15.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3817
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-kod orqali toʻlov xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3817]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2025-yil 27-noyabrdagi PQ-359-son “Oʻzbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-kod orqali toʻlov xizmatlarini koʻrsatish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5/11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 25-martdagi 5/11-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni amalga oshirishda yagona QR-kod orqali toʻlov xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar yagona QR-kod (bundan buyon matnda QR-kod deb yuritiladi) orqali toʻlov xizmatlarini koʻrsatish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar QR-kodlarni (maxsus shtrix-kodlarni) standartlashtirish orqali toʻlovlarni amalga oshirish va turli toʻlov tizimlari oʻrtasida oʻzaro integratsiya imkoniyatini yaratish orqali toʻlovchilar uchun toʻlov vositasini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekvayer — toʻlovni qabul qiluvchini QR-kod tizimida roʻyxatdan oʻtkazish, QR-kodni generatsiya qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va hisobvaraqlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekvayer agenti — toʻlovni qabul qiluvchini identifikatsiya qilish va uni QR-kod tizimida roʻyxatdan oʻtkazish uchun maʼlumotlarni ekvayerga uzatishni taʼminlaydigan toʻlov tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovni qabul qiluvchi — ekvayer yoki uning agenti bilan tuzilgan shartnomaga asosan QR-kod orqali tovarlarni (ish, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi yuridik shaxs, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs hamda davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari foydasiga toʻlovlarni qabul qiluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi — toʻlovni oʻz nomidan amalga oshirayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchiga xizmat koʻrsatuvchi bank va toʻlov tashkilotlari (bundan buyon matnda tashabbus koʻrsatuvchi deb yuritiladi) — toʻlovchining topshirigʻi asosida toʻlovni amalga oshirish uchun toʻlov tizimiga farmoyishni uzatgan bank yoki toʻlov tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod — mazkur Qoidalar maqsadlarida mobil ilova orqali naqd pulsiz toʻlovni boshlash va amalga oshirish uchun moʻljallangan hamda toʻlov rekvizitlarini elektron shaklda uzatish imkonini beruvchi maxsus shtrix kod;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod tizimi — toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida QR-kodlarni yaratish va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni tayyorlashga hamda ushbu maʼlumotlarning toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar oʻrtasida almashinuvini taʼminlashga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod tizimi operatori (bundan buyon matnda Operator deb yuritiladi) — QR-kod tizimining doimiy ishlashini taʼminlaydigan, QR-kod orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarning yakuniy hisob-kitoblari boʻyicha kliring maʼlumotlarini shakllantiradigan hamda QR-kod boʻyicha maʼlumotlarni QR-kod tizimi ishtirokchilariga yoʻnaltiruvchi va ular oʻrtasida oʻzaro texnik hamkorlikni taʼminlovchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod tizimi ishtirokchilari — Operator bilan toʻlov xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan ekvayer, ekvayer agenti va tashabbus koʻrsatuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn maʼlumotnoma — real vaqt rejimida toʻlovchiga va toʻlovni qabul qiluvchiga amalga oshirilgan toʻlov natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MCC-kodQR-kod berilgan toʻlovni qabul qiluvchining toifasini ifodalovchi kod boʻlib, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyat turini 4 xonali raqam bilan tasniflaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar QR-kod orqali toʻlov xizmatlarini koʻrsatish va hisob-kitoblarni amalga oshirishda banklar, shu jumladan mikromoliya banklari, toʻlov tashkilotlari, QR-kod tizimi operatori, ekvayer, ekvayer agenti hamda qonunchilikka muvofiq boshqa toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yagona QR-kod amal qilish tartibiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statik QR-kod — doimiy toʻlov rekvizitlariga (toʻlovni qabul qiluvchi bank nomi va uning maʼlumotlari) ega oʻzgarmas QR-kod;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dinamik QR-kod — toʻlovni amalga oshirishda toʻlovni qabul qiluvchi qurilmada avtomatik yaratiladigan, toʻlov summasi va parametrlari oʻzgarishi mumkin boʻlgan hamda har bir toʻlovlar boʻyicha operatsiyalar uchun alohida identifikator va amal qilish muddati bilan bogʻlangan QR-kod.