O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga
3-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
Jami 2025-2026-yillarda |
shu jumladan: |
|
|
2025-yilda |
2026-yilda |
|||
|
Jami: |
8 |
4 |
4 |
|
|
1. |
Romitan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi |
1 |
1 |
|
|
2. |
Mirzacho‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi |
1 |
1 |
|
|
3. |
Mirishkor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi |
1 |
1 |
|
|
4. |
Davlatobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi |
1 |
1 |
|
|
5. |
Xovos tumani ixtisoslashtirilgan maktabi |
1 |
1 |
|
|
6. |
Toshkent tumani ixtisoslashtirilgan maktabi |
1 |
1 |
|
|
7. |
Qibray tumani ixtisoslashtirilgan maktabi |
1 |
1 |
|
|
8. |
Gurlan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi |
1 |
1 |
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga
4-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbai |
Ijro uchun mas’ullar |
|
1. |
Ixtisoslashtirilgan maktablarning amaldagi o‘quv rejasida nazarda tutilgan fakultativ soatlar hisobidan shaxmat mashg‘ulotlarini tashkil qilish. |
1. Shaxmat mashg‘ulotlarining dasturlarini ishlab chiqish. |
2024-yil avgust |
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
2. Maktablarni shaxmat mashg‘ulotlari uchun zarur jihozlar va qo‘llanmalar bilan ta’minlash. |
2024-yil avgust |
||||
|
3. Malakali mutaxassislarni jalb qilish. |
2024-yil sentabr |
||||
|
2. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan maktablarni ixtisoslik fanlaridan qoraqalpoq tilidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash. |
1. Qoraqalpoq tilidagi yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish maqsadida mualliflar guruhlarini shakllantirish. |
2024-yil may |
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
2. Xorijiy tajribani o‘rgangan holda yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini bosqichma-bosqich ishlab chiqish, ularni muntazam ravishda takomillashtirib borish. 3. Ixtisoslashtirilgan maktablarni xalqaro talablar asosida tayyorlangan qoraqalpoq tilidagi darsliklar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash. |
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab |
||||
|
3. |
Ixtisoslashtirilgan maktablarni xalqaro ta’lim tashkilotlari talablariga muvofiqlashtirish. |
1. Nufuzli xalqaro ta’lim tashkilotlari ta’lim tajribasini o‘rganish yuzasidan ishchi guruh tuzish. |
2024-yil may |
Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari |
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
2. O‘rganish natijalariga muvofiq ixtisoslashtirilgan maktablarga xalqaro ta’lim tashkilotlari talablarini joriy etish yuzasidan muzokaralar olib borish. |
2024-yil iyun |
||||
|
3. Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarni xalqaro ta’lim tashkilotlari talablariga muvofiqlashtirish. |
2024 — 2026-yillar |
||||
|
4. Ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich xalqaro talablarga muvofiqlashtirish. |
2026 — 2028-yillar |
||||
|
4. |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni yanada kuchaytirish choralarini ko‘rish. |
1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga harbiy qismlarni biriktirish. |
2024-yil avgust |
Ijrochilar mablag‘lari |
Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Milliy Gvardiya (R. Jo‘rayev), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova) |
|
2. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik xonalarini jihozlash talablarini takomillashtirish. |
2024-yil avgust |
||||
|
3. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik xonalarini yangi talablar asosida jihozlash. |
2024-yil sentabr |
||||
|
4. O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari uchun yagona forma namunasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
2024/2025 o‘quv yilidan |
||||
|
5. O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarlari uchun mahorat darslari o‘tkazish. |
Reja asosida |
||||
|
5. |
Ixtisoslashtirilgan maktablarda “Yosh akademiklar” klublarini tashkil etish. |
1. “Yosh akademiklar” klublarining faoliyat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish. |
2024-yil sentabr |
- |
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
2. “Yosh akademiklar” klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularga yaratuvchanlik, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni yaratish (ishlab chiqish)ga moyilligi bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilarni jalb etish. |
2024-yil oktabr |
||||
|
6. |
Ixtisoslashtirilgan maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. |
1. Fanlar akademiyasi akademiklarini soha va yo‘nalishlari, manzilidan kelib chiqib hududlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarga biriktirish. |
2024-yil sentabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
2. Akademiklar ishtirokida “Yosh akademiklar” klublari a’zolarining yaratuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan darslar tashkil etish. |
