15.05.2025 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 5-martdagi PF-43-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻchmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 5-martdagi PF-43-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida ijro etuvchi organ etib belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning vazifalari, funksiya va huquqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning tuzilmasi va rahbariyatining masʼuliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazni moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminlash hamda uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazga, shu jumladan, xodimlarning ish haqi, moddiy ragʻbatlantirilishi, asosiy vositalar, moddiy-texnik baza, jihozlar, server uskunalari bilan taʼminlash va saqlash xarajatlarini amalga oshirish hamda axborot tizimlarini joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 2025-yil uchun 10 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Kadastr agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblari asosida Milliy markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi 320-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, faoliyatini tashkil etish va uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy markaz koʻchmas mulk obyektlarining bozor bahosiga yaqin boʻlgan qiymatini ommaviy baholash orqali aniqlash, ommaviy baholash elektron maʼlumotlar bazasini yuritish va koʻchmas mulk bozorini monitoring va tahlil qiluvchi davlat muassasasi shaklidagi vakolatli organ hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida bevosita Kadastr agentligiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy markaz Kadastr agentligi tizimiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) va Kadastr agentligining buyruqlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy markaz yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan hisobvaraqlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy markaz oʻz faoliyatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi va ularning boʻlinmalari, shu jumladan, ularning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xoʻjalik birlashmalari, xorijiy va xalqaro hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy markazning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Koʻchmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Natsionalniy sentr po massovoy otsenke nedvijimogo imushestva Agentstva po kadastru pri Ministerstve ekonomiki i finansov Respubliki Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — Natsionalniy sentr po massovoy otsenke nedvijimogo imushestva;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — National Centre for Mass Valuation of Real Estate of the Cadastral Agency under the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgan nomi — National Centre for Mass Valuation of Real Estate.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Milliy markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Milliy markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarining bozor bahosiga yaqin boʻlgan qiymatini ommaviy baholash orqali aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholashning elektron maʼlumotlar bazasini yaratish, yuritish va yangilab borish, ommaviy baholash natijalarini ushbu bazaga alohida murojaatsiz va haq undirmasdan kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlarini ommaviy baholash bilan bogʻliq maʼlumotlarni oʻrganish, toʻplash va qayta ishlash asosida koʻchmas mulk bozorini monitoring va tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ommaviy baholash, koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlish shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy markaz oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻplaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bozorining monitoringi elektron savdo platformalari, shuningdek, boshqa manbalardagi koʻchmas mulkni sotish va ijaraga berish boʻyicha taklif etilayotgan eʼlonlar va tuzilgan, shu jumladan, notarial rasmiylashtirilgan bitimlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻplaydi, tekshiradi va qayta ishlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholash jarayonini raqamlashtirish va avtomatlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholashning natijalarini Kadastr agentligiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi direktori buyruqlarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholash jarayonini tartibga soluvchi chora-tadbirlar va mexanizmlarni ishlab chiqish, shu jumladan, ommaviy baholash metodikasini takomillashtirish yuzasidan Kadastr agentligiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni qayta tayyorlash va stajirovkadan oʻtkazishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz tarkibiy boʻlinmalarida ichki nazorat, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Milliy markaz xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish va ularni kamaytirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz qonunchilik hujjatlarga muvofiq boshqa funksiyalarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Milliy markazning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Milliy markaz koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida oʻziga yuklangan asosiy vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlardan ommaviy baholash tizimi uchun zarur boʻlgan axborotlarni hamda Milliy markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan, statistika maʼlumotlarini soʻrash va bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholanishi lozim boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarining shakllantirilgan roʻyxatini Kadastr agentligidan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan koʻchmas mulk obyektlariga oid toʻliq va sifatli maʼlumotlarni Kadastr agentligidan olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Milliy markazga ishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi bilan kelishgan holda, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan Milliy markazning vakolati doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar oʻtkazish hamda boshqa, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholash sohasini rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlari tomonidan oʻz sohasida ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish hajmidan kelib chiqib, qoʻshimcha xodimlarni jalb qilish boʻyicha Kadastr agentligiga taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlarining talabalarini amaliyot davrlarida amaliyot oʻtashga qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz qonunchilik hujjatlarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkni ommaviy baholash sohasida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Milliy markaz faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Milliy markazning tuzilmasi Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy markazga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Kadastr agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy markaz direktori rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Milliy markaz direktori Kadastr agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Milliy markaz direktori Kadastr agentligi direktori bilan kelishilgan holda, Milliy markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar maslahatchiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy markaz direktori boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari Milliy markaz direktori buyrugʻi bilan uning oʻrinbosariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Milliy markaz direktori va oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar Milliy markaz direktorining (keyingi oʻrinlarda — direktor) asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Milliy markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kadastr agentligi rahbarining buyruqlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Milliy markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kadastr agentligi rahbarining buyruqlari bilan tasdiqlangan Milliy markaz faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilish holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning hayʼati qarorlari, Kadastr agentligi direktorining buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosari va Milliy markazning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Milliy markaz faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, ommaviy baholash sohasini rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib, Milliy markaz va oʻz oʻrinbosarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning bajarilishi nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Milliy markazning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakant lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini belgilangan tartibda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangani, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarining faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy oʻrganish, shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini va Milliy markazning boshqa mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni hal etish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Milliy markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;

Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Milliy markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Milliy markaz ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga chiqib qabul qilishni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Milliy markaz xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishga doir ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlarining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, lavozim yoʻriqnomalari hamda Milliy markazning boshqa hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning umumiy belgilangan soni doirasida Milliy markazning shtatlar jadvalini, shuningdek, Milliy markaz xarajatlar va daromadlar smetasini Kadastr agentligi direktoriga tasdiqlash uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish hamda qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish boʻyicha takliflarni Kadastr agentligi direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni shartnoma asosida Milliy markazga ishga jalb etish boʻyicha takliflarni Kadastr agentligi direktoriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida oʻzini koʻrsatgan xodimlarga davlat mukofotlari berish uchun ularning nomzodlarini belgilangan tartibda Kadastr agentligi direktoriga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyatiga oid sohalarda xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro tadbirlarda Kadastr agentligi direktori bilan kelishgan holda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar Milliy markaz direktori oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
direktor vaqtincha boʻlmaganda, direktorning buyrugʻi asosida uning vazifalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kadastr agentligi direktorining buyruqlari bilan tasdiqlangan Milliy markaz faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilish holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning hayʼati qarorlari, Kadastr agentligi direktori hamda Milliy markaz direktorining buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan belgilangan vazifalarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Milliy markaz direktoriga takliflar kiritish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Milliy markazning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Milliy markaz direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Kadastr agentligiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda direktorning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlarining xizmat safarlariga chiqishi va boʻlishi, xizmat safarlarining asoslangani, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyatiga oid tegishli masalalar boʻyicha Milliy markaz faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar koʻrish hamda ushbu sohalarda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni direktorga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Milliy markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Milliy markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni direktorga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsiy qabullar oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga chiqib qabul qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Milliy markaz direktori va oʻrinbosarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Milliy markaz direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Direktorning oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarda Milliy markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Milliy markazning samaradorligini baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Milliy markaz faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Milliy markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadigan Milliy markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Milliy markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Milliy markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Milliy markazning Kadastr agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Milliy markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita Kadastr agentligi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari va hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Milliy markazning Kadastr agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi bevosita direktor va uning oʻrinbosari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Milliy markazning Kadastr agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Kadastr agentligi direktorining topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar direktor oʻrinbosari tomonidan kelishmovchiliklarni bartaraf etishning imkoni boʻlmasa, soʻnggi qaror bevosita Kadastr agentligi direktori tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Milliy markazni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, ularni ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Milliy markaz xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ilmiy darajalari, uzoq muddat xizmati uchun ustama haqlar, bayram kunlari uchun mukofotlar, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan, ragʻbatlantirish toʻlovlari, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlaridan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Milliy markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash, lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʻra tegishli ravishda Kadastr agentligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish tartibi boʻyicha Kadastr agentligi direktori oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Milliy markaz faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilinadigan grantlar va texnik koʻmaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Milliy markaz xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun zarur mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda moliyaviy yordam sifatida ajratib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Milliy markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlashni moliyalashtirishda respublika budjetidan quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona tarif setkasi boʻyicha tasdiqlangan razryadlarga muvofiq lavozim maoshi, bunda lavozim maoshini hisoblashda tasdiqlangan tarif razryadlari tarif koeffitsiyenti 1,7 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foiz miqdorda mehnatni ragʻbatlantirish (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyent) uchun oshirilgan tarif koeffitsiyentini hisobga olgan holda ustama haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilda bir marta bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilda bir marta ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida mukofot puli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 foizlik moddiy ragʻbatlantirish fondi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Milliy markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarga shaxsiy ustamalar quyidagi shakllarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz rahbar va xodimlarini moddiy jihatdan koʻllab-quvvatlash maqsadida Milliy markaz direktori tomonidan xodimlarga lavozim maoshining (lavozim maoshiga nisbatan ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) 250 foizgacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalarga) ega boʻlgan xodimlarga fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga tenglashtirilgan darajalarga) ega boʻlgan xodimlar uchun lavozim maoshining 5 foizi hamda fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarda unga tenglashtirilgan darajaga) ega boʻlgan xodimlar uchun lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlariga har oyda uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun (ish stajiga koʻra) ustama haq miqdorlari lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar bilan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ish staji

