Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2004 21.01.2003 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT DAROMADIGA O‘TKAZILADIGAN MOL-MULKNI HISOBGA OLISh, BAHOLASh VA SOTISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotishni tartibga solish maqsadida, shuningdek “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda Nizom 2003-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida 2003-yil 1-fevralgacha qaror qabul qilingan mol-mulk mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” amalga kiritilgunga qadar amalda bo‘lgan tartibga muvofiq sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuror, Davlat soliq qo‘mitasi raisi, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida 2003-yil 1-fevralgacha qaror qabul qilingan mol-mulkning 2003-yil 1-martgacha sotilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov hamda Bosh vazir o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 21-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
21-yanvardagi 36-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom davlat daromadiga o‘tkaziladigan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy ishlar bo‘yicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning huquqbuzarlik buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlari asosida — belgilangan tartibda egasiz deb e’tirof etilgan mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning davlatga yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltiriladigan qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni to‘xtatishda tergov organlarining qarorlari asosida — mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari qarorlari asosida — eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan qismiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan, uning hududi orqali tashilayotgan (xalqaro tranzitdan tashqari), aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari qarorlari asosida — aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo‘linmalari qarorlari asosida — aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni hisobga olish va saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mol-mulkni (keyingi o‘rinlarda mol-mulk deb yuritiladi) olib qo‘yish vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuzilgan vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qo‘yilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mol-mulkni olib qo‘yishda ishtirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ular bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) huquqbuzarning tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) olib qo‘yilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning o‘ziga xos belgilari (og‘irligi, uzunligi, eskirganlik darajasi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) olib qo‘yilayotgan mol-mulkning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan ham buyumlarning o‘zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo‘yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mol-mulk olib qo‘yilgandan keyin vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda mol-mulkni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash uchun mas’ul shaxsni belgilagan holda vakolatli organning binolari, maydonlari, omborlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qilinadigan omborlarga, asbob-uskunalar va mol-mulkni saqlash normalariga muvofiq sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonlari, omborlarida saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni ta’minlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, kamomadi, yashirilishi va yo‘q qilinishi uchun to‘liq moddiy javob beradilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash uchun qabul qilish-topshirish vakolatli organ mas’ul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulkning ro‘yxati bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun mas’uliyat mol-mulkni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Olib qo‘yilgan mol-mulkning iste’mol qilish (foydalanish, qayta ishlash) uchun yaroqliligini ekspert o‘rganish va uni baholash maqsadida vakolatli organning vakolatli shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert vakolatli organning mansabdor shaxsi va mol-mulkning egasi ishtirokida, u bo‘lmagan taqdirda esa — guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda sinov uchun va namunalar oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tekshiruvi va mol-mulkni baholash, agar bu uning vakolatiga kirgan taqdirda, bitta tashkilotga (tashkilotning mutaxassisiga) yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspert tekshiruvi mol-mulkning turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bunga vakolati bo‘lgan tashkilotlar (standartlashtirish organi yoki uning tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, sanitariya-epidemiologiya organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) tomonidan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari to‘g‘risida vakolatli tashkilot uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir sutka mobaynida mol-mulkni olib qo‘ygan organga yozma xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch kun muddatda ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lgan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha, tez buziladigan tovarlardan tashqari, ekspertiza qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mol-mulkni olib qo‘ygan organ (mansabdor shaxs) baholash uchun mutaxassis tayinlaydi. Soliq, bojxona organlari hamda surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qo‘yilgan mol-mulkni baholashda moliya organlarining vakillari majburiy tartibda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning tegishli mansabdor shaxsi tomonidan uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega bo‘lgan shaxs (savdo, baholash, auditorlik tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari) jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni baholash mutaxassis tomonidan talab kon’yunkturasining mavjud ma’lumotlari va ichki bozor taklifi asosida baholash kunida amalda bo‘lgan narxlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 22—25, 28-bandlarida ko‘rsatilgan mol-mulkni, shuningdek o‘ziga xos xossalarga ega bo‘lgan mol-mulkni baholashda ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk berilayotgan (sotilayotgan) tegishli tashkilotlarning vakillari mutaxassis sifatida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirig‘iga ko‘ra kelishi, qo‘yilgan masalalarga xolisona xulosa berishi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa – darhol yozma shaklda xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspert va baholash bo‘yicha mutaxassis o‘zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Olib qo‘yilgan mol-mulkni hisobga olish va uning sudgacha harakati uni olib qo‘ygan organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlari davlat daromadiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan, unga nisbatan olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan mol-mulk hisobini uni sotishdan pul mablag‘lari tushishigacha yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Olib qo‘yish sanasida eng kam oylik ish haqining 200 baravari qiymatidagi va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘ygan organ mol-mulk olingan joy bo‘yicha hududiy prokurorga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bunday holat bo‘yicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga o‘tkazilgungacha nazorat yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam oylik ish haqining 200 baravari qiymatidagi va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo‘yish va uni davlat daromadiga o‘tkazishning yagona hisobini prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mol-mulkni olib qo‘yish to‘g‘risidagi materiallar mol-mulkning iste’mol, foydalanish va qayta ishlash uchun yaroqliligi haqida ekspertning xulosasi hamda baholash bo‘yicha mutaxassisning xulosasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mol-mulkning davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud yoki organ o‘zi chiqargan tegishli qaror kuchga kirgandan so‘ng keyingi kundan kechikmay ijro hujjatlarini ijro etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi kuchga kirgan sud qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi, shuningdek vakolatli organning mol-mulkning davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi kuchga kirgan qarori nusxasi ijro hujjati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatiga olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokol, mol-mulkning belgilangan standartlarga muvofiqligi to‘g‘risida ekspert xulosasi, mutaxassisning mol-mulk baholanganligi to‘g‘risidagi xulosasi nusxalari, shuningdek ijroni yuritish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mol-mulkning davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qarorlarni bajarish va ularni hisobga olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sud ijrochisi sudning yoki uni bergan boshqa vakolatli organning ijro hujjatini bajarish uchun qabul qilib olishga va qonun hujjatlariga muvofiq unga ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab uch kundan kechikmay ijro ishi qo‘zg‘ashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ijrochisi o‘zida saqlanayotgan mol-mulk ro‘yxatini tuzadi, ushbu mol-mulk shu paytdan boshlab uning ixtiyoriga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk ro‘yxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sud ijrochisi ijro hujjati bajarilishigacha mol-mulk saqlanadigan joyni o‘zgartirishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qo‘ygan organning vakili, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxs, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar etib tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni saqlash joyi o‘zgargan taqdirda ro‘yxat tuzish bilan bir vaqtda faqat qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, unda mol-mulkning ro‘yxati aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni saqlash tuzilgan shartnoma asosida keyinchalik sotish uchun savdo tashkilotiga yuklanishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotish, ko‘chmas mulkdan tashqari, shartnoma-vositachilik asosida yoxud kimoshdi savdosi shartlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan savdo o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mol-mulkni sotish bo‘yicha muqobil shartlarda hokimlik tomonidan belgilangan savdo tashkiloti bilan xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining hududiy bo‘limlari bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkilotlari bilan shartnoma tuzishda ularning ixtisoslashuvi, joylashgan joyi va iste’molchi uchun qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolar), tegishli omborxonalar, jihozlar va boshqalar mavjudligi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotish xizmatlari ko‘rsatish uchun shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilmaganligi ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sotilishi kerak bo‘lgan mol-mulk ijro ishini yurituvchi sud ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga beriladi. Ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning o‘zida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga rioya etilishi, shuningdek mol-mulk sotilishi tartibini nazorat qilish tegishli sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda tegishli sud ijrochisi mol-mulkni uni sotish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga shartnoma tuzilgan boshqa savdo tashkilotiga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Savdo tashkilotlari o‘zining mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun shartnomada belgilangan, biroq sotilgan mol-mulk qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lmagan sotilgan mol-mulk savdo chegirmasini o‘z foydasiga ushlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan mol-mulkka talab bo‘lmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulkning bahosini sud ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari hamda baholash bo‘yicha tayinlangan mutaxassis ishtirokida uning qiymatidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkilotiga tegishli bo‘lgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi, arzonlashtirish to‘g‘risida maxsus shakl bo‘yicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va vakolatli organlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sotish uchun savdo tashkilotlariga beriladigan barcha buyumlar ro‘yxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart bo‘lgan tovarlar bo‘yicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan ta’minlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyumlarni juz’iy ta’mirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va har qanday tur va holatdagi platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), ishlov berilmagan va qayta ishlangan tabiiy qimmatbaho toshlar (olmos, brilliant, firuza, la’l, yoqut, shuningdek tabiiy marvarid) va yarim qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va tabiiy marvarid bo‘lgan buyumlar (baholash dalolatnomasi bo‘yicha muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, ilmiy muassasalarga tekin beriladigan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga ega bo‘lganlaridan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga berilishi kerak.