1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalash-tirish manbasi | Masʼul ijrochilar |
I. Mehnat munosabatlarini takomillashtirish | |||||
1. | Ish beruvchilarga amaliy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni topib berishda mehnat organlari tomonidan koʻmaklashish tizimini joriy etish | 1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida rekruting tashkilotini yoki rekruterlarni yollash orqali malakali mutaxassislardan iborat loyiha guruhini tashkil etish. | 2025-yil avgust | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Loyiha guruhi: Toshkent shahridagi ish beruvchilarning talabini aniqlash orqali boʻsh (vakant) ish oʻrinlari bazasini shakllantirib, maxsus platformaga joylashtiradi; maxsus platforma faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi; talabgorlardan ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus platforma orqali oladi; ish qidiruvchilar orasidan amaliy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tanlab oladi; ish beruvchilarga malakasi toʻgʻri keladigan mutaxassislarning rezyumelarini yuboradi; talabgorlar bilan suhbat oʻtkazib, ish beruvchilarga maqbul keladigan mutaxassislarni tanlab olishda koʻmaklashadi; ish beruvchining talabidan kelib chiqib, vazirlikka kasbga oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha taklif kiritadi. | Doimiy | ||||
3. Loyihani respublikaning boshqa hududlarida joriy etish. | 2026-yildan boshlab | ||||
2. | Ish oʻrinlarini zaxiralash tizimini takomillashtirish | 1. Ish oʻrinlarini zaxiralash tizimini xodimlar soni 100 nafardan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlariga tatbiq etish (davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar bundan mustasno). Bunda majburiy zaxiralanadigan ish oʻrinlari soni umumiy xodimlar sonining uch foizidan oshmasligi zarur. | 2026-yildan boshlab | Mablagʻ talab etilmaydi | Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Budjet tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar uchun zaxiralashning amaldagi tizimini saqlab qolgan holda zaxiralanadigan ish oʻrinlarini nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar va odam savdosidan jabrlangan shaxslargagina tatbiq etish. Bunda xodimlar soni 20 nafardan ortiq boʻlganda tashkilotlarda majburiy zaxiralanadigan ish oʻrinlari soni umumiy xodimlar sonining yetti foizidan oshmasligi zarur. | |||||
3. Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari zaxira ish oʻrni yaratadigan ish beruvchilar roʻyxatini shakllantirib, tuman (shahar) hokimliklariga taqdim etish. | Har yili 1-oktabrga qadar | ||||
4. Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori bilan ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash. | Har yili 1-noyabrga qadar | ||||
5. Tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish. | 2026-yildan boshlab | ||||
3. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini isloh qilish hamda ish beruvchilarning faoliyatini rivojlantirish | 1. Mehnat bozorini prognozlash, mavjud maʼlumotlarni tahlil qilishni yoʻlga qoʻyish, bandlik va kasbiy taʼlimni rivojlantirishda yoʻnalishlarni belgilash uchun “katta toʻrtlik” (Deloitte, PwC, EY, KPMG) tashkilotlaridan birini shartnoma asosida jalb etish. | 2026-yil yakuniga qadar | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini isloh qilish hamda ish beruvchilarning faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish uchun xalqaro va milliy ekspertlarni (kompaniyalarni) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilish hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlarni muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJda loyiha guruhini tashkil etish. Loyiha guruhi xalqaro va milliy ekspertlarning (kompaniyalarning): faoliyatini va uni bajarish muddatlarini, resurslarini qamrab olgan ish reja asosida muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etadi; faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan inson resurslari, asbob-uskunalar va materiallarni taqsimlaydi; doimiy ravishda kuzatadi, grafikdan ogʻishlarni aniqlaydi va zarur boʻlganda tuzatishlar kiritadi; barcha amalga oshirayotgan ishlarining natijalari va yuzaga keladigan muammolar haqida vazirlikka muntazam ravishda hisobot berib boradi. | 2025 — 2027-yillarda | ||||
II. Kasbga oʻqitish va malaka oshirish tizimini takomillashtirish | |||||
4. | Kasb-hunarga oʻqitishni bosqichma-bosqich uch bosqichli (videodarsliklar, kasbga oʻqitish hamda malaka oshirish) tizimga oʻtkazish | 1. “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ tarkibida videodarsliklar va oʻqitishning nazariy qismini tashkil etish boʻyicha loyiha guruhi tuziladi hamda unga quyidagi vazifalar yuklanadi: | 2025-yil avgust | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
