21.02.2024 yildagi PF-37-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan keng koʻlamli islohotlarni 2024-yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy oʻzgarishlarga erishish boʻyicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash, ekologik holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2024-yil 1-martdan boshlab alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi qarori bilan “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlariga biriktirilsin. Bunda mazkur rahbarlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda kamida bir marotaba oʻzlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash, hayotda oʻz oʻrnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama koʻmaklashib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga biriktirilgan yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun tegishli tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan zarur mablagʻlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida yoʻnaltirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) hamda yoshlar biriktirilgan vazirlik va idoralar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoshlarning salohiyati, isteʼdodi va tashabbuslarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-martdan boshlab mahalla, taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamgʻarmasi 600 million soʻm miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) boʻyicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual oʻyinlari yuqori saviyada tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy hokimliklar tomonidan kasblar tanlovida gʻolib boʻlgan yoshlarni oʻz hududlarida jihozlangan ustaxonalar bilan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼminlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼul etib Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining ekologiya, sogʻlom turmushni targʻib qilish kabi ijtimoiy ahamiyatga molik 100 ta volontyorlik loyihalari boʻyicha birinchi bosqichda bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha mablagʻni tanlov asosida ajratish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shugʻullanishga qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yoʻnaltirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yosh tadbirkor” tanlovlarini oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tanlov asosida “mahalla — tuman — viloyat — respublika” bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va gʻoyalari saralanadi. Bunda, nogironligi boʻlgan yosh tadbirkorlarning loyiha va gʻoyalariga alohida eʼtibor qaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika bosqichida saralashdan oʻtgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib boʻlgan biznes loyiha va gʻoyalar egalari Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) va Oʻzbekiston nogironlar uyushmasi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2024-yil 1-martdan boshlab “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” dasturi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu dastur doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan mahalla faollari ishtirokida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar aniqlanib, ularni ingliz va boshqa xorijiy tillarga oʻqitish hamda sertifikatlar olishini tashkil etish, sertifikat olgan yoshlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga kiritib borish amaliyoti joriy qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan maxsus axborot tizimiga kiritilgan yoshlarni IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yoʻnaltirish va ishga joylashtirishga koʻmaklashish choralari koʻrilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2024-yil 1-martdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini yoshlarni chet tillari va kasb-hunarga oʻqitish maqsadlariga yoʻnaltirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha “Ustoz” maxsus platformasi ishga tushirilsin va dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlar qamrab olinishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga oʻrgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushirilsin va bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, oʻquv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (O. Parpiboyeva) va Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida biznes uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturi” doirasida 2024-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali 2 million aholini biznesga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari — J. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2024-yil 1-iyuldan boshlab nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarni joriy etish va ekologik sertifikatlash xarajatlarini qoplab berish tartibi joriy qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yil davomida nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun zarur boʻlgan barcha xomashyolar mahalliylashtirish darajasini kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan bojxona bojidan ozod etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislardan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma berilganligi uchun toʻlovlar undirilishi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼul etib Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov) hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2024-yil 1-maydan boshlab fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yangi majburiy toʻlovlar va yigʻimlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) doirasida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilga moʻljallangan yoʻnalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejalari 1 — 5-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda yoʻnalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari roʻyxatlari 6 — 10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yoʻnalishlar kesimida 2024-yilga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarori bilan tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi doirasida 2024-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qoʻshimcha 1 000 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida joriy qilinib, fanlardagi amaliy mashgʻulotlar ulushi 60 foizgacha oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6,7 million nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida yurak-qon tomir, qandli diabet, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash boʻyicha profilaktik koʻriklar tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga oʻqitilishi, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari boʻyicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 million nafar aholini yugurish, futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, milliy va belbogʻli kurash kabi sport turlari boʻyicha marafon va musobaqalarni tashkil etish orqali ommaviy sportga jalb qilish choralari koʻrilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Parij shahrida oʻtkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun kamida 140 ta litsenziyani qoʻlga kiritish maqsadida 15 ta olimpiya va paraolimpiya markazida hamda Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi 14 ta sport bazasida barcha zarur sharoitlar yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib tegishincha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov), Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (M. Tashxodjayev) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshirilsin hamda buning doirasida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablagʻ ajratilib, ushbu mablagʻ 5 — 11-sinf oʻquvchilari tanloviga koʻra, elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktablar uchun zarur tovarlarga sarflanishi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlarini menejerlik boʻyicha sertifikatsiyalash tizimi joriy etilsin. Bunda, direktorlarga malakaviy talablar aniq belgilanib, ular har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼul etib Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy oʻrta taʼlim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) va Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2024-yil yakuniga qadar ehtiyojdan kelib chiqib, viloyatlar markazlari, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlarida kamida bittadan ogʻir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam koʻrsatuvchi xospislar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xospislarni tashkil etish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatiga doimiy koʻmaklashish loyihalari uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grantlar eʼlon qilib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yildan boshlab katta yoshdagi aholi orasida yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) bilan birgalikda 2026-yildan boshlab oʻtkaziladigan maktab oʻquvchilari orasida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishning tarqalganlik hamda ularning psixologik holatini oʻrganish boʻyicha rejani belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini 17 tadan 24 taga yetkazsin va buning doirasida fuqarolarning onkologik, kardiologik va endokrinologik skriningdan oʻtishi natijasi, ularni davolash uchun ajratiladigan pullar toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda nogironligi boʻlgan shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilish texnik vositalari bilan taʼminlashning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiya tayinlashda bir vaqtning oʻzida shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi pulni olish bilan bogʻliq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish, nogironlikni belgilashda esa, nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-dekabrdan boshlab yolgʻiz yashayotgan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida tegishli yoʻnalishdagi nodavlat tashkilotlar orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ogʻir atletika boʻyicha milliy sport maktabining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 2024-yilda ogʻir atletika boʻyicha barcha yosh toifasidagi sportchilar bilan individual ishlash tizimini yaratish hamda ularni professional tayyorgarligini tashkil etish uchun Chirchiq shahrida Ogʻir atletika markazi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi ichki mahsulot oʻsish surʼati 6 foizdan kam boʻlmagan darajada boʻlishini, investitsiyalar esa yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan kamida 30 foiz boʻlishini taʼminlash choralari koʻrilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida qiymati 18 milliard dollar boʻlgan 309 ta yirik loyihalar ishga tushirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik inflyatsiya darajasi 9 foizgacha va fiskal taqchillik 4 foizgacha boʻlishi taʼminlansin, keyinchalik inflyatsiya va Davlat budjeti taqchilligi koʻrsatkichlarini pasaytirish choralari koʻrilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlariga 275 trillion soʻm kredit resurslarini yoʻnaltirish, shu jumladan 41 trillion soʻmlik mikromoliya xizmatlari koʻrsatilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar tomonidan taqdim etiladigan kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2-3 foiz bandga pasaytirish uchun zarur sharoitlar yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Bosh vazir oʻrinbosari — J. Qoʻchqorov va Markaziy bank (M. Nurmuratov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 2024-yil 1-apreldan boshlab davlat investitsiya dasturlari doirasida markazlashgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yirik loyihalarga sanoat kooperatsiyasi talablari joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyihalar doirasida mahalliy korxonalarda zarur mahsulotlarni oʻzlashtirish va xarid qilish tavsiya etiladigan mahsulotlar roʻyxati, mahalliy mutaxassislarni jalb qilish rejasi va ularga qoʻyiladigan talablar nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) va Iqtisodiyot va moliya vazirligi (B. Xodjayev) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Respublikada “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish uchun qulay sharoitlarni yaratish va “yashil energiya” manbalari salmogʻini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-aprelga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil energiya” sertifikatlari aylanmasi bozor tamoyillari asosida yoʻlga qoʻyilishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro issiqxona gazi savdosi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-apreldan boshlab iqlim oʻzgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) va maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2024-yil yakuniga qadar xorijiy investorlar ishtirokida Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 2 700 MVt boʻlgan 6 ta yirik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) va Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oydan ortiq muddat mobaynida ochiq savdolarda sotilmagan davlat aktivlarining boshlangʻich bahosini 50 foizgacha bosqichma-bosqich pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari olti oy davomida sotilmaganda toʻlovning 15 foizini uch oy muddatda, qolgan qismini 10 yil muddatda boʻlib toʻlash imkoniyatini yaratish boʻyicha amaliy choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 2024-yil 1-apreldan boshlab chegara bojxona postlarida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini rasmiylashtirish boʻyicha karantin, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va veterinariya sohalaridagi nazorat funksiyalari bojxona xizmati organlariga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼul etib Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida ochiqlik darajasini keskin oshirish va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish maqsadida 2024-yil 1-iyuldan boshlab davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yirik soliq toʻlovchilar korporativ ijtimoiy masʼuliyat (CSR) hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) holati toʻgʻrisida har yili 1-iyulga qadar hisobotni jamoatchilikka oshkor etish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Iqtisodiyot va moliya vazirligi (B. Xodjayev) va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, eksport hajmini koʻpaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-oktabrdagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5262-son qarorida nazarda tutilgan mahsulotlarga import bojxona bojining nol stavkasini qoʻllash muddati 2027-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) va Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar koʻchatlarini, qalamchalarini ekish, respublikada 444 ta yashil bogʻlar barpo etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 31-dekabrga qadar suv kanallarini rekonstruksiya qilish ishlariga Davlat budjetidan qoʻshimcha ajratilgan 500 milliard soʻm hisobiga 1,5 ming kilometr sugʻorish tarmoqlarini betonlash ishlarini yakunlash choralari koʻrilsin.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib tegishincha Bosh vazir oʻrinbosari — A. Ramatov, Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev), Hisob palatasi (A. Boboyev) va Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mamlakatimizda chang boʻronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy oqibatlarini yumshatish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-martdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda chang boʻroni sodir boʻlayotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori boʻlgani aniqlanganda aholini ogohlantirish, yurak-qon tomir va nafas yoʻllari kasalliklariga chalingan hamda sogʻligʻi havoning ifloslanishiga taʼsirchanligi yuqori boʻlgan boshqa fuqarolarni zarur profilaktik choralar toʻgʻrisida doimiy xabardor qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchami 500 metr kvadrat va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etish boʻyicha majburiy talablar joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida yuk tashish uchun moʻljallangan, ruxsat etilgan toʻla vazni 10 tonnadan yuqori boʻlgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati tigʻiz vaqt oraliqlarida taqiqlansin. Bunda, ushbu cheklovlar maxsus xizmat shu jumladan, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalariga tatbiq etilmasligi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2030-yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida “YEVRO — 5” va undan yuqori standartlariga muvofiq boʻlmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib tegishincha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) va Transport vazirligi (I. Maxkamov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʼsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna koʻrsatib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) va Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi doirasida 2024-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adashgan yoshlarni jamiyatga integratsiya qilish, ularning hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish maqsadida Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan yoshlarni probatsiya hisobidan chiqarish amaliyoti joriy etilsin va ularni profilaktik hisobga olish asoslari keskin qisqartirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalari buzilishi holati yuzasidan yuboriladigan qaror va xabarnomalar boʻyicha Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) va Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mahallani jamoatchilik va davlat organlari oʻrtasidagi tayanch boʻgʻinga aylantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-apreldan boshlab “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalarni tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-avgustga qadar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga “Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan maʼlumotlar olish, mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq ajratilishini talab qilish hamda loyihalar amalga oshirilishini jamoatchilik tomonidan monitoring qilish imkoniyati yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov) va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari hamda amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan xarajatlar boʻyicha moliyaviy hujjatlarga asoslangan yillik va yarim yillik hisobotlarni aholi eʼtiboriga tushunish uchun oson usulda oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi boʻyicha Qurolli Kuchlar, sohaga masʼul boshqa vazirlik va idoralarning kiberxavfsizlik hamda epidemiologik barqarorlikni taʼminlash boʻyicha salohiyatini keskin oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiberxavfsizlik infratuzilmasining muhim elementlari hisoblanuvchi axborot tizimlari attestatsiyasi va ekspertizasi uchun har bir vazirlik va idorada masʼul shaxslar javobgarligi belgilansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari va oʻqitish metodikalarini zamonaviy tahdid va tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish choralari koʻrib borilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning raqamli va harbiy-tibbiy infratuzilmasini takomillashtirish, masʼul idoralarni zamonaviy texnika va tibbiyot apparaturalari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash dasturi amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar shaxsiy maʼlumotlarining himoyasini kafolatli taʼminlash boʻyicha, shuningdek bank va toʻlov tizimlari uchun firibgarlikka qarshi va zamonaviy biometrik tizimlar joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishi uchun masʼullar etib Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) va Markaziy bank (N. Saʼdullayev) belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik islohotlar agentligi Adliya vazirligi, Hisob palatasi bilan birgalikda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida yoʻnalishlar boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari bajarilishini, maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini tizimli monitoring qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati Davlat dasturining amalga oshirilishini, shu jumladan joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy oʻrganib borsin va natijalari boʻyicha har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatining mazkur band ijrosi boʻyicha faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakuni boʻyicha Davlat dasturi ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha Davlat dasturida yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini Vazirlar Mahkamasining Rayosati yigʻilishida muhokama qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yarim yilda Davlat dasturi ijrosi yuzasidan hisobotlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi va natijalari toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Farmon ijrosini muntazam ravishda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-37-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazifalar

Amaliy chora-tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

I. HAR BIR INSONGA OʻZ SALOHIYATINI ROʻYOBGA CHIQARISHI UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH

1-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

1.

Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 76 foizga yetkazish.

1. 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, shu jumladan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish.

2. Investitsiya dasturi doirasida 43 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish va 133 ta rekonstruksiya qilish orqali 5570 ta qoʻshimcha yangi quvvatlar yaratish.

3. 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi bilan qamrov darajasini 96 foizga yetkazish.

2024-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov

2.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kompyuter guruhlarini tashkil etish.

170 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhlarida zamonaviy taʼlim planshetlari va sensorli ekranli interaktiv doskalardan iborat kompyuter guruhlarini tashkil etish uchun texnikalar xarid qilish.

2024-yil yakuniga qadar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov

2-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

3.

Yangi maktablarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda ularda zarur shart-sharoitlarni yaratish.

518 ta maktabni rekonstruksiya qilish va 30 ta maktabni yangidan barpo etish orqali 175 ming oʻquvchi oʻrnini yaratish.

2024-yil yakuniga qadar

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

Ijro uchun asosiy masʼullar — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), “Oʻquvtaʼlimtaʼminot” DUK

4.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini mebel, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va texnik vositalar bilan taʼminlash.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va milliy musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlash boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil aprel

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tasdiqlangan dasturga asosan birlamchi sport jihozlari va milliy musiqa cholgʻu asboblarini belgilangan tartibda xarid qilish.

2024-yil yakuniga qadar

3. Umumtaʼlim maktablaridagi 2 200 ta maʼnan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash.

2024-yil avgust

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (D. Azimov)

5.

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim maktablarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash hamda umumtaʼlim maktablarining sanitariya-gigiyena infratuzilmasini bosqichma-bosqich taʼmirlash.

1. Mahalliy hokimliklar tomonidan toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmagan hamda taʼmirtalab sanitariya-gigiyena infratuzilmasi mavjud umumtaʼlim maktablarini qayta xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil mart

Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi

B. Zokirov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Xatlov natijasi asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va unga asosan zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratish.

2024-yil aprel

Ijro uchun asosiy masʼullar — Qashqadaryo viloyati hokimligi (M. Azimov) va Surxondaryo viloyati hokimligi (U. Qosimov)

6.

Olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun bepul avtobuslarni yoʻlga qoʻyish.

Olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun eksperiment tariqasida bepul avtobuslarni yoʻlga qoʻyish.

1. Bunda:

tajriba-sinov tariqasida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabida olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilarni avtobuslar bilan maktabga qatnovini autsorsing asosida tashkil etish;

xalqaro tajribani oʻrgangan holda olis hududlardan oʻquvchilarning xavfsiz va qulay qatnovini autsorsing asosida tashkil etish tartibini ishlab chiqish;

autsorsing tizimi asosida bepul avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni ajratish;

mazkur jarayonlar ustidan nazoratni olib borishga keng jamoatchilik vakillarini faol jalb qilish.

2024-yil sentabrdan boshlab

Mahalliy budjet mablagʻlari

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

2. Eksperiment natijalari boʻyicha ushbu amaliyotni boshqa hududlarda ham joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish.

Ijro uchun asosiy masʼullar — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), “Oʻquvtaʼlimtaʼminot” DUK

7.

Maktablarda oʻquv-laboratoriya xonalarini zarur oʻquv jihozlari bilan taʼminlash darajasini oshirish.

1. Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining oʻquv-laboratoriya xonalarini oʻquv jihozlari bilan taʼminlanganlik holatini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil may

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Oʻrganishlar natijasiga koʻra, ularni zarur oʻquv jihozlari bilan toʻliq taʼminlash yuzasidan takliflarni shakllantirish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

3-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

8.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ koʻnikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlarini amaliyotga kiritish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 131 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblarini yaratish.

2. Oʻqituvchilarning yangi metodikalar boʻyicha malakasini oshirib borish.

2024-yil yakuniga qadar

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

3. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarida kommunikativ koʻnikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan “soft skilz” koʻnikmalariga bagʻishlangan mavzular oʻtilishini yoʻlga qoʻyish yuzasidan takliflarni kiritish.

2024-yil may

-

-

9.

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish hamda ikkinchi xorijiy til va kasbni oʻrgatishni kengaytirish.

1. 2023-2024 oʻquv yili yakunida respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi boʻyicha oʻtkazilgan tajriba-sinov natijalarini tahlil qilish.

2024-yil iyun

Respublika va mahalliy budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tahlillar natijasida yangi tartibni takomillashtirish va 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar sonini 1500 taga yetkazish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab

4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

10.

Pedagoglarni xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

1. Tasdiqlangan reja asosida 100 nafar davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining pedagoglarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish uchun hududlar kesimida teng taqsimlangan holda saralab olish.

2024-yil iyun

Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

A. Bekmurodov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

2. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida saralab olingan pedagoglarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

2024-yil yakuniga qadar

11.

Pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish, ularning darslarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtishini qatʼiy taʼminlash.

1.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi-pedagog kadrlarni psixologik metodika va testlar orqali saralash mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni joriy etish yuzasidan takliflar kiritish.

2024-yil 1-iyun

-

-

2. Maktablarda darslarni oʻz vaqtida va yuqori saviyada oʻtkazilishi, darslarning asossiz qoldirilishi holatlarining oldini olish choralarini koʻrish va dars jadvallariga amal qilinishini qatʼiy taʼminlash.

Doimiy

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

12.

Oliy taʼlim tashkilotlari pedagoglari faoliyati samaradorligini oshirish.

Ilgʻor xorijiy tajriba asosida oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining reytingini yuritish tartibi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

-

-

5-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

13.

Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari qamrovini kengaytirish.

1. Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari sonini 470 taga yetkazish.

2. Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari faoliyatini tahlil qilib borish.

2024-yil yakuniga qadar

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

6-maqsad: Professional taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

14.

Professional taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari tarkibiy sifatini yaxshilash, ularning malakasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida oshirish.

1. Xorijiy tajribalar asosida malaka oshirish dasturlarini toʻliq yangilash va masofaviy yoki aralash shakllardagi malaka oshirish kurslariga moslashtirish hamda elektron platformaga joylashtirish.

2. Pedagog kadrlarning malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojlari asosida pedagog kadrlarni malaka oshirish kurslari va metodik seminarlarga jalb etish.

3. Professional taʼlimni rivojlantirish instituti malaka oshirish kurslariga kamida 5 nafar xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

4. Buxoro, Samarqand, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini malaka oshirish hududiy kurslarini tashkil etish.

5. Pedagog kadrlar faoliyatini baholash va yuqori natijalarni qayd etgan pedagoglar malaka toifasini oshirish hamda pedagoglar sifat tarkibini 30 foizga yetkazish.

2024-yil noyabr

-

-

7-Maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼullar — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fozilkarimov)

15.

Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish.

1. Oliy taʼlim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil aprel

Davlat budjeti mablagʻlari,

toʻlov-kontrakt asosidagi mablagʻlar

Tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

16.

Nodavlat va respublikada faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga kunduzgi taʼlim shaklida davlat buyurtmasi qabul parametrlarini oshirish.

1. Respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va filiallarining qabul parametrlarini tahlil etish.

2024-yil aprel

Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2. Nodavlat va respublikada faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida davlat grantlari boʻyicha kadrlar tayyorlash oʻrnini 1200 taga yetkazish (20% ga oshirish) yuzasidan takliflarni shakllantirish.

2024-yil may

3. Respublikada faoliyat olib borayotgan nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida davlat granti asosida oʻqitishni faqat kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshirish boʻyicha taklif kiritish.

