Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1297-6]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 143-sonli “Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3538, 30.07.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 23-dekabrdagi 131-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mazkur buyruq ilovasining 4-bandi 2023-yilning 30-aprelidan kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-mart,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-martdagi 3-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjat aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “boshqa” degan soʻz “nobank” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tegishli texnik vositalar mavjud boʻlganda, boshlangʻich hujjatlarni va registrlarni, shuningdek tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari hamda ish beruvchining xodimlari bilan bogʻliq boʻlgan ichki xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha qatnashchilarni identifikatsiyalashni taʼminlagan holda tuzilgan hisob hujjatlarini axborot tizimlari xizmatlari va axborot texnologiyalari orqali yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, mazkur Nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi lozim.”.
3. 25 va 26-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bogʻliq hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddatlar mobaynida, biroq hisobot yilidan keyin kamida besh yil buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan saqlanadi.
Bunda:
2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular boʻyicha hisoblangan soliq summalari toʻgʻrisidagi hujjatlar;
davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlar;
soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlar majburiy saqlanmaydi va arxivga topshirilmaydi.
26. Boshlangʻich hujjatlar, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni but saqlanishi korxona rahbari tomonidan taʼminlanishi shart.”.
4. 34-bandning birinchi xatboshisidagi “Mehnat kodeksining 203-moddasida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 343-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 10/23/1297-6/0174-son)