Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024 31.01.2008 yildagi 442-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining 2005 – 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2008-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida”gi 441-I-sonli qarorini amalga oshirish maqsadida Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh tomonidan Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi masala oʻrganib chiqildi. Ushbu masalani oʻrganish mobaynida qayd etilganidek, joylardagi hokimiyat vakillik organlari ishlari kuchaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari ish rejalari avvalgi yillardagiga nisbatan anchagina mazmundor boʻlib qolgan hamda tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan. Ijro etuvchi hokimiyat hududiy organlari faoliyati ustidan deputatlik nazorati samaradorligini oshirish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida va ularning doimiy komissiyalari majlislarida tinglash amaliyotga joriy etildi. Mahalliy vakillik hokimiyati organlarining qarorlari ijro etilishi ustidan monitoring olib borish masalalariga yanada koʻproq diqqat-eʼtibor berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda ishlayotgan senatorlar hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqadigan muammolarni hal etishga koʻproq eʼtibor bermoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirish yuzasidan izchil ish olib borish maqsadida tegishli tuman hamda shaharlarga joylarda ishlayotgan senatorlar va xalq deputatlari viloyat Kengashlarining deputatlari biriktirib qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni ham taʼkidlash kerakki, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oʻz reglamentlarini hamda doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 8-iyundagi 173-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom asosida qayta koʻrib chiqilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan Senat qoʻmitalarining hamkorlikdagi majlislari – “birlashgan sessiya” reja asosida oʻtkaziladigan tadbirlar tusini oldi. Xususan, xalq deputatlari viloyat Kengashlarining sessiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 29-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senatning va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi toʻgʻrisida”gi 200-I-sonli qarori muhokamasi oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Jizzax viloyat, Forish, Zomin va Paxtakor tumanlari, Jizzax shahar, Sirdaryo viloyat, Oqoltin va Xovos tumanlari, Yangiyer shahar, Toshkent viloyat, Qibray tuman, Angren va Chirchiq shaharlari Kengashlari faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar sezilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga xalq deputatlari viloyat Kengashlariga qiyosan olganda tuman (shahar) darajasidagi mahalliy Kengashlar ishida tashkiliy xususiyatdagi kamchiliklar borligini aytib oʻtish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, ish rejalariga kiritilgan masalalarni oʻrganishda ishchi guruhlar tuzishga hamda doimiy komissiyalar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni jalb etishga ayrim hollarda yetarlicha eʼtibor berilmayotir. Natijada masalalar chuqur va atroflicha tahlil etilmagan holda yuzaki oʻrganilmoqda, bu esa oʻz navbatida aniqlangan muammolar kelib chiqishining haqiqiy sabablarini bilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bermayotir. Xususan xalq deputatlari Sardoba tuman va Shirin shahar (Sirdaryo viloyati), Bekobod va Ohangaron tumanlari hamda Olmaliq shahar (Toshkent viloyati) Kengashlarida shunday kamchiliklar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga berilgan nazorat vakolatlarini amalga oshirish borasidagi faoliyat yetarlicha samarali boʻlmayapti. Xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari oʻz qarorlarining ijro etilishi yuzasidan amaliy nazorat olib bormayotgan hollar ham uchrab turibdi. Bundan tashqari aholi oʻrtasida huquqiy targʻibotni tashkil etish va yoʻlga qoʻyish yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida ishlar talab darajasida olib borilmayotir. Ayrim hollarda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalarining ish rejalarini tuzishda tegishli tuman va shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etish zarurligi inobatga olinmayapti. Masalan, xalq deputatlari Arnasoy tuman (Jizzax viloyati), Sardoba tuman (Sirdaryo viloyati), Bekobod tuman va Olmaliq shahar (Toshkent viloyati) Kengashlari faoliyati oʻrganilganda shunday hollar aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh rahbari Gʻ. Aliyevning, shuningdek xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining raisi M. Anarbayevning, Sirdaryo viloyat Kengashining raisi A. Djalalovning va Toshkent viloyat Kengashining raisi Z. Niyazovning Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarini tinglab va muhokama etib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining 2005 — 2007-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlar maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2006-yil 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor”, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining Oʻzbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bagʻishlangan qoʻshma majlisidagi “Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli”, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 15 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy maqsadimiz – yurtimizda erkin va obod, farovon hayot barpo etish yoʻlini qatʼiyat bilan davom ettirishdir” degan maʼruzalarida ilgari surilgan eng muhim ustuvor vazifalarni hal etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar qabul qilish zarurligiga qaratilsin. Shu munosabat bilan nomlari yuqorida zikr etilgan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga quyidagilar tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijro etilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida va ularning doimiy komissiyalari majlislarida tegishli hududlarni ustuvor rivojlantirish masalalarini muhokama etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida va ularning doimiy komissiyalari majlislarida qabul qilingan qarorlarning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari yillik ish rejalarini tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng dolzarb masalalarini hal etish zarurligini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda ularning doimiy komissiyalari bilan birgalikdagi majlislarini oʻtkazish, shuningdek doimiy komissiyalarning qilingan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini xalq deputatlari tegishli Kengashlari sessiyalarida tinglash amaliyotini keng joriy etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot olib borishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari Arnasoy tuman (Jizzax viloyati), Sardoba tuman va Shirin shahar (Sirdaryo viloyati), Bekobod va Ohangaron tumanlari hamda Olmaliq shahar (Toshkent viloyati) Kengashlariga oʻz faoliyatlarini takomillashtirish hamda mavjud kamchiliklarni, shu jumladan doimiy komissiyalar ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq tadbir-choralar rejalarini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruhga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 26-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senatning va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi toʻgʻrisida”gi Qarorining bajarilishi haqida”gi 294-I-sonli Qarorining 7-bandini bajarish yuzasidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari doimiy komissiyalarining raislari uchun yil mobaynida turkum oʻquv seminarlari tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi — Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh rahbari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
442-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 1-son, 59-modda)