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. QR-kod orqali toʻlovlarni amalga oshirishda Operatorning faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Operator toʻlov xizmatlari bilan bogʻliq jarayonlarda QR-kod tizimi ishtirokchilari oʻrtasida maʼlumotlar va axborotlar uzatilishini taʼminlash uchun QR-kod tizimini yaratadi, boshqaradi va uning doimiy ishlashini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator QR-kod tizimi ishtirokchilarini QR-kod tizimiga integratsiya qilish va ushbu tizim doirasida ularning ishlashini taʼminlash uchun zarur texnik hujjatlarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Operator QR-kod tizimi faoliyati uzluksizligini taʼminlash maqsadida yoʻriqnoma ishlab chiqadi va unda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Operator QR-kod tizimi ishtirokchilarining maʼlumotlarini qayta ishlaydi va ularning birlamchi hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda ushbu hisob-kitoblar va komissiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni QR-kod tizimi ishtirokchilariga real vaqt rejimida yoki eng kamida hisob-kitoblar amalga oshirilgan kunning oʻzida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator toʻlovlar boʻyicha tranzaksiya oqimini real vaqtda monitoring qiladi hamda toʻlov jarayonidagi nomuvofiqliklar va xatarlar boʻyicha QR-kod tizimi ishtirokchilarini real vaqt rejimida QR-kod tizimi orqali avtomatik ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator hamda QR-kod tizimi ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro maʼlumot almashinuvi Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3513, 2024-yil 21-may) talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Operator QR-kod tizimida dinamik va statik QR-kod identifikatorlarining yagona reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Operator QR-kod orqali amalga oshirilgan toʻlovlar haqidagi maʼlumotni QR-kod tizimi orqali real vaqt rejimida QR-kod tizimi ishtirokchilariga yetkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Operator QR-kod tizimi doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni (xizmatlar qiymatini) qonunchilikda belgilangan tartibda QR-kod tizimi ishtirokchilari bilan kelishuvga asosan belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Operator QR-kod tizimiga oid texnik hujjatlar, ushbu hujjatlarga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar, QR-kod tizimi doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflar (xizmatlar qiymati) hamda bu tariflarning (xizmatlar qiymatining) barcha oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ular tasdiqlangandan soʻng uch ish kuni mobaynida oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda shu muddat ichida QR-kod tizimi ishtirokchilarini shartnoma shartlariga asosan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod tizimiga oid texnik hujjatlar, ushbu hujjatlarga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar, QR-kod tizimi doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflar (xizmatlar qiymati) hamda bu tariflarning (xizmatlar qiymatining) barcha oʻzgarishlari Operatorning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinganidan va QR-kod tizimi ishtirokchilari shartnoma shartlariga asosan xabardor qilinganidan soʻng oʻn besh kun oʻtgach Operator va QR-kod tizimi ishtirokchilari tomonidan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Operator Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod tizimiga oid texnik hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar amalga kiritiladigan sanaga qadar oʻn besh ish kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod tizimi doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflarning (xizmatlar qiymatining) oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu oʻzgarishlar amalga kiritiladigan sanaga qadar oʻn besh ish kunidan kechiktirmay taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. QR-kod orqali toʻlovlarni amalga oshirishda ekvayerning faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekvayer toʻlovni qabul qiluvchining murojaatiga asosan unga tegishli QR-kodni generatsiya qilish va ushbu QR-kod orqali toʻlovlarni uning foydasiga qabul qilish uchun toʻlovni qabul qiluvchi bilan xizmat koʻrsatish (ekvayring) shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral) muvofiq ekvayer va toʻlovni qabul qiluvchi oʻrtasida bank hisobvaragʻi shartnomasi tuzilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvayer va toʻlovni qabul qiluvchi oʻrtasidagi shartnoma yozma yoki elektron shaklda tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada QR-kod orqali toʻlovlarni qabul qilish va ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari, bu borada toʻlovni qabul qiluvchi hamda ekvayerning huquq va majburiyatlari, taraflarning javobgarligi va ularning maʼlumotlari xavfsizligi, shuningdek, QR-kod tizimi doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflar (xizmatlar qiymati)ning miqdori va boshqa shartlar belgilab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekvayer Operator tomonidan ishlab chiqilgan texnik hujjat talablariga muvofiq QR-kodni yaratish choralarini koʻradi hamda toʻlovlarning xavfsiz va uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvayer QR-kod toʻlovlari uchun foydalaniladigan dasturiy taʼminot va uskunalarni Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3513, 