1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3906]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor A. BURXANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 19-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 19-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2026-yil 1-iyuldagi 95-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, sud, prokuratura, ichki ishlar, mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlariga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish va standartlashtirish sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi — davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini belgilangan mezonlar asosida baholash va sertifikatlashtirish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi mezonlariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh — davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi), davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (bundan buyon matnda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari deb yuritiladi) xodimlari, tegishli taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, ekspertlar va mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantiriladigan guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash dasturi — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi mezonlari asosida baholash uchun belgilangan talablar majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga koʻra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etishga masʼul davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sertifikatlashtirishni oʻtkazishga tayyorgarlik va uni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilgan korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi doirasida ularning korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyati baholanadi va baholash natijalariga koʻra sertifikatlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan reja-grafikni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruhni shakllantirish va uning tarkibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish hajmi va maqsadlaridan kelib chiqib baholash dasturini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash dasturiga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini masofadan turib va (yoki) joyiga chiqqan holda baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalari boʻyicha ishchi guruh xulosasini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reja-grafik Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalari eʼlon qilinganidan soʻng, har yili mart oyida Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dastlabki bosqichda reja-grafik ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq quyidagi asoslardan kelib chiqib shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga koʻra faoliyati “qoniqarsiz” deb baholanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga oid jinoyatchilik darajasining oʻtgan yilga nisbatan oshganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan aholi oʻrtasida oʻtkazilgan sohaga oid soʻrovnoma natijalariga koʻra, aholining mazkur soha faoliyatidan noroziligi aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf darajasi yuqori boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlmagan hollarda, davlat organlari va tashkilotlari bosqichma-bosqich sertifikatlashtirishdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini baholash uchun ishchi guruh reja-grafikda belgilangan baholash muddati boshlanishidan kamida 10 ish kuni oldin Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan Agentlik xodimlari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlari, tegishli taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari, shuningdek ekspertlar va mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Faoliyati baholanayotgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari ishchi guruh faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi, shu jumladan uni zarur xonalar, moddiy-texnik va aloqa vositalari bilan taʼminlaydi hamda oʻz vakolati doirasida boshqa tashkiliy choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi guruh Agentlikning masʼul tarmoq xodimi rahbarligida kamida yetti nafardan iborat toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqib baholash dasturini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hamda ichki hujjatlarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash uchun zarur maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar bilan suhbatlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi guruh rahbari ishchi guruh aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda baholash jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Baholash jarayonining qonuniy, xolis va adolatli amalga oshirilishi uchun ishchi guruh rahbari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholash va sertifikatlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyati ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan baholash dasturiga muvofiq baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyati baholash dasturiga muvofiq ishchi guruh aʼzolari tomonidan masofadan turib va (yoki) joyiga chiqqan holda oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish sohasidagi faoliyatini baholash baholash dasturiga asosan ularning funksional xususiyatlaridan kelib chiqib, koʻpi bilan 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholash dasturi quyidagi mezonlar asosida ishlab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi yoʻnalish — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va muddatlarga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi yoʻnalish — davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik kengashlari faoliyati orqali jamoatchilik nazoratini taʼminlash, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining tashkil etilganligi, uning tarkibi va aʼzolari sonining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi tomonidan rasmiy tarzda kiritilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi faoliyati uchun zarur moddiy-texnik va tashkiliy sharoitlar yaratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi yoʻnalish — korrupsiyaviy xavflarni boshqarish tizimining samaradorligi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki idoraviy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson omilini qisqartirish va davlat tashkiloti faoliyatining (vazifa va funksiyalarining) raqamlashtirilganligi, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratining yoʻlga qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti faoliyatini (vazifa va funksiyalarini) tartibga solish choralarining koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti xodimlari va jismoniy shaxslar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaning maksimal darajada cheklanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy veb-sayt va boshqa ommaviy axborot vositalarida davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joylashtirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonining soddalashtirilganligi, asossiz cheklovlarning, ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarning bekor qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi yoʻnalish — xodimlarning xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylik, adolatlilik va shaffoflikni taʼminlash choralarining koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazadigan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik) ustidan samarali ichki nazoratning yoʻlga qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan taʼsir oʻtkazishning oldini oluvchi choralarning belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va boshqa suiisteʼmolchiliklar sodir etilishining oldini olish choralarining koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi yoʻnalish — manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mexanizmlarining joriy etilganligi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning muntazam toʻldirilishi hamda manfaatlar toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlarning bevosita boʻysunuv munosabatlarida ishlashi (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimlar bundan mustasno) hamda fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha aloqador shaxslarni jalb etish bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biri boshqasiga boʻysunuvchi yoki biri boshqasining nazoratida boʻlgan tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning tijorat tashkilotlarining taʼsischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) boʻlishi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomaladagi aksiyalarining oʻn foizigacha egalik qilish hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki tashkiloti nazoratidagi tadbirkorlik subyektining aksiyalari yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilishi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha boshqa tashkiliy va huquqiy choralarning belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi yoʻnalish — korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki mexanizmlarning joriy etilganligi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya toʻgʻrisida xabar berish uchun moʻljallangan aloqa kanallarining ishlashi hamda korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish tartibining joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovgʻalarni qabul qilish, hisobga olish va tasarruf etish tartibining amaliyotga joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring qilish va nazorat qilish boʻyicha rejalashtirilgan tadbirlarning bajarilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet, budjetdan tashqari hamda boshqa mablagʻlardan foydalanish ustidan ichki nazorat tadbirlarining amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga oid jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni, shu jumladan maishiy korrupsiyani bartaraf etish choralarining koʻrilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya haqida xabar bergan xodimlarni himoya qilish kafolati yetarliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi yoʻnalish — korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari faoliyatining samaradorligi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining shtat birliklari soni davlat organi va tashkilotining shtat birliklari hamda faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib shakllantirilganligi, shuningdek uning zarur moddiy-texnik va boshqa resurslar bilan taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Baholash dasturida nazarda tutilgan mezonlar davlat organi yoki tashkilotining tashkiliy-huquqiy shakli, vazifa va funksiyalari xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan mezon boʻyicha baholashni amalga oshirish obyektiv sabablarga koʻra imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, ushbu mezon mazkur davlat organi yoki tashkilotiga nisbatan “qoʻllanilmaydi” deb belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “qoʻllanilmaydi” deb belgilangan mezon qonunchilik hujjatlari, davlat organi yoki tashkilotining ustavi, nizomi, vazifa va funksiyalari yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar asosida baholash boshlanishidan oldin ishchi guruh tomonidan asoslantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholash dasturida nazarda tutilgan mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda baholash natijalariga koʻra ularning faoliyati “yaxshi”, “qoniqarli” yoki “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Baholash natijalariga koʻra davlat organlari va tashkilotlari faoliyati quyidagicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81 balldan 100 ballgacha — “yaxshi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan 81 ballgacha — “qoniqarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 balldan kam — “qoniqarsiz”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yakuniy ball baholash dasturida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha toʻplangan ballar yigʻindisi asosida aniqlanadi. Bunda har bir yoʻnalish boʻyicha eng yuqori ball quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi yoʻnalish — 14 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi yoʻnalish — 14 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi yoʻnalish — 16 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi yoʻnalish — 14 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi yoʻnalish — 14 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi yoʻnalish — 14 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi yoʻnalish — 14 ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir yoʻnalish boʻyicha maksimal ball mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan baholash yoʻnalishlari va indikatorlari boʻyicha belgilangan ballar yigʻindisi asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Baholash dasturida bir yoki bir nechta mezon “qoʻllanilmaydi” deb belgilangan taqdirda, yakuniy ball quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAB = (TB / MB) × 100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAB — yakuniy ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TB — mezonlar boʻyicha toʻplangan ballar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MB — mezonlar boʻyicha maksimal ballarning yigʻindisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan hujjatlar va ishchi guruh xulosasi ishchi guruh rahbari tomonidan imzolanadi hamda sertifikatlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun shu kunning oʻzida Agentlikka kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishchi guruh xulosasi faoliyati baholanayotgan davlat organi yoki tashkilotining birinchi rahbariga tanishtiriladi. Eʼtirozlar