bepul videodarsliklar, qisqa metrajli videoroliklar yaratish va kasb-hunarga oʻqitishning nazariy qismini yaratish rejasini vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash; videodarsliklar va kasb-hunarga oʻqitishning nazariy qismini yaratish jarayoniga shartnoma asosida xususiy sektorni jalb etish; videodarsliklarni ommalashtirish va keng targʻib qilish maqsadida xalq orasida mashhur, oʻz sohasining yetuk mutaxassislarini shartnomaviy asosda jalb etish; videodarsliklar va kasb-hunarga oʻqitishning nazariy qismini tasvirga olish uchun maxsus studiya tashkil etish va zarur uskunalarni xarid qilish. | 2025-yil avgust | ||||
2. Oʻquv dasturlarini yoʻnalishlar boʻyicha bosqichma-bosqich nazariy va amaliy qismlariga ajratish va zarur hollarda ekspertlarni jalb qilish. | 2025 — 2027-yillarda | ||||
3. Xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda kasbiy koʻnikmalar markazlarida zamonaviy nazorat tizimi (proktoring)ni joriy qilish orqali nazariy bosqichning imtihon jarayonini tashkil etish. | 2026-yil fevral | ||||
4. Nazariy bosqichni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan ishsiz va ish qidirayotgan tinglovchilar uchun vaucher olish va oʻquv muassasasini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish. | 2026-yil fevral | ||||
5. Stipendiya tayinlash, oʻquv va imtihon jarayonini nazorat qilish boʻyicha dasturiy taʼminotlarni takomillashtirish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
6. Kasb-hunarga oʻqitishga jalb etishni kengaytirish maqsadida yirik ish beruvchilar va assotsiatsiyalar bilan hamkorlikda professional taʼlimning afzalliklari haqida videoroliklar ishlab chiqish. | 2025 — 2027-yillarda | ||||
7. Kasb-hunarga tegishli, shu jumladan, stipendiya tayinlash va toʻlash, imtihon oʻtkazishni kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminotni yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
8. Kasb-hunarni uch bosqichli oʻqitish tizimiga (videodarsliklar, kasbga oʻqitish hamda malakani oshirish) oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni, shu jumladan, tizimni targʻibot qilish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, jamoatchilik fikrini oʻrganishni vazirlik va “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan amalga oshirish. | 2025-yildan boshlab har yili | ||||
5. | “Kasb vaucheri” asosida oʻqitish toʻlovlarini ssuda shakliga oʻtkazish | 1. “Kasb vaucheri” asosida oʻqitish uchun foizsiz ssuda ajratilayotganligi va uning afzalliklarini ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish. Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar va kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolariga “Kasb vaucheri” toʻlovlarining qaytarilmaslik shartida amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish. | 2025-yil oktabr | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Talabgorlar “Kasb vaucheri”ni olganda ssudani qaytarish yoki ishga joylashgandan soʻng, uning bank kartasidan mablagʻlarni 24 oy davomida avtomatik ravishda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasiga oʻtkazilishi yuzasidan roziligini taqdim etuvchi hujjatni rasmiylashtirish. | 2025-yil noyabr | ||||
3. Taʼlim muassasalari “kasb vaucheri” tizimi orqali fuqarolarni oʻqitishlari uchun vazirlikning elektron reyestri roʻyxatidan oʻtishlarini talab etish. Bunda oʻquv jarayonini CRM tizimi orqali hamda oʻquvchilarning monitoringi (davomati)ni FACE-ID tizimi orqali amalga oshirish. | |||||
4. “Kasb vaucheri”ni hisobga olish va mablagʻlarni qaytarish tartibi boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2025-yil yakuniga qadar | ||||
5. YAMMT direksiyasi bilan “kasb vaucheri”ni joriy etish va hisobini yuritish boʻyicha dasturiy taʼminotni yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan shartnoma tuzish. | 2025-yil avgust | ||||
6. | Kasb va xorijiy tillarga oʻqitishda vaucher tizimini toʻliq joriy etish | 1. Vaucher tizimini Toshkent shahri va Samarqand viloyati tajribasidan kelib chiqib, respublika miqyosida keng joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish. | 2025-yil sentabr | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Kasbiy koʻnikmalar markazlarida vaucher tizimini joriy etishni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirish. | |||||
