Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024 05.12.2009 yildagi 709-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan mamlakatimizning iqtisodiy strategiyasini amalga oshirish, Oʻzbekistonda qabul qilingan mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida oʻz modelimizni izchil roʻyobga chiqarish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish hamda uning mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsirini yumshatish yuzasidan qoʻyilgan dasturiy vazifalarning amalga oshirilishi iqtisodiy oʻsishning barqaror yuqori surʼatlari saqlanib qolishini taʼminladi. 2009-yilning toʻqqiz oyida yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 8 foizni tashkil etdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari 9,1 foizga, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish 13,7 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 3,3 foizga, xizmatlar koʻrsatish 15,8 foizga koʻpaydi. Mamlakatimiz eksport qiluvchilarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida eksport qilinayotgan mahalliy mahsulotlar turlari va eksport bozorlari geografiyasi kengaydi, tashqi savdo aylanmasining 2,3 milliard AQSH dollaridan ortiq miqdordagi ijobiy saldosi taʼminlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish borasida mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga Dasturda belgilangan chora-tadbirlarni bajarishda faol va bevosita ishtirok etishini talab qiladigan masʼuliyatli vazifalar yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli Qarorining ijro etilishini oʻrganish shuni koʻrsatdiki, umuman olganda, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishida 2009-yil aprel oyidan boshlab ayrim ijobiy oʻzgarishlar boʻlmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisida qayd etilgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatidagi kamchiliklar umuman olganda, bartaraf etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hududlarda Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish boʻyicha inqirozga qarshi maxsus komissiyalar tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatalari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida va ularning doimiy komissiyalari majlislarida mahalliy davlat boshqaruv organlarining inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlarini amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish uchun masʼul rahbarlarining hisobotlari eshitib borilmoqda. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirishda mahalliy vakillik hokimiyati organlari bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik hamda uygʻunlikni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Koʻpchilik hollarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari inqirozga qarshi maxsus komissiyalar tarkibiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashlarining doimiy komissiyalari va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sohalar boʻyicha doimiy komissiyalari oʻrtasida hamkorlik mexanizmi asta-sekin yoʻlga tushib bormoqda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining salohiyati va imkoniyatlaridan kengroq foydalanila boshlandi. Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari mahallalarning faollari, taʼlim muassasalarining xodimlarini jalb etgan holda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsiri haqida, inqiroz oqibatlarining oldini olish hamda ularni yumshatish yuzasidan davlat tomonidan koʻrilayotgan choralar mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini tahlil qilish Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturining iqtisodiyotni tashkil etuvchi qismi belgilangan muddatlarda bajarilganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli Qarorini muhokama qilish yakunlari boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilingan. Barcha tumanlarda (shaharlarda) xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari uchun oʻquv seminarlari tashkil etilgan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalariga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus ishchi guruhlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga ayrim xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli Qarorini bajarish borasidagi faoliyatida hali ham jiddiy kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan va Toshkent viloyatlarida erishilgan ijobiy iqtisodiy koʻrsatkichlarga qaramay, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining salohiyatini toʻla-toʻkis roʻyobga chiqarishga muvaffaq boʻlinmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish boʻyicha inqirozga qarshi maxsus komissiyalarning ishiga yetarli darajada jalb etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlari ijro etilishi muntazam koʻrib chiqilmayotir, qator hollarda mahalliy davlat boshqaruvi organlarining inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlarini amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish uchun masʼul boʻlgan rahbarlarining hisobotlari eshitilmayotir. Ayrim hollarda bunday majlislar nomigagina oʻtkazilmoqda, qabul qilinayotgan qarorlar esa deklarativ xususiyatga ega boʻlib qolmoqda. Koʻpgina hollarda inqirozga qarshi choralarning hududiy dasturlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari va ularni doimiy komissiyalari qarorlarining ijrosi ustidan nazorat oʻrnatilmayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim doimiy komissiyalari 2009-yilning toʻqqiz oyi davomida Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirishning borishini muhokama qilmaganlar va amalda bu jarayonda ishtirok etishdan oʻzlarini chetga olganlar (Andijon, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona viloyatlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan tushuntirish ishlarini olib borilishi doimiy va tizimli xarakterga ega emas. Deputatlar korpusining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlari