Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024 27.03.2009 yildagi 624-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-martdagi KQ-704-IV-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Senat Kengashining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi amalda dunyodagi barcha mamlakatlarga daxl etdi va koʻp jihatdan oqibatini oldindan aytib boʻlmaydigan tus olmoqda. Jahon inqirozi, uning oqibatlari, Oʻzbekiston iqtisodiyotining jahon xoʻjalik va moliyaviy-iqtisodiy aloqalar tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora ortib borayotganligi inobatga olinsa, mamlakatimiz iqtisodiyotiga taʼsir koʻrsatdi va hamon taʼsir oʻtkazishda davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi ostida mamlakatimizda oʻtkazib kelinayotgan puxta, chuqur oʻylangan iqtisodiy strategiya sharofati bilan, isloh etish hamda modernizatsiya qilishning Oʻzbekiston modeli izchillik bilan roʻyobga chiqarilayotganligi, tarkibiy tuzilishdagi tub oʻzgarishlar, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish natijasida inqirozning ogʻir oqibatlaridan holi qolishga va iqtisodiyotimizning barqaror faoliyat koʻrsatishiga erishishga, uning izchil oʻsish surʼatlarini taʼminlashga muvaffaq boʻlindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2008-yilda yalpi ichki mahsulotning oʻsish surʼatlari 9 foizni, sanoatda 12,7 foizni, shu jumladan isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni va xizmat koʻrsatish sohasida 21,3 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni ragʻbatlantirish, ish haqini oshirish va aholi daromadlari oʻsishini taʼminlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida shu muddat mobaynida budjet tashkilotlarida oʻrtacha ish haqi 1,4 barobar oshdi, aholining real daromadlari jon boshiga 23 foiz koʻpaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat moliya-iqtisod, budjet, bank-kredit tizimlari barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Banklarning likvidligi muammosi keskinlashuvidan holi qolishga muvaffaq boʻlindi. Xususan, bugungi kunda Oʻzbekiston tijorat banklari aktivlarning summasi 13 trillion 360 milliard soʻmdan oshdi yoki aholi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning jalb etilgan depozitlari hajmlaridan taqriban 2,4 barobar oshib ketdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsion muhit sharofati bilan keyingi ikki yil ichida jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 barobardan ziyodroq oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir vaqtda jahon tovar bozorlarida konyunktura yomonlashib borayotganligi, Oʻzbekiston korxonalari eksportga chiqarayotgan ayrim turdagi mahsulotlarning bahosi va hajmlari pasayganligi hamda boshqa qator omillar mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsir oʻtkazmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida Oʻzbekistonda Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan yaxlit kompleks dasturi qabul qilingan boʻlib, unda makroiqtisodiy mutanosiblikni hamda iqtisodiy oʻsishning barqaror surʼatlarini, iqtisodiyot tarmoqlari barqaror ishlashini taʼmin etishga, aholini ish bilan taʼminlashga hamda uni samarali tarzda ijtimoiy muhofaza qilishga, eksport qiluvchi korxonalarni, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalarini hamda kichik biznesni aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar va inqirozga qarshi boshqa choralar nazarda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan majlisida qilgan maʼruzasida bayon etilgan Inqirozga qarshi choralar dasturi asosini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda uni yanada rivojlantirish maqsadida 2009-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 26-yanvarda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 27-yanvarda qabul qilingan “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarorlar hamda inqirozga qarshi qaratilgan boshqa bir qancha muhim hujjatlar tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasida Dasturda belgilangan choralar soʻzsiz bajarilishini taʼminlashi talab etiladigan mahalliy hokimiyat organlari oldida katta va masʼuliyatli vazifalar turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senatining maxsus tuzilgan komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish shuni koʻrsatdiki, Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan mamlakatimiz mintaqalarida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan anchagina ishlar qilinmoqda. Mintaqalarning aksariyatida viloyat hokimliklari tomonidan kompleks harakatlar dasturlari qabul qilingan va ular xalq deputatlari Kengashlari tomonidan maʼqullangan boʻlib, moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlarini betaraf etish, mintaqalarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish choralari ayni ana shu dasturlarga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda. Inqirozga qarshi choralar dasturlarining amalga oshirilishi hozirning oʻzidayoq sezilarli natijalar bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralar dasturiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, mahsulot tannarxini kamaytirish yoʻli bilan korxonalar raqobatbardoshligini taʼminlash negizida ularni har taraflama qoʻllab-quvvatlash, energiyani tejashning samarali tizimini joriy etish, import oʻrnini bosadigan tovarlarni, materiallar va xomashyoni mahalliylashtirish, shuningdek ichki talab-ehtiyojni ragʻbatlantirish uchun omillar yaratish masalalariga alohida eʼtibor bermoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida import oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan ishlar faol tarzda olib borilmoqda. