13.12.2024 yildagi 836-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ish beruvchi korxona va tashkilotlarni taʼlim jarayoniga jalb etish hamda oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya) ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati taʼlim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda diplom loyihasi va bitiruv malakaviy ishi himoya qilinmaydigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilariga ularning xohishidan kelib chiqib, diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ishi himoya qilinishiga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi aʼzoligiga jalb etilgan mutaxassislarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari asosida haq toʻlanadi hamda ularning asosiy ish joylaridagi ish haqlari saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari kompetensiyasini koʻrgazmali-amaliy imtihon shaklida baholashda talab etiladigan xomashyo va yonilgʻi moylash materiallarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli taʼlim tashkilotlariga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar, toʻlov-kontrakt hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi korxona va tashkilotlarni oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bilimi, koʻnikmasi va malakasini baholash jarayonlariga faol jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining attestatsiyasini tashkil etishda ish beruvchi korxona va tashkilotlarga har tomonlama uslubiy jihatdan koʻmaklashsin hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy taʼlim tashkilotlarida attestatsiyani tashkil etishdan kamida bir oy oldin Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida bitiruvchilarning attestatsiyasi oʻtkaziladigan korxona va tashkilotlar hamda taʼlim tashkilotlari roʻyxatini tasdiqlasin va eʼlon qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish oʻquv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash boʻyicha oʻquv kursini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oʻquv yili yakunida oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan attestatsiyaga ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari jalb etilishiga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-noyabrga qadar kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining koʻrgazmali-amaliy imtihonlari oʻtkaziladigan tashkilotlar boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
836-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchi — tegishli oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan, oʻqish davrida toʻplashi lozim boʻlgan kreditlarni toʻliq toʻplagan va amaliyotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan oliy taʼlim tashkiloti talabasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruv malakaviy ishi — oliy taʼlim tashkiloti bakalavriat taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari tomonidan oʻqishni yakunlash bosqichida bajariladigan ilmiy-nazariy ish boʻlib, unda bitiruvchining tegishli taʼlim yoʻnalishi boʻyicha egallagan bilimi, koʻnikma va malakasi baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplom loyihasi — bakalavriat bosqichi bitiruvchisi tomonidan oʻqishni yakunlash bosqichida bajariladigan hamda muayyan soha vazifalariga oid aniq masalaning kompleks yechimiga (konstruktorlik, texnologik, ijodiy, eksperimental, badiiy) qaratilgan ish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasi — magistratura bosqichi bitiruvchisi tomonidan oʻquv jarayoni davomida bajariladigan, tegishli mutaxassislikka (sohaga) oid aniq ilmiy-amaliy masalaning (muammoning) yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ratsionalizatorlik gʻoyasi — mavjud jarayon, ishlash usuli yoki mahsulotni takomillashtirishga qaratilgan yangi va samarali taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihasi — innovatsion gʻoyaga asoslangan yangi biznes tashabbusi boʻlib, u ilgari bozorda taqdim etilmagan yoki mavjudlaridan sezilarli darajada farq qiladigan noyob mahsulot yoki xizmat koʻrsatish boʻyicha taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plagiat — boshqa shaxsning ilmiy, ijodiy yoki boshqa turdagi ishlarini oʻzlashtirib, oʻz nomidan taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya) — bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining bilimi, koʻnikma va malaka darajasini baholash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) — bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining bilimi, koʻnikma va malaka darajasini baholovchi soha mutaxassislaridan iborat komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Attestatsiya oliy taʼlim tashkilotidagi har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va magistratura mutaxassisligi (keyingi oʻrinlarda — taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislik) boʻyicha tashkil etiladigan komissiya tomonidan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarning xususiyatidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkilotida yoki korxonada (tashkilotda) oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati taʼlim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Attestatsiya quyidagi shakllarda oʻtkazilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy til boʻyicha (oliy taʼlim tashkiloti Kengashi qaroriga asosan oʻtkazilishi mumkin) sinov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus (majburiy) fanlar (kasbiy-amaliy fanlar, tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari uchun ikki bosqichli klinikoldi va klinik fanlar) boʻyicha sinov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruv malakaviy ishi himoyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplom loyihasi himoyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlik dissertatsiyasi himoyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislikka mos “startap” loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasi taqdimoti. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“startap” loyihasi muallifi (hammuallifi) oʻqish davrida (bakalavriat yoki magistratura) tegishli davlat organi tomonidan eʼlon qilingan tanlov yakunlariga koʻra gʻolib deb topilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ratsionalizatorlik gʻoyasi muallifi (hammuallifi) tomonidan taklif etilgan gʻoya oʻqish davrida (bakalavriat yoki magistratura) kamida uchta korxona (tashkilot) tomonidan amaliyotga joriy qilingan va uning iqtisodiy yoki ijtimoiy samara berganligi boʻyicha mazkur korxona (tashkilot) tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zaruratga koʻra, xorijiy til boʻyicha attestatsiya oliy taʼlim tashkiloti Kengashining qaroriga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xorijiy til boʻyicha kamida В2 darajadagi (filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida С1 darajadagi) milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bitiruvchilar xorijiy til boʻyicha attestatsiyadan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy til boʻyicha attestatsiya mazkur fanning oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan materiallarning bitiruvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislik boʻyicha maxsus (majburiy) fanlardan (kasbiy-amaliy, klinikoldi va klinik fanlardan) attestatsiya fanlar mazmuniga qoʻyiladigan talablar bilan bir qatorda, malaka talablarida nazarda tutilgan bilim, koʻnikma va malaka darajasini aniqlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya oʻz faoliyatini mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya raisligiga nomzodlar roʻyxati tegishli kafedra mudiri tomonidan shakllantiriladi hamda tasdiqlash uchun oliy taʼlim tashkiloti rektoriga (filial direktoriga) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya raislari oliy taʼlim tashkilotining idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, ushbu taʼlim tashkilotida faoliyat yuritmayotgan olimlar, ishlab chiqarish sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan tegishli oliy taʼlim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan bir kalendar yili muddatiga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning tarkibi oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan kamida bir oy oldin tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya kamida 5 nafar professor-oʻqituvchi va mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantiriladi hamda uning uchdan ikki qismi qatnashganda, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komissiya tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagog kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek, kadrlar buyurtmachisi boʻlgan korxonalarning (tashkilotlarning) yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining yetakchi professor-oʻqituvchi va ilmiy xodimlari, sohaning ilgʻor mutaxassislari va olimlaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kishining ketma-ket bir oliy taʼlim tashkilotida ikki martadan ortiq komissiya raisi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzoligiga jalb etilgan mutaxassislarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlari asosida haq toʻlanadi hamda ularning asosiy ish joylaridagi ish haqlari saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining bilim, koʻnikma va malaka darajasining tegishli taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislik malaka talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya natijalari boʻyicha bitiruvchilarga tegishli akademik darajasini berish boʻyicha qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Attestatsiyada oliy taʼlim tashkilotining Vasiylik (Kuzatuv, Boshqaruv) kengashi va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari hamda kadrlar buyurtmachilari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya jarayoni onlayn rejimda ovozli videotranslyatsiya qilinadi hamda ushbu videotasvirlar bir yil davomida tegishli kafedrada saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Zarurat boʻlganda, bitta rais rahbarligida bir nechta attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotining davlat akkreditatsiyasidan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklar bitiruvchilarining attestatsiyasi ushbu oliy taʼlim tashkilotining yuqori turuvchi vazirligi (idorasi) ruxsati bilan tashkil etiladigan attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bitiruvchilar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Attestatsiyaga tegishli fanlarni oʻzlashtirgan, belgilangan kreditlarni toʻplagan hamda toʻlov-kontrakt shartlarini toʻliq bajargan bitiruvchilar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilar oʻquv yuklamalarini toʻliq bajargandan soʻng attestatsiyadan oʻtishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bitiruvchilarning maxsus (majburiy) fanlar (kasbiy-amaliy, klinikoldi va klinik fanlar) boʻyicha attestatsiyasi, diplom loyihasi (bitiruv malakaviy ishi) yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi oliy taʼlim tashkiloti yoxud korxonada (tashkilotda) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy taʼlim tashkiloti Kengashi har yili 31-oktabrga qadar attestatsiya oliy taʼlim tashkilotida yoki korxonada (tashkilotda) tashkil etiladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarga mos maxsus (majburiy) fanlar (kasbiy-amaliy, klinikoldi va klinik fanlar) roʻyxatini tasdiqlaydi va attestatsiyadan kamida olti oy oldin oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkiloti oʻz bitiruvchilarining attestatsiyadan oʻtkazish yuzasidan mos korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini har yili noyabr oyida imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish bilan bogʻliq taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklarning attestatsiyasi korxonada (tashkilotda) tashkil etilganda bitiruvchilar va komissiyani zarur jihozlar, oʻlchov vositalari, texnik hujjatlar, xomashyo va materiallar bilan taʼminlashga korxona (tashkilot) rahbarlari masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Attestatsiyada xorijiy til va maxsus (majburiy) fanlar boʻyicha sinovlar yozma yoki test yoxud ogʻzaki shaklda tashkil etiladi. Attestatsiya alohida iqtidor talab etiladigan va tibbiyot taʼlim sohasi uchun amaliy shaklda ham tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy til va maxsus (majburiy) fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlar shakli oliy taʼlim tashkiloti Kengashining qarori asosida taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda attestatsiya boshlanishidan olti oy oldin bitiruvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruv malakaviy ishining mavzulari bitiruv semestri boshlanguniga qadar oliy taʼlim tashkiloti Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilar attestatsiyadan oldin tegishli fanlar boʻyicha dasturlar bilan taʼminlanadilar, ularga tayyorgarlik koʻrish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oliy taʼlim tashkiloti tomonidan tajribali professor-oʻqituvchilar hamda korxonalarning (tashkilotlarning) mutaxassislarini jalb etgan holda, attestatsiyaning dasturlari attestatsiya boshlanishidan kamida uch oy oldin ishlab chiqilib, oliy taʼlim tashkiloti Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Attestatsiya oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda, fakultet dekani yoki oʻquv-uslubiy ishlarga masʼul tarkibiy boʻlinma (boʻlim, boshqarma) tomonidan tayyorlangan hamda oliy taʼlim tashkiloti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlangan attestatsiya jadvali asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oliy taʼlim tashkiloti Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan attestatsiyaning shakli bir oʻquv yili davomida oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Attestatsiya boshlanishidan ikki hafta oldin komissiya raisi bilan oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) komissiyaning tayyorgarlik darajasi, komissiya raisi va aʼzolarining vazifalari, bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talablar, tartib-intizom masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Attestatsiya