08.02.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3420
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 8-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3420]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorga 1-ilovaning 8-bandi birinchi xatboshisi 2023-yil 1-maydan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30/18-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili D. KASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 4-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yo‘riqnoma banklar tomonidan rezident va norezident yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkor deb yuritiladi), dehqon xo‘jaliklari, yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallariga bank hisobvaraqlarini ochish, ularni yuritish hamda yopish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qilib olinguncha depozit hisobvaraq — mijozlarning birinchi talabi bilanoq beriladigan yoki o‘tkazib beriladigan mablag‘larning hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamg‘arma depozit hisobvaraq — bu mijozlarning davriy badallari asosida shakllanib, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun jamg‘ariladigan va shu maqsad uchun yo‘naltiriladigan yoxud shartnoma bekor qilinishi natijasida qaytariladigan mablag‘lar hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli depozit hisobvaraq — shartnomada qat’iy kelishilgan muddatga qo‘yilgan mijozlarning mablag‘lari hisobi yuritiladigan bank hisobvarag‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall hisobvaraq — banklar tomonidan mijozlarga qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni hisobini yuritish uchun ochiladigan hisobvaraq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eskrou hisobvaraq — bank (eskrou agent) tomonidan hisobvaraq egasidan (deponentdan) olingan pul mablag‘larini qabul qilish va saqlab turish uchun ochiladigan hamda eskrou shartnomasida belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda boshqa shaxsga (benefitsiarga) o‘tkazib berish majburiyatini nazarda tutadigan maxsus bank hisobvarag‘i;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik hisobvarag‘i — bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) yoki boshqa bankda, shuningdek vakillik hisobvarag‘i ochish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlarning Markaziy bankda ochilgan, banklararo to‘lovlarni o‘tkazishga va o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga mo‘ljallangan hisobvarag‘i;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3420-1, 03.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik hisobvarag‘i ochish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar — “Milliy kliring markazi” AJ va “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3420-1, 03.11.2023-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi (bundan buyon matnda BDMAB deb yuritiladi) — banklar tomonidan mijozlarga bank hisobvaraqlari ochishda ularga xos raqam (mijoz kodi) berish, ularning hisobvaraqlari ro‘yxatini qoldiq mablag‘lari haqida ma’lumot saqlamagan holda yuritish hamda mijozlarga tegishli hisobvaraqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishni ta’minlaydigan, Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh Markazi tomonidan yuritiladigan axborotlar bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) muddatli depozit hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) metall hisobvaraqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g1) eskrou hisobvaraqlari;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) asosan “g1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vakillik hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) boshqa depozit hisobvaraqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i (bundan buyon matnda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G‘azna ijrosi bilan qamrab olingan tashkilotlarga banklarda asosiy hisobvaraq ochilmagan holda to‘lov terminallari tushumlari, naqd puldagi to‘lovlar, jamg‘arma va muddatli depozitlar, bank korporativ kartalaridagi mablag‘lar hamda maxsus maqsadli mablag‘lar hisobini yuritish uchun, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda bank hisobvaraqlari ochilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. BDMABda bank hisobvaraqlarini ochish, boshqa bankka o‘tkazish, yopish, mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish va ularni qayta tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar banklar tomonidan yuboriladigan elektron so‘rovlar asosida shakllantiriladi hamda Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh Markazi tomonidan shu kunning o‘zida mijozga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga va O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga uzatiladi. Ushbu ma’lumotlar bankning ma’lumotlar bazasiga dasturiy ravishda kiritiladi va bank tomonidan o‘zgartirishga ruxsat etilmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvarag‘i shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati bo‘yicha bank omonati shartnomasi, vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma) (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank va uning mijozlari o‘rtasidagi shartnomalar yozma shaklda, elektron shaklda yoki masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali oferta shartnomasini tasdiqlash orqali tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada bank mijozning bank hisobvarag‘iga mablag‘larni kirim qilish va hisobdan chiqarish, mijozning bank hisobvarag‘idagi mablag‘larni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bankning huquq va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan vositachilik haqi miqdori va boshqa shartlar belgilab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan hujjatlarga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlashni talab etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 2-bandida ko‘rsatilmagan, biroq mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bank hisobvaraqlarini (kredit (ssuda), lizing, tranzit va boshqalar) ochish, yuritish va yopish tartibi bankning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochish uchun bankka mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan so‘ng, banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay, ularga bank hisobvaraqlari ochishlari shart, bundan norezident jismoniy va yuridik shaxslarga bank hisobvarag‘i ochish hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar norezident jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bankka ushbu Yo‘riqnomada nazarda tutilgan barcha hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng, o‘n besh kundan kechiktirmay ularga bank hisobvaraqlari ochishlari shart, bundan qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaraqlari ochish uchun hujjatlar mijozning imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchasida ko‘rsatilgan yoki yuridik shaxslar nomidan vakil qilingan shaxslar tomonidan taqdim qilinadi, ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda IT-Park rezidenti bo‘lgan, ta’sischisi norezident bo‘lgan yuridik shaxslarga masofadan turib bank hisobvarag‘i ochish holatlari bundan mustasno.