1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning ijtimoiy himoyasini ularning eng ustun manfaatlarini hisobga olgan holda kuchaytirish, zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar bilan amalga oshiriladigan tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlari jarayonida ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash va qayta ruhiy jarohatlanishdan himoya qilish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.12.00 Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik holatlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida ularni qayta ruhiy jarohatlanishdan himoya qilishga qaratilgan ilgʻor xalqaro tajriba modellarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) jinsiy zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni soʻroq qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish, yuzlashtirish va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.12 Malakali yuridik yordam olish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) protsessual harakatlarga jalb etilgan zoʻravonlikdan jabrlangan va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga malakali yuridik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.12.00 Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategisida bolalarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashishda ilgʻor xalqaro tajriba modellarini (shu jumladan, “Barnaxus” modeli) joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining Samarqand shahrida “Barnaxus” modeli asosida “Najot” bolalar markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin. Bunda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markaz Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi huzurida yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markaz faoliyatini tashkil etish uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning mavjud shtat birliklari hisobidan 4 ta shtat birligi ajratiladi hamda Markaz xodimlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari boshqaruv xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi tomonidan Markaz faoliyatiga zarur hollarda, tarjimon, maxsus pedagog (defektolog), psixiatr, reabilitolog va boshqa tor soha mutaxassislari mehnatga soatbay haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15 bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Markaz faoliyati Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 20-oktabrdan boshlab:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Jinoyat kodeksining 118 (nomusga tegish), 119 (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish), 121 (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 128 (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish), 1281 (oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish), 129 (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) moddalarida, 135-moddasi (odam savdosi)ning uchinchi qismi “b” bandida (jinsiy jinoyatlar bilan bogʻliq holatlar) hamda 1413-moddasi (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish)ning ikkinchi qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarni ishni sudga qadar yuritish jarayonida soʻroq qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ekspertiza oʻtkazish, tanib olish uchun koʻrsatish va zaruratga koʻra boshqa protsessual harakatlar (keyingi oʻrinlarda — protsessual harakatlar) Markazning ixtisoslashtirilgan xonalarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markazda Samarqand viloyati hududida sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha protsessual harakatlar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) bolani Markazga olib kelish va xavfsizligini taʼminlash holat aniqlangan hududdagi ichki ishlar organlari tomonidan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) protsessual harakatlar Markaz psixologining xulosasi asosida maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan prokuratura organining xodimi (intervyuyer) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ushbu xodim jinoyat ishi boʻyicha tergov guruhi tarkibiga kiritilgan holda jalb qilinadi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.08.00 Protsessual muddatlar va chiqimlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) protsessual harakatlar jarayonida bolaning qonuniy vakillari va advokati, tergovchi, ekspertlar va Markazning ijtimoiy xodimi hamda psixologi ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Markazda amalga oshirilgan protsessual harakatlar majburiy tartibda audio- va videoyozuv orqali qayd etiladi va stenogramma shakli bilan birga jinoyat ishi hujjatlariga qoʻshiladi. Olingan audio- va videoyozuvlarni Markazda saqlash, uchinchi shaxslarga berish hamda har qanday shaklda tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Markazda audio- va videoyozuv vositasida qayd etilgan protsessual harakatlar jinoyat ishi boʻyicha dalil deb eʼtirof etiladi hamda bolani sudga chaqirmasdan sud muhokamasida qoʻllanilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) jabrlanuvchi bolaning qonuniy vakilining ishtirokisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki ularning yaqinlari va himoyachilari bilan bevosita uchrashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2027-yil 1-yanvardan boshlab jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida jalb qilingan bolalarga bolalar bilan ishlash boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.05.00 Koʻrsatgan yuridik yordami uchun advokatlarga haq toʻlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar reyestrida bolalar bilan ishlash boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlarning alohida roʻyxati yuritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) vakolatli organlar soʻrovlari asosida Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida jalb qilingan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar bilan taʼminlashni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil yakuniga qadar har bir hududdan kamida 10 nafar advokat xalqaro standartlar asosida bolalar bilan ishlash boʻyicha maxsus dasturlarga muvofiq oʻqitilishini taʼminlasin. Bunda qoida tariqasida ayol advokatlarga ustuvorlik berilishiga eʼtibor qaratilsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish maqsadida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “1246” maxsus qisqa raqamli “ishonch telefoni” faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “ishonch telefoni” bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlariga oid murojaatlarni tezkor qabul qilish va tegishliligi boʻyicha yoʻnaltirish maqsadida “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “ishonch telefoni” orqali qabul qilingan murojaat tegishliligi boʻyicha boshqa davlat organiga yoʻnaltirilgan taqdirda, ushbu davlat organi tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda majburiy tartibda koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha maʼlumot murojaat etuvchiga (uning qonuniy vakiliga), Ijtimoiy himoya milliy agentligiga hamda tegishli prokurorga taqdim yetiladi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev va ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-oktabrdagi PQ-375-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
I. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish
1.
