Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 16.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2754
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 16-yanvarda 2754-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining 2024-yil 12-noyabrdagi 64-sonli ““Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2754-4, 27.11.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor A. KURBANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-sonli buyrug‘iga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-oktabrdagi 298-sonli “2020-yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi (bundan buyon matnda MTSO deb yuritiladi) — menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish (bundan buyon matnda sertifikatlashtirish deb yuritiladi) — menejment tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlashtirilgan menejment tizimlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Menejment tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish ariza beruvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli malakaga ega bo‘lgan maslahatchini jalb etish orqali amalga oshiriladi. Bunda maslahatchini jalb etish ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sertifikatlashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirishga ariza berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishga arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishni o‘tkazishga shartnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun auditorlar guruhini shakllantirish va tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari auditini o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazish va berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sertifikatlashtirish MTSO tomonidan sertifikatlashtirishga arizaga asosan amalga oshiriladi. MTSO ni tanlash ariza beruvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi MTSO ga ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda sertifikatlashtirishga ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi sertifikatlashtirishga arizani, unga zarur hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MTSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, so‘ngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusxasi bilan taqqoslaydi. MTSO elektron shakldagi sertifikatlashtirishga ariza olingani to‘g‘risida ariza beruvchini shu kunning o‘zida xabardor qilinishini ta’minlaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sertifikatlashtirishga arizaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat bo‘yicha qo‘llanmani (agar mavjud bo‘lsa);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimi sohasi bo‘yicha siyosat va maqsadlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimining ishlashi uchun zarur bo‘lgan jarayonlarning tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimining muvofiqligiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavflarning tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimi ishlashi yuzasidan ariza beruvchining rahbariyati tomonidan ichki audit va tahlil o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalillarni o‘z ichiga olgan hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sertifikatlashtirishga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun ariza beruvchi javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. MTSO sertifikatlashtirishga arizani ko‘rib chiqadi va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, natijalari bo‘yicha 3 kun mobaynida sertifikatlashtirishga arizani qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sertifikatlashtirishga arizani qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishga arizaga ilova qilingan hujjatlar va ma’lumotlarning soxtaligi yoki noto‘g‘riligining aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishga arizaning ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sertifikatlashtirishga arizani qabul qilish rad etilganda hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etgandan so‘ng qayta sertifikatlashtirishga ariza berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sertifikatlashtirishga ariza qabul qilingan holatda uni qabul qilgan kundan boshlab 3 kun ichida MTSO va ariza beruvchi o‘rtasida sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining to‘lovi uning natijalaridan qat’i nazar, sertifikatlashtirishni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda va tartibda amalga oshiriladi. Bunda sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining to‘lovi sertifikatlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilingunga qadar amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining birinchi to‘lovidan so‘ng 10 kun ichida, biroq shartnoma tuzilgandan so‘ng 20 kundan kechiktirmay MTSO sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha auditorlar guruhini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha auditorlar guruhining shaxsiy tarkibi, a’zolarining huquq, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek sertifikatlashtirishni o‘tkazish muddatlari va joyi MTSO rahbarining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bo‘yicha auditorlar guruhini sifat bo‘yicha ekspert-auditor boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzish 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Menejment tizimlari hujjatlarining normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ariza beruvchiga menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari bo‘yicha hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan hisobot rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTSO nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi va manzili, shuningdek mas’ul xodimning bog‘lanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘ralgan sertifikatlashtirish sohasining nomi (faoliyat turlari, jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarning joylashishini ko‘rsatgan holda identifikatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi taqdim etgan hujjatlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimi ishlashi yuzasidan ariza beruvchining rahbariyati tomonidan ichki audit va tahlil o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 30 kundan oshmaydigan muddat (nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtirilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili bo‘yicha xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotda qo‘shimcha ravishda sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nomuvofiqliklar mavjud bo‘lmaganda yoki ular bartaraf etilgandan so‘ng MTSO tomonidan ariza beruvchi bilan kelishilgan holda menejment tizimlari auditini o‘tkazish muddati belgilanadi. Bunda menejment tizimlari auditi menejment tizimlari hujjatlarining tahlili natijalari bo‘yicha hisobot rasmiylashtirilgan yoki nomuvofiqliklar bayonnomasida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida boshlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Menejment tizimlari auditi ularning normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Menejment tizimlari auditini o‘tkazish uchun MTSO tomonidan reja tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Menejment tizimlari auditi ariza beruvchi joylashgan joyida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Menejment tizimlari auditi va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzish 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Menejment tizimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga nomuvofiqligi aniqlanganda ariza beruvchiga menejment tizimlari auditi natijalari bo‘yicha hisobot bilan birgalikda taqdim etiladigan nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Menejment tizimlari auditi natijalari bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga olgan hisobot rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTSO nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining nomi va manzili, shuningdek mas’ul xodimning bog‘lanish ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘ralgan sertifikatlashtirish sohasining nomi (faoliyat turlari, jarayonlar va tashkiliy tuzilmalarning joylashishini ko‘rsatgan holda identifikatsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish bo‘yicha asoslangan qaror qabul qilish imkonini beruvchi menejment tizimlari auditi o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi kuzatuvlar, yozuvlar va dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun 60 kundan oshmaydigan muddat (nomuvofiqliklar bayonnomasi rasmiylashtirilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari auditi bo‘yicha xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotda qo‘shimcha ravishda sertifikatlashtirish uchun ahamiyatga ega boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. O‘tkazilgan sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha MTSO tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Muvofiqlik sertifikatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ushbu qaror qabul qilingan kundan 3 kun ichida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi, Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ariza beruvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan kundan boshlab 3 yilni tashkil qiladi.