3. Vaucher tizimi asosida oʻqitishga oʻtgan kasbiy koʻnikmalar markazlarini saqlash xarajatlarini qoplash imkoni boʻlmaganda, ularni moliyalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. Bunda kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazlarining ham vaucher tizimida ishtirok etish huquqi boʻlib, amaldagi moliyalashtirish mexanizmi saqlab qolinadi. | 2025-yil noyabr | ||||
4. YAMMT direksiyasi bilan vaucher tizimini respublika miqyosida toʻliq joriy etish va hisobini yuritish boʻyicha dasturiy taʼminotni takomillashtirish va saqlash yuzasidan shartnoma tuzish. | 2025-yil avgust | ||||
7. | Stipendiya toʻlovlarini takomillashtirish | 1. Muddati uch oydan ortiq davom etadigan kasb-hunar kurslarida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan shaxslar, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzolari, shuningdek, boshqa hududdan qatnab taʼlim oladigan shaxslarga stipendiya toʻlash. Bunda boshqa hududdan qatnab taʼlim oladigan shaxslar deganda quyidagilar nazarda tutiladi: taʼlim olayotgan hududga boshqa maʼmuriy hududdan qatnaydigan shaxslar; taʼlim olayotgan hududda yotoqxona yoki boshqa turar joylarda yashab, kurslarda tahsil oladigan shaxslar. | Farmon qabul qilingan kundan | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Jamgʻarma hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya toʻlash. Bunda ishsizlik nafaqasi oluvchi oʻquvchilarga stipendiya tayinlanmaydi va ishsizlik nafaqasi toʻlanishi toʻxtatilmaydi. | |||||
3. Farmon eʼlon qilingunga qadar tayinlangan stipendiyalarni muddati tugagunga qadar toʻlash. | |||||
8. | Kasbiy koʻnikmalar markazini muayyan kasbga ixtisoslashtirish | 1. Hududlar ixtisoslashuvi va imkoniyatlarining tahlili asosida kamida bittadan kasbiy koʻnikmalar markazini muayyan kasbga ixtisoslashtirish chora-tadbirlarini tasdiqlash. | Uch oy muddatda | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, xalqaro tashkilotlarning grant va qarz mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Vazirlik xususiy sektor bilan hamkorlikda hamda yirik ish beruvchilarni kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb qilgan holda ixtisoslashuvni tashkil qilish. | 2025 — 2027-yillarda | ||||
3. Vazirlik kasbiy koʻnikmalar markazlarida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan holda tayyorlash, mahorat darslari oʻtkazish, kasblar boʻyicha malaka oshirishni hamda ushbu kasblar boʻyicha xususiy sektor bilan hamkorlikda malakani baholash markazlarini tashkil etish. | |||||
9. | Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha xalqaro va milliy sertifikatlash tizimini tashkil etish | 1. Olmazor tumani Kasbiy koʻnikmalar markazi binosida Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazini tashkil etish. | 2026-yil avgust | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalari |
2. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish (CIPDning rasmiy vakili sifatida PwC bilan) hamda mehnatni muhofaza qilish yoʻnalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish. | 2026-yil fevral | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | |||
3. Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish yuzasidan kasbiy standartlar, oʻqitish dasturlari va sertifikatlash tizimini joriy etish boʻyicha PwC bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish. | 2025-yil sentabr | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | |||
4. Mehnatni muhofaza qilish yoʻnalishlarida kasbiy standartlar va malakani baholash dasturlarini ishlab chiqish jarayonida eng maqbul taklifni tanlab olish asosida kompaniyalarni (mustaqil ekspertlar) jalb etish yoki ushbu standartlar va dasturlarni ishlab chiqishga xususiy sektorni bevosita jalb qilish. | 2025-2026-yillarda | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari | |||
5. Xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlash tizimi boʻyicha oʻqitishni PwC bilan birgalikda tashkil qilish. | 2025-yil oktabr | Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari | |||
Bunda vazirlik tomonidan kamida 200 nafar CIPD sertifikatini olishi talab etiladigan mutaxassislar boʻyicha vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalari taqsimotini tasdiqlash. | |||||
Vazirlik va idoralar, tijorat banklari va davlat korxonalarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tuzilma rahbarlarini reja boʻyicha oʻqitishni taʼminlash. | 2025-2026-yillarda | ||||
6. Xususiy sektordan hamkor tanlash orqali inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha malakani baholash markazini tashkil etish. | 2025-2026-yillarda | - | |||