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan ushbu Yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan hujjatlardan boshqa qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlar bank hisobvarag‘i ochish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligi uchun javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda, bank mijozga bank hisobvarag‘i ochishni rad etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslarga bank hisobvarag‘i ochishda banklar ushbu norezident yuridik shaxslarni va ularning hisobvaraqlariga kirim qilinadigan mablag‘larning kelib chiqish manbalarini “O‘z mijozingni bil” (KYS, e-KYS va/yoki video-KYS) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/SFT) tizimlariga muvofiq o‘rganishi shart.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, “O‘z mijozingni bil” (KYS, e-KYS va/yoki video-KYS) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/SFT) tizimlariga muvofiq, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda IT-Park rezidenti bo‘lgan, ta’sischisi norezident bo‘lgan yuridik shaxslar bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida tadbirkorlik subyektlariga masofadan turib bank hisobvarag‘ini ochish Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida yoki bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan bank hisobvarag‘i shartnoma ofertasini akseptlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda IT-Park rezidenti bo‘lgan, ta’sischisi norezident bo‘lgan yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlari masofadan turib ochilganda, ular nomidan to‘lovlarni (bank amaliyotlarini) amalga oshiruvchi shaxslar belgilangan tartibda identifikatsiya qilinib, elektron raqamli imzosi yoki qo‘lda qo‘yilgan imzolar namunalari elektron qurilmalar orqali olinganda, qog‘ozda imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha talab etilmaydi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bank mijozlari bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklarining bank hisobvaraqlarini ochish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlari hamda ushbu hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar nusxalari har bir mijoz uchun ochilgan yuridik yig‘majildlarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yig‘majildlardagi ma’lumotlar elektron shaklda bankning maxsus dasturiy ta’minotlari orqali har bir mijoz bo‘yicha shakllantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Banklarda mijozlarning bank hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish kitobi elektron shaklda yuritiladi hamda unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkor hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i ochilgan va yopilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘ini yopish uchun asos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaraqlarini ro‘yxatga olish kitobida bank ichki hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bank hisobvaraqlarini ochish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy va chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolar namunalari qo‘yilgan ikki dona varaqcha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan milliy va chet el valyutasida talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va (yoki) filiallariga talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun vakolatxona va filiallar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va (yoki) filiallarining iltimosnomasi (iltimosnomada “Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami” va “Xos raqami” (mijoz kodi) ko‘rsatilgan bo‘lishi shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezident yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va (yoki) filiallari tomonidan imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona yoki filialga berilgan vakolatlarni belgilovchi hujjat hamda vakolatxona yoki filial nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuridik shaxslar ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgunlariga qadar ta’sischilarning (ishtirokchilarning) dastlabki badallarini kiritish uchun milliy va/yoki chet el valyutasida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ta’sischilar (ishtirokchilar) murojaati asosida ochilishi mumkin. Bunda, ta’sischilar (ishtirokchilar) nomidan vakil qilingan shaxs tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’sischilar nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin yuridik shaxslarga mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda asosiy hisobvaraq ochilib, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar ularning topshiriqlari asosida asosiy hisobvaraqqa o‘tkaziladi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiruvchi norezident yuridik shaxslar (diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan boshqa xorijiy tashkilotlar vakolatxonalari hamda doimiy muassasalar), tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchilar, uyushgan savdolarda aksiya va korporativ obligatsiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar, shuningdek kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslar (bundan buyon matnda norezident yuridik shaxs deb yuritiladi) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3420-1, 03.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezident yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident yuridik shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushgan savdolarda aksiya va korporativ obligatsiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxslar va investitsiya vositachisi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3420-1, 03.