Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT DAROMADIGA O‘TKAZILADIGAN MOL-MULKNI OLIB QO‘YISh, SOTISh YOKI YO‘Q QILIB TAShLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iste’molchilar huquqlari va sog‘lig‘ini himoya qilish, ichki iste’mol bozoriga sifatsiz tovarlar olib kelinishining oldini olish, davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni nazorat qilish, hisobga olish va sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda nizom 2004-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida 2004-yil 1-aprelgacha qaror qabul qilingan mol-mulkni sotish, shuningdek uni sotishdan tushgan pul mablag‘larini o‘tkazish mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom kuchga kirgunga qadar amalda bo‘lgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida 2004-yil 1-aprelgacha qaror qabul qilingan mol-mulkning 2004-yil 1-maygacha sotilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarning ayrim turlarini olib qo‘yish, ularni ekspertizadan o‘tkazish, baholash va yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatlari berilgan davlat boshqaruvi, nazorat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori hamda unga bo‘ysunuvchi viloyatlar, shaharlar va tumanlar prokurorlari amalga oshiradilar.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar bo‘yicha savdo;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.17.00 Ma’muriy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlarni ijro qilish;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.17.00 Amnistiya va afv etish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
2.Moliya / Baxolash faoliyati;
3.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 9-modda) 2004-yil 1-apreldan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom davlat daromadiga o‘tkaziladigan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning huquqbuzarlik buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlari asosida — belgilangan tartibda egasiz deb e’tirof etilgan mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning davlatga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladigan qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni to‘xtatishda tergov organlarining qarorlari asosida — mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari qarorlari asosida — eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan qismiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan, uning hududi orqali tashilayotgan (xalqaro tranzitdan tashqari), aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari qarorlari asosida — aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo‘linmalari qarorlari asosida — aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga tatbiq etiladi.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni hisobga olish va saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mol-mulkni (keyingi o‘rinlarda mol-mulk deb yuritiladi) olib qo‘yish vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuzilgan vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qo‘yilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mol-mulkni olib qo‘yishda ishtirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ular bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) huquqbuzarning tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) olib qo‘yilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning o‘ziga xos belgilari (og‘irligi, uzunligi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) olib qo‘yilayotgan mol-mulkning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan ham buyumlarning o‘zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo‘yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mol-mulk olib qo‘yilgandan keyin vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda mol-mulkni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash uchun mas’ul shaxsni belgilagan holda vakolatli organning binolari, maydonlari, omborlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qilinadigan omborlarga, asbob-uskunalar va mol-mulkni mas’uliyat ostida saqlash normalariga muvofiq sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonlari, omborlarida saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy yoki xorijiy valyutadagi olib qo‘yilgan naqd pul mablag‘lari (ashyoviy dalillar sifatida e’tirof etilgan pul mablag‘lari bundan istisno) uni olib qo‘ygan organning milliy yoki xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazish uchun uch kun muddatda bankka topshirilishi kerak. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlaridan pul mablag‘lari faqat sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarning mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkazish uchun, shuningdek mazkur Nizomning 57-bandida nazarda tutilgan hollarda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni egalariga qaytarish uchun hisobdan chiqariladi;
(5-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi 139-son qaroriga muvofiq to‘rtinchi xatboshi qo‘shilgan — O‘R QHT, 2006-y., 28-29-son, 273-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni ta’minlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, o‘zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi va yo‘q qilinishi uchun to‘liq moddiy javob beradilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash uchun qabul qilish-topshirish vakolatli organ mas’ul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulk ro‘yxati bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun mas’uliyat mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Olib qo‘yilgan mol-mulkning iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert vakolatli organning mansabdor shaxsi va mol-mulkning egasi ishtirokida, u bo‘lmagan taqdirda esa — xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda sinov uchun bo‘lak va namunalar oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizadan o‘tkazish va mol-mulkni baholash, agar bu uning vakolatiga kirgan taqdirda, bitta tashkilotga (tashkilotning mutaxassisiga) yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspertiza mol-mulkning turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bunga vakolati bo‘lgan tashkilotlar (standartlashtirish organi