15.08.2018 yildagi PF-5511-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 15.08.2018 yildagi PF-5511-son
Date of entry into force
16.08.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda respublikada mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini takomillashtirish borasida ularning aholi va tadbirkorlik subyektlarining dolzarb muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etishdagi mustaqilligi va mas’uliyatini oshirishga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Toshkent shahridagi ishlarning haqiqiy ahvolini o‘rganish ishbilarmonlik faolligining o‘sishiga, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga investitsiyalarni jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolar va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2018-yil 1-oktabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etilmoqda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan obyektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 15-avgustdan 2019-yil 15-avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eksperiment (keyingi o‘rinlarda eksperiment deb yuritiladi) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya kelishuvi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat mulki obyektlarini, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlarni ularning maydoni hajmidan qat’i nazar berish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilgan sohalardagi obyektlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimining qarori bilan kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini ularning balans qiymati va xodimlari sonidan qat’i nazar xususiy tadbirkorlik subyektlariga faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan berish, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarining ijro etuvchi organi funksiyalarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga biznesni tashkil etish va yuritish uchun berish. Bunda, har bir tumanda mahalliy davlat hokimiyati organining ulushi bo‘lgan bitta mahalliy bozor saqlab qolinishi nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida avtomobil yo‘llari bo‘ylab pulli avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yuqori ijara to‘lovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yo‘l harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik subyektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnida berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh (A.N. Aripov) zimmasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimining davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish va ijaraga berish bo‘yicha qarorlarini qabul qilish uchun kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish masalasini, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalari ko‘rsatkichlari va davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlarini tezkorlik bilan kelishish va ma’qullash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining eksperimentni o‘tkazish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal qilishga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatining aniq muvofiqlashtirilishini ta’minlash, byurokratizm holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksperimentni sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, eksperiment doirasidagi barcha masalalarni tezkor ko‘rib chiqish va ular yuzasidan kelishilgan qarorlar qabul qilish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq eksperiment doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi tomonidan har hafta investor kuni o‘tkaziladi, uning doirasida, qoida tariqasida, Ishchi guruh tomonidan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xorijiy investorlarning investitsiya shartnomalarini tuzish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun davlat mulki obyektlarini berish bo‘yicha investitsiya takliflari ko‘rib chiqiladi hamda tegishli ma’lumotlar Toshkent shahar hokimligining saytiga joylashtiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini o‘z balansida saqlovchilar tomonidan Toshkent shahar hokimligi so‘rov jo‘natgan vaqtdan keyin bir oy muddatda foydalanilmayotgan obyektdan samarali foydalanish, shu jumladan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish obyektini tashkil etish, obyektni aniq ijaraga oluvchilarga berish, aniq investor (sherik)ni jalb etish choralari, shuningdek, foydalanilmayotgan obyekt faoliyatini tiklashning aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalari nazarda tutilgan takliflarning taqdim etilmaganligi Toshkent shahri hokimining foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini investitsiya kelishuvi asosida realizatsiya qilish yoki berish to‘g‘risidagi qarorini qabul qilish uchun asos bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik Toshkent shahar hokimining foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish yoki berish masalalari bo‘yicha qarorini qabul qilish uchun ro‘yobga chiqarish taklif etilgan investitsiya loyihalarining ko‘rsatkichlarini Ishchi guruh tomonidan kelishish va ma’qullash o‘n ish kuni davomida amalga oshiriladi;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining vakolatlari Toshkent shahar hokimiga o‘tadi, u mazkur vakolatlarni kichik sanoat zonalari direksiyalariga qisman yoki to‘liq berishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonchasidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablag‘lari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-oktabrdan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliq to‘lash tartibi bekor qilinadi, ular O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda yagona soliq to‘lovi yoki boshqa umumbelgilangan soliqlar to‘lashga o‘tkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlari, joylashuvidan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari soliq organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan videokuzatuv va avtomototransport vositalari kirish va chiqish vaqtini qayd etish tizimi bilan jihozlanganda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi avtomototransport vositalarini vaqtinchalik saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning tushumlari to‘liqligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar hokimiga xorijiy investor tomonidan qonun hujjatlarida belgilanganidan qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini berish talabi