari kooperatsiyasini rivojlantirish, qishloq joylarda mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash boʻyicha kichik korxona va ularning boʻlimlarini tashkil etish;

qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish.

2017-yil II chorak

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermerlar Kengashi, Yergeodezkadastr,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
Ilmiy tadqiqot institutlari

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Qishloq joylarda yangi moliyaviy barqaror, oʻzining ishlab chiqarishi yoʻnalishini ob-havo sharoiti va bozor talablaridan kelib chiqib, bozor talabiga mos ekinlarni yetishtirishga tez moslashuvchi hamda bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan yuzaga kelgan yoʻqotishlarni boshqa turdagi ishlab chiqarishdan olingan daromad bilan toʻliq qoplaydigan subyektlarni tashkil etish imkonini beradi.

166.

Chorvachilikni yanada rivojlantirish:

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermerlar kengashi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjalik ilmiy tadqiqot institutlari

-

-

Tahliliy maʼlumotlar.

Vazirlar Mahkamasining Rayosatida taqdimot.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Kompleks dasturni amalga oshirish natijasida 2020-yilga kelib yirik shoxli qoramol bosh soni 21,8%ga, mayda shoxli qoramol bosh soni 18,3%ga va sut mahsulotlari 36,8%ga oshadi.

chorvachilik va veterinariya boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish;

2017-yil I chorak

naslchilikni rivojlantirish, naslchilikda ilmiy tadqiqot ishlarini joriy etish;

Yil davomida

chorvachilikning ozuqa bazasini yaratish, ozuqa ekinlari yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirish, ozuqa ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ularning urugʻchiligini tashkil qilish, chorvachilikni sifatli ozuqalar, bioqoʻshimchalar, vitaminlar, makro-mikro elementlar va boshqa ozuqa birliklari bilan taʼminlash;

Yil davomida

veterinariya xizmatlarini yaxshilash va epizotik holatning barqarorligini taʼminlash, veterinariya laboratoriyalarini moddiy-texnik jihozlash;

Yil davomida

21 400,0

Davlat budjeti mablagʻlari

veterinariya meʼyorlari va qoidalarini takomillashtirish hamda veterinariya preparatlarini va ozuqa qoʻshimchalarini sertifikatlashni bir xil qoidalarga keltirish.

2017-yil I chorak

167.

2017 — 2021-yillarda parrandachilikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish asosida parrandachilik sohasini rivojlantirish:

2017-yil I chorak

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi,
“Parranda sanoat” uyushmasi,
Fermerlar kengashi, Moliya vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
tijorat banklari, Qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutlari

-

-

Tahliliy maʼlumot

Vazirlar Mahkamasida taqdimot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

2020-yilga borib, parranda bosh soni 42,4%, goʻsht ishlab chiqarish 21,4% va tuxum — 39%ga oʻsishi kutilmoqda.

zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish orqali yirik parrandachilik korxonalarining toʻliq ishlab chiqarish quvvatlari bilan ishlashini taʼminlash, ularni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash;

Yil davomida

parrandachilikning naslchilik bazasini rivojlantirish va naslchilik xoʻjaliklari asosida zamonaviy seleksiya-genetik markazlar tashkil qilish hamda ularning texnik va texnologik jihozlanish darajasini oshirish;

2017-yil I — III chorak

parrandachilik mahsulotlari-ni qayta ishlash darajasini oshirish, yangi turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqarish tizimini ragʻbatlantirish;

Yil davomida

sifatli ozuqa, bioqoʻshimchalar, vitaminlar, makro-mikro elementlar va boshqa ozuqa qoʻshimchalari ishlab chiqarishni tashkil qilish, shuningdek, parrandachilik xoʻjaliklariga davlat resurslaridan bugʻdoy yetkazib berish tizimini takomillashtirish yoʻli bilan ozuqa bazasini mustahkamlash;

2017-yil I chorak

sohani yuqori malakali kadrlar, ayniqsa, zootexnik va veterinarlar bilan taʼminlash, shuningdek, malakali chet el mutaxassislarini jalb qilish.

Yil davomida

168.

Respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurgʻoqchilikka, shoʻrlikka, issiqlikka va kasalliklarga chidamli qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va hayvonot turlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish.

Gennokaut biotexnologiyalari asosida isteʼmolchilar sogʻligʻiga salbiy taʼsirchanligini isbotlagan holda, har xil tuproq-iqlim zonalariga mos ertapishar va yuqori hosilli qishloq xoʻjalik ekin navlarini yaratish.

Yuqori mahsuldorlikka
ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli yangi seleksion navlarni joriy qilish.

Yil davomida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi,
OvaOʻMTV, OʻzQXIICHM,
Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

Chora-tadbirlarni ishlab chiqish natijasida aniqlanadi

XMI grant mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini va chorva mahsuldorligini oshirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishdagi mavjud keng imkoniyatdan samarali foydalanish.

169.

2017-yilda Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun Xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish:

Osiyo taraqqiyot bankining 150,0 mln.dollar mablagʻini “Qishloq xoʻjaligini ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish” loyihasiga;

Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining 150,0 mln.doll. mablagʻini “Chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasiga;

Xalqaro qishloq xoʻjaligi taraqqiyoti jamgʻarmasining
23,8 mln.dollar mablagʻini “Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta ishlashni rivojlantirish” loyihasiga;

Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 14,0 mln.dollar mablagʻini “Orol boʻyi mintaqasida iqlim
oʻzgarishga moslashish va oqibatlarini yumshatish” loyihasiga jalb etish.

Yil davomida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekoziqovqatxolding, Qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi

337,8 mln.doll.

OTB, XTTB, XQXTJ, XTU

Tahliliy maʼlumotlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish.

Chorvachilik sektorini rivojlantirish.

Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta ishlashni rivojlantirish.

Orol boʻyi mintaqasida iqlim oʻzgarishga moslashish va oqibatlarini yumshatishga erishish.

3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish

170.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish.

2017-yil I chorak

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Ombudsman, AQHMI,
Oliy sud,
Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutiladi:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda roʻyobga chiqarilayotganligini oʻrganish;

davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

171.

Xususiy mulkni himoya qilish va xususiy mulk obyektlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblarni oʻrnatish:

mulkdan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli sifatida foydalanishda mulkdorning aybi boʻlmagan hollarda mulkni musodara qilish yoki olib qoʻyishni (vaqtinchalik olib qoʻyish bundan mustasno) taqiqlash;

davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni oldindan qoplab berish;

tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanilma-yotgan, jumladan, ajratilgan yer uchastkalarida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan olingan majburiyatlar bajarilmayotgan hollar yuzaga kelgan davrda yer soligʻi va mol-mulk soligʻi stavkalarini uch baravar miqdorda qoʻllash.

2017-yil iyun

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Yergeodezkadastr, Davlat raqobat qoʻmitasi, DSQ,
Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi.

Xususiy mulk kafolatlari va uni himoya qilishni kuchaytirish, qurilishi tugallanmagan obyektlar savdosini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyati yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

172.

Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini, jumladan, “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish jarayonlarini yanada soddalashtirish hamda bunday obyektlar tadbirkorlik subyekti tomonidan aniqlanganda, ularni sotib olish yuzasidan takliflarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibini belgilash.

2017-yil mart

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, davlat mulklarining real narxlarini shakllantirish.

173.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish:

bino va inshootlar maydonlaridan kelib chiqqan holda ularni xatlovdan oʻtkazishning differensiallashgan muddatlarini belgilash;

kadastr organlarining Davlat soliq qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi va boshqa idoralar hududiy boʻlinmalari bilan real vaqt rejimida maʼlumot olish imkonini beradigan oʻzaro elektron axborot almashinuvi tizimini toʻliq joriy etish;

koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda uni takroran xatlovdan oʻtkazishni taqiqlash.

2017-yil II chorak

Yergeodezkadastr, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Adliya vazirligi, Davarxitektqurilish, DSQ, IIV,
Bosh prokuratura

500,0

Ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari.

Vakolatli organlar oʻrtasida axborot almashinuvi tartibini soddalashtirish, bino va inshootlarni xatlovdan oʻtkazish muddatlarini qisqartirish, vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilayotgan kadastr ishlari sifatini yaxshilash imkonini beradi.

174.

Nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan oʻtkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish, bunda:

Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularni avtomatlashgan axborot tizimi orqali tahlil qilib, xavf-xatarlarni baholash asosida tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

DSQ, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.

Tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirishda avtomatlashtirilgan holda xavf-xatarlar baholanadi.

175.

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha kafolatlash fondini tashkil etish, bunda:

ustav kapitalining boshlangʻich miqdorini Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi, davlat organlari va tijorat banklari — muassislar ulushlari hisobiga shakllantirish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalarni sotib olishga beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismini taʼminlash.

2017-yil I chorak

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari

100 000,0

Ijrochilar va tijorat banklari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Tadbirkorlik subyektlarini kredit va boshqa moliyaviy mablagʻlar bilan taʼminlashni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda kredit olish uchun garov taʼminotini taqdim etish imkoniyati yaratiladi.

176.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir gektardan ortiq yer maydonlarini ajratish tizimini takomillashtirish maqsadida:

Tadbirkorlik subyektlarining ishtirokisiz “yagona darcha” tamoyili asosida yer maydonlarini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish;

tadbirkorlik subyektlariga arizani koʻrib chiqish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratish.

2017-yil II chorak

Davarxitektqurilish, Yergeodezkadastr,
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Tadbirkorlik subyektlariga yer maydonlarini ajratish tartibotlarining oshkoraligini taʼminlash, vakolatli davlat organlaridagi axborot almashinuvi tizimini yaxshilash, hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.

177.

Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga tayyor holda ulash tizimini takomillashtirish maqsadida:

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish
boʻyicha shartnomada
koʻrsatilgan xarajatlarni kamaytirish;

tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash.

2017-yil I chorak

Oʻzbekenergo,

Oʻztransgaz, Oʻzdavenergonazorat

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmogʻiga ulash tizimi yanada takomillashtiriladi, uning muddatlari va xarajatlari qisqaradi.

178.

Tadbirkorlik subyektlarini xom ashyo va materiallar bilan taʼminlashni takomillashtirish.

2017-yil II chorak

Iqtisodiyot vazirligi,
OʻzRTXB,
vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmayotgan yoki ishlab chiqarish hajmi yetarli boʻlmagan mahsulotlar importi dinamikasini tahlil qilish asosida bunday tovarlarga bojxona toʻlovlari miqdorini kamaytirish;

ochiq birja savdolari orqali yuqori likvidli tovarlarni sotish hajmlarini 10 foizdan kam boʻlmagan miqdorga oshirish.

179.

Tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati uchun xom ashyo va materiallarni sotib olishda moliyaviy resurslarga boʻlgan talablarini qondirish maqsadida iqtisodiyot hamda kichik biznes sohasi subyektlarini kreditlash hajmini 1,2 barobar oshirish.

Yil davomida

Markaziy bank, tijorat banklari

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.

Ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
va kengaytirish hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati uchun xom ashyo
va materiallarni sotib olishda moliyaviy resurslarga boʻlgan talablarini qondirish.

180.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikning rivojlanishini yanada qoʻllab-quvvatlash va mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklariga plastik kartalaridagi pul mablagʻlaridan ishlab chiqarish, savdo faoliyati va boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish imkonini berish va ularni tasarruf etishdagi asossiz cheklovlarni bekor qilish.

2017-yil mart

Markaziy bank, DSQ,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

-

-

Qonun hujjatlariga oʻzgartish
va qoʻshimchalar kiritish.

Bank plastik kartalaridan foydalangan holda, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish hamda pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga xizmat qiladi.

181.

Oilaviy biznes va hunarmandlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish.

Yil davomida

Markaziy bank, Tijorat banklari

350 000,0

Tijorat banklari kreditlari

Aholi tomonidan oʻz xonadonlarida milliy hunarmandlik asosida tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladi va qoʻshimcha daromad manbai yaratiladi.

182.

Tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada ragʻbatlantirish va takomillashtirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport hajmini koʻpaytirish va geografiyasini kengaytirish.

