22.06.2026 yildagi KQ-360-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida masʼul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash boʻyicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat, tuman, shaharlardagi Xalq qabulxonalarining axborotlarini, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishning namunaviy tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga 10 kun muddatda mazkur Qaror bilan tasdiqlangan namunaviy tartibdan kelib chiqib, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat, tuman, shaharlardagi Xalq qabulxonalarining axborotlarini, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi (Q. Muqumov) ushbu Qarorning ijrosini taʼminlashda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga va ularning kotibiyatlariga amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-360-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ-360-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat, tuman, shaharlardagi Xalq qabulxonalarining axborotlarini, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu namunaviy tartib Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-54-V-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmoniga asosan ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur namunaviy tartib xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sessiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat, tuman, shaharlardagi Xalq qabulxonalarining (bundan buyon matnda Xalq qabulxonalari deb yuritiladi) tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisidagi axborotlarini (bundan buyon matnda axborot deb yuritiladi), hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha hisobotlarini (bundan buyon matnda hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisoboti deb yuritiladi) eshitish tartib-taomillarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq qabulxonalarining axboroti, shuningdek hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisoboti tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) sessiyalarida eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida tuman (shahar) hokimlarining, Toshkent shahar Kengashi sessiyasida tuman hokimlarining hisobotlari eshitilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xalq qabulxonalarining axborotini, shuningdek hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini eshitishga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq qabulxonalari har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar tegishli mahalliy Kengashga hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy Kengash raisi Xalq qabulxonasi tomonidan taqdim etilgan axborotni koʻrib chiqish uchun masʼul doimiy komissiyani belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul doimiy komissiya Xalq qabulxonasi tomonidan taqdim etilgan axborotni oʻrganib chiqadi va aholi murojaatlarida eng koʻp koʻtarilgan masalalar hamda murojaatlar bilan ishlashdagi muammolardan kelib chiqqan holda hokimning, tegishli hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini mahalliy Kengash sessiyasida eshitish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hokimning hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini mahalliy Kengash sessiyasida eshitish yuzasidan takliflar Kengash raisiga taqdim etiladi, unda hokimning, shuningdek qaysi hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini eshitish koʻrsatiladi va buning zaruriyati asoslantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hokimlarning hisoboti har chorakda mahalliy Kengash sessiyasida eshitilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hokimning hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini eshitish mahalliy Kengash ish rejalariga, qarorlariga, mahalliy Kengash, uning boshqa doimiy komissiyalari (muvaqqat komissiyalari), partiya guruhlari, shuningdek, deputatlar tashabbusiga muvofiq oʻtkazilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq qabulxonalari, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ularning tegishincha axboroti (hisoboti) mahalliy Kengash sessiyasida eshitilishi toʻgʻrisida, qoida tariqasida, kamida 10 kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hokimlar, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan hokimlik, davlat organi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati boʻyicha hisobotlariga doir materiallarni mahalliy Kengash sessiyasi oʻtkazilish sanasidan kamida 5 kun oldin Kengashga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalliy Kengashning doimiy komissiyasi zarur hollarda hokimlarning hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hisobotlarini eshitishga tayyorlash uchun ishchi guruh tuzishi hamda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahalliy Kengashning doimiy komissiyasi axborotga (hisobotga) doir materiallarni oʻrganish davomida quyidagilarni tahlil qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan murojaatlarning (shu jumladan takroriy murojaatlarning), ularning hududlar va sohalar boʻyicha sonini, ulushini, oʻsish va kamayish dinamikasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik, hududiy davlat organlari va tashkilotlari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish borasidagi faoliyati samaradorligini, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarda koʻtarilgan, shu jumladan eng koʻp koʻtarilgan masalalarning hal etilishi holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi murojaatlari bilan ishlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijro etilish holatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini eshitish yakuni boʻyicha ilgari qabul qilingan mahalliy Kengash qarorlarining ijrosi holatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotiga va uni taqdim etishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari hisoboti tegishincha hokim, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisobotda, qoida tariqasida, quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholi murojaatlari bilan ishlash sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib hokimlikning, davlat organining amalga oshiradigan asosiy vazifalari va bu borada amalga oshirilgan ishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ishlash boʻyicha maxsus boʻlinma (xodimlar) faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlikning, davlat organining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vazifalarini takomillashtirish, masʼuliyatini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kelib tushgan murojaatlarga doir statistik maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrida hokimlikka, tegishli davlat organiga kelib tushgan murojaatlarning (ariza, taklif va shikoyatlar), shuningdek ularning hududlar, sohalar boʻyicha tahlili hamda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarning qaysi toifadagi shaxslardan (nogironlar, kam taʼminlanganlar, ayollar, voyaga yetmaganlar, ishsiz fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, tadbirkorlar va boshqalar) kelib tushganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik, davlat organi xodimlari xatti-harakatlaridan norozi boʻlib yoʻllangan murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) murojaatlarni koʻrib chiqilishiga doir maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilgan (shu jumladan qanoatlantirilgan, asossiz deb