komissiyaning ochiq majlislarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bitiruvchilar attestatsiya boshlangan kundan taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislikka mos “startap” loyihasi, ratsionalizatorlik gʻoyasi boʻyicha tegishli hujjatlarni (taqdimotni) komissiyaga taqdim etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komissiya tomonidan “startap” loyihasi va ratsionalizatorlik gʻoyasini tegishli hujjatlar belgilangan talablarga mos kelishi boʻyicha xulosa qilinadi hamda bitiruvchi belgilangan tartibda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan talablarga mos kelmagan “startap” loyihasi yoki ratsionalizatorlik gʻoyasi baholanmaydi va bitiruvchi attestatsiyani qayta topshirishga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Attestatsiyada plagiatga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holat aniqlanganda, attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiyadan qoniqarsiz baho qoʻyiladi yoki qoʻyilgan ijobiy baho bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi himoyadan ikki hafta oldin antiplagiat dasturi asosida tekshiriladi va plagiatga yoʻl qoʻyilganligi aniqlansa, takroran bir marotaba qayta tekshirishdan oʻtkazishga ruxsat beriladi. Ikkinchi marotaba ham plagiat holatlari bartaraf etilmagan taqdirda, attestatsiya keyingi yilga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda plagiat holatlari bartaraf etilgan taqdirda, bitiruvchiga attestatsiyada qatnashishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotida oʻrnatiladigan antiplagiat dasturi oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xarid qilinadi va u quyidagi talablarga javob berishi talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi va “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga javob berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillardagi matnlarni plagiatga tekshirish imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi uchun tizimning kamida oʻzbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida yoʻriqnomasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchirilgan maʼlumotlar qaysi manbalardan olinganini aniq ifodalab bera olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlardagi maʼlumotlarni bilvosita, yaʼni mazmuni oʻzgartirilmasdan soʻz va iboralar almashtirilib bayon qilingan matnlardagi koʻchirmachilikni aniqlash tizimi joriy etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida generatsiya qilinadigan matnlarni aniqlash imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro eʼtirof etilgan bazalar bilan bogʻlanganligi, maʼlumotlar bazasida turli tillardagi manbalar, jumladan, maxsus maʼlumotlar bazalari, xalqaro ilmiy nashriyotlar, kutubxonalar toʻplamlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ilmiy nashrlar bazasiga va zarur hollarda boshqa tizimlarga integratsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni tekshirish natijasida matn tahliliga doir toʻliq hisobotni va belgilangan namunadagi xulosani (sertifikatni) taqdim etish imkoniyatining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Attestatsiyada bitiruvchilarning bilimi, koʻnikma va malakasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Attestatsiya natijalari attestatsiya oʻtkazilgan kunning oʻzida bitiruvchilarga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Attestatsiyada bitiruvchi qoniqarsiz baho bilan baholanganda bitiruvchiga diplom berilmaydi hamda attestatsiyani mazkur Nizomga muvofiq qayta topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Komissiya bitiruvchilarga attestatsiyaning ijobiy natijalari asosida bakalavr (magistr) darajasini berish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish orqali majlisda ishtirok etuvchilarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oliy taʼlim tashkiloti bitiruvchisi attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng bir oy muddat ichida unga muvofiq darajadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida toʻrtdan uch qismi boʻyicha “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi “4” (yaxshi) bahodan (70 — 89,9 ball) kam boʻlmagan), shuningdek, attestatsiyadan “5” (aʼlo) baho (90 — 100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Attestatsiyadan oʻta olmagan yoki attestatsiyaga qoʻyilmagan bitiruvchi oʻqish muddati tugagandan soʻng, uning arizasiga muvofiq attestatsiyani keyingi uch yil davomida qayta topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻta olmagan bitiruvchidan attestatsiyani qayta topshirish jarayonlarida toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻta olmagan bitiruvchi keyingi oʻquv yili boshlanganidan keyin attestatsiyani qayta topshirishga ruxsat berishni soʻrab oliy taʼlim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda bitiruvchiga attestatsiyani keyingi har bir oʻquv yilida (uch yil davomida) ikki martadan ortiq qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyani qayta topshirishga oliy taʼlim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Attestatsiyadan keyingi uch yil davomida qayta oʻta olmagan bitiruvchiga akademik maʼlumotnoma beriladi va u belgilangan tartibda, toʻlov-kontrakt asosida tegishli bitiruv kursiga oʻqish uchun qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Uzrli sabab bilan attestatsiyaga kelmagan bitiruvchilar oliy taʼlim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan komissiyaning ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda oʻtkaziladigan attestatsiyaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Komissiyaning ishi boʻyicha yillik hisobot oliy taʼlim tashkiloti Kengashida koʻrib chiqiladi. Mazkur Kengash yigʻilishiga komissiya raisi taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Attestatsiyani baholash natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Attestatsiya natijasi boʻyicha olgan bahosidan norozi boʻlgan bitiruvchilar arizalarini koʻrib chiqish uchun oliy taʼlim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi oliy taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik kadrlari (apellyatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek, tegishli soha boʻyicha korxonalarning (tashkilotlarning) malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining tajribali professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari orasidan kamida 5 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda komissiya ishida ishtirok etgan komissiya aʼzolari kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Attestatsiyada qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan bitiruvchilar attestatsiya baholari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni bir kun ichida koʻrib chiqadi hamda natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asosli deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilgan qarori nusxasini shu kunning oʻzida bitiruvchiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bitiruvchi komissiyaning shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy taʼlim tashkiloti