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y.,24-son, 242-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega bo‘lgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar bo‘lgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma bo‘yicha bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Pul mablag‘lari, xorijiy valyuta, cheklar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar, jamg‘arma omonatlari, pul-buyum lotereyalari chiptalaridan tashqari, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya qilinadigan markalar haqi olinib pochta aloqasi tashkilotlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kitoblar, tarixiy, ilmiy-badiiy qimmatga va boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan kitoblardan tashqari, haqi olinib kitob savdosi tashkilotlariga beriladi. Agar kitoblar ko‘rsatilgan tartibda sotilmagan taqdirda, ular chiqindi qog‘ozlarni qabul qilish uchun belgilangan narxlar bo‘yicha ikkilamchi xomashyo tashkilotlariga to‘lov evaziga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qishloq xo‘jaligi mashinalari, invetar, mahsuldor va ish mollari, asalari oilalari, em-xashak, mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar haqi olinib qishloq xo‘jaligi korxonalariga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi fuqarolarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jun, mol go‘shti, parrandalar, quyonlar, don, kanop va zig‘ir tolasi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqi olinib ularni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm, momiq-mo‘yna va qorako‘l ularni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga to‘lov evaziga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘, poliz o‘simliklari) hokimliklarga tekin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishlatib bo‘lmaydigan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek metall parchalari va ushbu metallarning chiqindilari to‘lov evaziga korxonalar va tashkilotlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Dastgohlar va boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari, shuningdek tovarlar va mahsulotlar va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kichik hajmli zavodlar, liniyalar korxona va tashkilotlarga to‘lov evaziga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dastlabki qayta ishlanmasdan savdo tarmog‘i orqali sotilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar tegishli korxonalarga keyinchalik qayta ishlash uchun sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi xomashyoning boshqa turlari ikkilamchi xomashyoni yig‘ish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi tegishli tashkilotlarga sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yo‘q qilish haqidagi ijro hujjati berilgan mol-mulk, shuningdek o‘z holatiga ko‘ra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lmagan buyumlar sud ijrochisi tomonidan, mol-mulkni olib qo‘ygan organning vakili, tegishli mutaxassis va xolis guvohlar ishtirokida yo‘q qilinadi, bu to‘g‘rida tegishli dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mol-mulkni sud ijrochilari, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy–texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti, soliq, moliya, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qo‘riqlovchi qo‘mita xodimlari, ekspertiza va baholashni amalga oshirgan mutaxassislar, shuningdek ushbu mol-mulkni sotuvchi savdo tashkilotlari xodimlari tomonidan sotib olinishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni va ularni sotishdan olinadigan pul mablag‘larini hisobga olish sud ijrochilari tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan qat’i nazar, iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi bo‘yicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qo‘ygan organning mansabdor shaxsi tomonidan sud ijrochisi ishtirokida savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘lar tovarni davlat daromadiga o‘tkazish yoxud uni qaytarish to‘g‘risida ijro hujjati olingunga qadar sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalaridagi depozit hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez buziladigan tovarlarning, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlarning iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi to‘g‘risida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi sud ijrochisi, sanitariya-epidemologiya stansiyasi vakili va xolis guvohlar ishtirokida mol-mulkni yo‘q qilishni amalga oshiradi, bu to‘g‘rida yo‘q qilish haqidagi dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Olib qo‘yish, ekspertizadan o‘tkazish, saqlash va giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘lar bilan bog‘liq boshqa xatti-harakatlar, shuningdek ularni hisobga olish qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga o‘tkazish va hisobga olish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Avtomototransport vositalarini olib qo‘yishda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan u majburiy tartibda ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda olib qo‘yish to‘g‘risidagi protokolda uning ma’lumotlari, holati va butligi aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Olib qo‘yilgan avtomototransport vositalari vakolatli organlarning, Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining hamda ularni saqlashning tegishli sharoitlarini ta’minlovchi boshqa tashkilotlarning maxsus ajratilgan joylarida (saqlash joylari, omborlar, jarima maydonchalarida) saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Avtomototransport vositasini