28.01.2025 yildagi KQ-54-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlik nazorati sohasidagi faoliyatini tartibli yoʻlga qoʻyishni tashkil etishga koʻmaklashish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mazkur Namunaviy tartibni oʻz sessiyalarida koʻrib chiqish va uning asosida tegishli tartibni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlardagi davlat organlari rahbarlarining hisoboti (axboroti)ni eshitishga doir nazorat tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot (axborot)larni eshitish uchun tayyorgarlik jarayonlariga Kengashlar huzuridagi Ekspertlar guruhlari aʼzolarini jalb etish, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi (Q. Muqumov) mazkur Qarorning ijrosini taʼminlashda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga amaliy va uslubiy koʻmak koʻrsatib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (A. Tuychiyev) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-54-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-54-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibi (bundan buyon matnda Namunaviy tartib deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Namunaviy tartib xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining (bundan buyon matnda mansabdor shaxs deb yuritiladi) hisoboti (axboroti)ni eshitishga oid deputatlik nazorati tadbirini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish mahalliy Kengash ish rejalariga, qarorlariga, mahalliy Kengash, uning doimiy komissiyalari (muvaqqat komissiyalari), partiya guruhlari, shuningdek, deputatlar tashabbusiga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy Kengash sessiyalarida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti) eshituvi deputatlik nazoratining alohida shakllaridan biri boʻlib, uning faoliyatiga doir masalalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, tegishli mahalliy Kengash qarorlari, uning doimiy komissiyalari (muvaqqat komissiyalari) tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisoboti (axboroti)ni eshitishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga, shuningdek, ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliy Kengash tomonidan mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitishdan asosiy maqsad dolzarb hududiy muammolarni aniqlash va ularni hal qilish boʻyicha choralar belgilashdan iborat boʻlib, bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda, Oliy Majlis palatalarining qarorlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlari bilan mamlakatni va hududlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yoki axborot beruvchi organ oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarining, uning yillik va oraliq reja va dasturlarini ishlab chiqishda eʼtiborga olganligiga shuningdek, ularning toʻliq bajarilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reja va amalga oshirilgan ishlarining davlat tomonidan olib borilayotgan islohotlarga, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalariga hamohangligiga, rejadagi tadbirlar samarali, natijador boʻlganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yoki axborot beruvchi organ oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarining bajarilmay qolganligi sabablariga, ularni kelajakda bajarish imkoniyatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy muammolarini oʻrganish va ularni hal etish borasida aniq raqamlarga asoslangan maʼlumotlarga, “mahalla yettiligi bilan hamkorligiga, mahallalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishiga, kambagʻallikni qisqartirishga, mahallalardagi muammolarni hal etish borasidagi ishlar holatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada korrupsion holatlarning oldini olish va unga qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan tadbirlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet mablagʻlaridan tejamkorlik bilan samarali foydalanilishiga, amalga oshirilgan davlat xaridlari va ularning qonuniyligi va asosliligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash, deputatlar, doimiy komissiyalar, siyosiy partiya guruhlarining topshiriqlari, tavsiyalari, soʻrovlariga oʻtgan davr mobaynida qanchalik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vaqtida va samarali munosabat bildirilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur organ boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari maʼlumotlari tahliliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yoki axborot beruvchi organning faoliyatini baholash boʻyicha mezonlar, indikatorlar, reytinglar mavjud boʻlgan holda ulardagi oʻriniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yoki axborot beruvchi organning faoliyatini oxirgi 3 yillikdagi tahliliga koʻra ushbu soha yoki yoʻnalishda oʻsish yoki pasayish koʻrsatkichlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug yoki mahallalar kesimida maʼlumotlar, natijadorlik mavjudligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq qabulxonalariga, yuqori turuvchi davlat organlariga ushbu organ faoliyati boʻyicha tushgan murojaatlar, shuningdek, aholi tomonidan yoʻllanayotgan murojaatlardagi muammolarni hal qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yoki axborot beruvchi organ faoliyatida ochiqlik va shaffoflikning taʼminlanganligiga, amalga oshirgan