07.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3832
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va ssuda ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3832]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-son “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va ssuda ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Markaziy banki, Soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir B. ZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
03-2026/B-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M. OLLOYOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 2-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 24-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 31-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermerlar kengashi raisi A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 4-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi raisi F. PULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palata raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 4-maydagi 03-2026/B-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va ssuda ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va ssuda ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan beriladigan moliyaviy koʻmak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ssuda — Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib berish sharti bilan beriladigan foizsiz moliyaviy koʻmak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bandlik xizmati” axborot tizimi — mehnat organlariga murojaat etgan jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun moʻljallangan elektron axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Online mahalla” elektron platformasi — hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish uchun davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilingan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminoti — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya toʻlovlarini avtomatik ravishda amalga oshiruvchi elektron dasturiy taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sertifikat.mehnat.uz” axborot tizimi — kasb-hunarga tayyorlash jarayonida shaffoflik va xolislikni taʼminlash maqsadida yaratilgan elektron axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarga — tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari (bundan buyon matnda bandlik boʻlimi deb yuritiladi) yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarga — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslarni ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun har bir xodim uchun oʻn ikki oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarga — ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir moslashtirilgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarga — jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilish uchun har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng bir martalik bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida. Mazkur subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qarori bilan tasdiqlangan Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga — xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy taʼlimga oid sertifikatlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida milliy sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar malakani baholash markazlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga — xarid qilingan baholash vositalari xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmagan miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlaridan nogironligi boʻlgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa mehnat qurollari, xomashyo xarid qilish, internet xizmatlariga ulanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish maqsadida uch yilgacha muddatga olti oylik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik tomonidan har yili tasdiqlanadigan hududlar kesimidagi smeta hujjatlariga muvofiq subsidiyalar va ssuda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiyalar va ssuda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari (bundan buyon matnda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan smeta hujjatlarida belgilangan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya va ssuda olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning xaqqoniyligi uchun hujjatlarni taqdim etuvchilar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bandlik boʻlimi yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilingan xodimni (bundan buyon matnda xodim deb yuritiladi) kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (bundan buyon matnda “YAMMT” IDAK deb yuritiladi) orqali subsidiya olish uchun oʻzi roʻyxatdan oʻtgan hududdagi bandlik boʻlimiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaatda ish beruvchi tomonidan quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JSHSHIR deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻqitish joyining manzili, ish beruvchi va davlat yoki nodavlat taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaning elektron nusxasi, xodimni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya mablagʻlari oʻtkazilishi lozim boʻlgan ish beruvchining bank rekvizitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ish beruvchi xodimni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha davlat yoki nodavlat taʼlim tashkiloti bilan shartnoma tuzgan boʻlishi lozim. Bunda davlat yoki nodavlat taʼlim tashkiloti “sertifikat.mehnat.uz” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududiy boshqarmalarning bandlik dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish shuʼbasi masʼul xodimi (bundan buyon matnda masʼul xodim deb yuritiladi) murojaatda taqdim qilingan hujjatlarni “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali uch ish kunida skoring tizimiga yuboradi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim bandlik boʻlimi yoʻllanmasi asosida ishga qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoki bandlik boʻlimi yoʻllanmasi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, masʼul xodim “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali uch ish kunida subsidiya ajratishni rad etadi va bu haqda shu kunning oʻzida ish beruvchini rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilganda uch ish kunida masʼul xodim tomonidan “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa beriladi va ushbu xulosa “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga yuboriladi hamda bu haqda ish beruvchi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududiy boshqarmalarning moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga xulosa yuborilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ish beruvchiga har bir xodim uchun xodimning oʻqish muddatiga muvofiq olti oy davomida har oyning oxirida bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida subsidiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xodimning oʻqishi yakunlangandan soʻng ish beruvchi besh ish kuni ichida kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtgan yoki malakasi oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni “sertifikat.mehnat.uz” axborot tizimiga kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muddati davomida mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, ish beruvchi shu kunning oʻzida mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqni “Bandlik xizmati” axborot tizimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda subsidiya toʻlash avtomatik ravishda toʻxtatiladi hamda bu haqda ish beruvchi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi. Ish beruvchiga ilgari toʻlangan subsidiyalar qaytarib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ish beruvchilarga “Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilganligi uchun subsidiya ajratish maqsadida ish beruvchi YIDXP yoki “YAMMT” IDAK orqali oʻzi roʻyxatdan oʻtgan hududdagi bandlik boʻlimiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Murojaatda ish beruvchi tomonidan quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilingan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, JSHSHIR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlar yoki maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning elektron nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya mablagʻlari oʻtkazilishi lozim boʻlgan ish beruvchi tashkilotning bank rekvizitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga xodimning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Masʼul xodim murojaatda taqdim qilingan hujjatlarni uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali skoring tizimiga yuboradi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga mansubligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan boʻlsa yoki ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga kiruvchi shaxslar ishga qabul qilinganligi tasdiqlanmasa, masʼul xodim “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali uch ish kunida subsidiya ajratishni rad etadi va bu haqda shu kunning oʻzida ish beruvchini rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilganda uch ish kunida masʼul xodim tomonidan “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa beriladi va ushbu xulosa “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga yuboriladi hamda bu haqda ish beruvchi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hududiy boshqarmalarning moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminot orqali ish beruvchiga ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasining har biri uchun oʻn ikki oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida subsidiya toʻlovlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hududiy boshqarmalarning moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan “YAMMT” IDAK orqali har oy yakunida soliq xizmati organlaridan ushbu tashkilotda ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsga ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinganidan boshlab subsidiya mablagʻlari “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminoti orqali bir ish kuni ichida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hududiy boshqarmalarning moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan “YAMMT” IDAK orqali har oy yakunida soliq xizmati organlaridan ushbu tashkilotda ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilingan shaxsga ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, subsidiya toʻlash toʻxtatiladi hamda bu haqda ish beruvchi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi. Bunda toʻlangan subsidiyalar qaytarib olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari va sharoitlarini moslashtirgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ish beruvchi ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxsga moslashtirganligi uchun subsidiya ajratishni soʻrab YIDXP yoki “YAMMT” IDAK orqali oʻzi roʻyxatdan oʻtgan hududdagi bandlik boʻlimiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Murojaatda ish beruvchi tomonidan quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, biometrik pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, JSHSHIR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari va mehnat sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun sarflangan xarajatlar miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya mablagʻlari oʻtkazilishi lozim boʻlgan ish beruvchi tashkilotning bank rekvizitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga nogironligi boʻlgan shaxsning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi va nogironligi boʻlgan shaxsga uch oy davomida soliq xizmati organlaridan ish haqi hisoblanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Masʼul xodim murojaatda taqdim qilingan hujjatlarni uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali skoring tizimiga yuboradi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxsning “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxsga ish haqi hisoblanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bandlik boʻlimi mutaxassisi ish beruvchi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxs uchun ish oʻrinlari va sharoitlarini mazkur Nizomning