O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoni hamda “Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PQ-187-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) foydali qazilmalarni qazib olish uchun foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarida yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan barcha marksheyderlik o‘lchovlari, ularni rasmiylashtirish va hisobotlarda aks ettirish yagona shartli koordinatalar tizimi — 1984-yilgi xalqaro geodezik tizim (WGS-84) asosida amalga oshiriladi;
b) yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan marksheyderlik o‘lchovlari asosida haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlar quyidagi talablarga rioya etilgan holda topshiriladi:
birlamchi hujjatlarning (hisob-kitoblar, o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari va boshqa zarur ma’lumotlar) elektron nusxalari soliq to‘lovchilarning axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga kiritiladi;
shaxsiy kabinetga kiritilgan ma’lumotlar xabardor qilish tartibi asosida faoliyat yuritayotgan marksheyderlik tashkilotlari hamda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi;
tasdiqlangan ma’lumotlar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi hamda soliq organlariga yer qa’ridan foydalanuvchilarning shaxsiy kabineti orqali avtomatik tarzda har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 20-sanasiga qadar taqdim etiladi.
Bunda haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlarda aks ettiriladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi tasdiqlanmagan taqdirda, yer qa’ridan foydalanuvchilar bilan birga marksheyderlik o‘lchovlarini bajargan subyektlarga (tashkilotlarga) nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralari ko‘riladi.
2. Belgilansinki:
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari tegishliligi bo‘yicha nazorat ostidagi obyektlarga biriktiriladi;
Inspeksiyaning nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarining mehnat sharoitlari bo‘yicha belgilangan kafolatlar va imtiyozlar tegishli ish o‘rinlari bo‘yicha mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiya natijalari asosida belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Inspeksiyaning Olmaliq va Qizilqum kon-texnika inspeksiyalarining boshqaruv xodimlari soni sanoat xavfsizligi sohasining tegishli yo‘nalishlariga muvofiq “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi, shuningdek, ushbu inspeksiyalarning moliyalashtirilishi va moddiy-texnik jihatdan ta’minlanishi tegishlicha “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Inspeksiyaning Olmaliq va Qizilqum kon-texnika inspeksiyalari xodimlari tarkibi tegishli ravishda “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ ning shtatdagi xodimlari soniga kiritiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarini hududlardagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘sh turgan ma’muriy binolarga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul joylashtirilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning 1-bandi qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-fevral,
131-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanib, tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish sohalarida yagona davlat siyosatini yuritishda yordam ko‘rsatadi.
Inspeksiya nazorati ostidagi obyektlarga tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanilishini amalga oshiruvchi obyektlar (keyingi o‘rinlarda — nazorat ostidagi obyektlar) kiradi.
3. Inspeksiya bevosita O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) bo‘ysunadi va o‘z faoliyati yuzasidan hisobot berib boradi.
4. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Inspeksiya, uning tarmoq inspeksiyalari, hududiy boshqarmalari va kon-texnika inspeksiyalarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Inspeksiya o‘zining faoliyat sohasiga tegishli bo‘lgan masalalarni, shu jumladan, yer qa’ridan foydalanish yo‘nalishida qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida ishlashni, nazorat ostidagi tashkilotlarda sodir bo‘lgan avariyalarni, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasidagi qonunchilik buzilishi holatlarini, oqibatida o‘lim va og‘ir tan jarohati bilan tugagan baxtsiz hodisalarni va boshqa masalalarni tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida Inspeksiyaning ilmiy-texnik kengashida ko‘rib chiqadi.
7. Inspeksiya va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
8. Inspeksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi;
qisqartma nomi — Kongeotexnazorat;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Inspeksiya po kontrolyu v sfere gornodobivayushey promishlennosti i geologii pri Ministerstve gornodobivayushey promishlennosti i geologii Respubliki Uzbekistan;
qisqartma nomi — Gorgeotexnadzor;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Inspectorate for control of the sphere of mining industry and geology under the Ministry of mining industry and geology of the Republic of Uzbekistan;
qisqartma nomi — Minegeotechcontrol.
9. Inspeksiyaning joylashgan joyi va pochta manzili: 100164, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tuman, Olimlar ko‘chasi 49a-uy.
10. Inspeksiya belgilangan shtatlar birligi doirasida markaziy apparat, hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalari tashkiliy tuzilmasini va nizomlarini Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
2-bob. Inspeksiyaning tashkiliy tuzilmasi
11. Inspeksiya tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
hududiy boshqarmalar;
Angren kon-texnika inspeksiyasi;
Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi;
Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;
Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi (keyingi o‘rinlarda — HKQQ).
12. Inspeksiya, uning hududiy boshqarmalari va kon-texnika inspeksiyalari tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanilish sohalarida yagona davlat nazorat tizimini tashkil etadi.
13. Hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari hamda HKKQ respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan mustaqil faoliyat olib boradi va bevosita Inspeksiyaga bo‘ysunadi.
14. Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga Inspeksiya xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.
3-bob. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
15. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi va “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari, yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan chuchuk, mineral, termal va sanoat yerosti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda yer qa’ridan foydalanish shartlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tog‘-kon tarmog‘ida, geologiya, neft va gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, konchilik, qattiq foydali qazilmalarni qayta ishlash hamda portlatish ishlari sohasiga oid xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi va deklaratsiyalash tartibini takomillashtirish hamda texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalarning davlat kadastrini yuritish va ushbu yo‘nalishlardagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish;
yer qa’ridan foydalanishda marksheyderlik o‘lchov ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi va qazib (ajratib) olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hisobi yuritilishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlash va qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini ko‘rish;
konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida hamda sanoat xavfsizligining tegishli yo‘nalishlarida litsenziyalash, ruxsatnomalar berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda tog‘-kon tarmog‘i, geologiya, yer qa’ridan foydalanish hamda konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning malakasini oshirish;
(15-bandning sakkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Inspeksiya faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni va kosmik masofaviy monitoringni tatbiq etish orqali tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimlarini joriy etish;
yer qa’ridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tezkor choralar ko‘rish yuzasidan idoralararo hamkorlikni rivojlantirish;
yer qa’ridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash va suv olish inshootlarini ishlatishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi holatlari ustidan ta’sirchan nazorat choralarini ko‘rib borish.
16. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi va “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunlari, yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yerosti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda yer qa’ridan foydalanish shartlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yerosti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanuvchilar geologiya-marksheyderlik nazorati hamda marksheyderlik (geodeziya) ishlarini olib boruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda yer qa’ridan foydalanish shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi;
foydali qazilmalar konlari va istiqbolli uchastkalarni o‘rganish yuzasidan monitoringini amalga oshiradi;
mineral xomashyo zaxiralariga ega konlar va istiqbolli uchastkalarda geologik o‘rganishlar, qazib olish va qayta ishlashda, sanoat va tajriba-sanoat usulida qazib olishda yer qa’ridan oqilona foydalanish hamda uning muhofaza etilishi ustidan nazorat qiladi;
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomalari, texnik loyihalar va boshqa hujjatlarda belgilangan shartlarni tegishli subyektlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
yer qa’ridan oqilona foydalanish hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda olib borilayotgan yoki baxtsiz hodisa va avariya sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlarni to‘xtatib turadi;
yer qa’rini o‘rganish, foydali qazilma konlarini qidirish va qazib olish, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer qa’ridan foydalanishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qidiruv quduqlarni, geologiya va texnik hujjatlarning, ma’danlar va tog‘ jinslari namunalari, kern, foydali qazilma namunalari dublikatlarining belgilangan talablarga muvofiq saqlanishini nazorat qiladi;
gidrogeologiya quduqlarini burg‘ilash va ishlatishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, yer qa’rining noyob obyektlari, yerosti suvlarini (shu jumladan, shifobaxsh va ichimlik suvlarini) muhofaza qilish ishlarining bajarilishini nazorat qiladi;
yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq taqdim etiladigan kon ajratmasi bo‘yicha ajratish dalolatnomasini va kon o‘zlashtirish loyihasini kelishadi;
foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha korxonalar, obyektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi shart bo‘lgan texnik (foydali qazilmalar konlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi, iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan kon ishlanmalarini saqlab qolish yuzasidan) talablarni belgilaydi;
yer qa’rini geologik o‘rganishda, qidirilayotgan foydali qazilma konlarida, foydali qazilmalarni qazib olishda, shu jumladan, uglevodorodlarni yerostida saqlash uchun foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yerosti inshootlari qurish va ulardan foydalanishda yer qa’ri uchastkalarida ishlarni bajarishda gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa shartlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
asosiy va ular bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar hamda ularning tarkibidagi asosiy va birgalikda uchraydigan komponentlar zaxiralarining miqdorlari va sifati, shuningdek, foydali qazilmalarni qazish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalaniladigan yer qa’ri uchastkalarining tabiiy xususiyatlari haqida dastlabki materiallar va axborotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini nazorat qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida hududlarda buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish hamda ularning unumdorligini tiklash, tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish ishlarining sifati va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazorat qiladi va monitoring yuritadi;
b) tog‘-kon tarmog‘ida, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligini ta’minlashga oid qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tog‘-kon, neft va gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlari, quduqlarini burg‘ilash (qurish), ularni joriy va mukammal ta’mirlash, sinash va o‘zlashtirish, uglevodorod xomashyosini qazib olish, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi yo‘nalishlari sanoat xavfsizligiga oid qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari va tekshiruvlarini amalga oshiradi;
nazorat ostidagi obyektlarda avariya holatining va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tog‘-kon ishlari va sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi zarurligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradi;
nazorat ostidagi obyektlarda avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni, portlatish ishlari va portlovchi materiallar aylanmasi bilan bog‘liq qonunchilik buzilishi holatlarining sabablarini texnik jihatdan tekshiradi;
HKQQni operativ boshqaradi va metodik rahbarlik qiladi, shuningdek, kon favvoralariga qarshi kurashish, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlari korxonalari, bo‘linmalarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qilish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarning joylashishi sxemalarini kelishish;
nazorat ostidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarining foydalanishga qabul qilinishida ishtirok etish uchun o‘z ishining mas’ul vakillarini tayinlaydi, ushbu obyektlarda foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat ostidagi obyektlardan foydalanishda tashkilotlarning tayyorligini, shuningdek, nazorat ostidagi obyektlarda avariyalar va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
nazorat ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari ishlab chiqilishi va mutasaddi organlarga to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim etilishining monitoringini yuritadi;
nazorat ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi yo‘nalishlarida zamonaviy texnik yechimlarni va uskunalarni hamda yangi portlovchi materiallarni qo‘llashning texnik jihatdan maqsadga muvofiqligi yuzasidan tegishli ekspert xulosalarni ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida amalga oshirilgan ishlarning alohida yo‘nalishlarida texnologik bosqichlarni, texnologik reglamentlarni kelishadi;
ishlab turgan va qurilayotgan nazorat ostidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini deklaratsiya qilishni nazorat qiladi;
nazorat ostidagi obyektlarda avariyalarni bartaraf etish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda avariyalarni bartaraf etishga shayligi ta’minlanganligi ustidan nazoratini amalga oshiradi;
konchilik, geologiya, neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari va ularni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash hamda portlovchi materiallarning aylanmasi sohalarida qo‘llanadigan texnologiyalar, ishlanmalar, obyektlar, asbob-uskunalar va texnik qurilmalarning ro‘yxatini yuritadi;
nazorat ostidagi obyektlarda qo‘llanadigan texnik qurilmalarni sertifikatlashni nazorat qiladi;
nazorat ostidagi obyektlarda qo‘llanadigan texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari, o‘q otuvchi va portlatuvchi apparatlarni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etadi;
konchilik, portlovchi materiallarni ishlab chiqarish va portlatish ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda qo‘llanadigan texnologiyalar, ishlanmalar va texnik qurilmalarning kelishuvini amalga oshiradi;
Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha sanoatda, kon nazoratida va ilmiy tadqiqotlarda ishlarni xavfsiz olib borishni nazorat qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi;
v)tog‘-kon tarmog‘ida, geologiya, neft va gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, konchilik, qattiq foydali qazilmalarni qayta ishlash hamda portlatish ishlari sohasiga oid xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi va deklaratsiyalash tartibini takomillashtirish hamda texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalarning davlat kadastrini yuritish va ushbu yo‘nalishlardagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish yo‘nalishi bo‘yicha:
nazorat ostidagi obyektlar reyestrining yuritilishida ishtirok etadi;
nazorat ostidagi obyektlarni identifikatsiya qilish va majburiy sug‘urtalashni nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat ostidagi obyektlarda texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri yuritilishini nazorat qiladi;
(16-band “v” bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
nazorat ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish to‘g‘risidagi nizomni kelishadi hamda ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning oltinchi — sakkizinchi xatboshlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
g) yer qa’ridan foydalanishda marksheyderlik o‘lchov ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi va qazib (ajratib) olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hisobining yuritilishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlash va qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini ko‘rish yo‘nalishi bo‘yicha:
foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi, marksheyderlik ishlarini amalga oshirgan holda yetkazilgan zarar miqdorini (hajm ko‘rinishida) aniqlaydi;
yer qa’ridan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan, qazib olingan foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ygan yer qa’ridan foydalanuvchilar hamda marksheyderlik tashkilotlari, shuningdek, ularning rahbarlari va ta’sischilar bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzuvchilar reyestrini yuritadi va tegishli ma’lumotlarni “Kon-geologiya xizmatlari” modulida joylashtirib boriladi;
reyestrga kiritilgan tashkilotlarni belgilangan muddat davomida qonunchilik talablarini va ma’lumotlarni to‘g‘ri taqdim etish yo‘nalishidagi faoliyatining monitoringini yuritadi, natijalari bo‘yicha ularni yer qa’ridan foydalanish sohasidagi qonun buzuvchilar reyestridan belgilangan tartibga muvofiq chiqarish ishlarini tashkillashtiradi;
tog‘-kon va qayta ishlash korxonalarining loyihalarini, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarni yo‘qotish va ularning kamayish normativlarini kelishadi;
barcha turdagi foydali qazilmalarni qazib olishda hamda qayta ishlashda (uglevodorod xomashyosini qayta ishlashdan tashqari) ularning yo‘qotilishi va kamayishi bo‘yicha belgilangan normativlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
qazilmalarni, qazib olish bo‘yicha ishlatilayotgan konlar to‘g‘risida yillik hisobot balanslarida foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish bilan bog‘liq yer qa’rini o‘rganish ishlari hisobini yuritadi, shuningdek, geologik o‘rganish ishlari natijalarining, qazib oluvchi korxonalar hisobidan chiqarilayotgan qazib olingan va yo‘qotilgan qazilmalarning hakqoniyligini o‘rganadi;
yer qa’rini o‘rganishni, ulardan foydali qazilmalarni qazib olish, samarali foydalanishni hamda yo‘ldosh komponentlar ajratib olinishini nazorat qiladi;
mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning (uglevodorod xomashyosini qayta ishlashdan tashqari) normativdan ortiqcha yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlaydi va tegishli subyektlarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini ko‘radi;
d) konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida hamda sanoat xavfsizligining tegishli yo‘nalishlarida litsenziyalash, ruxsatnomalar berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:
portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, shu jumladan, bevosita joyiga chiqqan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida tekshiruvlarni amalga oshiradi;
konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohalarida hamda nazorat ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligining tegishli yo‘nalishlarida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi, ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshiradi, ushbu hujjatlarni amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turadi, tugatadi va bekor qiladi, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, shu jumladan, bevosita joyiga chiqqan holda tegishli tekshiruvlarni amalga oshiradi;
qazilmalarga ega bo‘lgan va boshqa konlarni o‘zlashtirish va ishlatish loyiha hujjatlarini kelishadi;
o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashda va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda (rasmiylashtirishda) ishtirok etadi;
yer qa’ridan foydalanish faoliyati bo‘yicha ruxsat berishga doir hujjatlarda belgilangan talablar va shartlarni buzgan subyektlarni yer qa’ridan foydalanish faoliyatini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
yangi ishlab chiqilgan va respublika hududida foydalanilmagan portlovchi materiallarning sinov ishlarida ishtirok etadi va ularni respublika hududidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida xulosa beradi;
e) tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda konchilik, shu jumladan qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish yo‘nalishi bo‘yicha:
tog‘-kon, neft va gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlari, quduqlarini burg‘ilash (qurish), ularni joriy va mukammal ta’mirlash, sinash va o‘zlashtirish, xomashyosini qazib olish, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasidagi yo‘nalishlarida sanoat xavfsizligi sohalarida qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, mavjud huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar, innovatsiyalar va yechimlarini joriy etishga, sohani rivojlantirishga qaratilgan qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni va yo‘l xaritalarni tayyorlashga doir takliflarni kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
j) texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda tog‘-kon tarmog‘i, geologiya, yer qa’ridan foydalanish hamda konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning malakasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:
(16-band “j” bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat ostidagi obyektlar xodimlarining tog‘-kon sanoati sohasidagi sanoat xavfsizligi bo‘yicha malakasini tizimli asosda oshirilishini, shuningdek, texnika va texnologiyalarning doimiy rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislarni tayyorlash ishlarini tashkil etadi va nazoratini amalga oshiradi;
(16-band “j” bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat ostidagi obyektlardagi xodimlarni yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, portlovchi materiallar aylanmasi va portlatish ishlaridagi xavfsizlik sohasi bo‘yicha xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi hamda attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;
(16-band “j” bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
nazorat ostidagi obyektlar xodimlarining bilim va ko‘nikmalari bo‘yicha tekshiruvlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat ostidagi obyektlarda tog‘-kon, portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga tayyorlashni va o‘qitishni tashkil etadi va amalga oshiradi, belgilangan tartibda portlatish va boshqa alohida xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga tegishli guvohnomalarning berilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
(16-band “j” bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
z) Inspeksiya faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni va kosmik masofaviy monitoringni tatbiq etish orqali tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimlarini joriy etish yo‘nalishi bo‘yicha:
“O‘zbekkosmos” agentligi bilan hamkorlikda kosmik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali “xavfi yuqori” bo‘lgan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha doimiy ravishda nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
aholi tomonidan Vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari haqidagi fotosuratlar va videoyozuvli ma’lumotlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va tegishli choralarni ko‘radi;
Vazirlikning rasmiy veb-saytida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida xizmat ko‘rsatish bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha “Geomonitoring” axborot tizimi doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” modulida ushbu sohada faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning reytingini yuritishda ishtirok etadi;
yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash va suv olish inshootlarini ishlatishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi holatlari bo‘yicha ta’sirchan nazorat choralarini ko‘rib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va respublikada mavjud geologiya-qidiruv va kon ishlarida qo‘llanadigan burg‘ilash qurilmalari va uskunalarning yagona ro‘yxatini yuritadi;
i) yer qa’ridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tezkor choralar ko‘rish yuzasidan idoralararo hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha:
huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda yer qa’ridan foydalanishda noqonuniy holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha muntazam ravishda tezkor-nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Soliq qo‘mitasi, boshqa mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha doimiy ravishda nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
k) yer qa’ridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha:
sohada amalga oshirilayotgan ishlar va yer qa’ridan oqilona foydalanish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni amalga oshiradi;
Vazirlik maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlar ko‘rib chiqish va xabar bergan shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
l) yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash va suv olish inshootlarini ishlatishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi holatlari ustidan ta’sirchan nazorat choralarini ko‘rib borish yo‘nalishi bo‘yicha:
yerosti suvlarini, shu jumladan, shifobaxsh va ichimlik suvlarini muhofaza qilish ishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan gidrogeologiya quduqlarini burg‘ilash va ishlatishda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash ishlarini olib borishga doir huquqbuzarliklar holatlari bo‘yicha tekshiruvlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
yerosti suvlariga quduq burg‘ilash, yerosti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha nazoratni olib boradi.
Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda o‘zining tarkibiy boshqarmalari orqali amalga oshiradi.
4-bob. Inspeksiya markaziy apparatining asosiy vazifalari va funksiyalari
17. Inspeksiya markaziy apparatining asosiy vazifalari uning tizimidagi tashkilotlar bilan birgalikda Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini tashkil etish hamda ta’minlash hisoblanadi.
18. Inspeksiyaning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Inspeksiya va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;
Inspeksiya va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga shuningdek, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq talablarning bajarilishida tizimli nazoratni ta’minlaydi;
Inspeksiya tomonidan o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli hamda o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
Inspeksiya va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatiga belgilangan tartibda rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Inspeksiyaning faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;
Inspeksiyaning vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalarni hal etadi.
5-bob. Inspeksiya va uning tarkibiy bo‘linmalarining huquqlari va javobgarligi
19. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlikka kiritish, Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish, muvofiqlashtirishda ishtirok etish hamda ular yuzasidan xulosalar berish;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan so‘rab olish;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni, shu jumladan, statistika axborotlarini davlat statistika organlaridan, O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasidan standartlar va reglamentlarni elektron shaklda bepul olish;
Inspeksiya va unga idoraviy mansub tuzilmalarning davlat mulkini bir bo‘linmadan boshqasiga o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida operativ boshqaruv huquqi asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda berish;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni Vazirlik, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Inspeksiya xodimlarini Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro darajada O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni tuzishda ishtirok etish;
Inspeksiya nazorati ostidagi obyektlarga to‘siqsiz kirish;
tog‘-kon, neft va gaz sohalarida geologiya-qidiruv ishlari, quduqlarini burg‘ilash (qurish), ularni joriy va mukammal ta’mirlash, sinash va o‘zlashtirish, xomashyosini qazib olish, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohalarida sanoat xavfsizligi talablarining nazoratini amalga oshirish maqsadida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, maxfiy rejimdagi obyektlar, shuningdek, idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarida belgilangan tartibda bo‘lish;
Inspeksiya nazorati ostidagi obyektlarda qonunchilik talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qilish (tekshirish);
nazorat ostidagi obyektlarda yer qa’ridan foydalanish va sanoat xavfsizligi talablari buzilgan holda olib borilayotgan yoki avariya va baxtsiz hodisalar yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek, odamlarning hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holatlari yuzaga kelganda ularni ish joylaridan olib chiqishda ishtirok etish;
o‘z vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun Inspeksiya nazorati ostidagi obyektlarning, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish hamda boshqa organlarga ularning vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘ycha jazo choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnomalarni kiritish;
nazorat ostidagi obyektlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha aybdor shaxslarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish;
Inspeksiya nazorati ostidagi obyektlarga ega bo‘lgan vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga sanoat xavfsizligi sohasidagi tegishli yo‘nalishlarda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
Inspeksiya nazorati ostidagi obyektlar rahbarlari va xodimlarining yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi, portlovchi materiallarning aylanmasi va portlatish ishlaridagi xavfsizlik qoidalari va normalarini, texnologik reglamentlarni va tegishli yo‘riqnomalarni bilishlarini tekshirish, shu jumladan, kadrlarni tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi xodimlarning imtihonlarida qatnashish va bilimini tekshirish;
nazorat ostidagi ishlab chiqarish obyektlari uchun xodimlarni tayyorlash bo‘yicha kurslar, shuningdek, kon ishlari va portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga ega mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha kurslarni tashkil etish, portlatish va boshqa alohida xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga beriladigan tegishli guvohnomalarni tasdiqlash;
kon ishlari va portlatish ishlariga texnik jihatdan rahbarlik qilish va ularni bajarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar mavjudligini, xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ishlarning bajarilishida maxsus belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish;
Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Inspeksiyaning nazorat ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish huquqiga ega ekspert tashkilotlarining akkreditatsiya attestatining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish, tugatish yoki bekor qilish bo‘yicha vakolatli organga takliflarni kiritish;
Inspeksiyaning vakolatiga kiruvchi yo‘nalishlarda faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarning, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish, tugatish yoki bekor qilish yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
yer qa’ridan foydalanishda marksheyderlik o‘lchovlarini amalga oshiradigan tashkilotlarni joyiga chiqib monitoring qilish orqali qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha faoliyatni bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritish;
nazorat ostidagi obyektlar, vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa normativ hujjatlar talablarini buzayotgan mansabdor shaxslarning mehnat shartnomasini to‘xtatish, intizomiy jazo berish yoki ishlarga texnik rahbarlik qilish huquqidan bir yilgacha bo‘lgan muddatda mahrum qilish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
sanoat xavfsizligi va yer qa’rini muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish orqali natijadorlikka erishish, shaffof va korrupsiyadan xoli samarali tizimni joriy etish;
Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha avariyalarning, ishlab chiqarish jarohati holatlarining sabablarini belgilangan tartibda tekshirish va tekshirish natijalari bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
zarurat bo‘lganda tashkilotlar tomonidan uskunalar va materiallarni nazorat tartibida sinashni, ishchi va atrof tabiiy muhit tahlilini, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini tayinlash;
ehtiyot qismlar tayyorlovchi zavodlarda va ta’mirlash korxonalarida sanoatning nazorat ostidagi tarmoqlari uchun uskunalarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish, ularning sanoat xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalari talablariga va tasdiqlangan loyiha yechimlariga muvofiq bo‘lmagan hollarda ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlardan zarur axborotni olish;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash yuzasidan sudga murojaat qilish;
mansabdor va jismoniy shaxslarda ishlarga texnik rahbarlik qilish va ularni bajarish huquqini beradigan tegishli hujjatlar mavjudligini, xavfliligi yuqoriligi bilan bog‘liq ishlar uchun maxsus belgilangan talablarga rioya qilinishini tekshirish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan kelishuv bo‘yicha ularning mutaxassislarini ishlab chiqarishlarning, obyektlar va ishlarning xavfsizligi bilan bog‘liq mustaqil ekspertizalar o‘tkazishni tatbiq etish va ishlanmalar uchun shartnoma asosida jalb etish;
Inspeksiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
Inspeksiyaning davlat inspektorlari tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishida nazorat ostidagi obyektlar ularni xizmat xonalari, internet va aloqa vositalari, navbatchi maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, transport bilan ta’minlaydilar va hududiy boshqarmalarning ularga doimiy biriktirilgan inspektorlariga esa kommunal xizmatlar ko‘rsatiladigan, internet va telefon aloqasi bor bo‘lgan idoraviy turar joy berilishida ko‘maklashadilar, shuningdek, idoraviy bolalar maktabgacha va sanatoriy-kurort muassasalaridan joy beradilar, tibbiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy-maishiy ta’minlash masalalarini hal etadilar.