1. Attestatsiya oliy taʼlim tashkilotida yoki korxonada (tashkilotda) tashkil etiladigan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarga mos maxsus (majburiy) fanlar (kasbiy-amaliy, klinikoldi va klinik fanlar) roʻyxatini tasdiqlaydi.

Har yili 31-oktabrga qadar

2. Bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish yuzasidan korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi.

Har yili noyabr oyida

3. Taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislikka mos maxsus (majburiy) fanlar roʻyxatini oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Attestatsiyadan kamida olti oy oldin

4. Xorijiy til va maxsus (majburiy) fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlar shaklini belgilaydi hamda talabalar eʼtiboriga yetkazadi.

Attestatsiyadan olti oy oldin

5. Attestatsiyaning dasturlarini ishlab chiqadi va oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Attestatsiyadan uch oy oldin

6. Komissiyaning tarkibini tasdiqlaydi.

Bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin

7. Bitiruv malakaviy ishi mavzularini tasdiqlaydi.

Bitiruv semestri boshlanguniga qadar

8. Bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasini antiplagiat dasturi asosida tekshiradi.

Attestatsiyadan ikki hafta oldin

Attestatsiya komissiyasi raisi bilan komissiyaning tayyorgarlik darajasi, komissiya raisi va aʼzolarining vazifalari, bitiruvchilarga qoʻyilayotgan talablar, tartib-intizom masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

2-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

1. Attestatsiyani oliy taʼlim tashkilotidagi har bir taʼlim yoʻnalishi va mutaxassislik boʻyicha oʻtkazadi.

Oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq

2. Attestatsiyada bitiruvchilarning bilimi, koʻnikma va malakasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy  taʼlim, fan  va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi va eʼlon qilinadi.

Attestatsiya oʻtkazilgan kunning oʻzida

3-bosqich

Oliy taʼlim tashkilotlari

Bitiruvchi attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng unga muvofiq darajadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom va uning ilovasi beriladi.

