O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrug‘i
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 25-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1963-4]
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Transport vazirligi, Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 12-mart,
86-son
Kelishildi:
Sog‘liqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
2025-yil 11-mart
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
2025-yil 27-fevral
Soliq qo‘mitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2025-yil 20-fevral
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X. UMAROVA
2025-yil 20-fevral
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2025-yil 19-fevral
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV
2025-yil 18-fevral
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2025-yil 13-fevral
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 267-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-1, 2015-yil 6-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 44-son, 571-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 7-noyabrdagi 26-2018-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-2, 2018-yil 12-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1963-2/2318-son).
4. O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 10-noyabrdagi 38-2021-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021-yil 16-noyabr) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2021-y., 10/21/1963-3/1063-son).
5. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida” buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3598, 2025-yil 15-yanvar) (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning 2-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2025-y., 10/25/1963-4/0281-son)