20. Inspeksiya:
Inspeksiyaga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, xomashyoning qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Inspeksiyaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Inspeksiya tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, xomashyoning qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanilish sohasini rivojlantirish, shuningdek, ko‘rsatilgan sohalarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
o‘z vakolati doirasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishi va ularga rioya etilishi ta’minlanishi uchun javob beradi.
6-bob. Inspeksiya rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
21. Quyidagilar Inspeksiya boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Inspeksiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlik buyruqlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
ushbu Nizomga muvofiq sanoat xavfsizligi bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, sanoat xavfsizligini ta’minlash, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni xavfsiz yuritish sohasida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning qonunchilik hujjatlariga rioya etishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash bo‘yicha Inspeksiya faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari bilan tasdiqlangan Inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Inspeksiya nazorati ostidagi obyektlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan avariyalar, noxush va baxtsiz hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kelishish va qabul qilish;
Inspeksiya faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hamda Vazirlik tomonidan belgilangan masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
Inspeksiya rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son hamda “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Inspeksiyaning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Inspeksiya faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyati darajasini belgilash;
Inspeksiya faoliyatining rejalashtirilishini tashkil etish, yillik, yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorlariga muvofiq Inspeksiya hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va HKQQ rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Inspeksiya tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Inspeksiya xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Inspeksiyaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Inspeksiyaga ishga qabul qilinayotgan xodimlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Inspeksiya faoliyatiga aloqador qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlashni tashkil etish;
Inspeksiya rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Inspeksiya xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish;
Inspeksiya xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Inspeksiya hamda uning tarkibiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
HKQQning avariyalarda odamlarni qutqarish, yuzaga kelayotgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini bartaraf etishga hamda korxonalarda avariya-texnik ishlarni bajarishga tayyorligini ta’minlash bo‘yicha HKQQ ustidan nazorat qilishni tashkil etish;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Inspeksiya xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
markaziy apparat, hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalari tuzilmasiga zarurat bo‘lganda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Inspeksiyaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va kon-texnika inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Inspeksiya tarkibiy bo‘linmalarning xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
ushbu Nizomda belgilangan sohalar bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohalarida barcha jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash bo‘yicha Inspeksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Inspeksiyani moddiy-texnik ta’minlash ishlarini amalga oshirish;
mehnat va ijro intizomini oshirish, kadrlarni joy-joyiga qo‘yishni ta’minlash, shuningdek, xodimlarga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ularning shaxsiy mas’uliyati bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish;
Inspeksiya boshligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
22. Quyidagilar Inspeksiya boshligi o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Inspeksiya boshligi vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Inspeksiya faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari bilan tasdiqlangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining yillik va yarim yillik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Inspeksiyaning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomi bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Ilmiy-texnik kengash qarorlari, Inspeksiya boshligining buyruqlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Inspeksiya boshligiga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini tashkil etish, Inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Inspeksiya boshlig‘i tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi uchun kelishish;
Inspeksiyaga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha vakolatlari doirasida takliflar tayyorlash;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son hamda “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
faoliyat sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Inspeksiya faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Inspeksiya boshlig‘iga kiritish;
Inspeksiya xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari talablariga muvofiq Inspeksiya tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Inspeksiya boshlig‘iga kiritish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
ushbu Nizomda belgilangan sohalarda profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash bo‘yicha Inspeksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
ijro intizomining holatini, Inspeksiya faoliyatini tahlil qilish bo‘yicha apparat yig‘ilishlarini o‘tkazish;
Inspeksiya boshligining o‘rinbosarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
23. Kuyidagilar markaziy apparat va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Inspeksiya faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorlariga muvofiq shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarni ko‘rish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, rejalashtirish va nazorat qilish, o‘z o‘rinbosarining vazifalarini belgilash hamda ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
ushbu Nizomda belgilangan sohalarda nazorat-profilaktik ishlar va boshqa tadbirlar bajarilishini tizimli tahlil qilish va tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda baxtsiz hodisalar va avariyalarning oldini olishga va ularni qisqartirishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha choralar ko‘rilishi bo‘yicha takliflarni Inspeksiya rahbariyatiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, Inspeksiya tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
Inspeksiyaning ilmiy-texnik kengashi qarorlari, Inspeksiya boshligi va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar, noxush va baxtsiz hodisalardan ogohlantirish va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning yarim yillik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, ularning faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun Inspeksiya boshligining tegishli o‘rinbosarlariga kiritish;
tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlariga takliflar taqdim etish, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son hamda “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Inspeksiya xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
tegishliligicha hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va Harbiy kon-qutqaruv qismi xodimlari faoliyatining samaradorligini tizimli ravishda tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitib borish va natijalari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
tegishliligicha hududiy boshqarmalar, kon-texnika inspeksiyalari va HKQQ xodimlarini o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, egallab turgan lavozimlarda qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalari ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritish;
alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Inspeksiya rahbariyatiga kiritish;
davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Inspeksiya rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
Inspeksiya hududiy boshqarmalari, kon-texnika inspeksiyalari va HKQQ boshliqlari Inspeksiya boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari va Inspeksiyaning tegishli tarmoq inspeksiyalar rahbarlariga bo‘ysunadi.
7-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
1-§. Inspeksiya rahbariyati
24. Inspeksiyaga boshliq rahbarlik qiladi.
Boshliqning ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Inspeksiya boshlig‘i belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosarlari Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining taqdimnomasiga qo‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Inspeksiyaning boshqa tizim tashkilotlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
25. Inspeksiya boshlig‘i tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Inspeksiya boshlig‘i maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
26. Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosarlari:
geologiya sohasini nazorat qilish bo‘yicha;
tog‘-kon sanoati sohasini nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Inspeksiya boshlig‘i bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlarini bajaradi.
27. Inspeksiyaning tarkibiy bo‘linmalari va HKQQga Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rahbarlar boshchilik qiladi.
28. Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari (bo‘limlar) va idoraviy mansub tashkilotlariga Inspeksiya boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rahbarlar boshchilik qiladi.
29. Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari (bo‘limlar) va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari:
ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va javobgarligi sohalari bo‘yicha:
o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Inspeksiyaning tarkibiy tuzilmalari o‘z faoliyatini Inspeksiya boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
2-§. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik
30. Inspeksiya o‘z faoliyatida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
31. Hududiy boshqarmalar va kon-texnika inspeksiyalari o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarining hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
8-bob. Inspeksiya rahbarlarining javobgarligi
32. Inspeksiya boshligi:
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
ushbu Nizomda ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
33. Inspeksiya boshligi o‘rinbosarlari:
mutasaddilik qilinadigan yo‘nalish va tarkibiy bo‘linmalarda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir;
Inspeksiya boshligi bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlarini bajaradi.
34. Inspeksiya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
9-bob. Inspeksiya faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
35. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
36. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tegishli mezonlar va ish indikatorlarga asoslanadi.
37. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Inspeksiya, uning hududiy boshqarmalari va kon-texnika inspeksiyalari rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Inspeksiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
38. Inspeksiya faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
39. Inspeksiya boshligi va uning o‘rinbosarlari faoliyati bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
40. Inspeksiyaning tekshirish huquqiga ega inspektorlari ularning sohaga oid bilimlarini tekshirish maqsadida uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
10-bob. Kengash
41. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining vakolatiga kiradigan muhim masalalarni ko‘rib chiqish va tavsiyalar berish Kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) Inspeksiya huzurida faoliyat yuritadigan maslahat organi hisoblanadi.
Kengash Inspeksiya boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari hamda tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Inspeksiya boshlig‘i lavozimiga ko‘ra Kengash raisi hisoblanadi.
Kengash a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
42. Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yerosti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik ta’minlash sohalarida qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslarning rioya etishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash bo‘yicha Inspeksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va tayyorlash hamda tavsiflar ishlab chiqish;
tog‘-kon, neft va gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlari, xomashyosini qazib olish, saqlash va tashish, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohalarida sanoat xavfsizligi, yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, yerosti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohalarida qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslarning rioya etishi ustidan davlat nazoratini ta’minlash bo‘yicha Inspeksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Inspeksiya nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha takliflarni Inspeksiya boshlig‘iga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ular o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Inspeksiya rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligini muntazam tahlil qilib borish, kengash majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish hamda natijalari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilash;
nazorat ostidagi obyektlarda sodir bo‘lgan avariyalar, portlovchi materiallarning o‘g‘irlanishi va yo‘qolishi holatlarini, guruhiy, o‘lim, oqibati og‘ir tan jarohati bilan tugagan baxtsiz hodisalarni va boshqa masalalarni tegishli korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqish;
Kengash Inspeksiya vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
43. Kengash yig‘ilishlariga Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, nazorat osti obyektlariga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
44. Kengash o‘z majlislarida soha faoliyatiga oid ishlar holatini doimiy ravishda muhokama qilib boradi va natijasiga ko‘ra respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, nazorat osti obyektlariga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar rahbarlariga tegishli tavsiyalar beradi.
45. Kengash, agar uning yig‘ilishida Kengash a’zolari tarkibining yarmidan ortig‘i ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qaror oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
46. Kengash qarorlari Inspeksiya boshlig‘ining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Inspeksiya boshlig‘i va Kengash a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuz bergan taqdirda Inspeksiya boshlig‘i yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga axborot bergan holda qarorni mustaqil qabul qiladi.
Kengash Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat olib boradi.
11-bob. Inspeksiyani moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
47. Inspeksiya budjet tashkiloti hisoblanadi hamda markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, Angren kon-texnika inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti;
Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablag‘lari:
yer qa’ridan foydalanish sohalarida belgilangan talablarni buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar summalari;
yer qa’ri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha aniqlangan zarar summasining belgilangan miqdoridagi ajratmalar;
sanoat xavfsizligi talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar summalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
48. Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi “Navoiy KMK” AJ va Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi “Olmaliq KMK” AJ tomonidan moliyalashtiriladi, jumladan, tegishli aloqa va transport vositalari hamda xodimlarni ma’muriy binolarga joylashtiradi.
49. Inspeksiya boshqaruv xodimlarining ish haqi mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentini qo‘llagan holda, 1,8 barobar miqdorda belgilanadi.
Vazirlik xodimlari uchun belgilangan lavozim maoshiga ustamalar, ish haqiga belgilangan miqdorlarda tuman (hududiy) koeffitsiyentlari, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa qo‘shimcha to‘lovlar Inspeksiya xodimlari uchun ham tatbiq etiladi.
50. Inspeksiyaning barcha xodimlariga uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun ustamalarni ularning umumiy mehnat faoliyatini qamrab olgan holda, ustamalar faqat asosiy ish joyi bo‘yicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Ish staji bo‘yicha guruh | Uzluksiz staj uchun ustama miqdori |
1 yildan 3 yilgacha | 30% |
3 yildan 5 yilgacha | 60% |
5 yildan 10 yilgacha | 75% |
10 yildan 15 yilgacha | 100% |
15 yil va undan ortiq | 150% |
51. Inspeksiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining tegishli mintaqalarida joylashgan nazorat ostidagi tashkilotlar xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda ish haqiga tuman (hududiy) koeffitsiyentlariga muvofiq ustamalar to‘lanadi.
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
52. Inspeksiya qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi (keyingi o‘rinlarda — HKQQ) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi ixtisoslashtirilgan davlat tashkiloti hisoblanadi va respublika hududida yerosti ishlarini olib boruvchi ko‘mir, kon-ruda, geologiya-qidiruv, metallurgiya, kimyoviy korxonalarning xavfli ishlab chiqarish obyektlari va sanoatning boshqa tarmoqlarida, konchilik va boshqa ishlarni olib boruvchi xorijiy korxonalarda, shu bilan birga, yerosti inshootlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, foydalanish, tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarida kon-qutqaruv (odamlarni qutqarishda tezkor va shoshilinch harakatlarni amalga oshirish, jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish, portlash, yongin, gaz tarqalishi, ko‘chkilar, to‘satdan tog‘ jinsining otilishi, suv toshqinlari kabi avariyalar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini qamrab olish va bartaraf qilish) ishlarini olib boradi.
3. HKQQ o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) buyruqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. HKQQ respublika hududida yerosti ishlarini olib boruvchi ko‘mir, kon-ruda, geologiya-qidiruv, metallurgiya, kimyoviy korxonalarning xavfli ishlab chiqarish obyektlari va sanoatning boshqa tarmoqlarida, konchilik va boshqa ishlarni olib boruvchi xorijiy korxonalarda, shu bilan birga, yerosti inshootlarini qurish, kengaytirish, qayta qurish, foydalanish, tugatish yoki konservatsiya qilish ishlarida kon-qutqaruv (odamlarni qutqarishda tezkor va shoshilinch harakatlarni amalga oshirish, jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish, portlash, yong‘in, gaz tarqalishi, ko‘chkilar, to‘satdan tog‘ jinsining otilishi, suv toshqinlari kabi avariyalar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini qamrab olish va bartaraf qilish) ishlari olib borilishini ta’minlashda Inspeksiya oldida javobgardir.
5. HKQQ faoliyati quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
HKKQ avariyalar va ularni bartaraf etish ishlarini olib borishda tezkor harakatining doimiy tayyorligi;
avariya-qutqaruv va kechiktirib bo‘lmas ishlarini olib borishda o‘zini oqlagan tavakkalchilik va xavfsizlikni ta’minlash;
HKQQ va uning bo‘linmalarida boshqaruvning yakkaboshchiligi;
insonlar hayotini va sog‘lig‘ini saqlab qolish bo‘yicha vazifalarda, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda atrof-muhitni himoya qilishda insonparvarlik va rahmdillikning ustuvorligi.
6. HKQQ yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, blankalarga va mustaqil balansga ega bo‘ladi.
7. HKQQ tomonidan o‘z vakolatlari doirasida beriladigan ko‘rsatmalari, qabul qilingan ko‘rsatmalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
8. HKQQ rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi;
qisqartma nomi — HKQQ;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Voyenizirovannaya gorno-spasatelnaya chast Inspeksii po kontrolyu sferi gornodobivayushey promishlennosti i geologii pri Ministerstve gornodobivayushey promishlennosti i geologii Respubliki Uzbekistan;
qisqartma nomi — VGSCH;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Paramilitary mine rescue unit of the Inspectorate for control of the mining industry and geology under the Ministry of mining industry and geology of the Republic of Uzbekistan;
qisqartma nomi — PMRU.