2024-yil may

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

17.

Oliy taʼlim muassasalarini dunyoning eng nufuzli “TOP-1 000” oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish.

1. Oliy taʼlim tashkilotlari ilmiy pedagogik faoliyat koʻrsatkichlarini xalqaro nufuzli reyting agentliklari talablariga muvofiqligini tahlil qilish.

2. Xalqaro nufuzli reyting agentliklari ekspertlari ishtirokida respublika oliy taʼlim tashkilotlari reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha master-klass, seminar-treninglar tashkil etish.

2024-yil yakuniga qadar

Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Oliy taʼlim tashkilotlari

18.

Oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan taʼlim dasturlarini baholash maqsadida shartnomalar tuzish.

2. Oliy taʼlim tashkilotlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiya xulosalari asosida ular faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Oliy taʼlim tashkilotlari

19.

Taʼlim tizimini xalqaro mehnat bozoridagi oʻzgarishlar, texnologik jarayonlarga mos tashkil etish, oliygohlardagi taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish.

1.Oliygohlarda amaliyotga yoʻnaltirilgan mutaxassislarni tayyorlash muddatlari va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni qayta koʻrib chiqish, taʼlim dasturlarini dunyoning nufuzli universitetlari andozasi asosida takomillashtirish. Bunda:

bakalavriatdagi taʼlim tiziminitoʻliq qayta koʻrib chiqish va mazmun jihatidan yaqin boʻlgan yoʻnalishlar birlashtirilib, zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish;

buxgalteriya, logistika, marketing, IT, dizayn, turizm kabi bakalavriat yoʻnalishlarida oʻqish muddatini qayta koʻrib chiqish;

bio-muhandislik, nano-texnologiya, IT injiniring, urbanistika, yashil energetika kabi istiqbolli yangi mutaxassisliklargaoʻqitishni yoʻlga qoʻyish.

2. Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanganligini maxsus platforma orqali doimiy onlayn monitoring qilish amaliyotini takomillashtirish.

2024-yil iyul

-

-

20.

“Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. “Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2024-yil mart

-

Oliy taʼlim tashkilotlari

2. Qoʻshma taʼlim dasturi (ikki diplomli tizim) asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy universitetlar bilan kelishuvlarga erishish.

2024-yil aprel

3. Hamkor universitetlar bilan 10 ta qoʻshma taʼlim dasturi asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil oktabr

8-maqsad: Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

21.

Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan salohiyatli oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash.

1. Muhandislik-texnik sohasidagi 33 ta davlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyatini kompleks tahlil qilish.

2024-yil mart

Tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari,

tarmoq ishlab chiqarish korxonalari mablagʻlari hisobidan

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

tarmoq ishlab chiqarish korxonalari

2. Muhandislik-texnik sohasidagi oliy taʼlim muassasalarida:

kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va qabul parametrlarining soha tarmoqlarining kadrlarga boʻlgan real ehtiyojlariga muvofiqligini;

moddiy-texnika bazasi (zamonaviy laboratoriyalar va asbob-uskunalarning mavjudligi) holatini;

amaldagi oʻquv dasturlarining ishlab chiqarish texnologiyalari va ish beruvchilarning talablariga muvofiqligini;

talabalarning sohadagi ishlab-chiqarish tashkilotlarida amaliy bilim olishini baholash.

2024-yil aprel — iyun

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil sentabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

22.

Talabalarga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalar turar joylarini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish.

2024-yil yakuniga qadar oliy taʼlim muassasalarida talabalar turar joylarini yaratish.

2024-yil dekabr

Tadbirkorlar mablagʻlari hisobidan

(davlat-xususiy sheriklik),

Davlat budjetida mazkur maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar,

oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

23.

Dunyoda tan olingan ilmiy maktablar bilan hamkorlikda matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, bioxilma-xillik kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirish.

Fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ilmiy loyihalar tanlovini oʻtkazish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islomov

Dunyoda tan olingan ilmiy maktablar bilan hamkorlikda matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, bioxilma-xillik kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun kompleks ilmiy-tadqiqot loyihalarini saralab olishni tashkil etish.

2024-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

24.

Fundamental tadqiqotlar kompleks ilmiy dasturlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalar yoʻnalishiga mos yetakchi xorijiy ilmiy maktablar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Fundamental tadqiqotlar kompleks ilmiy dasturlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot loyihalar yoʻnalishiga mos yetakchi xorijiy ilmiy maktablar bilan muzokaralar olib borish.

2024-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islomov

Muzokaralar natijasiga koʻra fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasiga yetakchi xorijiy ilmiy tashkilot, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasasidan (shu jumladan u yerda faoliyat yurituvchi vatandosh olim) hamrahbar tayinlash.

2024-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islomov

Xorijiy xamrahbar bilan birgalikda fundamental ilmiy-tadqiqot loyiha talabnomasini shakllantirish.

2024-yil avgust

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islomov

Shakllantirilgan ilmiy-tadqiqot loyiha talabnomasini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirish choralarini koʻrish.

2024-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islomov

25.

Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi boʻyicha birlamchi yozma manbalar asosida taʼlim berish hamda ushbu yoʻnalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish.

1. Ishchi guruh tuzgan holda manbashunoslik yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari dasturlarini oʻrganish va tahlil qilish.

2. Manbashunoslik yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida amaliyotlarini tashkil etish, talabalarni institutning yetakchi mutaxassislariga biriktirish.

3. Manbashunoslik boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida xorijdagi fondlarda hamda aholidagi mavjud qadimiy va nodir qoʻlyozmalarni oʻrganish.

2024-yil yakuniga qadar

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev

10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez oʻsib borayotgan yoʻnalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev)

26.

Joriy yilda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlarga nisbatan sotilgan innovatsion mahsulotlar hajmini 10 foizga yetkazish.

1. Tarmoq tashkilotlarining innovatsion mahsulotlarga boʻlgan talabini tahlil qilish.

2024-yil aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tahlil natijalariga koʻra innovatsion ishlanmalar taqdimotlarini tashkil etish.

2024-yil avgust

3. Tayyor innovatsion mahsulotlar koʻrgazmalarini tashkil etish hamda sotuv shartnomalarini imzolash.

2024-yil noyabr

27.

Innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari (texnologik parklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlar, biznes-inkubatorlar va akselerator) sonini jami 55 taga yetkazish.

1. Hududlarda tashkil etilgan yoshlar texnoparklari faoliyatini takomillashtirish uchun xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-yil aprel

tashabbuskorlar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yoshlar texnoparklarida biznes akselerator dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. Yoshlar texnoparklarida InnoX biznes inkubatorlarini tashkil qilish.

2024-yil noyabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

28.

Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish loyihalari asosida ilmiy tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari oʻrasida tuzilgan shartnomalarni 280 taga yetkazish.

1. Tijoratlashtirish loyihalarini moliyalashtirish tartibini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

-

Innovatsion rivojlanish agentligi

Sh.Rajabbayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Innovatsion hududlarda ilmiy ishlanmalarni joriy etishda istiqbolli tadbirkorlik subyektlarining bazasini shakllantirish.

2024-yil avgust

3. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ilmiy tashkilotlar bilan oʻzaro shartnomalarning tuzilishiga erishish.

2024-yil dekabr

11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev)

29.

Oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar uchun ajratiladigan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim kvotalari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Davlat budjeti hisobidan doktorantura uchun qabul kvotalariga talabnomalarni qabul qilish.

2024-yil iyun

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Tasarrufida ilmiy va taʼlim tashkilotlai mavjud vazirlik idoralar,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev

2. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda (doktorantura, magistratura) xorijiy tilni bilish darajasini sohalarning xususiyatidan kelib chiqib, tabaqalashtirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. Kelib tushgan talabnomalarni umumlashtirib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish.

2024-yil iyul

4. Davlat budjeti hisobidan doktorantura uchun qabul kvotalarini ilmiy va taʼlim tashkilotlari kesimida tasdiqlash.

2024-yil sentabr

30.

Xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuboriladigan yosh tadqiqotchilarning ulushini 47 foizga yetkazish.

1. OTM va ITMlar tomonidan xorijiy tashkilotlar bilan qisqa muddatli stajirovkalar boʻyicha hamkorlik kelishuvlarini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil may

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Tegishli oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari

2. Yosh olimlarni qisqa muddatli stajirovkaga yuborish boʻyicha maqsadli tanlovlar eʼlon qilish.

2024-yil iyul

3. Yosh olimlarni saralash va yetakchi xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuborish.

2024-yil davomida

31.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish tartibini takomillashtirish.

1.Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Tegishli oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari

2. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali barcha izlanuvchilar va ilmiy rahbarlarni qamrab olish.

2024-yil sentabr

3. Ilmiy faoliyatni amalga oshiruvchilarni indentifikatsiya qilishning yagona tizimini joriy qilish asosida ularning ilmiy faoliyatiga doir maʼlumotlarni toʻplab borish imkoniyatini yaratish.

2024-yil davomida

32.

Innovatsion faoliyat sohasidagi startaplarni akseleratsiya dasturidan oʻtkazish orqali moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish.

1. Innovatsion faoliyat sohasidagi startap loyihalarini moliyalashtirish tartibini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

2. Maxsus platforma orqali kelib tushgan startaplarni akseleratsiyadan oʻtkazish hamda saralash.

2024-yil oktabr

3. Akseleratsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan startap loyihalarni moliyalashtirish.

2024-yil dekabr

12-maqsad: Barcha yoʻnalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Fanlar akademiyasi (B. Abduxalimov)

33.

Vatanimizning yaqin tarixi, xususan, jadidchilik harakati, Turkiston muxtoriyati haqida ishonchli maʼlumotlar yetkazilishini taʼminlash.

“Jadidlar, Turkiston muxtoriyati va milliy matbuot” tahliliy-hujjatli toʻplamini tayyorlash.

Bunda, jadidlarning milliy davlatchilikni tiklash yoʻlidagi qarashlari va kurashlari, Turkiston muxtoriyatining paydo boʻlishi, faoliyati, tugatilishiga oid tarixiy jarayon birlamchi davriy manba — milliy matbuot negizida tahlil etib beriladi hamda tegishli hujjatlar izohlari bilan eʼlon qilinadi.

2024-yil dekabr

Tarix institutiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

FA Tarix instituti

Azamat Ziyo

13-maqsad: Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

34.

Aholi oʻrtasida surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish.

1. 18 — 40 yoshli 12,6 mln nafar aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish va natijalariga koʻra fuqarolarni sogʻlomlashtirish.

2. Xavf guruhiga mansub aholini reja asosida flyuorografiya tekshiruvlaridan oʻtkazish.

2024-yil dekabr

-

-

35.

Aholining yuqumli boʻlmagan kasalliklarni oldini olish, ularning xavf omillari, erta aniqlash va davolash boʻyicha xabardorligini oshirish.

Aholining yuqumli boʻlmagan kasalliklarni oldini olish boʻyicha xabardorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda:

aholi uchun yuqori reytingli telekanallar orqali TV koʻrsatuvlarini va boshqa OAVda munozaralarni haftasiga kamida 1-marta muntazam ravishda namoyish etish va ularning natijalarini tahlil qilish;

aholi uchun qisqa ijtimoiy video roliklar yaratish va ularni yuqori reytingli koʻrsatuv, seriallar namoyishi vaqtida efirga uzatish;

sogʻlom turmush tarzi haqida alohida telekoʻrsatuv tayyorlash va doimiy ravishda efirga uzatish;

aholiga sogʻlom turmush tarzi olib borish boʻyicha doimiy maʼlumot berish uchun (interaktiv) elektron platforma (mobil ilova) ishlab chiqish va SSV veb-saytida alohida sahifa ishga tushirish

2024-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

36.

Onkologik kasalliklar keltirib chiqaruvchi mahalliy omillarni tahlil qilish.

Qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan pestitsid va gerbitsidlarning, ichimlik suvi va onkologik kasalliklar kelib chiqishiga bogʻliqligini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqot oʻtkazish.

2024-yil iyul

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratiladigan mablagʻlar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

I. Abduraxmonov

14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

37.

Budjet tashkilotlari tomonidan fuqarolarga xizmatlarni koʻrsatishda elektron toʻlov tizimlaridan keng foydalanishni taʼminlash.

Sogʻliqni saqlash va sogʻlomlashtirish muassasalarini elektron toʻlov tizimlariga ulash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Bunda, koʻrsatilgan xizmatlar uchun naqd pul shaklida amalga oshirilgan toʻlovlar belgilangan muddatda bank hisobraqamiga topshirilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, muassasa rahbari, bosh hisobchisi va kassirlar masʼuliyatini oshirish boʻyicha javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutish.

2024-yil aprelga qadar

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov,

Soliq qoʻmitasi

Sh. Kudbiyev

15-maqsad: Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

38.

Bolalar orasida ommaviy va selektiv skrining turlarini 36 taga yetkazish.

Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va shifobaxsh ozuqalar bilan 100 foiz taʼminlash.

Bolalarda irsiy kasalliklar boʻyicha selektiv skrining tekshiruvlar turlarini 4 taga yetkazish.

1. 3 — 18 yoshli 9,8 mln nafar bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha ommaviy va selektiv skriningdan oʻtkazish.

2. 900 ming nafar chaqaloqlarni tugʻma gipotireoz, fenilketonuriya kasalliklarini aniqlash boʻyicha neonatal skriningdan oʻtkazish.

3. 6 ta lizosomal (Goshe, Pompe, Fabri, Krabbe, A va V turdagi Nimmana-Pika kasalliklari hamda I tipi) kasalliklarga koʻrsatma asosida xavf guruhiga kiruvchi 15 ming nafar chaqaloq va bolalarda har yili selektiv skrining oʻtkazish.

4. 229 ta tugʻruq muassasalarida yangi tugʻilgan chaqaloqlarni eshitish qobiliyatini aniqlash boʻyicha audioskriningdan oʻtkazish.

Tarmoq rejasiga muvofiq

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

-

16-maqsad: Onalar va bolalar oʻlimini qisqartirish, sogʻlom bolalikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

39.

Tugʻish yoshidagi va homilador ayollarga hamda bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish ishlari samaradorligini oshirish.

Tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi bilan 100 foiz taʼminlash.

Quyidagilar:

1 mln nafar homilador va 1,5 mln nafar bola emizuvchi ayollarni yod preparati bilan;

5,9 mln nafar 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash.

2024-yil dekabr

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

-

40.

Bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash orqali ratsional oʻsishi va rivojlanishi, aqlan barkamol boʻlib shakllanishini taʼminlash.

1. 6 — 23 oylik boʻlgan jami 1,2 mln nafar bolani mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlash.

2. 6,5 mln nafar 2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash.

3. Mazkur maxsus preparatlarning yaroqlilik muddati va sifat sertifikatlarini ularni qabul qiluvchi bolalar ota-onalariga havola etib borish.

Doimiy

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

-

41.

Koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazgan bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish.

125 nafar bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish.

2024-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligining rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablagʻlar,

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

-

42.

Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar boʻyicha epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida profilaktik emlash tadbirlarini izchil amalga oshirish.

12 mln nafar bolani 13 turdagi vaksinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash.

2024-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

-

17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

43.

Xavf guruhiga mansub boʻlgan aholini onkologik kasalliklar boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish, xavfli oʻsma kasalliklaridan 1 yilgacha oʻlim koʻrsatkichini 13,8 foizdan yuqori boʻlmasligiga erishish.

1. 35 — 55 yoshdagi ayollarni har 3 yilda 1-marta bachadon boʻyni saratoniga hamda 45 — 65 yoshdagi ayollarni 2 yilda 1-marta koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha 3 mln nafar aholini skriningdan oʻtkazish hamda ommaviy onkoskrining tekshiruvini joriy etish.

2. Onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida birlamchi tizim shifokorlarni “Onkoogohlik” boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish.

3. Xavfli oʻsma kasalligi aniqlangan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish.

2024-yil dekabr

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

-

44.

Maqsadli guruhdagi ayollarni bachadon boʻyni saratoni va koʻkrak bezi saratoni skrining dasturlari bilan qamrov darajasini oshirish.

1. Skrining registr va kanser registrlarni amaliyotga tatbiq etish.

2. Bachadon boʻyni saratoni skriningi va koʻkrak bezi saratoni skriningi klinik standartini tasdiqlash.

3. Koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash tizimini joriy qilish.

Bunda:

tuman tibbiyot birlashmalarini 14 ta mammograf uskunasi bilan jihozlash va ularni respublika yagona riding tizimiga integratsiya qilish;

mobil va statsionar mammograflar 2 ta smenada ishini tashkil etish uchun 4 ta vrach radiolog va 175 ta rentgen-laborantlar uchun shtat birliklar ajratish choralarini koʻrish.

4. Yirik shaharlarda saraton bilan kasallangan ayollar uchun oʻzaro yordam guruhlarini tashkil etish. Saraton bilan kasallangan ayollar uchun ijtimoiy xodimlar tomonidan keys menejment va onkopsixologlar xizmati loyihalarini tajriba sinovini viloyat onkologik markazlari (Toshkent) bazasida oʻtkazish.

5. Xususiy klinikalar tomonidan mammografiya tekshiruvi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga hisobot berishni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra, Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Strategik islohotlar agentligi

B. Raxmatov,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

S. Abdullayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

18-maqsad: Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

45.

Profilaktik koʻrik va skrining tekshiruvlari natijasida aniqlangan kasalliklar boʻyicha sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish, yuqumli boʻlmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini 55 foizga yetkazish.

1. 6,7 mln. nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng koʻp uchraydigan yurak qon-tomir, qandli diabet, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik koʻriklarni oʻtkazish.

2.Kasallik aniqlangan fuqarolarni individual sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish.

Tarmoq rejasi asosida

-

-

19-maqsad: Sogʻlom va faol keksalikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K.Kuranbayev)

46.

Katta yoshdagi aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faollik va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi boʻyicha individual va ommaviy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

1. Keksa yoshdagi aholining kun tartibini toʻgʻri tashkillashtirish, jismoniy faolligi va kasalliklar profilaktikasi boʻyicha targʻibot materiallarini tarqatish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2024-yil fevral-mart

“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Sport vazirligi

A. Ikramov

2.Katta yoshdagi aholi orasida skandinavcha yurish va ularga mos boshqa sport turlarini joriy qilish, “Keksalik gashti” shiori ostida yengil sport musobaqalarini oʻtkazib borish.

2024-yil aprel-noyabr

20-maqsad: Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

47.

Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega va semizligi mavjud aholi ulushini kamaytirib borish, shuningdek, anemiya va ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasini kamaytirish.

1. Aholiga oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilish va toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish.

2024-yil dekabr

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

B. Yusupaliyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parhez ovqatlanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish.

2024-yil iyul

3. Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari toʻplamini yaratish.

2024-yil dekabr

48.

Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha tahlillar oʻtkazadigan laboratoriyalar sonini 20 taga yetkazish.

1. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi muassasalardagi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha 9 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishga tayyorlash.

2024-yil fevral — iyun

-

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

B. Yusupaliyev

2. Akkreditatsiya talablariga javob beradigan laboratoriyalar tomonidan ariza berilishini va akkreditatsiyadan oʻtishini taʼminlash.

2024-yil iyul — dekabr

21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

49.

Yagona elektron tibbiyot tarmogʻini shakllantirishni davom ettirish, raqamli texnologiyalar joriy etilgan tibbiyot muassasalari ulushini 70 foizga yetkazish.

1. Tizimda mavjud tarmoqlarni xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil mart

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar,

grant va kredit mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

2. Xatlov maʼlumotlari asosida tizimning yagona tarmoq infratuzilmasini yaratish boʻyicha loyiha hujjatlarni ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. Loyiha hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil iyun

4. Loyiha xarajat manbalarini aniqlash, 3 600 dan ortiq texnik qurilma va litsenziyalar xarid qilish.

2024-yil iyul

5. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni boshlash.

2024-yil oktabr

6. Hududlar darajasidagi shifoxonalarni elektron yoʻllanma tizimiga ulash hamda bu tizimda xususiy shifoxonalar ishtirokini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish.

2024-yil iyun

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar

-

22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

50.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish.

1. Ijtimoiy himoya qilish strategiyasiga parvarishlash iqtisodiyoti boʻyicha ustuvor maqsad kiritish.

2. Parvarishlash iqtisodiyotining alternativ modellar konsepsiyasini ishlab chiqish.

2024-yil oktabr

-

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

51.

Yolgʻiz yashayotgan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga nodavlat tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlarni (kunduzgi qatnov, transport xizmati, uyda koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, boshpana (shelter) va boshqa) koʻrsatish.

Yolgʻiz yashayotgan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga Toshkent shahrida eksperiment tariqasida nodavlat tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish loyihasini amalga oshirish.