2017-yil I chorak

TIAISV,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, DBQ, DSQ,
Markaziy bank, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini Davlat
bosh inspeksiyasi, Oʻzstandart, Oʻzbekiston temir yoʻllari,
Oʻzbekiston havo yoʻllari

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

tovarlarni ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni import qilishda muvofiqlik sertifikatini berish muddatini, ilgari xuddi shunday tovar uchun sertifikat olgan taqdirda 10 kundan uch kungacha qisqartirish;

tovar va xizmatlar eksportidan (xom ashyo tovarlari bundan mustasno) valyuta tushumining belgilangan qismini majburiy sotishni kamaytirish;

oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalarga belgilangan imtiyozlarni mahalliy tovarlarni eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga ham tatbiq etish;

barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga meva-sabzavot mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri eksport shartnomalari tuzish orqali eksport qilish huquqini berish;

eksport qilish taqiqlangan ayrim tovarlarni (non va goʻsht mahsulotlari, tirik mol va parranda) ruxsatnoma asosida eksport qilish tizimini joriy etish;

foydalanilgan mashina, jihoz va texnikalarni eksport qilishni soddalashtirish va tartibini aniqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi sanitariya normalari va karantin qoidalarini jahonning ilgʻor mamlakatlari standartlariga muvofiqlashtirish.

183.

Raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini ragʻbatlantirish.

2017-yil III chorak

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,
Davlat raqobat qoʻmitasi, DSQ

-

-

Qonun hujjatlari loyihalari.

Bunda oʻrta biznes subyekti toifasini joriy etish va unga imtiyozlarni belgilash.

184.

Xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish.

2017-yil IV chorak

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, TIV,

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank,
Adliya vazirligi,
DSQ, DBQ

-

-

Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini, shu jumladan, “Xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini oʻrganish natijasida toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan, investitsiya faoliyati, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini qoʻllab-quvvatlaydigan, xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlaydigan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

185.

Faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish tartiblarini tanqidiy qayta koʻrib chiqish va tubdan soddalashtirish maqsadida quyidagi tartiblarni joriy etish:

taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatidan bir-birini takrorlovchi va boshqa davlat organlarida mavjud boʻlgan hujjatlarni qisqartirish;

vakolatli organlar tomonidan tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish va kelishish muddatlarini qisqartirish;

tugatuvchilar tomonidan muassislari mavjud boʻlmagan kichik korxona va mikrofirmalarning muhrlari, shtamplari va boshqa hujjatlarini vakolatli tashkilotlarga taqdim qilish talabini bekor qilish;

moliyaviy faoliyat amalga oshirmayotgan korxonalarni soliq tekshiruvlarini oʻtkazmasdan kameral nazorat xulosasi asosida tugatishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

2017-yil I chorak

Adliya vazirligi, DSQ, Davlat raqobat qoʻmitasi,
Savdo-sanoat palatasi,
Moliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi

-

-

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar sonini qisqartirish, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini takomillashtirish, korxonalarni tugatishda belgilangan muddat va talablarga amal qilish borasida mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish.

186.

Jahon bankining “Doing Business” xalqaro reytingida respublikamizning oʻrnini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Yil davomida

Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank,
Adliya vazirligi, TIASV, DSQ, DBQ, vazirlik va idoralar

-

-

Quyidagilar nazarda tutiladi:

tadbirkorlik subyektlari uchun toʻsiqlarsiz kredit olishni taʼminlash;

toʻlovga qobiliyatsizlikni hal qilish masalalarini takomillashtirish;

qarzdorlar va kreditorlarning taʼminlangan bitimlar boʻyicha huquqlarini kengaytirish, kredit maʼlumoti almashinuvi mexanizmlarini takomillashtirish;

shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish;

elektr taʼminotiga ulanish tizimini takomillashtirish;

qurilishga ruxsat olish jarayonini soddalashtirish;

tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish jarayonini yengillashtirish.

187.

Oʻzbekistonning obyektiv reyting koʻrsatgichlarini egallashi va ulardagi mavqeyini oshirish uchun talab qilinadigan statistik va boshqa maʼlumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish boʻyicha takliflar kiritish.

2017-yil II chorak

Davlat statistika qoʻmitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, TIAISV, TIV, Markaziy bank

-

-

Turli reytinglarni egallash va ularni oshirish.

188.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida yangi nominatsiyalarda tanlovlar oʻtkazish.

2017-yil II chorak

Savdo-sanoat palatasi,
Iqtisodiyot vazirligi,

TIAISV

-

-

Amaliy chora-tadbirlar.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun “Oʻzining savdo belgilarini yoʻnaltirish va yangi bozorlarni egallaganlik uchun”, “Respublika ichki bozorlarida talab boʻlgan yangi turdagi isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqqanlik uchun” nomli nominatsiyalarda tanlovlar joriy etiladi.

3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish

189.

Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan Nurota, Kattaqoʻrgʻon, Qoʻshrabot, Qiziriq, Muzrabot, Boyovut, Sardoba tumanlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo viloyati hokimliklari, tijorat banklari

Dastur asosida

Tijorat banklari kreditlari, tadbirkorlarning mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Tumanlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, aholi bandligi, turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.

190.

Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida kichik biznesning innovatsion texnoparklarini tashkil etish.

2017-yil I chorak

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, Markaziy bank,
Fanlar akademiyasi, DSQ, Oʻzbekenergo, Oʻztransgaz,

Toshkent shahar hokimligi

Manzilli dasturlar asosida

Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiya
va kreditlar

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Kichik biznes subyektlarining barcha qulayliklarga ega boʻlgan hududda faoliyat koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratiladi.

191.

Yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samara-dorligini oshirish maqsadida:

kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holatini tanqidiy oʻrgangan holda tegishli chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

kichik sanoat zonalariga ularning ixtisoslashuvi, hududning resurs salohiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning toʻliq siklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish;

investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchilarga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;

kichik sanoat zonalari hududida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini kengaytirish.

2017-yil I chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi,
Oʻzbekenergo, Oʻztransgaz,
Savdo sanoat palatasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.

Foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan oqilona va samarali foydalanish, zamonaviy va raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

192.

Oʻzida sanoat-iqtisod koʻrsatkichlari haqidagi maʼlumotlarni, tabiiy va mehnat resurslarini, shuningdek, hududning boshqa potensial imkoniyatlarini ifoda etgan respublikaning har bir tuman (shahar) pasportini tuzish.

2017-yil IV chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Tuman (shahar) pasportidan erkin foydalanishga qaratilgan zamonaviy tizim joriy etiladi.

Hududlarga investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

193.

Tarmoqlar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda, birinchi navbatda, ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan hududlarda amalga oshirish uchun quyidagi yoʻnalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqish:

Yengil sanoatda 85 ta, charmpoyabzal sohasida 31 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 16 ta, oziq-ovqat sanoatida 78 ta, farmatsevtika sohasida 18 ta, elektrotexnika sanoatida 17 ta loyiha.

2017-yil I chorak

Oʻzbekyengilsanoat,

Oʻzbekcharmpoyabzali,

Oʻzqurilishmateriallari,

Oʻzbekoziqovqatxolding,

Oʻzdonmahsulot,

Oʻzvinosanoatxolding,

Oʻzfarmsonat,

“Dori-Darmon” AK,

Oʻzeltexsanoat,

tijorat banklari

Biznes rejalari
va loyiha hujjatlari asosida

Ijrochilar mablagʻlari, tijorat banklari va xalqaro moliya institutlari kreditlari

Loyiha hujjati.

Ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada qolayotgan tumanlarni sanoat salohiyatini oshirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish imkonini beradi.

IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

4.1. Aholining bandligi va real daromadlarini izchil oshirish

194.

Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan tasdiqlangan Aholi bandligini taʼminlash dasturini soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash:

Har oyda

Iqtisodiyot vazirligi,

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tijorat banklari

16 600 000,0

Korxona va tashkilotlar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar va kreditlar

Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari.

25 mingga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 256,4 mingdan ortiq ish oʻrinlari tashkil etilishiga erishiladi.

2017-yil davomida sanoatni (5440 ta loyiha 131 mingta ish oʻrni bilan), qishloq xoʻjaligini (8430 loyihada 55,8 mingta ish oʻrni bilan) va xizmat koʻrsatishni (11 mingta loyiha 69,5 mingta ish oʻrni bilan) rivojlantirish boʻyicha viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining faoliyatini kuchaytirish.

Tarmoq jadvallar asosida

195.

Ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan va mehnat bozorida vaziyat murakkab boʻlgan 34 ta tumanda 46,8 mingta ish oʻrni tashkil etish, jumladan:

sanoatda — 14 mingta;

xizmat koʻrsatish va servis sohasida — 8,7 mingta;

qurilishda — 12,5 mingta;

qishloq xoʻjaligida — 11,5 mingta.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi,

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi,
vazirlik va idoralar

4 300 000,0

Korxonalar mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari

Aholi bandligi hududiy dasturlari doirasida ijro etuvchilarning qarorlari.

Qishloq joylarda barqaror ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga aholi bandligini oshirish.

196.

Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab boʻlgan tuman va shaharlar roʻyxatini aniqlash, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli roʻyxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xoʻjaliklarini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari uchun “start-ap” loyihalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish.

2017-yil II chorak

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

Maqsadli dasturlar asosida

Korxonalar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar

Dasturlarni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi yigʻilishi bayoni.

Ish oʻrinlari tashkil etish orqali bandlikni taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka jalb qilish.

197.

Aholi bandligini taʼminlash maqsadida 10 ming nafar taʼlim muassasalari bitiruvchisiga oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun kredit mablagʻlari ajratish.

Yil davomida

Markaziy bank,

tijorat banklari, OvaOʻMTV,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

60 000,0

Tijorat banklari kreditlari

Ijrochilarning qarorlari.

Tadbirkorlik va mehnat faolligini oshirish hisobiga bandlikni va oila daromadlarini oshirish.

198.

Mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va oʻquv kurslarini oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini ragʻbatlantirish.

2017-yil II chorak

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, OvaOʻMTV

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Loyihada:

nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish;

davlat akkreditatsiyasiga ega boʻlgan nodavlat taʼlim muassasalari uchun davlat namunasidagi hujjatlarni berish boʻyicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.

199.

Oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kerakli talabdan ortiq hajmda tayyorlanayotgan gumanitar taʼlim yoʻnalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni koʻzda tutuvchi oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim mutaxassislik yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish.

2017-yil II chorak

Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, OvaOʻMTV,
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Joriy va istiqboldagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xoʻjaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan taʼminlash imkonini beradi.

200.

Respublika hududlarida aholi bandligini taʼminlash hamda qoʻshimcha daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan fuqarolarning shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, qoramol, qoʻy, echki, quyon boqish va goʻsht yetishtirish, parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urugʻ va koʻchatlar uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish.

Yil davomida

Markaziy bank, tijorat banklari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari

400 000,0

Tijorat banklari kreditlari

Ijrochilarning qarorlari.

Qishloq aholisi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish. Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi koʻpayadi.

201.

Xizmat koʻrsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga kredit mablagʻlari ajratish.

Yil davomida

Markaziy bank, tijorat banklari

1 200 000,0

Tijorat banklari kreditlari

Hududlarda xizmat koʻrsatish koʻlami kengayadi va sifati oshadi, natijada aholi bandligi hamda daromadlari oshishi taʼminlanadi.

202.

Ayollarning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish, ular bandligini taʼminlash maqsadida ayollar tadbirkorligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

Yil davomida

Markaziy bank, tijorat banklari

1 000 000,0

Tijorat banklari kreditlari

Hududlarda ayollarning bandligi taʼminlanadi.

Pedagogik maʼlumotga ega boʻlgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha taʼlim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyatini tashkil etish.

203.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat stajini hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta toʻlovlari davriyligini roʻyxatga olish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

2017-yil II chorak

Mehnat vazirligi,
Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

DSQ

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Mehnat stajini elektron tarzda roʻyxatga olish hamda davlat ijtimoiy sugʻurta toʻlovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reyestrini yuritishning imkonini yaratadi.

204.

“Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, IIV, Moliya vazirligi,
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, OʻzNNTMA

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirishning mexanizm va shakllari, mehnat migrantlari bilan ishlash sohasidagi diplomatik vakolatxonalarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, chet elda Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiy xavfsizligini taʼminlash va ularning ijtimoiy himoyasi boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

205.

Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish.

2017-yil IV chorak

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,
Moliya vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:

hududlarda fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi Byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga oʻzini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga oʻrgatishni yuklagan holda Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan koʻniktirish va oʻqitish markazining hududiy tuzilmalarini tashkil etish;

fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va xorijiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni hisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSH, Kanada, Yaponiya, YEI va Fors koʻrfazi mamlakatlariga) ishga yuborish hajmi va yoʻnalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar oʻtkazish.

206.

Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi hukumatining grant mablagʻlari hisobiga tashkil etilgan) kasb-hunarga oʻqitish markazlarida mehnat resurslari koʻp boʻlgan tumanlarning kamida 300 nafar ishsiz yoshlarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga qayta oʻqitish.

Yil davomida

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi

4 000,0

Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Mehnat vazirligining buyrugʻi loyihasi.

Nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga qayta oʻqitish orqali ularning bandligi taʼminlanadi.

207.

“Aholi bandligiga koʻmaklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyiha mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini taʼminlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan.

208.

“Oʻzbekiston Respublika-sining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Loyiha quyidagilarni nazarda tutadi:

xususiy sektorda ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish;

ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish;

xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xodimni ijtimoiy sugʻurta qilish boʻyicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish.

209.

Mehnat vazirligi tizimida Koreya Respublikasi, Yaponiya
va boshqa davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari va imtiyozli kreditlarini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz fuqarolarni kasbga oʻqitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish.

Har bir tuman markazida ishsiz fuqarolarni kasbga oʻqitish va qayta tayyorlash boʻyicha kasb-hunar kollejlari bazasida (mashgʻulotlardan boʻsh vaqtda) qisqa muddatli kurslarni tashkil etish.

Dasturni ishlab chiqish
2017-yil
I chorak

Amalga oshirish 2017-2020
yillar

Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, OvaOʻMTV,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻrta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

8,5 mln.doll. (oʻrtacha
1 ta markazni tashkil etish uchun)

3 000,0

Grant mablagʻlari,

Xalqaro moliya tashkilotlari kreditlari

Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.

210.

Xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

Xotin-qizlar qoʻmitasi,
Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi,
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi,

Markaziy bank, Mikrokreditbank,

“Mahalla” jamgʻarmasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi,
Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

543,0

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi qizlarida tadbirkorlik koʻnikmalari shakllantiriladi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlari oshiriladi.

“Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli” tanlovining mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini oʻtkazish;

Yil davomida

“Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi — 2017” respublika tanlovini oʻtkazish;

Qoʻrgʻontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qoʻshkoʻpir tumanlarida ayollarni kasbga oʻqitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

Alohida reja asosida 2017-yil mart-dekabr

4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish

211.

Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, ularning madaniy hordiq chiqarishiga va sogʻliqlarini mustahkamlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

har bir tuman, shaharlardagi madaniyat va istirohat bogʻlari hududida “Nuroniylar maskanlari”ni barpo etish, ularni boy kutubxona, dam olish, sogʻlomlashtirish va tibbiy xizmat jihozlari bilan taʼminlash;

koʻkrak nishonlari, foto-albom, kitoblar bilan taqdirlash, nuroniylar uchun gazeta va jurnallar chiqarish, telekoʻrsatuvlar tayyorlash, ularning sanatoriy-kurortlarda dam olishlari uchun sharoit yaratish, ziyoratgohlarga ekskursiyalar uyushtirish.

2017-yil sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” YOIH, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, MTRK, vazirlik va idoralar

Hisob-kitoblarga asosan

Ijrochilar mablagʻlari

Kompleks chora-tadbirlar.

Nuroniylarni qoʻshimcha moddiy
va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish usullari joriy etiladi.

Ularning vaqtlari yanada mazmunli oʻtkazilishi, sogʻliqlari mustahkamlanishi taʼminlanadi hamda muammolari hal qilinishiga erishiladi.

212.

Keksalarning maishiy holatlarini yaxshilash, ularning muammolarini oʻrganish, mahallalarda istiqomat qilayotgan koʻmakka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda, “Muruvvat”, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, bu ishlarga yoshlarni keng jalb etish maqsadida “Nuroniylar eʼzozimizda” patronaj yoshlar harakatini tashkil etish.

Yil davomida

“Kamolot” YOIH, “Nuroniy”,
“Sogʻlom avlod uchun” fondi, “Mahalla” jamgʻarmasi,
Xotin-qizlar qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

40,0

Ijrochilar mablagʻlari

Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari.

Oila va jamiyatda ulugʻ yoshdagi odamlarning oʻrni va obroʻsini oshirish, yosh avlodda ota-onalarni va har bir keksa kishini chuqur hurmat qilish, eʼzozlash va ular toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish tuygʻusini shakllantirish.

Uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilashda keksa kishilarning ehtiyojlarini oʻz vaqtida aniqlash va qondirish.

213.

Keksa avlod vakillari hamda “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiya-lanuvchilari, “Sahovat” uylarida yashovchi yakka yolgʻiz qariyalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun yurtimizdagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga bepul sayohatlar uyushtirish.

Yil davomida

“Kamolot” YOIH,
Xalq taʼlimi vazirligi,
Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
“Mahalla” jamgʻarmasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

100,0

Ijrochilar va xayriya mablagʻlari

Bajaruvchilarning qoʻshma qarorlari.

Yurtimizdagi tarixiy obidalar, ulugʻ alloma ajdodlarimiz nomlari bilan bogʻliq muqaddas ziyoratgohlar haqida yoshlarning xabardorligini oshiradi.

214.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari — keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari uchun:

2017-yil

“Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

200,0

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi yigʻilishining bayoni.

Keksa yoshdagi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida keng qamrovli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish.

turkum tadbirlar dasturini amalga oshirish;

mart

oʻquv-seminarlarini oʻtkazish;

aprel

ularning ish faoliyati samaradorligini taʼminlash maqsadida uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.

iyun

215.

Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillarini maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

2017-yil

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

8000,0

shu jumladan:

Ish beruvchilar mablagʻlari — 7000,0

Kasaba uyushmalari mablagʻlari — 1000,0

Jamoa shartnomalari.

Keksa avlodni qoʻllab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining masʼuliyatini oshirish.

Keksalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash.

15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin bir yoʻla moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash;

1500,0

14 ming nafar xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar topshirish;

1000,0

55 ming nafar ishlamaydigan pensionerlarga (korxonalarning sobiq xodimlariga) moddiy yordam berish.

5500,0

216.

Respublika hududlaridagi ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks choralarni amalga oshirish, jumladan:

Nukus shahrida nogiron ayollar uchun yangi “Muruvvat” internat-uyini qurish;

Andijon viloyati Andijon shahridagi “Saxovat” internat-uyi binolarini rekonstruksiya qilish (3-bosqich);

Namangan viloyatidagi Namangan “Saxovat” uyining bino va inshootlarini qurish
va rekonstruksiya qilish;

Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Marvarid” sihatgohining 100 oʻrinli yotoqxonasini, davolash korpusini qurish va oshxonasini rekonstruksiya qilish;

Samarqand viloyatidagi Samarqand “Sahovat” uyining bino va inshootlarini qur�sh
va rekonstruksiya qilish;

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Muruvvat” nogironlar uyining bino
va inshootlarini qurish
va rekonstruksiya qilish;

Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Sahovat” uyining bino va inshootlarini qurish
va rekonstruksiya qilish;

Fargʻona viloyati Fargʻona “Sahovat” uyining bino
va inshootlarini qurish
va rekonstruksiya qilish;

Fargʻona viloyati, “Oltiariq” sihatgohining 100 oʻrinli yotoqxonasini qurish, mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish;

Toshkent shahridagi “Nuroniy” sihatgohi binolarini rekonstruksiya qilish;

Toshkent shahridagi urush
va mehnat faxriylari respublika pansionatining bino va inshootlarini qurish
va rekonstruksiya qilish.

2017-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Davarxitektqurilish

49 312,0

Investitsiya dasturi parametrlari doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Urush va mehnat faxriylari, nogironlar va qariyalar uchun sihatgohlar va internat-uylarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga erishiladi.

Keksa yoshdagi fuqarolar va nogironlarning salomatligini tiklash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

217.

Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar
hamda moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Haqiqatdan ehtiyojmand va davlat koʻmagiga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash, vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha nafaqa, moddiy yordam tayinlash tartibini belgilashda qulayliklar nazarda tutiladi.

218.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, imkoniyati cheklangan shaxslarni, “Muruvvat”, “Sahovat”, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab-internatlar va davolash profilaktika muassasalari tarbiyalanuvchilarini:

nogironlik aravachalari bilan taʼminlash;

quritilgan, vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan qoʻllab-quvvatlash;

yozgi oyoq-kiyimlar bilan taʼminlash.

Yil davomida

“Sogʻlom avlod uchun” fondi, “Ameri Kerz” xalqaro tashkiloti,
“Resource and Policy Exchange” tashkiloti, “TOMʼs SNOES” tashkiloti
(kelishuv asosida)

632,0 ming doll.

Xayriya begʻaraz yordami

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini, mahallalarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda yashayotgan yolgʻiz qariyalar, nogironlar, kam taʼminlangan fuqarolarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bolalar va maxsus muassasalarni vitaminlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash.

219.

Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy oʻquv yurtlari klinikalari yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan “Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasin” shiori ostida keng qamrovli tibbiy koʻrik tadbirlarini oʻtkazish.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Sogʻliqni saqlash vazirligi

214,0

Ijrochilar mablagʻlari

Respublikaning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

220.

Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan taʼminlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar koʻrsatishini tashkil etish boʻyicha maxsus chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi.

Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati yanada oshadi.

221.

“Odam aʼzolari va toʻqimalarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Mazkur qonun loyihasini qabul qilish orqali aholiga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi kengaytiriladi hamda odam aʼzolari va toʻqimalarini transplantatsiya qilinishi tartibi belgilanadi, shuningdek aholining transplantatsiyaga muhtoj boʻlgan toifasiga qonuniy asoslar va tartiblarda shu turdagi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

222.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun:

tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan togʻli, choʻl va borish qiyin boʻlgan hududlarda, shuningdek, alohida eʼtibor talab etiladigan tumanlarda aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;

ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) aholi uchun “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish.

Yil davomida

“Sogʻlom avlod uchun” fondi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xotin-qizlar qoʻmitasi,

“Mahalla”

jamgʻarmasi

220,0

Davlat budjeti va xayriya mablagʻlari

Borish qiyin boʻlgan hududlarda yashovchi aholini chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtkazish orqali aholining ijtimoiy holatini aniqlab, sogʻlom oila shakllantiriladi va aholida tibbiy savodxonlik oshiriladi.

223.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni yanada yaxshilash toʻgʻrisida”gi qarorini amalga tatbiq etish.

2017-yil I chorak

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oʻzfarmsanoat, Davlat raqobat qoʻmitasi,

vazirlik va idoralar

-

-

Bu, oʻz navbatida, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning 343 nomlanishi boʻyicha qatʼiy narxlarning nazoratini amalga oshirishni, dorixonalarda sotilayotgan barcha dori vositalarining narxiga qatʼiy qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlashga imkon yaratadi.

224.

Onalar va bolalarga yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 40 ta tugʻruq boʻlimlari negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi

5,8 mln. doll.

Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, “Salomatlik-3” loyihasi, budjet mablagʻlari

Onalar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy xizmat koʻrsatiladi.

225.

Quyidagilarni amalga oshirish yoʻli bilan tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturini amalga oshirishni davom ettirish:

Respublika skrining markazida va uning hududiy filiallarida homilador ayollar hamda chaqaloqlar orasida perinatal va neonatal skrining oʻtkazish;

sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻini darajasida homilador ayollarning ommaviy, barvaqt perinatal skriningini oʻtkazish.

Yil davomida

“Sogʻlom avlod uchun” fondi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

1 625,8
ming doll.

Davlat budjeti mablagʻlari

Chaqaloqlar hamda homilador ayollardagi tugʻma va avloddan-avlodga oʻtuvchi patologiyani erta aniqlash orqali sogʻlom avlod tugʻilishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

226.