Attestatsiya oʻtkazilgandan boshlab bir oy muddat ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchi — tegishli oʻquv rejasidagi fanlarni oʻzlashtirgan va amaliyotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat imtihoni — kasbiy taʼlim tashkiloti bitiruvchisining kasbiy (mutaxassislik) va/yoki belgilangan fanlar boʻyicha nazariy bilimlarini baholash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmali-amaliy imtihon — kasbiy taʼlim tashkiloti bitiruvchisining bilimi, koʻnikma va malakalarini amaliy topshiriqlar asosida baholash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya) — kasbiy taʼlim tashkiloti bitiruvchisining bilimi, koʻnikma va malaka darajasini baholash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi — kasbiy taʼlim tashkilotlarida bitiruvchilarni bilimi, koʻnikma va malakalarini baholash maqsadida kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha korxona (tashkilot) vakillari hamda soha mutaxassislaridan tuziladigan komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Attestatsiyaning asosiy maqsadi kasbiy taʼlim tashkiloti bitiruvchilarining bilimi, koʻnikma va malaka darajasini (kasbiy kompetensiyalarini) kasblarning (mutaxassisliklarning) taʼlim dasturlariga muvofiqligini kompleks baholashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Attestatsiya davlat imtihonlari va koʻrgazmali-amaliy imtihonlar shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat imtihonlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich kasbiy taʼlim boʻyicha — Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlardan test shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim boʻyicha — kasbiy fanlardan test shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy fanlarga oʻquv rejasidagi umumkasbiy fanlar, maxsus fanlar yoki mutaxassislik fanlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koʻrgazmali-amaliy imtihonda bitiruvchi kasbiy taʼlim tashkilotida yoki korxonada (tashkilotda) tegishli kasb (mutaxassislik) boʻyicha kompetensiyalarni egallaganlik darajasini amaliy topshiriqlarni bajarish orqali koʻrsatib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dual taʼlim shaklida taʼlim olgan bitiruvchilarning koʻrgazmali-amaliy imtihon jarayonlari dual taʼlim tashkil etilgan korxona (tashkilot) tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda korxona (tashkilot) tomonidan bitiruvchilarning koʻrgazmali-amaliy imtihon natijalari yuzasidan tayyorlangan hisobotlar kasbiy taʼlim tashkilotiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Attestatsiyani oʻtkazish jadvali korxonalar (tashkilotlar) bilan kelishilgan holda attestatsiya boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin kasbiy taʼlim tashkiloti direktori buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyani oʻtkazish jadvali kasbiy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat imtihonlari kasblarning (mutaxassisliklarning) oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan materiallarni oʻzlashtirish darajasini aniqlashga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Attestatsiya kasbiy taʼlim tashkilotidagi kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Attestatsiyani oʻtkazish uchun kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha komissiyalar kasbiy taʼlim tashkilotidagi oʻquvchilar soniga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya tarkibi attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari buyrugʻi bilan bir oʻquv yiliga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning tarkibi kamida 5 nafardan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibining kamida 50 foizi korxonalar (tashkilotlar) vakillaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya har yili attestatsiyani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchi guruhlar soniga qarab, komissiya faoliyati yil davomida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya raisi komissiya faoliyatini tashkil qiladi, nazorat qiladi, uning xulosalari va qarorlarini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi attestatsiyani oʻz vaqtida, sifatli va shaffof oʻtkazilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kishi ketma-ket bir kasbiy taʼlim tashkilotida tegishli kasblar (mutaxassisliklar) boʻyicha ikki martadan ortiq komissiya raisi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Attestatsiya ishida korxonalar (tashkilotlar) aʼzolari ishtirok etganda, ularning asosiy ish joyidagi ish haqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchilarning bilimi, koʻnikmasi va malakasini (kasbiy kompetensiyalarini) kasblarning (mutaxassisliklarning) taʼlim dasturlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya natijalari boʻyicha bitiruvchilarga boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajasini berish masalasini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning yakuniy hisobotlari va xulosalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kasblarning (mutaxassisliklarning) tegishli oʻquv dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan bitiruvchilarga attestatsiyada ishtirok etishlariga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston tarixi fanidan oʻtkaziladigan davlat imtihoni soha boʻyicha mutaxassis oʻqituvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Bunda jalb etiladigan oʻqituvchilar davlat imtihoniga kiruvchi oʻquvchilarga dars oʻtmagan boʻlishi yoki boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlaridan taklif etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Attestatsiyani tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajasi boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarida belgilangan talablarni bajargan bitiruvchi kasbiy taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashining qaroriga asosan direktorning buyrugʻi bilan attestatsiyaga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-noyabrga qadar kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining koʻrgazmali-amaliy imtihonlari tashkil qilinadigan