Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
01.04.2022
17.07.2021
14.08.2019
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-5780-son Farmoniga muvofiq:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik):
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda nomoliyaviy yordam turlarini hamma sohalarda kengaytirish, shu jumladan biznes yuritish asoslari va sohadagi qonun hujjatlari, tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini baholash ko‘nikmalarini o‘rgatish orqali tadbirkorlarning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida muvofiqlashgan tarzda ishtirok etishini, ularning malakasini oshirish, stajirovkalar va boshqalar tashkil etilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalaniladigan uskunalarning texnik xususiyatlari, o‘zini qoplash muddati, mahalliy xom ashyo bilan ta’minlanishi, sarflanadigan materiallar hisob-kitobi va bozorlar, shu jumladan xorijiy bozorlar bahosini o‘z ichiga olgan biznes-loyihalarning elektron katalogini shakllantirsin, keyinchalik salohiyatli loyihalar va biznes tashabbuslarini tanlab olish jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida ularni Agentlik va tijorat banklarining veb-saytlariga joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamg‘arma boshqaruv kengashining Jamg‘arma ijroiya direksiyasiga o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 7 nafar boshqaruv xodimlari shtat birligini qo‘shimcha ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma ijro etuvchi direktoriga Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobidan ularning xizmatlariga haq to‘lagan holda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam olish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha elektron hujjat aylanishi sxemalari 2 va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda Jamg‘arma hisobidan loyihalari bo‘yicha moliyaviy yordam ko‘rsatiladigan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami toifalarining ro‘yxatini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tizimli ravishda kichik biznes va tadbirkorlikni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish sohasida tumanlar va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, bandlik va mehnat munosabatlari, iqtisodiyot va sanoat, Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklarining tuman bo‘limlari rahbarlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv kurslarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish shaklidagi kurslarni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamg‘arma quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tadbirkor” axborot tizimini yaratish va ishga tushirishda buyurtmachi etib belgilansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari va Jamg‘arma o‘rtasida elektron hujjat aylanishi, shu jumladan elektron raqamli imzo yordamida ma’lumot almashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaratiladigan avtomatlashtirilgan dasturiy ta’minotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasining axborot tizimlari bilan integratsiyalash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha elektron raqamli imzodan foydalangan holda kafillik va kafolatlar, shuningdek, foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish to‘g‘risida elektron shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari va ularning mijozlariga Jamg‘armaning rasmiy veb-sayti orqali real vaqt rejimida kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish va ularning ijrosi holatini kuzatish imkoniyatini berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamg‘arma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda loyiha qiymati va tegishli ishlarni moliyalashtirish manbalarini aks ettirgan holda, “Tadbirkor” axborot tizimini tashkil etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasiga kelishish uchun kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ishlarni moliyalashtirishga amaldagi mablag‘ ajratilgan sanadan boshlab 6 oy muddatda “Tadbirkor” axborot tizimining yaratilishi va ishga tushirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 10-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donor tashkilotlarning grantlari jalb etilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Agentlikning joylashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki hafta muddatda belgilangan tartibda Agentlik va Jamg‘arma xodimlarining shtat jadvalini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, shu jumladan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha palataga xos bo‘lmagan funksiya va vazifalarni tegishli organlarga berish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamg‘armalar va b.);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam olish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha elektron hujjat aylanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Tadbirlarning nomlanishi
Amalga oshirish muddati
Mas’ul ijrochilar
1-bosqich
Arizachining murojaatiga asosan uning biznes-rejasi tijorat banklari tomonidan ichki me’yoriy hujjatlar bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq ko‘rib chiqiladi va natijasiga ko‘ra tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz to‘lovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish to‘g‘risida tijorat banklarining bosh ofislariga va Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda ― Jamg‘arma) talabnoma yuboriladi.
3 kun
Tijorat banklari
2-bosqich
Tijorat banklarining bosh ofislari tomonidan Jamg‘arma bilan birgalikda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz to‘lovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida loyihalar saralab olinadi.*
Qabul qilingan qaror tijorat banklarining hududiy bo‘linmalariga va arizachiga yuboriladi.
3 kun
Tijorat banklari, Jamg‘arma
3-bosqich
Ma’qullangan loyihalar bo‘yicha uch tomonlama shartnoma tuzish.
3 kun
Tijorat banklari, Jamg‘arma, arizachi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz to‘lovlarini qoplashga kompensatsiyalar taqdim etish summasi 5 mlrd so‘mdan oshgan taqdirda, loyihani saralash jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi ” DUK jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordam olish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha elektron hujjat aylanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Tadbirlarning nomlanishi
Amalga oshirish muddati
Mas’ul ijrochilar
1-bosqich
Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan arizachiaholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifalari ro‘yxatiga muvofiq, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qiladi.