ilovasidagi Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari va sharoitlarini moslashtirish vositalari roʻyxatida belgilangan vositalarning bir yoki bir nechtasi asosida moslashtirilganligini uch ish kuni ichida joyiga chiqqan holda oʻrganadi hamda bu haqda tasdiqlovchi materiallar (foto va boshqa tasdiqlovchi materiallar) asosida dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma bandlik boʻlimi mutaxassisi, ish beruvchi va nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi hamda “Bandlik xizmati” axborot tizimiga bandlik boʻlimi mutaxassisi tomonidan shu kunning oʻzida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa va zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan boʻlsa, shuningdek mazkur Nizomning 25-bandidagi dalolatnoma asosida ish oʻrinlari va sharoitlari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilmaganligi aniqlanganda, masʼul xodim “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali uch ish kunida subsidiya ajratishni rad etadi va bu haqda shu kunning oʻzida ish beruvchini rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilganda, shuningdek mazkur Nizomning 25-bandiga asosan ish beruvchi tomonidan ish oʻrinlari va sharoitlari nogironligi boʻlgan shaxsga moslashtirilganligi tasdiqlanganda, masʼul xodim tomonidan uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa beriladi va ushbu xulosa “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga yuboriladi hamda bu haqda ish beruvchi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Hududiy boshqarmalarning moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga ish beruvchiga subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa yuborilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida har bir nogironligi boʻlgan shaxs uchun moslashtirilgan ish oʻrinlari va mehnat sharoitlariga sarflangan xarajatlar miqdorini qoplash maqsadida murojaatda koʻrsatilgan miqdorda har bir moslashtirilgan ish joyi va sharoiti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha bir martalik subsidiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarni qoplash uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalari xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy taʼlimga oid sertifikatlarni, shuningdek, Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida milliy sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya ajratishni soʻrab mazkur sertifikatlarning amal qilish muddati davomida YIDXP yoki “YAMMT” IDAK orqali bandlik boʻlimiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Murojaatda oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, JSHSHIR;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida ushbu sohada faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya mablagʻlari oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasining bank kartasi raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy taʼlimga oid sertifikat yoki milliy sertifikat va amalga oshirilgan toʻlov hujjati nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Masʼul xodim xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy taʼlimga oid sertifikat yoki milliy sertifikatni “sertifikat.mehnat.uz” elektron platformasidan olingan maʼlumotlar asosida tekshiradi va uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali skoring tizimiga yuboradi. Bunda taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va murojaatdagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan va zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan taqdirda, masʼul xodim tomonidan uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali subsidiya ajratish rad etiladi va bu haqda oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasi shu kunning oʻzida rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilganda, masʼul xodim tomonidan uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa beriladi va ushbu xulosa “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga yuboriladi hamda bu haqda oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustasi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Hududiy boshqarmalarning moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa yuborilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy taʼlimga oid sertifikatlarni, shuningdek, milliy sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha boʻlgan miqdorda subsidiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Malakani baholash markazlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Malakani baholash markazini tashkil etgan tadbirkorlik subyekti tomonidan baholash vositalarini xarid qilgan sanadan boshlab uch oy ichida subsidiya olish maqsadida YIDXP yoki “YAMMT” IDAK orqali oʻzi roʻyxatdan oʻtgan hududdagi bandlik boʻlimiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Murojaatga tadbirkorlik subyekti tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakani baholash markazi faoliyati yoʻnalishining loyihasi (konsepsiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilingan baholash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilingan baholash vositalarini yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya mablagʻlari oʻtkazilishi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektining bank rekvizitlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Masʼul xodim murojaatda taqdim qilingan hujjatlarni uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali skoring tizimiga yuboradi. Bunda taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va murojaatdagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Malakani baholash markazini tashkil etgan tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa va zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan taqdirda, masʼul xodim “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali uch ish kunida subsidiya ajratishni rad etadi va bu haqda shu kunning oʻzida tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilganda masʼul xodim tomonidan uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa beriladi va ushbu xulosa vazirlikka