korxonalar (tashkilotlar) roʻyxatini shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi har yili 1-dekabrga qadar attestatsiya oʻtkaziladigan korxonalar (tashkilotlar) roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilar attestatsiyasini oʻtkazish yuzasidan kasb va mutaxassislikka mos korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini har yili 1-yanvarga qadar imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Attestatsiya boshlanishidan bir hafta oldin komissiya raisi kasbiy taʼlim tashkiloti direktori bilan birgalikda attestatsiyani oʻtkazish uchun tayyorgarlik holatini nazoratdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Attestatsiyada bitiruvchilarning ota-onalari hamda korxonalar (tashkilotlar) vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya jarayonlari ota-onalar va kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida kutish joyiga onlayn translyatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Attestatsiya komissiyasi oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq attestatsiyani kasbiy taʼlim tashkilotidagi har bir kasb (mutaxassislik) boʻyicha oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasi attestatsiya oʻtkazilgan kunning oʻzida bitiruvchilarning bilimi, koʻnikma va malaka darajasini (kasbiy kompetensiyalarini) baholaydi hamda natijalarni eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bitiruvchilar attestatsiyada “2” (qoniqarsiz) baho olgan taqdirda, tegishli imtihonni shu oʻquv yilida bir marta qayta topshirish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta topshirish jarayonlari asosiy attestatsiya tugaganidan soʻng oʻquvchining arizasiga muvofiq bir oy ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan ikkinchi marta ham oʻta olmagan yoki bir yil ichida attestatsiyani qayta topshirish uchun murojaat qilmagan bitiruvchiga attestatsiyani qayta topshirish uchun, shu jumladan, dual taʼlim shaklida taʼlim olgan bitiruvchiga uning arizasiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari tomonidan ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Attestatsiyani qayta topshirib, qoniqarsiz baho olib attestatsiyadan oʻta olmagan bitiruvchi keyingi oʻquv yili yakunida attestatsiyani qayta topshiradi. Bunda oʻzi tamomlagan kasbiy taʼlim tashkilotida taʼlim olgan kasb (mutaxassislik) boʻyicha komissiya shakllanmagan boʻlsa, kasbi (mutaxassisligi) boʻyicha mos boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlarida (dual taʼlim shaklidagi bitiruvchilar ham) attestatsiyani topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa kasbiy taʼlim tashkiloti attestatsiyada ishtirok etadigan bitiruvchining taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari attestatsiya oʻtkaziladigan kasbiy taʼlim tashkilotiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyadan oʻtgan bitiruvchiga komissiya tuzilgan taʼlim tashkiloti tomonidan kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kasbiy taʼlim tashkilotida belgilangan kasbning (mutaxassislikning) oʻquv dasturlarini toʻliq tugatgan, lekin attestatsiyada qatnashmagan yoki undan oʻta olmagan bitiruvchilar Pedagogik kengash qarori asosida komissiya faoliyatining uch yil muddat davomida yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch yil davomida attestatsiyadan oʻtmagan shaxslar yakuniy kursni qaytadan oʻqish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Attestatsiyadan oʻtgan bitiruvchilarga bir oy muddat ichida kasb (mutaxassislik) boʻyicha belgilangan tartibda kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan guruhlarda attestatsiya jarayonlari xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etgan tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro taʼlim dasturlari asosida taʼlim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilarga xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari quyidagi hollarda attestatsiyaga kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlardan akademik qarzdor hisoblanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olib, oʻqish uchun belgilangan toʻlovni toʻliq amalga oshirilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrsiz sabablarga koʻra amaliyot oʻtamagan yoki amaliyot uchun qoniqarsiz baho olganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Uzrli sabablarga koʻra attestatsiyada ishtirok eta olmagan bitiruvchilarga komissiya faoliyati yakuniga qadar attestatsiyadan oʻtishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻquv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi “5” (aʼlo) va qolgan fanlardan “4” (yaxshi) boʻlgan, yakuniy attestatsiyadan “5” (aʼlo) baholar olgan, xulq-atvori namunali, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga imtiyozli diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Davlat imtihonlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar boʻyicha kasblarning (mutaxassisliklarning) oʻquv dasturlaridagi mavzular doirasida test topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional taʼlimni rivojlantirish instituti tomonidan tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda test jarayonlari boshlanishidan ikki oy oldin ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida kasblarning (mutaxassisliklarning) tegishli kasbiy fanlari boʻyicha, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilingan guruhlarda Oʻzbekiston tarixi fanidan davlat imtihoni test sinovlari shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Test sinovlari tashkil etilishi, xolis va adolatli oʻtkazilishi hamda test topshiriqlarini oshkor etilmasligi uchun javobgarlik komissiya zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Test topshiriqlari jami 72 ta savoldan iborat boʻlib, topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Test oʻtkazish jarayoniga komissiya umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari va jamoat tashkilotlari vakillarini nazoratchi sifatida jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Test sinovlari jarayonida bitiruvchilar tomonidan darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, matnlar, javoblar yozilgan varaqalar, mobil telefonlar va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Test sinovlarini oʻtkazish qoidalariga rioya qilmagan bitiruvchilar bu haqda dalolatnoma tuzgan holda test sinovlaridan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Test topshiriqlarini yakuniy baholashda komissiya toʻgʻri bajarilgan topshiriqlarning 90 — 100 foizi uchun “5” baho (aʼlo), 70 — 89,9 foizi uchun “4” baho (yaxshi), 60 — 69,9 foizi uchun “3” baho (qoniqarli), toʻgʻri bajarilgan topshiriqlarning 60 foizidan past koʻrsatkichlari uchun “2” baho (qoniqarsiz) qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Test sinovlari texnik imkoniyatlari boʻlgan kasbiy taʼlim tashkilotlarida kompyuter orqali maxsus axborot tizimlari yordamida tashkil etilishi mumkin. Bunda test topshiriqlari soni va ajratiladigan vaqt hamda baholash mezonlari ushbu Nizom talablari asosida tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Koʻrgazmali-amaliy imtihonni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Koʻrgazmali-amaliy imtihon orqali kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchilarining egallayotgan kvalifikatsiyasi boʻyicha kasbiy kompetensiyalarining shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Koʻrgazmali-amaliy imtihon topshiriqlarining mazmuni kasblar (mutaxassisliklar) uchun belgilangan kasbiy kompetensiyalar, shuningdek, kasbiy faoliyat mazmuni bilan bogʻliq koʻrsatkichlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Koʻrgazmali-amaliy imtihonlar tegishli korxonalarda (tashkilotlarda) maxsus tashkil etiladigan sinov maydonlarida (simulyatsion laboratoriyalarida) tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda agar korxona (tashkilot) bir nechta boʻlsa yoki bir korxonada (tashkilotda) koʻrgazmali-amaliy imtihonlarni tashkil etish imkoniyati boʻlmasa, kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan korxonalar (tashkilotlar) bilan kelishgan holda aniq korxona (tashkilot) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Koʻrgazmali-amaliy imtihonlar shartlari va baholash mezonlari korxonalarning (tashkilotlarning) vakillarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional taʼlimni rivojlantirish instituti tomonidan attestatsiya boshlanishidan ikki oy oldin ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻrgazmali-amaliy imtihonlarning shartlari oʻqitilayotgan kvalifikatsiya boʻyicha kasblarning (mutaxassisliklarning) tegishli oʻquv dasturlari mazmuniga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Koʻrgazmali-amaliy imtihon shartlarini bajarish muddati har bir kasblarning (mutaxassisliklarning) murakkabligi va xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Koʻrgazmali-amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun korxonalar (tashkilotlar) ish joylarini zarur jihozlar, oʻlchov vositalari, texnik hujjatlar, xomashyo va materiallar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladigan koʻrgazmali-amaliy imtihonlarda mazkur kasbiy taʼlim tashkiloti uchun ajratilgan xomashyo va yoqilgʻi moylash materiallaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Koʻrgazmali-amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin komissiya aʼzolaridan biri bitiruvchilarni imtihon shartlari, texnik shartlar, baholash mezonlari, vaqt meʼyorlari va xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon shartlarini bajarish jarayonida har bir bitiruvchi mustaqil ravishda amaliyotlar ketma-ketligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Koʻrgazmali-amaliy imtihonlar boʻyicha baholash qaydnomasi komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Oʻzbekiston tarixi fani va kasbiy fanlardan test natijalari hamda koʻrgazmali-amaliy imtihonning baholash qaydnomasi asosida komissiya tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Koʻrgazmali-amaliy imtihonlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar kasbiy taʼlim tashkilotining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek, kasbiy taʼlim tashkilotining toʻlov-kontrakt hisobidan tushadigan mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Attestatsiyani baholash natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Attestatsiyada olgan baholariga eʼtiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini koʻrib chiqish uchun kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur buyruq bilan apellyatsiya komissiyasining tarkibi, ish tartibi va vakolatlari belgilanadi hamda bu haqda attestatsiya boshlanishidan kamida bir kun oldin bitiruvchilar xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda komissiya tarkibida ishtirok etgan komissiya aʼzolari kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Attestatsiyada qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan bitiruvchi attestatsiya baholari eʼlon qilinganidan keyin uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi uch ish kunida ariza bergan bitiruvchining shikoyatini koʻrib chiqadi hamda natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asosli deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilar tomonidan boshqa kunlarda berilgan eʼtiroz va shikoyatlar koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma apellyatsiya komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi qabul qilgan qarori nusxasini shu kunning oʻzida bitiruvchiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Bitiruvchi apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Komissiya raisi kasbiy taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashiga tahliliy hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Attestatsiya boʻyicha tuzilgan hisobotlar va materiallar kasbiy taʼlim tashkiloti arxivida 10 yil davomida saqlanadi. Belgilangan muddat tugagandan soʻng mazkur materiallar hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bitiruvchilarning koʻrgazmali-amaliy imtihonlari tashkil qilinadigan korxonalar (tashkilotlar) roʻyxatini shakllantirib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