yoki uning tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, sanitariya-epidemiologiya organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) tomonidan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari to‘g‘risida vakolatli tashkilot uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir sutka mobaynida mol-mulkni olib qo‘ygan organga yozma xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch kun muddatda ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmagan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarning ayrim turlari, tez buziladigan tovarlardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari, shuningdek oziq-ovqat tovarlari o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkning boshqa turlari bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mol-mulkni olib qo‘ygan organ (mansabdor shaxs) baholash uchun mutaxassis tayinlaydi. Soliq, bojxona organlari hamda surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulkni baholashda moliya organlarining vakillari majburiy tartibda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning tegishli mansabdor shaxsi tomonidan uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega bo‘lgan shaxs (savdo, baholash, auditorlik tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari) jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni baholash mutaxassis tomonidan talab konyunkturasining mavjud ma’lumotlari va ichki bozor taklifi asosida baholash kunida amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 23—26, 29-bandlarida ko‘rsatilgan mol-mulkni, shuningdek o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lgan mol-mulkni baholashda ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk berilayotgan (sotilayotgan) tegishli tashkilotlarning vakillari mutaxassis sifatida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirig‘iga ko‘ra kelishi, qo‘yilgan masalalarga xolisona xulosa berishi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir kun mobaynida yozma ravishda xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspert va baholash bo‘yicha mutaxassis o‘zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq moddiy va boshqacha tarzda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Olib qo‘yilgan mol-mulkni hisobga olish va uning sudga beriladigan harakati uni olib qo‘ygan organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlari davlat daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, unga nisbatan olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan mol-mulk hisobini uni sotishdan pul mablag‘lari tushishigacha yoki mol-mulk yo‘q qilib tashlangungacha yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza organlari iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi yuzasidan xulosa berilgan davlat daromadiga o‘tkaziladigan yoki yo‘q qilib tashlanadigan mol-mulk (turlari bo‘yicha) hajmlari va qiymatining hisobini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Olib qo‘yish sanasida eng kam oylik ish haqining 200 baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘ygan organ mol-mulk olingan joydagi hududiy prokurorga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bunday holat bo‘yicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga o‘tkazilgungacha nazorat yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam oylik ish haqining 200 baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘yish va uni davlat daromadiga o‘tkazishning yagona hisobini prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risidagi materiallar mol-mulkning iste’mol, foydalanish va qayta ishlash uchun yaroqliligi haqida ekspertning xulosasi hamda baholash bo‘yicha mutaxassisning xulosasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash (yaroqsiz bo‘lgan taqdirda) to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari, shuningdek ekspertiza xulosasiga ko‘ra bevosita iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsiz deb tan olingan oziq-ovqat tovarlari majburiy tarzda yo‘q qilib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud yoki organ o‘zi chiqargan tegishli qaror kuchga kirgandan so‘ng keyingi kundan kechikmay ijro hujjatlarini ijro etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki mol-mulkni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi kuchga kirgan sud qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi, shuningdek vakolatli organning mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish yoki mol-mulkni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi kuchga kirgan qarori nusxasi ijro hujjati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatiga olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol, mol-mulkning iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqliligi yoki yaroqsizligi to‘g‘risida ekspert xulosasi, mutaxassisning mol-mulk baholanganligi to‘g‘risidagi xulosasi nusxalari, saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, shuningdek ijroni yuritish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarni bajarish va ularni hisobga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sud ijrochisi sudning yoki uni bergan boshqa vakolatli organning ijro hujjatini bajarish uchun qabul qilib olishga va qonun hujjatlariga muvofiq unga ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab uch kundan kechikmay ijro ishi qo‘zg‘ashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ijrochisi o‘zida saqlanayotgan mol-mulk ro‘yxatini tuzadi, ushbu mol-mulk shu paytdan boshlab uning ixtiyoriga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk ro‘yxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sud ijrochisi ijro hujjati bajarilishigacha mol-mulk saqlanadigan joyni o‘zgartirishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxs, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar etib tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni saqlash joyi o‘zgargan taqdirda ro‘yxat tuzish bilan bir vaqtda faqat qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, unda mol-mulkning ro‘yxati aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni saqlash tuzilgan shartnoma asosida keyinchalik sotish uchun savdo tashkilotiga yuklanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotish, ko‘chmas