(30-band O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Muvofiqlik sertifikati blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Muvofiqlik sertifikati blankasi ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi va MTSO ga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) tomonidan beriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda MTSO ushbu qaror qabul qilingan kuni ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risida qaror menejment tizimlari hujjatlarining tahlilida ham, menejment tizimlari auditida ham qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlari hujjatlarining tahlili yoki menejment tizimlari auditida aniqlangan nomuvofiqliklarning tegishli hisobotlarda belgilangan muddatlarda bartaraf etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar qiymatining to‘lovi amalga oshirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimlarining ushbu Nizom bilan belgilangan boshqa talablarga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar to‘plamlari, shu jumladan sertifikatlashtirishga arizalar, hisobotlar, menejment tizimlari auditi rejalari, MTSO rahbarlarining qarorlari va muvofiqlik sertifikatlarining nusxalari MTSO da 4 yil davomida saqlanadi.
(34-band O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda ariza beruvchi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlarni qarab chiqish 2 hafta ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(35-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Avval berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugagunga qadar 30 kun mobaynida sertifikatlashtirishga ariza berilganda, menejment tizimi hujjatlarining tahlili va uning natijalari bo‘yicha hisobot tuzishdan tashqari ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayta sertifikatlashtirish o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sertifikatlashtirilgan menejment tizimlari ustidan inspeksiya nazorati sertifikatlashtirishda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO yoki inspeksiya organlari tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya nazorati natijalari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash, amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash haqidagi qaror inspeksiya nazoratining natijalari ijobiy bo‘lganda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turiladi:
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
menejment tizimi sertifikatlashtirilgan tashkilot (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan inspeksiya nazorati davomida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot inspeksiya nazoratini amalga oshirishdan bosh tortganda yoki inspeksiya nazoratini talab etiladigan muddatda o‘tkazishga ruxsat bermaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot ixtiyoriy ravishda sertifikatning amal qilishini to‘xtatib turish haqida ariza bilan murojaat qilganda.
(39-band O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) asosan to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini tugatish haqida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, qayta tashkil etilishi natijasida — qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, o‘zgartirilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatini amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda tashkilot tomonidan bartaraf etilmaganda;
(40-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablar tashkilot tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTSO ning muvofiqlik sertifikatini berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati o‘tganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Muvofiqlik sertifikati muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sud tomonidan quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
(42-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqlik sertifikati soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Muvofiqlik sertifikatini bekor qilish haqida MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va sudning qarori qabul qilinganda muvofiqlik sertifikati u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. MTSO ning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatini amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga va muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarori tashkilotga va muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar va tartibda yetkaziladi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot MTSO, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi yoki sudning muvofiqlik sertifikatini amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran 5 kun ichida muvofiqlik sertifikati keyinchalik O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaytarilishi lozim.
(44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. MTSO yoki O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tashkilot muvofiqlik sertifikatining amal qilishi to‘xtatib turilganda, tugatilganda yoki u bekor qilinganda sertifikatlashtirilgan menejment tizimi mavjudligi to‘g‘risida e’lon qilish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga talabgor tashkilot muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda sertifikatlashtirish sohasini kengaytirishga ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish ushbu Nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi arizasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inspeksiya nazorati natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Sertifikatlashtirish sohasini qisqartirish uchun to‘lov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirishda avval berilgan muvofiqlik sertifikatining qolgan muddatiga yangi muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Bunda yangi muvofiqlik sertifikati avval berilgan muvofiqlik sertifikatini uni bergan MTSO ga qaytarilgandan so‘ng beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. MTSO ning sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarori tashkilotga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmasdan yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot MTSO ning sertifikatlashtirish sohasini kengaytirish yoki qisqartirish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran 5 kun ichida avval berilgan muvofiqlik sertifikati keyinchalik O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Davlat reyestridan chiqarish va yo‘q qilib yuborish uchun muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO ga qaytarilishi lozim.
