1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
1. | Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar uchun professional tutingan oila xizmatini yoʻlga qoʻyish. | Professional tutingan oilani tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda professional tutingan oilani tashkil etish, faoliyatini moliyalashtirish, zoʻravonlik natijasida oilasidan olingan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarni joylashtirish tartibi nazarda tutiladi. | 2026-yil yanvar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. | Zoʻravonlikning har qanday shaklidan jabrlangan va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish. | Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini kiritish: (a) voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar (katta inspektor-psixologlar)ga zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzish vakolatini berish; (b) zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga va zoʻravonlikka guvoh boʻlgan bolalarga ular tegishli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan eʼtiboran davlat hisobidan yuridik yordamdan foydalanish huquqini berish; (v) bolalarga nisbatan ularning qonuniy vakillari yoki boshqa qarindoshlari tomonidan zoʻravonlik holatlari boʻyicha ishni sudga qadar yuritish va sud muhokamasi jarayonlaridagi barcha protsessual harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida koʻrish amaliyotini joriy etish; (g) bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha jabrlangan bolalarning dastlabki koʻrsatuvlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini joriy etish; (d) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar taʼlim, sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq aniqlangan faktlar haqida xabar bermaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik kiritish; (j) Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalari qarorlarini ijro etmaslik yoki ijro etishga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash; (z) voyaga yetmagan shaxsni maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi oʻrniga muqobil majburlov choralarini joriy etish. | 2026-yil aprel | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
3. | Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksining bolalarni jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik va jinsiy ekspluatatsiya qilish, ruhiy zoʻravonlik, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, taʼqib etilishdan (shu jumladan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda) himoya qilish bilan bogʻliq moddalarini qayta koʻrib chiqish. | 1. Ishchi guruh tuzgan holda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish. | 2026-yil mart | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. Bolalarga nisbatan jismoniy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik va jinsiy ekspluatatsiya qilish, ruhiy zoʻravonlik, gʻamxoʻrlik koʻrsatmaslik, taʼqib etganlik (shu jumladan, telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda) uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish. Bunda: (a) bolalarning oʻlimiga sabab boʻlgan jinoiy xatti-harakatlarni sodir qilgan shaxslar amnistiya akti asosida, yarashilganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilinmasligi, yengilroq jazo tayinlash va shartli hukm qoʻllanilmasligiga; (b) voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yoki jazoni ijro etish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmasligiga alohida eʼtibor qaratiladi. | 2026-yil aprel | |||
4. | Yevropa Kengashining bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va jinsiy zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyasiga (Lansarote, 2007-yil 25-oktabr) qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqish. | 1. Konvensiyaga qoʻshilish yuzasidan milliy ekspertlar guruhini shakllantirish. | 2026-yil fevral | Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy sud |
2. Konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish. | 2026-yil mart | |||
3. Umumlashgan xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritish. | 2026-yil aprel | |||
5. | Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaning xabar berish tartibiga oid Fakultativ protokoliga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish. | 1. Fakultativ protokolga qoʻshilish yuzasidan milliy ekspertlar guruhini shakllantirish. | 2026-yil yanvar | Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura |
2. Fakultativ protokolga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish. | 2026-yil fevral | |||
3. Umumlashgan xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritish. | 2026-yil aprel | |||
6. | Huquqni muhofaza qilish va sud organlari tomonidan amalga oshiriladigan protsessual harakatlar jarayonida bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirish. | 1. Mutasaddi vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. | 2026-yil fevral | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. Amaldagi qonunchilikni protsessual harakatlar jarayonida bolalarning manfaatlariga daxl qiluvchi, ularning huquqini cheklovchi qoidalarning mavjudligi nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazish. | 2026-yil mart | |||
