ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi unifikatsiyalashgan qonun hujjatini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2018-yil |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Xolmurodov), Davlat raqobat qoʻmitasi (Gʻulomov), MB (Nurmurotov) |
|
2. |
Aksiyadorlik jamiyati ustav jamgʻarmasining minimal miqdorini 400 mln.soʻmgacha kamaytirish. |
Qonun loyihasi |
2018-yil |
Davlat raqobat qoʻmitasi (Gʻulomov), |
|
3. |
Chet ellik jismoniy shaxslarga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (qatnashchisi) sifatida bevosita harakat qilish huquqini berish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi |
2018-yil |
Adliya vazirligi (Davletov), Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev), |
|
4. |
Xorijiy investitsiyalar ulushining minimal miqdorini 15 foizgacha pasaytirish. | |||
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibini takomillashtirish, shu jumladan akkreditatsiya muddatini 5 yilgacha uzaytirish va akkreditatsiya uchun toʻlov haqini uch baravar kamaytirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2018-yil |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Xolmurodov), |
|
6. |
Respublika hududlarining brendini yaratish hamda reklama (roliklar)ni yetakchi telekanallarda joylashtirish, festivallar va anjumanlarda, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etish, original shiorlarni ishlab chiqish yoʻli bilan ularni targʻib etishga qaratilgan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Xolmurodov), |
|
7. |
Hamkor mamlakatlarning biznes hamjamiyatlari ishtirokida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini yoritishga, shu jumladan investorlarni qonunchilikdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilishga qaratilgan jahon miqyosidagi anjumanlarni tashkil etish va oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil |
LBMA (Sodiqov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Xolmurodov), |
|
8. |
Hududlar boʻyicha alohida- alohida mahsulot eksportining prognoz koʻrsatkichlarini hisobga olish va uning statistikasini yuritish tartibini bekor qilish. Mahsuloti eksport qilinayotgan hududlar: eksport operatsiyalarining barcha qatnashchilarini, shu jumladan mahsulot ishlab chiqaruvchi va koʻmaklashuvchi organlarni; jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqib ketilayotgan mahsulot hajmlarini; prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot bilan bogʻliq eksport operatsiyalariga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni bartaraf etishni hisobga olgan holda eksport statistikasini yuritish tartibini tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2018-yil |
Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov), |
|
9. |
Intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqning ishonchli himoya qilinishini taʼminlash kafolatlarini kuchaytirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2018-yil |
Adliya vazirligi (Davletov), |
|
10. |
Konsessiya munosabatlarini rivojlantirish, shu jumladan konsessiyaviy bitim muddatini oshirish. |
Qonun loyihasi |
2018-yil |
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev), Davlat raqobat qoʻmitasi (Gʻulomov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Xolmurodov), |
|
11. |
Xorijiy investorlar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish va xorijiy ishchi kuchini jalb etish sohasida ruxsatnomalar tartib-taomillaridan oʻtishni soddalashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari |
2018-yil |
Adliya vazirligi (Davletov), |
|
12. |
Xususiy sektorda quyidagilarni nazarda tutuvchi mehnat qonunchiligini takomillashtirish: muddatli mehnat shartnomalari tuzish asoslarini kengaytirish; ishga qabul qilishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek, mehnatga soatbay haq toʻlash tartibini joriy etish; ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini, jumladan ogohlantirish muddatini qisqartirgan holda tugatish imkoniyatini kengaytirish. |
Qonun loyihasi |
2018-yil |
Mehnat vazirligi (Kudbiyev), Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev), |
|
13. |
Soliq krediti institutini joriy etishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish. |
Tahliliy axborot |
2018-yil |
DSQ (Musayev), Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev), |
|
14. |
Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish, bunda, shu jumladan, investitsiya shartnomalarini tuzish huquqini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga topshirish, tartib-taomillarni optimallashtirish nazarda tutilsin. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2018-yil |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Xolmurodov), |
|
15. |
Qonunchilikning barqarorligi va prognoz qilinishini taʼminlashga, shuningdek, huquqiy boshqarishning haddan ortiq yukini bartaraf etishga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyatining zamonaviy usullarini joriy etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
Adliya vazirligi (Davletov), |
|
16. |
Investitsiya kiritish shart-sharoitlarini yomonlashtiruvchi omil sifatida eʼtirof etiladigan holatlar roʻyxatini kengaytirish, ushbu holatlarni qonun darajasida nazarda tutib, kafolatni qoʻllash boʻyicha xulosa taqdim etadigan vakolatli organni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2018-yil |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (Xolmurodov), Adliya vazirligi (Davletov), |
|
17. |
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini moliyaviy hisobotining xalqaro standartlari bilan uygʻunlashtirish choralarini koʻrish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
2018-yil |
Moliya vazirligi (Qoʻchqorov), |
|
18. |
Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini ishlab chiqish va kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev), Qurilish vazirligi (Toʻxtayev), |
|
19. |
Qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga ega boʻlmagan yer uchastkalariga (birinchi bosqichda – binolarni yer uchastkalari bilan birga sotishda va koʻchmas mulk qurilishida) xususiy mulk huquqini bosqichma-bosqich joriy etib, ularni fuqarolik aylanmasiga tatbiq etishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil |
Adliya vazirligi (Davletov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Abdullayev) |
|
20. |
Valyuta mablagʻlari tushishini kechiktirishga yoʻl qoʻyganligi uchun tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanilishini bekor qilish (davlat ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno). |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
DSQ (Musayev), |
|
21. |
“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2018-yil |
Vazirlar Mahkamasi (Xolmurodov), |
|
22. |
Litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan oʻtish tizimini tubdan isloh qilish, bunda quyidagilarni nazarda tutish: tadbirkorlik sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan oʻtish toʻgʻrisidagi qonunchilikni unifikatsiyalash, jumladan litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillariga nisbatan “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun normalarini qoʻllash; yangi tizim doirasida past toifadagi xavf-xatarga mos keladigan alohida faoliyat turlari va harakatlarini amalga oshirish uchun xabardor qilish tartibini joriy etgan holda xavf-xatarlar toifalari asosida litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan oʻtish tizimining yangi tasnifini tasdiqlash; litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan oʻtish tizimining investitsiya muhitiga taʼsirini baholash metodikasini tadbirkorlik subyektlari sarf-xarajatlarini baholashning standart modeli asosida ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2018-yil |
LBMA (Sodiqov), |
|
23. |
Birinchi navbatda qurilish va moliya sohalarida, shu jumladan 2018-2019-yillarda 5 tadan kam boʻlmagan obyektlarda aksiyalarni aholiga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirishni oʻtkazish orqali xususiylashtirish jarayonlarini hamda aksiyadorlik kompaniyalariga xususiy kapitalni jalb etishni jadallashtirish; oʻrnatiladigan tartibga muvofiq savdo tashkilotchilari davlat mulki obyektlarining narxini qadamba-qadam pasaytirib borish mexanizmini sotuvchi bilan kelishmasdan mustaqil ravishda qoʻllaydilar. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
Davlat raqobat qoʻmitasi (Gʻulomov), Moliya vazirligi (Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev) |
|
24. |
Taʼlim sohasiga, shu jumladan chet ellarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish va masofaviy oʻqitish mexanizmlarini tatbiq etish; yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlarini litsenziyalashni bekor qilib, ular tomonidan berilgan diplomlarni qoʻshimcha tartib-taomillarsiz, shu jumladan akkreditatsiya qilmasdan eʼtirof etish orqali investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2018-yil |
OOʻMTV (Madjidov), Adliya vazirligi (Davletov) |