9. HKQQ shtabi joylashgan joyi va pochta manzili: 100052, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 16-uy.
10. HKQQ bevosita Inspeksiya boshlig‘iga bo‘ysunadi va o‘z faoliyati yuzasidan hisobot beradi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga HKQQ xodimlariga ularning vakolatiga kirmaydigan ishlarni bajarishni yuklash taqiqlanadi.
2-bob. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining vazifalari va funksiyalari
11. Quyidagilar HKQQning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar (kon lahmlarining amaldagi holati kutilmaganda buzilishi, kon havosi tarkibining o‘zgarishi, turli xil vositalarning, uskunalarning shikastlanishi, buning natijasida yer ostida ish olib borayotgan insonlar hayotiga xavf solishi va iqtisodiy zarar keltirishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnologik jarayonning uzoq vaqt buzilishi) haqida ogohlantirish bo‘yicha tezkor va kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni amalga oshirish;
odamlarni qutqarish, avariya va uning oqibatlarini bartaraf etish;
nafas yo‘llarini himoya qiluvchi apparatlar va maxsus asbob-anjomlar talab etiladigan sharoitlarda texnik ishlarni bajarish.
12. HKQQ o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar (kon lahmlarining amaldagi holati kutilmaganda buzilishi, kon havosi tarkibining o‘zgarishi, turli xildagi vositalarning, uskunalarning shikastlanishi, buning natijasida yer ostida ish olib borayotgan insonlar hayotiga xavf solishi va iqtisodiy zarar keltirishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnologik jarayonning uzoq vaqt buzilishi) haqida ogohlantirish bo‘yicha tezkor va kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni amalga oshirish bo‘yicha:
tasdiqlangan jadvalga muvofiq shartnoma asosida xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar haqida ogohlantirishga yo‘naltirilgan profilaktika ishlarini olib borish;
favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakatlanishning davlat tizimi tomonidan yuklatilgan funksiyalaridan kelib chiquvchi obyekt darajasidagi majburiyatlarni bajarish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda avariyalarni bartaraf etish rejasining ishlab chiqilishida ishtirok etish va kelishish;
avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq odamlarni qutqarish va kon-qutqaruv ishlarini olib borishiga tayyorgarligi holati yuzasidan monitoring yuritish;
ruda va ko‘mirning (yonuvchan slanetslar) o‘z-o‘zidan yonishining boshlang‘ich davrini aniqlash bo‘yicha ishlarni olib borish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda kon havosidan namuna olish va uning tarkibining sifati va changlanganligi bo‘yicha tahlil qilish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda umumshaxta depressiyasini va havoning taqsimlanishini o‘rnatish maqsadida depression va gaz o‘lchov ishlarini olib borish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar va boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalardan himoyalashga doir loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
korxonaning yordamchi kon-qutqaruv xizmatlariga uslubiy rahbarlik qilish;
HKQQ xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkillashtirish;
boshqa kon-qutqaruv, avariya-qutqaruv, shuningdek, xalqaro qutqaruv xizmatlari va tuzilmalari bilan tajriba almashishni tashkil qilish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar va boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida alohida shartnomalar bo‘yicha odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etishga tayyorgarligini ta’minlashga, avariyaga qarshi himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ishlarni bajarish;
b) odamlarni qutqarish, avariya va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha:
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalardagi odamlarni qutqarish va ko‘chirish bo‘yicha kon-qutqaruv ishlarini bajarish;
jabrlanuvchilarga avariya joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yerosti kon lahmlari sharoitida va yer ustida jonlantirish ishlarini olib borish, jabrlanuvchilarni ko‘chirish;
yong‘inlarni o‘chirish, avariyalar oqibatlarini, shu jumladan, portlashlar, ko‘mir, tog‘ jinsi, gazning to‘satdan otilishi, oquvchi moddalarning yorib chiqishi, kon lahmlarining ko‘chishi (o‘pirilishi) va suv bosishini bartaraf qilish bo‘yicha ishlarni bajarish;
avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar obyektlarida yer usti yong‘inlarini o‘chirish va avariya oqibatlarini bartaraf etish;
v) nafas yo‘llarini himoya qiluvchi apparatlar va maxsus asbob-anjomlar talab etiladigan sharoitlarda texnik ishlarni bajarish bo‘yicha:
korxona ishchilari, muhandis-texnik xodimlariga konchilik ishlarini va yerosti sharoitidagi ishlarni xavfsiz olib borish usullari, avariya holatlarida xavfsiz xatti-harakatlar va shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirish;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida kon-qutqaruv ishlari hamda avariyalarga qarshi himoya qilish tizimlariga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish;
nafas yo‘llarini himoya qiluvchi apparatlar, nazorat uskunalari, avariya aloqa vositalari va boshqa maxsus asbob-anjomlardan foydalangan holda texnik ishlarni bajarish;
nafas yo‘llarini himoya qiluvchi apparatlar, nazorat uskunalari, avariya aloqa vositalari va boshqa maxsus asbob-anjomlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.
3-bob. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining huquqlari va javobgarligi
13. HKQQ o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
korxonalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar haqida ogohlantirish maqsadida xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlarda profilaktika tadbirlarini olib borish;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalarga qarshi himoya qilishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik holatlari haqida korxonalar rahbariyatiga, joylardagi sanoat xavfsizligi sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga axborot yuborish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarda sodir bo‘lgan avariyalarning sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiyalar faoliyatida ishtirok etish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektlar hududiga avariya va favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish bilan bog‘liq ishlarni olib borish uchun to‘siqlarsiz kirish;
avariyalarni bartaraf etish va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha ish joylariga borishda to‘siqlarsiz harakatlanish, yonilg‘i-moylash materiallari bilan birinchi navbatda ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida HKQQ transport vositalarini birinchi navbatda ta’mirlash;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektlarda avariyalarni bartaraf etish ishlariga mas’ul mansabdor shaxslardan avariya va uning oqibatlarini bartaraf etishda maslahatlar va maxsus ishlarni bajarish uchun tegishli mutaxassislar jalb etilishini talab qilish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va korxonalardan olish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektlarda kon-qutqaruv asbob-uskunalari, avtotransport vositalari, HKQQ bo‘linmalarining joylashishi va ularni saqlash uchun xizmat binolari bilan ta’minlashni talab qilish, shuningdek, xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar jamoa shartnomalarida belgilangan tartibda korxonaga tegishli maktabgacha ta’lim muassasasi, bolalar sog‘lomlashtirish lagerlari, sanatoriylar, profilaktoriylardan foydalanish;
bajargan ishlari yuzasidan qonunchilik hujjatlariga va tegishli shartnomalarda belgilangan moliyaviy tushumlarni olish;
HKQQ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
14. HKQQ mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. HKQQ xodimlarining javobgarligi lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
HKQQ shtabi boshlig‘ining lavozim yo‘riqnomasi Inspeksiya boshligi tomonidan tasdiqlanadi.
15. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi bo‘yicha ta’lim olgan hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan shaxslarga HKQQ vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi.
Attestatsiyadan o‘tmagan yoki tekshiruvlar davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini o‘tkazishga shayligini tasdiqlay olmagan shaxslarga HKQQ tarkibida xizmat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda ular qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilmaydi.
4-bob. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
16. Quyidagilar HKQQ shtab boshligining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari, Inspeksiya buyruqlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini vakolat doirasida tashkil etish;
shartnoma asosida xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar haqida ogohlantirish bo‘yicha tezkor va kechiktirib bo‘lmas choralarning amalga oshirilishini ta’minlash;
odamlarni qutqarish, avariya va uning oqibatlari bartaraf qilinishini ta’minlash;
nafas yo‘llarini himoya qiluvchi apparatlar va maxsus asbob-anjomlar talab etiladigan sharoitlarda texnik ishlarning bajarilishini ta’minlash;
HKQQ bo‘linmalari tomonidan moddiy-texnik baza mavjudligi va ishchi holatda bo‘lishi ta’minlanishini nazorat qilish;
HKQQ bo‘linmalari xodimlarining o‘z vazifalarini bajarishga shay holatda ekanligi ta’minlanishini nazorat qilish;
HKQQ faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, HKQQ shtabi ish rejalarini tasdiqlash uchun Inspeksiyaga kiritish, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
HKQQ xodimlarini tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
HKQQ xodimlari xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga to‘liq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘z o‘rinbosari faoliyati samaradorligini muntazam tahlil qilib borish;
HKQQ xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
HKQQ bo‘linmalari moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash ishlarini nazorat qilish;
mehnat va ijro intizomini oshirish, xodimlarga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ularning shaxsiy mas’uliyati bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish.