Lavozim maoshiga ustama haq miqdori

(koeffitsiyent hisobida)

1 yildan 3 yilgacha

0,1

3 yildan 5 yilgacha

0,2

5 yildan 10 yilgacha

0,4

10 yildan 15 yilgacha

0,5

15 yil va undan ortiq

0,6

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi va Milliy markaz direktori tomonidan berilgan alohida topshiriqlarni sifatli bajarayotgan, samarali faoliyat koʻrsatayotgan Milliy markaz xodimlari sonining 50 foizidan oshmagan qismiga ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan har oylik ustamalariga qoʻshimcha ravishda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan oylik lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) ikki baravari miqdorigacha yuqori malaka uchun har oylik shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Milliy markaz xodimlari qonunchilikda belgilangan davlat bayramlari munosabati bilan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) bir baravarigacha miqdorda bir martalik mukofot bilan moddiy ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Milliy markaz xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan quyidagi toʻlovlar ham amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovqatlanish va yoʻlkira chiptasi xarajatlarini qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Milliy markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (yilning sentabr — noyabr oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) baravarigacha miqdorda moddiy yordam puli beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda Milliy markaz direktorining buyrugʻi bilan xodimga lavozim maoshining (ragʻbatlantirish koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) uch baravarigacha miqdorda moddiy yordam berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yubiley sanalarida — xodim 50, 55 va 60 yoshga toʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim oilasida baxtsiz hodisa roʻy bergan taqdirda (avtohalokat, tabiiy ofat, ogʻir kasallikka chalinish, elektr toki va tabiiy gazdan kuyish va boshqa baxtsiz hodisalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim ogʻir kasalligi sababli, uzoq muddat (uzluksiz 1,5 oydan koʻp), surunkali va jiddiy kasal boʻlganda davolanishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim oilasining kam taʼminlangani va moliyaviy holatining ogʻirligi tufayli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim farzandli boʻlganda — tegishli guvohnoma nusxasi taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy (yongʻin, suv toshqini, zilzila va boshqalar) va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtganda — guvohnoma nusxasi taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim yoki uning yaqin qarindoshi (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandi) vafot etganda — vafoti toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimi vafot etgan hollarda, moddiy yordam xodimning turmush oʻrtogʻiga, turmush oʻrtogʻi yoʻqligida — u bilan birga yashovchi voyaga yetgan farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylar va homiylarga) yoxud voyaga yetmagan bolalarni (bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs — yoshidan qatʼi nazar) farzandlikka olganlarga, shuningdek, agar xodimlar nikohda boʻlmagan va farzandlari boʻlmagan hollarda xodimning qaramogʻidagi shaxslarga yoki ota-onalariga teng ulushda toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Milliy markaz xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida ularga har oyda har bir shtat birligiga haqiqatda ishlagan kuni uchun ovqatlanish va yoʻlkira chiptalari xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining mos ravishda oʻn va besh foiz miqdorida pul toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Shaxsiy va ragʻbatlantirish ustamalari, moddiy ragʻbatlantirish, mukofotlar, ijtimoiy muhofaza qilishning aniq miqdorlari va ular tatbiq etiladigan xodimlar ushbu Nizomda belgilangan miqdorlar doirasida Milliy markazning budjetdan tashqari mablagʻlariga tushumlari hajmidan kelib chiqib, Milliy markaz direktori tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mehnat qonunchiligiga asosan ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan quyidagi yoʻnalishlarga mablagʻlar yoʻnaltirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, shu jumladan, server uskunalarini, asosiy vositalarni, mahalliy xizmat avtotransport vositasini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning bino va inshootlari hamda asbob-uskunalarini taʼmirlash va qayta taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarga xizmat safarlari xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va amaliyot oʻtashini, shu jumladan, xorijiy davlatlarda oʻqishini tashkil qilish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolat doirasida sohasida ilmiy tadqiqotlar, xalqaro forum va konferensiyalarni tashkil etish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazga mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda konsultantlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, xizmat vazifalarini bajarish chogʻidagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning kommunal-foydalanish hamda boshqa joriy xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning shtat birliklarini saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy baholash tizimini yaratish, yuritish va texnik qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazga yuklangan vazifalarni samarali bajarish, faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hamda faoliyatini yaxshilash, shuningdek, alohida topshiriqlar ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Milliy markaz xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Milliy markazning budjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalanish tartibi Kadastr agentligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Milliy markaz direktori doimiy ravishda Milliy markaz faoliyati toʻgʻrisida Kadastr agentligiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 09/25/320/0443-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)