bildirilgan taqdirda, ular xulosada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Baholash natijalari boʻyicha tayyorlanadigan ishchi guruh xulosasida har bir mezon boʻyicha ishchi guruh aʼzolari tomonidan berilgan ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati asosida hisoblangan yakuniy ball koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har bir indikator boʻyicha belgilangan talab toʻliq bajarilgan taqdirda mazkur indikator uchun nazarda tutilgan maksimal ball, talab bajarilmagan taqdirda esa nol ball qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Baholash natijalariga koʻra faoliyati “yaxshi” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat Agentlik tomonidan beriladi. Sertifikat uch yil muddat davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh xulosasiga asosan faoliyati “qoniqarli” deb topilgan davlat organlari va tashkilotlariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 oydan oshmagan muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etgan davlat organlari va tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etilganligi toʻgʻrisida sertifikat taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan, shuningdek, “qoniqarli” deb baholanib, aniqlangan kamchiliklarni belgilangan qoʻshimcha muddatlarda bartaraf etmagan davlat organlari va tashkilotlari toʻgʻridan-toʻgʻri sertifikat olmagan deb baholanadi. Bunday holat tashkilot rahbarlariga nisbatan tizim joriy etilgan kunga qadar ragʻbatlantirish xususiyatiga ega barcha toʻlovlarni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etilganligi toʻgʻrisida beriladigan sertifikat faoliyati baholangan davlat organi va (yoki) tashkilotining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalariga nisbatan tatbiq etiladi, bundan davlat organi va (yoki) tashkiloti huzuridagi tashkilotlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun Agentlik direktorining buyrugʻi bilan kamida besh nafar aʼzodan iborat Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktori raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari, shuningdek mustaqil ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatni baholashda bevosita ishtirok etgan ishchi guruh aʼzolari, baholash materiallarini tayyorlagan shaxslar, shuningdek apellyatsiya natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor shaxslar Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Baholash natijalaridan norozi boʻlgan davlat organi yoki tashkiloti baholash yakunlari boʻyicha ishchi guruh rahbari tomonidan imzolangan tegishli xulosa sanasidan boshlab oʻttiz kalendar kun ichida Agentlikka yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya bergan davlat organi yoki tashkilotini apellyatsiya koʻrib chiqilishidan kamida ikki kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida, apellyatsiya shikoyati bergan davlat organi yoki tashkiloti rahbari yoki uning vakolatli vakili ishtirokida koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellyatsiya komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Qaror majlisda ishtirok etgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellyatsiya komissiyasi eʼtiroz bildirilgan mezonlar boʻyicha baholash materiallari, taqdim etilgan dalillar va ballarni hisoblashning toʻgʻriligini tekshiradi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayonida yangi baholash mezonlarini qoʻllashga, qayta baholashga qaratilgan savollar berishga, shuningdek apellyatsiya bergan davlat organi yoki tashkilotining joriy ballari yoki umumiy natijasini pasaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apellyatsiya komissiyasining quyidagi qarorlaridan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiyani qanoatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bayonnomada majlis oʻtkazilgan sana va joy, ishtirok etgan komissiya aʼzolari, apellyatsiyaning mazmuni, oʻrganilgan materiallar va dalillar, ovoz berish natijalari, qabul qilingan qaror va uning asoslari, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Apellyatsiya komissiyasining qarori apellyatsiya bergan davlat organi yoki tashkilotiga qaror qabul qilingan kunning oʻzida maʼlum qilinadi, qaror va bayonnomaning koʻchirma nusxasi esa bir ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Apellyatsiya komissiyasining qarori ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Baholash jarayonida taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik baholash oʻtkazilayotgan davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish boʻyicha tasdiqlanadigan reja-jadvalning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tashkilot nomi
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish muddatlari
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
I. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga koʻra faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlari
1.
2.
II. Korrupsiyaga oid jinoyatchilik darajasi oʻtgan yilga nisbatan oshgan davlat organlari va tashkilotlari
3.
4.
III. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan aholi oʻrtasida oʻtkazilgan sohaga doir soʻrovnoma natijalariga koʻra, aholi norozi boʻlib kelayotgan davlat organlari va tashkilotlari
5.
6.
IV. Korrupsiya xavflari yuqori boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari
7.
8.
V. Boshqa davlat organlari va tashkilotlari
9.
10.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash yoʻnalishlari hamda indikator koʻrsatkichlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Baholash yoʻnalishlari va indikator
koʻrsatkichlari nomi
Ball
1-bob. Davlat organlari va
tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash
14
1.
Rasmiy veb-saytning ishchi holatda boʻlishi
6
2.
Ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni
eʼlon qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va
muddatlarga rioya qilinishi
8
2-bob. Davlat organlari va
tashkilotlarida jamoatchilik kengashlari faoliyati orqali jamoatchilik nazoratini
taʼminlash
14
3.
Jamoatchilik kengashining tashkil
etilganligi, uning tarkibi va aʼzolari sonining belgilangan talablarga
muvofiqligi hamda tarkibida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining
ishtiroki
4
4.
Jamoatchilik kengashi tomonidan rasmiy
tarzda kiritilgan taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi
4
5.
Jamoatchilik kengashi faoliyati uchun zarur
moddiy-texnik va tashkiliy sharoitlar yaratilganligi
3
6.
Jamoatchilik kengashi faoliyatining
ochiqligi va shaffofligi
3
3-bob. III. Korrupsiyaviy
xavflarni boshqarish tizimining samaradorligi
16
7.
Normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki
idoraviy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilganligi
3
8.
Inson omilini qisqartirish va davlat
tashkiloti faoliyatining (vazifa va funksiyalarining) raqamlashtirilganligi,
shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratining yoʻlga qoʻyilganligi
2
9.