2024-yil noyabr

-

Toshkent shahar hokimligi

Sh. Umurzakov,

Transport vazirligi

I. Maxkamov

52.

Ijtimoiy himoya qilish tizimi orqali har bir mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini toʻliq qamrab olish.

1. Har bir mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini toʻliq qamrab olish maqsadida, sinov tariqasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va professional ijtimoiy xodimlar faoliyati yoʻlga qoʻyilayotgan 180 ta tuman (shaharlar)da oila soni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlariga asosan ijtimoiy xodimlarni “hudud — uchastka — mahalla” tamoyili asosida biriktirilishini taʼminlash.

2. Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarga kompleks ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishni keys-menejment tizimi orqali bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish.

2024-yil iyun

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

53.

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash orqali inson kapitalini rivojlantirish hamda professional ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish.

1. Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha onlayn taʼlim platformasini ishga tushirish.

2. Yolgʻiz yashaydigan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish boʻyicha ijtimoiy himoya tizimi xodimlari uchun oʻqitishni tashkil etish.

2024-yil iyun

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

23-maqsad: Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Bilim va malakalarni baholash agentligi (M. Karimov)

54.

Koʻzi ojiz shaxslarga xorijiy tillarni oʻrganishda qulay va maqbul muhitni yaratish.

1. Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari boʻyicha koʻzi ojiz (I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, nogironligi boʻlgan bolalar) shaxslar uchun alohida format ishlab chiqish.

2024-yil may

-

-

2. Koʻzi ojiz shaxslar uchun ishlab chiqilgan format asosida test topshiriqlarini shakllantirish va aprobatsiyadan oʻtkazish.

2024-yil noyabr

3. Koʻzi ojiz shaxslar uchun ishlab chiqilgan format asosida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarini amaliyotga joriy etish.

2024-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

55.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish.

1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtoj shaxslar, ularning mazkur vositalarga boʻlgan ehtiyojlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrini yuritish.

2024-yil iyun

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

2. Nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan sifatli, zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.

2024-yil aprel

3. Nogironligi boʻlgan shaxslarga sifatli va zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini erkin xarid qilish imkoniyatini beruvchi elektron vaucher tizimini joriy qilish.

2024-yil avgust

56.

Ijtimoiy xizmat va yordamlarni koʻrsatuvchi reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish.

1.Aholining yashash joyiga yaqin hududlarda muqobil shakldagi koʻp funksiyali va keng qamrovli reabilitatsiya markazi faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish.

2.Davlat-xususiy sheriklik asosida nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev)

57.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga munosib ish oʻrinlari yaratish orqali ular bandligini taʼminlashni 2 barobarga oshirish.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat bozorida ishtirokini tahlil qilish asosida ularning bandligini taʼminlashga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish uchun ijtimoiy buyurtma loyihalarini amalga oshirish.

2024-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

M. Olloyorov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

58.

Jamiyatda nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan iliq ijtimoiy muhitni shakllantirish.

1. Ijtimoiy media-strategiyani ishlab chiqish.

2024-yil may

Hisob-kitoblarga asosan respublika budjetidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan mablagʻlar va mahalliy budjet mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Milliy teleradiokompaniya

A. Djurabayev,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

M. Olloyorov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov

2. Televideniye, radio, filmlar va koʻngilochar dasturlarga nogironligi boʻlgan shaxslarni keng jalb qilish.

doimiy

3. Nogironligi boʻlgan iqtidorli shaxslar timsolida media mahsulotlar tayyorlash hamda OAV va Internet tarmogʻida keng koʻlamda yoritish.

2024-yil avgust

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (X. Kutpiddinov)

59.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish huquqlari kafolatini kuchaytirish.

1. Davlat organlari va tashkilotlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning murojaatlar bilan kirishi uchun shart-sharoitlarni yaratish.

2024-yil davomida

Hisob-kitoblarga asosan davlat organlari va tashkilotlarining mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Eshitishi va nutqi boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning surdotarjimon xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

60.

Xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar amaliyotini kompleks tahlil qilish asosida bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazishning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish.

Bolalarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash, bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash, tazyiqlarga chek qoʻyish mexanizmini takomillashtirish, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan bolalarga kompleks yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar amaliyotini kompleks tahlil qilish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash.

2024-yil oktabr

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

M. Olloyorov,

Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili

S. Raxmonova

(kelishuv asosida),

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

61.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. Xalqaro tajriba asosida ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya maktablar, maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2024-yil avgust

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K.Sharipov

2. Nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlash boʻyicha ota-onalarni oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

62.

Farzand asrab olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

1. Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalarni oilaga tarbiyaga berishda nomzod tutingan ota-onalarni tayyorlash, ularning ota-onalik koʻnikmalarini oshirish, oila — foster institutini joriy etish.

2. Vasiylik va homiylik organlarini tamomlagan va balogʻatga yetgan shaxslarni ijtimoiy integratsiya qilish tizimini takomillashtirish.

3. Vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, oilaga asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish.

4. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni davolash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil iyul

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Milliy gvardiya

R. Djurayev

25-maqsad: Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (O. Parpiboyeva)

63.

“Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” shiori ostida oilalar farovonligi va barqarorligini taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, masʼuliyatli ota-onalik gʻoyasini singdirish, nizoli oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish.

1. Maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy va targʻibot tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha namunaviy tartib ishlab chiqish.

2024-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti

N. Egamberdiyeva,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov

2. Tadbirga qamrab olinadigan xotin-qizlar (profilaktika hisobidagi hamda uzoq muddatga chiqib ketgan va qaytgan) tarkibini aniqlash.

2024-yil mart

3. Aniqlangan tarkibdagi oilalar bilan manzilli ishlashni tashkil etish.

Hamkorlik dasturi asosida

4. Masʼuliyatli ota-onalik mezonlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.

Yil davomida

64.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ularning farzandlarini qoʻllab-quvvatlash.

2 ming nafar jarrohlik operatsiyasiga muhtoj xotin-qizlarni sogʻlom hayotga qaytarish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida reja asosida

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Bolalar fondi, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

J. Abruyev,

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

65.

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Koʻrik-tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish.

2024-yil mart

Homiylik mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti

N. Egamberdiyeva,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

O. Xasanov,

Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

A. Djurabayev

2. Hududlarda oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar rejalarini ishlab chiqish va tashkil qilish.

2024-yil aprel

3. Respublika tanlovini yuqori saviyada oʻtkazish dasturini ishlab chiqish.

2024-yil may

4. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda koʻrik-tanlovga bagʻishlangan tadbirlarni keng yoritish.

Reja asosida

66.

Xotin-qizlar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, kasb-hunarga oʻqitish va oʻzini oʻzi band qilish.

1. Xotin-qizlar bandlik dasturini tasdiqlash.

2024-yil mart

-

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

“Hunarmand” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Dastur doirasida xotin-qizlarning kichik biznes loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish.

aniqlangan loyihalar asosida

3. Har bir hududda xotin-qizlar hunarmandchilik markazlari va klasterlarini tashkil qilish.

Hamkorlik dasturi asosida

67.

Aholi oʻrtasida oilaviy zoʻravonliklarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida “Biz oilaviy zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida ijtimoiy roliklar tanlovini tashkil qilish.

1.Yozuvchi-shoirlar, sanʼatkorlar hamda madaniyat va teatr jamoalari aʼzolari, blogerlar ishtirokida ijodiy guruhni shakllantirish.

2024-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpibayeva,

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti

N. Eamberdiyeva,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

O. Xasanov,

Madaniyat vazirligi

O. Nazarbekov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi

S. Sayidov

2. Tadbir ssenariysi va tanlov nizomi loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil oktabr

3. Tadbir va tanlovni tashkil etish hamda ishtirokchilarni taqdirlash.

2024-yil noyabr-dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

68.

Ayollarni tazyiq hamda zoʻravonlikning turli shakllaridan himoyalash.

1. Ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik boʻyicha xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar amaliyotini oʻrganib, professional yordam koʻrsatish yuzasidan takliflarni tayyorlash.

2. Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional yordam koʻrsatishning yagona tizimini tashkil qilish reglamentini tasdiqlash.

3. Zoʻravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan boshpana (shelter) va reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

4. Reabilitatsiyadan oʻtgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2024-yil may — sentabr

-

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev)

69.

Xorijiy mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketgan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Chet el mamlakatlarida vaqtincha ishlayotgan hamda huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil har oyda

Ijrochilar mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

70.

Xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunarlarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlashga koʻmaklashish hamda ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish.

1. 85 ming nafar xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

2. 90 ming nafar xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish.

2024-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov

71.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish.

1. Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish.

2024-yil may

Hisob-kitoblar asosida,

ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Baʼzi yoʻnalishlar boʻyicha ikki oygacha boʻlgan oʻquv kurslarini tashkil qilish.

2024-yil iyul

3. Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida xotin-qizlarni bepul va pullik oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil avgust

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

72.

Xorijiy mamlakatlarda ogʻir vaziyatga tushib qolayotgan oʻzbekistonlik ayollarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish, xorijiy diplomatik tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash va sayyor qabullar tashkil etish hamda muammolarni bartaraf etish.

1. Xorijiy mamlakatlarda yurgan xotin-qizlar mehnat muhojirlari geografiyasi va roʻyxatlarini aniqlash.

2024-yil mart

-

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev

2. Ular bilan onlayn davra suhbatlarini oʻtkazib, muammolarini aniqlash.

Reja asosida

3. Ularga xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini tushuntirish.

Muntazam

4. Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan ayollarning oilalarini, xususan voyaga yetmagan farzandlarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash.

Aniqlangan holatda

5. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash.

Har chorak

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi (N.Xolmurodov)

73.

Joylarda xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish.

1. Mahalliy yirik ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa oʻrnatish.

2024-yil

-

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni mahalliy va jahon logistika kompaniyalari tomonidan xaridorlarga yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2024-yil mart

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha elektron portallar orqali xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilinishini tashkil etish.

Muntazam

4. Xotin-qizlarni ushbu portallar orqali oʻz mahsulotlarini taklif etish koʻnikmalariga oʻrgatish.

Reja asosida

26-maqsad. Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash

Ijro uchun asosiy masʼul — “Nuroniy” jamgʻarmasi (S. Turdiyev)

74.

Keksa avlodning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini oʻrganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etish masalalari doirasida 10 ta amaliy va fundamental loyihani amaliyotga tatbiq etish.

1. Ilmiy tadqiqot mavzularining bazasini yaratish.

2. Reja asosida ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish.

3. Tadqiqotlar natijalari asosida takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil davomida

Hisob-kitoblarga asosan

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

N. Egamberdiyeva

27-maqsad: Mamlakatda kambagʻallik darajasini qisqartirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev)

75.

Kambagʻal oilalar muammolarini hal etish orqali mamlakatda kambagʻallik darajasini kamaytirish.

Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha ishlab chiqilgan “Individual dasturlar” doirasida kambagʻallik darajasini 2024-yil yakuni bilan 10 foizga kamaytirish.

Bunda kambagʻal oilalar aʼzolarining:

180 ming nafarini doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashtirish;

320 ming nafariga imtiyozli kredit va subsidiya ajratish;

100 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish;

1,5 ming nafariga oliy taʼlim oʻquv-kontrakt toʻlovlarini qoplab berish (“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari).

2024-yil davomida

Hisob-kitoblarga asosan

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

M. Ubaydullayev,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

76.

Mamlakatimizda hududlar kesimida kambagʻal aholining balansini shakllantirish.

Xorijiy tajriba asosida hududlar kesimida kambagʻal aholining balansini shakllantirish, monitoring qilish va manzilli ishlash uchun dasturiy taʼminot yaratish.

2024-yil davomida

Xususiy sektor mablagʻlari hisobidan

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

S. Abdullayev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev)

77.

Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ishsiz aholini ishga joylashtirishga koʻmaklashish.

Bandlik organlarida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va natijadorligini oshrish orqali 423 ming nafar aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish.

2024-yil davomida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari,

xususiy sektor mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

78.

Aholi bandligi dasturini shakllantirish va ijrosini elektron axborot tizimi orqali onlayn monitoring qilishni yoʻlga qoʻyish.

“Yangiish.mehnat.uz” axborot tizimini takomillashtirish orqali aholi bandligi dasturini ijrosi bilan bogʻliq jarayonlarni onlayn kuzatib borish imkoniyatini yaratish.

2024-yil iyul

Xalqaro moliya institutlari grantlari

Statistika agentligi

B. Begalov,

Soliq qoʻmitasi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

79.

Samarqand viloyati Samarqand tumani misolida ishsiz aholini aniqlashning yangi mexanizmini ishlab chiqish.

1. Vazirliklar, idoralar va ilmiy tadqiqot institutlarining ekspertlarini jalb qilgan holda Samarqand tumani misolida ishsiz aholining manzilli roʻyxatini shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Statistika agentligi

B. Begalov,

Soliq qoʻmitasi

Sh. Kudbiyev

2. Ishsiz aholining manzilli roʻyxatini shakllantirish uslubiyotini tajriba sifatida Samarqand tumanida amalga oshirish.

2024-yil may-iyun

3. Mazkur tajribani respublikani boshqa hududlarida joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2024-yil iyul

29-maqsad: Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev)

80.

Band boʻlmagan shaxslar, kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolari va yoshlarni amaliy monomarkaz, davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish orqali ularning bandligiga koʻmaklashish.

1. Ish bilan band boʻlmagan kamida 200 ming nafar, shu jumladan, 110 ming nafar ishsiz xotin-qizlar hamda 90 ming nafar ishsiz yoshlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish.

2. Xalqaro standartlar asosida 100 nafar kasbga oʻqitish markazlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish.

3. Kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini 20 foizga yetkazish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi,

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi,

Kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini moliyalashtirish belgilangan barcha davlat mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kenashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga oʻqitish tizimini yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

81.

Yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish.

7,5 ming nafar yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish. Bunda:

yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish maqsadida “Kelajak kasblari” loyihasini tashkil qilish;

oʻquv markazlari bilan hamkorlikda yoshlarni 3D modellashtirish, robototexnika, mobilografiya, marketing, grafik-dizayn, animatsiya kabi zamonaviy yoʻnalishlarda oʻqitish;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning zamonaviy kasblar va axborot texnologiyalarini oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish;

“Kreativ park”larda iqtidorli yoshlarning eng yaxshi gʻoya va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish;

turli soha, ilm-fan va kasblarni oʻrgatishga ixtisoslashgan onlayn “Ustoz” loyihasini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil davomida

Yoshlar ishlari agentligi jamgʻarmasi mablagʻlari hamda ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

82.

Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish.

1.Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish.

Bunda, chet tillarini oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, mavjud nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

2.Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha yuqori ball olgan yoshlarga respublika hududida faoliyat yuritayotgan xorijiy tashkilotlarda stajirovka oʻtashni tashkil etish boʻyicha koʻmaklashish.

2024-yil davomida

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

83.

Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual oʻyinlar hamda chet tillarini oʻrganishga jalb etish orqali yoshlarning iqtidorini rivojlantirish.

Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual oʻyinlar hamda chet tillarini oʻrganishga jalb etish orqali 800 ming nafar yoshlarning iqtidorini rivojlantirish.

Bunda:

“Zakovat”, “Shaxmat”, “Munozara” va boshqa shu kabi intellektual oʻyinlarga yoshlarni jalb etish;

chet tillarini ommalashtirishga koʻmaklashuvchi “Ibrat farzandlari” loyihasini rivojlantirish va uning doirasida “Ibrat academy” mobil ilovasini takomillashtirish, “Ibrat — tillar oromgohi”, “Xorijiy tillar marafoni”larini oʻtkazish;

yangicha yondashuv asosida kitobxonlikni keng targʻib qilishga qaratilgan “Mutolaa” loyihasini amalga oshirish;

yoshlarning innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ularning ilm-fan, taʼlim va innovatsiya bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratish.

2024-yil davomida

Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

Ijro uchun asosiy masʼul — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A.Bekmurodov)

84.

Isteʼdodli yoshlarshi xorijning eng nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish.

Isteʼdodli 500 nafar yoshlarni xorijning eng nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish boʻyicha tanlov oʻtkazish. Bunda:

xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarida qatnashish maqsadida Jamgʻarma tomonidan ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qilish va oʻtkazish;

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bogʻliq yangiliklarni yoshlar orasida keng targʻib etishga qaratilgan seminarlar tashkil etish;

stipendiya tanlovi gʻoliblarini xorijiy davlatlarga taʼlim olishga yuborishni tashkil etish.

2024-yil davomida

“El-yurt umidi” jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

A. Musayev,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

85.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish boʻyicha ishlarni davom ettirish.

Davlat organlari rahbarlari va yoshlarning toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqotini yoʻlga qoʻyish maqsadida “Rahbar va yosh xodimlar”, “Deputat va yoshlar”, “Tadbirkorlar va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etish.

2024-yil iyundan boshlab aniq reja-grafik asosida

vazirlik va idoralar,

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov

32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

86.

Yoshlarning bandligini taʼminlash.

300 ming nafar yoshlarning bandligini taʼminlash. Bunda:

2024-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

J. Abruyev

ijtimoiy himoyaga muhtoj va “ogʻir” toifadagi yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritish va ularning muammolarini hal etish;

2024-yil fevral — aprel

ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar koʻrsatish, jumladan, subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordam ajratish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

33-maqsad: Yoshlar oʻrtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

87.

“Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish orqali 15 ming nafar iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash.

1. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida platformaning professional kurslarida yoshlarni taʼlim olishini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

2. Platformada taʼlim oladigan yoshlar qamrovi boʻyicha Hududlar kesimida samaradorlik koʻrsatkichlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

3. Platforma imkoniyatlari va undan samarali foydalanish boʻyicha hududlardagi taʼlim tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda keng targʻibot ishlarini amalga oshirish.

2024-yil mart

4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida eng yaxshi natija koʻrsatgan yoshlar va ishtirokchilarni munosib ragʻbatlantirib borish.

2024-yil dekabr

34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

88.

Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish.

Mahallalar va taʼlim muassasalarida sport turlari boʻyicha ommaviy sport musobaqalari qamrovini 10 mln nafarga yetkazish. Bunda:

mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida;

umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida;

professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida;

oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish.

2024-yil aprel — dekabr

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

Aholining yosh toifalari boʻyicha barcha hududlarida har yili jismoniy tayyorgarlik sinovlarini oʻtkazish.

2024-yil davomida

89.

Sport bilan shugʻullanishga jalb qilingan aholi ulushini oshirish.

Aholini sport turlariga jalb qilish orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini 26 foizdan 28 foizga yetkazish. Bunda:

hududlarda aholining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

mahallalarda aholining ommaviy sport bilan shugʻullanishlari uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan taʼminlash.

2024-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

90.

Mahallalarda sport maydonchalarini barpo etish.

Mahallalarda 400 ta sport maydonchalarinibarpo etish. Bunda:

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalar roʻyxatini shakllantirish hamda qurish ishlarini boshlash;

olis va chekka hududdagi mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sport maydonchalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda bu orqali aholining sport bilan shugʻullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

2024-yil davomida

Sport vazirligi mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari

91.

Sportning milliy turlari, xususan, milliy kurash va belbogʻli kurashni aholi oʻrtasida yanada ommalashtirish.

Milliy kurash va belbogʻli kurash boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida, oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida umummilliy musobaqalarni tashkil qilish.

2024-yil davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablagʻlar hamda ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

92.

Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga koʻra olimpiya sport turlari boʻyicha sport seksiyalarini tashkil etish.

Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga koʻra olimpiya sport turlari boʻyicha 450 ta sport seksiyalarini tashkil etish. Bunda:

oliy taʼlim muassasalarida jismoniy madaniyat va sport taʼlimi yoʻnalishida taʼlim olayotgan 3-4 kurs talabalari hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalaridasportchilarni munosib tayyorlagan umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari bazasini shakllantirish;

sport maktablarida shugʻullanish uchun davlat xizmatlari markazi orqali hujjat topshirgan fuqarolarning murojaatlari asosida sport guruhlarini shakllantirish;

sport guruhlarini trener lavozimiga ishga qabul qilingan talabalar va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga biriktirish.

2024-yil davomida

-

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

93.

Razryadli va unvonli sportchilar sonini oshirish.

Razryadli va unvonli sportchilar sonini 30 ming nafarga yetkazish. Bunda:

“ERP-Sport” yagona elektron boshqaruv tizimini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish;

sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini taʼminlash;

sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish hamda 16 yoshga toʻlmagan ariza beruvchilar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan ariza berish imkoniyatini yaratish.

2024-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

94.

Sport sohasida oliy maʼlumotli xodimlar ulushini oshirish.