3. Surishtiruv, tergov va sud jarayonida bola manfaatlarini ifoda etish uchun ijtimoiy xodimni protsess ishtirokchisi sifatida belgilash masalasini koʻrib chiqish. 4. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini, xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini oʻrganish. | 2026-yil aprel | |||
5. Oʻrganish natijalari asosida tajriba sinov tariqasida “Barnaxus” modelini joriy etish, shuningdek, bolalarning manfaatlariga daxl qiluvchi, ularning huquqini cheklovchi qoidalarni bekor qilish va oʻzgartirish boʻyicha normativ- huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish. | 2026-yil iyun | |||
7. | Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish. | Ilgʻor xorijiy davlat tajribalarini oʻrgangan holda bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Hukumatga kiritish. | 2026-yil mart | Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi, Bolalar ombudsmani, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
8. | Taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan xodimlarning bolalarga taʼlim va tarbiya berish faoliyati bilan shugʻullanishini taqiqlash masalasini oʻrganib chiqish. | Mehnat qonunchiligiga taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan xodimlarning kelgusida bolalar bilan ishlash boʻyicha mehnat faoliyatini davom ettirishini cheklovchi yoki taqiqlovchi qoidalarni belgilash nuqtai nazaridan takliflar tayyorlash va Hukumatga kiritish. | 2026-yil mart | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olishda oilani qoʻllab-quvvatlash (profilaktika) tizimini takomillashtirish | ||||
9. | Patronaj hamshirasi tomonidan xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari yuzasidan zudlik bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini majburiy ravishda xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Patronaj hamshirasining lavozim yoʻriqnomasi va funksional vazifalarini qayta koʻrib chiqish hamda xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari aniqlanganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish majburiyatini yuklash. | 2026-yil yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
10. | Zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) uchun “mehrli oila” xizmatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi tomonidan “Mehrli oila” xizmatlarini yoʻlga qoʻyish. 2. Zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan va huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ni “Mehrli oila” kurslariga jalb etish. | 2026-yil martdan boshlab doimiy ravishda | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
11. | Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalar bilan ishlash, oiladagi salbiy odatlarni bartaraf etishga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash. | Voyaga yetmagan farzandlarining xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan, shu jumladan, salbiy odatlari (spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql-irodasiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarga qaram boʻlib qolish) mavjud yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlayotgan ota-onalarga: (a) ehtiyojlari asosida ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish; (b) zarur hollarda tibbiy yordam olishga koʻmaklashish; (v) oilani mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashga, ota-onalik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarga jalb etish orqali oiladagi muhitni yaxshilashga koʻmaklashish. | Doimiy ravishda | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
III. Bolalar uchun xavfsiz va har tomonlama qulay taʼlim muhitini yaratish | ||||
12. | Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari)da xavfsiz taʼlim muhitini yaratish, bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish qoidalari (tartib-taomillari) va tizimini joriy etish. | 1. Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari) xodimlarining bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etmaslik, zoʻravonlikka uchragan bolalar toʻgʻrisida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish boʻyicha majburiyatlarini odob-axloq qoidalari, mehnat shartnomasi va lavozim yoʻriqnomasiga kiritish. | 2026-yil yanvar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari)da bolalarga nisbatan zoʻravonlikdan xoli muhitni yaratish. | Doimiy ravishda | |||
3. Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari)da bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish uchun masʼul boʻlgan shaxslarni tayinlash. | Doimiy ravishda | |||
4. Bolalarga zoʻravonlikdan himoyalanish boʻyicha ularning yoshiga mos boʻlgan tarqatma materiallarni tayyorlash. | Doimiy ravishda | |||
13. | Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavfsiz, zoʻravonlikdan holi muhitni yaratish. | 1. “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini va “Xavfsiz maktab” muhitini joriy etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmani ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil aprel-may | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Namunali maktablar reytingini shakllantirish boʻyicha baholash mezonlarining indikatorlariga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini kiritish. | 2026-yil may | |||
3. Barcha umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida alohida psixolog xonasini tashkil etish va zarur inventarlar bilan jihozlash (zarur inventarlar bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilgan taʼlim tashkilotlari bundan mustasno). | 2026-2027-yillar davomida | |||
