XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING
qarori
Tumandagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda işga joylashtiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zaxiraga qöyiş töğrisida
“Aholi bandligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 9-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, iş topişda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng şartlarda raqobatlaşa olmaydigan şaxslarni işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zaxiraga qöyiş tartibi töğrisida”gi nizom hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga muvofiq, 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini iş bilan taʼminlaş uçun iş örinlarini zaxiraga qöyiş maqsadida, tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimining 2026-yil 30-sentabrdagi 17/08-01/08-965-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari Konimex tumani Kengaşi qaror qiladi:
1. Tumandagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zaxiraga qöyiş yuzasidan tuman kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi boşliği K. Xudayberganovning hisoboti qoniqarli deb topilsin.
2. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoniga muvofiq ijtimoiy ehtiyojmand şaxslarni işga joylaştiriş uçun iş örinlarining eng kam sonini belgilaş va zaxiraga qöyiş vakolatlari xalq deputatlari mahalliy Kengaşlariga ötkazilganligi hamda PF-126-son Farmoniga muvofiq iş örinlarini majburiy zaxiralaş tartibi belgilanganligi ijro uçun qabul qilinsin.
3. Tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining takliflari maʼqullansin va 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uçun jami 297 ta iş örni zaxiraga qöyilsin, jumladan:
nogironligi bölgan şaxslar uçun — 112 kişi;
oilaviy (maişiy) zöravonlikdan jabrlangan şaxslar uçun — 16 kişi;
ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolari uçun — 148 kişi;
muqobil joylaştiriş şakllarida tarbiyalangan yetim hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan şaxslar uçun — 15 kişi;
jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan şaxslar uçun — 6 kişi;
odam savdosidan jabrlangan şaxslar uçun — 0 kişi.
4. 2027-yilda zaxiraga qöyiladigan iş örinlarining:
davlat taşkilotlari (budjet taşkilotlari va davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan korxonalar) böyiça manzilli röyxati 1-ilovaga;
xodimlarining röyxatdagi örtaça yillik soni 100 nafardan ortiq bölgan xöjalik yurituvçi subyektlar (davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan korxonalar bundan mustasno) böyiça manzilli röyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Korxona, taşkilot va muassasalar rahbarlari:
zaxiraga qöyiladigan iş örinlari umumiy sonining kamida 25 foizini kalendar yil boşlanişidan oldin 10 kundan keçiktirmay tayyor holga keltirsin hamda bu haqda Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimiga axborot taqdim etsin;
iş örinlarining qolgan qismini kalendar yilning birinçi çoragi davomida zaxiraga qöysin hamda birinçi çorak tugaganidan keyin 10 kun içida bu haqda axborot taqdim etsin;
işga joylaştirilgan fuqarolar töğrisidagi maʼlumotlarni har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar taqdim etib borsin.
Iş örinlarini zaxirada saqlaş “Aholi bandligi töğrisida”gi Qonunning 40-moddasiga muvofiq amalga oşiriladi.
6. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi 64-son qaroriga muvofiq, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansub şaxslarni belgilangan eng kam sondan ortiq miqdorda işga qabul qilgan iş beruvçilar subsidiya oliş huquqiga ega ekanligi maʼlumot uçun qabul qilinsin.
7. “Aholi bandligi töğrisida”gi Qonunning 3, 13, 34, 38, 39, 40 va 41-moddalariga muvofiq mazkur qaror talablarini bajarmagan iş beruvçilar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgar böladilar. Jarima qöllanilişi iş beruvçini zaxiraga qöyilişi lozim bölgan iş örinlarini yaratiş majburiyatidan ozod etmaydi.
8. Tuman Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi (K.Xudayberganov):
beş kun muddatda uşbu qaror nusxasini “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali iş beruvçining “YaMMT” IDAKdagi şaxsiy kabinetiga yuborsin;
qaror ijrosi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oşirsin;
qaror talablarini bajarmagan yoki fuqarolarni işga qabul qilişni asossiz ravişda rad etgan mansabdor şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda çoralar körilişini taʼminlasin.
9. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylaştirilsin.
10. Mazkur qaror ijrosini taʼminlaş tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği (E.Hazratqulov), qaror ijrosini nazorat qiliş xalq deputatlari tuman Kengaşining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantiriş va iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça doimiy komissiyasi (Ye.Taşbenbetov) zimmalariga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
Kengash raisi A. XUDAYBERDIYEV
Navoiy viloyati, Konimex tumani,
2026-yil 29-oktabr,
VII-32-118-5-70-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.