7. Olmazor tumani Kasbiy koʻnikmalar markazi binosini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining ishsizlik boʻyicha nafaqalar, ishsizlarga kompensatsiyalar, stipendiyalar, moddiy yordam va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlari hisobidan jamgʻarmaning yillik rejasiga oʻzgartirishlar kiritgan holda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil may oyiga qadar | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | |||
10. | Kasbiy koʻnikmalar markazlari ishini tashkil etish, muvofiqlashtirish va oʻquv-metodik taʼminlash markazini tashkil qilish | Kasbiy koʻnikmalar markazlaridagi marketolog shtatlarini maqbullashtirgan holda Respublika kasbiy koʻnikmalar markazidagi 10 ta shtatdan iborat boshqarmaning shtatlari sonini 5 taga oshirib qayta tashkil etish. Bunda Respublika kasbiy koʻnikmalar markazi rahbari hamda kasbiy koʻnikmalar markazlarini muvofiqlashtirayotgan boshqarma (15 shtat): barcha kasbiy koʻnikmalar markazlari va oʻquv dasturlarini muvofiqlashtiradi; kasb-hunarga oʻqitishni uch bosqichli tizimga oʻtish grafigi boʻyicha vazifalarning bajarilishi monitoringini yuritadi; ayrim kasbiy koʻnikmalar markazlarining ixtisoslashuviga koʻmaklashadi; vaucher bilan bogʻliq mablagʻlar hisobidan saqlanmaydi va ularning mehnatiga haq toʻlashda vazirlik xodimlariga qoʻllaniladigan koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyenti tatbiq etiladi hamda faoliyati bilan bogʻliq xizmat safarlariga mablagʻlar ajratiladi. | 2025-yil oktabr | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
III. Mehnat huquqlarini himoya qilish choralari samaradorligini oshirish | |||||
11. | Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish | Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish maqsadida Mehnat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish: a) yozma shaklda rasmiylashtiriladigan hujjatlar elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi orqali tasdiqlanganda, qogʻoz shaklidagi hujjatga qoʻlda shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga ega ekanligini belgilash; b) ishga qabul qilish va doimiy boshqa ishga oʻtkazishni faqat mehnat shartnomasini tuzish yoki oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoʻli bilan rasmiylashtirish, bunda buyruq bilan rasmiylashtirish tartibini bekor qilish; v) mikrofirmalar jumlasiga kiritilgan ish beruvchilarda xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlarini xodimlar soni 50 nafargacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllash; g) elektron shakldagi mehnat daftarchasi shakllantirilgan xodimlarga nisbatan qogʻoz shakldagi mehnat daftarchasini yuritishni bekor qilish; d) mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxatini barcha toifadagi tashkilotlar uchun mehnat shartnomasida ham belgilashga ruxsat berish; j) Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, bir oydan kechiktirmay ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilishi talabini bekor qilish. | 2025-yil avgust | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi |
12. | Ish beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish | 1. Mehnat munosabatlarini “bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida qonunchilikka quyidagilarni bekor qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish: boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi; boʻsh ish oʻrinlariga mehnat organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun javobgarlik chorasini bekor qilish. | 2025-yil avgust | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi |
2. Budjet va budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning oʻz dasturlarini integratsiya qilish orqali boʻsh ish oʻrinlari mavjudligini aniqlash imkoniyatini yaratish. | 2025-yil oktabr | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
13. | Norasmiy bandlikni qisqartirish hisobiga xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish | Qurilish sohasida norasmiy bandlik boʻyicha qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan ish beruvchilarning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi reyting ballarini pasaytirish tizimini joriy etish. | 2026-yildan boshlab | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
14. | Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlikka tortish tizimini soddalashtirish | Mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan qonun buzilishlarining aniq roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Biznes-ombudsman |
