Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanmagan holda ovoz berishni oʻtkazish uchun sanoq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 24-dekabrdagi 239-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Canoq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 100-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ovozlarni hisoblashning elektron tizimidan foydalanmagan holda ovoz berishni oʻtkazish uchun quyidagi tarkibda sanoq komissiyasi tuzilsin:
|
Bafayev Shuxrat Gafurovich |
— |
30-Gʻijduvon saylov okrugidan saylangan deputat (OʻzLiDeP), Komissiya raisi |
|
Muratova Tursinoy Karimjanovna |
— |
17-Qoʻrgʻontepa saylov okrugidan saylangan deputat (OʻzMTDP) |
|
Valiyev Muxammad Sheraliyevich |
— |
103-Qoʻqon saylov okrugidan saylangan deputat (Oʻzbekiston “Adolat” SDP) |
|
Hasanova Mavjuda Gʻaniyevna |
— |
86-Uzun saylov okrugidan saylangan deputat (Oʻzbekiston XDP) |
|
Xushvaqtov Islom Nortashovich |
— |
132-Chiroqchi saylov okrugidan saylangan deputat (Oʻzbekiston Ekologik partiyasi). |
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-sentabr,
4874-IV-son