03.04.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3294
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOSHQARUVIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3294]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M.B. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28/21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/21-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom banklar tomonidan bank kartalarining chiqarilishi, ularning muomalada boʻlishi va oʻtkazilgan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtorizatsiya — toʻlov operatori tomonidan koʻzda tutilgan qoidalarga asosan telefon, elektron yoki aloqaning boshqa usullari yordamida bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun bank kartasi emitentining ruxsatini olish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
antifrod-tizim — bank kartalari yordamida toʻlovlarni amalga oshirishda firibgarlik operatsiyalarini oldini olishga qaratilgan jarayonlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasi — uni saqlovchisiga toʻlov infratuzilmari orqali toʻlovlarni amalga oshirish yoki naqd pul mablagʻlarini olish yoxud valyuta ayirboshlashni amalga oshirish va bank kartasining emitenti tomonidan belgilangan boshqa operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi toʻlov vositasidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartalari emissiyasi — bank kartalarini muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish boʻyicha faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasining saqlovchisi — emitent yoki bank kartalarini tarqatuvchi bank bilan mijoz oʻrtasidagi shartnomaga asosan bank kartasidan foydalanuvchi mijoz yoki mijoz tomonidan vakolat berilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankomat — bank kartasining saqlovchisiga oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish tartibida naqd pul olish va bank kartasi bilan boshqa amaliyotlarini amalga oshirish imkonini beruvchi hamda bajarilgan operatsiyalar boʻyicha slip hujjat shakllantiruvchi qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual karta — elektron shakldagi bank kartasi boʻlib asosiy kartaga yoki hisobvaraqqa bogʻlanadi va toʻlovlarni amalga oshirishda zarur boʻlgan bank kartasining majburiy rekvizitlariga ega boʻlgan toʻlov vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karta hisobvaragʻi — bank kartasi orqali pul mablagʻlarini tasarruf etish mumkin boʻlgan bank hisobvaragʻi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MCC-kod — terminal ajratilgan mijoz toifasi kodi boʻlib, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyat turini 4 xonali raqam bilan tasniflaydi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 18-oktabrdagi 33/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3294-1, 18.11.2024-y.) asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 10/24/3294-1/0950-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHIR kod — bank kartasi saqlovchisining shaxsiy identifikatsiya raqami boʻlib, u karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini boshqarish huquqini hamda mablagʻlarni boshqarishga bank kartasining saqlovchisi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va xizmat koʻrsatish subyekti — ekvayer bilan tuzilgan shartnomaga asosan bank kartalari orqali tovar (ish, xizmat)larni sotuvchi yuridik shaxs va (yoki) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs va (yoki) oʻzini oʻzi band qilgan shaxs;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
slip — bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi, operatsiyaning miqdori, turi, amalga oshirilgan sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va ushbu hujjatni shakllantirishda foydalanilgan bank kartasi, terminal yoki bankomatni toʻgʻri aniqlay bilish imkoniyatini beruvchi axborotni oʻzida mujassamlashtirgan qogʻoz yoki elektron shakldagi hujjat (chek);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi — toʻlovlarni toʻlov tizimining operatori, toʻlov tizimi ishtirokchilari va (yoki) toʻlov tashkilotlarining toʻlov tizimi operatori tomonidan belgilangan toʻlov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qoʻllash vositasida hamkorlik qilish yoʻli bilan amalga oshirishni taʼminlaydigan munosabatlar majmuidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimining operatori — Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov tizimining ishlashini taʼminlash boʻyicha faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terminal — bank kartasining saqlovchisiga toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi va bajarilgan operatsiyalar boʻyicha (qogʻoz yoki elektron shakldagi) sliplarni shakllantiruvchi moslama yoki dasturiy taʼminot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent — bank kartasini emissiyasini amalga oshiruvchi, bank kartasining saqlovchilari va ekvayerlar tomonidan bank kartalaridan foydalanilgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqlari boʻyicha oʻz nomidan majburiyatni zimmasiga olgan bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekvayring — bank kartalari orqali tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchilari bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, bank kartasi saqlovchisiga bevosita kassa yoki bankomat orqali naqd pul berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekvayer — ekvayringni amalga oshiruvchi rezident bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bank kartasi saqlovchisining ruxsatisiz boshqa shaxs bank kartasidan foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kartasi qalbakilashtirishdan va undan noqonuniy foydalanishning boshqa turlaridan himoya qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kartasining amal qilish muddati toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq toʻlov tizimi operatori tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bank kartalaridan foydalanishning huquqiy tartibga solinishi va toʻlov tizimi ishtirokchilarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Banklar tomonidan bank kartasini emissiya qilish, xizmat koʻrsatish va undan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlari, shuningdek toʻlov tizimi qoidalari hamda toʻlov tizimi ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻlov tizimi ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlari mazkur Nizom, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda ularga asosan tuzilgan shartnomalar va toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezident banklari mahalliy, xalqaro va xorijiy toʻlov tizimlari ishtirokchilari boʻlish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezident banklar — toʻlov tizimi ishtirokchilari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, bank kartalari emissiyasi, ularga xizmat koʻrsatish va operatsiyalarni amalga oshirishda tegishli toʻlov tizimi tomonidan belgilangan standartlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻlov tizimi ishtirokchilari quyidagilarga amal qilishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartasini emissiya qilish, xizmat koʻrsatish, ular orqali hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishning oʻrnatilgan tartib va qoidalariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartalaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida xavfsizlik chora- tadbirlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular ixtiyorida mavjud boʻlgan va muomaladagi bank kartalari, toʻlov tizimi ishtirokchilari, foydalaniladigan texnologiya va dasturiy-texnik vositalar, toʻlov tizimi operatori tomonidan oʻrnatilgan ish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi tijorat va bank siri hisoblangan maʼlumotlarni hamda bank kartasi saqlovchilari hamda ular tomonidan bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilmaslikni taʼminlash, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bank kartalarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bank kartalari karta hisobvaragʻi egasi, amal qilish tartibi va maʼlum bir toʻlov tizimiga tegishliligiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) karta hisobvaragʻining subyektlariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy bank kartasi — oʻz saqlovchisiga jismoniy shaxsning (yakka tartibdagi tadbirkordan tashqari) karta hisobvaragʻida (karta hisobvaraqlarida)gi pul mablagʻlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Shaxsiy bank kartalari bank kartasi saqlovchisining ruxsati bilan boshqa shaxslar (oila aʼzolari va boshqalar) tomonidan foydalanilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ bank kartasi — oʻz saqlovchisiga, yaʼni yuridik shaxsning vakolatiga ega xodimiga karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini boshqarish imkoniyatini beradi;
(6-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes bank kartasi — oʻz saqlovchisiga, yaʼni yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini boshqarish imkoniyatini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy bank kartasi — oʻz saqlovchisiga karta hisobvaragʻidagi ijtimoiy va boshqa toʻlovlar orqali kelib tushgan pul mablagʻlarini boshqarish imkoniyatini beradi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank kartalari amal qilish tartibiga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet bank kartasi — oʻz saqlovchisiga u va bank kartasi emitenti oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga binoan tegishli karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari qoldigʻi doirasida toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish va (yoki) naqd pul mablagʻlarini olish uchun (korporativ bank kartasi bundan mustasno) tasarruf etish imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit bank kartasi — oʻz saqlovchisiga u va bank kartasi emitenti oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga binoan toʻlov operatsiyalarini amalga oshirish va (yoki) naqd pul mablagʻlarini olish uchun (bundan korporativ bank kartasi mustasno) tegishli karta hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari qoldigʻidan ortiq operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq toʻlov tizimlarida ishlaydigan va ularning logotiplarini oʻzida aks ettirgan bank kartalari kobeydjing kartalari deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq tovar belgisi ostida emissiya qilingan bank kartalari kobrend bank kartalari deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bank kartalarini emissiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarini emissiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan banklar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Biron bir toʻlov tizimiga tegishli boʻlgan bank kartalarini, jumladan oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini emissiya qilish, sertifikatlangan dasturiy-texnik vositalardan foydalangan holda, tegishli toʻlov tizimi operatori tomonidan oʻrnatilgan qoidalarga asosan emitent tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini aktivlashtirish emitent tomonidan ushbu kartaning saqlovchisini oʻrnatilgan tartibda identifikatsiya qilgandan soʻng amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bank kartalarining (shu jumladan, virtual kartalarining) majburiy rekvizitlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasi saqlovchisining familiyasi va ismi (shaxsiy bank kartalari uchun), bunda oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartasida bank kartasi saqlovchisining familiyasi va ismi jismonan aks ettirilishi talab