olib qo‘ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qo‘yish to‘g‘risida protokol tuzilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli notarial organlarga va ichki ishlar organlariga bildirishnoma jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Olib qo‘yilgan avtomototransport vositasining texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish va baholash Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari tomonidan moliya organi hamda avtomobillarga texnika xizmati ko‘rsatish ixtisoslashgan korxonalari vakillarining majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Avtomototransport vositasini davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin sud ijrochisi ushbu Nizomda belgilangan tartibda avtomototransport vositasini qabul qilish-topshishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Avtotransport vositalarini sotish belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan pul mablag‘larini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari, savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan sud ijrochilarining tegishli bo‘limlaridagi maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotishdan tushgan summani o‘tkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun to‘lanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida davlat budjeti daromadiga penya to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larini o‘tkazish uchun sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari tomonidan bankda maxsus hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari hisob raqamiga tushgan pul mablag‘larining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 foizi — tegishli mahalliy budjetga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — mol-mulkni davlat daromadiga olib qo‘ygan organning maxsus hisob raqamiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisob raqamiga uch bank kuni mobaynida o‘tkaziladi.
(46-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Sud ijrochilariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar hisob raqamlari rekvizitlari — tegishli moliya organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlarining maxsus hisob raqamlari rekvizitlari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti tomonidan ushbu organlar bilan birgalikda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar bo‘yicha har oyda keyingi oyning 5-kunigacha sud ijrochilarining tegishli bo‘linmalari, prokuratura, soliq, bojxona va tergov organlari o‘rtasida solishtirish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Saqlash, ekspertiza va baholashni o‘tkazish, transport xarajatlari va mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar tegishli ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni olib qo‘ygan organlar mablag‘lari hisobiga — mol-mulkni sud ijrochilariga bergungacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga — mol-mulk sud ijrochilariga o‘tkazilgandan keyin qoplanadi.
(48-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni qaytarish va uni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mol-mulk yoki uning qiymati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi sud qarori yoki vakolatli organ qarori bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkning bir qismini band qilib qo‘yishni bekor qilish (ro‘yxatdan chiqarish) to‘g‘risida sud qarori chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni egasiz deb e’tirof etish to‘g‘risidagi sud qarori bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mol-mulk hali sotilmagan yoki qayta ishlashga topshirilmagan bo‘lsa uni qaytarish vakolatli organ yoki sud organi ijrochisi tomonidan, mol-mulkni qaytarish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi, bu mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga mazkur mulk davlat mulkiga tushganligiga asos bo‘lgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Agar mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga topshirilgan bo‘lsa, mol-mulk qiymatini qaytarish moliya organlari tomonidan, tegishli budjet mablag‘laridan mol-mulk qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk qiymatini to‘lash to‘g‘risidagi arizaga mazkur mulk davlat mulkiga o‘tkazilganligiga asos bo‘lgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda agar sotilgan mol-mulk qiymatidan davlat organlarining maxsus hisob raqamlariga chegirishlar amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda qiymatning tegishli summasi ushbu organlar hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini to‘lash, agar qaytarish to‘g‘risidagi ariza mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlar bekor qilingan kundan boshlab uch yildan kechikmay berilgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar tushishi to‘g‘risida hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Sud ijrochilari bo‘linmalari tegishli soliq organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha mol-mulkni sotishdan pul mablag‘lari tushishi va ularning taqsimlanishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Soliq organlari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha moliya organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larining davlat budjetiga tushishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilish, shuningdek davlat organlariga bepul berilgan mol-mulkni hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Tovar-moddiy boyliklarni olib qo‘yish, davlat mulkiga o‘tkazish, ularni baholash (qayta baholash) hamda sotish vakolati berilgan, olingan pul mablag‘larining budjetga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatida qonuniylikni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablarining har bir buzilishi holati bo‘yicha prokuratura organlari jazoning muqarrarligini ta’minlaydilar hamda qonunda nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlik choralarini ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ushbu Nizomning buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ushbu Nizomni qo‘llanishi bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni
hisobga olish, baholash va sotish tartibi
to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza qilinadigan, baholanadigan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulk harakatini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‏
‎‏‏