15. | Maʼmuriy huquqbuzarliklarni soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish tizimini yaratish | 1. YAMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz koʻrib chiqish hamda qonun buzilishi holatlari boʻyicha elektron maʼmuriy qaror qabul qilish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2025-yil oktabr | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi |
2. Elektron shaklda qoʻllanilgan maʼmuriy qarorlar hamda mehnat inspektorlari tomonidan yuboriladigan boshqa barcha hujjatlarni YAMMT orqali ish beruvchining shaxsiy kabinetiga yuborish va xabarlarni qabul qilish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil oktabr | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
3. Istisno tariqasida, 2026-yil 1-yanvargacha “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qaydlarni 15 kungacha maʼmuriy jazo qoʻllamagan holda qabul qilish tizimini joriy etish. | - | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
16. | Davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar oʻtkazish tartibini qonunchilikda belgilash | Davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar oʻtkazish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: tadbirkorlik subyekti nomi aniq boʻlmagan holatlarda tekshiruv tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda huquqbuzarlik sodir etilgan obyektni (manzilni) koʻrsatgan holda tekshiruv oʻtkazish; davlat mehnat inspektorlarining qonun buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarmagan ish beruvchilarda tekshiruv oʻtkazish; ish beruvchini tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan uning YAMMTdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilish; tekshiruv davomida faoliyati legallashtirilgan ishchilarga ish haqi hisoblanmasligi qayta tekshiruv oʻtkazishga asos boʻlishini nazarda tutish. | 2025-yil dekabr | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi |
17. | Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish | Quyidagilar boʻyicha belgilangan tartibda taklif kiritish: tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlaridagi davlat mehnat inspektorlarining shtat birliklarini hududiy boshqarmaning Davlat mehnat inspeksiyasi shtat birligiga oʻtkazish; Davlat mehnat inspeksiyasida mazkur shtat birliklari doirasida qishloq xoʻjaligi boʻyicha davlat mehnat inspektorlari lavozimini joriy etish. | 2025-yil avgust | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
18. | Norasmiy bandlikka yoʻl qoʻygan ish beruvchilarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish | Norasmiy bandlikka yoʻl qoʻygan ish beruvchilarga nisbatan birinchi marta bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, takroran sodir etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida maʼmuriy javobgarlik choralarini joriy etish yuzasidan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil avgust | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
19. | Qisqarayotgan ish oʻrinlarini raqamli monitoring qilish va bandlikni taʼminlash | 1. Bandlik organlari tomonidan ish beruvchilarning tugatilishi toʻgʻrisidagi xabarni olgan kundan boshlab ish oʻrinlari qisqarayotgan fuqarolarga ish taklif qilish amaliyotini joriy etish. | 2026-yil yanvar | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. YAMMT direksiyasi bilan dasturiy taʼminotni yaratish, amaliyotga joriy etish va texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shartnoma tuzish. | |||||
20. | Xalqaro konvensiyalar ijrosi boʻyicha maʼlumot berish tizimini takomillashtirish | Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyalari ijrosi yuzasidan hisobotlarni tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda tayyorlash, shuningdek, mazkur hisobotlarni Xalqaro Mehnat Tashkilotining tegishli Qoʻmitalariga oʻz vaqtida taqdim etib borish maqsadida Respublika idoralararo ishchi guruhini tashkil etish. Ishchi guruhning masʼul idorasi sifatida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligini belgilash. | 2026-yil yanvar | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
IV. Vazirlik faoliyatini takomillashtirish va raqamlashtirish | |||||
21. | Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari institutini yangi bosqichga olib chiqish | 1. Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti faoliyatini takomillashtirish maqsadida mustaqil tashkilotni yollash hamda institut nizomini qayta ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil oktabr | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Institut rahbar va xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlarini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari uchun belgilangan shartlarga tenglashtirish va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan saqlanishini davom ettirish boʻyicha taklif kiritish. | - | ||||
22. | Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida yangi loyihani amalga oshirish | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish, tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari xodimlarining ish samaradorligini oshirish, vaucherlar asosida moliyalashtirish tizimini malaka oshirishga tatbiq etish, oʻzini oʻzi band qilganlarning xodimdan ish beruvchiga aylanishiga koʻmaklashishga qaratilgan loyiha konsepsiyasini ishlab chiqib, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritish. | 2025-yil sentabr | - | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ushbu loyiha konsepsiyasida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Jahon banki bilan muzokaralar oʻtkazish. | Muzokaralar natijasiga koʻra | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi | ||
23. | Ish beruvchilar va yollanma ishchilar oʻrtasidagi jarayonni raqamlashtirish | 1. “Mening ishim” platformasini ishga tushirish va platforma orqali: yollanma ishchilarning taklifiga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan ularni ishga yollash imkoniyatini yaratish; yollanma ishchilarning kasb va malaka sertifikatlari, ularning ish tajribasi hamda malakasini tasdiqlovchi hujjatlarini koʻrish imkoniyatini yaratish; ish beruvchi va yollanma ishchilar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmini joriy etish. | 2026-yil iyun | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi |
2. “Mening ishim” platformasini yaratish, ishga tushirish va saqlash yuzasidan YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||||
24. | “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini takomillashtirish | 1. Ish beruvchilarga chet ellik fuqarolar uchun mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olishni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan birgalikda YAMMT kompleksidan ish beruvchining shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish. Bunda ish beruvchining shaxsiy kabinetida quyidagi amallarni bajarishga ruxsat beriladi: a) chet ellik fuqarolar bilan mehnat munosabatlarini tuzishdan avval elektron mehnat shartnoma loyihasini shakllantirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani olish boʻyicha ariza berish; b) mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma muddatini uzaytirish boʻyicha elektron shaklda ariza berish. Bunda ariza yuborilgandan soʻng ish beruvchiga chet ellik fuqaro bilan mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish imkoniyati nazarda tutiladi. 2. YAMMT kompleksi orqali yuborilgan murojaatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov miqdoridan 20 foizini YAMMT direksiyasiga, qolgan qismini Mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga oʻtkazish. 3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomaning tugash muddati yaqinlashganda, tasdiqnoma muddatini uzaytirish yoki chet ellik fuqaro bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha ish beruvchining shaxsiy kabinetiga eslatma yuborish. 4. Tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi sababli ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoni boʻlmaganda, YAMMT direksiyasiga fuqaroning murojaatiga asosan mehnat munosabatlari haqiqatda tugaganligi toʻgʻrisidagi qaydlarni YAMMTga kiritish vakolatini berish. Bunda tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi soliq organlarining maʼlumotlar bazasiga muvofiq aniqlanadi. 5. Ushbu xizmatlarni ishga tushirish va ishlashini taʼminlash maqsadida YAMMT direksiyasi bilan shartnoma tuzish va moliyalashtirish. | 2025-yil yakuniga qadar | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
25. | Tizimda boʻlayotgan islohotlarni va rasmiy | Ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, xususan, fuqarolar va ish beruvchilarni rasmiy bandlikning afzalliklari, ish beruvchilar uchun yengilliklar toʻgʻrisida xabardor qilish, bu borada jamoatchilik fikrini oʻrganish, “Kasb egalla — kelajakni taʼminla” hamda “Har bir halol mehnat — barqaror kelajak poydevori” yoʻnalishlarida videokontentlar yaratish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Kambagʻallik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MCHJ bilan shartnoma tuzish. | Doimiy | Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2-ILOVA
Lavozimi boʻyicha | — | Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari |
J. Mirzamahmudov | — | energetika vaziri, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosari |
S. Mirzayev | — | Hisob palatasi raisining oʻrinbosari |