4. Zoʻravonlik holatlarini oldini olishda oʻquvchilarning hayotiy koʻnikmalarini rivojlantirish, shu jumladan, ularda shaxsiy chegaralarni belgilash, zoʻravonlikka uchraganda yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlganda munosabat bildirish, vakolatli organlarga murojaat qilish, aybdorlik yoki qoʻrquv hissini yengish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish. | Doimiy ravishda | |||
14. | Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarning zoʻravonlikka qarshi kurashish boʻyicha ijtimoiy faolligini oshirish. | 1. Har yili umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida zoʻravonlikni oldini olish boʻyicha davra suhbatlari, tanlovlar va seminarlar oʻtkazish. 2. Zoʻravonlikni oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar va toʻgaraklar tashkil qilish. 3. Oʻquvchilar uchun bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqida xabar berishning qulay mexanizmlarini yaratish. | 2026-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
15. | Bolalarga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali zoʻravonlikning barcha shakllari, shu jumladan, ular oʻrtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish choralarini koʻrish. | 1. Taʼlim tashkilotlarida bolalar oʻrtasida onlayn zoʻravonlik va kiberjinoyatchilikning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. 2. Oʻquvchilar va ularning ota-onalarini “raqamli xavflar” toʻgʻrisida xabardorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026-yil yanvardan boshlab doimiy ravishda | Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
16. | Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari) pedagoglari va boshqa xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishini oldini olish choralarini koʻrish. | 1. Taʼlim tashkilotlari (maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari) pedagoglari va boshqa xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etish holatini taʼlim tashkilotlarining ichki mehnat tartib-qoidalari va mehnat shartnomalarida belgilanadigan mehnat majburiyatlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishlari roʻyxatiga kiritish. 2. Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish tashkilotlarining taʼlim dasturlarida bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etmaslik, sinfni boshqarish, taʼlim-tarbiya jarayonida ijobiy tartib-intizomni saqlashni nazarda tutuvchi dars soatlarini kiritish. | 2026-yil yanvar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. Zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida boʻlgan bolalarga psixologik-ijtimoiy yordam koʻrsatish uchun taʼlim tashkilotlari psixologlarining malakasini oshirish. | Doimiy ravishda | |||
IV. Zoʻravonlikning oldini olish va bolalarga nisbatan salbiy stereotiplarga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari | ||||
17. | Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni qoʻllab-quvvatlovchi stereotiplar va zararli odatlarning oldini olish. | Oilalarda, mahallalarda va taʼlim tashkilotlarida: (a) bolalarga nisbatan zoʻravonlikning salbiy taʼsiri haqida aholining xabardorligini oshirish, oilalarda sogʻlom ijtimoiy muhit va gender tengligini targʻib qilish, erta nikohni oldini olish boʻyicha “mahalla yettiligi” hamda diniy ulamolarni jalb qilgan holda davra suhbatlari, tadbirlar tashkil etish; (b) zoʻravonlikka (shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali) yoʻl qoʻymaslik va oilada oʻzaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash, targʻibot tadbirlarini tashkil qilish; (v) zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha bolalar va yoshlar ishtirokida tadbirlar oʻtkazish. | 2026-yil yanvardan boshlab har oyda kamida bir marta | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Ichki ishlar vazirligi |
18. | Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish. | 1. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning zarari va mavjud himoya tizimi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari xodimlarining xabardorligini oshirish, ular uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil qilish. | 2026-2027-yillar davomida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi |
2. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini axloqiy va konstruktiv yoritish uchun ommaviy axborot vositalari xodimlarining salohiyatini oshirish, jurnalistik etikasiga rioya etishni taʼminlash. | Doimiy ravishda | |||
19. | Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va dasturlar haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish. | 1. Jamoat joylarida hamda markaziy televideniye orqali bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, zoʻravonlik shakllari, ularning bolalar rivojlanishidagi salbiy oqibatlari toʻgʻrisida vizual video-animatsion kliplar, qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlarni namoyish etish. 2. Zoʻravonlikdan jabrlangan va oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostidagi, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi bolalarni oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalashga fuqarolarni keng jalb qilish boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali yoritish. | 2026-yil martdan boshlab doimiy ravishda | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
V. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmat, tibbiy yordam hamda boshqa xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish | ||||
20. | Zoʻravonlik holatlari boʻyicha ochiq yoki maxfiy tarzda (shu jumladan, Telegram-bot orqali) xabar berishning bolalar uchun tushunarli boʻlgan mexanizmlarini yaratish. | 1. Zoʻravonlik holatlari toʻgʻrisida bolalar uchun tushunarli boʻlgan xabar berish boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash va taʼlim tashkilotlari va mahallalarda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. 2. “Ishonch telefoni” operatorlari, taʼlim tashkilotlari xodimlari, ijtimoiy xodimlar, tibbiyot xodimlari, profilaktika inspektorlari va inspektor-psixologlarni bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari haqidagi xabarlarga toʻgʻri munosabat bildirish boʻyicha oʻqitish, zoʻravonlik holati boʻyicha xabarlarni qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik majburiyatini yuklash. | 2026-yil fevral | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
21. | Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish. | 1. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish (aniqlash, tekshirish, rasmiylashtirish, davolash va yoʻnaltirish) boʻyicha klinik bayonnomalar (klinik protokollar) ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish. | 2026-yil fevral | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlarni roʻyxatga olish, hisobot shakllari va monitoring qilish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2026-yil mart | |||
3. Klinik bayonnomalar (klinik protokollar)ni qayta koʻrib chiqish hamda ularni xalqaro standartlarga, shu jumladan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining klinik tavsiyalariga muvofiqlashtirish. | 2026-yil mart | |||
4. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarni sud-tibbiy ekspertiza, sud-psixiatriya va sud-psixologik ekspertizadan oʻtkazish bayonnomalarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish va ularga muvofiqlashtirish. | 2026-yil aprel | |||
5. Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatishda tibbiyot xodimlari va ekspertlar (sud-tibbiyot ekspertlari, ekspert-psixiatrlar va psixologlar) malakasini oshirish, shuningdek, malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish hamda ularga zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatishga doir mavzular, dars soatlarini kiritish. | 2026-yil aprel | |||
22. | Zoʻravonlikning barcha shakllaridan jabrlangan bolalarga psixologik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish. | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi bolalar bilan bevosita ishlaydigan tuzilmalar, taʼlim tashkilotlari, zaruratga koʻra sogʻliqni saqlash muassasalari, ichki ishlar organlari mutaxassislarini bolalarga psixologik xizmat koʻrsatish boʻyicha kasbiy salohiyatini oshirish. | 2026-yil apreldan boshlab har olti oyda bir marta | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi |
23. | Zoʻravonlikning barcha shakllaridan jabrlangan bolalarga psixologik va psixiatriya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha standartlar va tavsiyalar (protokollar)ni belgilash. | Zoʻravonlikning barcha shakllaridan jabrlangan bolalarga psixologik va psixiatriya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha standartlar va tavsiyalar (protokollar)ni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2026-yil aprel | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi |
24. | Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish maqsadida tunu kun faoliyat koʻrsatuvchi “ishonch telefoni” faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. “Ishonch telefoni” faoliyatini yoʻlga qoʻyish va unga murojaat qilgan zoʻravonlikdan jabrlangan yoki zoʻravonlikka guvoh boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarga ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmat koʻrsatish. | 2026-yil iyul | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi |
VI. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olishda tadqiqotlar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish | ||||
25. | Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali faoliyatini takomillashtirish. | 1. Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini amaldagi moliyalashtirish manbalari, shtat birliklari, huquq va majburiyatlari, mol-mulki hamda boshqa tovar-moddiy boyliklari bilan birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzilmasiga oʻtkazish. 2. Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 55-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni operativ boshqarish huquqi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga berish. Mazkur bino va inshootlardan Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tekin foydalanish huquqi asosida foydalanishini taʼminlash. | 2026-yil yanvar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
3. Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialida adaptiv sport turlari boʻyicha yoʻnalish ochish. | 2026-yil avgust | |||