Ayollar hamda qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida:

Yil davomida

Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
Xalq taʼlimi vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” fondi,

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi,
Xotin-qizlar qoʻmitasi,
“Kamolot” YOIH, Toshkent shahar hokimligi

60,0

Ijrochilar mablagʻlari

Ayollar oʻrtasida sportning ommaviyligini oshirish.

Korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Sogʻlom ona — sogʻlom bola” shiori ostida anʼanaviy mintaqaviy “Ayollar sport festivali”;

2017-yil I chorak

“Sogʻlom avlod uchun” kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastrada kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni oʻtkazish.

2017-yil II chorak

227.

Respublikaning turli hududlarida yashovchi 2 ming nafar ehtiyojmand oilalar ayollarini elektr maishiy texnika jihozlari berish yoʻli bilan ragʻbatlantirish.

Yil davomida

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

1500,0

Kasaba uyushmalarining mablagʻlari

Kasaba uyushmalari organlarining qarorlari.

Ayollarning uy-roʻzgʻor yumushlarini yengillashtirish, ular uchun yetarli maishiy sharoitlarni yaratish.

228.

Surunkali kasalliklarni, jumladan, yashirin va avval aniqlanmagan kasalliklarni erta aniqlash tadbirlarini amalga oshirish:

koʻp tarmoqli poliklinikalarning 7–9 nafar tor soha mutaxassislari va umumiy amaliyot shifokorlari tomonidan xavf guruhiga mansub aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar;

surunkali kasalligi bor aholini yiliga 2–6-marta (bemor holatidan kelib chiqib) tizimli dispanser koʻriklari;

nikohga kiruvchi shaxslarni tibbiy koʻriklar;

3,6 mln. nafar aholini flyurografik koʻriklar bilan qamrab olish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

-

Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Tarmoq rejalarini tuzish, tor soha mutaxassislaridan iborat brigadalarni shakllantirish va tibbiy koʻriklarni amalga oshirish.

Aholi salomatligini mustahkamlashga erishish.

229.

Aholining profilaktik tadbirlar bilan qamrovini yanada kengaytirish maqsadida oʻzgalar parvarishiga muhtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan aholidan surunkali kasallikka chalinganlarni jadval asosida tashkillashtiriladigan “Patronaj oyligi”da tibbiy xodimlarning faol qatnovlarini amalga oshirish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

10,0

Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hududlarda mintaqaviy seminarlarni oʻtkazish va amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish.

230.

1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, nafaqaxoʻrlar, nogironlar, yolgʻiz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan kamida 35 ming nafarining sanatoriy muassasalarida bepul davolanishini tashkil qilish.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi,
Moliya vazirligi

18 000,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Ijrochilarning qoʻshma qarori.

Urush va mehnat faxriylarini bepul asosda har yili dispanserizatsiya koʻrigidan oʻtkazish, davolash va sogʻlomlashtirish tashkil etiladi.

231.

Bepul asosda kamida 10 ming nafar nogiron va yolgʻiz qariyani protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” fondi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2 500,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Ijrochilarning qarorlari.

Nogiron shaxslarni protez-ortopediya vositalari, reabilitatsiya texnika va yordamchi vositalar bilan bepul taʼminlash yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlanadi.

Nogironlarni jamiyatga qaytarish maqsadida reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligi oshiriladi.

232.

Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, davolash-profilaktika muassasasi, tugʻruqqa yordam beruvchi va bolalar tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlarini bajarish.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi, Davarxitektqurilish qoʻmitasi

519 350,0

Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

2017-yil Investitsiya dasturi.

Amalga oshiriladigan qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash orqali tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga erishiladi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.

233.

“Tez tibbiy yordam xizmati”ni jami 1200 ta maxsus avtotransport vositasi bilan taʼminlash.

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,
Oʻzavtosanoat

28 419,3

6525,8 ming doll.

Davlat budjeti mablagʻlari

“Salomatlik-3” loyihasi

va XMI grant mablagʻlari

Aholiga malakali tez tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirib, chaqiriqlarga kechikish holatlarining oldi olinadi.

Tibbiy yordam koʻrsatish sifati zamonaviy talablar darajasiga yetkaziladi.

234.

Quyidagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash:

Yil davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

Tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifati oshiriladi.

barcha tuman, shahar tibbiyot birlashmalari va oilaviy poliklinikalarni;

40 mln. doll.

“Salomatlik-3” loyihasi

onkologik muassasalarni;

15,15 mln. doll.

ITB

respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini;

10,0 mln.doll.

SFR

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazlarini;

8,5 mln. doll.

ITB

Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam markazini;

0,10 mln. doll.

MAR

tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining klinikalari va respublika klinik shifoxonalarini;

0,10 mln. doll.

KFAER

toʻrtinchi darajali koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazini.

10,0 mln. doll.

Eksimbank

235.

Sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini boʻlgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida:

QVPlarning muntazam faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-joylar qurib berish;

QVPlarning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan taʼminlash.

2017-2022-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Qishloq vrachlik punktlari malakali kadrlar bilan taʼminlanadi hamda qishloq aholisiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatiladi.

236.

Respublikada oilalar farovonligini taʼminlash, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning barqarorligini saqlash, sogʻlom turmush tarzini yanada mustahkamlash, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashda jamoat tashkilotlarining ijtimoiy hamkorligini keng yoʻlga qoʻyish.

2017-yil fevral

Xotin-qizlar qoʻmitasi,

“Mahalla” fondi, “Kamolot” YOIH, “Nuroniy” jamgʻarmasi,
“Oila” ilmiy-amaliy markazi, FJSHMQMI, OʻzNNTMA

-

-

Chora-tadbirlar dasturi.

Oilalarning ijtimoiy-maʼnaviy holatini tizimli oʻrganishning samarali mexanizmini yaratib, amaliyotga tatbiq etish.

Aholi turmush darajasining haqiqiy ahvolini doimiy oʻrganib borish, joylardagi jamoatchilik vakillariga bu borada uslubiy koʻmaklashish, oilalardagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish.

237.

Oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning tutgan oʻrnini koʻrsatish hamda oila institutining mavqeyini oshirish maqsadida 15-may — “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Inson va oila manfaati — jamiyat farovonligi” nomli telemarafon oʻtkazish.

2017-yil may

Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” fondi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” fondi, MTRK,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

100,0

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi yigʻilishining bayoni.

Oilaviy munosabatlarda milliy muomala madaniyatini yuksaltirish, namunali oilalarni targʻib qilish orqali qadriyatlarimizni saqlash.

238.

Hududlarda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bilan muloqotda boʻlish, oilalarga kirish, ularning muammolarini hal qilish, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlarning manfaatlarini taʼminlash maqsadida yetuk va masʼul mutaxassislar tomonidan mahallalarda sayyor qabullar tashkil qilib, zarur huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar koʻrsatish.

Yil davomida

Xotin-qizlar qoʻmitasi,
“Mahalla” fo�di, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Kamolot” YOIH

193,0

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Fuqarolar murojaatlari eng koʻp qayd etilgan hududlarda sayyor qabullar tashkil etiladi.

Fuqarolarning maishiy muammo va kamchiliklari joylarda hal etiladi, ularga huquqiy, psixologik va tibbiy yordamlar koʻrsatiladi.

239.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Yil davomida

Xotin-qizlar qoʻmitasi,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
“Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Hududlarda tashkil etiladigan “Xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi” orqali aholining muammoli masalalarini hal etishning samarali tizimi yaratiladi.

240.

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi mavjud dam olish maskanida umumiy qiymati
35,0 mlrd. soʻmlik 100 oʻrinli sanatoriy tashkil etish;

2017-2018-yillar davomida

NKMK

35 000,0,
shu jumladan: 2017-yilda 12 000,0

Ijrochi mablagʻlari

Fuqarolarning dam olish, sogʻligʻini qayta tiklash, sport bilan shugʻullanish imkoniyatlarini oshiradi.

Navoiy viloyati Uchquduq tumani markazida joylashgan kombinatga qarashli “Kelajak yoshlar” markazini qayta rekonstruksiya qilish;

Yil davomida

2 500,0

Zarafshon shahridagi NKMKning “Alpomish” sport majmuasi “Neptun” suzish havzasi va oʻyingohini mukammal taʼmirlash;

Yil davomida

2 500,0

Navoiy shahridagi kombinatga tegishli “Soʻgʻdiyona” stadionini taʼmirlash;

Yil davomida

3 000,0

Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani Zafarobod qoʻrgʻonida joylashgan kombinatning 5-kon boshqarmasiga qarashli foydalanilmayotgan binoni qayta taʼmirlash orqali madaniyat va sport majmuasini tashkil etish.

2017-2018-yillar davomida

6 500,0,
shu jumladan:
3 000,0
2017-yilda

241.

Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xususan:

Yil davomida

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

18 540,7

shu jumladan:

Kasaba uyushmalari mablagʻlari

Obyektlarning manzilli dasturini tasdiqlash.

Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini oʻrnatilgan tartibda qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga erishiladi.

Surxondaryo viloyatida 200 oʻrinli “Amudaryo sohili” oromgohini qurish ishlarini yakunlash;

13440,7

Andijon viloyatidagi “Bogʻishamol” oromgohini rekonstruksiya qilish;

2300,0

Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo” oromgohini rekonstruksiya qilish;

2100,0

Navoiy viloyatidagi “Ishonch” oromgohida suzish havzasini qurish.

700,0

242.

Xodimlar va ular oila aʼzolarining sogʻlomlashtirish va dam olishini tashkil etish maqsadida kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda quyidagi ishlarni amalga oshirish:

Yil davomida

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi

17 810,0,
shu jumladan:

Kasaba uyushmalari mablagʻlari

Federatsiya kengashi rayosatining qarori.

Sanatoriylarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda oilalarni, xususan, ayollar va bolalarni sogʻlomlashtirish va dam oldirish samaradorligini oshirishga erishiladi.

“Oq tosh” sanatoriysida yotoq binolarini qurish;

5 310,0

“Zomin” sanatoriysida yotoq binolarini qurish;

5 000,0

Surxondaryo viloyatidagi “Termiz marvaridi” sanatoriysini kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish;

4 000,0

Namangan viloyati “Chodak” qishloq fuqarolar yigʻinida dam olish uyini qurish.

3 500,0

4.3. Arzon uy-joylar barpo etish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish

243.

Qishloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida 15 000 ta arzon uy-joy qurish.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,
Qishloqqurilishinvest,

tijorat banklari,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davarxitektqurilish,

Qishloqqurilishloyiha

2 121 526,6,

shundan:

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi kompleksi bilan birgalikda yangi loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish hisobiga qishloq joylarda yashovchi 60-65 ming aholini zamonaviy uy-joy bilan taʼminlashga erishiladi.

350 000,0

Davlat budjeti mablagʻlari,

1 292 575,1

tijorat banklari kreditlari,

478 951,5

aholining badal mablagʻlari

244.

Qishloq joylarda barpo etilayotgan namunaviy massivlarga ichimlik suvi
(415,3 km), elektr (291,5 km), tabiiy gaz (316,9 km) tarmoqlari, ichki yoʻllar (291 km) va bozor infratuzilmasi obyektlari
(134 ta) qurish.

Yil davomida

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Respublika yoʻl jamgʻarmasi,

Oʻzbekenergo,

Oʻztransgaz,

Qishloqqurilishinvest,

Qishloqqurilishloyiha,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari

Loyiha-smeta hujjati asosida

Markazlash-gan kapital quyilmalar,

Respublika yoʻl jamgʻarmasi,

Oʻzbekenergo,

Oʻztransgaz
va homiylar mablagʻlari

Qishloq joylarda barpo etilayotgan namunaviy massivlar aholi uchun sifatli yashash sharoitlari va qulayliklar yaratish maqsadida ichimlik suvi, elektr
va tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yoʻllar
va bozor infratuzilmasi obyektlari bilan taʼminlanadi.

245.

Shaharlarda aholi hayoti sharoitlari va sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon va qulay koʻp qavatli uylar qurish.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ipoteka bank,

tijorat banklari,

Davarxitektqurilish,

Oʻzbekenergo,
Oʻztransgaz,
Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

897 100,0

Aholining badal mablagʻlari,

tijorat banklarining kredit mablagʻlari

191 ta koʻp qavatli uy quriladi.

