XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgust kungi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-126-son Farmonini tumandagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-126-son Farmoniga muvofiq aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun tashkilotlarda ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish boʻyicha yangi tartib belgilangan.
Xususan, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab xodimlari soni 100 nafardan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar nogironligi boʻlgan shaxslar, oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, “Kambagʻal oilalar reyestri”dagi oilalarning aʼzolari, muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining majburiy zaxiralarini shakllantirishi hamda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining uch foizidan oshmasligi zarurligi belgilab qoʻyilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13, 38-, 39-, 40-, 41, 42-moddalari, Mehnat kodeksining 96, 99, 411, 423-moddalari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 50-moddasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish maqsadida ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish tartibi, talablari, ragʻbatlantirish hamda javobgarlik choralari belgilangan.
Shu munosabat bilan, tumanda 2026-yilda zaxira ish oʻrinlari yaratadigan korxona a tashkilotlar roʼyxati shakllantirilgan.
Zaxira ish oʻrni yaratadigan ish beruvchilar shahar va tuman hududida joylashganligi hamda ishga olish vakolati tuman (shahar) darajasida hal etilganligi sababli, ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilashda xalq deputatlari tuman (shahar) mahalliy kengashlari qarorlari bilan tasdiqlash maqsadga muvofiq deb topilgan.
Mazkur masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-5-V-son qarori bilan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibi toʻgʻrisida”gi namunaviy nizomning 11-bandi, 4-xatboshisida koʻrsatilgan tartibda belgilangan davr mobaynida jamoatchilik muhokamasida boʻlganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgust kungi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-126-son Farmonini tumanda barcha masʼullar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlansin.
2. Quva tumanida 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun davlat tashkilotlari (byudjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar) tomonidan majburiy zaxira qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq,
Quva tumanida 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha yillik soni yuz nafardan ortiqni tashkil etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar bundan mustasno) tomonidan majburiy zaxira qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (J.Zakirov), nazorat qilish esa xalq deputatlari tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi (M.Axmadaliyeva) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi UMAROV XALIMJON KOMILOVICH
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
2025-yil 29-oktabr,
VII-15-136-11-156-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.