mulkdan tashqari, shartnoma-vositachilik asosida yoxud kim oshdi savdosi shartlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan savdo o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mol-mulkni sotish tanlov asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga muvofiq belgilanadigan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkilotlarini belgilashda ularning ixtisoslashuvi, joylashgan joyi va iste’molchi uchun borish oson bo‘lishi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va boshqalar), tegishli omborxona binolarining mavjudligi, avvalgi faoliyatida belgilangan savdo faoliyati qoidalarini buzish holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi va boshqalar hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar ushbu savdo tashkilotlari bilan Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining hududiy boshqarmalari tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi ham hisobga olinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi 97-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 174-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sotiladigan mol-mulk ijro ishini yurituvchi sud ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga beriladi. Ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga rioya etilishi, shuningdek mol-mulk sotilishi tartibini nazorat qilish tegishli sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda tegishli sud ijrochisi mol-mulkni uni sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma tuzilgan boshqa savdo tashkilotiga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni sotayotgan savdo tashkiloti tomonidan savdo faoliyatini amalga oshirishning belgilangan qoidalarini buzish hollari aniqlanganda nazorat qiluvchi organlar unga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘radi, shuningdek ushbu holat to‘g‘risida sud ijrochisini va tegishli hokimlikni majburiy tartibda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Savdo tashkilotlari o‘zining mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun shartnomada belgilangan, biroq sotilgan mol-mulk qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan sotilgan mol-mulk savdo chegirmasini o‘z foydasiga ushlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan mol-mulkka talab bo‘lmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulkning bahosini sud ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari hamda baholash bo‘yicha tayinlangan mutaxassis ishtirokida uning qiymatining 20 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkilotiga tegishli bo‘lgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi, arzonlashtirish to‘g‘risida maxsus shakl bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va vakolatli organlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sotish uchun savdo tashkilotlariga beriladigan barcha buyumlar ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan ta’minlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyumlarni juz’iy ta’mirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va har qanday turdagi va holatdagi platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), ishlov berilmagan va qayta ishlangan tabiiy qimmatbaho toshlar (olmos, brilliant, firuza, la’l, yoqut, shuningdek tabiiy marvarid) va yarim qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va tabiiy marvarid bo‘lgan buyumlar (baholash dalolatnomasi bo‘yicha muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, ilmiy muassasalarga tekin beriladigan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga ega bo‘lganlaridan tashqari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega bo‘lgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma bo‘yicha bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25.Cheklar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar (aksiyalardan tashqari), jamg‘arma omonatlari, pul-buyum lotereyalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fond birjalari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarajat operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgan bank hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq ochiladigan maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi. Bunda bank hisob raqamlaridagi xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari ko‘rsatib o‘tilgan bank hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi 139-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 273-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya qilinadigan markalar haqi olinib pochta aloqasi tashkilotlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kitoblar, tarixiy, ilmiy-badiiy qimmatga va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan kitoblardan tashqari, haqi olinib kitob savdosi tashkilotlariga beriladi. Agar kitoblar ko‘rsatilgan tartibda sotilmagan taqdirda, ular chiqindi qog‘ozlarni qabul qilish uchun belgilangan narxlar bo‘yicha ikkilamchi xomashyo tashkilotlariga to‘lov evaziga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qishloq xo‘jaligi mashinalari, invetar, mahsuldor va ish mollari, asalari oilalari, yem-xashak, mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar haqi olinib qishloq xo‘jaligi korxonalariga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fuqarolarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Zaxiralarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat tovarlari pulli asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga beriladi hamda savdo tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan omborxonalarida saqlanadi (g‘amlab qo‘yiladi). Ushbu tovarlar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qaroriga ko‘ra, tovarlarning saqlanish muddatlaridan va bozordagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jun, bo‘rdoqi mollar, parrandalar, quyonlar, don, kanop va zig‘ir tolasi hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqi olinib, ularni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teri, momiq-mo‘yna va qorako‘l xomashyosi ularni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga to‘lov evaziga beriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 16-maydagi 97-sonli qarori asosida birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 20-21-son, 174-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘, poliz o‘simliklari) hokimliklarga tekin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Foydalanib bo‘lmaydigan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek metall parchalari va ushbu metallarning chiqindilari to‘lov evaziga qora va rangli metallar parchalari va chiqindilarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dastgohlar va boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari, shuningdek tovarlar va mahsulotlar hamda shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kichik zavodlar, liniyalarni sotish belgilangan tartibda kim oshdi savdolarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Dastlabki qayta ishlanmasdan savdo tarmog‘i orqali sotilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar tegishli korxonalarga keyinchalik qayta ishlash uchun sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab o‘tilganlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi xomashyoning boshqa turlari ikkilamchi xomashyoni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tegishli tashkilotlarga sotiladi, mazkur Nizomning 13-bandida sanab o‘tilganlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yo‘q qilib tashlash haqidagi ijro hujjati berilgan mol-mulk sud ijrochisi tomonidan mazkur Nizomning VII bo‘limida belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mol-mulknining sud ijrochilari, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti, soliq, moliya, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, ekspertiza va baholashni amalga oshirgan mutaxassislar, shuningdek ushbu mol-mulkni sotuvchi savdo tashkilotlari xodimlari tomonidan sotib olinishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni va ularni sotishdan olinadigan pul mablag‘larini hisobga olish sud ijrochilari tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan qat’i nazar, iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi bo‘yicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi tomonidan sud ijrochisi ishtirokida savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘lar tovarni davlat daromadiga o‘tkazish yoxud uni qaytarish to‘g‘risida ijro hujjati olingunga qadar sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalaridagi depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez buziladigan tovarlarning, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlarning iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi to‘g‘risida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi sud ijrochisi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi vakillari va xolis guvohlar ishtirokida, iste’mol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yo‘q qilib tashlaydi, bu haqda yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va qurol-yarog‘larni olib qo‘yish, ekspertizadan o‘tkazish, saqlash va ular bilan bog‘liq boshqa xatti-harakatlar, shuningdek ularni hisobga olish qonun hujjatlarida tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga o‘tkazish va hisobga olish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Avtomototransport vositalarini olib qo‘yishda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan u majburiy tartibda ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokolda uning ma’lumotlari, holati va butligi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Olib qo‘yilgan avtomototransport vositalari vakolatli organlarning, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining hamda ularni saqlashning tegishli sharoitlarini ta’minlovchi boshqa tashkilotlarning maxsus ajratilgan joylarida (saqlash joylari, omborlar, jarima maydonchalarida) saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Avtomototransport vositasini olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo‘yish to‘g‘risida protokol tuzilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli notarial organlarga va ichki ishlar organlariga bildirishnoma jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Olib qo‘yilgan avtomototransport vositasining texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari tomonidan moliya organi hamda avtomobillarga texnika xizmati ko‘rsatish ixtisoslashgan korxonalari vakillarining majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Avtomototransport vositasini davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin sud ijrochisi ushbu Nizomda belgilangan tartibda avtomototransport vositasini qabul qilish-topshirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Avtotransport vositalarini sotish belgilangan tartibda kim oshdi savdolari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb tan olingan mol-mulkni yo‘q qilib tashlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Sud ijrochisi tegishli ijro hujjati olingan kundan boshlab uch kundan kechikmay ijro ishini qo‘zg‘aydi va ushbu Nizomning 47-bandida ko‘rsatilgan shaxslarni yaroqsiz deb tan olingan mol-mulkni yo‘q qilib tashlash joyi va sanasi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sud ijrochisi ushbu vaqtdan boshlab o‘zining tasarrufiga o‘tadigan saqlashda bo‘lgan yaroqsiz mol-mulk ro‘yxatini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaroqsiz mol-mulk ro‘yxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘yishni amalga oshirgan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Yaroqsiz deb tan olingan mol-mulkni yo‘q qilib tashlash ijro ishini qo‘zg‘ash to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab 7 kundan kechikmay sud ijrochisi tomonidan, quyidagilardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organing mansabdor shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organining vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-epidemiologiya organining vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib qo‘yilgan mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul shaxs (tashkilot vakili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida ikki nafar xolis guvohdan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaning majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash tartiboti sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi organlari