Natijada 8121 ta oila arzon uy-joy bilan taʼminlanadi, aholiga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlar ajratiladi.

246.

Aholining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan:

Yil davomida

Aholi keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratiladi.

Hududlarda 995,9 km. ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 672 ta aholi punktida ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanadi.

Tumanlar va shaharlarning ichimlik suvi, kanalizatsiya tizimlari rivojlanadi va modernizatsiya qilinadi.

a) markazlashgan kapital qoʻyilmalar hisobidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda tarmoqlar tortish;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

Oʻzkommunxizmat, Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Davarxitektqurilish

202 200,0

Davlat budjeti mablagʻlari

b) Xalqaro moliyaviy institutlarning kredit mablagʻlarini jalb etish hisobiga ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash loyihalarni amalga oshirish:

Jahon banki ishtirokida Sirdaryo viloyati Boyovut, Xovos, Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlari, Buxoro viloyati Olot va Qorakoʻl tumanlari ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash loyihasi hamda Buxoro va Samarqand shaharlari kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish;

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Fargʻona, Margʻilon va Jizzax shaharlari kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish hamda Toshkent viloyati Qibray va Zangiota tumanlari ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash loyihalarini amalga oshirish;

OPEK va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani qishloq aholisi ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash loyihasini amalga oshirish;

Islom taraqqiyot banki ishtirokida Sirdaryo viloyati Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlari kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish.

112 mln.doll

Xalqaro moliya institutlari kreditlari

247.

Respublikaning barcha shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni sanitariya jihatidan tozalash va utilizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish.

Yil davomida

Oʻzkommunxizmat, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

167 300,0,

shundan:
99 300,0,

60 500,0

7 500,0

Davlat budjeti mablagʻlari,

XMI mablagʻlari

tijorat banklari kreditlari

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali tartibsiz ravishda toʻplanadigan 1428 ta qattiq maishiy chiqindi axlatxonalari tugatiladi.

Sanitariya korxonalarining moddiy-texnika bazasi rivojlanib, jumladan, 237 ta maxsus texnika xarid qilinadi,
94 ta garaj quriladi va chiqindilar uchun 168 ta elak qurilmalari oʻrnatiladi.

248.

Aholiga transport xizmati koʻrsatish tizimini yaxshilash maqsadida:

respublika hududlari boʻyicha 86 ta yangi avtobus yoʻnalishini tashkil etish va yoʻlga qoʻyish;

2017-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar hokimliklari,

Oʻzavtodaryotrans,

Tashuvchilar,

Xalq banki, Oʻzavtosanoatlizing,

lizing kompaniyalari, tijorat banklari

Aholiga koʻrsatilayotgan avtotransport xizmati sifati oshirilib, yanada qulayliklar yaratiladi.

yoʻlovchi tashish korxonalari tomonidan 537 ta yangi avtobus sotib olish va qatnovga qoʻyish;

72 200,0

Banklar kreditlari,

lizing va tashuvchilarning mablagʻlari,

transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida hududlarda 13 ta avtostansiyalar qurish va rekonstruksiya qilish.

3 900,0

tijorat banklari kreditlari

249.

Toshkent shahar jamoat transportida elektron toʻlov tizimini joriy etish.

2017-yil IV chorak

Toshkent shahar hokimligi,

Toshshahartransxizmat

35000,0

Tijorat banklari kreditlari

Aholiga sifatli transport xizmatlari koʻrsatishga erishiladi.

Transport xizmatidan olinadigan daromad hajmining 15 foizga oʻsishini taʼminlaydi.

250.

2017 — 2021-yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturiga muvofiq, 2017-yilda 5,1 ming km elektr tarmoqlarini, 1040 ta transformator punktini qurish va rekonstruksiya qilish.

2017-yil

Oʻzbekenergo

445 800,0

Ijrochi mablagʻlari — 132,6 mlrd.soʻm,

Oʻzsanoatqurilishbank

kredit mablagʻlari — 313,2 mlrd.soʻm

Respublika hududidagi 2721 ta mahallada isteʼmolchilarning elektr taʼminoti sifati va ishonchliligini oshirishga, avariya holatida oʻchishlar sonini keskin kamaytirishga erishiladi.

251.

Koʻmir mahsulotlarini sotish infratuzilmasini quyidagi yoʻllar bilan yanada rivojlantirish:

“Oʻzbekkoʻmir” AJ distribyutorlik markazlarining 84-ta koʻmir saqlash maskanlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;

Har bir koʻmir saqlash omborida briketlar miqdorini yiliga 880 ming tonna chiqarish imkonini beruvchi 84 dona koʻmirni briketlash uskunalarini ishga tushirish;

koʻmir konlarini ochish va qazib olishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish hisobiga koʻmir qazib olishni 2022-yilga kelib 11,67 mln. tonnagacha koʻpaytirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

Yil davomida

Oʻzbekkoʻmir,

Oʻzsanoatqurilishbank,

Xalq banki,
Oʻzbekiston temir yoʻllari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, NKMK, OKMK

Loyihaga asosan

Oʻzbekkoʻmir mablagʻlari va tijorat banklari kreditlari

Chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Aholining energiya taʼminoti yaxshilanadi.

252.

Zamonaviy savdo infratuzilmasini yaratish hamda tumanlar va shaharlarning arxitektura qiyofasini yaxshilash maqsadida respublikadagi 242 ta dehqon (oziq-ovqat) bozorini optimallashtirish va rekonstruksiya qilish hamda ularning hududida
40 ta zamonaviy gipermarket, 63 ta supermarket hamda 139 ta minimarket tashkil etish.

2017-2018-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Milliy bank, Davarxitektqurilish, Oʻzagrosanoatloyiha, DSQ

200 000,0

Tijorat banklari kreditlari, investitsiya mablagʻlari

Aholiga koʻrsatiladigan savdo xizmatlarini yaxshilashga, yangi zamonaviy savdo tashkilotlarini yaratishga hamda dehqon bozorlari faoliyatini tartibga solishga erishiladi.

253.

Respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish orqali aholiga sifatli madaniy xizmat koʻrsatiladi.

254.

Oʻzbekiston Respublikasi kinematografiyasini 2017 — 2021-yillarda yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2017-yil I chorak

Oʻzbekkino, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, OvaOʻMTV

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Ushbu qaror kinematografiya tizimining tashkiliy tuzilmasini hamda normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, kinematografiya obyektlarining moddiy-texnika bazasi va arxiv fondini yangilash, bu sohada mahsulot sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy usullarini amalda qoʻllash imkonini beradi.

255.

Vazirlar Mahkamasining
2013-yil 25-iyundagi “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 178-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 100 ta markazda taʼmirlash
va jihozlash ishlarini yakunlash choralarini koʻrish va foydalanishga topshirish.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Davarxitektqurilish

70 000,0

Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha mablagʻlari, xayriya mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi Rayosatining bayoni.

Aholining, ayniqsa, yosh avlodning oʻsib borayotgan madaniy-maʼrifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqtini samarali va mazmunli oʻtkazishini tashkil etishga erishiladi.

256.

100 ta madaniyat va istirohat bogʻini taʼmirlash va jihozlash.

Yil davomida

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, viloyat hokimliklari

10 000,0

Mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi, xayriya va investitsiya mablagʻlari

Aholi madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning maroqli hordiq chiqarishiga koʻmaklashish, hududlarimizni yanada obod va farovon qilish.

257.

Surxondaryo viloyati hayvonot bogʻining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Fargʻona va Samarqand shaharlarida hayvonot bogʻlarini tashkil etish.

2017-yil I chorak

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5 000,0

Davlat budjeti, xayriya va investitsiya mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Aholining, jumladan, yosh avlodning madaniy dam olishini taʼminlash, ularni ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash, uni asrab-avaylashni targʻib qilish.

258.

2017-2027-yillarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish, Turizmni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Xalqimizning boy tarixiy va madaniy merosi yanada chuqur oʻrganiladi, targʻib qilinadi, boyitib boriladi, ishonchli muhofaza qilinadi, shuningdek, muzeylar faoliyati takomillashadi va moddiy-texnika bazasi zamon talablari asosida mustahkamlanadi.

4.4. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish

259.

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

OvaOʻMTV,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik
va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyiha bilan:

akademik sohada, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, oʻquv jarayonini tashkil etish, pullik xizmatlar koʻrsatish va moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini izlashda oliy oʻquv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yoʻli bilan ularning mustaqilligini bosqichma-bosqich rivojlantirish;

milliy kadrlarning raqobatbardoshligi va umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy taʼlim milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi-mamlakatlari diplomlarini oʻzaro tan olish, oʻqituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi 1999-yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish.

260.

Maktabgacha taʼlim muassasalarining 106 tasini rekonstruksiya qilish va 195 tasini kapital taʼmirlash, shuningdek, ularni mebel va boshqa inventarlar bilan taʼminlash.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

Qurilish-montaj ishlari uchun — 195 000,0

Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

Respublikadagi 301 ta maktabgacha taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

42 200,0

Davlat budjeti mablagʻlari

261.

Respublikadagi 367 ta umumtaʼlim maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan:

9 ta yangi maktab qurish;

268 ta maktabni rekonstruksiya qilish;

90 ta maktabni kapital taʼmirlash;

maktablarni mebel, oʻquv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan taʼminlash.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

Qurilish-montaj ishlari uchun — 389 200,0

Jihozlash ishlari uchun — 59 000,0

Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublikadagi 367 ta umumtaʼlim maktabining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

Oʻquvchilarning taʼlim olishlari va oʻqituvchilarning faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

262.

Respublikadagi 135 ta oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan:

44 ta oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini rekonstruksiya qilish;

91 ta oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini kapital taʼmirlash.

Yildavomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish

246 400,0

Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Respublikadagi 135 ta oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi.

Oʻquvchilarning taʼlim olishlari
va oʻqituvchilarning faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

263.

Hududlardagi oliy taʼlim muassasalari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida tayanch oliy taʼlim muassasalarida magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul kvotalarini joriy etish.

2017-yil mart

OvaOʻMTV,

Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy taʼlim muassasalariga qabul boʻyicha qaroriga taalluqli takliflar ishlab chiqish.

Hududlardagi oliy taʼlim muassasalari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanadi.

Chekka hududlar uchun joylarda mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun sharoitlar yaratiladi.

264.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi oʻquv sinflari va guruhlaridagi oʻquvchilarning sonini optimallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-yilII chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengash, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xalq taʼlimi vazirligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

-

-

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida taʼlim sifati oshadi.

265.

Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va sanʼat taʼlimini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish.

251 ta umumtaʼlim maktabi, 12 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabida sport zallarini qurish, 9 ta yopiq suzish havzasini qurish va 2 tasini rekonstruksiya qilish, 8 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabini yangidan qurish va 12 tasini rekonstruksiya qilish.

Yildavomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi,
Madaniyat va sport vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Davarxitektqurilish

373 200,0

Bolalar sportini rivojlan-tirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va sanʼat taʼlimini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

266.

Aholining ijtimoiy nochor qatlamlari sifatli taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inklyuziv taʼlim tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2017-yilIV chorak

Xalq taʼlimi vazirligi, OvaOʻMTV, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, OʻzNNTMA

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va qoʻllanmalar bilan taʼminlashni qamrab oluvchi inklyuziv taʼlim tizimini yanada rivojlantirish;

inklyuziv taʼlim tizimi oʻqituvchilariga imtiyozlar berish, jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;

nogiron bolalarni uyda oʻqitadigan pedagoglarning ishini ragʻbatlantirish.

267.

Ilm-fan sohasini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

Fanlar akademiyasi, OvaOʻMTV,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Fan va texnologiyalar agentligi,
Oliy attestatsiya komissiyasi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. Loyihada quyidagi masalalar aks ettiriladi:

ilmiy-tadqiqot muassasalarining innovatsion infratuzilmasini rivojlantirish, istiqbolli sohalarda kichik innovatsion korxonalar, texnoparklarni tashkil etish (biotexnologiya, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati, elektrotexnika, robototexnika, metallurgiya, nanotexnologiya);

intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, ixtirolarga boʻlgan huquqlar va boshqalar) buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek bu sohadagi davlat nazoratini kuchaytirish.