ishlari, yillik rejalarni bajarilishi boʻyicha oʻzining rasmiy saytlari orqali keng jamoatchilikka maʼlumotlarni oʻz vaqtida yetkazayotganlik darajasiga, faoliyati boʻyicha ijtimoiy tarmoqlardagi fikr-mulohazalar tahliliga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat vakillik va ijroiya hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakolat va imkoniyatlaridan foydalangan holda oʻzi rahbarlik qilayotgan sohani rivojlantirish yuzasidan hamkorlik qilish yoʻnalishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va xorijiy tajribalarni eʼtiborga olgan holda sohada ishga solinmagan rezervlar va tashabbuslar hisobidan oʻsish nuqtalari, modernizatsiya va transformatsiya istiqbollari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy natijadorligi masalalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yoki axborot yakunida mazkur organ tomonidan qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini yaxshilash boʻyicha takliflar ilgari surilganligiga, mahalliy Kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha taklif kiritilganligiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni mahalliy Kengashning doimiy komissiyasida dastlabki tarzda koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish ishlarini tashkil etish, shu jumladan tayyorgarlik koʻrish, tegishli qaror loyihalarini ishlab chiqish va boshqa choralarni koʻrish mahalliy Kengash raisi belgilagan doimiy komissiya yoxud komissiyalar (bundan buyon matnda masʼul Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti) eshituviga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrish maqsadida hamda tegishli materiallar va hujjatlarni puxta hamda sifatli tayyorlash uchun masʼul Komissiya tomonidan ishchi guruh tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga deputatlar, mahalliy Kengash huzuridagi ekspert guruhi aʼzolari, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Masʼul Komissiya ishchi guruh bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengash doimiy komissiyalari (muvaqqat komissiyalari) eshituvga doir sohalar boʻyicha amalga oshirgan deputatlik nazorati tadbirlari, shuningdek, oʻtkazilgan konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari natijalarini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshituvga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur boʻlgan materiallarni (tegishli sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, xorijiy mamlakatlar tajribasi, huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelgan muammolar, davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan maʼlumotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻida eʼlon qilingan materiallar va boshqalar) yigʻadi va tahliliy maʼlumot tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshituvda javob olinishi kerak boʻlgan savollarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshituvga oid masalalar boʻyicha zarur axborot materiallarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud materiallar asosida eshituv natijalari boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar loyihalarini va boshqa zarur hujjatlarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda eshituvga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrish maqsadida huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelgan muammolar bevosita tegishli davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, joylarga chiqib oʻrganilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi guruh ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, mahalliy Kengashning nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini oshirish hamda uning faoliyati toʻgʻrisida hudud aholisini muntazam ravishda xabardor qilib borish maqsadida eshituvni oʻtkazishga doir press-reliz loyihasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi guruh tomonidan mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish boʻyicha barcha zarur materiallar tayyorlangandan soʻng, ular masʼul Komissiya majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Masʼul komissiyaning majlisi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Masʼul Komissiya majlisida mansabdor shaxs shaxsan hisobot (axborot) bilan ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mansabdor shaxs uzrli sabablarga koʻra masʼul Komissiya majlisida ishtirok eta olmaydigan taqdirda uning oʻrinbosari maʼruza bilan chiqadi va bu haqda Komissiyaga majlisdan kamida bir kun oldin yozma ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Masʼul Komissiya majlisida dastlab Komissiya raisi majlis kun tartibi, reglamenti, ishtirokchilar tarkibi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtadi. Soʻngra hisobot (axborot) berish uchun soʻzni mansabdor shaxsga beradi hamda uning hisoboti (axboroti) eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti) eshitilgandan soʻng masʼul Komissiya aʼzolari tomonidan unga hisobot (axborot) boʻyicha savol va takliflar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng masʼul Komissiya tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh aʼzolarining fikrlari eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Masʼul Komissiya majlisi soʻngida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni qabul qilish va Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish yoki