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni “Najot” bolalar markaziga yoʻnaltirish hamda tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov jarayonida ular bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirishni tashkillashtirish tartibini ishlab chiqish.
Idoralararo qoʻshma qaror
2026-yil oktabr
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy sud
2.
“Najot” bolalar markazida zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga xizmat koʻrsatish standartini ishlab chiqish.
Standart loyihasini ishlab chiqish
2026-yil oktabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi
3.
“Najot” bolalar markazi xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilgan dastur asosida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish va malakasini oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil oktabr — dekabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
4.
Samarqand viloyatida kamida 2 nafardan prokuratura organining xodimi (intervyuyer sifatida), sud-tibbiy ekspertizasini amalga oshiruvchi mutaxassis, sudya va tergovchilarni xalqaro standartlarga asoslangan dastur asosida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish.
Bunda maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazishda ayol xodimlarga ustuvorlik berilishiga eʼtibor qaratish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil oktabr — dekabr
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oliy sud
5.
Samarqand viloyati Samarqand shahar sudi binosida bolalar uchun ixtisoslashgan xona tashkil etish. Ushbu xonani bolalarning yoshi va ruhiy holatini inobatga olgan holda moslashtirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
Oliy sud
6.
Ijobiy natijalarini inobatga olgan holda “Najot” bolalar markazi namunasidagi markazlarni respublikaning qolgan hududlarida tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Axborot tahliliy maʼlumotnoma
2028-yil dekabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Bosh prokuratura,
Ichki ishlar vazirligi,
Oliy sud
II. Zoʻravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh boʻlgan bolalarga huquqiy xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish
7.
Vakolatli organlar soʻrovlari asosida jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvoh sifatida jalb qilingan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar bilan taʼminlash. Bunda:
a) Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni qayta koʻrib chiqish hamda unda vakolatli organlar soʻrovlari asosida protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan zoʻravonlikdan jabrlangan va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar bilan taʼminlash tartibini kiritish;
b) “Yuridik yordam” axborot tizimida vakolatli organlar soʻrovlari asosida protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan zoʻravonlikdan jabrlangan va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan advokatlar bilan taʼminlash imkoniyatini yaratish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish
2026-yil dekabr
Adliya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
III. “Ishonch telefoni” faoliyatini tashkil etish
8.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish maqsadida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “1246” maxsus qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
9.
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning murojaatlarini tegishliligi boʻyicha prokuratura, sogʻliqni saqlash yoki ichki ishlar organlariga yoʻnaltirish (standart operatsion) tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.
Idoralararo qoʻshma qaror
2026-yil oktabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi
10.
“1246” maxsus qisqa raqamli “ishonch telefoni”ni “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil oktabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
11.
Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish maqsadida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “1246” maxsus qisqa raqamli “ishonch telefoni” media targʻibotini amalga oshirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil dekabr
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2026-y., 07/26/375/1040-son)