J. Abruyev | — | Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining oʻrinbosari |
N. Saydullayev | — | Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
L. Kudratov | — | investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri |
Sh. Xidoyatov | — | qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri |
A. Rahmatullayev | — | ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
B. Mamatkarimov | — | energetika vazirining birinchi oʻrinbosari |
Sh. Daliyev | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
Lavozimi boʻyicha | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari |
M. Mirzayev | — | Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
Sh. Alirizayev | — | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi oʻrinbosari |
X. Mustafayev | — | iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
F. Tashpulatov | — | sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari |
T. Komilov | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari |
Yu. Usmonov | — | madaniyat vaziri oʻrinbosari |
M. Ismailov | — | sport vaziri oʻrinbosari |
X. Sotiyev | — | favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari |
X. Eshqoʻziyev | — | Oʻzenergoinspeksiya boshligʻi |
M. Egamberdiyev | — | Majburiy ijro byurosi direktori |
A. Tashpulatov | — | Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi |
A. Jumanazarov | — | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori |
K. Kuranbayev | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi |
D. Vahobov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
A. Askarov | — | “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi |
M. Xodjayev | — | “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi |
D. Isakulov | — | “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi |
A. Isakov | — | “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi |
A. Agzamov | — | “UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisi |
A. Sanginov | — | “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi |
B. Jurayev | — | “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi |
B. Sidiqov | — | “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi |
E. Yakubov | — | “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosari |
2-ILOVA
T/r | Xizmatlarning nomlanishi | Muddati |
1-bosqich. Loyihani Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba-sinov sifatida joriy etish doirasida | ||
1. | Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher taqdim etish | 2024-yil 1-dekabrdan |
2. | “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning vakillari hamda “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish | 2025-yil 1-oktabrdan |
3. | Sogʻlomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yoʻllanma berish | |
4. | Bepul dori vositalari bilan taʼminlash | |
2-bosqich. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish doirasida | ||
5. | Shahar yoʻlovchi transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish | 2026-yil 1-yanvardan |
6. | Yashash joyi boʻyicha maʼmuriy tuman doirasidagi qishloq joylarda umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida (taksi bundan mustasno), shuningdek, shahar atrofida qatnovchi temir yoʻl transportida va shahar atrofi yoʻnalishlaridagi avtobuslarda bepul yurish | 2026-yil 1-apreldan |
7. | Yashash joyidan davolanish, dispanser, ambulator yoki klinik kuzatuv joyigacha transportda bepul (taksidan tashqari) borish va kelish | |
8. | Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot xizmatidan foydalanganda ikki tomonga borish-kelish xarajatlarini toʻlash | |
9. | Temir yoʻl transportida yilda bir marta bepul yurish (borish va kelishga), temir yoʻl qatnovi mavjud boʻlmagan tumanlarda havo, suv yoki shaharlararo avtomobil transportida chiptalarni birinchi navbatda sotib olish huquqi bilan yurish | |
10. | Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari xaridi uchun vaucher taqdim etish | |
11. | Sogʻlomlashtirish uchun sihatgohlarga bepul yoʻllanma berish | |
12. | Bepul dori vositalari bilan taʼminlash | |
13. | Imkoniyati cheklangan yoshlarni “Imkon taʼlim” granti doirasida axborot texnologiyalari sohasida grant asosida bepul oʻqitish | |
14. | Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish | |
15. | Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozlari | |
16. | Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi | 2026-yil 1-iyuldan |
17. | Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi | |
18. | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi | |