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxs va kripto-birja o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so‘mga nisbatan rasmiy kurslari belgilanadigan chet el valyutalarida bank hisobvaraqlari ochilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Rezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlar ochish uchun bankka hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli taqdim qilinadi, bundan mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish holatlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida bank hisobvarag‘i ochish uchun mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha tarzda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaning asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shaklini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy va chet el valyutasida depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza, norezident jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki elektron shakli, norezident jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishini (yashashini) tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi, bundan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari (konsullik muassasalari) orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislarini raqamli identifikatsiya qilish (Fase-ID) yoxud bank bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatgan bankning “O‘z mijozingni bil” (KYS, e-KYS va/yoki video-KYS) hamda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish” (AML/SFT) tizimlariga tayangan holda bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyati mavjud bo‘lgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar norezident jismoniy shaxslarga bank hisobvarag‘i ochishda ularning O‘zbekiston Respublikasida muqim (uch oydan kam bo‘lmagan) davrga ro‘yxatdan o‘tganligi va faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (O‘zbekiston Respublikasida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, ishlayotganligi yoki o‘qiyotganligi, daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlarni) talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari (konsullik muassasalari) orqali jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) olgan IT-park rezidentlarining xorijiy mutaxassislari masofadan turib bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norezident jismoniy shaxs ilgari tegishli bankda bank hisobvarag‘ini ochgan bo‘lsa, ushbu bankda boshqa bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus soliq rejimini olgan norezident jismoniy shaxslar tomonidan bankda hisobvaraq ochish uchun qo‘shimcha ravishda bankka maxsus soliq rejimini taqdim etish bo‘yicha qaror taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident va norezident jismoniy shaxslarga depozit hisobvaraqlari JSHSHIR asosida ochiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs nomiga milliy va chet el valyutasida depozit, metall hisobvaraqlar ochish uchun ota-onadan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs (qonuniy vakili) tomonidan bankka hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza, voyaga yetmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli hamda ota-onadan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning (qonuniy vakili) shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shaxsni tasdiqlovchi hujjatda voyaga yetmagan shaxsning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatilmagan hollarda, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami haqida ma’lumot ham taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar mazkur Yo‘riqnomaning 171-bandida belgilangan hisobvaraqlarni mustaqil ravishda ochishlari mumkin. Bunda ushbu shaxslar bankka hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (tug‘ilganlik haqida guvohnoma, biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shaklini shaxsan taqdim qiladi, bundan mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish holatlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan jismoniy shaxslarning bank hisobvarag‘i shartnomasida bank tomonidan ota-onadan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakili) ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bog‘liq shubhali operatsiyalar haqida xabardor qilish belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173. Mehribonlik uylari, Bolalar uylari, “Muruvvat” bolalar internat-uylari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining filiallari, kichik hajmli bolalar uylari, tutingan (foster) oilalar va boshqa to‘liq davlat ta’minotidagi muassasalarda yoki boshqa tashkilotlarda tarbiyalanayotgan (joylashtirilgan) yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola uchun to‘lanadigan pensiya, nafaqa, alimentlar va boshqa to‘lovlarni jamlash maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining murojaati asosida manfaatdor bola nomiga depozit hisobvaraqlari ochilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muruvvat” bolalar internat-uylariga joylashtirilgan yetim bo‘lmagan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lmagan bola uchun to‘lanadigan pensiya, nafaqa, alimentlar ota-onadan biri yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakili) murojaati asosida manfaatdor bola nomiga depozit hisobvaraqlari ochilishi mumkin. Bunda hisobvaraqda jamlangan mablag‘lardan foydalanish mazkur hisobvaraqni ochish to‘g‘risidagi shartnomada belgilanadi.
(171 — 173-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Rezident jismoniy shaxslarga raqamli identifikatsiyalash orqali bank hisobvarag‘i ochilganda, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talab etilmaydi hamda bank hisobvarag‘i ochish uchun asos bo‘lgan hujjatlar elektron shaklda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bank hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankda ikkilamchi, jamg‘arma va muddatli depozit, metall hisobvaraqlarini ochish uchun hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza taqdim qilinadi. Mazkur ariza elektron shaklda ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar boshqa banklarda ikkilamchi, jamg‘arma va muddatli depozit, metall hisobvaraqlarni ochishda ham asosiy hisobvaraq ochish uchun ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar ochish uchun ushbu Yo‘riqnomaning mazkur bobida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning arizasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bank tomonidan Markaziy bank yoki boshqa bankda, shuningdek vakillik hisobvarag‘i ochish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan Markaziy bankda vakillik hisobvarag‘i ochilayotganda, ular o‘rtasida o‘zaro vakillik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3420-1, 03.