kelishish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mazkur Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan xulosa vazirlik tomonidan uch ish kunida malakani baholash markazi faoliyati yoʻnalishi loyihasining (konsepsiyasi) aniqligi va amaliy yoʻnaltirilganligi, malakani baholash markazi faoliyatining maqsad va vazifalari aniq belgilanganligi yuzasidan oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Vazirlik tomonidan malakani baholash markazi faoliyati yoʻnalishi loyihasining (konsepsiyasi) amaliy yoʻnaltirilmagan, malakani baholash markazi faoliyatining maqsad va vazifalari aniq belgilanmagan deb topilgan taqdirda, subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa kelishilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul xodim Vazirlik tomonidan subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa kelishilmagan kundan boshlab uch ish kunida “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali subsidiya ajratishni rad etadi va bu haqda shu kunning oʻzida tadbirkorlik subyektini rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Vazirlik tomonidan subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosa kelishilganda, kelishuv bayoni “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali shu kunning oʻzida xududiy boshqarmalarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Masʼul xodim vazirlik tomonidan kelishilgan subsidiya ajratish boʻyicha ijobiy xulosani “Bandlik xizmati” axborot tizimi orqali “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga yoʻnaltiradi hamda bu haqda shu kunning oʻzida tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Hududiy boshqarmalarning moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan “subsidy.mf.uz” dasturiy taʼminotiga ijobiy xulosa yuborilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida malakani baholash markazini tashkil etgan tadbirkorlik subyektiga xarid qilingan baholash vositalari xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarga ssuda ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Nogironligi boʻlgan shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) zarur boʻlgan jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa mehnat qurollari, xomashyo xarid qilish, internet xizmatlariga ulanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish maqsadida ssuda ajratishni soʻrab yashash joyidagi hokim yordamchisiga yoki YIDXP yoxud “Online mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Talabgorning murojaatida uning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, JSHSHIR, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritilganligi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish, ularning bandligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa mehnat qurollari, xomashyo xarid qilish, internet xizmatlariga ulanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soʻralayotgan ssudaning miqdori va talabgorning “ijtimoiy karta” raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Hokim yordamchisi uch ish kunida nogironligi boʻlgan shaxsning murojaatida qayd etilgan maʼlumotlarni oʻrganish uchun “Online mahalla” elektron platformasi orqali skoring tizimiga yuboradi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning shaxsiy maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning nogironligi mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va toʻgʻriligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajariladigan faoliyat turi va maqsadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan, zarur maʼlumotlar koʻrsatilmagan, talabgorning nogironligi tasdiqlanmagan hollarda, hokim yordamchisi tomonidan uch ish kunida “Online mahalla” elektron platformasi orqali ssuda ajratish rad etiladi va bu haqda shu kunning oʻzida talabgor rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Hujjatlar toʻliq va toʻgʻri taqdim etilganda, hokim yordamchisi tomonidan uch ish kunida “Online mahalla” elektron platformasi orqali ssuda ajratish boʻyicha talabgorning murojaati maʼqullanadi va ijobiy xulosa shakllantirilib “Bandlik xizmati” axborot tizimiga yuboriladi hamda bu haqda shu kunning oʻzida talabgor xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Hududiy boshqarma talabgorning murojaati maʼqullangan kundan boshlab besh ish kunida u bilan ssuda ajratish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Shartnomaga tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki kengaytirish, ularning bandligini taʼminlash uchun zarur boʻlgan jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa mehnat qurollari, xomashyo xarid qilish, internet xizmatlari nomi, ssudani qaytarish tartibi hamda jadvali ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Hududiy boshqarma ssuda ajratish toʻgʻrisida shartnomaga asosan Jamgʻarmaga mablagʻ ajratishni soʻrab uch ish kuni ichida murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Jamgʻarma hududiy boshqarmaga ikki ish kuni ichida murojaatda koʻrsatilgan mablagʻlarni ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Hududiy boshqarmaning moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan uch ish kuni ichida uch yilgacha muddatga olti oylik imtiyozli davr bilan talabgorning murojaatida koʻrsatilgan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda mablagʻlari talabgorning bank karta raqamiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ssudalardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek oʻz vaqtida qaytarilishi yuzasidan talabgorning yashash joyidagi hokim yordamchisi tomonidan monitoring amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ssuda olgan shaxs tomonidan ajratilgan ssuda mablagʻlari ssuda ajratish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, ushbu mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Manfaatdor shaxslar subsidiya va ssuda ajratish tartibidan norozi boʻlgan taqdirda, sudga yoki vakolatli organlarga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va ssuda ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlari va sharoitlarini moslashtirish vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I bob. Fizik muhit va infratuzilmani moslashtirish vositalari
 