Mol-mulkni
‎olib qo‘yish ‏
‎‎

Mol-mulkni ekspertizadan o‘tkazish va baholash‎‎‎‎‏
‎‎

Saqlash joyi ‎‎‎‏
‎‎

Materialni sudga topshirish ‎‎‏
‎‎

Sud qarori

tushgan mablag‘


‎‎
‎Sanasi va №

egasiga qaytarildi‎‎

Davlat daromadiga o‘tkazildi ‎‎

Hammasi ‎‏
‎‏

Shu jumladan budjetga

Olib qo‘yish dalolatnomasi va №

Mol- mulkning nomi ‎‏

O‘lchov birligi ‎‏

Soni ‎‏

Ekspertiza dalolatnomasining sanasi va №‎‏

Baholash dalolatnomasi sanasi va №‎‏

Bahosi ‎‏

Summasi ‎‏

Hujjatning sanasi va № ‎‏

tashkilotning nomi

Sanasi ‎‏

Hujjat ‎‏

Soni ‎‏

Summasi ‎‏

Egasiga topshirish - qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi‎‏

soni ‎‏

Summasi ‎‏

Egasiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi‎‏

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni
hisobga olish, baholash va sotish tartibi
to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎

Summani taqsimlash ‎‎

T/r‎

Ijro ishi №, sud ijrochisining F.I.O‎‏‎

Ijro hujjatining nomi, №, sanasi, ijro dalolatnomasi tuzilgan sana‎

Ijro hujjatini bergan organ ‎‏‎

Mol-mulkni olib qo‘ygan sud yoki boshqa organ‎‏‎

Mol-mulkning nomi, soni, summasi ‎‏‎

Olib qo‘yilgan mol-mulk sud ijrochisiga berilgan sana ‎

Saqlash joyi va uning o‘zgargani to‘g‘risida belgi‎‏‎

Olib qo‘yilgan mol-mulk sotish uchun berilgan sana va sotuvchi tashkilot‎‏‎‏

Sotishga berilgan mol-mulkning qayta baholanganligi to‘g‘risida belgi, mutaxassisning F.I.O‎‏‎

Sotish summasi va uning tushgan sanasi ‎

budjetga ‎

olib qo‘ygangan organga ‎

Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish ‎

Alohida belgilar‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

(2-ilovaning 14-ustuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 21-yanvardagi
36-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotayotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bilan davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1993-yil 22-martdagi 151-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 11-modda, 1997-y., 6-son, 22-modda, 2001-y., 4-son, 22-modda) musodara qilingan va egasiz mol-mulkka oid qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bilan davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1997-yil 13-iyundagi 295-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 22-modda) musodara qilingan va egasiz mol-mulkka oid qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalarining barqaror faoliyatini ta’minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 12-apreldagi 172-son qarorining 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 22-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 13-modda; 7-8-son, 66-modda; 24-son, 242-modda)