NAVOIY VILOYATI UCHQUDUQ TUMANI HOKIMINING
QARORI
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi 642-sonli Qonunning 38-39-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 27.09.2024-yildagi OʻRQ-967-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2020-yil 15-oktabr, OʻRQ-641-son), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllabquvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-57-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 22-son, 420-modda, 37-son, 982-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 21-dekarbdagi PQ-401-son qarorining 8.2-bandi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi 965-sonli qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-yil, 09/17/965/0393-son) bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2025-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni (keyingi oʻrinlardaijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar deb yuritiladi) ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilashi va zaxiraga qoʻyishi lozim boʻlgan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga asosan:
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralari shakllantirilishi, bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi hamda xodimlari soni 100 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan qoʻllanilishi;
budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar faqat nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan hamda odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralari shakllantirilishi, bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining 7 foizidan oshmasligi hamda xodimlari soni 20 nafardan ortiq boʻlgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilishi belgilanganligi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Uchquduq tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi hamda Uchquduq tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Uchquduq tumani hududidagi tashkilotlar boʻyicha 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish oʻrinlarini belgilash toʻgʻrisidagi quyidagi takliflari maʼqullansin:
Xodimlar soni 20 nafardan ortiq boʻlgan davlat tashkilotlarida majburiy zaxiralanadigan ish oʻrinlari soni xodimlar umumiy sonining yetti foizidan oshmagan miqdorda hamda xodimlar soni 100 nafardan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlarda (davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar bundan mustasno) majburiy zaxiralanadigan ish oʻrinlari soni xodimlar umumiy sonining uch foizidan oshmagan miqdorida kelgusi yil uchun 276 ta ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish, jumladan:
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 11.59 foiz (32 kishi); oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun 3.26 foiz (9 kishi);
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchun 70.65 foiz (195 kishi);
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun 5.07 foiz (14 kishi); jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar uchun 9.42 foiz (26 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 0 foiz (0 kishi) miqdorida ish oʻrinlarining majburiy zaxiralari shakllantiriladi.
3.Ushbu toifaga mansub shaxslar uchun ish oʻrinlari sanitariya-gigiyena meʼyorlariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini toʻsiqsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga, shu jumladan, quyidagilarga muvofiq boʻlishi kerak:
nogironligi boʻlgan shaxslar toifasi uchun — oʻtkazilgan va xodimga ularning sogʻligi holatini va mehnat faoliyatiga toʻgʻri kelmaydigan belgilangan zidliklar hisobga olgan holda mehnat operatsiyalarini toʻsiqsiz bajarish imkonini beradigan ish oʻrinlari;
oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari uchunv — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun- ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar toifasi uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
odam savdosi jinoyatidan jabrlangan shaxslar toifasi uchun — ularning kasbiy tayyorgarligini hisobga olgan holda yoki maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari;
4. 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish maqsadida quyidagilar:
davlat tashkilotlari (byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar) tomonidan majburiy zaxira qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha yillik soni yuz nafardan ortiqni tashkil etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar bundan mustasno) tomonidan majburiy zaxira qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari:
Oʻzbekirton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.12.2019-yildagi 971-sonli qarori talablariga asosan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun tashkilot va korxonalar 2025-yil yakunlanishidan 10 kun oldin band qilingan ish oʻrinlari umumiy miqdorining kamida 25 foizi https://my.mehnat.uz/ web sayti orqali zaxiralanib qoʻyilishini taʼminlasin, shuningdek, bu haqda yil boshlanguniga qadar tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tumandagi tashkilot va korxonalar https://my.mehnat.uz/ web sayti orqali belgilangan ish oʻrinlarini zaxiralanganligi toʻgʻrisida xabardor qilsin;
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini https://my.mehnat.uz/ web sayti orqali zaxiraga qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar, yaʼni 2025-yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlansin, bu haqda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimini birinchi chorak tamom boʻlganidan keyin 10 kundan kechikmay https://my.mehnat.uz/ web sayti orqali ish oʻrinlari zaxiralanganligi toʻgʻrisida xabardor qilsin.
Tashkilot har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunigacha tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son Qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha muhtojlarni ishga joylashtirish toʻgʻrisida axborot taqdim etib borsin.
Zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarini saqlash shartlari Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 40-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-son qaroriga muvofiq aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslarni ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun ish beruvchilarga –har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida subsidiya mablagʻlarini toʻlab berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 3, 13, 34, 38, 39, 40, 41-moddalariga asosan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Nizomning 21-bandi, 2-qismiga asosan, muhtojlar uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha Uchquduq tumani hokimining qarori bajarilmaganligi uchun jarima toʻlash tashkilotni zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini yaratish boʻyicha majburiyatdan ozod qilmaydi.
9. Uchquduq tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi H. Mirmanov:
Oʻn kun muddatda ushbu qaror nusxasini 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan tashkilotlar rahbarlarining eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha Uchquduq tumani hokimining ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish taʼminlansin.
10. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari S. Hamrayev zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Tuman hokim U. ELMURATOV
Navoiy viloyati, Uchquduq tumani,
2025-yil 30-oktabr,
192-5-76-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.