etilmaydi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karta hisobvaragʻi egasi boʻlgan yuridik shaxsning firma (rasmiy) nomi va (yoki) uning toʻlov tizimidagi shartli raqami (korporativ bank kartalari uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasi emitentining rasmiy nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasining raqamlari va amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toʻlov tizimi doirasida emissiya qilinadigan bank kartalarida, identifikatsiya belgilari va bank kartalarining belgilari boʻlgan qoʻshimcha majburiy rekvizitlar mazkur tizim qoidalarida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Emitentning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bank kartasining emitenti quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarga ularning arizalari asosida oʻzaro tuziladigan shartnoma yoki ofertani qabul qilish yoʻli bilan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) muvofiq mijozni oʻrnatilgan tartibda identifikatsiyalagan holda bank kartalarini foydalanishga taqdim etish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxslarga ularning ota-onasidan biri yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (qonuniy vakilining) yozma roziligi va arizasi asosida oʻzaro tuziladigan shartnoma yoki ofertani qabul qilish yoʻli bilan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) muvofiq mijozni oʻrnatilgan tartibda identifikatsiyalagan holda bank kartalarini foydalanishga taqdim etish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasi orqali amalga oshirilgan debet aylanmalar uchun vositachilik haqini undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomada belgilangan hollarda bank kartalariga mablagʻ kirim qilinganligi uchun vositachilik haqqi undirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bank kartasining emitenti quyidagilarga amal qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasini olish uchun murojaat qilgan shaxsning arizasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasini saqlovchisini bank kartasi yoʻqolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasi emitenti va saqlovchisi oʻrtasida tuzilgan shartnomada oʻrnatilgan tartibga asosan bank kartasini berish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha emitent tariflarining oʻzgarganligi hamda bank kartasini amal qilish muddatidan avval toʻxtatish toʻgʻrisida bank kartasi saqlovchilarini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karta hisobvaragʻi yopilganda, keyingi operatsiya kunidan kechiktirilmagan holda karta hisobvaragʻida mavjud pul mablagʻlarini mijozga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartalari orqali oʻtkazilgan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bank kartasi emitenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasining saqlovchisidan bank kartasining yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisida ariza qabul qilingandan soʻng emitent yoʻqotilgan yoki ruxsatsiz foydalanilgan bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbaki bank kartasi orqali bajarilgan barcha operatsiyalar boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Emitent bank kartasi saqlovchisi oldida quyidagi holatlarda javobgar hisoblanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bank kartasi saqlovchisi shartnomada belgilangan qoida va tartiblarni buzgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasi saqlovchisi tomonidan noqonuniy harakatlar sodir qilingan holatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasining yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti haqida bank kartasining saqlovchisi tomonidan emitent xabardor qilinmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasiga bogʻlik maʼlumotlar (SHIR kod, bir martalik SMS kod va boshqalar) mijoz tomonidan uchinchi tarafga maʼlum qilingan holatda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Bank kartasi saqlovchisining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bank kartasi saqlovchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi qoidalari va emitent bilan tuzilgan shartnomada koʻzda tutilgan shartlar va tartibga asosan bank kartasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasining emitentidan bank kartasidan foydalanish qoidalari hamda ular orqali operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha bank kartasining saqlovchisi va emitentning javobgarlik chegarasi toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentdan bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar toʻgʻrisida toʻliq axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz roziligiga koʻra, uning karta hisobvaragʻini tasarruf etish imkoniyatini beruvchi qoʻshimcha bank kartalarini chiqarish va rasmiylashtirishni emitentdan soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karta hisobvaragʻini kelgusida yopish sharti bilan bank kartalaridan foydalanishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bank kartasini saqlovchi hisoblangan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan huquqlar bilan birga quyidagi huquqlarga ham ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, xizmat safari, xoʻjalik va boshqa xarajatlar uchun pul mablagʻlarini karta hisobvaragʻiga kirim qilish va ushbu xarajatlarni karta hisobvaragʻidan naqd pulsiz tartibda toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasining emitenti bilan tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan va tegishli karta hisobvaragʻidan oʻtkazish uchun ruxsat etilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bank kartasining saqlovchisi quyidagilarga amal qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlari, bank kartasidan foydalanish qoida va talablariga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi operatori tomonidan