26. | Respublikada bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatini oʻrganish tizimini joriy etish. | 1. YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda institutlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish. | 2026-yil yanvar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bolalar ombudsmani, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2. Zoʻravonlik holatini oʻrganish boʻyicha aholi, davlat organlari va tashkilotlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish. | 2026-yil yanvar — dekabr | |||
3. Oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlar natijasi boʻyicha umumiy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish. | 2027-yil mart | |||
27. | Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda xalqaro tashkilotlar va institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish. | 1. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar va institutlar faoliyatini oʻrganish. | 2026-yil yanvar — dekabr | Bolalar ombudsmani, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
2. Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar va institutlarga aʼzo boʻlish (hamkorlik qilish) boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 2027-yil fevral | |||
VII. Axborot bazalari va platformalar integratsiyasini taʼminlash | ||||
28. | “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida gʻamxoʻrlikka muhtoj bolalar hamda zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni almashish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan yagona elektron platformani ishlab chiqish. | Platformani bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, Oliy sud, Adliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining axborot tizimlari hamda “112” qisqa raqam orqali fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash imkonini beruvchi yagona dispetcherlik xizmati bilan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish. | 2026-yil mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
29. | “Alohida toifadagi shaxslar”, “E-ijtimoiy profilaktika” va “E-voyaga yetmaganlar” axborot tizimlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish. | 1. “Alohida toifadagi shaxslar”, “E-ijtimoiy profilaktika” va “E-voyaga yetmaganlar” axborot tizimlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish. 2. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga “Alohida toifadagi shaxslar” axborot tizimida yuritiladigan alohida toifadagi shaxslar reyestri maʼlumotlaridan foydalanish huquqini berish. | 2026-yil fevral | Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
30. | “Adolat” axborot tizimlari kompleksini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish. | 1. “Adolat” axborot tizimlari kompleksini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish. 2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga ota-onalik huquqidan mahrum qilingan, ota-onalik huquqi cheklangan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, farzandlik bekor qilingan shaxs(lar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish imkoniyatini yaratish. | 2026-yil fevral | Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
3-ILOVA
T/r | T/r | Tuman (shahar) nomi | Taʼlim tashkilotining amaldagi nomi |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
1. | 1. | Angren shahri | Angren shahar 1-son texnikumi |
2. | 2. | Amudaryo tumani | Amudaryo tuman 1-son texnikumi |
3. | 3. | Angor tumani | Angor tuman 1-son texnikumi |
4. | 4. | Angor tumani | Angor tuman 2-son politexnikumi |
5. | 5. | Angor tumani | Angor tuman 4-son politexnikumi |
6. | 6. | Angren shahar | Angren shahar 2-son texnikumi |
7. | 7. | Andijon shahri | Andijon davlat universiteti qoshidagi akademik litsey |
8. | 8. | Andijon shahri | Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi akademik litsey |
9. | 9. | Andijon shahri | Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi |
10. | 10. | Andijon shahri | Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi |
11. | 11. | Arnasoy tumani | Arnasoy tuman politexnikumi |
12. | 12. | Bandixon tumani | Bandixon tuman 2-son texnikumi |
13. | 13. | Bandixon tumani | Bandixon tuman 3-son texnikumi |
14. | 14. | Bandixon tumani | Bandixon tuman 1-son texnikumi |
15. | 15. | Baxmal tumani | Baxmal tuman 1-son texnikumi |
16. | 16. | Baxmal tumani | Baxmal tuman 2-son texnikumi |
17. | 17. | Bektemir tumani | I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali akademik litseyi |
18. | 18. | Beruniy tumani | Beruniy tuman 1-son texnikumi |
19. | 19. | Beruniy tumani | Beruniy tuman 2-son texnikumi |
20. | 20. | Bagʻdod tumani | Bagʻdod tuman 2-son texnikumi |
21. | 21. | Boysun tumani | Boysun tuman 1-son texnikumi |
22. | 22. | Boysun tumani | Boysun tuman 2-son texnikumi |
23. | 23. | Boysun tumani | Boysun tuman 3-son texnikumi |
24. | 24. | Boʻzatov tumani | Boʻzatov tuman texnikumi |
25. | 25. | Boʻka tumani | Boʻka tuman 1-son texnikumi |
26. | 26. | Bulungʻur tumani | Bulungʻur tuman 1-son texnikumi |
27. | 27. | Boʻstonliq tumani | Boʻstonliq tuman 2-son texnikumi |
28. | 28. | Buxoro shahri | Buxoro shahar 1-son texnikumi |
29. | 29. | Buxoro shahri | Buxoro yuridik texnikumi |
30. | 30. | Gʻallaorol tumani | Gʻallaorol tuman 1-son texnikumi |
31. | 31. | Gʻallaorol tumani | Gʻallaorol tuman 2-son texnikumi |
311. | 311. | Gʻuzor tumani | Gʻuzor tuman 1-son texnikumi |
312. | 312. | Gʻuzor tumani | Gʻuzor tuman 2-son texnikumi |
