Abdullayev Ilxom Zayirovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining raisi, komissiya raisi |
Kurbonboyev Maqsudbek Komulovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
Imamova Sayyara Yakubbayevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Otamuratov Oybek Baxtiyorovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Nazirkulov Atxam Axatkulovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 24.12.2024 yildagi 239-V-son
Кучга кириш санаси
24.12.2024
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining sanoq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 100 va 109-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanmagan holda ovoz berishni oʻtkazish uchun hamda majlislarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishni tashkil etish uchun quyidagi tarkibda sanoq komissiyasi saylansin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2020-yil 16-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 224-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 4, 269-modda);
2020-yil 23-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik Reglamentga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi 357-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 6, 358-modda);
2020-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik Reglamentga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi 544-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 661-modda);
2024-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanmagan holda ovoz berishni oʻtkazish uchun sanoq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi 4874-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 9, 1003-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-dekabr,
239-V-son