4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

268.

2017-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida hokimlik va boshqa davlat hokimiyati organlari xodimlarining Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi ijrosini joylarda sifatli taʼminlashga qaratilgan bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish.

Yildavomida

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari

-

-

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Dastur doirasida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ijodiy
va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

269.

Yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash va uy-joy bilan taʼminlash maqsadida hududlarda “Kamolot” uylarini qurish va imtiyozli kredit asosida faol yoshlarga taqdim etish.

Yildavomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari,

tijorat banklari,

Davarxitektqurilish,

“Kamolot” YOIH,

Oʻzbekenergo,
Oʻztransgaz,
Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Tijorat banklari kreditlari

Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular zamonaviy uy-joylar bilan taʼminlanadi va uzoq muddatli ipoteka kreditlari ajratiladi.

270.

Oʻquvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida taʼlim muassasalarida “Men sevib oʻqigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlarini tashkil etish.

2017-yil sentabr

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

160,0

Budjetdan tashqari mablagʻlar va xayriya mablagʻlari

Oʻquvchi-yoshlar turli yot gʻoya va mafkuralardan himoya qilinadi, ularning mafkuraviy immuniteti mustahkamlanadi hamda jamiyatda yuksak maʼnaviyatni qaror toptirishga hissa qoʻshiladi.

271.

Aholining, ayniqsa, yoshlarning intellektual va maʼnaviy ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish maqsadida:

OʻzMAA,
Xalq taʼlimi vazirligi, OvaOʻMTV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Tasviriy oyina, “Kamolot” YOIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xarajatlar smetasiga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Adabiyot orqali xalq maʼnaviyatini yuksaltirish, oilaviy kitob oʻqish anʼanalarini keng targʻib qilish, yozuvchi va kitobxon oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirish, yoshlarni intellektual rivojlangan va maʼnan barkamol qilib voyaga yetkazishda kitobning oʻrni va ahamiyatiga, kitob mutolaasi madaniyatiga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish.

“Adabiyotga eʼtibor — maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” anʼanaviy tadbiri va uning doirasida “Kitob — millatning bebaho maʼnaviy va madaniy merosi” mavzuyida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish va oʻtkazish;

2017-yil may

“Bolalar kitoblari” anʼanaviy respublika festivalini tashkil etish va oʻtkazish;

2017-yil sentabr

har bir tuman markazida kitob doʻkonlarini ochish va ularni yangi asarlar bilan boyitish;

2017-yil sentabr

40 ga yaqin nomdagi oʻzbek mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti, jahon mumtoz adabiyoti durdonalarini nashr etish va hududlarda, xususan, respublika axborot-resurs markazlarida ularning taqdimotini oʻtkazish.

Yil davomida

272.

Oʻsib kelayotgan avlodning kitob va boshqa bosma mahsulotlarga qiziqishini oʻstirish maqsadida soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish.

2017-yilII chorak

Matbuot va axborot agentligi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, OvaOʻMTV

-

-

Oʻzbekiston xalqining madaniy-maʼrifiy merosi, tarixi boʻyicha adabiyotlar chiqaruvchi nashriyot uylari, bosmaxonalar, asar mualliflariga soliq va boshqa preferensiyalar taqdim etish, iqtisodiy ragʻbatlantirishni tashkil etish.

273.

Yurtimizning chekka hududlarida Badiiy akademiya tizimi tashkilotlari va taʼlim muassasalari hamkorligida xalq rassomlari, xalq ustalari bilan bolalar, yoshlar va ularning ota-onalari uchun “Bunyodkor xalqim bilan muloqot — ijodim ilhomi” mavzusida master-klasslar
va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish.

Yil davomida

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi,

Ova OʻMTV, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi

Xarajatlar smetasiga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlarni ona Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda sanʼatga boʻlgan qiziqishni kuchaytirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish.

274.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni tashkil qilish:

2016/2017 oʻquv yilining
450,0 ming bitiruvchisi bilan 200,0 ming korxona
va tashkilotlar, shuningdek,1 taʼlim muassasalari maʼmuriyatlari oʻrtasida toʻrt tomonlama shartnomalar tuzish;

803 ta ixtisoslashtirilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasini bevosita kasb-hunar kollejlarida oʻtkazish;

tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan talabalarga 360 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratish;

nogiron va kam taʼminlangan oila farzandlari boʻlgan kollej bitiruvchilari uchun 50 mingta ish oʻrinlarini band qilish (kvotalash).

2017-yilI chorak

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi

360 000,0

Tijorat banklari kreditlari

Yoshlarni kasbni tanlashga yoʻnaltirish ishlariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilariga ishga joylashishga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Bitiruvchilarga ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtashlari uchun korxona va tashkilotlar belgilanadi va ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashiladi.

275.

Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, ularning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan quyidagi kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish:

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, OvaOʻMTV, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Yozuvchilar uyushmasi, “Kamolot” YOIH, “Mahalla” jamgʻarmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, OʻzNNTMA

-

-

Kompleks chora-tadbirlar rejasi.

Yosh avlodni tarbiyalash, ularning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligi va natijadorligi oshadi.

“Biz Vatanga tayanchmiz”, “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” degan shiorlar ostida aksiyalar;

“Adabiyot va sanʼat — shaxs maʼnaviyatini boyitish va yuksaltirish omili” mavzuyida yozuvchilar, shoirlar, sanʼatkorlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida uchrashuvlar;

badiiy adabiyotlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, axborot-resurs markazlarini yangi kitoblar bilan boyitish;

Yil davomida

“Oila-mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligi” mavzuyida axborot va metodik materiallar tayyorlash;

2017-yil may

Vatanimiz ravnaqini taʼminlashda yoshlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan “Eng buyuk jasorat — maʼnaviy jasoratdir” mavzuyida davra suhbatlari;

har chorakda

yoshlar ongiga tahdid soluvchi axborot xurujlarining oldini olish, yoshlarda internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil qilish;

2017-yil reja asosida

“Fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va unda oila institutining oʻrni” mavzuyida anjuman oʻtkazish.

2017-yil noyabr

276.

Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1-guruh koʻzi ojiz nogironlarga taʼlim olishda keng imkoniyatlar yaratish maqsadida:

oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda alohida davlat granti ajratgan holda imtiyozlar belgilash;

hududlar kesimida ayrim yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli qabul kvotalarini tasdiqlash;

pedagoglarning ilmiy, uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy-uslubiy ishlari boʻyicha faoliyatini soatlar miqdorisiz ish turlari va mazmuni asosida lavozimlarga qoʻyilgan malaka talablariga muvofiq belgilash.

2017-yilmay

Davlat test markazi,

OvaOʻMTV, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Kirish sinovlarida chin yetim, yetim va nogironlarga imtiyozlar yaratiladi.

Pedagoglarning ilmiy, uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy-uslubiy ishlari samaradorligi oshadi.

277.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2017-yil aprel-avgust

OvaOʻMTV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

1 583,0

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlan-tirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyrugʻi loyihasi.

Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi oshadi.

278.

Talabalar shaharchasida madaniy dam olish markazini tashkil etish va undan bepul foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2017-yilIV chorak

OvaOʻMTV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,

5 300,0

Investitsiya dasturi doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Investitsiya dasturi.

Talabalarning boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtkaziladi, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

279.

Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda toʻ�ridan-toʻgʻri uzatiladigan ochiq muloqotlar tashkil etish.

Yil davomida

“Kamolot” YOIH, OvaOʻMTV, Xalq taʼlimi vazirligi, Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, MTRK, OʻzEOAVMA, vazirlik va idoralar

40,0

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisining bayoni.

Muloqotlar yoshlar masalalari bilan shugʻullanuvchi vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilib, hududlardan keladigan unda yoshlar masalalariga oid savollarga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan toʻliq javob beriladi.

280.

Uyushmagan yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida: mahallalarda zamonaviy sport maydonchalarini barpo etish, uyushmagan yoshlar oʻrtasida musobaqalar tashkil etish (street sport).

Yil davomida

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, OvaOʻMTV, “Kamolot” YOIH, “Mahalla” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

500,0

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasining Rayosat majlisining bayoni.

Uyushmagan yoshlarning muntazam sport bilan shugʻullanishi taʼminlanadi.

281.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga, yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar doirasida Jizzax viloyatida “Barkamol avlod” sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish.

2017-yilmay

Oʻrta maxsus,kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi,

Moliya vazirligi,

Jizzax viloyati hokimligi,

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi

14 000,0

Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari

“Barkamol avlod” sport musobaqalarini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

Sport musobaqalari final bosqichi oʻtkaziladigan taʼlim muassasalari taʼmirlanadi va jihozlanadi.

Oʻquvchi-yoshlarning sogʻlom va barkamol boʻlishlari uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

282.

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavr yoʻnalishida toʻlov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim, Mehribonlik uyida tarbiyalangan va ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, kam taʼminlangan oilalardagi iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida “Taʼlim granti”, “Kasaba uyushmalari stipendiyasi” loyihalari asosida stipendiyalar toʻlash.

Yil davomida

OvaOʻMTV, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YOIH, Kasaba uyushmalari federatsiyasi

“Mahalla” fondi -400,0, “Kamolot” YOIH -400,0, Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 270,0

Ijrochilar mablagʻlari

Hamkorlar oʻrtasida ishchi guruhi tuzilib, nizom va qoʻshma qaror imzolanadi.

Loyihani tashkil etish natijasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, iqtidorli talabalar uchun oliy taʼlim muassasasida taʼlimni davom ettirish uchun imkoniyat yaratiladi hamda ularning harakati, bilimi va intilishi moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantiriladi.

283.

Mobil internet foydalanuvchilariga moʻljallangan, yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladigan milliy oʻyinlarni tashkil etish.

2017-yilIII chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi, OvaOʻMTV,

“Kamolot” YOIH

280,0

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Yoshlarning boʻsh vaqtini foydali oʻtkazishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi mobil internet foydalanuvchilari uchun moʻljallangan milliy oʻyinlar yaratiladi.

284.

Har bir hudud markazida “Kamolot” kitob doʻkonlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Kamolot” YOIH, Davarxitektqurilish

-

“Kamolot” YOIH mablagʻlari

Joylarda kitob doʻkonlarini tashkil etish orqali yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlari, ularni kitobga boʻlgan qiziqishlari orttiriladi.

285.

“Xalq amaliy sanʼati — yoshlar qalbida” xalqaro amaliy sanʼat koʻrgazmasini oʻtkazish.

2017-yil II chorak

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy amaliy markazi, Tasviriy oyina, “Kamolot” YOIH

Xarajatlar smetasiga muvofiq

Ijrochilar mablagʻlari

Ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan hunarmandlik anʼanalarini targʻib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga qiziqishini oshirishga erishiladi.

286.

Quyidagi madaniyat va sanʼat festivallari, koʻrik-tanlovlarni tashkil etish:

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bastakorlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi,

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekteatr, MTRK

Xarajatlar smetasiga muvofiq

Ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasining majlis bayoni hamda ijrochilarning chora-tadbirlari.

Iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni ragʻbatlantirish, ijodiy salohiyatini yuksaltirish va katta sahnalarga olib chiqishga erishiladi.

Yoshlar eʼtiborini musiqa
va sanʼatiga qaratish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish,
yosh iqtidorli ijodkorlarni izlab topish va ularning ijodini ragʻbatlantirishga, yoshlarni Vatanga muhabbat, mustaqillik gʻoyalariga sadoqat va fidoyilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

“Bahor nafasi” xalqaro sanʼat festivali;

2017-yil may

“Musiqaga chorlaydi yoshlar!” madaniyat haftaligi;

2017-yil may-iyun

“Seni kuylaymiz, zamondosh!” Oʻzbekiston teatrlarining IV Respublika koʻrik-festivali;

2017-yil iyun

“Onam aytgan allalar” festivali;

2017-yil may

“Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari festivali;

2017-yil aprel

“Sozlar navosi” xalq cholgʻulari ijrochilari respublika tanlovi;

2017-yil may

YUNESKO reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan “Shoshmaqom”, “Askiya”, “Palov” va boshqa nomoddiy madaniy meroslar boʻyicha “Oʻzbek madaniy merosi — jahon nigohida!” nomli festival.