2024-yil 21-may) talablariga hamda Operator tomonidan ishlab chiqilgan QR-kod tizimiga oid texnik hujjatlarga muvofiqligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekvayer Operator tomonidan generatsiya qilingan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statik QR-kodni toʻlovni qabul qiluvchining soʻroviga binoan chop etilgan holatda va (yoki) elektron koʻrinishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dinamik QR-kodni toʻlovni qabul qiluvchiga biriktirilgan toʻlovni qabul qiluvchi qurilmada aks ettirish imkonini yaratgan holda unga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ekvayer toʻlovni qabul qiluvchiga oʻzining faoliyatida QR-kodlardan foydalanish tartibi, QR-kodlardan foydalanmaslik, ularning asl holatiga shikast yetkazish yoki qalbaki QR-kodlardan foydalanish oqibatlari boʻyicha ogʻzaki yoki yozma tushuntirish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. QR-kod oʻlchami, yorqin rangda boʻlishi va oʻqilish darajasi boʻyicha Operator tomonidan belgilangan vizual talablarga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvayer QR-kodni chop etishda maxsus emblemali (gologrammali) himoya vositalaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekvayer toʻlovni qabul qiluvchining soʻroviga asosan QR-kodni generatsiya qilish paytida uning faoliyati turidan kelib chiqib MCC-kodlarini bank axborot bazasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlovni qabul qiluvchining faoliyat turi oʻzgargan taqdirda u uch bank ish kunida ekvayerga tegishli maʼlumotni taqdim etadi va ekvayer tomonidan bir ish kuni mobaynida toʻlovni qabul qiluvchiga biriktirilgan QR-kod maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekvayer Operator tomonidan tasdiqlangan tariflar rejasini (xizmatlar qiymatini) hisobga olgan holda toʻlovni qabul qiluvchidan shartnomaga asosan xizmat haqi undirishi mumkin. Tariflar (xizmatlar qiymati) oʻzgargan taqdirda ekvayer toʻlovni qabul qiluvchini kamida oʻn besh kun oldin xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekvayer tomonidan masofaviy bank xizmatlarida (internet banking, mobil banking va boshqalar) toʻlovni qabul qiluvchi uchun quyidagi xizmatlar taqdim etilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod boʻyicha tranzaksiyalarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz amalga oshirilganligi hamda ushbu toʻlovlar haqidagi axborotni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tranzaksiya (toʻlov) uchun onlayn maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzaksiyalar tarixi va toʻlovlar haqidagi axborotni koʻrish imkonini beruvchi interfeys;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat (shikoyat) holatini kuzatish va ularga javob berish, shuningdek, murojaatning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab olish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ekvayer va toʻlovni qabul qiluvchi oʻrtasidagi shartnoma toʻlovni qabul qiluvchining arizasiga muvofiq istalgan vaqtda yoki unda koʻrsatilgan holatlar yuz berganda bekor qilinadi. Shartnomaning bekor qilinishi toʻlovni qabul qiluvchining bank hisobvaragʻini QR-kod tizimidan uzish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovni qabul qiluvchi QR-kod biriktirilgan asosiy hisobvaragʻini boshqa bankka oʻtkazgan taqdirda, ekvayer va toʻlovni qabul qiluvchi oʻrtasidagi ekvayring shartnomasi bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma sud orqali bekor qilinganda ham toʻlovni qabul qiluvchining bank hisobvaragʻi QR-kod tizimidan uzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan harakatsiz holatga oʻtkazilgan toʻlovni qabul qiluvchilar (bundan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mustasno) davlat reyestridan chiqarilgan kundan eʼtiboran shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. QR-kod orqali toʻlovlarni amalga oshirishda ekvayer agentining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekvayer agenti toʻlovni qabul qiluvchining murojaatiga asosan unga tegishli QR-kodni generatsiya qilish va ushbu QR-kod orqali toʻlovlarni uning foydasiga qabul qilish uchun toʻlovni qabul qiluvchi bilan xizmat koʻrsatish (ekvayring) shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvayer agenti va toʻlovni qabul qiluvchi oʻrtasidagi shartnoma yozma yoki elektron shaklda tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada QR-kod orqali toʻlovlarni qabul qilish va ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari, bu borada toʻlovni qabul qiluvchi hamda ekvayerning huquq va majburiyatlari, taraflarning javobgarligi va ularning maʼlumotlari xavfsizligi, shuningdek, QR-kod tizimi doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflar (xizmatlar qiymati)ning miqdori va boshqa shartlar belgilab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ekvayer agenti toʻlovni qabul qiluvchini Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 3266, 2020-yil 30-iyun) muvofiq identifikatsiyalashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvayer agenti tomonidan toʻlovni qabul qiluvchini