oʻrnatilgan bank kartasidan foydalanish qoida va tartiblariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy va chet el valyutasidagi bank kartalaridan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Karta hisobvaragʻini toʻldirish karta hisobvaragʻini ochgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlov topshiriqnomasi asosida istalgan talab qilib olinguncha depozit, kredit (ssuda) yoki tranzit hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritish, shu jumladan davlat boji va yigʻimlarni toʻlash, joyida yoki mobil ilovalar orqali elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni faqat milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi bank kartalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida nosavdo tusdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar korporativ bank kartasiga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar va dividendlarni oʻtkazishga, shuningdek, korporativ bank kartalari vositasida naqd pul berilishi va (yoki) chet el valyutasini sotib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan auksion savdolarida ishtirok etib, xaridlarni amalga oshirish uchun korporativ bank kartasidan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda toʻlash uchun sarf qilinayotgan pul mablagʻlari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qatʼiy tarzda belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan mablagʻlar boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ bank kartasining saqlovchisi korporativ bank kartasini hisobdorlikka olgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmagan holda korporativ bank kartalari vositasida ishlatilgan mablagʻlar toʻgʻrisida yuridik shaxsning buxgalteriyasiga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat safarlari bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun korporativ bank kartasidan foydalanganda, korporativ bank kartasining saqlovchisi xizmat safaridan qaytganidan keyin korporativ bank kartasi vositasida sarflangan summalar toʻgʻrisida buxgalteriyaga hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs milliy valyutadagi biznes bank kartalaridan naqd pul olish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish, savdo, xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa har qanday xarajatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 24-oktabrdagi 25/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 3294-3, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasidagi bank kartalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida nosavdo tusdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor bank kartalari orqali amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha hisobot hujjatlari sifatida toʻlov terminali kvitansiyalarining asl nusxalari, shuningdek, elektron tijorat bitimlaridagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar, invoys (hisob-faktura) hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Karta hisobvaragʻidagi sarflanmay qolgan mablagʻlarni talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga qaytarish toʻlov topshiriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq tugatilganda uning karta hisobvaragʻidagi sarflanmay qolgan mablagʻlari talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Korporativ bank kartasi va yakka tartibdagi tadbirkorning bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisobvaragʻini ochgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Bank kartalari bilan hisob-kitoblar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bank kartalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblar qogʻozda (slip, cheklar, sms-xabar) yoki elektron shaklda boshqa maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur maʼlumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarga yetarli nusxalarda shakllantiriladi. Maʼlumotnomalar bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maʼlumotnomalarda bank kartasi va uning saqlovchilarining bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish punktlari va bankomatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektron maʼlumotnomalar bank-ekvayerga, bank-emitentga hamda shartnomada nazarda tutilgan hollarda toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bank kartalari boʻyicha banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) toʻlov tizimlari orqali umumiy asosda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar oʻrtasida ular tomonidan chiqarilgan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha toʻlovlarga ishlov berish hamda ularning kliringi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 2570, 2014-yil 4-aprel) muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha umumiy hisob-kitoblar toʻlov tizimlari orqali quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan mijozdan olingan elektron hujjatlar asosida ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma shakllanadi hamda oʻtkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun toʻlov tizimi orqali emitentga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent elektron xabarnoma asosida tranzaksiyani avtorizatsiya qilib, mablagʻlarni toʻlov tizimi orqali tegishli mablagʻlarni oluvchiga oʻtkazish uchun ekvayerga yuboradi hamda mablagʻlarni bank karta hisobvaragʻidan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni dasturiy ravishda shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlar ekvayer tomonidan emitentdan olingan elektron memorial order asosida mablagʻlarni oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va memorial order roʻyxat koʻrinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Toʻlov tizimi operatori orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliyot kuni davomida bank kartalari boʻyicha