Davlat organi va tashkiloti faoliyatini
(vazifa va funksiyalarini) tartibga solish choralarining koʻrilganligi
4
10.
Davlat organi va tashkiloti xodimlari va
jismoniy shaxslar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaning maksimal darajada cheklanganligi
2
11.
Rasmiy veb-sayt va boshqa ommaviy axborot
vositalarida davlat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan davlat xaridlari
toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joylashtirilganligi
2
12.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonining
soddalashtirilganligi, asossiz cheklovlarning, ortiqcha maʼmuriy
tartib-taomillarning bekor qilinganligi
3
4-bob. Xodimlarning xizmat
faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalariga rioya etilishini
taʼminlash
14
13.
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari
va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylik,
adolatlilik va shaffoflikni taʼminlash choralarining koʻrilganligi
3,5
14.
Davlat va jamiyat manfaatlariga zarar
yetkazadigan hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini
pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik) ustidan samarali ichki nazoratning
yoʻlga qoʻyilganligi
3,5
15.
Davlat organlari va tashkilotlari, davlat
xizmatchilari va boshqa shaxslarga oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda shaxsiy
masalalar yuzasidan taʼsir oʻtkazishning oldini oluvchi choralarning
belgilanganligi
3,5
16.
Xodimlar tomonidan korrupsiyaviy
huquqbuzarliklar va boshqa suiisteʼmolchiliklar sodir etilishining oldini olish
choralarining koʻrilganligi
3,5
5-bob. Manfaatlar toʻqnashuvining
oldini olish mexanizmlarining joriy etilganligi
14
17.
Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi
toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning muntazam toʻldirilishi hamda manfaatlar
toʻqnashuvini hisobga olish reyestrining mavjudligi
3
18.
Yaqin qarindoshlarning bevosita boʻysunuv
munosabatlarida ishlashi (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy
guruhiga kiruvchi lavozimlar bundan mustasno) hamda fuqarolik-huquqiy
shartnomalar boʻyicha aloqador shaxslarni jalb etish bilan bogʻliq manfaatlar
toʻqnashuvi holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi
2,5
19.
Biri boshqasiga boʻysunuvchi yoki biri
boshqasining nazoratida boʻlgan tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida mehnat
faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining
oldini olish choralarining koʻrilganligi
2
20.
Xodimning tijorat tashkilotlarining
taʼsischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) boʻlishi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi
holatlarining oldini olish choralarining koʻrilganligi, bundan aksiyadorlik
jamiyatlarining erkin muomaladagi aksiyalarining oʻn foizigacha egalik qilish
hollari mustasno
2
21.
Xodimning oʻzi mehnat (xizmat) faoliyatini
amalga oshirayotgan davlat organi yoki tashkiloti nazoratidagi tadbirkorlik
subyektining aksiyalari yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga
egalik qilishi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuvi holatlarining oldini olish
choralarining koʻrilganligi
2
22.
Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish
boʻyicha boshqa tashkiliy va huquqiy choralarning belgilanganligi
2,5
6-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish
boʻyicha ichki mexanizmlarning joriy etilganligi
14
23.
Korrupsiya toʻgʻrisida xabar berish uchun
moʻljallangan aloqa kanallarining ishlashi hamda korrupsiya faktlariga doir
murojaatlarni koʻrib chiqish tartibining joriy etilganligi
3
24.
Sovgʻalarni qabul qilish, hisobga olish va
tasarruf etish tartibining amaliyotga joriy etilganligi
2
25.
Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning
samaradorligini monitoring qilish va nazorat qilish boʻyicha rejalashtirilgan
tadbirlarning bajarilganligi
2
26.
Budjet, budjetdan tashqari hamda boshqa
mablagʻlardan foydalanish ustidan ichki nazorat tadbirlarining amalga
oshirilganligi
2
27.
Korrupsiyaga oid jinoyatlarning kelib
chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni,
shu jumladan maishiy korrupsiyani bartaraf etish choralarining koʻrilganligi
2
28.
Aholi va davlat xizmatchilarining
korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga
qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi
1,5
29.
Korrupsiya haqida xabar bergan xodimlarni
himoya qilish kafolati yetarliligi
1,5
7-bob. Korrupsiyaga qarshi ichki
nazorat boʻlinmalari faoliyatining samaradorligi
14
30.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat
boʻlinmasining shtat birliklari soni davlat organi va tashkilotining shtat
birliklari hamda faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqib shakllantirilganligi,
shuningdek uning zarur moddiy-texnik va boshqa resurslar bilan taʼminlanganligi
8
31.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi
faoliyatini tartibga soluvchi ichki hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga
muvofiqlashtirilganligi
6
JAMI
100
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Milliy sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etilganligi boʻyicha