Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2025 12.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1963-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 12-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1963-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1963-4, 25.03.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 267-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir I. MADJIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-2018-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Yakuniy davlat attestatsiyasi ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) o‘quv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi attestatsiya sinovlaridan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan o‘tkazilishi mumkin);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fanlararo (umumkasbiy va ixtisoslik) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplom loyihasi himoyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6 ― 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi mazkur fanning davlat ta’lim standartida belgilangan zaruriy mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv dasturida nazarda tutilgan materiallarni talaba tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining mazkur ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha malaka talablarida bitiruvchiga nisbatan nazarda tutilgan umumiy talablarga ham javob bera olish darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yakuniy davlat attestatsiyasini ixtisoslik fanlaridan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi yoki diplom loyihasi himoyasi yoxud bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi shaklida o‘tkazilishi bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasiga oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi qo‘shimcha sifatida kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasasi Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan yakuniy davlat attestatsiyasining shakli bir o‘quv yili davomida o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim (boshqarma) tomonidan tayyorlangan, oliy ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlangan Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jadvali asosida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan yetakchi professor-o‘qituvchilarni jalb etgan holda yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining dasturlari hamda baholash mezonlari ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy ta’lim muassasasi bilan kelishgan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va talabalar e’tiboriga yetkaziladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Oliy ta’lim muassasasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan raislar rahbarligida oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrug‘i bilan xorijiy til bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya sinovi (oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga asosan) va (yoki) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik) bo‘yicha fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoki ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibi shakllantiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 15 ― 17-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tarkibi oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat bo‘lganda attestatsiya sinovlarining biri bo‘yicha bitta rais rahbarligida bir nechta yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarining davlat attestatsiyasidan o‘tmagan yo‘nalish va mutaxassislik bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi ushbu oliy ta’lim muassasasining yuqori turuvchi vazirlik (idora) tomonidan tashkil etiladigan davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boshlanishidan oldin yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari bilan oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) shaxsan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining tayyorgarlik darajasi, komissiya raislari va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan talablar, tartib-intizom to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari yozma, test yoki og‘zaki usulda tashkil etiladi va ushbu tartib oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori asosida ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan olti oy oldin talabalar e’tiboriga yetkaziladi. Talabalar sinov o‘tkaziladigan fanlar dasturlari bilan ta’minlanadilar, ularga tayyorgarlik ko‘rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari va diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi yakuniy davlat attestatsiya komissiyalarining ochiq majlislarida, a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan holda, rais ishtirok etmagan taqdirda rais o‘rinbosari raisligida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ish (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi yoxud ixtisoslik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya sinovi ishlab chiqarish bazasida tashkil etilgan kafedra filiallarida sohaning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlari bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadi hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining majlis bayoni rasmiylashtirilgandan so‘ng shu kunning o‘zida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan barcha turdagi attestatsiya sinovlarida mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiatga) yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holat aniqlanganda davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiya sinovidan qoniqarsiz baho qo‘yiladi yoki qo‘yilgan ijobiy baho bekor qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 21 ― 24-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga kiritilgan yakuniy davlat attestatsiya sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng unga muvofiq darajadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Fanlar dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va o‘quv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi bo‘yicha 86 ball va undan yuqori (5 baholik tizimda 5 baho (a’lo) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 balldan (5 baholik tizimda o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 4 bahodan (yaxshi) kam bo‘lmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari bo‘yicha kamida 86 ball (5 baholik tizimda 5 baho (a’lo) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan o‘ta olmagan shaxs o‘qish muddati tugagandan so‘ng, arizasiga muvofiq yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega. Bunda oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini qayta topshirishga qo‘yish bo‘yicha buyruq chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan qayta o‘ta olmagan talabaga akademik ma’lumotnoma beriladi va u o‘rnatilgan tartibda, to‘lov-kontrakt asosida tegishli kursga o‘qish uchun qayta tiklanishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 25-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son)