toʻlov tizimi operatori orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy summalar Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitoblar markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlariga shartnomada nazarda tutilgan muddatda oʻtkaziladi yoki hisobdan chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan toʻlov tizimi operatoridan olingan maʼlumotlar asosida mijozning bank kartasi hisobvaragʻiga mablagʻlar oʻtkaziladi yoki hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Bank kartasidan foydalanilgan holdagi toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tovarlar va xizmatlarni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslar toʻlovlarning bank kartalaridan foydalangan holda qabul qilinishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchining bank kartalaridan foydalanish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari bank kartasidan foydalangan holda amalga oshiriladigan toʻlov yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan qabul qilingan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Toʻlovlar bank kartasidan foydalangan holda amalga oshirilganda yakka tartibdagi tadbirkorda yoki yuridik shaxsda u bilan bank kartalariga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan bankka nisbatan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan qabul qilingan toʻlov summasida pul talab qilish huquqi, bankda esa yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning pulga doir talabini bajarish majburiyati yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchisi talabiga binoan uning bank kartasidan foydalanish bilan bogʻliq tegishli hujjatlarni va axborotni shartnomada belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bank kartasining emitenti bank kartasining saqlovchisiga yuborilgan va undan olingan xabarnomalarning ushbu xabarnomalar yuborilgan va olingan kundan eʼtiboran uch yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bank kartasining emitenti bank kartasi saqlovchisining arizasining ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun mobaynida koʻrib chiqadi. Arizani koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoki boshqa choralar koʻrish zarur boʻlgan hollarda arizani koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan oʻttiz kunga uzaytirilishi mumkin, bu haqda bank kartasining saqlovchisiga xabar beriladi. Bank kartasidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida foydalanilgan taqdirda bank kartasining saqlovchisining arizasi ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran qirq besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Bank kartasining saqlovchisiga arizani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda axborot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bank kartasidan foydalanish bank kartasining saqlovchisidan olingan xabarnomaga asosan bank kartasining emitenti tomonidan yoki bank kartasini saqlovchi bank kartasidan shartnomaga muvofiq foydalanish tartibini buzgan taqdirda bank kartasi emitentining tashabbusiga koʻra toʻxtatib turiladi yoki tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bank kartasi saqlovchisining bank kartasidan foydalanishini toʻxtatib turish yoki tugatish bank kartasi saqlovchisining va bank kartasi emitentining ushbu kartadan foydalanishni toʻxtatib turish yoki tugatish paytiga qadar yuzaga kelgan majburiyatlarini tugatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishni toʻxtatish va bank kartasini muomaladan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Bank kartasi saqlovchisidan bank kartasi yoʻqolganligi yoki oʻgʻirlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma olinganda, emitent bank kartasi orqali operatsiyalarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyishi hamda bank kartasini muomaladan chiqarish choralarini koʻrishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Toʻlov tizimi operatori toʻlov tizimi qoidalariga muvofiq ayrim emitentlar tomonidan emissiya qilingan bank kartalari orqali operatsiyalarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Emitent quyidagi holatlarda bank kartasi orqali operatsiyalar oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish hamda bank kartasini muomaladan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasi yoki uning rekvizitlaridan noqonuniy foydalanishni tasdiqlovchi holatlar mavjudligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasidan foydalanish vakolatiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan ishlatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan boshqa holatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganda, bank kartasi orqali operatsiyalarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish yoki bank kartasini muomaladan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish toʻlov tizimi qoidalariga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bank kartasi orqali operatsiyalarni oʻtkazishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish hamda bank kartasini muomaladan chiqarish va bu haqda mijozga xabar berish tartibi toʻlov tizimi qoidalariga hamda bank kartalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Bank kartalariga xizmat koʻrsatuvchi qurilmalar hamda savdo va xizmat koʻrsatish subyektlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Savdo va xizmat koʻrsatish subyekti rahbari oʻz savdo va xizmat koʻrsatish obyektiga oʻrnatish uchun toʻlov terminallarini ajratish boʻyicha yoki oʻzida mavjud boʻlgan toʻlov terminallariga dasturiy taʼminotni oʻrnatish yuzasidan xizmat koʻrsatuvchi bankka yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar toʻlov terminalini ajratish boʻyicha murojaatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn bank ish kuni ichida toʻlov