Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2024 16.04.2020 yildagi 224-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.12.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 24-dekabrdagi 239-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Canoq komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida oʻrnatilgan cheklovlarni inobatga olgan holda, shuningdek koronavirus infeksiyasining deputatlar orasida tarqalishining oldini olish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik reglament 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishni tashkil etish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda sanoq komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha karantin choralari bekor qilinguniga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 16-apreldagi № 224-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REGLAMENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishiga qarshi kurashish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish boʻyicha vaqtinchalik reglamenti (bundan buyon matnda Vaqtinchalik reglament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish, ovoz berish tartib-taomillarini hamda uning natijalarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Qonunchilik palatasining majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimidagi majlislari Qonunchilik palatasi binosidagi majlislar zalidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislari, agar majlislar ishida palata deputatlari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarini qabul qilishga, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarining kun tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining yopiq majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarida Qonunchilik palatasi deputatlari, Devoni xodimlari, qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari va ularning vakillari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 81-moddasining yettinchi qismida belgilangan shaxslar ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday majlislar ochiq, oshkora oʻtkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarida hozir boʻlgan deputatlarni roʻyxatdan oʻtkazish, ochiq ovoz berish natijalarini sanab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash sanoq komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoq komissiyasining qarori komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarining kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalari va ularga doir materiallar masʼul qoʻmitaning taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi Devoni tomonidan, qoida tariqasida, majlis boshlanguniga qadar uch kundan kechiktirmay deputatlarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qonunchilik palatasining majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlisi boshlanishidan avval sanoq komissiyasi Qonunchilik palatasining majlislar zaliga toʻplangan deputatlarni hamda videokonferensaloqa rejimida majlisga ulangan deputatlarni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish majlis boshlanishidan 30 daqiqa oldin boshlanadi va 10 daqiqa qolganda yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Qonunchilik palatasining majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilganda Qonunchilik palatasining majlislar zalida quyidagi shaxslarning boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga kiritilgan qonun loyihalari yuzasidan masʼul etib belgilangan maʼruzachilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoq komissiyasining aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir siyosiy partiya fraksiyasining kamida bittadan vakili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining boshqa deputatlari majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Qoida tariqasida, maʼruza uchun — 30 daqiqagacha, qoʻshimcha maʼruza uchun — 20 daqiqagacha va yakunlovchi soʻz uchun 15 daqiqagacha boʻlgan vaqt belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Munozaralarda soʻzga chiquvchi deputatlarga 10 daqiqagacha vaqt beriladi. Munozaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, shuningdek majlisni olib borish tartibi, bayonotlar, savollar, takliflar, xabarlar, maʼlumotlar uchun — 3 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Qonunchilik palatasining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlisini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentida belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ovoz berish va qarorlar qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarda Qonunchilik palatasining qarorlari ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Har bir masala boʻyicha ovoz berishda deputat bitta ovozga ega boʻladi va u qaror qabul qilinishini “yoqlab” yoki unga “qarshi” yoxud qaror qabul qilinishiga betaraflik bildirib ovoz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish vaqtida hozir boʻlmagan deputat ovoz berish uchun ajratilgan vaqt oʻtganidan keyin ovoz berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarda ovoz berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) majlisda raislik qiluvchi masala ovozga qoʻyilganligini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) majlislar zalida hozir boʻlgan deputatlar birinchi navbatda ovoz beradi. Ovoz berish elektron tizim orqali amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) majlisda videokonferensaloqa rejimida jamoaviy ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar ikkinchi navbatda ovoz beradi. Bunda videokonferensaloqa rejimida jamoaviy ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar tasviri ketma ketlikda ekranga chiqariladi. Ovoz berish jarayonida ovoz berayotgan barcha deputatlar koʻrinib turishi shart. Ovoz berish natijalari ularning orasidan tayinlangan vakil tomonidan oʻqib eshittiriladi (“tarafdorlar”, “qarshilar”, “betaraflar”);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) majlisda videokonferensaloqa rejimida yakka tartibda ulanish nuqtasidan ishtirok etayotgan deputatlar uchinchi navbatda ovoz beradi. Bunda barcha deputatlarning tasviri bir vaqtning oʻzida ekranga chiqarib turiladi. Raislik qiluvchi tomonidan “tarafdorlar”, “qarshilar” va “betaraflar” bormi degan savollar bilan murojaat qilinadi. Deputatlar bu savollarga qoʻllarini koʻtarib javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ovoz berishning har bir navbatining natijasi sanoq komissiyasi tomonidan qayd etib boriladi. Majlisda ishtirok etayotgan barcha deputatlar ovoz berib boʻlganidan soʻng sanoq komissiyasining raisi raislik qiluvchiga ovoz berish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) raislik qiluvchi ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Qonunchilik palatasining qarorlari, agar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Barcha masalalar boʻyicha ovoz berish natijalari Qonunchilik palatasining bayonnomasi va stenogrammasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020-yil 16-apreldagi № 224-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishni tashkil etuvchi sanoq komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Abdullayev Ilxom Zoirovich

—

146-Astrobod saylov okrugidan saylangan deputat (OʻzMTDP), komissiya raisi

Ganiyev Doniyer Avazovich

—

110-Margʻilon saylov okrugidan saylangan deputat (OʻzLiDeP)

Djurayev Qodir Asadovich

—

31-Vobkent saylov okrugidan saylangan deputat (Oʻzbekiston “Adolat” SDP)

Nazarov Sharofiddin Xakimovich

—

138-Koʻkdala saylov okrugidan saylangan deputat (Oʻzbekiston XDP)

Xushvaqtov Islom Nortashovich

—

132-Chiroqchi saylov okrugidan saylangan deputat (Oʻzbekiston Ekologik partiyasi)