(52-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. MTSO berilgan va bekor qilingan muvofiqlik sertifikatlari, amal qilishi to‘xtatib turilgan va tugatilgan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik sertifikatlarini berishni rad etish holatlari hisobini yuritadi, shuningdek har oyda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga mazkur ma’lumotni taqdim qilib boradi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi zaruriyat bo‘lganda MTSO dan sertifikatlashtirish bo‘yicha hujjatlar nusxalarini so‘rab olishi mumkin.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2022-yil 24-yanvardagi 2-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-3, 11.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. MTSO o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida ariza beruvchi yoki tashkilot to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 214-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organi rahbariga _______________________________
_______________________________________________________________________________ da (normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar)
o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi yuzasidan
_________________________________________________________________________________ (tashkiliy tuzilmaning joylashishi ko‘rsatilgan holda menejment tizimining so‘ralgan sohasi nomi)
menejment tizimini sertifikatlashtirishingizni so‘rayman.
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar
to‘liq nomi:
qisqartirilgan nomi:
yuqori turuvchi tashkilotning nomi, shu jumladan mazkur yuridik shaxs uning tarkibiga kirsa:
pochta manzili:
telefon:
elektron pochta manzili:
STIR:
IFUT:
bank rekvizitlari
bank nomi:
bank hisob raqami:
xizmat ko‘rsatuvchi bankning MFO:
shtat birliklarining umumiy soni:
shu jumladan
boshqaruv xodimlari:
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar:
texnik xodimlar:
menejment tizimiga mas’ul bo‘lgan shaxsning F.I.O., lavozimi, bog‘lanish ma’lumotlari:
Menejment tizimi haqidagi umumiy ma’lumotlar
menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etish sanasi:
menejment tizimi tatbiq etiladigan mahsulot yoki xizmatlar:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar nomi:
avval o‘tkazilgan menejment tizimini sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar
menejment tizimlarini sertifikatlashtirishda asos bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning nomi:
muvofiqlik sertifikatining blank raqami va ro‘yxatga olish raqami:
muvofiqlik sertifikati berilgan sana:
muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati:
Ariza beruvchi
_____________ (imzo)
____________________ (F.I.O.)
_____________ (sana)
(1-ilova O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 21-sentabrdagi 561-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-1, 23.09.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(old tomoni)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SERTIFIKATLASHTIRISH MILLIY TIZIMI NATSIONALNAYA SISTEMA SERTIFIKATSII RESPUBLIKI UZBEKISTAN
(menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining nomi va manzili, muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestridagi raqami) (naimenovaniye i adres organa po sertifikatsii sistem menedjmenta, № v Gosudarstvennom reyestre organov po otsenke sootvetstviya)
№ _____________________
(blank raqami) (№ blanka)
MUVOFIQLIK SERTIFIKATI SERTIFIKAT SOOTVETSTVIYA
(milliy muvofiqlik belgisi) (natsionalniy znak sootvetstviya)
Sertifikatlashtirish milliy tizimi davlat reyestrida quyidagi raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi: Zaregistrirovan v Gosudarstvennom reyestre natsionalnoy sistemi sertifikatsii za №: berilgan sana: data vidachi: amal qilish muddati: deystvitelen do:
menejment tizimini trebovaniyam, ustanovlennim v (normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda) (normativno-pravovix aktax i normativnix dokumentax v oblasti texnicheskogo regulirovaniya) belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
va quyidagi sohalarda tatbiq etiladi: i primenyayetsya v sleduyushix oblastyax:
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organining rahbari Rukovoditel organa po sertifikatsii sistem menedjmenta
____________ (imzo) (podpis)
___________________ (F.I.O.)
M.O‘. M.P.
Maxsus belgilar uchun/Dlya spetsialnix otmetok
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(orqa tomoni)
NATIONAL SYSTEM OF CERTIFICATION OF UZBEKISTAN (name and address of management system certification body, №: in the state register of conformity assessment bodies)
№ _____________________
(form number)
CERTIFICATE OF CONFORMITY
(national mark of conformity)
Registered in the State register of the national certification system №
date of issue:
valid till:
Certificate of conformity certifies that management system (name of a company)
address: additional information:
complies with the requirements of (name of normative-legal documents and regulatory documents in the field of technical regulations)
and will be implemented in the following areas:
Nead of management system certification body
____________ (signature)
___________________ (full name)
(stamp)
For special marks
(2-ilova O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2754-2, 19.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son — 2020-yil 20-maydan kuchga kiradi)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 3-son, 29-modda; 2016-y., 38-son, 456-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 11.02.2022-y., 10/22/2754-3/0136-son)