qo‘yilmagan taqdirda 10 million AQSh dollaridan ortiq ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “SAR” aviakompaniyasining Toshkent shahar, Sergeli tumani, Rayhon ko‘chasida joylashgan binolari, inshootlari va boshqa infratuzilmasini ularga tutash 101,64 gektar maydon bilan birgalikda keyinchalik topshirilayotgan obyektlar negizida “Industrial park” kichik sanoat zonasini tashkil etish sharti bilan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida Toshkent shahar hokimligiga beg‘araz berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Toshkent shahar hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) biznes yuritish uchun eng maqbul shart-sharoitlar va qulay investitsiya muhitini yaratish, tumanlar kesimida Toshkent shahrining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘sish va aholi turmush darajasini oshirishni ta’minlash uchun zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududlarda mavjud imkoniyat va sharoitlarni aks ettirishni nazarda tutadigan Toshkent shahri va tumanlarning investitsiya pasportlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya jarayonlarini boshqarishning asosiy maqsadlarini, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish choralarini, madaniy va ijtimoiy obyektlar hamda atrof-muhitning qulay ekologik holatini saqlash bilan bog‘liq cheklovlarni belgilaydigan Toshkent shahrida hududlar kesimida investitsiya muhitini rivojlantirish konsepsiyasini, shuningdek, konsepsiyaning natijadorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mas’ul shaxslar va moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda investorlarni aeroportlar, vokzallar, tashrif buyurish obyektlarida kutib olish, kuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish, ularni zarur transport va texnika vositalari bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Toshkent shahrida kichik sanoat zonalari faoliyatini jadallashtirish, bo‘sh turgan yer uchastkalaridan maqbul tarzda foydalanish, ular negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, zarur hollarda Toshkent viloyatining Toshkent shahri Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlariga tutash hududlarida Toshkent shahrining yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun har birining maydoni 20 gektardan kam bo‘lmagan yer uchastkalari ajratishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) bir oy muddatda Toshkent shahar va tumanlari hokimlarining, shuningdek, ular o‘rinbosarlarining salohiyatli investorlarni jalb etish, xorijiy hamkorlarga investitsiya salohiyati va biznes yuritish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazish uchun uchrashuv va muzokaralar, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga safarlarning kalendar rejasini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan shaharsozlik reglamentlari va qurilish-montaj ishlarining sifati bo‘yicha talablarga rioya etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklatilgan vazifa va funksiyalarni so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarish, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlarining muammolarini hal qilish, bunda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning natijadorligiga o‘z faoliyatida alohida e’tibor qaratish, xolislik va ochiqlik prinsiplariga rioya etish, shuningdek, Toshkent shahri aholisi manfaatlarini hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksperiment doirasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida yuzaga kelayotgan davlat majburiyatlarini moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Farmonning 8-bandiga muvofiq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrining eski shahar qismi, madaniy meros obyektlari va atrof-muhit qulay ekologik holatining saqlanishi, aholi hayot darajasi va sifatini oshirish, manzarali daraxtlar va gullar ekkan holda yashil hududlar barpo etish, daraxtlar va o‘simliklarning noqonuniy kesilishdan himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va turli qonunbuzarliklar (daraxtlarning noqonuniy kesilishi, madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish va boshqalar) bilan bog‘liq fuqarolar murojaatlari va shikoyatlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish yuzasidan mas’uliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishchi guruh (A.N. Aripov, S.R. Xolmuradov) Ishchi guruh kun tartibiga kiritilayotgan masalalarning tezkor ko‘rib chiqilishini, shuningdek, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik va idoralar rahbarlariga Toshkent shahar hokimligi va investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda turar joy zonasida joylashgan obyektlarni qayta ixtisoslashtirishga ruxsat berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda uy-joy va mehmonxona xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim obyektlarini, bolalar muassasalari va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurishning o‘ziga xos xususiyatlari va zarurati hisobga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda eksperimentning amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan nazorat va monitoring o‘rnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda eksperiment natijalari yuzasidan ushbu Farmonning amal qilishini respublikaning boshqa hududlariga tatbiq etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi har oyda ushbu Farmonga muvofiq amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Toshkent shahar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlariga Toshkent shahri va tumanlari ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan samarali deputatlik nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda ko‘maklashish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu Farmonning qoidalari, mavjud imkoniyatlar, investitsiya kelishuvlarini amalga oshirish natijalari va davlat-xususiy sheriklikning afzalliklari keng yoritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 15-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5511-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Ishchi guruh raisi

S.R. Xolmurodov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi

J.A. Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhning Ishchi organi Toshkent shahar hokimligi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 06/18/5511/1761-son; 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)