Bunda:

Jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilarini tizim tashkilotlariga ishga yoʻnaltirish;

jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlashning zamonaviy tizimini joriy qilish;

sport taʼlimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibini bosqichma-bosqich oshirish.

2024-yil davomida

-

Jismoniy tarbiya va sport universiteti

R. Matkarimov

95.

Sport sohasida ilmiy tadqiqot va izlanishlarni rivojlantirish.

Sport sohasini rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqot va izlanishlar sonini 60 taga yetkazish. Bunda:

xorijiy sport ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni kengaytirish;

sport sohasida, jumladan sport biomexanikasi, fiziologiyasi hamda farmakologiyasi boʻyicha 3 ta fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;

aholining yosh xususiyatidan kelib chiqib, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini ilmiy asosda oʻrganish va tavsiyalar ishlab chiqish;

sport sohasidagi xalqaro va mahalliy tashkilotlarning olimlari, mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va anjumanlar, tanlovlar oʻtkazish.

2024-yil dekabr

Tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik xayriya va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti

M. Mirjamolov

37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

96.

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyalar va ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritish uchun zarur sharoitlarni yaratish.

140 ta litsenziyalarni qoʻlga kiritish choralarini koʻrish. Bunda:

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzolarinioʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va musobaqalarda ishtirokini taʼminlash;

mamlakatimizda xalqaro darajada sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha aniq choralarni belgilash;

milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlashda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini “ERP-Sport” elektron platformasida shakllantirishni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil sentabr

Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari,

homiylik va xayriya mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi

O. Kasimov,

Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi

M. Tashxodjayev

38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasi (U. Gʻafurov)

97.

Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy gʻoya asosida birgalikda kurashish hamda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng targʻib qilish maqsadida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlari tarjimasini amalga oshirish, ular asosida risolalar yaratish.

1. Malakali islomshunos olimlardan iborat tarjimonlar guruhini tuzish.

2024-yil mart

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Imom Termizi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

2. Tarjima qilinadigan aarlar roʻyxatini shakllantirish va tarjimasini amalga oshirish.

2024-yil avgust

Ijro uchun asosiy masʼul — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov)

98.

Oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirish boʻyicha yangi yondashuvlarni joriy qilish.

Jamiyatda zamonaviy bilimlarni oshirishga qaratilgan qiziqarli test savollarini (tarixiy, maʼnaviy, ijtimoiy, siyosiy va h.k.) oʻz ichiga olgan yutuqli oʻyin va viktorinalarning maxsus platformasini, ularning mobil ilovasini yaratish.

2024-yil davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari va homiylik mablagʻlari doirasida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Madaniyat vazirligi

O. Nazarbekov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

Ijro uchun asosiy masʼul — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov)

99.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Bunda, har bir taʼlim muassasasi va mahallalarda vatanparvarlik, xalq birdamligi, Vatanga muhabbat tuygʻusini oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazib borish.

2024-yil davomida reja-grafikka asosan

Tashkilotlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

K. Kuranbayev,

Mudofaa vazirligi

B. Kurbanov,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev

Ijro uchun asosiy masʼul — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov)

100.

Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda sotsiologik tadqiqotlar rolini oshirish.

1. Maʼnaviy-mafkuraviy ishlarni tashkil etishda xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish.

2024-yil mart — iyul

Ijrochilar mablagʻlari

-

2. Xorijiy ilmiy safarlar, stajirovkalar tashkil qilish.

Alohida reja asosida

3. Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkaziladigan hududlarni tanlash hamda tadqiqotlar dasturi va reja-jadvalini ishlab chiqish.

2024-yil aprel-may

4. Toʻplangan tajriba asosida hududlarda sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirish.

2024-yil may-oktabr

5. Oʻtkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish.

2024-yil iyul-dekabr

101.

Oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirish.

Yoshlarda milliy musiqa sanʼatiga qiziqishlarini yanada kuchaytirish, milliy mumtoz musiqaning boy mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish maqsadida mahallalarda “Maʼnaviyat sadosi” nomli milliy maqom va mumtoz musiqa kechalarini uyushtirib borish.

2024-yil davomida

-

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

K. Kuranbayev,

Madaniyat vazirligi

O. Nazarbekov

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X.Umarova)

102.

Xorijiy mamlakatlarda faoliyat koʻrsatayotgan oʻzbek tili oʻqituvchilarining masofaviy shaklda malakasini oshirish, ularga uslubiy yordam berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Xorijda faoliyat koʻrsatayotgan oʻzbek tili oʻqituvchilari malakasini oshirishga moʻljallangan oʻquv-dasturini ishlab chiqish.

2024-yil sentabr

Hisob-kitobga asosan Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

2. Xorijda faoliyat koʻrsatayotgan oʻzbek tili oʻqituvchilarining roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil oktabr

3. Xorijda faoliyat koʻrsatayotgan oʻzbek tili oʻqituvchilarining masofaviy shaklda malakasini oshirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil noyabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

103.

Yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilish.

1. Yoshlarning bilim olishga va kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini ragʻbatlantirish maqsadida “Kitob — koʻngil bulogʻi” tanlovlarini oʻtkazish.

2. “Kitob — kamolot kaliti” Respublika kitob koʻrgazmasini tashkil etish.

2024-yil davomida

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari

-

39-maqsad: Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

104.

Buxoro shahrida Turkiy tilli davlatlar yosh ijodkorlari anjumanini oʻtkazish.

1.Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlardan 2-3 nafardan yosh ijodkorlarini anjumanga taklif etish.

2. Buxoro shahridagi madaniyat maskanlari, taʼlim muassasalari, shuningdek, tarixiy obidalar hududida turli ijodiy uchrashuv va muloqotlar, davra suhbatlari tashkil qilish.

2024-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Buxoro viloyati hokimligi

B. Zaripov

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov)

105.

Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish.

Har yili dunyoda eng koʻp mutolaa qilingan, shuningdek davlatimiz tadrijiy rivojlanishiga taalluqli 100 ta eng yaxshi badiiy asarlarni tarjima qilish va kutubxonalarga yetkazish.

2024-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va homiylik mablagʻlaridan

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev

40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

106.

Zamonaviy teatr va sirk sanʼati yoʻnalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish.

1. Davlat teatrlari va sirk jamoalarini xalqaro festival va gastrollarga yuborilishini tashkil etish.

2. Davlat teatrlarida va sirkda faoliyat yuritayotgan ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlarning nufuzli teatr va sirklarida mahoratini oshirish.

2024-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va homiylar mablagʻlari

-

3. Davlat buyurtmasi asosida davlat teatrlarida yangi spektakllarni sahnalashtirish.

4. Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarga 3,6 mln nafar tomoshabinni jalb qilish.

5. Joylarda oʻtkaziladigan sirk tomoshalari sonini 550 taga oshirish.

2024-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va homiylar mablagʻlari

-

41-maqsad: Oʻzbek milliy sanʼatini jahon sahnalarida keng targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

107.

Oʻzbek milliy sanʼatini jahon sahnalarida keng targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish.

1. Respublikada xalqaro festivallar, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

2. Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan namoyish etiladigan madaniy tadbirlar va festivallarga 10 mln nafar tomoshabinlarni jalb etish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida reja asosida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,

homiylar mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

A.Djurabayev

1. Madaniyat va sanʼat tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xususan ilmiy darajali va unvonli kadrlar sonini 10 nafarga koʻpaytirish choralarini koʻrish.

2. Madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablarini tashkil etish.

2024-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar,

homiylar mablagʻlari

-

108.

Madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor yoshlarni saralash, ular uchun ijodiy maydon yaratish hamda yangi isteʼdodlarni kashf etish.

1. Hududlarda ijodkor yoshlar uchun madaniyat va sanʼat yoʻnalishida “Yangi Oʻzbekiston isteʼdodlari” tanlovining Nizomini ishlab chiqish.

2. Yangi Oʻzbekiston isteʼdodlari” tanlovini oʻtkazish.

3. Tanlov orqali saralab olingan ijodkor yoshlarni davlat tadbirlariga jalb qilish hamda ularning ijodini ommaviy axborot vositalari orqali keng targʻib qilish.

2024-yil davomida

Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻ doirasida

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

A. Djurabayev,

Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi

Sh. Qudratxoʻja,

Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov)

109.

Arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va muzeylashtirish.

1. 110 ta arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

2. 3 ta arxeologiya yodgorliklarini konservatsiya va muzeylashtirish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

-

110.

Madaniy meros obyektlarida restavratsiya va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish hamda muzeylarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini xalqaro standartlarga moslashtirish, ekspozitsiyalarini yangilash choralarini koʻrish.

1.Respublikadagi 123 ta madaniy meros obyektlarida restavratsiya va taʼmirlash tiklash ishlarini amalga oshirish.

2. Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini 500 ming donaga oshirish.

3. Davlat muzeylariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini 4 mln nafarga oshirish.

4. Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining 80 nafarining malakasini oshirish.

2024-yil davomida

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

111.

Yoshlar orasida ilmiy-ratsional dunyoqarashning sayozlashganligi, ular orasida ilmiy tadqiqot va ilmiy izlanishlarga qiziqishni oshirish maqsadida ilmiy-ommabop nashrlar soni va sifatini oshirish.

1. Ilmiy qarashlar va bilimlarni sodda tilda ilmiy-ommabop formatda internet nashr, kitob, jurnal, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa, kanallarda chop etish va eʼlon qilishga jalb etishga imtiyozlar tizimini yaratish masalasini koʻrib chiqish.

2024-yil may

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov

2. Har bir aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi doirasida yoshlar va keng aholi uchun moʻljallangan elektron jurnallari va ularning barcha mashhur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini tashkil etish.

2024-yil iyun

3. Ilmiy-ommabop formatda nashrlar soni va sifatini oshirish, mazkur yoʻnalishda tashkiliy-moliyaviy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.

2024-yil noyabr

43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼullar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

112.

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish.

Nukus shahri va viloyatlar markazida joylashgan madaniyat va istirohat bogʻlarida 1 tadan zamonaviy yozgi kinoteatr va book-kafelar faoliyatini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida yoʻlga qoʻyish.

2024-yil davomida

Homiylik va xayriya mablagʻlari, loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari

-

Ijro uchun asosiy masʼullar — Badiiy akademiya (A. Nuriddinov)

113.

Tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish.

1. Nukus shahri, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida ijodkorlarning 250 ta doimiy koʻrgazmalarini tashkil qilish.

2024-yil davomida

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,

homiylik xayriya mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

2. Haykaltaroshlik sanʼatini rivojlantirish hamda ushbu yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Oʻzbekiston Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi”ni oʻtkazish.

2024-yil avgust

44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼullar — Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

114.

Milliy kinematografiyani keng targʻib qilish hamda dunyodagi eng ommabop Internet platformalariga milliy filmlarni joylashtirish.

1. 2024-yil davomida nufuzli va reytingi baland xalqaro onlayn platformalarining talablariga mos ravishda davlat buyurtmasi asosida kamida 5 ta filmlarni ishlab chiqish yoki mavjud filmlarni moslashtirish.

2. Onlayn platforma ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borish va filmlarni joylashtirish choralarini koʻrish hamda uning keng targʻibotini amalga oshirish.

3. 2024-yil davomida jahonning eng nufuzli 5 ta xalqaro kinobozor va kinofestivallarida ishtirok etish.

4. Taʼlim tashkilotlari uchun 10 dona oʻquv-uslubiy filmlar yaratish.

2024-yil davomida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

-

115.

Milliy qahramonlar haqida multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish.

1. Multiplikatsion film va seriallarning ssenariysini ishlab chiqish.

2. Multiplikatsion film va seriallarning namoyishini tashkil etish.

2024-yil davomida

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻla doirasida

-

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r.

Vazifa

Amaliy chora-tadbir

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH

45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirib, “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri — J. Qoʻchqorov

1.

Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash.

2024-yilda yalpi ichki mahsulot oʻsish surʼatlarini 6 foizdan kam boʻlmagan darajada taʼminlash.

Bunda, sanoat mahsulotlari oʻsishini 7 foiz, bozor xizmatlari — 14,9 foiz, qishloq xoʻjaligi — 4 foiz, qurilish — 6,3 foiz darajasida taʼminlash.

Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashdagi asosiy shartlar:

konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining YAIMga nisbatini 4 foizdan yuqori boʻlmasligini taʼminlash;

eksport hajmi oʻsishini 25 foiz darajasida taʼminlash.

2024-yil davomida

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Markaziy bank

M. Nurmuratov

Ijro uchun asosiy masʼul — Markaziy bank (M. Nurmuratov)

2.

Tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif muvozanatini taʼminlash orqali 2024-yilda yillik inflyatsiya darajasining 9 foizdan oshmasligini taʼminlash.

2024-yilda:

inflyatsiya darajasi 9 foiz atrofida boʻlishini taʼminlash maqsadida pul-kredit sharoitlarini 2024-yilda ham nisbatan qatʼiy fazada saqlab qolish;

pul bozorida ijobiy 3-4 foizlik real stavkalar shakllanishini taʼminlash. Bunda, zarur hollarda likvidlikni jalb qilish instrumentlari hajmlarini oshirish;

iqtisodiyotda ajratiladigan kreditlar oʻsish surʼati YAIM nominal oʻsishi doirasida boʻlishini taʼminlash;

inflyatsiya kutilmalarini pasaytirish va ularni inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlari doirasida jilovlashda kommunikatsion siyosatni takomillashtirib borish;

asosiy turdagi tovar va xizmatlar narxlarini hududlar boʻyicha kuzatib borish, ularga taʼsir koʻrsatgan omillarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

3.

Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar tarkibida muammoli kreditlarni kamaytirish orqali bank tizimida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash.

Muammoli kreditlarning oldini olish va salmogʻini kamaytirish maqsadida banklar tomonidan ularning kredit siyosatiga:

tijorat kreditlari foiz stavkasini 2-3 foizga kamaytirish;

banklarning kreditlash mezonlari (iqtisodiy asoslanganligi, qarz yuki va taʼminotiga qoʻyilgan minimal talablar);

investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ushbu loyiha tashabbuskori tomonidan loyiha qiymatining kamida 30 foizi miqdorda oʻz mol-mulki va mablagʻlari bilan ishtiroki asosida amalga oshirilishi boʻyicha tegishli oʻzgartirishlarni kiritish.

2024-yil mart

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Qudratov

46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov)

4.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining 2024-yilda YAIMga nisbatan 4 foizdan oshmasligini taʼminlash.

Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi oshib ketishining oldini olish maqsadida:

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan qoʻshimcha xarajatlar faqat qoʻshimcha daromad manbai mavjud boʻlganda yoki boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshirilishini nazorat qilish;

loyihalarni moliyaviy ekspertizadan oʻtkazishda, loyihalarda nazarda tutilgan tadbirlarning Davlat budjetida ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish.

2024-yil davomida

-

-

5.

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish.

1. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimini joriy etish.

2. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish.

3. Bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etilishini taʼminlash.

2024-yil mart

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

6.

Budjet jarayonlarining shaffofligini yanada oshirish choralarini koʻrish.

Bunda, quyidagi masalalar boʻyicha keng jamoatchilik tomonidan ochiq maʼlumotlarni olish imkoniyatini yaratish:

budjet, budjet jarayoni va uning jamiyatga koʻrsatadigan taʼsiri tahlili;

turli darajalardagi va hududlar budjetlari oʻrtasida daromadlar va xarajatlar taqsimlanishi;

soliqlardan hududlar budjetlariga tushadigan ajratmalar, subvensiyalar va boshqa budjetlararo transfertlar miqdorlari;

davlat budjetida nazarda tutilgan nafaqalar, pensiyalar miqdorlari.

2024-yil sentabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (B. Xodjayev)

7.

2030-yilgacha yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 1 mln donaga yetkazish dasturini amalga oshirish.

1. Mahalliy avtomobilsozlik sanoatida barcha mavjud va yangi ishlab chiqaruvchilarga shaffof va teng sharoitlarni yaratish.

2024-yil mart

-

“Oʻzavtosanoat” AJ

U. Rozukulov

2. Jizzax viloyatida Xitoyning “BYD” kompaniyasi bilan hamkorlikda 10 mingta elektromobil va gibrid avtomobillarni toʻliq siklda ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish.

2024-yil davomida

3. Mahalliy avtomobilsozlik korxonalari tomonidan 2024-yilda 450 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarishga erishish.

4. Jizzax viloyatida “ADM Jizzakh” korxonasi negizida Koreyaning “KIA” brendi ostida avtomobillarni toʻliq siklda ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish.

2024-yil dekabr

5. Andijon viloyatida “Metall buyumlarni quyish zamonaviy sexini ishga tushirish” loyihasining 2-bosqichini ishga tushirish.

2024-yil may

6. “Oniks” va “Treker” avtomobillarining mahalliylashtirish darajasini oʻrtacha 55 foizga, milliy traktor — kamida 35 foizga, osma texnika va tirkamalar — 60 foizga yetkazish.

2024-yil dekabr

8.

Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini oshirish, elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda ushbu sohaga investitsiyalarni jalb qilish.

Ohangaron sanoat zonasida 120 mln dollarlik 5 ta loyihani ishga tushirish hamda 25 ming tonna misdan kabel va 1,5 mingta transformator ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

M. Yunusov,

Toshkent viloyati hokimligi

Z. Mirzayev

Buxoro shahrida 120 mln dollarlik texnoparkni ishga tushirish va 25 mln dollarlik maishiy texnikalarni mahalliylashtirish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

M. Yunusov,

Buxoro viloyati hokimligi

Z. Mirzayev

Qoʻshimcha 350 mln dollarlik mahalliylashtirilgan elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish.

2024-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

M. Yunusov

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov)

9.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 100 trln soʻmdan oshirish.

2024-yilda oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish chora-tadbirlar dasturini qabul qilish.

Bunda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasini 25 foizdan oshirish, jumladan, meva-sabzavotni 3,2 mln tonnaga, goʻshtni 450 ming tonnaga, sutni 3 mln tonnaga hamda oziq-ovqat mahsulotlari ulushini 40 foizga yetkazishni nazarda tutish.

2024-yil mart

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

A. Xaydarov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Sirdaryo viloyati hokimligi

A. Maxmudaliyev

48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov)

10.

Hududlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish uchun yangi investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish.

1. Loyiha guruhlari tomonidan hududlarning mavjud xomashyo salohiyati va imkoniyatlarini chuqur tahlil qilish.

2. Hududlarning ixtisoslik drayveridan kelib chiqqan holda yirik, oʻrta va kichik loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

3. Konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda biznes rejalarni ishlab chiqish.

4. Yangi loyiha takliflarini xorijiy va mahalliy investorlarga taqdim qilish.

5. Yangi loyihalarni ishga tushirish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash.

2024-yil davomida

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

11.

Hududlarda mavjud mineral xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida istiqbolli maydonlarda qimmatbaho, rangli va noyob metallarga geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish.

Nufuzli xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda kamida 10 ta xorijiy investitsiya loyihasi doirasida kon zaxiralarini baholashda ilgʻor xalqaro standartlarni joriy qilish.

Tadbirkorlik subyektlariga qimmatbaho, rangli, noyob metallar hamda noruda kon va uchastkalariga (jami kamida 200 ta) yer qaʼridan foydalanish ruxsatnomalarini shaffof mexanizmlar asosida onlayn auksion orqali taklif etish.

2024-yil dekabr

Xorijiy va mahalliy investitsiyalar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortiqov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (B. Xodjayev)

12.

“Yoshlik-I” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida 60 mln tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-mis boyitish fabrikasini toʻliq ishga tushirish.

1. 3-mis boyitish fabrikasi uchun asosiy texnologik uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish, oʻrnatish va montaj qilish ishlarini yakuniga yetkazish.

2024-yil sentabr

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

(xorijiy bank kreditlari va oʻz mablagʻlari)

“Olmaliq KMK” AJ

A. Xursanov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov

2. Rudani qayta ishlash yillik quvvati 60 mln tonna boʻlgan 3-mis boyitish fabrikasini foydalanishga topshirish.

2024-yil oktabr

13.

“Navoiy KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolish” investitsiya loyihasini amalga oshirish.

1. “Navoiy KMK” AJ mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini barqarorlashtirish maqsadida kerakli asbob-uskuna va texnikalarni xarid qilish shartnomalarini imzolash.

2024-yil sentabr

Texnik-iqtisodiy asosnomaga muvofiq

(xorijiy bank kreditlari va oʻz mablagʻlari)

“Navoiy KMK” AJ

Q. Sanaqulov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov

2. Tegishli ekspertiza jarayonlarini oʻtkazish va uskunalarni bosqichma-bosqich ishlab chiqarishga joriy etish.

Bunda, xorijiy tijorat banklari kreditlarini jalb qilish.

2024 — 2026-yillarda

14.