sust tashkil etilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari va ular doimiy komissiyalarining qarorlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida tasdiqlangan inqirozga qarshi choralarning hududiy dasturlari mahalliy gazetalarda eʼlon qilinmayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlik majburiyatlarini tegishli darajada bajarmaganligi uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining 84 nafar deputatiga ogohlantirish eʼlon qilingan, 18 nafar deputat xususida esa vakolatlarini muddatidan oldin tugatish tashabbusi bilan chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624-I-sonli Qarorini soʻzsiz bajarish borasidagi roli va masʼulligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati komissiyasining mahalliy hokimiyat organlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasidagi joriy yilning toʻqqiz oylik faoliyatini oʻrganish yakunlariga doir axboroti, shuningdek xalq deputatlari Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari Kengashlari rahbarlarining ushbu masala boʻyicha hisobotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qayd etilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli Qarorini ijro etish yuzasidan Surxondaryo viloyatida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini kuchaytirish, ularning Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi soʻzsiz bajarilishini taʼminlashdagi roli va masʼulligini oshirish borasida aniq maqsadga qaratilgan ish olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Namangan va Toshkent viloyatlari Kengashlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli Qarorini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsin va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish borasidagi faoliyatini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati komissiyasining axborotida qayd etilgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan uzil-kesil chora-tadbirlar koʻrilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli Qarorini soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan mamlakatimizning iqtisodiy strategiyasini amalga oshirish, Oʻzbekistonda qabul qilingan mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida oʻz modelimizni izchil roʻyobga chiqarish, inqirozga qarshi chora-tadbirlarlarni bajarish hamda mazkur masalada mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligini oshirish yuzasidan qoʻyilgan dasturiy vazifalarni soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat boshqaruvi organlarining inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlarini amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish uchun masʼul boʻlgan rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida ularning faoliyati haqidagi hisobotini har chorakda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida eshitib borish amaliyotini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish borasidagi ishtiroki haqidagi hisobotlarini muntazam eshitib borishni amaliyotga joriy etsin. Ularning faoliyati qoniqarsiz boʻlgan hollarda deputatni chaqirib olishgacha boʻlgan zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qoʻshma sessiyalarini oʻtkazib, ularda tegishli xalq deputatlari Kengashlari rahbarlarining oʻzlari olib borayotgan ishlari haqidagi hisobotlarini eshitib borishni amaliyotga kiritish tavsiya etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining sohalar boʻyicha doimiy komissiyalari qoʻshma majlislarini muntazam oʻtkazib, ularda olib borilayotgan ishlar haqidagi hisobotlarini tinglash tavsiya etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va uning mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsirini yumshatish yuzasidan davlatimiz tomonidan koʻrilayotgan choralarning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida aholini xabardor qilish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi doirasida qabul qilinayotgan qarorlar ommaviy axborot vositalarida muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy bilim darajasini oshirish, ular Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish borasida faol ishtiroki borasidagi ishlarning shakl va usullarini egallab olishlari maqsadida joylarda ularni tizimli oʻqitishni tashkil etish yuzasidan aniq tadbirlar rejalarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli Qarorini bajarish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining komissiyasiga axborot taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati komissiyasining mahalliy hokimiyat organlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasidagi joriy yilning toʻqqiz oylik faoliyatini oʻrganish yakunlariga doir axborotida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida xalq deputatlari Kengashlarining raislari — viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlariga ular qonun hujjatlariga muvofiq qonunlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori tashkilotlar hamda xalq deputatlari tegishli Kengashining qarorlari ijrosini tashkil etish uchun shaxsan javobgar ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimiyat organlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarishga qaratilgan faoliyatini monitoring qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining komissiyasini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimiyat organlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarishga qaratilgan faoliyatini monitoring qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy vakillik organlari deputatlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish boʻyicha faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan Harakat dasturini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari ushbu Qarorning ijro etilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga 2010-yil 15-aprelgacha axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
709-I-son