uni maromiga yetkazish uchun mansabdor shaxsga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Masʼul Komissiya majlisida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish jarayonida aniqlanmagan faktlar, ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan maʼlumotlarga zid axborotlar taqdim etilganda, mazkur maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni maromiga yetkazish boʻyicha qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorda mansabdor shaxsning qaytadan hisobot (axborot) taqdim etish muddati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Masʼul Komissiya majlisida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti) qabul qilingan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot (axborot) eshituvi mahalliy Kengash sessiyasida ochiq yoki yopiq shaklda oʻtkazish masalasi hal qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur masala yuzasidan Kengash sessiyasida maʼruza bilan ishtirok etuvchi masʼul Komissiya aʼzosi belgilab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Masʼul Komissiya qarori Komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti) eshituvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masala mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibiga masʼul Komissiya taklifiga asosan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Masʼul Komissiya tomonidan mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish masalasini mahalliy Kengash sessiyasiga kiritish boʻyicha quyidagi materiallarni masʼul Komissiya qaroriga ilova qilgan holda Kengash raisiga yozma shaklda kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalaga oid huquqni qoʻllash amaliyotida vujudga kelgan muammolar, davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan maʼlumotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan materiallar asosida masʼul Komissiya tomonidan tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar hamda masʼul Komissiyaning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalani sessiyada muhokama qilish boʻyicha olib borish tartibi (hisobot va axborot beruvchilar, masʼul komissiyadan soʻzga chiquvchilar, munosabat bildiruvchilar aniq koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshituv natijalari boʻyicha qabul qilinadigan mahalliy Kengash qarori loyihasi, zarur hollarda chora-tadbirlar dasturi loyihalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Masʼul Komissiya mahalliy Kengash kotibiyati bilan birgalikda Kengash qarori loyihasini tayyorlash uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish masalasi navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgandan soʻng masʼul Komissiya va mahalliy Kengash kotibiyati barcha zarur materiallarni sessiyadan kamida yetti kun oldin mahalliy Kengash deputatlariga tanishish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish masalasi mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilganligi toʻgʻrisidagi xabar sessiya oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin mansabdor shaxsga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish masalasi mahalliy Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgandan soʻng masʼul Komissiya mahalliy Kengash kotibiyati bilan birgalikda majlisda ishtirok etuvchi tegishli davlat organlari va tashkilotlari roʻyxatini shakllantiradi hamda mahalliy Kengash sessiyasi oʻtkaziladigan joy va vaqt haqida ularni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar hisobot (axborot) eshitilishi rejalashtirilayotgan mansabdor shaxsning mahalliy Kengash sessiyasiga kelish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda sessiyadan kamida bir kun oldin oʻzining kela olmaslik sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisobot (axborot) mansabdor shaxsning tegishli oʻrinbosari tomonidan taqdim etilishi yoki ushbu masalani koʻrib chiqish mahalliy Kengashning keyingi sessiyasiga qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mahalliy Kengash sessiyalarida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish mahalliy Kengash sessiyasiga raislik qiluvchining qisqa kirish soʻzi bilan boshlanib, u muhokama qilinadigan masala, eshituvni oʻtkazish tartibi (uning ochiq yoki yopiq shaklda oʻtkazish), taklif etilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mahalliy Kengash sessiyalarida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti) eshituvi ochiq yoki yopiq shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq eshituvga davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek, mutaxassislar, ekspertlar va olimlar taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq eshituvda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq eshituvga faqat koʻrib chiqiladigan masalaga aloqador davlat organlari va tashkilotlarining vakillari taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq eshituvni oʻtkazish xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq eshituvning materiallaridan faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilingan qarorlar ijro etilishi uchun masʼul boʻlgan idoralar foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshituv ochiq shaklda oʻtkazilgan taqdirdagina ommaviy axborot vositalari va mahalliy Kengashning rasmiy veb-saytida yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Koʻriladigan masala