2-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan korxonalar (tashkilotlar) roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-dekabrga qadar

3-bosqich

Kasbiy taʼlim tashkilotlari

Bitiruvchilarining attestatsiyasini oʻtkazish yuzasidan kasb va mutaxassislikka mos korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi.

Har yili 1-yanvarga qadar

4-bosqich

Professional taʼlimni rivojlantirish instituti

1. Oʻzbekiston tarixi va kasbiy fanlar boʻyicha test topshiriqlar toʻplamini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.

2. Koʻrgazmali-amaliy imtihonlar topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.

Attestatsiya boshlanishidan ikki oy oldin

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi

Attestatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi.

Attestatsiya boshlanishidan bir oy oldin

6-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

1. Attestatsiyani kasbiy taʼlim tashkilotidagi har bir kasb (mutaxassislik) boʻyicha oʻtkazadi.

Oʻquv jarayoni jadvaliga muvofiq

2. Bitiruvchilarning bilimi, koʻnikma va malaka darajasini (kasbiy kompetensiyalarini) baholaydi hamda natijalarini eʼlon qiladi.

Attestatsiya oʻtkazilgan kunning oʻzida

7-bosqich

Kasbiy taʼlim tashkilotlari

Attestatsiyadan oʻtgan bitiruvchilarga kasb (mutaxassislik) boʻyicha belgilangan tartibda kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Bir oy muddat ichida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2024-y., 09/27/836/1036-son)