32. | 32. | Guliston tumani | Guliston tuman 1-son texnikumi |
33. | 33. | Guliston shahri | Guliston shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi |
34. | 34. | Guliston shahri | Guliston shahar 2-son texnikumi |
35. | 35. | Denov tumani | Denov tuman 3-son texnikumi |
36. | 36. | Denov tumani | Denov tuman 4-son texnikumi |
37. | 37. | Denov tumani | Denov tuman 1-son texnikumi |
38. | 38. | Denov tumani | Denov tuman 2-son texnikumi |
39. | 39. | Denov tumani | Denov tuman 6-son texnikumi |
40. | 40. | Denov tumani | Surxondaryo pedagogika texnikumi |
41. | 41. | Dehqonobod tumani | Dehqonobod tuman 1-son texnikumi |
42. | 42. | Jarqoʻrgʻon tumani | Jarqoʻrgʻon tuman 3-son texnikumi |
43. | 43. | Jarqoʻrgʻon tumani | Jarqoʻrgʻon tuman 2-son texnikumi |
44. | 44. | Jarqoʻrgʻon tumani | Jarqoʻrgʻon tuman 1-son texnikumi |
45. | 45. | Jarqoʻrgʻon tumani | Jarqoʻrgʻon tuman 2-son texnikumi |
46. | 46. | Jizzax shahri | Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey |
47. | 47. | Jizzax shahri | Jizzax yuridik texnikumi |
48. | 48. | Jizzax shahri | Jizzax politexnika instituti qoshidagi akademik litsey |
49. | 49. | Jizzax shahri | Jizzax shahar 1-son texnikumi |
50. | 50. | Jizzax shahri | Jizzax shahar 2-son texnikumi |
51. | 51. | Zarafshon shahri | Zarafshon shahar 2-son texnikumi |
52. | 52. | Zarbdor tumani | Zarbdor tuman 1-son texnikumi |
53. | 53. | Zomin tumani | Zomin tuman 1-son texnikumi |
54. | 54. | Zomin tumani | Zomin tuman 2-son texnikumi |
55. | 55. | Kasbi tumani | Kasbi tuman 2-son texnikumi |
56. | 56. | Kattaqoʻrgʻon shahri | Kattaqoʻrgʻon shahar 1-son texnikumi |
57. | 57. | Kegeyli tumani | Kegeyli tuman 1-son texnikumi |
58. | 58. | Kegeyli tumani | Kegeyli tuman 2-son texnikumi |
59. | 59. | Kitob tumani | Kitob tuman 1-son texnikumi |
60. | 60. | Kitob tumani | Kitob tuman 2-son texnikumi |
61. | 61. | Kogon shahri | Kogon shahar texnikumi |
62. | 62. | Konimex tumani | Konimex tuman texnikumi |
63. | 63. | Koson tumani | Koson tuman 1-son texnikumi |
64. | 64. | Koson tumani | Koson tuman 2-son texnikumi |
65. | 65. | Koʻkdala tumani | Koʻkdala tuman 1-son texnikumi |
651. | 651. | Qarshi tumani | Qarshi tuman 2-son texnikumi |
66. | 66. | Qiziriq tumani | Qiziriq tuman 1-son texnikumi |
67. | 67. | Qoraoʻzak tumani | Qoraoʻzak tuman 1-son texnikumi |
68. | 68. | Quva tumani | Quva tuman 1-son texnikumi |
69. | 69. | Quyi Chirchiq tumani | Quyi Chirchiq tuman 2-son texnikumi |
70. | 70. | Qumqoʻrgʻon tumani | Qumqoʻrgʻon tuman 2-son texnikumi |
71. | 71. | Qumqoʻrgʻon tumani | Qumqoʻrgʻon tuman 1-son texnikumi |
72. | 72. | Qoʻshkoʻpir tumani | Qoʻshkoʻpir tuman 1-son texnikumi |
73. | 73. | Qoʻshrabot tumani | Qoʻshrabot tuman 1-son texnikumi |
74. | 74. | Mingbuloq tumani | Mingbuloq tuman texnikumi |
75. | 75. | Mirzachoʻl tumani | Mirzachoʻl tuman texnikumi |
76. | 76. | Mirzachoʻl tumani | Mirzachoʻl tuman politexnikumi |
77. | 77. | Mirishkor tumani | Mirishkor tuman 1-son politexnikumi |
78. | 78. | Mirishkor tumani | Mirishkor tuman 2-son politexnikumi |
79. | 79. | Muborak tumani | Muborak tuman politexnikumi |
80. | 80. | Muzrabot tumani | Surxondaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi |
81. | 81. | Muzrabot tumani | Muzrabot tuman texnikumi |
82. | 82. | Moʻynoq tumani | Moʻynoq tuman texnikumi |
83. | 83. | Navoiy shahri | Navoiy shahar texnikumi |
84. | 84. | Nishon tumani | Nishon tuman texnikumi |
85. | 85. | Nukus tumani | Nukus tuman 1-son texnikumi |
86. | 86. | Nukus shahri | Nukus shahar 1-son texnikumi |
87. | 87. | Nurobod tumani | Nurobod tuman 1-son texnikumi |
88. | 88. | Nurota tumani | Nurota tuman 1-son texnikumi |
89. | 89. | Nurota tumani | Nurota tuman 2-son texnikumi |
90. | 90. | Oltinsoy tumani | Oltinsoy tuman 1-son texnikumi |
91. | 91. | Oltinsoy tumani | Oltinsoy tuman 2-son texnikumi |
92. | 92. | Ohangaron shahri | Ohangaron shahar texnikumi |
93. | 93. | Parkent tumani | Parkent tuman texnikumi |
94. | 94. | Piskent tumani | Piskent tuman 1-son texnikumi |
95. | 95. | Pop tumani | Pop tuman 1-son texnikumi |
96. | 96. | Romitan tumani | Romitan tuman 1-son texnikumi |
97. | 97. | Samarqand shahri | Oʻzbekiston — Finlyandiya pedagogika instituti akademik litseyi |
98. | 98. | Samarqand shahri | Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyi |
99. | 99. | Samarqand shahri | Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyi |
100. | 100. | Samarqand shahri | Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi |
101. | 101. | Samarqand shahri | Samarqand davlat universiteti akademik litseyi |
102. | 102. | Samarqand shahri | Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi |
103. | 103. | Samarqand shahri | Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi |
104. | 104. | Samarqand shahri | Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Samarqand filiali akademik litseyi |
105. | 105. | Sardoba tumani | Sardoba tuman 1-son texnikumi |
106. | 106. | Sariosiyo tumani | Sariosiyo tuman 1-son texnikumi |
107. | 107. | Sariosiyo tumani | Sariosiyo tuman 2-son texnikumi |
108. | 108. | Sirdaryo tumani | Sirdaryo Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi |
109. | 109. | Soʻx tumani | Soʻx tuman texnikumi |
110. | 110. | Taxtakoʻpir tumani | Taxtakoʻpir tuman texnikumi |