19. | Bolaligidan nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki onani doimiy parvarish zarurligi sababli jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan ozod qilish huquqi | |
20. | Shaxsning mulkidagi oltmish kvadrat metr doirasidagi mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod qilinganligi huquqi | |
21. | Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyoz huquqi | |
22. | Soliqni qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashga imtiyoz huquqi | |
23. | Davlat ijtimoiy obyektlarida (teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, sport va fitnes majmualari, hayvonot bogʻlari, sirklar, kinoteatrlar, sanatoriy-kurort zonalari, istirohat bogʻlari, botanika bogʻlari), konsert-tomosha va boshqa tadbirlarda xizmatlardan bepul yoki imtiyozli foydalanish | 2027-yil 1-yanvardan |
3-bosqich. Koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar roʻyxatini kengaytirish | ||
24. | Doimiy yashash joyigacha yoʻl haqi xarajatlarini qoplash | 2027 — 2030-yillar |
25. | Uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish | |
26. | Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ixtisoslashtirilgan muassasalarda koʻrsatish | |
27. | Taʼlim xizmatlarini koʻrsatish (malaka oshirish, qayta tayyorlash, yangi kasblarga oʻrgatish, tayyorlov kurslari va hokazo) | |
28. | Oliy yoki oʻrta maxsus professional taʼlim olish uchun kontrakt toʻlovining bir qismini qoplash | |
29. | Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni saqlash va tarbiyalash uchun xizmatlarni sotib olish | |
30. | Alohida toifadagi aholi (nogironligi boʻlgan shaxslar, pensiya yoshidagi shaxslar va boshqalar) uchun sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanish xizmatlarini sotib olish | |
31. | Alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari xizmatlarini sotib olish | |
32. | Sogʻligʻi tufayli internatga joylashtirish imkoni boʻlmagan alohida taʼlimga ehtiyojlari boʻlgan bolalarni uyda oʻqitish xizmatlarini sotib olish | |
33. | Davlat oliy taʼlim muassasalariga kvotali oʻrinlarga grant asosida kirishda imtiyoz berish | |
34. | Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yoʻli bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketayotgan shaxslarga mikroqarz olish uchun imtiyoz berish | |
35. | Tadbirkorlik subyektlarining xotin-qizlar doimiy bandligini taʼminlash maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan va kredit olishdan voz kechgan ayollarni ishga joylashtirishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish uchun imtiyozli bank kreditini olish huquqi | |
36. | Tomorqadan va dehqon xoʻjaligidan daromad manbai sifatida foydalanish uchun imtiyozli kredit olish huquqi | |
”; | ||
“ | ||||
14. | Ayrim tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplash mexanizmini takomillashtirish. | 1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba-sinov tariqasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning vakillari hamda “Kambagʻal oilalar reyestri” axborot moduliga kiritilgan oilalarning vakillari boʻlgan jismoniy shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda tegishli hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil oktabr — dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. Tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish tizimini respublikaning boshqa hududlarida joriy etish va zaruratga koʻra Hukumat qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. | 2026-yil 1-yanvardan boshlab | |||
”; |
“ | ||||
25. | Ijtimoiy himoya davlat dasturlari doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga kompleks bank xizmatlarini koʻrsatish va bunday dasturlarni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini joriy etish vazifalarini hisobga olgan holda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda ijtimoiy rivojlanish tijorat bankini tashkil etish. | 1. Vazifalar majmuasini aniqlash va moliyaviy tashkilot yaratishning maqsadga muvofiqligini ishlab chiqish, shu jumladan, mablagʻlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanish manbalari va tartibini aniqlash. | 2025-yil fevral | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xususiy, shu jumladan institutsional investorlarni jalb qilgan xolda ijtimoiy rivojlanish sohasida zamonaviy raqamli tijorat bankini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish. | 2026-yil iyun | |||
3. Moliyaviy tashkilotni yaratish boʻyicha tashkiliy-huquqiy masalalarni hal qilish. | 2026-yil dekabr | |||
”; |
“ | |||
591. | Urganch shahri | - | Xorazm viloyati kasbiy koʻnikmalar mintaqaviy markazi |
”; |