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab |
||||
|
3. Akademiklarni jalb etgan holda STEM fanlari o‘qituvchilari uchun mahorat darslarini o‘tkazish. |
Har chorakda bir marta |
||||
|
7. |
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida fan kengashlarini tashkil etish. |
1. Agentlik huzurida STEM (matematika, informatika, fizika, kimyo va biologiya) fanlaridan fan kengashlarini tashkil etish. |
2024-yil may |
- |
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
2. Fan kengashlari tarkibini Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning STEM fanlari o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan olimpiadalarda yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglardan shakllantirish. |
2024-yil may |
||||
|
3. Fan kengashlari tarkibini har yili yuqori salohiyatli pedagoglar bilan yangilab va to‘ldirib borish. |
Har yili yanvar |
||||
|
8. |
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda Bitiruvchilar kengashi faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda bitiruvchilardan iborat Bitiruvchilar kengashini tashkil etish. |
2024-yil sentabr |
- |
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
2. Bitiruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarning takliflari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab ta’limidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini o‘quvchilarga yetkazish maqsadida har yili bir marta Bitiruvchilar qurultoyini o‘tkazish. |
2025-yildan boshlab har yili iyun |
||||
|
9. |
O‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini yanada qo‘llab-quvvatlash. |
Ixtisoslashtirilgan maktablarning amaldagi tayanch o‘quv rejasi doirasida o‘quvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularda yaratuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida 7 — 9-sinflarning texnologiya fani dasturlarini takomillashtirish, robototexnika asoslarini o‘rgatishga yo‘naltirish. Bunda, informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalari texnologiya faniga ham tatbiq etiladi. |
2024-yil sentabrdan boshlab |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
10. |
O‘quvchilar o‘rtasida yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovini tashkil etish. |
1. O‘quvchilar o‘rtasida ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish. |
2024-yil sentabr |
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev) |
|
2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” loyihalar tanlovini o‘tkazish. 3. “Ixtirochilikka qadam” tanlovi g‘oliblarining loyihalarini amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish. |
Har yili reja asosida |
||||
|
11. |
“Yangi O‘zbekiston” universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish. |
1. “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari xususiyatidan kelib chiqib tayanch doktorantura hamda doktorantura ixtisosliklari ro‘yxatini shakllantirish. |
2024-yil may |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A. Ubbiyev), “Yangi O‘zbekiston” universiteti |
|
2. “Yangi O‘zbekiston” universitetida tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklarini ochish. |
2024-yil iyun |
||||
|
3. “Yangi O‘zbekiston” universitetining tayanch doktorantura va doktoranturasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitish uchun 20 ta qabul kvotasini ajratish. |
2024-yil iyul-avgust |
||||
|
12. |
“Yangi O‘zbekiston” universitetida yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish. |
1. Gen muhandisligi, atrof-muhit muhandisligi, biotizimlar muhandisligi va agroiqtisodiyot sohalari bo‘yicha fan dasturlarini ishlab chiqish. |
2025-yil aprel |
“Yangi O‘zbekiston” universiteti mablag‘lari |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (A.Ubbiyev), “Yangi O‘zbekiston” universiteti |
|
2. Gen muhandisligi, atrof-muhit muhandisligi, biotizimlar muhandisligi va agroiqtisodiyot sohalari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar jamoasini shakllantirish. |
2026-yil may |
||||
|
3. 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab universitetning Agrotexnologiyalar fakultetiga talabalarni qabul qilish. |
2026-yil sentabr |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son Farmoniga
5-ILOVA
|
“ |
|||||
|
4. |
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va texnik vositalar bilan ta’minlash. |
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va milliy musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil aprel |
Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Tasdiqlangan dasturga asosan birlamchi sport jihozlari va milliy musiqa cholg‘u asboblarini belgilangan tartibda xarid qilish. |
2024-yil yakuniga qadar |
||||
|
3. Umumta’lim maktablaridagi 2 200 ta ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash. |
2024-yil avgust |
Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida |
|||
|
”. |