1.  Panduslar (stasionar va koʻchma)

2.  Qoʻl tayanchlar (perila)

3.  Kengaytirilgan va avtomatik eshiklar

4.  Sirpanishga qarshi qoplamalar (anti-slip)

5.  Taktil yoʻlaklar va belgilar

6.  Moslashtirilgan sanitar-gigiyena xonalari va jihozlari

7.  Avtoturargohlarda maxsus joylar


II bob. Ish joyi jihozlari


8.  Balandligi moslashtiriladigan ish stollari

9.  Ergonomik kreslolar

10. Qoʻl va bel uchun tayanchlar

11. Oyoq uchun tutkichlar

12. Moslashtirilgan shkaf va tokchalar


III bob. Orgtexnika vositalari


13. Ekranni oʻquvchi dasturlar

14. Ekranni kattalashtiruvchi dasturlar

15. Ovoz orqali boshqariluvchi dasturlar

16. Matnni ovozga aylantiruvchi dasturlar

17. Brayl displey va Brayl printerlar

18. Katta tugmali va maxsus klaviaturalar

19. Sensorli ekranlar

20. Moslashtirilgan kompyuter sichqonchalari;

21. Koʻz orqali boshqaruv (eye-tracking) tizimlari.


IV bob. Koʻrish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun vositalar


22. Yuqori kontrastli monitor va qurilmalar

23. Katta shriftli materiallar

24. Audio formatdagi hujjatlar

25. Taktil belgilar

26. Kattalashtirgichlar (lupalar)


V bob. Eshitish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun vositalar


27. Ovozni kuchaytirish (hearing loop) vositalari

28. Muloqotni osonlashtiradigan texnologiyalar (FM tizimlar)

29. Yorugʻlikli va vibrasiyali signallar

30. Subtitrlash dasturlari

31. Video tarjimon uskunalari


VI bob. Harakatlanishi cheklangan shaxslar uchun vositalar


32. Nogironlik aravachalari (elektron, mexanik)

33. Moslashtirilgan ish joylari

34. Koʻtarish qurilmalari (lifterlar)

35. Transfer taxtalari

36. Protez va ortezlar

37. Maxsus tutqich va ushlagichlar


VII bob. Kognitiv va psixo-ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash vositalari


38. Vizual rejalar va jadvallar

39. Oddiy interfeysga ega dasturlar

40. Shovqinni kamaytiruvchi qurilmalar

41. Rangli kodlash (ranglar orqali axborot berish va belgilash) vositalari


VIII bob. Kommunikasiya va aloqa vositalari


42. Alternativ kommunikasiya qurilmalari (AAC)

43. Maxsus planshet va mobil qurilmalar

44. Onlayn muloqot platformalari

45. Matn asosidagi aloqa tizimlari


IX bob. Transport va harakatlanish vositalari


46. Moslashtirilgan transport vositalari

47. Avtomobil uchun qoʻl boshqaruvi vositasi

48. Maxsus transport xizmatlari

49. Koʻchma panduslar


X bob. Ish jarayonini moslashtirish vositalari


50. Masofaviy ish texnologiyalari

51. Moslashtirilgan ish jadvali dasturlari

52. Ish joyida assistent (job coach) xizmatlari

53. Xavfsizlik signallari va monitoring tizimlari


XI bob. Ishlab chiqarish va maxsus uskunalar


54. Yengil asbob-uskunalar

55. Avtomatlashtirilgan ish liniyalari

56. Moslashtirilgan shaxsiy himoya vositalari (PPE)

57. Oson boshqariladigan uskunalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 4-maydagi 03-2026/B-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163, 2019-yil 31-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2019-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 24-martdagi 7-2020/B-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-1, 2020-yil 31-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/3163-1/0387-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 21-avgustdagi 33-2020-B-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-2, 2020-yil 26-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2020-y., 10/20/3163-2/1230-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 9-apreldagi 19-2021-B-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3163-3, 2021-yil 9-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2021-y., 10/21/3163-3/0316-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-son “Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3552, 2024-yil 15-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son) ilovaning 96-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026-y., 10/26/3832/0477-son)