bilan kelishilgan usullarda va joylarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yaroqsiz mol-mulkning yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha besh nusxada dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaroqsiz mol-mulk yo‘q qilib tashlangan kundan boshlab uch kundan kechikmay dalolatnomaning bir nusxasi — sudga yoki ularni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan vakolatli organga, ikkinchi nusxasi — mol-mulkni olib qo‘ygan organga, uchinchi nusxasi — mol-mulkning iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi to‘g‘risida xulosa bergan ekspertiza organiga yuboriladi, to‘rtinchi nusxasi — mazkur tovarlarning saqlanishi uchun mas’ul shaxsga (tashkilotga) beriladi, beshinchi nusxasi esa ijro ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish uchun sud ijrochisida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yo‘q qilib tashlangan mol-mulkning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanilishi mumkin bo‘lgan chiqindilari va idishlari davlat daromadiga o‘tkaziladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ikkilamchi xomashyoni to‘plash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tegishli tashkilotlarga shartnoma asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yo‘q qilib tashlanadigan mol-mulkni, chiqindilar va idishlarni sotishdan tushgan pul mablag‘larini hisobga olish ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha sud ijrochilari tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan pul mablag‘larini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari, savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalaridagi maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotishdan tushgan summani o‘tkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun to‘lanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida davlat budjeti daromadiga penya to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larini o‘tkazish uchun sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari tomonidan bankda maxsus hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan maxsus hisob raqamiga, shuningdek pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari o‘tkaziladi. Bunda talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari pul mablag‘larini olib qo‘ygan organning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatadigan tijorat bankiga sotish kunidagi kurs bo‘yicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablag‘lari sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi 139-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 273-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari hisob raqamiga tushgan pul mablag‘larining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 foizi — tegishli mahalliy budjetga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — mol-mulkni davlat daromadiga olib qo‘ygan organning maxsus hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga uch bank kuni mobaynida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar yoki boshqa boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilganligi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qo‘yilgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar yoki boshqa boyliklarni sotishdan sud ijrochilari tegishli bo‘linmalarining maxsus hisobvarag‘iga tushgan pul mablag‘lari uch bank kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — tegishli mahalliy budjetga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib o‘tilishini ta’minlovchi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 27-dekabrdagi 609-sonli qaroriga muvofiq xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 522-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Sud ijrochilariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar hisob raqamlari rekvizitlari — tegishli moliya organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlarining maxsus hisob raqamlari rekvizitlari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan ushbu organlar bilan birgalikda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha har oyda keyingi oyning 5-kunigacha sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari, prokuratura, soliq, bojxona va tergov organlari o‘rtasida solishtirish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Saqlash, ekspertiza va baholashni o‘tkazish, transport xarajatlari va mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar tegishli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni olib qo‘ygan organlar mablag‘lari hisobiga — mol-mulkni sud ijrochilariga bergungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti Ijro ishlarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga — mol-mulk sud ijrochilariga o‘tkazilgandan keyin qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Saqlash, ekspertiza va baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, transport xarajatlari hamda yaroqsiz deb tan olingan mol-mulkni yo‘q qilib tashlash bilan bog‘liq boshqa xarajatlar davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari hisobiga, ular ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangungacha, vakolatli organlar tomonidan sud ijrochilariga ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni qaytarish va uni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Mol-mulk yoki uning qiymati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi sud qarori yoki vakolatli organ qarori bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkning bir qismini band qilib qo‘yishni bekor qilish (ro‘yxatdan chiqarish) to‘g‘risida sud qarori chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni egasiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi sud qarori bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Mol-mulk hali sotilmagan yoki qayta ishlashga topshirilmagan bo‘lsa uni qaytarish vakolatli organ yoki sud organi ijrochisi tomonidan, mol-mulkni qaytarish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi, bu mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga mazkur mulk davlat mulkiga tushganligiga asos bo‘lgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Agar mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga topshirilgan