terminallarini ajratadi. Ushbu vaqt ichida banklar toʻlov terminallarini texnik jihatdan mijozga biriktirish ishlarini tugatishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar toʻlov terminallarini texnik jihatdan mijozga biriktirish paytida uning faoliyati turidan kelib chiqib MCC-kodlarini, terminal va toʻlov turi, mijozning identifikatsiya maʼlumotlari va toʻlov tizimi operatori qoidalarida belgilangan tegishli maʼlumotlarni bank axborot bazasiga kiritishi lozim. Bunda, mijozning faoliyat turi va tegishli maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, mijoz uch bank ish kunida xizmat koʻrsatuvchi bankiga tegishli maʼlumotni taqdim etadi va bank tomonidan bir ish kuni mobaynida mijozga biriktirilgan terminal maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 18-oktabrdagi 33/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3294-1, 18.11.2024-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 10/24/3294-1/0950-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo va xizmat koʻrsatish subyektlarining oʻzlarida mavjud boʻlgan toʻlov terminaliga dasturiy taʼminotni oʻrnatish yuzasidan qilingan murojaatlar uch bank ish kuni ichida koʻrib chiqiladi va ularga tegishli dasturiy taʼminotlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va xizmatlarni chakana realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar toʻlov terminallarining uzluksiz ishlashini, onlayn inkassatsiya amaliyotini har kuni qilinishini va toʻlov tizimi shartli belgisi boʻlishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov terminali texnik yoki dasturiy nosoz holatga kelib qolganda, savdo va xizmat koʻrsatish subyekti rahbari bu haqda bir kundan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga va xizmat koʻrsatuvchi bankiga yozma yoki elektron shaklda xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar uch ish kunida toʻlov terminallarini soz holatga keltirish choralarini koʻrishlari va toʻlov terminallari soz holatga kelgunga qadar vaqtinchalik boshqa teriminal bilan taʼminlab turishlari shart hamda toʻlov amaliyotlarini toʻlov tizimi operatorlari tomonidan yuborilgan fayllar kliring qilinishi bir ish kunidan kechiktirmagan holda mijozlarning hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo va xizmat koʻrsatish subyektlari oʻzlaridagi mavjud toʻlov terminallarini boshqa subyektlarga foydalanish uchun berishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Savdo va xizmat koʻrsatish subyektlari quyidagilarga amal qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tovar (ish, xizmat va boshqalar) narxlari asossiz ravishda oshmaydigan narx boʻyicha bank kartasining saqlovchisiga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan toʻlov tizimi nomi va (yoki) logotipini koʻrsatgan holda, bank kartasiga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida mijozlarni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi va ekvayer oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan toʻlov tizimiga tegishli boʻlgan barcha bank kartalariga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilayotgan operatsiyalar summasi ekvayer bilan tuzilgan shartnomada oʻrnatilgan summadan ortiq boʻlgan barcha holatlarda bank kartasi boʻyicha avtorizatsiya oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va ekvayer bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha axborot taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasining saqlovchisi toʻgʻrisida maʼlumotni uchinchi shaxslardan sir saqlash, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Toʻlov tizimi subyektlari tomonidan oʻrnatilgan bankomatlar va oʻz-oʻziga xizmat qiluvchi qurilmalarda ekvayer nomi, mijozlarni qoʻllab-quvvatlash markazi telefon raqami hamda qurilma ulangan toʻlov tizimi logotipi boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankomat texnik nosozlik sababli bank kartasini qaytarib bermaganda, bank kartasi saqlovchisi tomonidan ekvayerga ogʻzaki yoki yozma murojaat qilinadi. Murojaat bank operatsiya kuni davomida kelib tushsa shu kunning oʻzida, operatsiya kuni tugaganda kelib tushgan taqdirda keyingi bank operatsiya kunidan kechikmagan holda mijozga bank kartasi qaytarib berilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kartasi SHIR-kod notoʻgʻri kiritilishi natijasida bankomat tomonidan qaytarib berilmaganda, bank kartasi ekvayer tomonidan bank kartasi saqlovchisi identifikatsiya qilingan holda bank kartasi saqlovchisining murojaati kelib tushgan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan oʻrnatilgan bankomatlarning ish faoliyati va naqd pul bilan taʼminlanganligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishi hamda bankomatlarning joylashuvi va ishchi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankning veb-sayti va/yoki mobil ilovalarida koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Bank kartasi saqlovchilarining huquqlarini himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bank kartasi emitenti bank kartasi hisobvaragʻi egasiga bank kartasidan foydalanmagan holda bank kartasi hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini taʼminlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bank kartasining saqlovchisi, uning bank kartalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalari hamda bank kartalarining oʻzi haqidagi maʼlumot — bank siri maʼlumotlari boʻlib hisoblanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Ekvayerning huquq va majburiyatlari va savdo va xizmat koʻrsatish subyektlari oldidagi javobgarlik chegarasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ekvayer quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) muvofiq bank kartasining saqlovchisidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul berish operatsiyasini amalga