Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori, 05.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3297
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 5-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3297]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2015-yil 24-dekabrdagi 3, 01/27-26/27-son “Sud ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2744, 2015-yil 24-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 51-son, 642-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. YO‘LDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2744-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 27-martdagi 24-QQ-son va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021-yil 23-martdagi 2744-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 54-moddasiga muvofiq davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish jarayonida realizatsiya qilinadigan, shu jumladan davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk baholash obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni baholashning xususiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mol-mulkni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ro‘yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat ijrochisi alohida ko‘char mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilot jalb qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomototransport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastgoh va uskunalar hamda ishlab chiqarish liniyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ko‘chmas mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan qimmatli qog‘ozlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasining rasmiy listingiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati davlat ijrochisi tomonidan ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha fond birjasiga yozma so‘rovnoma yuborish orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qo‘yilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan boshlang‘ich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq qaror chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mol-mulk baholovchi tashkilot tomonidan baholangan hollarda davlat ijrochisi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholash natijalarini qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mol-mulkni baholash uchun shartnoma tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilinadigan mol-mulkni baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari va eng maqbul va arzon narxlar taklif qilayotgan baholovchi tashkilot o‘rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada baholovchi tashkilotning xizmat haqini to‘lash bo‘yicha shartlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma keyinchalik uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga tuziladi. Shartnomani uzaytirishda baholovchi tashkilot tomonidan mazkur shartnoma shartlariga to‘liq rioya etilganligi va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar buzilmaganligiga e’tibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar taraflardan birining uni bekor qilish to‘g‘risidagi yozma arizasi kelib tushmagan taqdirda shartnomaning muddati bir yilga uzaytirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mol-mulk mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda mol-mulkning alohida olingan shartnomaviy narxi uning ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud ma’lumotlari asosida baholash kunida amal qilib turgan narxining 70 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochisi mol-mulkning narxini aniqlashda bozordagi mavjud talab va takliflar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlar (bozor ma’muriyatidan olingan ma’lumot, internetdan olingan axborot yoki mutaxassis xulosasi)ga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanishi mumkin bo‘lgan mol-mulkning shartnomaviy narxi mol-mulk xatlangandan keyin o‘n kundan kechiktirmasdan belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mol-mulkni baholash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan e’tiboran uning nusxasi uch ish kunidan kechiktirmasdan taraflarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Baholovchi tashkilot tomonidan mol-mulkni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Baholashning umumiy shartlari baholash faoliyati to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi mol-mulkning farqlovchi belgilari (turi, navi, markasi, o‘lchami va h.k.) va haqiqiy holatini ko‘rsatgan holda ro‘yxatini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sotiladigan mol-mulkning boshlang‘ich narxini belgilash uchun davlat ijrochisi baholash to‘g‘risidagi qarori bilan baholovchi tashkilotni jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholash muddati va baholovchi tashkilotning xizmat haqi davlat ijrochisi va baholovchi tashkilot tomonidan belgilanib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda baholash muddati ijro harakatlarini amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat inobatga olingan holda belgilanadi, biroq ushbu muddat baholovchi tashkilotga shartnomaga muvofiq barcha hujjatlar taqdim qilingan kundan e’tiboran 15 kundan oshib ketmasligi lozim.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilotga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash obyektiga nisbatan belgilangan tugatilish qiymati davlat ijrochisi uchun mol-mulkning boshlang‘ich savdo narxini belgilashga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Baholash obyektlarining tugatilish qiymati (Slik) ularning bozordagi qiymati asosida quyidagi formula bo‘yicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Slik = Sbozor*(1/k)*(1 — eln(1-k) * (tlik/tnorm)), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Slik— mumkin bo‘lgan ekspozitsiya davridan (tnorm) qisqaroq, uni ekspozitsiya qilishning belgilangan davriga (tlik) mos bo‘lgan baholash obyektining tugatilish qiymati, so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sbozor— baholanayotgan obyektning bozordagi qiymati (so‘m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k — obyekt sotilishi mumkin bo‘lgan eng oxirgi narxini nazarda tutuvchi koeffitsiyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tnorm— baholash obyekti ichki bozorda ekspozitsiya qilinadigan o‘rtacha muddat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tlik— obyektining realizatsiyasi uchun belgilangan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ln — tabiiy logarifm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e — tabiiy logarifmga asos qilib olinadigan son (2,718).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash obyekti ichki bozorda ekspozitsiya qilinadigan o‘rtacha muddat (tnorm) (oy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt nomi
Muddat
Avtotransport vositalari
Yengil avtomashinalar
2 oy
Yuk avtomobillari
3 oy
Maxsus transportlar
4 oy
Boshqa turdagi transport vositasi
6 oy
Uskunalar
Mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar
4 oy
Texnologik liniyalar
6 oy
Ko‘chmas mulklar
Turar joylar
3 oy
Savdoga mo‘ljallangan ko‘chmas mulklar
4 oy
Ofisga mo‘ljallangan ko‘chmas mulklar
6 oy
Omborlar
6 oy
Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ko‘chmas mulklar
9 oy
Mulkiy kompleks
12 oy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektining realizatsiyasi uchun belgilangan muddat (tlik) (oy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektining realizatsiyasi uchun belgilanadigan muddat davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga asosan tayinlanadi.