HKQQ shtab boshlig‘i qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
17. Quyidagilar HKQQ shtab boshlig‘i o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
HKQQ shtab boshlig‘ining topshiriq va ko‘rsatmalarini bajarish, u vaqtincha bo‘lmagan vaqtlarda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlari, Inspeksiya buyruqlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini nazorat qilish;
xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektlarda odamlarni qutqarish, avariya va uning oqibatlarining bartaraf qilinishini ta’minlash tizimini, HKQQ bo‘linmalari xodimlarining o‘z vazifalarini bajarishga tayyorgarligi hamda moddiy-texnik bazasining holatini o‘rganib borish va ularni takomillashtirish bo‘yicha HKQQ shtab boshlig‘iga takliflar kiritish;
harbiylashtirilgan kon-qutqaruv punkti, guruh (vzvod) va otryadi, yordamchi (ko‘ngilli) kon-qutqaruv komandalari va shaxta kon-qutqaruv xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
HKQQ shtabi ish rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
HKKD xodimlarini tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash;
HKQQ xodimlari xizmat safarlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni amalga oshirish;
HKQQ xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etilishini ta’minlash yuzasidan takliflar tayyorlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
mehnat va ijro intizomini oshirish, xodimlarga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishda kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rish.
5-bob. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi rahbarlarining javobgarligi
18. HKQQ shtab boshlig‘i va uning o‘rinbosari:
HKQQga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomda belgilangan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
19. Boshliq va uning o‘rinbosari o‘z faoliyatida bevosita Inspeksiya tomonidan qabul qilingan buyruq va farmoyishlar hamda topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan javobgardirlar.
6-bob. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi faoliyatini tashkil etish
20. HKQQ hamda uning bo‘linmalari joylashishi, shuningdek bo‘linmalarning soni XKQQni tashkil etish normativlari bilan belgilanadi, bu normativlar Inspeksiya kelishuvi bilan o‘z faoliyatini yuritishida HKQQ bor bo‘lgan sanoat tarmoqlarining idoralari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan tasdiqlanadi.
21. HKQQni xodimlar bilan ta’minlash tibbiy ko‘rik xulosaga ko‘ra jismonan sog‘lom, favqulodda sharoitlarda harakatlanishga qodir bo‘lgan malakali xodimlardan muddatli mehnat shartnomalari tuzish asosida amalga oshiriladi.
22. HKQQ kon-qutqaruvchilariga qo‘yiladigan malakaviy talablar Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadigan Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
23. HKKQ o‘z faoliyatini odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etish yo‘nalishlarida va tunu kun shaylik tartibida olib boradi.
24. HKQQ kon-qutqaruv bo‘linmalarida safdor va komandirlar tarkibining xizmatni o‘tash tartibi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq o‘rnatiladi.
25. Murakkab avariyalarni bartaraf etishda vujudga keladigan alohida sharoitlarda, xizmat ko‘rsatilayotgan hududdan tashqaridagi avariyaga borishda dam olishdagi shaxsiy tarkibning ish vaqti alohida rejimga o‘tkazilishi mumkin (barcha kuch va vositalarni jamlash, barcha shaxsiy tarkibning “xizmatda” vaziyatiga o‘tkazish (kazarma holatiga), mehnat va dam olishning alohida rejimini joriy etish).
26. HKQQ shaxsiy tarkibining “Tashvish” signali bo‘yicha darhol chiqishga shayligi yuqorida ko‘rsatilgan HKQQni tashkil etish normativlariga muvofiq ta’minlanadi.
27. HKQQ safdor va komandirlar tarkibining intizomiy javobgarligi masalalari Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadigan Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi xodimlarining intizom nizomi bilan belgilanadi.
28. HKQQ bo‘linmalarida xizmatni o‘tash komandirlarning buyruq va farmoyishlari, odamlarni qutqarishda xatarni hisobga olgan holda avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlarni bajarish asosida amalga oshiriladi.
29. Avariya-qutqaruv va profilaktika ishlarini tashkil etuvchi va bajaruvchi yoki unga shaxsiy tarkibni va texnik jihozlarning tayyorligini ta’minlovchi HKQQ xodimlaring harbiy xodimlar hisoblanadi.
30. HKQQ xodimlarining samarali ijtimoiy himoyasi uchun mo‘ljallangan davlat ta’minoti jamg‘armasi tashkil etiladi.
31. HKQQ respiratorchilar va komandirlar tarkibining kasbiy tayyorgarligi va mashg‘uloti HKQQ o‘z majburiyatlarini bajarishga shayligi buzmagan holda amalga oshiriladi. Kasbiy mahoratni oshirish HKQQ har bir xodimining asosiy majburiyati hisoblanadi.
32. Mehnat faoliyati noqulay va xavfli sharoitlarda ish olib borish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan HKQQ xodimlari belgilangan me’yorlar asosida bepul maxsus kiyim-bosh, maxsus oyoq kiyim, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi.
33. HKQQ shaxsiy tarkibi xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida HKQQ mablag‘lari hisobidan beriladigan maxsus kiyim-bosh va farqlovchi belgilarga ega bo‘lishlari kerak. Maxsus kiyim-bosh kiyish muddatlari va ta’minlash me’yorlari Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadigan Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibining kiyim-kechak ta’minoti to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
34. HKQQ bo‘linmalari Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadigan Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismini jihozlash me’yorlariga muvofiq nomenklatura va miqdorda xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar hamda maqsadli davlat dasturlari hisobidan apparatlar, asbob-uskunalar, shtatli zaxira materiallari va transport vositalari bilan jihozlanadi.
35. HKQQ bo‘linmalarining harakatlari, avariyalarni bartaraf etish vaqtida respiratorchi va komandirlarning huquq va majburiyatlari Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadigan Kon-qutqaruv ishlarini tashkil etish va olib borish bo‘yicha nizom bilan belgilanadi.
36. Xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektlarda davomli va murakkab avariyalar vujudga kelgan vaqtda xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarning obyektlarini himoyalanganlik darajasini ta’minlovchi choralar qabul qilinib, bo‘linmalarning ishlab chiqilgan o‘zaro yordam rejasiga (HKQQ bo‘linmalarning dispozitsiya bo‘yicha chiqishlari) muvofiq yordam berish uchun HKQQ boshqa bo‘linmalarini jalb qilish mumkin. HKQQ bo‘linmalarining moddiy va moliyaviy xarajatlari ular jalb etilgan korxona va obyektlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
37. HKQQ xodimlarining korxonaning kon-qutqaruv ishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan va favqulodda vaziyatlarda harakatlarning yagona tizimi bo‘yicha odamlarni qutqarish va yirik avariyalarni bartaraf etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etilishiga ruxsat etilmaydi.
38. Avariya holatlarida HKQQ bo‘linmalari yetib kelguniga qadar odamlarni qutqarish, ularga yordam ko‘rsatish, avariya va uning oqibatlarini boshlang‘ich davrida bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni yordamchi (ko‘ngilli) kon-qutqaruv komandalari, shaxta kon-qutqaruv xizmatlari bajaradilar.
39. Yordamchi (ko‘ngilli) kon-qutqaruv komandalari va shaxta kon-qutqaruv xizmatlari mavjud va qurilayotgan shaxtalarda tashkil etiladi va gazdan himoya qiluvchi respiratorlar bilan ishlashga, favqulodda vaziyatlarda jismoniy va psixologik zo‘riqishlarga sog‘liq jihatdan yaroqli va tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan tajribali yerosti ishlari mutaxassisligi bo‘yicha kon ishchilari, kon ustalari va boshqa nazoratchi shaxslardan tuziladi.
40. Yordamchi (ko‘ngilli) kon-qutqaruv komandalari va shaxta kon-qutqaruv xizmatlari to‘g‘risidagi nizom HKQQ bilan kelishilgan holda ular qarashli bo‘lgan tegishli tarmoq vazirliklari va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
41. Avariyalarni bartaraf etishda 6 soatdan ortiq ishlagan HKQQ shaxsiy tarkibi, yordamchi (ko‘ngilli) kon-qutqaruv komandalari (shaxta kon-qutqaruv xizmatlari) a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan me’yorlar bo‘yicha korxonalarning mablag‘lari hisobidan ovqat va dam olish xonalari bilan ta’minlanadi.
