Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1963-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son “Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Transport vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-mart,
86-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 11-mart
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2025-yil 27-fevral
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2025-yil 20-fevral
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2025-yil 20-fevral
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 19-fevral
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2025-yil 18-fevral
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2025-yil 13-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 267-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-1, 2015-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 571-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-2, 2018-yil 12-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 10-noyabrdagi 38-2021-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963-3, 2021-yil 16-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida” buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 2025-yil 15-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2025-y., 10/25/1963-4/0281-son)