(19-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash obyekti sotilishi mumkin bo‘lgan eng oxirgi narxini nazarda tutuvchi koeffitsiyent (k)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K
Ko‘char mol-mulk
Ko‘chmas mol-mulk
0,95
0,9
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday mol-mulkning mazkur formula yordamida hisoblangan likvid qiymati uning bozor qiymatining 70 foizidan past bo‘lgan taqdirda ushbu mol-mulkning likvid qiymati uning bozor qiymatining 70 foizi miqdorida etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, davlat ijrochisi baholash natijalari bo‘yicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida savdoga chiqarish uchun mol-mulkning boshlang‘ich narxini belgilaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1982-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni baholash to‘g‘risida QAROR
______ yil “___” ________
___________________________
(qaror chiqarilgan joy)
Majburiy ijro byurosining ________________ tuman (shahar) bo‘limi davlat ijrochisi __________________
to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan ______ yil “___” __________da qo‘zg‘atilgan _______-sonli ijro ishi bilan tanishib, quyidagilarni
A N I Q L A D I M :
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklarga qaratish maqsadida ___________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
(ro‘yxatga olingan mol-mulklar birma-bir nomi va soni ko‘rsatilgan holda yoziladi)
____________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________ lar ro‘yxatga olingan. Ushbu mol-mulklarning alohida olingan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ortiq bo‘lmaganligi sababli ushbu holatda ularning shartnomaviy narxi baholovchi tashkilotni jalb qilmagan holda mustaqil belgilanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bayon etilganlarga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 54, 84, 86-moddalarini qo‘llab,
Q A R O R _Q I L D I M :
1. Ijro harakatlari davomida ro‘yxatga olingan __________________________________________ ______________________________________________________________ larga bo‘lgan talab va taklifning bozor konyunkturasi holati to‘g‘risidagi ______________________________________ _________________________________________________________________________________
(bozordan olingan ma’lumot, internetdan olingan axborot va/yoki mutaxassis xulosasining sanasi va raqami)
inobatga olinsin.
2. Ro‘yxatga olingan mol-mulklarning alohida olingan qiymati quyidagicha etib belgilansin:
3. Ushbu qarorning nusxasi ma’lumot uchun ijro ishi yuritishdagi taraflarga yuborilsin. 4. Ijro ishi yuritishdagi taraflar o‘tkazilgan baholash natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, qaror nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kun kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining
_________________
(tuman (shahar) nomi)
tuman (shahar) bo‘limi davlat ijrochisi
________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshirilgan baholash natijalarini qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish to‘g‘risida QAROR
______ yil “___” ________
___________________________
(qaror chiqarilgan joy)
Majburiy ijro byurosining ________________ tuman (shahar) bo‘limi davlat ijrochisi __________________
to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan ______ yil “___” __________dagi baholash xulosasi bilan tanishib, quyidagilarni
A N I Q L A D I M :
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklarga qaratish maqsadida ___________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
(ro‘yxatga olingan mol-mulklar birma-bir nomi va soni ko‘rsatilgan holda yoziladi)
__________________________________ lar baholovchi tashkilot tomonidan quyidagicha baholangan: ________________________________ — ________ so‘m;
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan xulosani qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bayon etilganlarga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 20, 54, 75, 84, 86-moddalarini qo‘llab,
Q A R O R _Q I L D I M :
1. Qarzdor _____________________________ dan undiruvchi ________________________________
(qarzdor nomi)
(undiruvchi nomi)
foydasiga ______________________________________________________________ to‘g‘risidagi
(ijro hujjatining mazmuni)
________-sonli ijro hujjati bo‘yicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan ______ yil “___” __________ dagi baholash xulosasi qabul qilinsin va ijro ishi hujjatlariga biriktirilsin. 2. Ro‘yxatga olingan mol-mulklarning baholash xizmati uchun baholovchi tashkilotga belgilangan tarif asosida to‘lab berilishi lozim bo‘lgan ____________ so‘m ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritilsin. 3. Ushbu qarorning nusxasi ma’lumot uchun ijro ishi yuritishdagi taraflarga yuborilsin. 4. Ijro ishi yuritishdagi taraflar baholash natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, qaror nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kun kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining
_________________
(tuman (shahar) nomi)
tuman (shahar) bo‘limi davlat ijrochisi
________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 10/21/3297/0421-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)