bo‘lsa, mol-mulk qiymatini qaytarish moliya organlari tomonidan tegishli budjet mablag‘laridan, mol-mulk qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi arizaga mazkur mulk davlat mulkiga o‘tkazilganligiga asos bo‘lgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan davlat organlarining maxsus hisob raqamlariga chegirishlar amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda qiymatning tegishli summasi ushbu organlar hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini to‘lash, agar qaytarish to‘g‘risidagi ariza mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar bekor qilingan kundan boshlab uch yildan kechikmay berilgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar tushishi to‘g‘risida hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Sud ijrochilari bo‘linmalari tegishli soliq organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha mol-mulkni sotishdan pul mablag‘lari tushishi va ularning taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Soliq organlari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha moliya organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan, mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larining davlat budjetiga tushishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga, boshqa ekspertiza organlari esa — “O‘zstandart” agentligiga davlat daromadiga o‘tkaziladigan yoki yo‘q qilib tashlanadigan, iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqliligini yoki yaroqsizligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza xulosalari berilgan mol-mulkning (turlari bo‘yicha) hajmlari va qiymati to‘g‘risida axborot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilish, shuningdek davlat organlariga bepul berilgan mol-mulkni hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Mol-mulkni olib qo‘yish, davlat mulkiga o‘tkazish yoki ularni yo‘q qilib tashlash (iste’mol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan taqdirda), baholash (qayta baholash) hamda sotish vakolati berilgan, olingan pul mablag‘larining budjetga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi, nazorat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi viloyatlar, shaharlar va tumanlar prokurorlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari buzilishining har bir holati bo‘yicha prokuratura organlari jazoning muqarrarligini ta’minlaydilar hamda qonunda nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlik choralarini ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Ushbu Nizomning buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ushbu Nizomni qo‘llash bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza qilinadigan, baholanadigan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulk harakatini hisobga olish daftari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t/r
Mol-mulkni olib qo‘yish
Mol-mulkni ekspertizadan o‘tkazish va baholash
Saqlash joyi
materi-alni sudga topshi-rish
Sud qarori
tushgan mablag‘
Olb qo‘-yish dalolat-nomasi va №
Mol-mulkning nomi
O‘l-chov bir-ligi
Soni
Ekspertiza xulosasining sanasi va №
Baholash dalolatnomasi sanasi va №
Baho si
Sum- ma- si
Huj-jat-ning sanasi va №
Tash-ki-lot-ning nomi
Sa-na-si va №
Egasiga qaytarildi
Davlat daromadiga o‘tkazildi
Yo‘q qilib tashlashga berildi
Ha-mma si
shu jumla-dan ma-ha-liy byud-jet-ga
Sa-nasi
Huj- jat
so-ni
Sum-masi
Egasiga topshirish qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi
Soni
Summasi
Ijrochiga topshi-rish-qabul qilish dalolat-nomasi № va sanasi
Soni
Summasi
Ijrochiga topshi-rish-qabul qilish dalolat-nomasi № va sanasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni hisobga olish daftari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t/r
Ijro ishi №, sud ijro-chisining F.I.O.
Ijro hujjati-ning №, sanasi, ijro dalolat-nomasi tuzilgan sana
Ijro hujja-tini bergan sud yoki boshqa organ
Mol-mulkni olib qo‘ygan organ
Mol-mulkning nomi soni sum-masi
Olib qo‘yil-gan mol-mulk sud ijrochi-siga berilgan sana
Saqlash joyi va uning o‘zgar-gani to‘g‘ri-sida belgi
Olib qo‘yilgan mol-mulk sotish uchun berilgan sana va sotuvchi tashkilot
Sotishga berilgan mol-mulk-ning qayta baholanganligi to‘g‘risida belgi mutaxasisning F.I.O.
Sotish summasi va uning tushgan sanasi
Mol-mulkni yo‘q qilib tashlash xarajatlarini qoplash summasi, yo‘q qilib tashlash dalolatnomasi № va sanasi
Qolgan summani taqsimlash
Alohida bel-gi-lar
Byud- jetga
Mol-mulkni olib qo‘ygan organga
sudlar va adliya organlarini rivojlan-tirish jamg‘armasiga
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk iste’mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb tan olinganda uni yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi -son dalolatnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200___yil “_________”__________________________ _______________________________ tuman (shahar)
Yo‘q qilish soat ________________________ daqiqada ___________________________ boshlandi
Yo‘q qilish soat ________________________ daqiqada ___________________________ tugatildi
(mol-mulki yo‘q qilinayotgan yuridik (jismoniy) shaxsning nomi)
Biz, quyida imzo chekuvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi
140-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq hamda 200____yil “________” __________________ dagi ____________-son ijro hujjati asosida 200____yil “________” _______________ dagi __________-son olib qo‘yish protokoliga asosan olib qo‘yilgan quyidagi mol-mulkni yo‘q qilib tashlashni amalga oshir- dik:
T/r
Nomi
Miqdori
Yo‘q qilib tashlash usuli ___________________________________________________________________________________________ Yo‘q qilib tashlangan joy ___________________________________________________________________________________________
1. Sud ijrochisi _____________________________________________________
___________________
2. Mol-mulkni olib qo‘yishni amalga oshiruvchi vakolatli organning mansabdor shaxsi _________________________________
___________________
3. Sanitariya-epidimalogiya xizmati organi vakili _______________________
___________________
4. Davlat tabiatni muhofaza qilish organi vakili ________________________
___________________
5. Saqlash uchun javobgar shaxs (tashkilot vakili) _________________________