42. HKQQ bo‘linmalarida navbatchi va zaxira smenada bo‘lgan shaxsiy tarkib, xizmat ko‘rsatiladigan korxona va obyektlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq bepul ovqat bilan ta’minlanadi yoki ovqat o‘rniga pulli kompensatsiya to‘lanadi.
43. HKQQ xodimlarining ish haqi, koeffitsiyentlar, mukofotlar, ustamalar, qo‘shimcha haqlar, boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, imtiyoz va kompensatsiyalar xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarning tegishli toifadagi ishchilari, mutaxassislari va rahbarlari uchun belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi xodimlarining pul ta’minoti to‘g‘risidagi nizom Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining tarkibiy tuzilmasi
44. HKQQ tuzilmasiga tezkor, o‘quv va yordamchi bo‘linmalar kiradi. HKQQ ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilot va korxonalarni tashkil etishi mumkin.
45. HKQQ tezkor bo‘linmasi kon-qutqaruv bo‘linmalari, punktlar, guruhlar (vzvod) va otryadlardan iborat.
46. HKQQ birlamchi tezkor birligi 8 kishidan iborat harbiylashtirilgan kon-qutqaruv bo‘linmasi hisoblanadi (bo‘linma komandiri, 6 nafar respiratorchi va tezkor transport vositasi haydovchisi).
Bo‘linma odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etishda alohida tezkor vazifalarni bajarishi mumkin.
47. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv punkti olisda joylashgan bitta korxona yoki obyektga xizmat qilish uchun tashkil etilib, ikkita bo‘linmadan iborat bo‘ladi va xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektning yordamchi (ko‘ngilli) kon-qutqaruv komandasi bilan birgalikda kon-qutqaruv ishlarini amalga oshiradi.
48. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv guruhi (vzvod) xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlarda kon-qutqaruv ishlarining asosiy turlarini bajarish uchun uch va undan ko‘p bo‘linmalardan iborat bo‘ladi. Guruh (vzvod) tarkibiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun reanimatsiya-shokka qarshi guruhi, kon-qutqaruvchi g‘avvoslar bo‘linmasi, kon havosi namunasini tahlil qilish uchun laboratoriya kirishi mumkin.
49. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv otryadi ikki va undan ko‘p kon-qutqaruv guruhlaridan (vzvod) iborat bo‘lib, xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlarda kon-qutqaruv, profilaktika va boshqa muhandislik-texnik ishlarning butun majmui bajarilishini ta’minlaydi.
50. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv otryadi o‘z tarkibida kon-qutqaruv va shaxta yong‘in uskunalarini ta’mirlash va sozlash bo‘yicha mexanik ustaxonalariga ega bo‘lishi mumkin. Otryad tarkibiga depression, gaz va issiqlik o‘lchov mutaxassislari guruhi, po‘lat-arqon sinov stansiyalari, laboratoriyalar, tezkor yordam ko‘rsatuvchi tibbiy brigada va muhandislik bo‘linmalari kiritilishi mumkin (reanimatsiya-shokka qarshi guruhlar, g‘avvoslar va boshqalar).
Guruh (vzvod) otryad tarkibiga kirmagan taqdirda, ushbu guruh (vzvod) harbiylashtirilgan kon-qutqaruv otryadi huquqi bilan alohida kon-qutqaruv guruhi (vzvod) hisoblanadi.
51. HKQQ boshqaruv organi HKQQ shtabi hisoblanadi hamda barcha tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va rahbarlik qiladi.
8-bob. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismining moliyalashtirilishi
52. HKQQni moliyalashtirish ko‘mir, kon ruda mahsulotlari (ish, xizmat) qazib olish va ularni qayta ishlash tannarxiga kiritilgan holda, hamda foydali qazilma boyliklarni qidirish xarajatlari smetasiga, shu bilan birga, yerosti inshootlarni qurish, kengaytirish, qayta qurish, foydalanish, tugatish yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarini konservatsiya qilish ishlari xarajatlariga kiritgan holda, idoralar va xo‘jalik birlashmalari hisobidan, shuningdek, o‘z xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobidan amalga oshiriladi.
53. Me’yor va tartiblar xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq o‘rnatiladi.
9-bob. Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi xodimlarining ijtimoiy himoya choralari
54. HKQQ xodimlari xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan, ular tomonidan lavozim majburiyatlarini bajarish vaqtida yuz beruvchi mehnat qobiliyatini to‘la yoki qisman yo‘qotishi, halok bo‘lishi yoxud kasb kasalliklari hodisasi uchun majburiy shaxsiy sug‘urta qilinishi kerak.
55. Harbiylashtirilgan xodimlari va ularning oila a’zolariga turar joydan foydalanish qiymati xarajatlari belgilangan tartibga asosan HKQQ mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
56. Xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlarda avariyalarni bartaraf etish jarayonida jabrlangan harbiylashtirilgan xodimlar, xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarning jamoat shartnomalarida belgilangan tartibda tibbiy muassasalar, sanatoriylar, profilaktoriylarda bepul tibbiy xizmatdagi foydalanishga haqlidirlar.
57. Avariyalarni bartaraf etish vaqtida xavfning ortishini inobatga olgan holda, harbiylashtirilgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilishning samaradorligini oshirish, xodimlarning mehnatga layoqatsiz kunlari sog‘ligini tiklash, sanatoriy va kurortlarda davolanish, sport tadbirlarini o‘tkazish to‘lovlari, shuningdek, o‘z vazifalarini bajarish jarayonida xodimning sog‘lig‘iga keltirilgan zararni qoplash uchun sarflanadigan xarajatlar HKQQ tomonidan tashkil etiladigan davlat ta’minoti jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Davlat ta’minoti jamg‘armasini tashkil etish va sarflash Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibining pul ta’minoti to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
58. Xizmat ko‘rsatilayotgan korxona va obyektlarda bevosita avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirayotgan kon-qutqaruv qismlarning harbiylashtirilgan xodimlari, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
59. HKQQni tugatish va qayta tashkil etish qonunchilik hujjatlarida o‘rnatilgan tartib va holatlarda amalga oshiriladi.
60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 22-ilovada:
a) 2-pozitsiyaning uchinchi ustunining “9”-kichik bandi qo‘yidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tog‘-kon sanoati sohasida yer qa’ridan mineral xomashyolarni qazib olishdagi marksheyderlik izlanishlarida geodeziya va topografiya ishlari”;
b) 4-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM (Tog‘-kon sanoati sohasida yer qa’ridan mineral xomashyolarni qazib olishdagi marksheyderlik izlanishlarida geodeziya va topografiya ishlari bo‘yicha)”;
v) 7-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi”;
g) 9-pozitsiyaning uchinchi ustuni “b” kichik bandida:
oltmish sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“burchak o‘lchashning o‘rtacha kvadrat xatolik 7” (“Tog‘-kon sanoati sohasida yer qa’ridan mineral xomashyolarni qazib olishdagi marksheyderlik izlanishlarida — 1”) gacha bo‘lgan elektron taxeometr — 1 komplekt;*”;
quyidagi mazmundagi yetmish beshinchi — yetmish yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“o‘lchanilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va modellashtirish maqsadida litsenziyalangan dasturiy ta’minot mavjudligi;
2 chastotali GNSS qabul qiluvchilari — 1 komplekt;*
Tog‘-kon sanoati sohasida yer qa’ridan mineral xomashyolarni qazib olishdagi marksheyderlik izlanishlarida geodeziya va topografiya ishlari bo‘yicha ma’lumotlar haqqoniyligi;*”;
v) yetmish beshinchi — bir yuz o‘n oltinchi xatboshilar tegishincha yetmish sakkizinchi — bir yuz o‘n to‘qqizinchi xatboshilari deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qaroriga 3-ilovaning 16-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risida”gi va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-dekabrdagi 332-son qarori rus tilidagi matnida 1-bandning ikkinchi xatboshisi va 1-ilovasi.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 11-iyundagi 436-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4058-son qarori)” 2019-yil 6-martdagi 195-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnining 26-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 14-fevraldagi 83-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 777-son qaroriga 1-ilovaning 34-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 25-martdagi 133-son qaroriga 5-ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/131/0200-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)