ANDIJON VILOYATI MARHAMAT TUMANI HOKIMINING
QARORI
Marhamat tumanida ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida ish oʻrinlarini 2026-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Аholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-son Qonunining 39-moddasi 4-bandi 2-xatboshi (VM 965-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq), “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlari Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (AV roʻyxat raqami № 3163-son, 2019-yil 31-may) buyrugʻiga asosan “ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni kvotalangan sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdoridahaq toʻlash”ga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashtirish uchun, asosan tumanda 2026-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq, 2026-yilda mazkur toifadagi shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdori belgilangan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga asosan tasdiqlansin. Nogironlar uchun 3 foiz (33) nafar yuqorida koʻrsatilgan ish oʻrinlariga tumanda nogironlarni ishga joylashish boʻyicha talab 33 nafar boʻlmasa kelgusida ish oʻrinlari qolgan toifalar uchun band qilib qoʻyilsin.
2-ilovaga muvofiq xodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan 1981 nafarini tashkil etadigan 7 foizdan ortmagan miqdorida, shu jumladan:
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 3 foiz (109 nafar nogironlar uchun band qilingan ish oʻrinlarining ortgan qismi kelgusida ehtiyoj yuqori toifalar bilan toʻldiriladi);
jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun 0,6 foiz (11 kishi);
oilaviy (maishiy) zoʻravonlik natijasida jabrlanganlar uchun 1,3 foiz (25 kishi);
kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarni aʼzolari uchun 1,5 foiz (29 kishi);
odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlar 0,15 foiz (3 kishi);
muqobil joylashtirish shakillarida tarbiyalangan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar uchun 0,85 foiz (17 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini ta'minlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar quyidagilar etib belgilansin:
muhandislar, iqtisodchilar, pedagok, hisobchi, huquqshunos, zootexnik, agronom, shifokor, hamshira, kichik tibbiy xodim, ish yurituvchi, farrosh, obodonlashtirish ishchisi, omborchi, bogʻbon, qorovul.
4. Tumandagi mavjud korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlari:
Oʻzbekiston Respublikasi “Аholi bandligi” toʻgʻrisidagi OʻRQ-642-son Qonunining 39-moddasi 4-bandi 2-xat boshi (VM 965-sonli qarorining 2-ilovasi) ga muvofiq:
“Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlash vazifalari topshirsinlar;
yil boshlanguniga qadar oʻn kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlasin, ushbu toʻgʻrisida tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimiga yil boshlanguniga qadar axborot bersinlar;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlasin, bu toʻgʻrida tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin oʻn kundan kechikmay axborot bersinlar;
tashkilotlar har chorakda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga yuqorida koʻrsatilgan toifadagi shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida ushbu nizomdagi 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etsinlar;
band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotni tashkilot tomonidan taqdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qarashi lozimligi qayd etilsin.
5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 21-bandiga muvofiq Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik MJtKning 50-moddasi bilan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi inobatga olinsin.
6. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha ishga qabul qilgan fuqarolar uchun tashkilotlarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida subsidiya va grantlar ajratilish aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga yuklatilsin.
7. Tuman hokimligini umumiy boʻlimi boshligʻi (M.Raximov) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
8. Tuman hokimining mazkur qarori 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiritilsin.
9. Mazkur qaror tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
10. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2022-yil 15-noyabrdagi 398-1-24-Q/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi har oy tuman hokimining mazkur qarori ijrosini bajarmasdan kelayotgan tashkilotlar boʻyicha axborot kiritib borsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Otaxonov hamda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi O.Arslonov zimmalariga yuklatilsin.
Tuman hokimi V. V. B ABDUJALILOV E. A
Andijon viloyati, Marhamat tumani,
2025-yil 4-oktabr,
132-1-24-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.