“Oʻzmetkombinat” AJ da yiliga 1 mln tonna issiq holda prokatlangan list oʻramlar ishlab chiqarish quvvatiga ega Quyuv prokatlash majmuasini qurish.

1. Majmuani qurilish-montaj ishlarini yakunlash.

2024-yil sentabr

Texnik-iqtisodiy asosnomaga muvofiq

(xorijiy bank kreditlari va oʻz mablagʻlari)

“Oʻzmetkombinat” AJ

R. Pirmatov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov

2. “Quyuv prokatlash majmuasini qurish” loyihasini foydalanishga topshirish.

2024-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

15.

Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini koʻpaytirish.

Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish dasturini tasdiqlash.

2024-yil mart

Yillik dastur doirasida ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

B. Xodjayev

49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov)

16.

Iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish orqali hududlarning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish.

309 ta yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish orqali 36 mingta yangi ish oʻrinini tashkil etish.

2024-yil davomida

Xorijiy investitsiyalar

-

17.

Yirik va salohiyatli xorijiy investorlarni Oʻzbekistonga keng jalb etish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar oqimini koʻpaytirish.

1. Xorijiy investorlarga taklif etish uchun istiqbolli loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

-

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi

L. Kudratov

2. Xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari toʻgʻrisida taqdimot materiallarini tayyorlash.

2024-yil aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortiqov

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

3. AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya va Shvetsiya davlatlarining salohiyatli kompaniyalari bilan uchrashuvlar reja-jadvalini tasdiqlash.

2024-yil mart

4. “Road show” va biznes forumlar orqali xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari boʻyicha taqdimotlar oʻtkazish.

Reja-jadvaliga muvofiq

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortiqov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

5. Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisiga puxta tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-yil may

18.

Istiqbolli loyihalarga salohiyatli investorlarni jalb etish va manzilli loyihalarning qoʻshimcha roʻyxatini shakllantirish.

1. 41 ta istiqbolli loyiha boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarni, loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqib, xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlariga taqdimot qilish.

2024-yil aprel

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari

2. Istiqbolli loyihalar boʻyicha salohiyatli xorijiy investorlar bilan kelishuvlarga erishish va ularni amalga oshirish bosqichlarini nazarda tutuvchi “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

2024-yil 1-iyul

19.

Xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalarning grant mablagʻlarini jalb qilishni jadallashtirish.

1. 2024-yilda 1 mlrd dollarlik grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha kelishuvlarga erishish (bitimlar va memorandumlar imzolash).

2024-yil davomida

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

mahalliy hokimliklar

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchilari

2. Grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha rejalarni Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilariga sohalar kesimida taqsimlab berib, jalb qilingan grant mablagʻlari boʻyicha hisobotlarini eshitib borish.

2024-yil davomida har oyda

50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Markaziy bank (M. Nurmuratov)

20.

Lizing xizmatlari bozori samaradorligini oshirish.

1. Lizing xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish borasida vakolatli organni belgilash.

2. Lizing xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarga oid yagona reyestr yuritishni joriy etish.

3. Lizing xizmatlarini koʻrsatishni xabardor qilish tartibida amalga oshirish faoliyat turiga oʻtkazish.

2024-yil iyun

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

21.

Respublika boʻylab qoʻshimcha 1270 MVt quvvatli quyosh fotoelektr va 200 MVt quvvatli shamol elektr stansiyalarini, shuningdek, mikro va kichik GESlarni ishga tushirish.

1. Toshkent viloyatida quvvati 200 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish.

2024-yil oktabr

“ACWA Power”

(Saudiya Arabistoni) mablagʻlari

“Milliy elektr tarmoqlari” AJ

D. Isaqulov,

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

A. Sanginov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2. Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida quvvati 300 MVt boʻlgan (II faza) quyosh fotoelektr stansiyasini toʻliq quvvatda ishga tushirish.

2024-yil noyabr

China Gezhouba

(XXR) mablagʻlari

3. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida quvvati 300 MVt boʻlgan (II faza) quyosh fotoelektr stansiyasini qurish.

2024-yil noyabr

China Gezhouba

(XXR) mablagʻlari

4. Namangan viloyati Pop tumanida quvvati 250 MVt boʻlgan (I faza) quyosh fotoelektr stansiyasini qurish.

2024-yil dekabr

Tepelen Group

(Shveysariya) mablagʻlari

5. Navoiy viloyati Tomdi tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan (I faza) quyosh fotoelektr stansiyasini qurish.

2024-yil dekabr

Tepelen Group

(Shveysariya) mablagʻlari

6. Navoiy viloyati Tomdi tumanida quvvati 200 MVt boʻlgan (II faza) shamol elektr stansiyasini qurish.

2024-yil dekabr

Masdar

(BAA) mablagʻlari

7. Respublika gidrosalohiyatidan oqilona foydalanish darajasini oshirish loyihasi doirasida umumiy quvvati 54,8 MVt boʻlgan mikro va kichik GESini ishga tushirish.

2024-yil yakuniga qadar

Tashabbuskorlar mablagʻlari

22.

Hududlarda umumiy quvvati 350 MVt boʻlgan kichik quvvatli quyosh panellarini oʻrnatish.

Ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralariga 60,9 MVt, tadbirkorlik subyektlariga 175,7 MVt, aholi xonadonlariga 102,2 MVt, koʻp qavatli turar joylarga 8,0 MVt boʻlgan kichik quvvatli quyosh panellari oʻrnatish.

2024-yil yakuniga qadar

Tashabbuskorlar mablagʻlari, bank kreditlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

Sh. Xodjayev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

B. Xodjayev

23.

Sanoat tarmoqlari korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan va tashkiliy texnik tadbirlarni oʻz ichiga olgan dasturiy taʼminotni yaratish.

1. Sanoat tarmoqlari korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida energiya sigʻimi yuqori boʻlgan korxona va tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil mart

Energetika vazirligi huzuridagi energiya tejamkorlik jamgʻarmasi

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Energiya sigʻimi yuqori boʻlgan korxona va tashkilotlarda yoqilgʻi-energiya resurslari isteʼmolini tahlil qilib boruvchi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha nazorat qiluvchi dasturiy taʼminotni yaratish yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil sentabr

3. Tasdiqlangan texnik topshiriq asosida dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, energiya sigʻimi yuqori boʻlgan korxonalar va ijtimoiy soha obyektlarida test rejimida qoʻllash.

2024-yil dekabr

24.

Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatish va tarmoqqa ulash tartib-taomillarini keskin soddalashtirish.

Yuridik shaxslar tomonidan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatish va tarmoqqa ulash uchun ruxsat olish jarayonlarini kamida 1 oygacha tushirish.

2024-yil aprel

-

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

U. Mustafayev,

Kadastr agentligi

F. Pulatov,

Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi

A. Ortikov

Ijro uchun asosiy masʼul — Markaziy bank (M. Nurmuratov)

25.

“Yashil kreditlar”ni jalb qilish va moliya bozorini tartibga solishda ESG tamoyillarini joriy qilish.

Banklarning kredit portfellarini diagnostika qilish va dekarbonizatsiya boʻyicha ustuvorliklarni aniqlash va ESG risklarini boshqarish uchun konsalting kompaniyalarini jalb qilish. Bunda:

banklarning kredit va investitsion portfellarini “yashillashtirish”;

xalqaro miqyosda banklarning mavqeyini oshirish;

xalqaro moliya institutlari hamda Yashil iqlim jamgʻarmasi orqali iqlimni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish.

2024-yil iyun

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi (I. Maxkamov)

26.

Jamoat transportini ekologik toza yoqilgʻiga oʻtkazish.

1. Samarqand shahri jamoat transporti uchun 100 ta elektrobusni xarid qilish choralarini koʻrish.

2024-yil iyul

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Toshkent shahar va Samarqand viloyati hokimliklari

2. Toshkent shahri jamoat transporti uchun qoʻshimcha 200 ta elektrobusni xarid qilish choralarini koʻrish.

2024-yil dekabr

27.

Koʻp qavatli uy-joylardagi xonadonlarni energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholashni tashkil etish.

1. Koʻp kvartirali uylardagi xonadonlarning energiya samaradorligini baholash tartibini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

Energetika sohasidagi tadbirlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov

2. Baholash tartibi asosida koʻp kvartirali uylarning energiya samaradorligini baholash boʻyicha qisqa va oʻrta muddatli chora-tadbirlar rejalarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil sentabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

28.

Ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan “yashil” davlat xaridlarini amalga oshirish boʻyicha davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish.

1. Davlat xaridlarini amalga oshirishda “Yashil” xaridlar uchun ustuvorlik belgilovchi huquqiy bazani yaratish.

2024-yil may

-

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

2. Davlat xaridlarini amalga oshirishda iqtisodiy va ekologik omillarning mutanosibligini hamda ushbu jarayonda jamoatchilikning ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlar va aholini zaruriy energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

29.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholisini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash.

1. “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 2024-yilda quyidagi geologik-texnik tadbirlarni amalga oshirish:

95 ta ishlatish qudugʻini burgʻilash;

81 ta quduqda murakkab turdagi kapital taʼmirlash ishlarini olib borish hisobiga ularni ishlab chiqarishga qaytarish;

42 ta texnologik tadbirni amalga oshirish.

2. Bajarilgan ishlar evaziga 29,3 mlrd metr kub tabiiy gazni qazib chiqarish.

2024-yil davomida

Korxonalar oʻz mablagʻlari va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kreditlar

“Oʻzbekneftgaz” AJ

B. Sidiqov,

“Sanoat Energetika guruhi” MCHJ XK

T. Yusupov,

mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar,

neft-gaz sohasidagi xususiy korxonalar

30.

Respublikada oʻsib borayotgan elektr energiyaga boʻlgan talabni qondirish maqsadida yangi generatsiya quvvatlarini yaratish.

1. Sirdaryo viloyatidagi 1 500 MVt quvvatli Sirdaryo-2 issiqlik elektr stansiyasining navbatdagi 500 MVt quvvatini;

2024-yil mart

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

B. Jurayev,

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

A. Sanginov

2. “Toshkent IEM”da 64 MVt quvvatli 2 ta gaz turbina qurilmasini ishga tushirish.

2024-yil mart

31.

Respublika hududidagi magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirish.

1. Quvvati 1 502 MVA boʻlgan 2 ta yuqori kuchlanishli podstansiyani va 465 km yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish;

2024-yil dekabr

Xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Milliy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari

“Milliy elektr tarmoqlari” AJ

D. Isaqulov,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

U. Mustafoyev

2. 5,5 ming km uzunlikdagi elektr taqsimlash tarmoqlari va 1,5 mingta transformator punktini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish.

2024-yil dekabr

32.

Respublika isteʼmolchilariga tabiiy gaz (past bosimli tarmoqlar) va suyultirilgan gaz yetkazib berishda monopoliyani bekor qilish, xususiy sektorni jalb qilish, energiya resurslarining bozor tamoyillarini joriy etish va resurslarning hisob-kitobini aniq yuritishni yoʻlga qoʻyish.

1. Tabiiy va suyultirilgan gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy sektorga oʻtkazish tartibini (nizom) ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil aprel

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

A. Kayumov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

2. Ishlab chiqilgan tartib asosida tabiiy gaz taqsimoti tizimi 2024-2025-yillarda xususiy sektorga oʻtkaziladigan “pilot” hududlarni aniqlash.

2024-yil may

3. Ushbu hududlardagi tizimni xususiy sektorga oʻtkazish yuzasidan salohiyatli kompaniyalar bilan oʻtkaziladigan muzokaralar natijasi boʻyicha aniq shartlar asosida gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy sektorga oʻtkazish.

2024-yil iyul

53-maqsad:Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi (I. Maxkamov)

33.

Milliy transport tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga mamlakatning barqaror iqtisodiy oʻsishini taʼminlash.

Mamlakatning global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini amalga oshirish.

Bunda:

Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 13,7 mln tonnaga yetkazish;

yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 12 foizga oshirish;

aviaqatnovlar sonini 40 foizga oshirish;

temir yoʻl xizmatlari hajmini 20 foizga oʻsishini taʼminlash;

Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga avtobus qatnovlari sonini 2 barobarga oshirish.

2024-yil yakuniga qadar

-

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Z. Narzullayev,

“Uzbekistan Airports” AJ

J. Umarxodjayev,

“Uzbekistan Airways” AJ

Sh. Xudaykulov

34.

Mamlakatda transport-ekspeditorlik faoliyatini rivojlantirish.

Mahalliy transport-ekspeditorlik tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qaror loyihasini kiritish.

Bunda:

mahalliy transport-ekspeditorlik tashkilotlari xizmatidan foydalanishni ragʻbatlantirish boʻyicha zarur sharoitlarni yaratish;

xalqaro tashishlarda mahalliy ekspeditorlarni qoʻllab-quvvatlash;

transport-logistika markazlari faoliyatini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

kiritiladigan depozit mablagʻlarining amaldagi miqdorini 4 barobarga hamda tashiladigan yillik kafolatlangan yuklar hajmini 2 barobarga kamaytirgan holda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan transport-ekspeditorlik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish tartibi nazarda tutiladi.

2024-yil mart

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi

L. Kudratov

35.

Hududlarda jamoat transporti tizimini rivojlantirish.

1. Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida muntazam avtobus yoʻnalishlarini bosqichma-bosqich brutto-shartnoma tizimiga oʻtkazish.

2024-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

2. Nukus, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Termiz, Guliston, Fargʻona, Nurafshon, Angren, Olmaliq shaharlarda muntazam avtobus yoʻnalishlarini bosqichma-bosqich brutto-shartnoma tizimiga oʻtkazish.

2024-yil dekabr

3. Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 900 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobusni xarid qilish va yoʻnalishlarga biriktirish.

2024-yil davomida grafik boʻyicha

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

4. Jamoat transportining 54 ta yangi yoʻnalishlar tarmogʻini tashkil etish.

2024-yil davomida

36.

Toshkent shahri jamoat transporti tizimini rivojlantirish.

1. Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimini joriy etish.

2024-yil mart

Bank krediti

Toshkent shahar hokimligi

Sh. Umurzakov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

2. Avtobuslar harakati ustuvorligini va piyodalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida uzunligi 29 km boʻlgan 8 ta asosiy transport koridorida (83 ta chorraha va 41 ta piyodalar oʻtish joyi) rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

3. Shahar atrofi hududlari jumladan, Nazarbek hududidan Chorsu va Paxtakor metro bekatigacha hamda Uch qaxramon hududidan Yunusobod dehqon bozori va Shahriston metro bekatigacha alohida ekspress avtobus yoʻnalishlarini tashkil qilish.

2024-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Toshkent metropoliteni uchun 11 ta yangi metro poyezdini (44 ta metro vagonini) xarid qilish.

2024-yil davomida

Xorijiy bank krediti

37.

Toshkent shahrida tirbandliklarning oldini olish va piyodalar xavfsizligini taʼminlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish:

2024-yil mart

Mahalliy budjet mablagʻlari

Toshkent shahar hokimligi

Sh. Umurzakov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

“Aqlli boshqaruv” tizimini joriy etish;

transport oqimini tahlil qilgan holda ayrim koʻchalarda bir tomonlama harakatni tashkil etish;

oliy taʼlim muassasalarida oʻqish vaqtlarini maqbullashtirish hisobiga tigʻiz vaqtlarda transportga boʻlgan yuklamani kamaytirish;

tigʻiz vaqtlarda katta hajmli va ogʻir vazinli yuk avtomobillarining harakatlanishini cheklash yoki tartibga solish;

transport oqimi yuqori boʻlgan chorrahalarda svetoforlar fazalarini qayta koʻrib chiqish;

255 ta chorraha va kesishmalarni muvofiqlashtirilgan svetofor boshqaruvi — “aqlli svetoforlar” tizimiga oʻtkazish;

kamida 10 ta koʻchada yoʻl boʻyi pullik toʻxtash joylarini tashkil etish;

shaharga kiruvchi asosiy avtomobil yoʻllarida vazn va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni tashkil etish.

2024-yil davomida

38.

Respublika havo kemalari parkini 80 taga yetkazish va aviatashuvlar hajmini 20 foizga oshirish.

1. Rezident aviakompaniyalar tomonidan havo kemalari olib kelinishini taʼminlash, shu jumladan lizing shartnomalari asosida 7 ta havo kemasini olib kelish yuzasidan amaliy choralarni koʻrish.

2. 3 ta yangi xalqaro yoʻnalish ochish hamda Toshkent shahrini viloyat markazlari bilan bogʻlovchi har kuni kamida 2 tadan reys qoʻyish.

2024-yil dekabr

Rezident aviakompaniyalar mablagʻlari

“Uzbekistan Airways” AJ

Sh. Xudaykulov,

rezident aviakompaniyalar

39.

“Andijon”, “Buxoro” va “Urganch” xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish.

1. “Andijon”, “Buxoro” va “Urganch” xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish boʻyicha loyihalar konsepsiyalari va loyiha baholash hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil iyul

-

“Uzbekistan Airports” AJ

J. Umarxodjayev

2. Davlat-xususiy sheriklik sohasida vakolatli davlat organiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish va boshqarish boʻyicha xalqaro tender eʼlon qilish.

2024-yil avgust

3. Tender natijalari boʻyicha davlat-xususiy sheriklik asosida shartnoma rasmiylashtirish.

Tender-natijalariga koʻra

40.

Respublika temir yoʻl vagonlar parkini yangilash va modernizatsiya qilish.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi ishlab chiqarish korxonalarida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 30 ta yangi zamonaviy yoʻlovchi vagonlarini ishlab chiqarish.

2024-yil noyabr

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ oʻz mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Z. Narzullayev

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

Sh. Vafayev

41.

Mamlakat temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish hamda elektrlashtirilgan temir yoʻllar ulushini oshirish.

1. “Oqkoʻprik” temir yoʻl stansiyasining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida qoʻshimcha temir yoʻllarini qurish.

2. Elektrlashtirilgan yuqori tezlikdagi “Navoiy — Buxoro” temir yoʻl liniyasining ikkinchi yoʻlini qurish (92,1 km) loyihasini yakunlash.

2024-yil dekabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari hamda jalb qilinadigan boshqa mablagʻlar

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Z. Narzullayev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

42.

Temir yoʻl sohasini raqamlashtirish.

1. Xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda Raqamli temir yoʻl strategiyasini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJoʻz mablagʻlari

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Z. Narzullayev

2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Yagona darcha” axborot tizimini Bojxona qoʻmitasining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2024-yil mart

3. Temir yoʻl chiptalarini mobil ilova va elektron toʻlov tizimlari orqali sotishni rivojlantirish, onlayn elektron tizim orqali sotish hajmini 70 foizga yetkazish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

43.

Avtomobil yoʻllari, shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari holatini yaxshilash.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi 2,7 ming kmdan ziyod umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash.

2. Hududlarda 10 ming kmdan ortiq shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalarini taʼmirlash.

3. Taʼmirtalab 110 dona koʻprik inshootlarini tiklash.

2024-yil davomida

Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

J. Tursunov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

44.

Davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtomobil yoʻllarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish.

1. “Toshkent — Andijon” pulli avtomobil yoʻlini qurish loyihasi doirasida xususiy sherikni tanlash boʻyicha tender hujjatlarini tayyorlash va xalqaro tender savdolarini eʼlon qilish.

2024-yil mart

-

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

J. Tursunov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

2. “Toshkent — Samarqand pulli avtomobil yoʻlini qurish loyihasi doirasida xususiy sherikni tanlash boʻyicha tender hujjatlarini tayyorlash va xalqaro tender savdolarini eʼlon qilish.

2024-yil avgust

45.

Avtomobil yoʻllarida transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida tajriba-sinov tariqasida piyodalar oʻtish yoʻlaklariga zamonaviy yoritgichlar oʻrnatish.

2. Aholi punktlarida piyodalar harakatlanishi uchun 150 km piyodalar yoʻlaklarini barpo etish.

3. 150 dan ortiq svetofor obyektlarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish.

4. Avtomobil yoʻllarida 37 mingdan ortiq yoʻl belgilarini oʻrnatish.

2024-yil davomida

“Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi,

Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

J. Tursunov

54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov)

46.

Hosildorlikni paxta boʻyicha oʻrtacha 45 — 50 sentnerga, gʻalla boʻyicha 80 — 100 sentnerga yetkazish.

Paxta va gʻalla ekinlari hosildorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Bunda,

klasterlarga xorijdan hosildorligi yuqori urugʻliklarni olib kirishga ruxsat berish;

paxtada 5 ta va gʻallada 8 ta yangi tezpishar, serhosil navlarni tanlash va joylashtirish;

tanlab olingan navlar maydonini har yili kamida 10 foizga kengaytirib borish;

zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va gʻalla maydonlarining 40-50 foizida joriy etish;

ilmiy tadqiqot muassasalari va agroklasterlar oʻrtasida shartnomalar tuzish, olimlarni agroklasterlarga biriktirish hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar berish;

tuproq unumdorligi past boʻlgan paxta maydonlarida almashlab ekish tizimini kengaytirishni nazarda tutish.