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bank tomonidan Markaziy bankda yoki boshqa bankda, shuningdek vakillik hisobvarag‘i ochish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan Markaziy bankda milliy va chet el valyutasida vakillik hisobvarag‘i ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3420-1, 03.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning yoki vakillik hisobvarag‘i ochish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotning barcha rekvizitlari ko‘rsatilgan holda vakillik hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3420-1, 03.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yuridik shaxs bo‘lgan norezident banklar (bundan buyon matnda norezident bank deb yuritiladi) tomonidan banklarda vakillik hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezident bankning to‘liq nomi va uni ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatdagi yuridik manzili ko‘rsatilgan holda vakillik hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazgan davlatning vakolatli organi tomonidan berilgan litsenziyaning legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezident bank tomonidan va u ro‘yxatga olingan davlatda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar qo‘llanilishi to‘g‘risidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yangi tashkil etilayotgan bank ta’sischilari tomonidan bank ustav kapitalini shakllantirish va bank ro‘yxatga olingunga qadar to‘lanadigan boj va yig‘imlar uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida Markaziy bank yoki tijorat bankida 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i bank ta’sischilari murojaati asosida ochilishi mumkin. Bunda, ta’sischilar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvarag‘i ochish to‘g‘risida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi) asli yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va/yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli.
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olingandan so‘ng 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar belgilangan tartibda ochilgan vakillik hisobvarag‘iga ta’sischilarning topshirig‘i asosida o‘tkaziladi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bank hisobvaraqlarini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha shakli, shuningdek tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar va norezident yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchalar soni bankning ichki hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchada quyidagilar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzo qo‘yish vakolati berilgan shaxslarning — familiyasi, ismi, otasining ismi hamda ularning shaxsan qo‘yilgan imzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarda muhr mavjud bo‘lishi talab qilingan taqdirda — muhr izi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchada bank ichki hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Banklar tomonidan ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda IT-Park rezidenti bo‘lgan, ta’sischisi norezident bo‘lgan yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishda, ularning imzo namunalari qo‘yilgan varaqchada ko‘rsatilgan rezident jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash raqamli identifikatsiyalash orqali amalga oshirilishi mumkin.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Imzo namunalari bank mijozining shaxsan o‘zi tomonidan qo‘yilishi shart. Nogironligi bo‘lgan shaxsning faksimil imzosi nogironligi bo‘lgan shaxs tomonidan faqat, agar u o‘zining jismoniy nuqsonlari sababli zarur hujjatlarni imzolash chog‘ida o‘z qo‘li bilan imzo qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, qo‘llanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo qo‘yish vakolati berilgan shaxslarning imzolari bank xodimi ishtirokida qo‘yiladi, bundan masofadan turib bank hisobvarag‘i ochish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxslardan birortasi vaqtincha o‘zgarganda, vaqtincha vakolat berilgan shaxsning imzo namunasi qo‘yilib, amal qilish muddati ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaqcha taqdim qilinadi. Ushbu qo‘shimcha varaqcha rahbar tomonidan imzolanadi va muhrlanadi (tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan muhr qo‘yish talab etilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqchaga yuridik shaxslarning asosiy muhri yoki yuridik shaxs filialining yoxud vakolatxonasining muhr izining namunasi qo‘yilishi shart. To‘lov hujjatlariga aloqador bo‘lmagan, alohida maqsadlar uchun muhrlardan (“Paketlar uchun”, “Ruxsatnomalar uchun”, “Devonxona”, “Ma’lumotlar uchun”, “Guvohnomalar uchun” kabilar) foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhr almashtirilganda yoki yo‘qolib qolganda, birinchi va ikkinchi imzo huquqi berilgan shaxslar tomonidan imzolangan iltimosnoma asosida bank vakolatli xodimi tomonidan muhr tayyorlatish uchun zarur bo‘lgan muddat beriladi. Ushbu muddat o‘ttiz kalendar kundan oshishi mumkin emas. Bir vaqtning o‘zida bankning vakolatli xodimi (bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari) muhr bo‘lmagan vaqtda to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, vaziyatdan kelib chiqqan holda hujjatlar muhr izisiz topshirilishiga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bank hisobvarag‘i egasi o‘z manzilining o‘zgarganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatayotgan bankka besh ish kuni davomida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tadbirkorlik faoliyati subyekti bo‘lmagan rezident yuridik shaxslar hamda budjetdan mablag‘ oluvchilar, rezident yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari, norezident yuridik shaxslar ta’sis hujjatlarida (ta’sis shartnomasida, ustavda) ko‘rsatilgan ma’lumotlar (muassislar, a’zolar yoki boshqa ma’lumotlar) o‘zgargan taqdirda, ular ta’sis hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxasini uch ish kuni ichida bankka taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar faqat bank hisobvarag‘i egasining farmoyishiga ko‘ra yoki bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi qarori bo‘yicha yoxud sud ajrimiga ko‘ra xatlanganda, shuningdek qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Bunday holda, pul