2017-yil oktabr

287.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nihol” mukofoti saralash bosqichlari va uni tantanali ravishda topshirish marosimini yuqori saviyada tashkil etish.

2017-yil III chorak

Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” YOIH

Xarajatlar smetasiga muvofiq

Davlat budjeti va homiylar mablagʻlari

Ijodiy salohiyatga ega va isteʼdodli boʻlgan yoshlarni roʻyobga chiqarish, kashf etish, sanʼat olamiga kirib kelayotgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

288.

Turli sohalarda mehnat qilib, xalqimiz hurmat-eʼtiboriga sazovor boʻlgan zamon qahramonlari faoliyati toʻgʻrisida hujjatli filmlar yaratish, ular bilan muntazam ravishda adabiy kechalar oʻtkazish.

Yil davomida

Oʻzbekkino, OʻzFA, MTRK

Xarajatlar smetasiga muvofiq

Davlat budjeti va homiylar mablagʻlari

Oʻz kasbi boʻyicha yuksak natijalarga erishgan turli soha vakillari faoliyatini targʻib qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish.

289.

Yoshlar oʻrtasida tibbiy madaniyatni oshirish, ularga tibbiy koʻrikdan doimiy oʻtishning ijobiy tomonlarini tushuntirish maqsadida taʼlim muassasalari, mahallalar hamda tibbiyot punktlarida “Salomatlik kunlari”ni tashkil etish.

Yil davomida

“Kamolot” YOIH,

Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,

OvaOʻMTV, Xalq taʼlimi vazirligi,

“Mahalla” jamgʻarmasi

-

Ijrochilar mablagʻlari

Aholi, aynisqa, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzi shakllantirilishi, ularning tibbiy madaniyati yuksaltirilishi natijasida yosh avlodni barkamol va sogʻlom qilib voyaga yetkazishda oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatadi.

290.

Ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish, farzand tarbiyasi borasidagi burch va masʼuliyatini oshirish maqsadida:

Yil davomida

“Mahalla”jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

80,0

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Barkamol avlodni huquqiy maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda ota-onalarning savodxonligini oshirish, namunali, ibratli oilalar tajribasini ommalashtirish. Mavjud ibratli anʼanalar va qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish.

fuqarolar yigʻini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” faoliyatida foydalanish uchun uslubiy qoʻllanmalar va koʻrgazmali materiallar ishlab chiqish;

iyun

fuqarolar yigʻini xodimlari va faollar uchun “Yosh avlod tarbiyasida ota-onalar masʼuliyatini oshirish” mavzuyida respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

avgust

291.

Mustahkam mafkuraviy immunitetga ega yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2017-yil mart,

alohida jadval asosida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Oila” markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YOIH, IIV

100,0

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi. Dasturda:

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuygʻusini shakllantirish, axloqiy va media-madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlari;

mahallalarda aholi va yoshlar bilan terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga bagʻishlangan uchrashuvlar nazarda tutiladi.

292.

Notinch oilalar farzandlari, uyushmagan yoshlar, ish bilan band boʻlmagan, “ommaviy madaniyat” taʼsiriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda ularning ota-onalarining masʼuliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar isteʼmol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlar, seminarlar oʻtkazish, buklet, plakat, koʻrgazmali qoʻllanmalar chop etish, koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil qilish.

Yil davomida

“Kamolot” YOIH, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, IIV, Adliya vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi, OvaOʻMTV, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Sogʻlom avlod uchun” fondi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, MTRK, OʻzNNTMA

200,0

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Yoshlarning “ommaviy madaniyat” taʼsiriga qarshi immunitetini mustahkamlash, maʼnaviy-axloqiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarziga, sogʻlom oila qurishga intilishlarini ragʻbatlantirish.

V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, shuningdek, vazmin, oʻzaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

5.1 Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

293.

Yirik ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotganda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Yildavomida

IIV, MXX, FVV,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari.

Mazkur qarorlar turli xil muhim ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat xavfsizligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, ushbu sohadagi masalalarni huquqiy tartibga solish imkonini beradi.

294.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

MXX, IIV,
Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi,

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari.

Mazkur qarorlar bilan davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilanadi.

Ushbu qarorlarning qabul qilinishi Oʻzbekistonning hududiy yaxlitligini hamda xavfsizligini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlari yaratilishiga imkon beradi.

295.

Transport kommunikatsiyalari xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

IIV, MXX, FVV, TIAISV, Oʻzbekiston temir yoʻllari, Oʻzavtoyoʻl, Oʻzavtodaryotrans

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Mazkur qaror bilan transport kommunikatsiyalari xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy usullarini joriy etish, ushbu sohada infratuzilmani rivojlantirish hamda aniq yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda roʻyobga chiqarish masalalari hal etiladi.

296.

Yirik konchilik va qayta ishlovchi sanoat obyektlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2017-yil III-IV chorak

NKMK, Oʻzbekneftegaz, MXX, Moliya vazirligi, FVV, IIV, Sanoatgeokontexnazorat

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari.

Mazkur qarorlar bilan mamlakatimizdagi mavjud yirik konchilik va qayta ishlovchi sanoat obyektlarining hozirgi kundagi holatidan kelib chiqib, ularning xavfsizligini taʼminlashning eng muhim yoʻnalishlarini aks ettiradigan kompleks chora-tadbirlar belgilanadi.

297.

Kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi, MXX

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Mazkur qaror bilan hozirgi kunda butun dunyoda tobora globallashib borayotgan kiberxurujlarni oldini olish, ushbu yoʻnalishda yetarlicha xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish chora-tadbirlari belgilanadi.

298.

Milliy kontentni rivojlantirish, davlat tilidagi taʼlim, ilmiy-maʼrifiy, yoshlar ehtiyojlariga mos zamonaviy axborot resurslarini, multimedia mahsulotlarini yaratish va targʻib qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

2017-yil II chorak

Axborot texnologiyalari vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Kamolot” YOIH, OʻzMAA, Oʻzbekkino, MTRK, OvaOʻMTV, Xalq taʼlimi vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, OʻzA, Milliy gʻoya va mafkura markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Din ishlari qoʻmitasi, Milliy kutubxona, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Qarorda milliy kontentni, davlat tilidagi axborot resurslarini yaratish va targʻib qilish, yoshlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ularni yetarli taʼlim, ilmiy-maʼrifiy axborot resurslari bilan taʼminlash hamda ushbu sohani yanada rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi nazarda tutiladi. Shuningdek, qaror loyihasi bilan Milliy kontentni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlarini ushbu yoʻnalishdagi loyihalarga maqsadli yoʻnaltirish masalasi koʻrib chiqiladi.

299.

Diniy ekstremizm va missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil I chorak

Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, IIV, MXX, SMTI, Adliya vazirligi

-

-

Kompleks chora-tadbirlar dasturi.

Mazkur dasturda diniy ekstremizm va missionerlik faoliyatiga qarshi taʼsirchan kurash olib borish, ularning har qanday koʻrinishlariga barham berish, ushbu illatlarni oʻz vaqtida oldini olish, shuningdek jamiyatda millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni taʼminlashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish belgilanadi.

300.

Diniy tashkilotlar va birlashmalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yoʻnalishlari va prinsiplarini belgilab berishga qaratilgan Diniy sohadagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil III chorak

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Adliya vazirligi, SMTI,
vazirlik va idoralar

-

-

Konsepsiya.

Ushbu Konsepsiyada diniy tashkilotlarning va birlashmalarning davlat bilan oʻzaro munosabatlari, ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi hamda yanada takomillashtirilishi, ushbu sohadagi asosiy yoʻnalishlar, prinsiplar va boshqa muhim masalalar nazarda tutiladi.

301.

Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari konsepsiyasi loyihasini hamda bugungi kun talablarini inobatga olgan holda, Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish.

2017-yil IV chorak

Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, Adliya vazirl�gi, SMTI,
vazirlik va idoralar

-

-

Konsepsiya.

Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizdagi koʻp millatli xalqimizning oʻziga xos fazilatlaridan kelib chiqib, millatlararo totuvlikni, hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan, millatlarning oʻzaro bir-birini hurmat qilishi tamoyiliga asoslangan millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari nazarda tutiladi.

302.

Mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy qudrati va harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish.

2017-yil III chorak

Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, TIV, MXX, SMTI

-

-

Kompleks chora-tadbirlar dasturi. Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

mamlakat harbiy xavfsizligini, Qurolli Kuchlar jangovar tayyorgarligi va jangovar qobiliyati holatini, kadrlar tayyorlash tizimini, harbiy xizmatchilarni har tomonlama taʼminlash sohasidagi konseptual hujjatlarni tahlil qilish;

yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi loyihalarini tayyorlash;

xizmatni oʻtash tartibini takomillashtirishni, qoʻshinlar taʼminotini, uy-joy va tibbiy taʼminot masalalarini nazarda tutuvchi “Harbiy xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlaridan xizmatni oʻtagan shaxslarning hamda ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

303.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika turlari bilan jihozlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil III chorak

Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, MXX

-

-

Dastur loyihasi.

Ushbu dasturda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini mamlakat hududiy daxlsizligini taʼminlash uchun eng zarur boʻlgan qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan jihozlashning aniq chora-tadbirlar majmui nazarda tutiladi.

304.

Xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy va shartnomaviy bazalarni tahlil qilish.

Ushbu sohada xorijiy sheriklar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilab olish
va takliflar tayyorlash.

2017-yil IV chorak

Mudofaa vazirligi, IIV, TIV,
vazirlik va idoralar

-

-

Tahliliy maʼlumotnoma. Aniq takliflar.

Mazkur tahlil orqali Oʻzbekistonning xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari tanqidiy jihatdan toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilib, natijalari tizimli ravishda umumlashtiriladi hamda ushbu sohada yaqin istiqbolga moʻljallangan, davlatimizning ikki va koʻp tomonlama hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqiladi.

305.

Radiatsiya xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

FVV, SSV, IIV, DBQ, Sanoatgeokontexnazorat

-

-

Qonun hujjati loyihasi.

Mazkur hujjat bilan Radiatsiya xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha Davlat dasturi tasdiqlanib, unda respublikamizda radiatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan aniq tadbirlar, korxona va tashkilotlarning bu boradagi vazifalari va majburiyatlari, ularning oʻzaro hamkorligi, mazkur sohada hal etilishi lozim boʻlgan boshqa masalalar nazarda tutiladi.

306.

Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida xabar berish va aholini xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-yil II chorak

FVV, Axborot texnologiyalari vazirligi, IIV, MXX, Moliya vazirligi

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Ushbu qaror bilan favqulodda vaziyatlarda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifa va funksiyalar,
shu jumladan, aholini oʻz vaqtida xabardor qilish, bunday vaziyatlarda qilinadigan birinchi darajali hamda kechiktirib boʻlmaydigan ishlar, davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydigan yaxlit tizimni tashkil etish bilan bogʻliq masalalar nazarda tutiladi.

307.

Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish.

Yil davomida

Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, TIV

-

-

Chora-tadbirlar.

Ushbu chora-tadbirlar bilan orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishning samarali yoʻllarini ishlab chiqish, ushbu hududda yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal etishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish nazarda tutiladi.

308.

Fuqarolar muhofazasi tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularni moddiy-texnika vositalari bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

FVV, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Mazkur qaror bilan mamlakatimizda mavjud fuqarolar muhofazasi tuzilmalari faoliyatini tashkiliy-huquqiy jihatdan takomillashtirish, ularning vazifa va funksiyalarini qayta koʻrib chiqish, ularni zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlash va boshqa muhim vazifalar aks ettirilgan chora-tadbirlar majmui nazarda tutiladi.

309.

Favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlarga tayyorgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2017-yil II chorak

FVV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Moliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Ushbu qaror bilan favqulodda vaziyatlarda aholining tayyorgarligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar, davlat organlarining bu boradagi oʻrni, ularning aholi bilan oʻzaro hamkorligi, aholini favqulodda vaziyatlarda amalga oshiriladigan tadbirlarga oʻrgatish ishlari nazarda tutiladi.

310.

Tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish.

2017-yil IV chorak

FFV, IIV, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Ushbu qaror bilan tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlar ehtimolini monitoring va prognozlashtirishning yagona tizimini yaratish moʻljallanadi.