2024-yilaprel

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

47.

Quvvati 45ming tonna boʻlgan 11ta agrologistika markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish

1. Respublika hududlarida tashkil etiladigan agrologistika markazlari va saqlash korxonalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish;

2024-yil mart

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

mahalliy hokimliklar

2. Amalga oshiriladigan loyihalarda investitsiya mablagʻlarining oʻzlashtirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha oylik monitoring oʻrnatish.

3. Loyihalarni ishga tushirishda yuzaga keladigan muammolarni oʻrganish va bartaraf etish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

48.

Chorvachilikda yillik oʻsish surʼatini kamida 3,8 foizga yetkazish.

Chorvachilikda oʻsish surʼatini oʻrtacha 3,8 foizga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Bunda,

qoramollar bosh sonini 14,1 mln boshga, qoʻy-echkilar bosh sonini 24,5 mln boshga,

goʻsht ishlab chiqarishni 2,7 mln tonnaga (tirik vaznda), sut — 12,7 mln tonnaga yetkazish;

9 mlrd dona tuxum ishlab chiqarish;

naslli va zoti yaxshilangan mahalliy qoramollar ulushini 70 foizga yetkazish;

250 ta chorvachilik subyektini naslchilik toifasiga oʻtkazish orqali naslchilik xoʻjaliklari sonini 1600 taga yetkazishni nazarda tutish.

2024-yil aprel

Tashabbuskorlar mablagʻlari va tijorat banklarning krediti

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

B. Norqobilov,

“Parrandasanoat” uyushmasi

B. Isayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

49.

Ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,2 barobarga, eksportni hajmini 1,5 barobarga oshirish.

1. 3,6 trln soʻmlik ipak mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Ipak mahsulotlarining eksportini 150 mln dollarga yetkazish.

2024-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi,

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi

O. Jumayev

50.

Agrar sohani zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

Agrar sohani zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish. Bunda:

agrar sohani zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalariga boʻlgan talabni aniqlash. Bunda, texnika taʼminoti past boʻlgan chorvachilik, sabzavot va polizchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishlarini rivojlantirishga alohida ustuvorlik berish;

qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliylashtirish darajasini oshirish;

agroklasterlar va fermer xoʻjaliklariga texnikalarni qulay kredit va lizing shartlari asosida yetkazib berish hamda kafolatli servis xizmatlarini tashkil etish.

2024-yil mart

Tijorat banklari kredit mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

“Oʻzavtosanoat” AJ

U. Roziqulov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

51.

Qishloq xoʻjaligida xavfli pestitsidlardan foydalanishni tartibga solish.

1. JSST va Pestitsidlarga qarshi kurashish xalqaro tashkilot (PAN) tomonidan oʻta va yuqori darajada xavfli deb topilgan pestitsidlarning oʻrniga muqobil vositalarni qoʻllash.

2. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini ruxsat etiladigan kimyoviy vositalar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida eʼtirof etish, roʻyxatni koʻrsatib oʻtilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda shakllantirish.

2024-yil iyun

-

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

52.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmini kamida 2,5 mlrd dollarga yetkazish.

Bunda:

“in-vitro” usulida 12 mln dona sertifikatlangan koʻchatlarni koʻpaytirish va meva-uzum yetishtiruvchilarga yetkazib berish;

sabzavot mahsulotlarini intensiv usulda yetishtirish koʻlamini 31 ming gektarga yetkazish;

zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda sabzavotdan gektariga oʻrtacha 350-450 sentner hosil olishni taʼminlash.

2024-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari,

Bogʻdorchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

I. Ergashev,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

53.

Mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish.

1. Agroklaster, dehqon va fermer xoʻjaliklari, biolaboratoriya va oʻsimliklar klinikalari mutaxassislari, aholi tomorqa yer egalar meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishda zararkunandalarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini qoʻllash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

Doimiy

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

I. Ergashev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi

M. Raxmatov

2. Xususiy sektor bilan hamkorlikda 13ta yangi oʻsimliklar klinikasini, aholi tomorqa yerlarida oʻsimliklarni himoya qilish xizmatlarini koʻrsatish uchun 200ta otryad tashkil etish hamda shu hisobdan 500ta yangi ish oʻrinini yaratish.

2024-yil mart-aprel

3. Aholi xonadonlarida biolaboratoriyalarning 400ta mavsumiy shoxobchasini tashkil etish orqali 1 200 ta yangi ish oʻrini yaratish.

2024-yil iyul

4. Respublika hududlarida katta iqtisodiy zarar keltirishi xavfi boʻlgan zararkunandalar boʻyicha feromonitoring yuritish.

2024-yil avgust

5. Tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga qoʻyilgan eksport talablari boʻyicha seminar, davra suhbatlarini tashkil etib borish.

Doimiy tarzda

6. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish boʻyicha xorijiy davlatlarning karantin xizmatlari bilan muzokaralar oʻtkazish hamda 20 ta davlatdan 250 turdagi meva-sabzavot mahsulotlari eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olish.

2024-yil davomida

54.

Tuproqni himoyalovchi agrotexnologiyalardan foydalanilishi, yer ustki qismini doimo qoplama bilan qoplanishi, tuproq ifloslanishi hamda mikroflorasi yoʻqolishining oldini olish monitoringini yoʻlga qoʻyish.

1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan yer ustki qismini doimo qoplama bilan qoplash hamda tuproq himoyalanishining kuzatuvini olib borish.

doimiy tarzda

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

2. Qishloq xoʻjaligi yerlari dala chetlariga ekin ekilishi hamda koʻp yillik daraxtlar oʻtqazilishini taʼminlash.

doimiy tarzda

3. Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi hamda uning mikroflorasi yoʻqolishining oldini olish boʻyicha yerdan foydalanuvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

2024-yil davomida

55.

Agrokimyoviy tahlil laboratoriyalari tomonidan tuproq tahlillari asosida agrokimyoviy xaritanomalar ishlab chiqish.

1. Fermer xoʻjaliklarining tuproq namunalari tahlillari asosida agrokimyoviy xaritanomalarni ishlab chiqish.

2. Agrokimyoviy xaritanomalarni raqamlashtirish va oʻtkazilgan tahlil xulosalarini “uzagrolab. uz” elektron platformasiga integratsiya qilish.

3. Agrokimyoviy tahlil sohasida malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish.

2024-yil oktabr

-

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

I. Ergashev

56.

Qishloq xoʻjaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish.

Bunda, tegishli tarmoqlarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda shu jumladan, zamonaviy issiqxonalar va intensiv bogʻlar agronomlari hamda baliqchilik sohasida ixtiologlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov

55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

57.

Tashqi bozorlarni diversifikatsiya qilish hamda tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini oshirish.

1. Eksportbop 10 ta turdagi tayyor mahsulotning har biriga 10 tadan yangi istiqbolli bozorlarni aniqlash.

2. Ushbu bozorlarda mahsulotlarga texnik va sifat talablarini oʻrganish, eksport hajmini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, mahalliy korxonalar vakillarini oʻqitish va laboratoriyalarini tashkil etishga koʻmaklashish.

3. Xorijiy mamlakatlar bilan Oʻzbekiston mahsulotlari uchun sertifikat, boj va yigʻimlarni yumshatish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

4. Mahalliy korxonalarni tomonidan elektron savdo maydonchalari orqali eksport qilishda mavjud kamchiliklarni oʻrganish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

2024-yil mart

-

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi

I. Ergashev,

Andijon viloyati hokimligi

Sh. Abduraxmonov

58.

“Eksport akselerator” dasturini amalga oshirish.

1. Dasturni ishlab chiqishda xorijning ilgʻor konsalting kompaniyalarini jalb etish.

2024-yil aprel

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

2. Dasturni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

3. Dasturni doimiy monitoring qilib borish va natijasi boʻyicha Hukumatga hisobot kiritib borish.

2024-yil davomida

59.

“Yangi Oʻzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqish.

1. Xorijiy bozorlarga olib chiqiladigan milliy brendlar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil aprel

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov

2. Milliy brendlarni xorijda targʻib qilish va xaridorlarga tanishtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil may

3. Xorijiy bozorlarda koʻrgazma va yarmarka tadbirlarini tashkil etish orqali milliy brendlar ostida mahsulotlarni targʻib qilish.

2024-yil davomida

4. Yil davomida mahalliy korxonalarning xalqaro koʻrgazmalarda ishtirokini 2 barobarga oshirish dasturini tarmoqlar va mamlakatlar kesimida tasdiqlash.

2024-yil mart

5. Rossiyaning Ivanovo, Vyetnamning Xanoy, Italiyaning Prata, Polshaning Lots shaharlarida toʻqimachilik savdo uylarini ochish.

2024-yil aprel

60.

Yangi xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish hamda 822 ta korxonaga xalqaro standartlar joriy qilish orqali eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini oshirish.

1. Yengil sanoat, charm-poyabzal, elektrotexnika, qurilish, oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi, metallurgiya, kimyo, ekologiya va boshqa sohalardagi ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulotlarga 1400 dan ortiq xalqaro va Yevropa standartlarini (olish) xarid qilish.

2024-yil I chorak

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish uchun Oʻzbekiston Standartlar institutiga zarur mablagʻlarni ajratish.

Buyurtmaga asosan

3. Xalqaro va Yevropa standartlarini ishlab chiqarishga joriy etish.

2024-2025-yillar davomida

4. Eksportchi hamda eksport qilish salohiyati mavjud boʻlgan korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etishda yaratilgan imkoniyatlar boʻyicha seminarlar tashkil etish va tarqatma materiallar tarqatish.

2024-yil davomida

5. Xalqaro standartlar joriy etish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish.

2024-yil mart

6. Tarmoq jadvaliga asosan korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etishga koʻmaklashish.

2024-yil davomida

61.

Drayver sohalarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish.

Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulot va xizmatlarni eksport qilishdagi muammolarni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2024-yil mart

-

Savdo sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Soliq qoʻmitasi

Sh. Kudbiyev,

Bojxona qoʻmitasi

A. Mavlonov

56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (A. Kayumov)

62.

Raqobat va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligiga oid ishlarni tezkor koʻrib chiqish va zudlik bilan qaror qabul qilish.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatidagi yagona axborot tizimi doirasida qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartiblarini toʻliq raqamlashtirish.

Bunda:

raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunbuzilishlar boʻyicha elektron shaklda murojaat qilinadi;

murojaatlar elektron shaklda roʻyxatdan oʻtkazilib, taraflar xabardor qilinadi;

komissiya qarorlari elektron shaklda yuboriladi yoki onlayn taqdim etiladi hamda murojaatlar holatini onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;

hisobotlar elektron shaklda yuritiladi.

2024-yil dekabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov)

63.

Issiqlik taʼminoti tizimini yaxshilash sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish.

1. Markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimlarini yaxshilash, shaffoflikni taʼminlash hamda sohalarga yoʻnaltirilayotgan budjet mablagʻlarini samarali ishlatish maqsadida, ushbu yoʻnalishlarda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida loyihalarni keng joriy qilish uchun amalga oshiriladigan loyihalar dasturini tayyorlash.

2024-yil iyul

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

2. Shahar va tumanlarning issiqlik taʼminoti tizimiga xususiy sektorni jalb qilish orqali ushbu sohalarni moliyaviy faoliyatini foyda bilan yuritadigan biznesga aylantirish uchun keng sharoitlar yaratish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

Xususiy sherik mablagʻlari hisobiga

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi (I. Maxkamov)

64.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalarini amalga oshirish.

1. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirishni tashkil etish tartibini tasdiqlash.

2024-yil mart

Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

J. Tursunov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

2. Tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 km gacha boʻlgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalarini amalga oshirish.

2024-yil davomida

65.

Xususiy sektor ishtirokida temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchilarga qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish va savdo obyektlarini tashkil etish.

1. Barcha temir yoʻl vokzallarini optimizatsiya qilish hisobiga boʻshaydigan hududlarda savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarini tashkil qilish maqsadida tadbirkorlarga auksion orqali ijaraga berish.

2. Samarqand va Qoʻqon vokzallaridan foydalanish va ularni boshqarishga davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorni jalb qilish.

2024-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari, xususiy tadbirkorlar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Milliy gvardiya,

R. Djurayev,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Z. Narzullayev

57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

66.

2024-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 700 taga yetkazish.

1. 2024-yilda elektron shaklga oʻtkaziladigan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladigan xizmatlar va servislar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi

A. Toshkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Roʻyxat asosida ularni bosqichma-bosqich Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish reja-grafigini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

3. Tasdiqlangan reja-grafik asosida xizmatlar va servislarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilib borish.

Reja-grafik asosida

67.

Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash.

Xalqaro internet tarmogʻiga ulanish tezligini 4 200 Gbit/s ga yetkazish.

2024-yil dekabr

“Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari,

telekommunikatsiya operatorlari mablagʻlari

“Oʻzbektelekom” AK

68.

Keng polosali internet tarmogʻi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish.

1. Magistral telekommunikatsiya tarmogʻi va aholi yashash maskanlarida 30 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurish orqali ularning umumiy uzunligini 260 ming kilometrga yetkazish.

2. Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi keng polosali simli internet bilan taʼminlash darajasini 90 foizga yetkazish.

2024-yil dekabr

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari mablagʻlari

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari

69.

Xalqaro ahamiyatga egaavtomagistral va temir yoʻllarda mobil internet qamrovini kengaytirish.

Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral va temir yoʻllarning mobil internet bilan qamrov darajasini 90 foizgacha yetkazish.

2024-yil dekabr

Mobil aloqa operatorlari mablagʻlari

Mobil aloqa operatorlari

70.

Axborot texnologiyalari sohasida eksport qiluvchi korxonalar soni va eksport hajmini oshirish.

1. IT-park eksport qiluvchi rezidentlari sonini 200 taga oshirish, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarni 30 taga koʻpaytirish.

2. Kompyuter dasturlash va autsorsing xizmatlari hajmini 10 trln soʻmga va ularning eksporti hajmini 800 mln dollarga yetkazish.

2024-yil dekabr

-

“IT-Park” Direksiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov)

71.

Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollariga chek qoʻyish va ularning oldini olishga qaratilgan “Bojxona qoidabuzilishi” axborot tizimini yaratish.

Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi doirasida amaliyotga joriy etish.

2024-yil mart

Bojxona qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasi

Manfaatdor vazirlik va idoralar

72.

Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari hisobini yuritishga qaratilgan “Kuryerlik joʻnatmalari” axborot tizimini yaratish.

Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2024-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi maxsus jamgʻarmasi

Manfaatdor vazirlik va idoralar

58-maqsad: Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev)

73.

Xorijiy turistlar sonini 10,5 mln nafarga yetkazish.

1. Yangi turizm yoʻnalishlari va mahsulotlarini taqdim qilish, xususan, ziyorat, eko, agro, “baliq ovi” turizmi, turizm qishlogʻi, turizm va gastronomik koʻchalar, choʻl hududlarida dam olish turizmi xizmatlari hamda marshrutlarini yaratish takliflarini tayyorlash.

2024-yil mart — avgust

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Transport va avtomagistral yoʻllari boʻylab turizm infratuzilmasi obyektlari tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda amaliy choralarni koʻrish.

2024-yil dekabr

74.

Turizm xizmatlari eksportini 2,5 mlrd dollarga yetkazish, shu jumladan, tibbiyot va taʼlim turizmi eksportini yiliga 200 mln dollarga yetkazish.

1. Xorijiy davlatlarda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilish

2024-yil davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tibbiyot va taʼlim sohalarida hududlarning turizm salohiyatini targʻib qilish, jumladan Toshkent va Samarqand shaharlarida targʻibot kampaniyasini oʻtkazish.

2024-yil davomida

3. Nufuzli xalqaro tibbiyot va taʼlim muassasalarining filiallarini respublika hududlarida tashkil etish boʻyicha takliflarni shakllantirish.

2024-yil aprel

75.

Ichki sayyohlar sonini 21 mlnga, ziyorat turizmi boʻyicha keladigan turistlar sonini 1,5 mln nafarga yetkazish.

1. Hududlarning turizm salohiyatiga oid targʻibot materiallarini tayyorlagan holda ommaviy axborot vositalarida yoritish va infoturlar tashkil qilish.

2024-yil mart — oktabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Nomavsumiy oylarda chegirmalar taqdim etgan holda “Ichki turizm oyligi”ni tashkil qilish hamda “Ichki turizm haftaligi”, “Ichki turizm kunlari” dasturlarini madaniy, koʻngilochar, milliy hamda diniy bayramlar, katta sport tadbirlari doirasida amalga oshirish.

2024-yil mart — oktabr

3. Har bir viloyatdan yiliga 1 ming nafardan nogironligi boʻlgan shaxslarning sayohatlarini bepul tashkil qilish.

2024-yil mart — oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra

4. Transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan transport vositalarini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlashni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni kiritish.

2024-yil aprel

-

Transport vazirligi

I. Maxkamov

76.

“Mehmonxona — transport — tur — operator — savdo va servis” korxonalarining kooperatsiya asosida faoliyat yuritadigan 4 ta yirik turizm klasteri (majmuasi)ni tashkil etish.

Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish.

Yirik turizm klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Bunda:

“Mehmonxona — transport — turoperator — savdo va servis” korxonalari kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish;

hududlarda 600 ta yangi mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etish.

2024-yil dekabr

Tashabbuskor mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

77.

Xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga hududlarda 600 ta joylashtirish vositalari tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil mart

Tashabbuskor mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Respublika boʻyicha 160 ta mehmonxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

3. Respublika boʻyicha 300 ta oilaviy mehmon uyi va 70 ta xostel faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

4. Respublikada 70 ta boshqa joylashtirish vositalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil mart — dekabr

78.

Fargʻona, Andijon, Namangan hamdaQoraqalpogʻistonda turistik xizmatlarni keng rivojlantirish.

Fargʻona, Andijon, Namanganning tuman va shaharlarini bogʻlovchi “Oltin vodiy sayyohlik halqasi”, Xorazm va Qoraqalpogʻiston boʻylab “Qalʼalar halqasi” kabi yangi turistik yoʻnalishlarni tashkil qilish.

2024-yil mart — avgust

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

79.

Oʻrta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan koʻp boʻlgan tumanlarda zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish.

Xizmat koʻrsatish sohasida 10 mingta savdo servis obyektini tashkil etish choralarini koʻrish. Bunda:

amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish;

zarur yer va bino-inshootlarni auksion savdolarga chiqarib borish.

2024-yil dekabr

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortiqov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)

80.

Aholi gavjum boʻlgan koʻchalarda savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini rivojlantirish uchun boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish.

Yangi xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun 2024-yilda 2,2 mingta yer (lot) maydonlarni auksion savdolarga chiqarish.

Bunda:

infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum hududlarda boʻsh yer maydonlarini aniqlash;

aniqlangan yer maydonlarini belgilangan tartibda auksionga chiqarish;

auksionga chiqarilgan yer maydonlarini ular toʻgʻrisida hokim yordamchilari tomonidan, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini jadallashtirish orqali sotish.

2024-yil dekabr

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

B. Zakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Kadastr agentligi

F. Pulatov,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortikov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

60-maqsad: Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov)

81.

Aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish.

1. Respublikadagi 5 ta shaharning bosh rejasi loyihasini ishlab chiqish.

2. Respublikadagi 48 ta shaharchaning bosh rejasi loyihalarini ishlab chiqish.

3. Qishloq (ovullar)da joylashgan 116 ta aholi punktini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish.

4. 146 ta aholi punktining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarini yakunlash.

2024-yil dekabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

QoraqalpogʻistonRespublikasiVazirlar Kengashi,viloyatlar vaToshkent shaharhokimliklari

82.

Rivojlangan davlatlarning bino-inshootlar boʻyicha qurilish xavfsizligi meʼyorlari asosida yangi standartlarni joriy qilish.

Qurilish-montaj ishlarini texnik jihatdan baholash, tekshirish va qabul qilish tizimiga xususiy sektorni keng jalb qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2024-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Iqtisodiyot vamoliya vazirligi

I. Norqulov

83.

Ekspluatatsiya muddatini oʻtab boʻlgan hamda seysmik zaifligi va avariya alomatlari aniqlangan koʻp kvartirali uy-joylarni renovatsiya qilish choralarini koʻrish

1. 2024-yil uchun koʻp kvartirali uy-joylarni renovatsiya qilish boʻyicha qonuniy asoslarni yaratish.

2024-yil mart

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

2. 2024-yil uchun koʻp kvartirali uy-joylarni renovatsiya qilish boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish hamda tasdiqlash.

2024-yil mart

mahalliy budjet mablagʻlari

84.

“Yangi Oʻzbekiston” massivlari sonini 45 taga va uy-joy qurilishi hajmini 80 mingtaga yetkazish.