mablag‘lari faqat qaror yoki ajrimda ko‘rsatilgan summaga xatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Barcha bank hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish amallarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha so‘rov faqat asosiy depozit hisobvarag‘ini ochgan bank tomonidan qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollardagina shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mijozlar ularga asosiy hisobvaraqni ochgan bank orqali boshqa banklarda ochilgan o‘zining barcha bank hisobvaraqlari haqidagi ma’lumotlarni olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida sudgacha sanatsiya qilish, tashqi boshqarish va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari qo‘llaniladigan qarzdor yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorning asosiy hisobvarag‘iga mos ravishda so‘mdagi sudgacha sanatsiya, kreditorlar bilan hisob-kitob qiluvchi maxsus hisobvaraq yoki yagona hisobvaraq maqomi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qonun talablari asosida sudgacha sanatsiya, kreditorlar bilan hisob-kitob qiluvchi maxsus hisobvaraq yoki yagona hisobvaraqdan foydalanish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish va bank hisobvaraqlarni yopish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Asosiy hisobvaraqni boshqa bankda ochish uchun mijoz tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 2-bobida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida asosiy hisobvaraqni ochayotgan bank mijozga 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz tomonidan bankka chek daftarchalari va to‘lov terminallari (mavjud bo‘lsa) qaytariladi, asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish uchun ariza taqdim etiladi hamda asosiy hisobvaraqdagi qoldiq mablag‘ni asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazayotgan bank qoldiq mablag‘larni 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga o‘tkazish bo‘yicha mijozning to‘lov topshiriqnomasini ijro etgandan keyin BDMABga asosiy hisobvaraqni boshqa bankka o‘tkazish bo‘yicha so‘rov shakllantiradi. Mazkur so‘rov uch ish kuni davomida faol bo‘ladi. Ushbu muddat ichida asosiy hisobvaraq ochilmagan taqdirda, asosiy hisobvaraqni yopayotgan bank tomonidan so‘rov takroran shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy hisobvaraq ochilayotgan bankdagi 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘iga mablag‘lar kirim qilingandan so‘ng yangi asosiy hisobvaraq ochiladi. Bunda, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘idagi mablag‘lar asosiy hisobvaraqqa bank tomonidan memorial order bilan o‘tkazilib, 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozning asosiy hisobvarag‘i boshqa bankka ko‘chirilganda, uning ikkilamchi hisobvaraqlari yopilmaydi va asosiy hisobvaraqning nazorat kalitidan tashqari barcha ma’lumotlar o‘zgarmagan holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilgan asosiy hisobvaraq bo‘yicha kelib tushgan to‘lov va ijro hujjatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgach, ular yangi asosiy hisobvaraq ochilgan bank (filial) nomi ko‘rsatilgan holda qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ochiladigan qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari ushbu qarorlarda belgilangan vaqtincha foydalanish muddati tugagan sanadan keyingi ish kuni yopiladi. Ushbu hisobvaraqlardagi mablag‘lar qoldig‘i bank tomonidan memorial order bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu hisobvaraqni yopish uchun ariza olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shartnoma mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda yoki unda ko‘rsatilgan holatlar yuz berganda bekor qilinadi. Shartnomaning bekor qilinishi mijozning bank hisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma sud orqali bekor qilinganda ham bank hisobvaraqlari yopilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan harakatsiz holatga o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari davlat reyestridan chiqarilgan kundan e’tiboran shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ixtiyoriy tugatilayotgan va (yoki) moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlarini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nodavlat notijorat tashkilotlari tugatilayotganda, ularning bank hisobvaraqlarini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Yo‘riqnomaning 43 va 44-bandlarida ko‘zda tutilmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tugatilayotganda, yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to‘xtatilayotganda, ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi bankka ariza bilan murojaat qilinadi hamda foydalanilmagan cheklar va to‘lov terminallari (mavjud bo‘lsa) qaytariladi. Ushbu subyektlarning asosiy hisobvarag‘ini yopishdan oldin ularga ochilgan barcha ikkilamchi hisobvaraqlar ularning arizasi asosida yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur subyektlarning asosiy hisobvarag‘ini yopishdan oldin ularning soliq qarzi mavjudligi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tekshiriladi. Soliq qarzi mavjud bo‘lganda, asosiy hisobvaraqni yopishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan kontraktlari bo‘yicha qarzdorliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu qarzdorliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 216-son “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgandan so‘ng asosiy hisobvaraq belgilangan tartibda yopiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bank hisobvaraqlari yopilayotganda, bankning vakolatli xodimi yopilayotgan bank hisobvarag‘idan mijozga oxirgi marta ko‘chirma berilgan kundan boshlab ushbu bank hisobvarag‘iga kiritilgan barcha yozuvlarni hujjatlar bo‘yicha sinchiklab tekshirishi, ssuda va bank xizmatlari uchun hisoblangan hamda to‘langan foizlarni inobatga olgan holda chiqarilgan oxirgi qoldiqning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishi va yopilayotgan bank hisobvarag‘iga tegishli yozuvlarni kiritib, imzo chekishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozning barcha taqdim qilingan talablardan ozod bo‘lgan pul mablag‘larining qoldig‘i mijoz (tugatuvchi) topshirig‘iga asosan boshqa hisobvaraqqa o‘tkazilganidan so‘ng bank hisobvarag‘i yopiladi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 27-oktabrdagi 26/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3420-2, 11.