12.01.2022 yildagi PQ-81-son
2022-yil 1-fevraldan boshlab reyting baholash tizimi, eksperiment tariqasida, 1-ilovada ko‘rsatilgan va o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan davlat tashkilotlari faoliyatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
8. Yakuniy ballar mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan Reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlaridagi ballarni bir-biriga qo‘shib chiqish orqali aniqlanadi.
9. Reyting baholash mazkur Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Davlat tashkilotlari har yili Agentlikning xatini olgandan so‘ng, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq muddatlarda elektron platforma orqali zarur ma’lumotlarni kiritadi.

Birinchi yo‘nalish

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi

(jami — 35 ball)

Indikatorlar

Ballar

Asos*

1.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlarning ishlab chiqilganligi va o‘z vaqtida yangilab borilishi

1.1.1. Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari)da korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha quyidagi ichki idoraviy hujjatlarning mavjudligi va zaruratga qarab yangilanib borilishi:

korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;

odob-axloq qoidalari;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;

manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom;

aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti;

xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma;

kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma;

ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma;

korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;

korrupsiyaviy xatti-harakatlar va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha reglament;

davlat xaridlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom.

Izoh: Mazkur to‘plamdagi hamma hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa, TB, 7 — 11 tasi qabul qilingan bo‘lsa, AB, 3 — 7 tasi qabul qilingan bo‘lsa, QB, 0 — 3 tasi qabul qilingan bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Tasdiqlangan hujjatlarning elektron shakli ilova qilinadi

1.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy mexanizmlarning joriy etilganligi

1.2.1. Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari

1.2.1.1. Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari: kamida 4 ta aloqa kanali (masalan, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa, ishonch telefoni, elektron manzil)ning tashkil etilganligi.

Izoh: Aloqa kanallari to‘liq mavjud bo‘lsa TB, aksincha bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Aloqa kanallari havolasi ilova qilinadi

1.2.1.2. Rasmiy veb-saytda va boshqa OAVlarda korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari haqidagi ma’lumotlarning, shuningdek, korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlarning joylashtirilganligi.

Izoh: To‘liq ma’lumot va hujjatlar mavjud bo‘lsa, TB, aksincha bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Veb-sayt va boshqa OAVlardagi ma’lumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.1.3. Rasmiy veb-saytda korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari haqidagi yillik hisobotning mavjudligi.

Izoh: Mavjud bo‘lsa, TB, mavjud bo‘lmasa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Veb-saytdagi ma’lumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.2. Kadrlarga oid masalalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining joriy etilishi

1.2.2.1. Vakant o‘rinlarga kadrlarni tanlov asosida qabul qilish tizimining mavjudligi.

Izoh: Hisobot davrida 80 — 100 foiz xodimlar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilingan bo‘lsa, TB, 60 — 79 foizi tanlov asosida qabul qilingan bo‘lsa, AB, 30 — 59 foizi tanlov asosida qabul qilingan bo‘lsa, QB, 0 — 29 foizi tanlov asosi�a qabul qilingan bo‘lsa B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

O‘tkazilgan tanlov materiallari (suhbat yoki test bayonnomalari, video material) ilova qilinadi

1.2.2.2. Rasmiy veb-saytda ishga qabul qilish, rotatsiya to‘g‘risidagi e’lonlar va axborotlarning mavjudligi.

Izoh: mavjud bo‘lsa, TB, mavjud bo‘lmasa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Veb-saytdagi ma’lumotlar havolasi ilova qilinadi

1.2.2.3. Mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi shartlarning kiritilganligi.

Izoh: Mavjud bo‘lsa, TB, mavjud bo‘lmasa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaga qarshi shartlar bilan mehnat shartnomasida tanishganligini imzosi bilan tasdiqlagan xodimlar ro‘yxati ilova qilinadi

1.2.2.4. Korrupsiya holatlari haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish, ularning ta’qibga olinmasligi kafolatining mavjudligi.

Izoh: Tegishli mexanizm mavjud bo‘lsa, TB, mavjud bo‘lmasa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 b�ll

B

0 ball

Mazkur masalalarni tartibga soluvchi ichki reglament, xodimlar ro‘yxati va statistik ma’lumotlar ilova qilinadi

1.2.3. Davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilishini ta’minlash

1.2.3.1. Xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirish.

Izoh: Hisobot davrida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirgan xodimlar 100 foiz bo‘lsa, TB, 70 — 99 foiz bo‘lsa, AB, 30 — 69 foiz bo‘lsa, QB, 0 — 29 bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Ishga qabul qilishda, lavozimi o‘zgarayotganda, rotatsiya qilinayotganda va yillik deklaratsiyani to‘ldirgan xodimlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati ilova qilinadi

1.2.3.2. Ishga qabul qilinuvchi nomzodlar ustidan o‘tkazilgan tekshiruvlar soni.

Izoh: Hisobot davrida 100 foiz nomzodlar tekshirilgan bo‘lsa, TB, 70 — 99 foizi tekshirilgan bo‘lsa AB, 30 — 69 foizi tekshirilgan bo‘lsa, QB, 0 — 29 foizi tekshirilgan bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Ishga qabul qilinuvchi nomzodlarga nisbatan o‘tkazilgan tekshiruvlar to‘g‘risida xulosalar soni ko‘rsatiladi

1.2.3.3.Aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va uni tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan choralar.