identifikatsiyalash hamda mijozlarning shaxsini tekshirish (KYC) asosida toʻplangan maʼlumotlar ekvayerga QR-kod tizimi orqali avtomatik ravishda uzatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekvayer agenti toʻlovni qabul qiluvchiga QR-kodni generatsiya qilish va ushbu QR-kod orqali uning foydasiga toʻlovlarni qabul qilishda Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilarning toʻlov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3513, 2024-yil 21-may) talablariga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekvayer agenti generatsiya qilingan QR-kodni toʻlovni qabul qiluvchiga unga biriktirilgan toʻlovni qabul qiluvchi qurilmada aks ettirish imkonini yaratgan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekvayer agenti tomonidan toʻlovni qabul qiluvchilarga ularning shaxsiy kabineti orqali toʻlovlarni monitoring qilish, toʻlovlar haqidagi axborotni olish va hisobotlarni shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ekvayer agenti va toʻlovni qabul qiluvchi oʻrtasidagi shartnoma mazkur Qoidalarning 19 va 20-bandlarida belgilangan holatlarda bekor qilinadi, bunda toʻlovni qabul qiluvchining bank hisobvaragʻini QR-kod tizimidan uzish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. QR-kod orqali toʻlovlarni amalga oshirishda tashabbus koʻrsatuvchining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashabbus koʻrsatuvchi toʻlovchi uchun mobil ilovaning bosh sahifasida QR-kodni skanerlash imkoniyatini yaratishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tashabbus koʻrsatuvchi mobil ilovada toʻlovchi uchun quyidagi xizmatlar taqdim etilishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kodni skanerlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovni qabul qiluvchining nomi va uning rekvizitlarini aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanadigan summani kiritish yoki uni avtomatik aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tranzaksiyada komissiya mavjud boʻlsa, uni toʻlovdan oldin ochiq va tushunarli koʻrinishda koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanadigan summani tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzaksiyaning holati (muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tranzaksiya (toʻlov) uchun onlayn maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzaksiyalar tarixi va toʻlovlar haqidagi axborotni koʻrish imkonini beruvchi interfeys;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat (shikoyat)larni joʻnatish, ularning holatini kuzatish va ularga javob berish, shuningdek, murojaatning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuklab olish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashabbus koʻrsatuvchi toʻlovchiga mobil ilovada elektron toʻlov vositalaridan istalgan birini avtomat tarzda belgilash imkoniyatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbus koʻrsatuvchi mobil ilovada toʻlovchiga elektron toʻlov vositalaridan foydalanish davomida mazkur tanlovni oʻzgartirish imkoniyatini berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. QR-kod orqali toʻlovlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Toʻlovni qabul qiluvchi tomonidan statik yoki dinamik QR-kod orqali toʻlovlarni qabul qilishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarning 14-bandi toʻrtinchi xatboshisiga asosan oʻz faoliyatida statik yoki dinamik QR-kodning muntazam ishlashini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovni qabul qiluvchi qurilmada yaratiladigan dinamik QR-kodni yoki chop etilgan statik QR-kodni toʻlovchiga koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR-kod boʻyicha amalga oshirilgan toʻlovning holati bilan tanishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Operator QR-kod orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarning yakuniy hisob-kitoblari boʻyicha kliring maʼlumotlarini shakllantiradi hamda ushbu maʼlumotlarni toʻlovni qabul qiluvchi va toʻlovchining xizmat koʻrsatuvchi bankiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dinamik QR-kodlar uchun amal qilish muddati va bir martalik identifikator belgilanadi, bunda amal qilish muddati oʻtgan QR-kodlar boʻyicha toʻlovlarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. QR-kod orqali toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlovchi, toʻlovni qabul qiluvchi hamda QR-kod tizimi ishtirokchilarining mazkur tizim va unda amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. QR-kod tizimi ishtirokchilari QR-kod orqali toʻlovlarni amalga oshirishda Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) hamda Toʻlov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 3266, 2020-yil 30-iyun) amal qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. QR-kod tizimi ishtirokchilarining mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. QR-kod orqali toʻlov xizmatlarini koʻrsatish ushbu Qoidalar hamda toʻlov va toʻlov tizimlariga oid boshqa qonunchilik talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Qoidalar talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., 10/26/3817/0360-son)