topilgan yoki tushuntirish berilgan), boshqa davlat organlariga yuborilgan, koʻrmasdan qoldirilgan murojaatlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ishlashdagi kamchiliklar, qonun buzilishi holatlari, koʻrib chiqish muddatlariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) murojaatlardagi muammolarni hal etishga doir koʻrilgan amaliy choralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomonidan murojaatlarda eng koʻp koʻtarilayotgan tizimli muammolar, ularning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, ularni hal etish boʻyicha koʻrilgan amaliy choralar, rejalashtirilgan tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takroriy va jamoaviy tusdagi murojaatlar va ular bilan ishlash holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi murojaatlaridan kelib chiqib, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar, tizimli muammolarni bartaraf qilish yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga kiritilgan takliflar, ularning natijasiga doir maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) fuqarolar qabuli, shu jumladan sayyor va ommaviy qabullar oʻtkazilgani va aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni hal qilish boʻyicha koʻrilgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) aholi murojaatlarini qabul qilish uchun yaratilgan qulayliklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonch telefoni tashkil etilganligi va faoliyat yuritishi (raqami, kelib tushgan murojaatlar, ularning koʻrib chiqilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-sayt yoki boshqa axborot kommunikatsiya-texnologiyalari orqali aholi murojaatlarini qabul qilish imkoniyati yaratilganligi (kelib tushgan murojaatlar, ularning koʻrib chiqilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ishlash jarayonlarining raqamlashtirilganlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etmaganlik holatlari yuzasidan masʼul xodimlarga nisbatan koʻrilgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Xalq qabulxonasi tomonidan kiritilgan talabnoma, taqdimnoma, koʻrsatmalar va ularning koʻrib chiqilishi (ijro etilishi) boʻyicha amalga oshirilgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarning koʻrib chiqilishi, asosli murojaatlarni hal etish, murojaatlar boʻyicha munosabat bildirish boʻyicha olib borilgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) quyi turuvchi tashkilotlarning aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha koʻrilgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali murojaatlar bilan ishlash faoliyati, hududda muammolarni hal qilish boʻyicha koʻrilgan choralar, kelgusida bajariladigan ishlar va rejalar haqida keng jamoatchilikka batafsil axborot berish holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish boʻyicha koʻrilgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hisobotda murojaatlar va ularning koʻrib chiqilishiga doir maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda jadvallarda, diagrammalarda koʻrsatilishi maqsadga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xalq qabulxonalarining axborotlarini, shuningdek hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalq qabulxonalarining axboroti, hokimlar hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari dastlabki tarzda tegishli doimiy komissiya majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya majlisida Xalq qabulxonasi mudiri oʻrinbosari axborot, shuningdek hisoboti eshitiladigan rahbar hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya Xalq qabulxonasining axboroti, hokim hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisoboti yuzasidan mahalliy Kengashning qarori loyihasini, hisobotni eshitish natijalaridan kelib chiqqan holda tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining faoliyatiga baho berish yuzasidan takliflarni va boshqa zarur materiallarni tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalq qabulxonasining axborotini, hokim hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini doimiy komissiya majlisida dastlabki tarzda koʻrib chiqish, ushbu masalani mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish va sessiyani oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kengashining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahalliy Kengashning sessiyasida Xalq qabulxonasi mudiri oʻrinbosari axborot, shuningdek hokim hamda tegishli davlat organi va tashkiloti rahbari hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashning sessiyasida Xalq qabulxonasining jamoatchilik asosida rahbari axborot berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xalq qabulxonasining axborotini, hokimning hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha mahalliy Kengash qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mahalliy Kengashning qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi aholidan Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar, ularning sohalar, hududlar boʻyicha soni, oʻsish kamayish dinamikasi, koʻrib chiqilishi, tegishli organlarga yuborilishi va boshqa masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hokimlikka, davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan murojaatlar, ularni koʻrib chiqish borasida, shuningdek hokimlik, davlat organi va tashkiloti tomonidan sohaga oid boshqa vazifalarning ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar, foydalanilmagan imkoniyatlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonasining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi muammolarini hal etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar va bu boradagi kamchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ishiga berilgan baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim, davlat organlari va tashkilotlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish va kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan dolzarb masalalar yuzasidan taklif hamda aniq va muddatli topshiriqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlat organlari va tashkilotlariga hisobot (axborot) natijalari yuzasidan beriladigan tavsiya va topshiriqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning ijro etilish muddatlari va uning nazorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning kuchga kirish sanasi va eʼlon qilinishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha faoliyati qoniqarsiz deb topilgan taqdirda, uning yuqori turuvchi idorasiga ushbu rahbarning masʼuliyati va faoliyati samaradorligini oshirish yoki egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mahalliy Kengashning qarori tegishli davlat organlariga, zarur hollarda yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari mahalliy Kengash qarorlarining ijrosi holatini oʻrganib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mahalliy Kengash sessiyalarida Xalq qabulxonasining axborotini, hokimlar hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotini eshitishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida tegishli materiallar belgilangan muddatlarda tayyorlanishi, qonunchilikka muvofiqligi, unda koʻrsatilgan maʼlumotlar asosliligi uchun mahalliy Kengashning tegishli doimiy komissiyasi hamda mahalliy Kengash kotibiyati javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Namunaviy tartib buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.