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari faoliyatini oʻrganish hamda ana shu soha oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvining hududiy organlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashining deputatlari orasidan ishchi guruhlari tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralar dasturining talablaridan kelib chiqib joylarda kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash hamda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish yuzasidan keng koʻlamdagi kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati oʻrganilgan viloyatlarning deyarli barchasida qishloqlarda meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi ixcham korxonalar barpo etish ishlari olib borilmoqda, aholini zarur sifatli meva-sabzavot mahsulotlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash uchun parnik va issiqxonalar, shu jumladan energiyaning muqobil manbalari asosida ishlaydigan parnik va issiqxonalar qurilishiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyatida 2008-yilda kichik biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2007-yildagiga nisbatan ikki baravar koʻp, yaʼni 90,9 milliard soʻm kredit ajratilgan. 2009-yilda ana shu maqsadlarga 105,7 milliard soʻm ajratish rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ish bilan taʼminlash tizimi samaradorligini oshirish, yangi ish oʻrinlari barpo etish, uy-joy qurish, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish masalalari mahalliy hokimiyat organlarining eʼtibor markazida turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Inqirozga qarshi choralar dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining ishida jiddiy kamchiliklar va foydalanilmayotgan rezervlar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi tadbir-choralar dasturlari Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining bir qanchasida muhokama etilmagan, inqirozga qarshi kompleks choralar ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Surxondaryo viloyatida Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish masalalari faqat xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan koʻrib chiqilgan, ayni vaqtda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarida bu masalalar koʻrilmagan. Shu sababli xalq deputatlari Kengashlari doimiy komissiyalarining ish rejalari qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturlarini inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqilmagan va ularda belgilangan vazifalarni bajarishga deputatlar jalb etilmagan. Ayni chogʻda oʻrganish shuni koʻrsatdiki, bugungi kunda mintaqadagi 20 dan ortiq yirik va qariyb 1100 ta kichik korxona yangi texnika bilan taʼminlashni va texnologik qayta jihozlashni talab etmoqda. Ayrim tarmoqlarning mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliy xomashyo asosida mahalliylashtirish imkoniyatidan yetarlicha foydalanilmayapti. Mahalliylashtirish davlat dasturiga mintaqa boʻysunuvidagi uchtagina loyiha kiritilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qancha hollarda mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari mamlakat va mintaqa miqyosida sodir boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar haqida, jahon inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan davlatimiz tomonidan koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida aniq-ravshan tasavvurga ega emas. Shuning oqibatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim masalalarini hal etishda deputatlar korpusida baʼzan talab etilayotgan darajada faollik va tashabbuskorlik yetishmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi sessiyalarida koʻrib chiqiladigan masalalar roʻyxatiga “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi qabul qilinganligi bilan bogʻliq chora-tadbirlarning hududiy dasturini hamda inqirozga qarshi boshqa choralarni tasdiqlashdek muhim masalalar kiritilmagan. Ayni vaqtda, aytaylik, Chortoq, Uychi, Kosonsoy, Chust va Mingbuloq tumanlarida tasdiqlangan investitsiya dasturlarini, elektr energiyasi sarfini hamda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar tannarxini kamaytirish tadbirlarini bajarish borasidagi ishlar talab darajasida emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatidagi bir qancha tumanlarning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturlari toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishga mazkur hujjat qabul qilinganidan uch oy oʻtganidan keyingina kirishilgan. Oʻrta Chirchiq va Chinoz tumanlaridagi hokimiyat organlarining ish rejalarida belgilangan tadbirlar qogʻozda qolib ketavergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir vaqtda viloyatda Inqirozga qarshi choralar dasturida nazarda tutilgan butun bir kompleks muammolar hal etilmogʻi kerak. Toshkent viloyatida kichik biznes subyektlarining 10 foizga yaqini ishlamayapti. Bir qancha shaharlar va tumanlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida kichik biznesning ulushi hamon pastligicha qolmoqda. Mazkur viloyatda xususan, zotdor qoramollarni xorijdan xarid etish yuzasidan qabul qilingan dasturlar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilishini taʼminlash borasidagi vazifalarni hal etishda deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlaridek ishning samarali shaklidan yetarlicha foydalanilmayapti. Tahlil natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, uchrashuvlar koʻpincha yuzaki oʻtmoqda, ularda saylovchilar tomonidan oʻrtaga qoʻyilgan dolzarb masalalar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eʼtiboridan chetda qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon iqtisodiy inqirozining Oʻzbekistondagi vaziyatga taʼsiri haqida, inqiroziy hodisalarning oldini olish yuzasidan davlatimiz tomonidan koʻrilayotgan choralarning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari talab darajasida olib borilmayotir. Bu ishni tashkil etishda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan yetarlicha samarali foydalanilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturida nazarda tutilgan tadbirlar soʻzsiz bajarilishi borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli hamda masʼulligini oshirish, bu sohadagi mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi masalani oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati komissiyasining axboroti, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari rahbarlarining hisobotlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent, Surxondaryo va Namangan viloyatlaridagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish borasidagi ishi durust tashkil etilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, mazkur mintaqalarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari mamlakatimiz miqyosida qabul qilingan hamda amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturidan kelib chiqadigan masalalarni hal etishdan oʻzlarini chetga olganlar. Ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuzaga kelayotgan vaziyatni chuqur oʻrganish, inqiroziy hodisalarning yanada kuchayishi oldini olishga, ularni batamom bartaraf etishga qaratilgan choralar ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek inqirozdan keyingi taraqqiyot bilan bogʻliq masalalarni hal etish borasida ular tomonidan yetarli darajada ish olib borilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, toʻqqiz oylik yakunlar boʻyicha xalq deputatlari Toshkent, Surxondaryo va Namangan viloyat Kengashlari rahbarlarining hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida takroran eshitiladi va vaziyatni oʻzgartirish yuzasidan zarur choralar koʻrilmagan boʻlsa, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining shu lavozimda boʻlishi maqsadga qanchalik muvofiq ekanligi toʻgʻrisidagi, shuningdek xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining inqirozga qarshi choralar dasturlarini amalga oshirish ishlaridan oʻzlarini chetga olgan ayrim deputatlarini chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala koʻtariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevraldagi majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi” degan maʼruzasida ilgari surilgan vazifalar ogʻishmay va samarali tarzda bajarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz miqyosida qabul qilingan Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirishni oʻta muhim vazifa deb hisoblasin hamda shu munosabat bilan mintaqalarda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni teran tarzda tahlil qilish asosida Dasturda belgilangan maqsadlarni roʻyobga chiqarish hamda faoliyat yoʻnalishlarini samarali hal etish yuzasidan kompleks choralar ishlab chiqsin va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining inqirozga qarshi choralar dasturlarini amalga oshirishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqish hamda qabul qilishdagi ishtiroki bilan bogʻliq faoliyatni kuchaytirish choralarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat boshqaruvi organlarining inqirozga qarshi choralarning hududiy va tarmoq dasturlarini amaliy jihatdan roʻyobga chiqarish uchun masʼul rahbarlarining hisobotlarini eshitib borishni xalq deputatlari Kengashlari faoliyati amaliyotiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda mahalliy vakillik hokimiyati organlari bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hududiy organlari oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik hamda uygʻunlikni taʼminlash kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy-iqtisodiy inqirozning mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsiri haqida, inqiroz oqibatlarining oldini olish hamda ularni yumshatish yuzasidan davlatimiz tomonidan koʻrilayotgan choralarning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish tadbirlari rejasini ishlab chiqsin hamda uning amalga oshirilishini taʼminlasin. Dasturni bajarish iqtisodiyot har bir subyektining, mamlakatimiz har bir fuqarosining muhim ishi boʻlib qolmogʻi kerak. Bu ishga jamoat birlashmalari, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, shuningdek ommaviy axborot vositalari keng jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturining asosiy qoidalarini tushuntirish yuzasidan vazirlik va idoralarning, shuningdek mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot markazlarining ekspertlarini jalb etgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitalarining hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining raislari ishtirokida seminarlar va davra suhbatlari tashkil etilishi hamda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyat Kengashlarining rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasi tomonidan oʻrganish yakunlari asosida toʻplangan va tahlil etilgan materiallarni xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli mintaqalardan saylangan aʼzolari ishtirokida muhokama etilishini bir oylik muddat ichida 1-ilovaga muvofiq tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama yakunlari asosidagi umumlashma axborotlarni (viloyatlar boʻyicha) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 2009-yil 10-mayga qadar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi masalani oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlaridagi va Toshkent shahridagi davlat hokimiyati mahalliy organlarining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturining asosiy qoidalarini amalga oshirish borasidagi faoliyati ilova qilinayotgan jadvalga (2-ilova) muvofiq oʻrganilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi muhokamasiga kiritish uchun 2009-yil 1-iyulga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, xalq deputatlari Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish masalasini Senat komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish natijalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari majlisida va nomlari yuqorida aytib oʻtilgan xalq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida muhokama etilishini tashkil qilsin, ularda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish ishlaridan oʻzlarini chetga olgan deputatlarining javobgarligini oshirish toʻgʻrisida tegishli xulosalar chiqarilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlarning yakunlari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ushbu Qarorning bajarilishi jarayoni haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashiga 2009-yil 10-oktabrgacha axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. Muhitdinova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
624-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi bajarilishini oʻrganish yakunlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining komissiyasi tomonidan toʻplangan va tahlil qilingan materiallarni Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridagi xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarida muhokama etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlarida muhokama oʻtkaziladigan viloyat‎