1. 2024-yil uchun uy-joy qurilishi va ipoteka dasturini ishlab chiqishda yangidan barpo etiladigan “Yangi Oʻzbekiston” va boshqa massivlarni shaharlar hamda ularga tutash hududlarda joylashtirish.

2024-yil mart

Vazirlik va idoralarning mablagʻlari, tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

2. “Yangi Oʻzbekiston” massivlari va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda 80 ming xonadonli koʻp qavatli uy-joylar qurilishini amalga oshirish.

2024-yil dekabr

85.

Aholiga qulaylik yaratish hamda koʻrsati�ayotgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida koʻp qavatli turar joy xonadonlarining tabiiy gaz, elektr energiyasi va issiqlik taʼminoti, ichimlik va oqova suv hamda chiqindilarni olib chiqish xizmatlari kabi kommunal toʻlovlarini birlashtiruvchi yagona toʻlov tizimini joriy etish.

1. Yagona toʻlov tizimining ishlashini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil avgust

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ

D. Azimov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Yagona toʻlov tizimini ishga tushirish hamda monitoring qilish imkoniyatini yaratish.

2024-yil sentabr

3. Yagona toʻlov tizimini tajriba-sinov tariqasida Navoiy shahrida joriy etish.

2024-yil oktabr

4. Koʻp qavatli uy-joylarda kommunal xizmatlar samaradorligini istiqomat qiluvchilar tomonidan kompleks baholash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil iyuldan boshlab

86.

Noqonuniy va sifatsiz qurilishlarni hamda bino va inshootlarda seysmik, sanitar va xavfsizlik muammolarini bartaraf etish maqsadida, qonunbuzarliklarga qarshi taʼsirchan chora-tadbirlarni kuchaytirish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

1. Taʼsirchan chora-tadbirlarni kuchaytirish boʻyicha Singapur tajribasini oʻrganib chiqish yuzasidan ishchi guruhni tashkil etish.

2024-yil mart

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

A. Kayumov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

2. Noqonuniy hamda sifatsiz qurilishlar bilan kurashish boʻyicha Singapur tajribasini joyiga chiqqan holda oʻrganish va takliflarni shakllantirish.

2024-yil may

3. Singapur tajribasi asosida taʼsirchan choralarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil sentabr

87.

Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishni tartibga soluvchi qonunchilik asoslarini shakllantirish.

Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurishni tartibga soluvchi qonuniy asoslarni shakllantirish, obyektlarni ulush kiritish asosida qurishda yagona majburiy talablarni belgilash.

Bunda:

fuqarolardan uy-joy qurilishi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri pul mablagʻlarini jalb etishni taqiqlash, faqatgina Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan qurilish tashkilotlariga tijorat banklari orqali ulush asosida pul mablagʻlarini jalb etishga ruxsat etish;

vakolatli organning kafolatiga ega boʻlmagan tadbirkorlar tomonidan ulush kiritish asosida pul mablagʻlarini jalb etish, uy-joy qurilishini turli koʻrinishda reklama qilishni taqiqlashni nazarda tutish.

2024-yil sentabr

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

88.

Qurilish obyektlariga arxitektura rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni majburiy etib belgilash tartibini yoʻlga qoʻyish.

1. Arxitektura rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish talab etiladigan yangi qurilishlar parametrlarini shakllantirish.

2024-yil sentabr

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

A. Kayumov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

2. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlarni kiritish choralarini koʻrish.

2024-yil oktabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (B. Xodjayev)

89.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish.

Investitsion maslahatchi bilan birgalikda:

investorlar tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar uchun tayyorgarlik koʻrish;

davlat ulushiga tegishli aksiyalarni sotib olishi mumkin boʻlgan salohiyatli investorlar roʻyxatini shakllantirish;

investorlar bilan aksiyalarni sotib olish shartlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish;

muzokaralarda xalqaro huquqshunoslar koʻmagida hukumat va bank manfaatlarini himoya qilish.

2024-yil davomida

-

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

A. Akbarjanov

90.

“Asakabank” AJni xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish

1. Bankni xususiylashtirishga tayyorlash uchun xalqaro moliya institutini jalb qilish yuzasidan prinsipial kelishuvga erishish.

2. Bankni xususiylashtirish uchun Xalqaro investitsiya bankini jalb qilish boʻyicha taklif kiritish.

2024-yil davomida

-

“Asakabank” AJ

K. Toʻlyaganov

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov)

91.

Aholiga uy-joy uchun subsidiya ajratish tartibini takomillashtirish.

Respublika boʻylab istagan hududdagi uy-joylarni sotib olishda koʻp qavatli uy-joy olish uchun ajratilgan subsidiyalardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

-

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

92.

Uy-joy oldi-sotdisi bilan bogʻliq jarayonlarning shaffofligi va xavfsizligini taʼminlash.

1. Fuqarolarning firibgarlik jinoyati jabrlanuvchisiga aylanib qolmasligi uchun ularni ishonchli axborot bilan taʼminlash tizimini joriy qilish.

2. Barcha uy-joy qurilish obyektlari va ularning quruvchisi toʻgʻrisidagi rasmiy maʼlumotlarni jamlovchi axborot platformasini yaratish va uning ochiqligini taʼminlash.

3. Lotning faqat bir marta sotilishini taʼminlash maqsadida investitsiya shartnomalarini ele�tron shaklda roʻyxatdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

2024-yil sentabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

tijorat banklari

61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

93.

Ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish.

1016 ta ijtimoiy soha obyekti, shu jumladan, 618 ta umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab, 176 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 147 ta sogʻliqni saqlash muassasasi, 42 ta sport obyekti, 20 ta oliy taʼlim muassasasi, 5 ta ilm-fan va innovatsiya hamda 8 ta madaniyat obyektida 7,9 trln soʻmlik qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.

Xususan:

umumtaʼlim maktablarida 175 mingdan ortiq yangi oʻquv oʻrnini tashkil etish, 100 mingdan ortiq oʻquv oʻrnini mukammal taʼmirlash;

ixtisoslashtirilgan maktablarda 3,5 mingdan ortiq yangi oʻquv oʻrnini tashkil etish;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 5,5 mingdan ortiq yangi oʻrnini tashkil etish, 17 mingdan ortiq oʻrinni rekonstruksiya qilish, 1,3 mingdan ortiq oʻrinni mukammal taʼmirlash;

sogʻliqni saqlash muassasalarida 1,6 mingdan ortiq qatnovli va 1 338 oʻrinli yangi quvvatlarni ishga tushirish, 6,2 ming qatnovli va 1 900 dan ortiq oʻrinli obyektlarni rekonstruksiya qilish, 595 qatnovli muassasalarni mukammal taʼmirlash.

2024-yil avgust — dekabr

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida respublika budjeti mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Madaniyat vazirligi

O. Nazarbekov,

Sport vazirligi

A. Ikramov

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov)

94.

Respublika aholisining ichimlik suv taʼminoti darajasini oshirish.

1. Budjetdan ajratiladigan 1,3 trln soʻm mablagʻlar hisobidan 79 ta loyiha doirasida 200 dan ortiq mahallada 1,1 ming km tarmoq va 64 ta inshoot qurish.

2. 2024-yilda 50 ta ichimlik suv ogʻir boʻlgan mahallani ijtimoiy buyurtmalar asosida ichimlik suv bilan taʼminlash.

3. Aholining markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlanganlik darajasini 81 foizga yetkazish, 1,3 mln nafar aholini toza ichimlik suv bilan taʼminlash, 3 mln nafar aholining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash.

2024-yil dekabr

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida respublika budjeti mablagʻlari,

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

“Navoiy KMK” AJ mablagʻi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

D. Azimov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

“Navoiy KMK” AJ

K. Sanakulov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

95.

Suv taʼminoti korxonalari laboratoriyalarini ichimlik suv sifatini doimiy monitoring qilish uchun zamonaviy laboratoriya jihozlari va reaktivlar bilan jihozlash.

Namangan, Toshkent, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi 5 ta laboratoriyani jihozlar bilan taʼminlash hamda mobil laboratoriya xarid qilish.

2024-yil dekabr

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ mablagʻlari,

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

D. Azimov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

96.

Barcha ichimlik suv isteʼmolchilariga hisoblagichlar oʻrnatishni taʼminlash.

2024-yil yakuniga qadar 212,2 mingta isteʼmolchiga suv hisoblagichlari oʻrnatilishini taʼminlash.

2024-yil dekabr

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ mablagʻlari,

xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

D. Azimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shahar hokimliklari

97.

Ichimlik suv taʼminoti obyektlarida energiyatejamkor texnologiyalarni joriy qilish.

1. 426 ta nasos uskunasini zamonaviy, energiya tejamkor nasos uskunalariga almashtirish.

2. Sohada suv sarfi hisobini tartibga solish, yoʻqotishlar darajasini kamaytirish, mavjud tarmoqlarning raqamli xaritasi (GIS) va aktivlarni boshqarish (Asset Management) tizimini joriy etish.

3. Sohada “yashil iqtisodiyot” koʻlamini kengaytirish boʻyicha loyihani amalga oshirish maqsadida 100 mln dollar miqdoridagi qarz mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

2024-yil dekabr

Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

D. Azimov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

98.

Aholini davlat-xususiy sheriklik asosida toza ichimlik suv bilan taʼminlash.

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida sifatli ichimlik suv taʼminotini amalga oshirish boʻyicha 2024-2025-yillarga moʻljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Hududlar aholisini toza ichimlik suv bilan taʼminlash borasida markazlashmagan xizmat koʻrsatishning yangi modelini shakllantirish.

2024-yil davomida

Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar grantlari,

davlat jamgʻarmalari va xususiy fondlar

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

D. Azimov

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r.

Vazifa

Amaliy chora-tadbir

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (D. Azimov)

1.

Surxondaryo viloyatining oqova suv taʼminotini yaxshilash.

1. Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Sariosiyo, Denov va Jarqoʻrgʻon tumanlarida oqova suv tizimlarini qurish.

2. Germaniyaning “KFV” bankidan jalb qilingan 37,8 million dollar sarmoya hisobiga Termiz shahrida oqova suv tizimini taʼmirlash.

2024-yil fevral — dekabr

Jalb etilgan mablagʻlar hamda ijrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Surxondaryo viloyati hokimligi

U. Qosimov

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov)

2.

Obodonlashtirish maqsadida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. Obodonlashtirish maqsadida foydalaniladigan barcha suv oʻtkazgichlarga alohida hisoblagichlar oʻrnatish.

2. Tarmoq uchun masʼul shaxslarning javobgarligini oshirish va belgilangan miqdordan ortiq sarflangan suv uchun choralar koʻrish mexanizmlarini yaratish.

3. Obodonlashtirish tarmoqlarini belgilangan tartibda texnik qayta ishlangan suv bilan taʼminlash maqsadida qoʻshimcha suv liniyalarini yotqizish, sanoat korxonalarida oqova suvlarni lokal tozalash inshootlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2024-yil avgust

Jalb etilgan mablagʻlar, mahalliy budjet mablagʻlari hamda ijrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

3.

Suv xoʻjaligi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish.

Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hisobini yuritishda “Smart Water” (“Aqlli suv”) hamda shu kabi raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

4.

Suvning qadr-qimmati haqida keng koʻlamli axborot kampaniyasini oʻtkazish.

Yigʻilgan toʻlovlar hududning suv infratuzilmasini rivojlantirish va hududlar farovonligini oshirishga sarflanishi haqida tushuncha beruvchi kampaniya oʻtkazish.

Bunda, suv isteʼmolchilarining resursga boʻlgan munosabatini oʻzgartirish uchun suv taqchilligi ortib borayotgani haqidagi prognozlarni ommalashtirish.

2024-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzeltexsanoat” (M. Yunusov)

5.

Ichimlik suvdan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish.

Xoʻjalik idish yuvish mashinalarini keng joriy qilish doirasida import bojlari va boshqa toʻlovlarni qayta koʻrib chiqish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

2024-yil may

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xidoyatov

63-maqsad: Qishloq xoʻjaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

6.

Beton qoplamali magistral va xoʻjaliklararo kanallarning ulushini oshirish.

Kanallarni rekonstruksiya qilish doirasida kamida 1,5 ming kilometr yirik kanallarni betonlashtirish ishlarini yakunlash.

2024-yil dekabr

Davlat budjetidan 500 mlrd soʻm ajratilgan mablagʻlar doirasida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

7.

Qishloqlar hududidan oʻtadigan ariqlar va ichki suv obyektlari hisobini yuritish.

Qishloqlar hududidan oʻtadigan ariqlar va ichki suv obyektlari joylashgan yerlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kadastr pasportlarini taqdim qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil oktabr

-

Kadastr agentligi

F. Poʻlatov

64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

8.

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha “Suvchilar maktabi”ning 2-bosqichini tashkil qilish.

2024-yil fevraldan boshlab

Hisob-kitoblarga koʻra ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

I. Abduraxmonov,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

9.

“Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish orqali sugʻorish tarmoqlaridan suv yetkazib berishda elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish.

1. Elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish.

2. Nasos stansiyalarida elektr energiya resurslarini tejash maqsadida muqobil energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish.

3. Nasos stansiyalaridagi eskirgan 148 ta nasoslarni energiya tejamkorlariga almashtirish.

2024-yil davomida

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev

66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari

10.

14 ta hududda qarovsiz hayvonlarni saqlashga moʻljallangan pitomniklarni tashkil etish.

1. Qarovsiz hayvonlarni saqlash va parvarishlash boʻyicha pitomniklar (priyut) loyihasini ishlab chiqish.

2. Respublikaning 14 ta hududida qarovsiz hayvonlarni saqlashga moʻljallangan pitomniklarni tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratish.

3. Qurilish ishlarini bajarish uchun “E-auksion” platformasi orqali tanlov eʼlon qilish.

4. Qurilish ishlarini smeta-hujjatlariga asosan amalga oshirish.

2024-yil sentabr

Mahalliy budjet,

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

B. Norqobilov

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

11.

93 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

1. Meʼyoridan ortiqcha ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlarini hosil qiluvchi korxonalar bilan lokal oqova tozalash inshootlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Dastur ijrosini taʼminlash yuzasidan ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

2024-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklari

12.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 mln tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar koʻchatlarini, qalamchalarini ekish.

1. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 2024-yildan boshlab hududlarning tuproq-iqlimi sharoitidan kelib chiqib, koʻkalamzorlashtirish boʻyicha Davlat investitsiya dasturini ishlab chiqish maqsadida hududlar kesimida manzilli dasturlar ishlab chiqish.

2. Mahalliy hokimliklar tomonidan ishlab chiqilgan manzilli dasturlarni tasdiqlangan holda Ekologiya vazirligiga kiritish.

3. Taqdim etilgan manzilli dasturlarni umumlashtirib, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

4. Loyihalarni ekologik ekspertizadan oʻtkazib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2024-yil mart

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik va grant mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov

13.

2024-yil yakuniga qadar yashil bogʻlar sonini 444 taga yetkazish.

1. Har bir tuman (shahar) hokimliklarining hamda vazirlik, idoralar tomonidan tashkil etiladigan bogʻlarning hududlariga aniqlik kiritish.

2. Hududlarning tuproq,-iqlim sharoitidan kelib chiqib, ekiladigan daraxt va buta turlarini aniqlash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

3. Tadbirlarni moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish va yashil bogʻlarni barpo etish.

2024-yil davomida

Koʻchat ekish mavsumida

Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik, idora va tashkilotlarning mablagʻlari, homiylik va grant mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

14.

112 ta yirik sanoat korxonalarining hududida va unga tutash hududlarda 2,1 million tup koʻchatdan iborat “yashil belbogʻ”larni barpo etish.

1. “Yashil belbogʻ”larni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash choralarini koʻrish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt turlaridan “yashil belbogʻ”larni barpo etish.

3. “Yashil belbogʻ”larni doimiy ravishda qoʻriqlash va parvarish qilish ishlarini tashkil etish.

2024-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan)

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

xoʻjalik birlashmalari rahbarlari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

68-maqsad: Oʻrmonlar maydonini kengaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

15.

Respublikada oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni 3,65 million gektarga (8,1 foizga) yetkazish choralarini koʻrish.

1. Respublika boʻyicha davlat zaxira yerlaridagi mavjud oʻrmonzorlar hisobini aniqlashtirish.

2. Oʻrmon barpo etish va qayta ishlash tadbirlarini davom ettirish.

3. Oʻrmon bilan qoplangan maydonlar monitoringini yuritish.

2024-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

N. Bakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

16.

Yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum koʻchishidan saqlash uchun 15 014 gektar ihota daraxtzorlarini kengaytirish.

1. Ihota daraxtzorlari barpo etiladigan hududlarni aniqlash.

2. Tanlangan hududlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.

3. Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish.

4. Qishloq xoʻjaligi yerlari dala chetlarida qum bosish, tuproq va shamol eroziyasining oldini olish maqsadida 2500 gektar maydonda ihota daraxtzorlarni barpo etish.

2024-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

N. Bakirov

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

17.

Oʻrmon xoʻjaliklarida nihol va koʻchatlar yetishtirishni 112 mln tupga yetkazish hamda daraxt va buta urugʻlari tayyorlashni 688 tonnaga oshirish.

1. Koʻchatxona va niholxonalar tashkil etish maqsadida yer tayyorlash ishlarini tashkil etish.

2. Tayyorlangan yer maydonlarida urugʻlik va nihollarni ekish ishlarini amalga oshirish.

3. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda 688 tonna daraxt va butalarning urugʻlarini jamgʻarish.

4. Koʻchatxonalarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish (sugʻorish, qator oralariga ishlov berish, begona oʻtlardan tozalash) hamda parvarish qilish, jami 112 mln dona nihol va koʻchat yetishtirish.

2024-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari,

ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlar

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

N. Bakirov

18.

Asalari oilalari sonini 230 mingtaga yetkazish.

1. Oʻrmon fondi yerlarida xususiy sektor subyektlarini jalb qilgan holda asalari oilasi boqiladigan maydonlarni belgilash.

2. Aniqlangan yer maydonlarida asalari oilalarini bosqichma-bosqich joylashtirish.

3. Ajratilgan oʻrmon fondi yer maydonlaridan maqsadli foydalanish monitoringini yuritish.

2024-yil davomida

Tashabbuskor mablagʻlari

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

N. Bakirov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻrmon xoʻjaligi agentligi (N. Bakirov)

19.

Dorivor oʻsimliklar tayyorlashni 9 640 tonnaga yetkazish.

1. Dorivor oʻsimliklar tashkil etiladigan yer maydonlarini aniqlash.

2. Hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, ekiladigan dorivor oʻsimlik turlari roʻyxatini shakllantirish.

3. Hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, dorivor oʻsimliklar urugʻlik materiallari (urugʻ, koʻchat) zaxirasini shakllantirish.

4. Yer maydonlarini ekishga tayyorlash.

5. Dorivor oʻsimliklar xom ashyosini tayyorlash.

2024-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar

-

69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari hokimliklari

20.

Orolboʻyi mintaqasidagi oʻrmonzorlarni 1,9 mln gektarga yetkazish.

1. Orol dengizining qurigan tubida “yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlari barpo etish loyihasi va xaritasini ishlab chiqish.

2. “Yashil qoplama”lar va himoya oʻrmonzorlari barpo etish uchun choʻl oʻsimliklari turlarini tanlash, talab etiladigan urugʻlik va koʻchat ekish materiallari zaxirasini yaratish.

3. Orol dengizining qurigan tubi va Orolboʻyi hududida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari) jami 200 ming gektar maydonda “yashil qoplama”larni barpo etish.

2024-yil davomida

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablagʻlari

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

N. Bakirov

70-maqsad: Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

21.

Choʻllanish, qurgʻoqchilik, chang-qum boʻronlari va haroratning koʻtarilishiga qarshi chora sifatida “yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlarini barpo etish.

1. Choʻllanishning oldini olish maqsadida “yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlari barpo etish loyihasi va xaritasini ishlab chiqish.

2. Choʻl oʻsimliklari turlarini tanlash, talab etiladigan urugʻlik va koʻchat ekish materiallari zaxirasini yaratish.

2024-yil davomida

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablagʻlari

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

N. Bakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov)

22.

Respublikamizdagi mavjud barcha yaylovlar holatini xatlovdan oʻtkazish va ularning holatini yaxshilash choralarini koʻrish.

1. Bunda:

ularning miqdoriy va sifat koʻrsatkichlarini aniqlash;

yaylovlarning elektron raqamli xaritalarini yaratish,

ularda yaylovlarning holatini tasvirlashga (aks ettirishga) doir ishlarni amalga oshirish;

yaylovlarning sifat holati yaxshilanishi talab etiladigan va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan degradatsiyaga uchragan yaylov uchastkalari, shuningdek suv bilan taʼminlanmagan yaylovlarni aniqlash;

yaylov oʻsimliklari holati boʻyicha qoniqarsiz, oʻrta va yaxshi darajadagi klassifikatsiyaga ajratish.