yuzasidan mansabdor shaxsga hisobot (axborot) taqdim etish uchun 30 daqiqagacha, boshqa mansabdor shaxslarga esa, qoʻshimcha axborot yoki deputatlarning munozara nutqlari uchun 5 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi tomonidan majlisda soʻzga chiqishlar uchun ajratiladigan vaqtning boshqacha davomiyligi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Raislik qiluvchining kirish soʻzidan soʻng muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mansabdor shaxsga hisobot (axborot) berish uchun soʻz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti) eshitilgandan soʻng masʼul Komissiya vakili tomonidan doimiy Komissiyaning mazkur masala yuzasidan qabul qilingan xulosasi oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mansabdor shaxsning maʼruzasidan soʻng majlis ishtirokchilari eshituvda koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishga oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlab deputatlar va majlisning boshqa ishtirokchilari mansabdor shaxsga savollar berishlari mumkin. Soʻngra deputatlarning eshitilayotgan hisobot (axborot) boʻyicha munosabatlari eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish yakunlari boʻyicha mahalliy Kengash qarori qabul qilinadi. Qaror mahalliy Kengash aʼzolari umumiy sonining koʻpchiligi ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahalliy Kengash qarori kirish qismi, asoslantiruvchi qism va yakunlovchi qismdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning kirish qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot (axborot)ni eshitishdan koʻzlangan maqsad (qonunchilik hujjatlariga, Davlat dasturi yoki hududiy dasturlarga yoxud ish rejaga asosan, mahalliy Kengash, doimiy komissiya (muvaqqat komissiya), partiya guruhlari hamda deputatlarning tashabbuslari asosida va boshqa holatlarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan tegishli davlat organi va tashkilotining zimmasiga yuklangan vazifalarning ijro etilishi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organi yoki tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari ijrosida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash maqsadida normalari amaliyotda qoʻllanilmayotgan qonunchilik hujjatlari va ulardagi boʻshliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi, kambagʻallikni qisqartirish, mahallalardagi muammolarni hal etish borasida qilingan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohalarda aholi tomonidan yoʻllanayotgan murojaatlarning va ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va foydalanilmagan imkoniyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar va bu borada kuzatilgan kamchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq boshqa idoralar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning asoslantiruvchi (qaror) qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxs tomonidan qilingan ishlarga berilgan baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirishga va kelgusida sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb masalalar yuzasidan taklif hamda topshiriqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlat organlari va tashkilotlariga hisobot (axborot) natijalari yuzasidan beriladigan tavsiya va topshiriqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning ijro etilish muddatlari va uning nazorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorning kuchga kirish sanasi va eʼlon qilinishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mahalliy Kengash hisobot (axborot)ni eshitish yakunlari boʻyicha mansabdor shaxsning faoliyatini qoniqarsiz deb topishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda eshituv boʻyicha qabul qilingan mahalliy Kengash qarorida hisobot (axborot) beruvchi mansabdor shaxsga toʻgʻridan-toʻgʻri topshiriqlar berilishi, uning yuqori turuvchi idorasiga ushbu shaxsning masʼuliyati va faoliyati samaradorligini oshirish yoki egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish jarayonida aniqlanmagan faktlar, masʼul Komissiya tomonidan tayyorlangan maʼlumotlarga zid axborotlar taqdim etilganda, mazkur maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni maromiga yetkazish uchun mahalliy Kengash qarori bilan mansabdor shaxsga qaytadan hisobot (axborot) berish vaqti koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan mahalliy Kengash qarori oʻn kunlik muddatda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti)ni eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilish masʼul Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Eshituv yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorning ijro etilishi yuzasidan maʼlumotlar masʼul Komissiya yoki zarurat boʻlganda mahalliy Kengash majlislarida muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mahalliy Kengash sessiyalarida mansabdor shaxsning hisoboti (axboroti) eshituviga tayyorgarlik koʻrish jarayonida tegishli materiallar belgilangan muddatlarda tayyorlanishi, qonunchilikka muvofiqligi, unda koʻrsatilgan maʼlumotlar asosliligi uchun masʼul Komissiya raisi va aʼzolari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Namunaviy tartib buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Namunaviy tartibga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish Kengash qarori bilan amalga oshiriladi.