Izoh: Hisobot davrida manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanmagan yoki aniqlangan holatlarga choralar ko‘rilgan bo‘lsa, TB, manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan holatlarga choralar ko‘rilmagan bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari reyestri ilova qilinadi

1.2.3.4. Kontragentlar ustidan o‘tkazilgan tekshiruvlar soni

Izoh: Hisobot davrida100 foiz kontragentlar tekshirilgan bo‘lsa, TB, 70 — 99 foizi tekshirilgan bo‘lsa, AB, 30 — 69 foizi tekshirilgan bo‘lsa, QB, 0 — 29 foizi tekshirilgan bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Kontragentlarni tekshirish reyestri, hisobot davrida o‘tkazilgan kontragentlar tekshiruvlar soni, tekshiruvlar natijalari bo‘yicha ijobiy va salbiy xulosalar nusxasi ilova qilinadi

1.2.4. Davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan ushbu tashkilot tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholagan holda muntazam ravishda monitoring o‘tkazish

1.2.4.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotlarning mavjudligi va sifatli to‘ldirilganligi.

Izoh: Mazkur indikator bo‘yicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan hisobotlarning mavjudligi va sifatli to‘ldirilganligidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oralig‘ida belgilanadi.

0 — 3 ball

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida umumiy hisobot hamda korrupsiyaga qarshi davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosi haqida hisobot ilova qilinadi

1.2.4.2. Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha rejadagi tadbirlarning bajarilganligi.

Izoh: Mazkur indikator bo‘yicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan rejadagi tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilganligidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oralig‘ida belgilanadi.

0 — 3 ball

Reja (tashkilotning barcha jarayonlarini, monitoring va nazorat qilinadigan davri va tekshiruv muddatlarini o‘z ichiga olgan) va uning ijrosini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

1.2.4.3. Hisobot davrida aloqa kanallari orqali kelib tushgan korrupsiyaga oid xabarlar bo‘yicha va monitoring natijalariga ko‘ra korrupsiyaviy harakat deb hisoblangan holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilganligi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilikning buzilganligi to‘g‘risida tasdiqlangan holatlarning (qonunchilik hujjatlari kesimida) aniqlanganligi.

Davlat tashkilotlarida tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat va tartib-taomillarning buzilish holatlari (ichki hujjatlar kesimida), korrupsiyaviy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilganlik holatlarining aniqlanganligi.

Izoh: 100 foiz tekshirilgan (o‘rganilgan) bo‘lsa, TB, 70 — 99 foiz tekshirilgan (o‘rganilgan) bo‘lsa, AB, 30 — 69 foiz tekshirilgan (o‘rganilgan) bo‘lsa, QB, 0 — 29 foiz o‘rganilgan bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

3 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni ro‘yxatga olish reyestri, xizmat tekshiruvlari reyestri nusxasi ilova qilinadi.

Aybdorlar aniqlangan holatlar soni band bo‘yicha bo‘lib ko‘rsatiladi

1.2.4.4. Korrupsiyaga oid qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlarga qo‘llanilgan jazolar.

Izoh: Mazkur indikator bo‘yicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, sodir etilgan harakat va qo‘llanilgan jazo tabiatidan kelib chiqib, 0 — 3 ball oralig‘ida belgilanadi. Hisobot yilida o‘tkazilgan tekshirishlar va kelib tushgan xabarlar tahlili asosida qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlar aniqlanmagan bo‘lsa, 2 ball qo‘yiladi.

0 — 3 ball

Kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik va ichki idoraviy talablarni buzgan xodimlar soni hamda ularga qo‘llanilgan choralar ko‘rsatilgan ro‘yxat

Ikkinchi yo‘nalish

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi

(jami — 30 ball)

Indikatorlar

Ballar

2.1. Davlat tashkilotining barcha funksiya va vazifalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash bo‘yicha baholash o‘tkazilganligi.