111. | 111. | Termiz tumani | Termiz tuman texnikumi |
112. | 112. | Yakkasaroy tumani | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi akademik litsey |
113. | 113. | Chilonzor tumani | Oʻzbekiston Milliy universiteti tasarrufidagi S.X. Sirojiddinov nomidagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan akademik litsey |
114. | 114. | Toʻrtkoʻl tumani | Toʻrtkoʻl tuman 2-son texnikumi |
115. | 115. | Toʻrtkoʻl tumani | Toʻrtkoʻl tuman 3-son texnikumi |
116. | 116. | Oʻzbekiston tumani | Oʻzbekiston tuman 2-son texnikumi |
117. | 117. | Uzun tumani | Uzun tuman 3-son texnikumi |
118. | 118. | Uzun tumani | Uzun tuman 1-son texnikumi |
119. | 119. | Uzun tumani | Uzun tuman 2-son texnikumi |
120. | 120. | Ulugʻnor tumani | Ulugʻnor tuman texnikumi |
121. | 121. | Uchquduq tumani | Uchquduq tuman 1-son texnikumi |
122. | 122. | Uchtepa tumani | Toshkent shahar yuridik texnikumi |
123. | 123. | Fargʻona shahar | Fargʻona viloyat yuridik texnikumi |
124. | 124. | Forish tumani | Forish tuman texnikumi |
125. | 125. | Furqat tumani | Furqat tuman texnikumi |
126. | 126. | Xovos tumani | Xovos tuman 1-son texnikumi |
127. | 127. | Xovos tumani | Xovos tuman 2-son texnikumi |
128. | 128. | Chimboy tumani | Chimboy tuman texnikumi |
129. | 129. | Chinoz tumani | Chinoz tuman 1-son texnikumi |
130. | 130. | Chiroqchi tumani | Chiroqchi tuman 1-son texnikumi |
131. | 131. | Chiroqchi tumani | Chiroqchi tuman 3-son texnikumi |
132. | 132. | Sh. Rashidov tumani | Sh.Rashidov tuman 1-son texnikumi |
133. | 133. | Shahrisabz tumani | Shahrisabz tuman 2-son texnikumi |
134. | 134. | Shahrisabz shahri | Shahrisabz shahar 1-son texnikumi |
135. | 135. | Sherobod tumani | Sherobod tuman 2-son texnikumi |
136. | 136. | Sherobod tumani | Sherobod agrosanoat texnikumi |
137. | 137. | Sherobod tumani | Sherobod tuman 1-son texnikumi |
138. | 138. | Shirin shahri | Shirin energetika texnikumi |
139. | 139. | Shumanay tumani | Shumanay tuman texnikumi |
140. | 140. | Shoʻrchi tumani | Shoʻrchi tuman 1-son texnikumi |
141. | 141. | Shoʻrchi tumani | Shoʻrchi tuman 2-son texnikumi |
142. | 142. | Shoʻrchi tumani | Shoʻrchi tuman 3-son texnikumi |
143. | 143. | Yuqori Chirchiq tumani | Toshkent viloyati yuridik texnikumi |
144. | 144. | Yakkabogʻ tumani | Yakkabogʻ tuman 2-son texnikumi |
145. | 145. | Yangiyer shahri | Yangiyer Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi |
146. | 146. | Yangiyoʻl shahri | Yangiyoʻl shahar 1-son texnikumi |
147. | 147. | Yangiqoʻrgʻon tumani | Yangiqoʻrgʻon tumani 2-son texnikumi |
148. | 148. | Yangiobod tumani | Yangiobod tuman texnikumi |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
149. | 1. | Andijon shahri | Andijon olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
150. | 2. | Andijon shahri | Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
151. | 3. | Bogʻot tumani | Bogʻot tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
152. | 4. | Boysun tumani | Boysun kurashga ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
153. | 5. | Buxoro shahri | Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
154. | 6. | Buxoro tumani | Buxoro tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
155. | 7. | Buxoro shahri | Buxoro shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
156. | 8. | Gʻijduvon tumani | Gʻijduvon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
157. | 9. | Guliston shahri | Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
158. | 10. | Davlatobod tumani | Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
159. | 11. | Denov tumani | Denov dzyudo mahorat maktabi |
160. | 12. | Jizzax shahri | Jizzax olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
161. | 13. | Qorakoʻl tumani | Qorakoʻl tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
162. | 14. | Navoiy shahri | Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
163. | 15. | Nukus shahri | Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaz |
164. | 16. | Nukus shahri | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi futbol akademiyasi |
165. | 17. | Nukus shahri | Qoraqalpogʻiston yuridik texnikumi |
166. | 18. | Olot tumani | Olot tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
167. | 19. | Peshku tumani | Peshku tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
168. | 20. | Romitan tumani | Romitan tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
169. | 21. | Samarqand shahri | Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
170. | 22. | Termiz tumani | Surxondaryo viloyati futbol akademiyasi |
171. | 23. | Termiz shahri | Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
172. | 24. | Urganch shahri | Urganch dzyudo sport mahorati maktabi |
173. | 25. | Urganch shahri | Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi |
174. | 26. | Uchqoʻrgʻon tumani | Uchqoʻrgʻon tumani olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
175. | 27. | Fargʻona shahri | Fargʻona ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati |
176. | 28. | Shahrixon tumani | Shahrixon olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
177. | 29. | Yangibozor tumani | Yangibozor tumani sport maktab-internati |
178. | 30. | Yangiyer shahri | Yangiyer futbol akademiyasi |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
