1-ILOVA
2-ILOVA
| 1. | T.A. Ishmetov | — | Markaziy bank raisi, Respublika komissiyasi raisi |
| 2. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri, Respublika komissiyasi raisi o‘rinbosari |
| 3. | V.Yu. Pak | — | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari |
| 4. | M.Sh. Istamov | — | adliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
| 5. | I.U. Umrzakov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
| 6. | J.I. Abdiyev | — | Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari |
| 7. | R.Sh. Kadirov | — | Markaziy bank departamenti direktori, Respublika komissiyasi kotibi |
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | 2026 — 2030-yillarga mo‘ljallangan moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish. | 1. Strategiyani ishlab chiqish uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilish. | 2025-yil dekabr | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Strategiya loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil mart | |||
2. | Bank mijozlarining ruxsati bilan ularning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etish amaliyotini joriy qilish. | “Bank siri to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil yanvar | Markaziy bank (Ishmetov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
3. | Markaziy bank faoliyatini raqamlashtirishga oid IT-strategiyani ishlab chiqish. | Yetakchi xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda ilg‘or xorijiy tajriba asosida 2026 — 2030-yillarga mo‘ljallangan Markaziy bank faoliyatini raqamlashtirishga oid IT-strategiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish. | 2026-yil aprel | Markaziy bank (Ishmetov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
4. | Markaziy bankning “tartibga solish qumdoni” talablarini yengillashtirish, startaplar va texnologik kompaniyalar tomonidan innovatsion yechimlarni joriy qilish uchun texnologik va tematik “qumdon”lar tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil may | Markaziy bank (Ishmetov), Adliya vazirligi (Tashkulov) |
5. | Markaziy bank ta’sischiligida venchur fondini tashkil etish. | 1. Venchur fondini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. | 2026-yil may | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Venchur fondini boshqarishga tajribali xorijiy kompaniyani jalb qilish bo‘yicha taklif kiritish. | 2026-yil iyul | |||
3. Venchur fondi ustav jamg‘armasini Markaziy bank sof foydasi hisobidan 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich 50 mln AQSH dollari ekvivalentigacha shakllantirish. | 2026 — 2030-yillarda | |||
6. | QR-kodlar orqali to‘lovlarni amalga oshirishning yagona standartlarini joriy qilish. | 1. Universal QR-kod pilot loyihasini banklar va to‘lov tashkilotlari bilan birga sinov tariqasida joriy etish. | 2025-yil dekabr | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Universal QR-kod bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil yanvar | |||
3. To‘lov xizmatlari bozorida universal QR-kodni amaliyotga joriy etish. | 2026-yil fevral | |||
7. | Banklar, to‘lov tashkilotlari va moliyaviy texnologiyalar bozorining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida xavfsiz va standartlashgan ma’lumot almashinuvini ta’minlaydigan “Ochiq banking” (Open banking) tizimini joriy etish. | 1. “Ochiq banking” tizimi konsepsiyasi va boshqaruv modelini shakllantirish. | 2026-yil yanvar | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Normativ-texnik baza hamda tizim arxitekturasini ishlab chiqish. | 2026-yil may | |||
3. “Ochiq banking” tizimini joriy etish “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, cheklangan ishtirokchilar bilan pilot bosqichini o‘tkazish hamda sinovdan keyin bosqichma-bosqich kengaytirish. | 2026-yil avgust | |||
8. | Markaziy bank raqamli valyutasini to‘lov vositasi sifatida qo‘llash bo‘yicha tajriba-sinovni o‘tkazish uchun “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish. | Xalqaro konsalting kompaniyalari tavsiyalarini inobatga olgan holda Markaziy bank raqamli valyutasini joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil aprel | Markaziy bank (Ishmetov), Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li), Soliq qo‘mitasi (Pulatov) |
9. | To‘lov vositasi sifatida barqaror tokenlar aylanmasini tartibga solishning maxsus huquqiy rejimini joriy etish. | 1. “Tartibga solish qumdoni” rejimini joriy qilish tartibini qabul qilish. | 2026-yil fevral | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li), Markaziy bank (Ishmetov), tegishli vazirlik va idoralar |
2. Rejim ishtirokchilarini tanlash. 3. Rejim doirasida pilot loyihalarni amalga oshirish. 4. To‘lov tizimining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish. | Rejim joriy qilingandan so‘ng | |||
10. | Tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni chiqarish va muomalada bo‘lishini yo‘lga qo‘yish. | 1. Tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni chiqarish va muomalada bo‘lish tartibini qabul qilish. | 2026-yil fevral | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Li), Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Tokenlashtirilgan aksiya va obligatsiyalarni emissiya qilishda foydalaniladigan axborot tizimining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish. | 2026-yil may | |||
11. | Markaziy bankning to‘lov tizimida jismoniy shaxslar uchun mobil raqamdan foydalangan holda ularning bank hisobvaraqlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalar xizmatini joriy qilish. | Markaziy bankning Tezkor to‘lovlar tizimida jismoniy shaxslar o‘rtasida “R2R” o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini ishlab chiqish va uni to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga Open API ko‘rinishida taqdim etish. | 2026-yil fevral | Markaziy bank (Ishmetov) |
12. | Chakana bank xizmatlari va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatni rag‘batlantirish maqsadida majburiy mijozlar auditoriyasidan voz kechgan holda foydalanuvchilarga bank kartasini ochishda tanlov imkoniyatini yaratish. | 1. Fuqarolarga o‘z maoshini oladigan bankni yoki elektron hamyon provayderini tanlash huquqini berishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Markaziy bank tomonidan boshqariladigan to‘lov tizimlarida ommaviy (to‘plamli) to‘lovlar funksiyasini yaratish. | 2026-yil iyun | |||
13. | To‘lovlar xavfsizligi va barqarorligini oshirish maqsadida barcha milliy valyutadagi to‘lovlarning Markaziy bank orqali o‘tishini nazarda tutuvchi to‘lov “svitchi” uchun tizim yaratish. | 1. To‘lov “svitchi”ni joriy qilgan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda loyihaning texnik topshirig‘ini ishlab chiqish. | 2026-yil yanvar | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Xalqaro va mahalliy to‘lov tizimlari operatorlari (elektron pullar operatorlari)ning bevosita Markaziy bankning yagona shlyuzi orqali ishlashini belgilash bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil mart | |||
14. | Markaziy bankning bulut tizimi konsepsiyasini ishlab chiqish. | Xalqaro tajribani o‘rganish va xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda Markaziy bankning bulut tizimi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil sentabr | Markaziy bank (Ishmetov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
15. | Bank tizimida kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi hamda antifrod tizimini takomillashtirish. | 1. Xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda Markaziy bank nazorati ostidagi tashkilotlar axborotlashtirish obyektlarini axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik auditidan o‘tkazish tartibi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish. | 2026-yil iyun | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Bank tizimida kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil avgust | Markaziy bank (Ishmetov) | ||
16. | Aholi tomonidan kredit va to‘lov tashkilotlariga shaxsga doir va/yoki moliyaviy ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilik hisobini yuritish va zarur hollarda uni mijoz tomonidan bekor qilish mexanizmini ishlab chiqish. | 1. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida texnik talab ishlab chiqish. | 2026-yil yanvar | Markaziy bank (Ishmetov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
2. Platformani yaratish choralarini ko‘rish. | 2026-yil sentabr | |||
3. Platformani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish. | 2026-yil yakuniga qadar | |||
17. | Moliyaviy texnologiyalar sohasida kadrlar salohiyatini oshirish. | 1. Nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari bilan birga moliyaviy texnologiyalar sohasi bo‘yicha o‘quv dasturini joriy qilish va dasturda qatnashish tartibini belgilash. | 2026-yil may | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Moliyaviy texnologiyalar o‘quv dasturi bo‘yicha 5 ming nafar yoshlarni o‘qitishni tashkil etish. | 2026 — 2030-yillar davomida | |||
18. | O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy texnologiyalar sohasida forumlarni tashkil etish. | Moliyaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsion yechimlar va amalga oshirilgan ishlarni keng targ‘ib qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab har yili “FinTech” haftaligini tashkil etish. | 2026-yil oktabr | Markaziy bank (Ishmetov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
19. | Markaziy bank va tijorat banklarida ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvga o‘tish maqsadida ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha bosh direktor (Chief Data Officer) lavozimini joriy etish. | 1. Markaziy bank tomonidan ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha bosh direktor (Chief Data Officer) uchun malaka talablarini va ustuvor vazifalarni belgilash. | 2025-yil dekabr | Markaziy bank (Ishmetov) |
2. Tijorat banklarida lavozimga malakali kadrlarni tayinlash. | 2026-yil iyul | Markaziy bank (Ishmetov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), tijorat banklari |
5-ILOVA