Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-28-sonli Farmonining 6-bandida Oliy Majlis palatalariga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga oid oʻz qarorlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazgan holda tizimlashtirish tavsiya etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
6. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 28-mart,
KQ-704-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli qaroriga
1-ILOVAOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashi ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi 59-II-sonli Qarorining 8 va 9-bandlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasi hamda mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda Oliy Majlis Senati, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini kuchaytirish borasidagi 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan vazifalar toʻgʻrisida”gi 116-II-sonli Qarorining 4, 5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi “2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 119-II-sonli Qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi 182-II-sonli Qarorining 6 va 7-bandlari chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 5-dekabrdagi “2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 256-II-sonli Qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 6-dekabrdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyevning axboroti toʻgʻrisida”gi 273-II-sonli Qarorining 2 va 3-bandlari chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 24-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2011-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi SQ-304-II-sonli Qarorining 6-bandi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 24-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi SQ-305-II-sonli Qarorining 8-bandi chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 24-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi” yuzasidan parlament eshituvi toʻgʻrisida”gi SQ-306-II-sonli Qarorining 4-bandi chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2012-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi SQ-376-II-sonli Qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 11-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi SQ-427-II-sonli Qarorining 4 va 5-bandlari chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018-yil 30-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axboroti toʻgʻrisida”gi SQ-287-III-sonli Qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 11-maydagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida”ni SQ-77-IV-sonli Qarorining 4-bandi chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 19-iyundagi “Samarqand viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti toʻgʻrisida”gi SQ-99-IV-sonli Qarorining 12-bandi chiqarib tashlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 7-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida”gi SQ-116-IV-sonli Qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi SQ-130-IV-sonli Qarorining 7-bandi chiqarib tashlansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2020-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi SQ-190-IV-sonli Qarorining 8-bandi chiqarib tashlansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 5-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2020-yildagi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti haqida”gi SQ-226-IV-sonli Qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 14-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi KQ-32-II-sonli Qarorining ijro etilishi toʻgʻrisida”gi KQ-66-II-sonli Qarorining 4 , 5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 27-iyundagi “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovi yakunlari toʻgʻrisida”gi KQ-557-III-sonli Qarorining 5-bandi chiqarib tashlansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 15-iyundagi “Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash borasida sektorlar rahbarlarining hisobotlari toʻgʻrisida”gi KQ-78-IV-sonli Qarorining 16-bandi chiqarib tashlansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 23-iyundagi “Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash borasida sektorlar rahbarlarining hisobotlari toʻgʻrisida”gi KQ-81-IV-sonli Qarorining 12-bandi chiqarib tashlansin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 1-iyuldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash borasida sektorlar rahbarlarining hisobotlari toʻgʻrisida”gi KQ-98-IV-sonli Qarorining 14-bandi chiqarib tashlansin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 17-noyabrdagi “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarining ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi KQ-156-IV-sonli Qarorining 6-bandi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 16-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi masalani koʻrib chiqishga tayyorlash jarayoni haqida”gi 607-I-sonli Qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli Qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi 709-I-sonli Qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi toʻgʻrisida”gi 42-II-sonli Qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 23-avgustdagi “Xalq deputatlari Buxoro va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining 2005-2006-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida”gi 368-I-sonli Qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 31-yanvardagi “Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida”gi 442-I-sonli Qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 3-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi KQ-3-III-sonli Qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018-yil 5-dekabrdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan hududlarda budjet daromadlari bazasini oshirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha ishlar natijadorligi toʻgʻrisida masʼul rahbarlar hisobotlarining eshitilishi holati haqida”gi KQ-466-III-sonli Qarori.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 1-fevraldagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan hududlarda budjet daromadlari bazasini oshirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha ishlar natijadorligi toʻgʻrisida masʼul rahbarlar hisobotlarining eshitilishi holati haqida”gi KQ-498-III-sonli Qarori.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 29-iyuldagi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan hududlarda budjet daromadlari bazasini oshirish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha ishlar natijadorligi toʻgʻrisida masʼul rahbarlar hisobotlarining 2019-yilning II choragida eshitilishi holati haqida”gi KQ-573-III-sonli Qarori.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 13-iyuldagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan sudlar faoliyatiga oid axborotni eshitish amaliyotining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-104-IV-sonli qarori.