Bunday tizimning yaratilishi vujudga kelishi ehtimoli boʻlgan turli xil tabiiy va texnogen ofatlarning oldini olishga hamda bartaraf etishga imkon beradi.

5.2. Vazmin, oʻzaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

311.

Asosiy xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyishning hamda ular bilan hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarining asosiy prinsiplarini belgilab beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yilga moʻljallangan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati strategiyasining loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

TIV, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, MXX, Mudofaa vazirligi, SMTI, XMATM

-

-

Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati strategiyasi.

Mazkur strategiya bilan 2017-yil mobaynida mamlakatimiz tomonidan asosiy xorijiy sheriklar bilan tashqi siyosiy va iqtisodiy sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari, bundan kutilayotgan natijalar aks ettiriladi.

312.

Oʻzbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017-yildagi siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorligini rivojlantirishga doir “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni nazarda tutish:

oliy va yuqori darajalardagi tashriflar, uchrashuvlar va muzokaralarni tayyorlash va tashkil etish;

xavfsizlikning dolzarb masalalari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar darajasidagi maslahatlashuvlarni oʻtkazish;

ikki va koʻp tomonlama shakllardagi tashabbuslarni, shu jumladan, oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha tashabbuslarni ilgari surish.

2017-yil I chorak

TIV, TIAISV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Iqtisodiyot vazirligi, MXX, Mudofaa vazirligi, IIV, vazirlik va idoralar

-

-

Yoʻl xaritasi.

Ushbu “Yoʻl xaritasi” bilan davlatimizning tashqi siyosatini yanada mustahkamlash, ikki va koʻp tomonlama munosabatini yanada takomillashtirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va obroʻsini oshirish, ushbu yoʻnalishda amaliy takliflarni ishlab chiqish imkonini beradi.

313.

Oʻzbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2017-yildagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlanishi va kengayishini taʼminlashga doir “Yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqib, unda quyidagilarni nazarda tutish:

Oʻzbekiston korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorga eksport qilishni kuchaytirib borish;

Oʻzbekistonga investitsiyalarni, ilgʻor texnologiyalarni, sayyohlar oqimini, shuningdek, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik koʻmaklarni jalb etish;

Respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo yuk tashish ishlari uchun qulay sharoitlarni shakllantirish;

taʼlim, fan va texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish.

2017-yil I chorak

TIV, TIAISV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar

-

-

Yoʻl xaritasi.

Ushbu “Yoʻl xaritasi”ning qabul qilinishi Oʻzbekistonning xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligi tubdan rivojlanishi va kengayishiga, mamlakatimizning eksport salohiyati oshishiga, yurtimizga investitsiyalar, ilgʻor texnologiyalar, sayyohlar oqimi, imtiyozli kreditlar jalb etilishiga katta imkoniyat yaratadi.

314.

Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi ijobiy nufuzini keng targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash, tasdiqlash va amalga oshirilishini taʼminlash.

2017-yil IV chorak

TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, OʻzMAA, Oʻzbekkino,
vazirlik va idoralar

-

-

Kompleks chora-tadbirlar.

Ularda quyidagilar nazarda tutiladi:

mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga qaratilgan manzilli targʻibot-tashviqot tadbirlarini (konferensiya, “davra suhbatlari”, seminar va b.) oʻtkazish;

“Jahon” axborot agentligining faoliyatini takomillashtirish, agentlikning xalqaro axborot hamjamiyatiga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini faollashtirish;

davlat va jamiyat qurilishining turli sohalaridagi yutuqlar
toʻgʻrisidagi tegishli materiallarni eʼlon qilish orqali davlatimizning xalqaro koʻlamdagi nufuzini
oshirish;

iqtidorli yosh mutaxassislar uchun xorijiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining yetuk va tajribali muxbirlari ishtirokida trening va seminarlar oʻtkazish;

xorijiy kinostudiyalar bilan hamkorlikda, mashhur rejissor va aktyorlarni jalb qilgan holda, zamonaviy Oʻzbekiston hududida tugʻilgan, yashagan va ijod qilgan buyuk olimlar,
davlat arboblari va harbiy qoʻmondonlar hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan kinofilmlar yaratish, ularni jahon hamjamiyati oʻrtasida keng tarqatish.

315.

Quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish va kiritish:

“Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik xizmati toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) qonunlar loyihalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi konsullik ustavi (yangi tahriri) loyihasini;

yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomning loyihasini, jumladan, vazirlik faoliyatini, birinchi navbatda xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarning Oʻzbekistonga investitsiyalarni jalb etish hamda mamlakatimiz mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqish masalalari boʻyicha faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar koʻrilishini nazarda tutuvchi loyihani.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi, TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va nizomlari.

Ushbu qonunlarning qabul qilinishi Oʻzbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishiga, diplomatik xizmat xodimlarining huquqiy maqomi belgilanishiga, xalqaro shartnomalarni tuzish va ijro etishning samarali mexanizmlari yaratilishiga, konsullik muassasalarining asosiy vazifa va funksiyalari aniqlashtirilishiga imkon yaratadi.

Taklif etilayotgan nizomlar bilan Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, mamlakatga investitsiyalarni jalb etish va uning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha vazifalarini kuchaytirish, Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish, xorijiy mamlakatlar bilan hukumatlararo aloqalarning huquqiy mexanizmlarini qayta koʻrib chiqish imkonini beradi.

316.

Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2020-yillarga moʻljallangan xalqaro shartnomaviy faoliyatini takomillashtirishga doir ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilarni nazarda tutish:

Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan faoliyati shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va tanqidiy tahlildan oʻtkazish;

istiqbolli hamda mamlakatimiz uchun amaliy ahamiyatga ega boʻlgan shartnomalar hisobiga mavjud shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish;

Oʻzbekiston tomonining xalqaro huquq ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etishi;

xalqaro shartnomalarning hisobga olinishi va tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi elektron bazani yaratish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ular muntazam monitoring qilinishi va inventarizatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Yil davomida

Vazirlar Mahkamasi, TIV, TSV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

-

-

Ish reja.

Mazkur ish reja bilan Oʻzbekistonning shartnomaviy-huquqiy bazasini toʻliq qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish, bu sohada tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish, muhim shartnomalarni tuzish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shu jumladan, shartnomalarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

317.

Qoʻshni davlatlar bilan Davlat chegaralarini huquqiy rasmiylashtirish boʻyicha muzokaralar jarayonini davom ettirishni nazarda tutuvchi Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha 2017-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2017-yil I chorak

TIV, Yergeodezkadastr, MXX, DCHQQ, IIV, DBQ, Adliya vazirligi

-

-

Tadbirlar rejasi.

Mazkur tadbirlar rejasining qabul qilinishi Oʻzbekiston bilan chegaradosh davlatlar oʻrtasida davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarida mavjud muammolarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkonini beradi.

318.

Respublikamizning turli millat vakillari ishtirokida mahallalarda, mehnat jamoalari va taʼlim muassasalarida millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik, vatanparvarlik va daxldorlik fazilatlarini targʻib qilish, oʻzaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash maqsadida Respublika baynalmilal milliy madaniy markazining 25 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston — umumiy uyimiz” shiori ostida bayram tadbirlarini oʻtkazish.

2017-yil I chorak

Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, Xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik jamiyatlari kengashi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Mahalla” jamgʻarmasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

100,0

Ijrochilar mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasining bayoni.

Tadbirlar turli millat vakillari zich istiqomat qiladigan hududlarda, chekka shahar va tumanlarda, shuningdek, mehnat jamoalari, taʼlim muassasalarida tashkil etiladi va bu orqali millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik yanada mustahkamlanadi.

319.

Jamiyatda hukm surayotgan oʻzaro hurmat va birdamlik vaziyatini yanada mustahkamlash maqsadida:

Yil davomida

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi,

“Oila” ilmiy-amaliy markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

50,0

Ijrochilar mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturi.

Tadbirlar yozuvchi va olimlar, shoir va diniy ulamolar, faxriylar, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari ishtirokida amalga oshiriladi.

“Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi — oliy neʼmat”;

“Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik — barqarorlik kafolati”;

“Qoʻshnichilik munosabatlarda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat ruhida boʻlish — yurtimizda ahillikni mustahkamlashning eng muhim sharti”;

“Inson manfaatlari — ulugʻ qadriyat” mavzularida targʻibot tadbirlari oʻtkazish.

Shonli sanalar arafasida

320.

Xalq diplomatiyasini faollashtirish, Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi faoliyatini takomillashtirish.

2017-yil II chorak

TIV,
Respublika baynalmilal milliy madaniy markazi

-

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi.

Dunyo xalqlari, chet elda yashovchi vatandoshlar bilan doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar hamjamiyatini Oʻzbekiston tarixi va xalqi madaniyati bilan tanishtirish, shuningdek, doʻstlik jamiyati moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui nazarda tutiladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yilda Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37 687,8 mlrd soʻm va 8 349,3 mln AQSH doll.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shundan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

soʻmda

AQSH dollarida

Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari

5 263,1 mlrd

1 625,8 ming

Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablagʻlari

15 423,0 mlrd

311 510,0 ming

Tijorat banklari kreditlari

16 941,2 mlrd

-

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablagʻlari va begʻaraz yordam

60,5 mlrd

8 036 157,8 ming

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoniga
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHARH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda Oʻzbekistonning munosib oʻrin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bosib oʻtilgan yoʻl va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.

Mazkur vazifani amalga oshirish yoʻlida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, maʼruzalari, tavsiyalari va sharhlari oʻrganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.

Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur oʻrganish hamda umumlashtirish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Harakatlar strategiyasi);

Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) tasdiqlandi.

Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizgʻin muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida koʻplab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik koʻrsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.

Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari taʼsirini baholash tizimi” portalida yoʻlga qoʻyilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari boʻyicha 1 310 ta taklif va mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta koʻrib chiqildi.

Shu bilan birga, 2017-yil 23 — 27-yanvar kunlari Toshkent shahrida media-haftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan ortiq mutaxassis va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot vositalarining, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi.

Harakatlar strategiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chogʻida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalishi belgilangan:

1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

2. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.

Mazkur yoʻnalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq boʻlimlardan iborat.

Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.

Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb nomlangan birinchi yoʻnalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektorlarning oʻzaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Xalq bilan samarali muloqotni taʼminlash Davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri boʻldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Davlat dasturining ikkinchi yoʻnalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini taʼminlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini taʼminlashi kerak boʻlgan Oliy sud kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Maʼmuriy sudlarni, xoʻjalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini taʼsis etish orqali sudlarni kelgusida ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.

Sansalorlikka va ishlarning koʻrib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz choʻzib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Ushbu yoʻnalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlarning, xabarlarning oʻz vaqtida olinishini taʼminlash nazarda tutilmoqda.

Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat tartibini saqlash boʻyicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, ushbu yoʻnalish 2018 — 2021-yillarda jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini oʻqitish, tanlash va joy-joyiga qoʻyish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini eʼlon qilib borishni, advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDY organlarini isloh qilishni ham oʻz ichiga oladi.

“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yoʻnalishda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini taʼminlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga moʻljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq maʼmurchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ushbu yoʻnalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlarini ham oʻz ichiga oladi.

2017 — 2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini roʻyobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmogʻi ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan toʻrtinchi yoʻnalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan taʼminlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha taʼlim muassasalarining qulayligini taʼminlash, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish boʻyicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini roʻyobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish oʻrni tashkil etish orqali aholini ish bilan taʼminlash dasturlarini toʻliq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori boʻlgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish oʻrni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun taʼlim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda.

Katta yoshli avlodni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini takomillashtirish, sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda.

Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv taʼminoti quvurlari, 316 kilometrlik gaz taʼminoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yoʻllar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilash maqsadida 86 ta yangi avtobus yoʻnalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda.

“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb nomlangan beshinchi yoʻnalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, Oʻzbekistonning xorijiy hamkorlar bilan 2017-yilga moʻljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion soʻm va 8,3 milliard AQSH dollari yoʻnaltiriladi.

Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yoʻnalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiya tuzilmoqda.

Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yoʻnalishining har biri boʻyicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan.

Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018 — 2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda.

Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash yoʻlidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bagʻishlaydi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)