179. | 1. | Andijon tumani | Andijon tumani 7-son musiqaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
180. | 2. | Buxoro shahri | A.Fitrat nomidagi Buxoro maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
181. | 3. | Buxoro shahri | Buxoro shahar ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi |
182. | 4. | Guliston shahri | Guliston ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi |
183. | 5. | Navoiy shahri | Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktabi |
184. | 6. | Nukus shahri | Nukus ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi |
185. | 7. | Nukus shahri | Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
186. | 8. | Nurota shahri | Navoiy ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati |
187. | 9. | Toshkent shahri | Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
188. | 10. | Toshkent shahri | Respublika musiqa va sanʼat kolleji |
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
189. | 1. | Jarqoʻrgʻon tumani | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Surxondaryo akademik litseyi |
190. | 2. | Navoiy shahri | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Navoiy akademik litseyi |
191. | 3. | Nukus shahri | Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi |
192. | 4. | Guliston shahri | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Sirdaryo akademik litseyi |
193. | 5. | Toshkent shahri | Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
194. | 6. | Fargʻona shahri | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Fargʻona akademik litseyi |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
195. | 1. | Fargʻona shahri | Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi |
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
196. | 2. | Guliston shahri | Guliston shahar yuridik texnikumi |
7. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
197. | 1. | Shahrisabz shahri | Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi |
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
198. | 1. | Termiz shahri | “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi |
199. | 2. | Toshkent shahri | “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi |
9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari | |||
203. | 4. | Asaka shahri | Asaka shahar 25-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati |
205. | 6. | Gʻijduvon tumani | Gʻijduvon tumani 62-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati |
211. | 12. | Davlatobod tumani | Davlatobod tumani 3-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati |
212. | 13. | Davlatobod tumani | Davlatobod tumani 18-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati |
226. | 27. | Navbahor tumani | Navbahor tumani 37-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati |
238. | 39. | Toʻraqoʻrgʻon tumani | Toʻraqoʻrgʻon tumani 17-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
239. | 40. | Toʻraqoʻrgʻon tumani | Toʻraqoʻrgʻon tumani 4-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
241. | 42. | Urganch shahri | Urganch shahar 6-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati |
242. | 43. | Uchqoʻrgʻon tumani | Uchqoʻrgʻon tumani 6-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
247. | 48. | Xiva shahri | Xiva shahar olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
248. | 49. | Xonqa tumani | Xonqa tumani 48-sonli aniq va amaliy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab |
250. | 51. | Chust tumani | Chust tumani 7-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
251. | 52. | Chust tumani | Chust tumani 19-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
252. | 53. | Shahrisabz tumani | Shahrisabz tumani 6-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati |
253. | 54. | Shahrixon tumani | Shahrixon tumani 2-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati |
256. | 57. | Yangi Namangan tumani | Yangi Namangan tumani 8-son davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati |
4-ILOVA
2-ILOVA
|
M.P. Olloyorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Vasiylik kengashi raisi |
|
Sh.Sh. Mirziyoyeva |
— |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari |
|
K.A. Sharipov |
— |
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
|
E.G. Karimova |
— |
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
|
B.E. Zaxidov |
— |
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
|
Sh.B. Umurzoqov |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
A.X. Xursanov |
— |
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi |
|
O.R. Fazilkarimov |
— |
iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
|
Q.M. Rafikov |
— |
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi |
|
U.N. Tashkenbayev |
— |
Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori, Vasiylik kengashi kotibi |
“ | ||
6. | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | Umumiy oʻrta taʼlim haqidagi maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish. |
”; |
|
“ |
|
|
|
61. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
Vasiylik va homiylikni belgilash va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar; farzandlikka olishni belgilash va bekor qilish bilan bogʻliq masalalar. |
|
|
|
”. |