Izoh: Baholash qamrovi 100 foiz bo‘lsa, TB, 70 — 99 foiz bo‘lsa, AB, 30 — 69 bo‘lsa, QB, 0 — 29 foiz bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

15 ball

AB

10 ball

QB

5 ball

B

0 ball

Davlat tashkilotining birlashgan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi, korrupsiya xavfiga eng ko‘p moyil bo‘lgan funksiya va lavozimlar ro‘yxati ilova qilinadi

2.2. Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar.

Izoh: Mazkur indikator bo‘yicha ballar aniqlangan xavf-xatar va minimallashtirish uchun ko‘rilgan choralar tabiatidan kelib chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 0 15 ball oralig‘ida belgilanadi.

015 ball

Davlat tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarining korrupsiyaga qarshi kurash dasturi (“Yo‘l xaritasi”) va uning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi

Uchinchi yo‘nalish

Davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi

(jami — 15 ball)

3.1. Davlat tashkiloti rahbarining xodimlar va jamoatchilik uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga oid murojaatining mavjudligi, uning xodimlar e’tiboriga yetkazilganligi, hay’at yig‘ilishlari va boshqa yig‘ilishlarda korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarining ko‘rib chiqilganligi.

Izoh: Mavjud bo‘lsa, TB, mavjud bo‘lmasa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Murojaat e’lon qilingan manba havolasi, tegishli hay’at yig‘ilishlari va boshqa yig‘ilishlar bayonnomasi ilova qilinadi

3.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi tuzilganligi, uning zarur resurslar, shtat birliklari va boshqa moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganligi.

Izoh: Mazkur indikator bo‘yicha ballar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmalari orasida elektron platformada o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, 0 — 12 ball oralig‘ida belgilanadi.

012 ball

Elektron platformada so‘rovnoma to‘ldiriladi

3.3. Davlat tashkilotlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan OAV va tadbirlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chiqishlar.

Izoh: Hisobot davridagi har yarim yilda kamida 1-marta mavjud bo‘lsa TB, mavjud bo‘lmasa B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Ma’lumotlar va materiallar havolasi ilova qilinadi

To‘rtinchi yo‘nalish

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tadbirlarning a�alga oshirilganligi

(jami — 15 ball)

4.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki tartib-taomillardan xabardorligi

4.1.1. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishganlik holati hamda korrupsiyaga qarshi talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi.

Izoh: Barcha xodimlar tanishtirilgan bo‘lsa, TB, 70 — 99 foizi tanishtirilgan bo‘lsa, AB, 30 — 69 foizi tanishtirilgan bo‘lsa, QB, 0 — 29 foizi tanishtirilgan bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

5 ball

AB

2 ball

QB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlar bilan tanishganligini imzosi bilan tasdiqlagan xodimlar ro‘yxati, xodimlarning korrupsiyaga qarshi asosiy talablar va tartib-taomillardan xabardorligi yuzasidan yakuniy monitoring natijalari hamda ushbu talablar va tartib-taomillarga rioya etilishi ustidan nazorat yakunlari ilova qilinadi**

4.2. Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilganligi

4.2.1. Hisobot yilida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirilganligi.

Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi ko‘rsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, bilim va ko‘nikmalari oshirilgan xodimlarning sonida ijobiy farq bo‘lsa yoki o‘zgarish bo‘lmasa, TB, agar kamayish bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Davlat tashkiloti tizimi xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy va maxsus o‘qitishga doir ma’lumotlari (tasdiqlangan ro‘yxat) va tahlil natijalari ilova qilinadi

4.2.2. Davlat tashkiloti xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlash va qayta tayyorlashga oid maxsus o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar mavjudligi.

Izoh: Mavjud bo‘lsa, TB, mavjud bo‘lmasa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan lavozimda ishlovchi va boshqa xodimlarni, shu jumladan, ishga yangi qabul qilingan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlashga oid maxsus o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar ilova qilinadi

4.2.3. Ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish tizimining mavjudligi.

Izoh: Mavjud bo‘lsa, TB, mavjud bo‘lmasa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi

TB

3 ball

B

0 ball

Ishga yangi qabul qilingan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirilganligi bo‘yicha kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar ilova qilinadi

4.2.4.Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha treninglar o‘tkazish:

barcha xodimlar uchun;

korrupsiyaviy xavf yuqori darajada bo‘lgan funksiyalarni bajaruvchi bo‘linmalar uchun.

Izoh: xodimlarning 70 — 100 foizi o‘qitilgan bo‘lsa, TB, 50 — 69 foizi o‘qitilgan bo‘lsa, AB, 30 — 49 foizi o‘qitilgan bo‘lsa, QB, 0 29 foizi o‘qitilgan bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

5 ball

AB

3 ball

QB

2 ball

B

0 ball

Kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan o‘qitish turlari, shakllari, o‘qitilgan xodimlar soni hamda ularning lavozimi va bo‘linmalari ro‘yxati jadval shaklida ilova qilinadi

Beshinchi yo‘nalish

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi

(jami — 5 ball)

5.1. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan tadbirlar soni.

Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi ko‘rsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, o‘tkazilgan tadbirlar sonida ijobiy farq bo‘lsa yoki o‘zgarish bo‘lmasa, TB, tadbirlar sonida kamayish bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

1 ball

B

0 ball

Statistik ma’lumotlar ilova qilinadi

5.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan tadbirlarning qamrov darajasi.

Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi ko‘rsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, o‘tkazilgan tadbirlarning qamrov darajasida ijobiy farq bo‘lsa yoki o‘zgarish bo‘lmasa, TB, qamrov darajasida kamayish bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Statistik ma’lumotlar (ishtirokchilar soni, hududiy qamrov) ilova qilinadi

5.3. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid tarqatilgan ko‘rgazmali materiallar, qo‘llanmalar, ijtimoiy audio va videoroliklar soni.

Izoh: Mazkur indikatorda oldingi hisobot yilidagi ko‘rsatkichlar soni taqqoslanadi. Bunda, tarqatilgan materiallar sonida ijobiy farq bo‘lsa yoki o‘zgarish bo‘lmasa TB, tarqatilgan materiallar sonida kamayish bo‘lsa, B ustuniga “x” belgisi qo‘yiladi.

TB

2 ball

B

0 ball

Statistik ma’lumotlar ilova qilinadi

Bosqichlar

Mas’ullar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(Agentlik)

1. Reyting baholashdan o‘tkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) ro‘yxatini tuzadi.

2. Ro‘yxatga kiritilgan davlat tashkilotlariga “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali tegishli ma’lumotlarni kiritish to‘g‘risida xat kiritadi.

Har yili 5-yanvarga qadar

2-bosqich

Davlat tashkilotlari

“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash yo‘nalishlari va indikator ko‘rsatkichlari jadvalini to‘ldirish yo‘li bilan ma’lumot kiritib boradi.

Har chorakda

(10-aprel, 10-iyul va 10-oktabrga qadar)

3-bosqich

Agentlik

1. Davlat tashkilotlari tomonidan “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilib boradi.

2. Yakuniy reyting baholash natijalariga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilishi mumkin bo‘lgan davlat organlariga tavsiyalar kiritadi, ularga uslubiy jihatdan ko‘maklashadi.

Muntazam ravishda

4-bosqich

Davlat tashkilotlari

“E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali yillik (oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish o‘tkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar) ma’lumotlarni kiritadi.

Har yili 10 yanvardan kechiktirmasdan

5-bosqich

Agentlik

Yillik ma’lumotlar kiritilgandan keyin tanlov asosida tegishli davlat tashkilotlari ma’lumotlarining haqqoniyligini o‘rganadi.

Har yili 1-fevralga qadar

6-bosqich

Agentl�k

Shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi (keyingi o‘rinlarda — Ekspertlar guruhi)ga taqdim etadi.

Har yili 5-fevralga qadar

7-bosqich

Ekspertlar guruhi

Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini ko‘rib chiqadi va quyidagilardan birini Agentlikka taqdim etadi:

dastlabki reyting baholash natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish yoki qisman o‘zgartirish haqida xulosa;

muqobil reyting baholash natijalari.

Har yili 15-fevralga qadar

8-bosqich

Agentlik


Davlat tashkilotlari

1. Ekspertlar guruhi xulosasi (yoki muqobil reyting baholash natijasi)ni puxta tahlil qiladi va unga ko‘ra dastlabki reytingni o‘zgartirish yoki o‘zgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Har yili 20-fevralga qadar

2. Har bir davlat tashkilotiga uning reyting baholash natijasi haqidagi ma’lumotni yuboradi.

3. Davlat tashkilotlari o‘z reyting baholash natijalarini ko‘rib chiqadi, taklif va e’tirozlarini Agentlikka yuboradi.

Har yili 25-fevralga qadar

4. Agentlik davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan taklif va e’tirozlarni puxta tahlil qiladi va reyting baholashni o‘zgartirish yoki o‘zgartirmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Har yili 1-martga qadar

9-bosqich

Agentlik

Yakuniy reyting natijalarini Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashga kiritadi hamda o‘z rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qiladi.

Har yili 1-mart

10-bosqich

Agentlik

1. Reyting baholash natijalariga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlariga samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar kiritadi.

Har yili 15-martga qadar

Davlat tashkilotlari

2. Agentlik tomonidan kiritilgan tavsiyalar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarni “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritib boradi.

Belgilangan muddatlarda

11-bosqich

Davlat tashkilotlari Agentlik

1. Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va uni Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Har yili 20-martga qadar

2. Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish choralarini ko‘radi.

Belgilangan muddatlarda