1. Arizachini aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifasiga kirishini o‘rganib chiqish ― 4 soat.
2. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari toifasiga mansub arizachining murojaatlarini tijorat banklariga yuborish ― 1 kun.
Tijorat banklari, tuman va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari, Mehnat vazirligining tuman va shahar bo‘limlari, Savdo-sanoat palatasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
2-bosqich
Tijorat banki ichki me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda murojaatlarni ko‘rib chiqadi, namunaviy katalog asosida biznes-reja tuzadi va uni Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) yuboradi.
3 kun
Tijorat banklari
3-bosqich
Jamg‘arma tijorat bankning tegishli bo‘linmasiga va arizachiga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, foiz to‘lovlarini qoplashga kompensatsiyalar shaklida moliyaviy yordam berish to‘g‘risidagi xulosani yuboradi.
2 kun
Jamg‘arma
4-bosqich
Jamg‘armani xabardor qilgan holda arizachi va tijorat banki o‘rtasida shartnoma tuziladi.
1 kun
Tijorat banklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qaroriga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zgartish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3225-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomlanishidan “rivojlantirishni” so‘zi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Jamg‘arma” so‘zi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda ― Jamg‘arma)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamestitel ministra finansov Respubliki Uzbekistan
Yakubov N.G.
―
i.o. zamestitelya ministra zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan
Artikov A.J.
―
zaveduyushiy Sekretariatom po voprosam makroekonomicheskogo analiza, strukturnix preobrazovaniy, finansovo-bankovskoy sistemi i chastnogo predprinimatelstva Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan
Podoljnosti
―
direktor Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan
Po doljnosti
―
ispolnitelniy direktor Gosudarstvennogo fonda podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti, sekretar Soveta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Primechaniye: pri perexode chlenov Soveta na druguyu rabotu v yego sostav vklyuchayutsya litsa, vnov naznachennie na eti doljnosti, libo litsa, na kotorix vozlojeno vipolneniye sootvetstvuyushiye funksiy”;
(1-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-iyuldagi PF-6263-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 7-bandning ikkinchi xatboshi “Urbanizatsiya agentligi” so‘zlaridan keyin “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilova quyidagi mazmundagi bloklar bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 206 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Vazirlik markaziy apparatining umumiy shtat birligiga kirmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Naznacheniye na doljnost i osvobojdeniye ot doljnosti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamestiteley direktora, vklyuchaya pervogo zamestitelya direktora Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve, osushestvlyayetsya Kabinetom Ministrov Respubliki Uzbekistan v ustanovlennom poryadke;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamestiteley direktora, vklyuchaya pervogo zamestitelya direktora Agentstva urbanizatsii pri Ministerstve, direktora i zamestiteley direktora GUP “Sentr kompleksnoy ekspertizi proyektov i importnix kontraktov”, direktora i zamestiteley direktora Instituta prognozirovaniya i makroekonomicheskix issledovaniy, direktora i zamestitelya direktora Sentra issledovaniya otraslevix rinkov i eksportooriyentirovannogo proizvodstva i nachalnika Upravleniya ekspluatatsii administrativnogo zdaniya Ministerstva ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan osushestvlyayetsya ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamestitelya ispolnitelnogo direktora Gosudarstvennogo fonda podderjki predprinimatelskoy deyatelnosti osushestvlyayetsya direktorom Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva pri Ministerstve po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ministra ekonomiki i promishlennosti Respubliki Karakalpakstan, yego zamestitelya ― Jokargi Kenesom Respubliki Karakalpakstan po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nachalnikov territorialnix upravleniy Ministerstva, ix zamestiteley — sootvetstvenno xokimami oblastey po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nachalnikov rayonnix i gorodskix otdelov Ministerstva — xokimami sootvetstvuyushix rayonov (gorodov) po predstavleniyu nachalnikov territorialnix upravleniy Ministerstva i po soglasovaniyu s ministrom ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rabotnikam sentralnogo apparata Ministerstva, yego territorialnix upravleniy, rayonnix i gorodskix otdelov, Agentstva urbanizatsii i Agentstva po razvitiyu malogo biznesa i predprinimatelstva, Instituta prognozirovaniya i makroekonomicheskix issledovaniy, Sentra issledovaniya otraslevix rinkov i eksportooriyentirovannogo proizvodstva pri Ministerstve, Upravleniya ekspluatatsii administrativnogo zdaniya Ministerstva za schet sredstv Gosudarstvennogo budjeta Respubliki Uzbekistan viplachivayetsya yejemesyachnaya nadbavka za vislugu let v sleduyushix razmerax (v koeffitsiyentax k doljnostnomu okladu s uchetom koeffitsiyenta stimulirovaniya)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 8a-ilovaning “bosh mutaxassis” qatori “yuriskonsult, buxgalter, devonxona mudiri” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)