Muhokama oʻtkaziladigan muddat‎

Masʼul ijrochilar‎

1.‎

Andijon viloyati‎

13 — 20-aprel‎

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi rahbari (A. Usmanov), Senat ishchi guruhi rahbari (A. Altiyev), xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari rahbarlari‎

2.‎

Buxoro viloyati‎

13 — 19-aprel‎

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi rahbari (S. Xusenov), Senat ishchi guruhi rahbari (M. Usmonov), xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari rahbarlari‎

3.‎

Surxondaryo viloyati‎

13 — 20-aprel‎

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi rahbari (T. Djurayev), Senat ishchi guruhi rahbari (Gʻ. Aliyev), xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari rahbarlari‎

4.‎

Namangan viloyati‎

21 — 26-aprel‎

Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi (B. Yusupov), Senat ishchi guruhi rahbari (A. Altiyev), xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari rahbarlari‎

5.‎

Navoiy viloyati‎

20 — 25-aprel‎

Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi rahbari (E. Turdimov), Senat ishchi guruhi rahbari (M. Usmonov), xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari rahbarlari‎

6.‎

Jizzax viloyati‎

20 — 26-aprel‎

Jizzax viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi (M. Xolboʻtayev), Senat ishchi guruhi rahbari (B. Iminov), xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari rahbarlari‎

7.‎

Qashqadaryo viloyati‎

21 — 26-aprel‎

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi rahbari (N. Zayniyev), Senat ishchi guruhi rahbari (Gʻ. Aliyev), xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari rahbarlari‎

8.‎

Toshkent viloyati‎

13 — 19-aprel‎

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi rahbari (R. Xolmatov), Senat ishchi guruhi rahbari (B. Iminov), xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari rahbarlari‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi 624-I-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati komissiyasining Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida bajarilishi toʻgʻrisidagi masalani oʻrganish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISh JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Oʻrganish oʻtkaziladigan mintaqa nomi

Oʻrganish oʻtkaziladigan muddat

Oʻrganishni oʻtkazuvchi ishchi guruh rahbari

1.‎

Samarqand viloyati

28-aprel — 3-may

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi B.M. Iminov

2.‎

Sirdaryo viloyati

4 — 8-may

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi B.M. Iminov

3.‎

Xorazm viloyati

28-aprel — 2-may

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Gʻ.Q. Aliyev

4.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3 — 8-may

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Gʻ.Q. Aliyev

5.‎

Fargʻona viloyati

29-aprel — 4-may

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.S. Altiyev

6.‎

Toshkent shahri

5 — 8-may

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi A.S. Altiyev

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 3-son, 75-modda)