oshirishda bank kartasi hisobvaragʻidan bankning xizmat haqini undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va xizmat koʻrsatish subyektlari bilan hisob-kitob operatsiyalarini oʻtkazish uchun shartnomada koʻzda tutilgan vositachilik haqini bevosita hisobvaraqlarga kelib tushadigan summa hisobidan ushlab qolish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ekvayer quyidagilarga amal qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul berish operatsiyasini amalga oshirishda ekvayer tariflari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni bank karta saqlovchilariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va xizmat koʻrsatish subyektlari bank kartalari orqali amalga oshirgan operatsiyalari boʻyicha hisob-kitoblarning oʻz vaqtida bajarilishini va uning toʻgʻriligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi ishtirokchi boʻlgan toʻlov tizimining barcha bank kartalariga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va xizmat koʻrsatish subyektlarini tuzilgan shartnomada belgilangan shartlar asosida bank kartalari egalariga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan qurilmalar va maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartalari orqali oʻtkazilgan operatsiyalar boʻyicha savdo va xizmat koʻrsatish subyektlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ekvayer tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi oldida bank kartasi orqali hisob- kitoblarni amalga oshirish boʻyicha quyidagi hollarda javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishda tuzilgan shartnomalarda oʻrnatilgan qoida va tartibni buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi tomonidan oʻtkazilgan toʻlov operatsiyasi toʻgʻrisida hujjat yoki axborotlar mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar (ish, xizmat va boshqalar) sotuvchisi tomonidan noqonuniy harakatlar amalga oshirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Toʻlov tizimi operatorining huquq, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Toʻlov tizimi operatori quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi ishtirokchilari uchun bank kartalari orqali operatsiyalarni amalga oshirish va unga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent bilan tuzilgan shartnomaning hamda toʻlov tizimining boshqa ishtirokchilari oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini emitent tomonidan bajarmaslik hollarida, emitentning bank kartalari boʻyicha operatsiyalarini toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Toʻlov tizimi operatori quyidagilarga amal qilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi ishtirokchilari tomonidan chiqarilgan bank kartalari orqali operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
antifrod-tizimga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank kartasiga xizmat koʻrsatishni taqiqlash toʻgʻrisidagi emitentning yozma qarori olingandan soʻng, bank kartalari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatish (alohida turdagi operatsiyalarni toʻxtatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitentning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingandan soʻng, uning bank kartalari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimini uzluksiz, barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov tizimi ishtirokchilarining operatsiyalari toʻgʻrisidagi bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni sir saqlanishini taʼminlash, bundan Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Emitent tomonidan bank kartalariga xizmat koʻrsatishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng, ular orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha hamda emitent tomonidan bank kartalari orqali amalga oshirilishi taqiqlanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan ayrim operatsiyalarni bajarish boʻyicha toʻliq javobgarlikni toʻlov tizimi operatori oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Toʻlov tizimi ishtirokchilari boʻlgan banklar faoliyati ustidan nazorat oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va toʻlov tizimi qoidalariga asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Toʻlov tizimi operatori bank kartalari emissiyasini amalga oshirish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan emitentlarning roʻyxatini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Emitentlarning roʻyxati doimiy ravishda toʻlov tizimi operatorining veb-saytida eʼlon qilinib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Bank kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladigan axborotlarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Emitentlar, ekvayerlar, toʻlov tizimi operatorlari, savdo va xizmat koʻrsatish subyektlari bank kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladigan axborotlarni va dasturiy-texnik vositalarni himoya qilish boʻyicha qoidalarga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Axborotlarni, bank kartalarini va bunda foydalaniladigan dasturiy-texnik vositalarni himoya qilish, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda toʻlov tizimining qoida va tartiblariga asosan oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Bank kartalarini emissiya qilish, ular orqali amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni oʻtkazish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarini emissiya qilish tartibini hamda bank kartalari orqali xizmat koʻrsatish va operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish qoidalarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 10/21/3294/0285-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 10/24/3294-1/0950-son; 13.03.2025-y., 10/25/3294-2/0236-son; 12.11.2025-y., 10/25/3294-3/1040-son; 28.08.2026-y., 10/26/3294-4/0877-son)