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Banklarning yoki vakillik hisobvarag‘i ochish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlari ularning vakillik munosabatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra, shuningdek banklar yoki vakillik hisobvarag‘i ochish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilotlarni tugatish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari asosida yopiladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 25-oktabrdagi 36/7-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3420-1, 03.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ushbu Yo‘riqnoma talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 11-maydagi 18/5-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863-1, 2010-yil 25-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 21-son, 163-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 14-martdagi 7/1-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863-2, 2014-yil 2-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 14-son, 159-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 20-sentabrdagi 32/3-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863-3, 2014-yil 30-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 40-son, 503-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 28-dekabrdagi 41/1-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863-4, 2017-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 1-son, 21-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/5-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863-5, 2017-yil 4-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 27-son, 628-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/9-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863-6, 2018-yil 26-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 10/18/1863-6/2118-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 15-apreldagi 7/5-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863-7, 2019-yil 14-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/1863-7/3125-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 28-dekabrdagi 33/7-son “O‘zbekiston Respublikasi bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1863-8, 2020-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 10/20/1863-8/0074-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 229-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 23-maydagi 16/1-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-1, 2009-yil 20-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 26-son, 300-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 17-oktabrdagi 29/4-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-2, 2009-yil 3-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 45-son, 487-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 26-dekabrdagi 38/10-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-3, 2010-yil 28-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 3-4-son, 35-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 24-iyuldagi 25/3-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-4, 2010-yil 22-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 38-son, 337-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 23-iyuldagi 22/3-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-5, 2011-yil 16-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 32-33-son, 342-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 10-sentabrdagi 26/3-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-6, 2011-yil 22-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 38-son, 392-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2012-yil 28-iyuldagi 22/1-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-7, 2012-yil 31-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 31-son, 362-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/3-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-8, 2014-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 18-son, 205-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 30-dekabrdagi 47/10-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-9, 2015-yil 9-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 6-son, 73-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/3-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-10, 2015-yil 15-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 37-son, 493-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 26-maydagi 15/3-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-11, 2016-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 24-son, 294-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 4-martdagi 4/5-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-12, 2017-yil 24-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 12-son, 192-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/13-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-13, 2017-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 10/17/1948-13/0089-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2017-yil 30-dekabrdagi 35/6-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-14, 2018-yil 17-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1948-14/0583-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 14-iyuldagi 24/7-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-15, 2018-yil 9-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 10/18/1948-15/1688-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 22-sentabrdagi 30/8-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-16, 2018-yil 25-oktabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 10/18/1948-16/2099-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/4-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-17, 2019-yil 20-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/1948-17/2655-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/4-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-18, 2019-yil 23-avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 10/19/1948-18/3620-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 28-dekabrdagi 33/6-son “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1948-19, 2020-yil 10-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/1948-19/0148-son).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2023-y., 10/23/3420/0081-son; 06.11.2023-y., 10/23/3420-1/0829-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 12.11.2025-y., 10/25/3420-2/1039-son)