2. Degradatsiyaga uchragan yaylov maydonlarining holatini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2024-yil apreldan boshlab

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Sh. Xabibullayev)

23.

Xavfli gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisida barvaqt ogohlantirish darajasini 97 foizga yetkazish.

1. Avtomatlashtirilgan kuzatuv tarmoqlaridan gidrometeorologik faktik maʼlumotlarni Oʻzgidromet maʼlumotlar geoaxborot portaliga uzatish.

2. Gidrometeorologik maʼlumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish va optimal modellarni qoʻllash orqali hududlar kesimida prognozlash xaritalarini ishlab chiqish.

3. Xodimlarning axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha bilim va malakasini oshirish.

2024-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar va grantlar

-

24.

Togʻ daryolari oqimi prognozlarining ishonchlilik darajasini 98 foizga yetkazish.

1. Respublikaning togʻ va togʻ oldi daryolarida mavjud va yangidan tashkil etiladigan gidrologik postlar holatini oʻrganish va natijasiga koʻra hududlarga oʻrnatilishi rejalashtirilgan avtomatlashtirilgan suv tezligi va sathini oʻlchash uskunasi texnik talabini ishlab chiqib, xaridni amalga oshirish.

2. Aniqlangan joylarga uskunani oʻrnatish va undan olingan maʼlumotlarni Oʻzgidromet maʼlumotlar geoaxborot portaliga integratsiya qilish.

2024-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

25.

Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan yer maydonlarini rekultivatsiya qilish.

2 000 gektar buzilgan yer maydonining rekultivatsiya qilinishini taʼminlash, mazkur sohada ekologik nazorat tadbirlarini amalga oshirish.

2024-yil davomida

Hisob-kitoblar asosida

(korxonalarning oʻz mablagʻlari)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari

71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

26.

Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 14,2 foizgacha kengaytirish.

1. Fargʻona va Namangan viloyatlari hududida milliy tabiat bogʻlarini tashkil etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va xaritalarni tayyorlash.

2. Fargʻona va Namangan viloyatlarida milliy tabiat bogʻlarini tashkil etish.

2024-yil dekabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Kadastr agentligi

F. Pulatov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev,

Namangan viloyati hokimligi

Sh. Abdurazakov,

Fargʻona viloyati hokimligi

X. Bozarov

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

27.

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha har yili 25 ming gektargacha maydonda madaniy plantatsiyalarni tashkil etish.

1. 25 ming gektar yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga qoʻyish orqali dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish uchun zaruriy yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish.

2. Dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etish uchun shumgʻiya (sistanxe), shirinmiya (qizilmiya), tojik kovragi, naʼmatak, tikanakli kovul va boshqa eksportbop dorivor oʻsimliklar ekish materiallariga talabnomalar asosida kvotalar ajratilishini taʼminlash.

3. Tashkil etilgan dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2024-yil bahor va kuz mavsumida

Tashabbuskor tashkilotlar mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

I. Abduraxmonov,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

N. Bakirov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

28.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida ekologik barqarorlikni saqlash.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi surʼatlarini pasaytirish, hayvonlar va oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2024-yil fevral — noyabr

Ijrochilarning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari

-

72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash

Ijro uchun asosiy masʼul — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

Maishiy chiqindi poligonlarini kamida 17 foizga qisqartirish.

1. Maishiy chiqindilar bilan toʻlgan poligonlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Maishiy chiqindi poligonlarini takomillashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. 24 ta maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish, tuproq bilan yopish va faoliyatini toʻxtatish ishlarini amalga oshirish.

2024-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov

73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

31.

Iqtisodiyot tarmoqlarida havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 1,5 foizga qisqartirish.

1. Yangi ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida ifloslantiruvchi manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatishni tashkil qilish.

2. Atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga mansub 122 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yuqori samaradorlikka ega chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkillashtirish.

3. Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan yirik sanoat va barcha sement ishlab chiqarish korxonalarida atmosferaga tashlama tashlovchi manbalarida yuqori samarador chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish.

2024-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

xoʻjalik birlashmalari rahbarlari

32.

Sanitariya-muhofaza va turar joy zonalarida atmosfera havosining sifat koʻrsatkichlari ustidan davlat nazoratini kuchaytirish.

Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasining milliy havo standartlarini ishlab chiqish;

respublikamiz atmosfera havosining ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlari, jumladan, Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida atmosfera havosining ifloslanishi bilan bogʻliq kasalliklar kelib chiqish holatlarini oʻrganish hamda ularning oldini olish;

sanitariya-muhofaza va turar joy zonalarida atmosfera havosining sifat koʻrsatkich yuzasidan aholiga doimiy, tezkor axborot taqdim etib borish;

sanitariya-muhofaza va turar joy zonalarida atmosfera havosining meʼyoridan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq holatlarda aholiga profilaktik tavsiyalar berib borish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra, tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan

Toshkent shahar hokimligi

Sh. Umurzakov,

Toshkent viloyati hokimligi

Z. Mirzayev,

Qashqadaryo viloyati hokimligi

M. Azimov

33.

Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytirish.

1. Toshkent shahrida oʻtkaziladigan “Avtomobilsiz kun” eksperiment loyihasi natijalaridan kelib chiqib, uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlar markazlarida ham oʻtkazish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Barcha issiqxonalarda havoni ifloslantiruvchi va inson salomatligiga salbiy taʼsir qiluvchi yonuvchi modda va buyumlar qoʻllanishining oldini olish choralarini koʻrish.

2024-yil fevraldan boshlab

3. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqishini tahlil qiluvchi monitoring stansiyalar, chang va suv tozalash kabi uskunalarni import qilishda davlat boji miqdorlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazifa

Amaliy chora-tadbir

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

74-maqsad: Aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

1.

Mahalla faoliyatini raqamlashtirish.

Mahallaning yagona platformasini joriy qilish. Bunda:

platforma hamda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” platformalarini oʻzaro integratsiya qilish;

“mahalladagi yettilik” uchun xonadonga kirganda toʻldiriladigan yagona savolnomani ishlab chiqish;

platformani Personallashtirish, Ijtimoiy himoya, Kadastr agentliklari, Soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, taʼlim vazirliklari bazalari bilan integratsiya qilish;

platformaga mahalla aholisi salomatligi, joylarda oʻtkazilayotgan patronaj toʻgʻrisida maʼlumotlarni ham kiritish amaliyotini tatbiq etish.

2024-yil iyul

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

S. Abdullayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

A. Xaydarov

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev)

2.

“Eng namunali mahalla raisi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

Mahalla raislari faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida mahalla raislari orasida “Eng namunali mahalla raisi” tanlovini oʻtkazish va uning natijalariga koʻra, har yili 22-mart — Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida:

Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlar kengashi tomonidan 14 nafargacha mahalla raisiga “Eng namunali mahalla raisi” oliy toifali faxriy yorligʻi va 10 million soʻm pul;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari tomonidan 5 nafargacha mahalla raisiga “Eng namunali mahalla raisi” birinchi toifali faxriy yorligʻi va 5 million soʻm pul;

tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari tomonidan 3 nafargacha mahalla raisiga “Eng namunali mahalla raisi” ikkinchi toifali faxriy yorligʻi va 3 million soʻm pul berilishi;

har bir tumandan 7 nafargacha boʻlgan eng faol mahalla raislari uchun mamlakatimiz boʻylab ziyorat yoki ekoturizm tashkil etilishini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil mart

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev)

3.

“Mahalla balansi”ni shakllantirish.

Quyidagi imkoniyatlarga ega “Mahalla balansi” yagona elektron platformasini ishga tushirish:

1. Uyma-uy yurish orqali aholining muammolarini oʻrganayotgan xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari tomonidan yigʻilgan mahalla aholisi balansini shakllantirish.

2. Mahalla aholisiga koʻrsatilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy yordamlar va ushbu yordamlardan foydalangan shaxslar, yordam turlari kesimida maʼlumotlar bilan tanishish.

3. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori faoliyatini asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash.

4. Kasbga oʻqitilgan hamda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida subsidiya, grant va kredit mablagʻlari olgan shaxslar hamda ularning keyingi faoliyatining monitoringi natijalari kuzatish.

5. Yagona milliy mehnat tizimi elektron bazasi asosida ish beruvchi va ish izlovchilarni bir-biri bilan bogʻlash.

6. Mahallada yashovchilar oʻrtasida nikoh tuzish boʻyicha ariza berganligi, tuzilganligi va bekor qilinganligi toʻgʻrisida FHDY organlari tomonidan maʼlumotlarni kiritish.

7. “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” platformalarini oʻzaro integratsiya qilish.

8. “Xorijdagi yoshlar balansi”ni shakllantirish va xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan fuqarolarni “Yoshlar daftari”ga kiritish imkonini yaratish.

9. Uyma-uy yurib yigʻilgan ish izlovchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xususiy bandlik agentliklariga muntazam va bepul taqdim etib borish amaliyotini joriy etish.

10. Mahalla fuqarolar yigʻinlarida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida tanishib chiqish uchun alohida axborot burchaklarini tashkil etib, koʻrgazma materiallari bilan taʼminlash.

2024-yil mart

-

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

S. Abdullayev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Soliq qoʻmitasi

Sh. Kudbiyev

75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

4.

Qonun loyihalarini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida koʻrib chiqish va qabul qilish tartibini takomillashtirish.

Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan qonun loyihalarini koʻrib chiqish amaliyotini takomillashtirish, qoʻmitada qonun loyihasi boʻyicha muhokamalarni tashkil etish va qarorlarni ovoz berish orqali qabul qilishning aniq tartibini belgilash, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida uni moddama-modda koʻrib chiqish tartibini joriy etish.

2024-yil aprel

-

Parlament tadqiqotlari instituti

76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

5.

Mahalliy hokimliklar va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining bir-birini takrorlovchi funksiyalarini maqbullashtirish choralarini koʻrish.

1. Mahalliy hokimliklar va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiyalari roʻyxatini shakllantirish.

2. Mahalliy hokimliklar va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining bir-birini takrorlovchi 30 ta funksiyasini maqbullashtirish.

3. Mahalliy hokimliklarga yuklatilgan 80 ta faoliyatiga xos boʻlmagan vazifalarni bekor qilish.

2024-yil iyun

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

6.

Ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza (soʻrovnoma) berish jarayonlarini “3 qadam”, “foydalanuvchi uchun moslashtirilgan” tamoyillari asosida qayta koʻrib chiqish va soddalashtirish.

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan 15 ta davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza (soʻrovnoma) berish jarayonlarini soddalashtirish, maʼlumotlar va boshqa hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilmagan holda avtomatik tarzda olish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

2. Xizmat koʻrsatish jarayonlari soddalashtirilgan davlat xizmatlari boʻyicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tegishli texnik oʻzgartirishlar kiritish.

2024-yil iyun

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

7.

Fuqarolarning biografik va biometrik maʼlumotlarini yigʻishga moʻljallangan zamonaviy mobil qurilmalarni xarid qilish, ular uchun yangi dasturiy taʼminot ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Fuqarolarning biografik va biometrik maʼlumotlarini yigʻishga moʻljallangan zamonaviy mobil qurilmalarni xarid qilish.

2024-yil mart-iyun

Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi,

Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

2. Mobil qurilmalarga yangi dasturiy taʼminot yaratish uchun texnik topshiriq hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

3. Texnik topshiriq hujjatlariga muvofiq, yangi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2024-yil may-avgust

4. Mobil qurilmalarni Ichki ishlar, Tashqi ishlar va Adliya vazirliklarining maʼlumotlarni yigʻish punktlariga foydalanish uchun topshirish.

2024-yil avgust

8.

Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining maʼlumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimini joriy etish.

1. Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining mavjud server qurilmalari ish quvvatini tizimlashtirish va axborot almashinuvi uchun qoʻshimcha xotira zaxirasini yaratish.

2024-yil mart

-

-

2. Jismoniy shaxsning yuz qiyofasidan uning shaxsini identifikatsiya qilish imkonini beradigan “Face ID” tizimini sinovdan oʻtkazish;

2024-yil aprel

3. “Face ID” tizimini toʻliq ishga tushirish.

2024-yil may

9.

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish.

1. Davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha axborot tizimlarida blank shakllarini va arizalarni avtomatik tarzda toʻldirish imkoniyatini yaratish.

2. Davlat xizmatini koʻrsatuvchi idoralarda QR-kodlarni joylashtirib, ushbu QR-kodlarni skaner qilish orqali fuqarolarga avtomatik tarzda arizalarni shakllantirish va toʻldirish boʻyicha choralarni koʻrish.

2024-yil aprel

Hisob-kitobga koʻra

-

78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov)

10.

Saylov jarayonlarini raqamlashtirish uchun “E-SAYLOV” axborot tizimini ishlab chiqish.

1. “E-SAYLOV” axborot tizimi ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish.

2. “E-SAYLOV” axborot tizimini toʻliq ishga tushirish.

2024-yil mart

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi

Markaziy saylov komissiyasi

(kelishuv asosida)

79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)

11.

Milliy huquqni himoya qilish muassasalari Global alyansida “A” maqomini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Milliy huquqni himoya qilish muassasalari Global alyansida “A” maqomini olish uchun xorijiy tajriba asosida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni tashkil etish.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida)

12.

Qonun loyihalarini Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritish tartibini takomillashtirish.

Qonun loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritishda taqdim etiladigan hujjatlar qatorida xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish boʻyicha qonun loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi hamda qonun loyihalarining huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xulosalar, shuningdek qonun loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasining natijalari ham mavjud boʻlishi lozimligiga doir talabni amaldagi qonunchilikda belgilab qoʻyish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2024-yil may

-

-

13.

Parlamentning jamiyat hayotiga taʼsir etish mexanizmlarini kuchaytirish.

“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish. Mazkur Qonunda siyosiy partiyalar fraksiyalarining nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish boʻyicha protsessual mexanizmlarni belgilash.

2024-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

-

14.

Siyosiy partiyalarning qonun ijodkorligidagi, shu jumladan, qonun loyihalari boʻyicha jamoatchilik muhokamasini tashkil etishdagi rolini oshirish.

Qonun loyihalari boʻyicha siyosiy partiyalar, shu jumladan, ularning quyi tuzilmalaridan taklif va xulosalar olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Siyosiy partiyalar tomonidan ularning elektorati manfaatlariga taalluqli qonun loyihalari boʻyicha jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish amaliyotini yanada kengaytirish.

2024-yil avgust

-

-

80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

15.

Normativ-huquqiy hujjatlarda gender tengligi tamoyilini amalda taʼminlash.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, 2024 — 2026-yillarga moʻljallangan normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizasini oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni tashkil etish.

2024-yil aprel

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

16.

Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy hamjamiyat vakillari ishtirokini, ular bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish amaliyotini yanada kuchaytirish.

Qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishning yangicha tartibini joriy etish, bunda:

har bir qoʻmitada tegishli soha boʻyicha qonunlarni koʻrib chiqishda qoʻmita bilan hamkorlik qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlari roʻyxati yuritish;

qoʻmitaga kelib tushgan qonunlarni tegishli nodavlat notijorat tashkilotlariga ham koʻrib chiqish va taklif berish uchun yuborish;

qonun loyihasi boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarining fikrini qoʻmita, fraksiya va palata majlislarida muhokama etish amaliyoti yoʻlga qoʻyish.

2024-yil may

-

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida)

81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Gʻ. Mirzayev)

17.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish.

Kamida 10 ming nafar davlat fuqarolik xizmatchisining, shu jumladan “mahalla yettiligi” vakillarining malakasini zamon talablaridan kelib chiqqan holda oshirish choralarini koʻrish.

2024-yil davomida

-

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

K. Kuranbayev,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

A. Bekmurodov

18.

Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini oshirish.

Respublika doirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni meritokratiya tamoyili asosida tanlab olish natijasiga koʻra milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan malakali nomzodlar sonini kamida 500 nafarga yetkazish choralarini koʻrish.

2024-yil oktabr

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimliklarda oʻzaro, shu jumladan, gorizontal va vertikal aloqa (kommunikatsiya) tizimini rivojlantirish.

“Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi tarkibida quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish:

davlat xizmatchisi kompetensiyalarini rivojlantirish boʻyicha malaka oshirish boʻlimini joriy etish hamda davlat organi xodimlarining malaka oshirganligi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni mobil ilovada aks ettirish;

davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan davlat organi ish faoliyatini yaxshilash yuzasidan tashabbuslar bildirish hamda rahbar tomonidan ularga munosabat berish;

davlat fuqarolik xizmatchisi shaxsiy rivojlanish rejasini shakllantirish, uni bajarish hamda monitoring qilish;

davlat fuqarolik xizmati tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarni lavozim darajasidan kelib chiqib bosqichma-bosqich xodimning FIO, lavozimi, rahbar xodimlar uchun ular tomonidan muvofiqlashtiriladigan soha va tarkibiy boʻlinmalar, bogʻlanish uchun telefon raqami, pochtasi va ijtimoiy tarmoqdagi raqamini nazarda tutuvchi maʼlumotlar bazasini yaratish.

2024-yil noyabr

Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

20.

Davlat fuqarolik xizmatiga kirish boʻyicha oʻtkazilayotgan tanlovlarda imkoniyati cheklangan shaxslar ishtiroki uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish.

1. Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida (vacancy.argos.uz) imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnik imkoniyatlarni yaratish.

2024-yil aprel

Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

M. Olloyorov

2. Tanlovlarning test va suhbat bosqichida imkoniyati cheklangan shaxslar qatnashishi uchun shart-sharoitlarni yaratish.

2024-yil may

21.

Istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralab olish — TOP 100 dasturini amalga oshirish.

1. Davlat organ va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyat organlari bilan birgalikda boshqaruvchi kadrlar zaxirasini shakllantirish.

2. Istiqbolli boshqaruvchi kadrlar respublika tanlovi tashkil etish.

2024-yil oktabr

Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Tanlov gʻoliblarini rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish va kasbiy trayektoriyalarini monitoring qilish.

Doimiy

82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi (U.Muxammadiyev)

22.

Davlat organlari va aholi oʻrtasida “qayta aloqa” tizimini yanada takomillashtirish va aholi muammolarini hal etish jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish.

Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari, shu jumladan hokimlar muntazam ravishda chekka hududlardagi aholini videokonferensaloqa vositasida qabul qilish amaliyotini keng yoʻlga qoʻyish.

2024-yil davomida

-

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

83-maqsad. Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)

23.

“Xalq xizmatidagi” davlat boshqaruvini tashkil etishda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarini samarali vositaga aylantirish.

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqish. Bunda:

jamoatchilik kengashlarining faoliyat samaradorligini baholash metodikasini ishlab chiqish, uning natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilib borish;

ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari boʻyicha jamoatchilik kengashi xulosasini olish tartibini yoʻlga qoʻyish;

jamoatchilik kengashi aʼzolarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

sogʻliqni saqlash, taʼlim, ekologiya va atrof-muhit, energetika sohalarida davlat siyosatini yurituvchi vazirliklar huzurida namunali jamoatchilik kengashlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uning tajribasini boshqa vazirlik va idoralarda qoʻllash.

2024-yil mart

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov

84-maqsad. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev)

24.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qiynoqqa solish holatlarining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni yaratish.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash chogʻida ayblanuvchi va sudlanuvchini hibsxonaga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonalarining oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini joriy etish.

2024-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblarga koʻra

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili

(Ombudsman)

(kelishuv asosida)

85-maqsad. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy sud (B. Islamov)

25.

Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda protsessual majburlov choralari doirasini belgilash.

Maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolar yoki tadbirkorlarning huquqlari himoya etilishini kafolatlash maqsadida sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning (javobgar mansabdor shaxslarning) qoida tariqasida, shaxsan ishtirokini taʼminlash choralarini belgilash.

2024-yil noyabr

-

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

86-maqsad. Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy sud (B. Islamov)

26.

Sud xarajatlari toʻlovlarini amalga oshirish tizimini raqamlashtirish tizimini yanada kengaytirish.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida sud xarajatlarini toʻlov tizimlari orqali sud binolarida onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyatini yaratish.

2024-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Markaziy bank

M. Nurmatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

A. Xaydarov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

87-maqsad. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

27.

Ogʻir oqibatlar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olishda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada kuchaytirish hamda aholi bilan muloqot tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati qoshida Maʼmuriy amaliyot markazi va uning filiallarini yaratish hamda uning faoliyatini “yagona darcha”, “eksterritoriallik” va “open space” tamoyillari asosida tashkil etish.

2. Maʼmuriy amaliyot markazi va uning filiallarida fuqarolarning yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha shikoyatlar bevosita va joyida hal etilishini taʼminlash.

3. Maʼmuriy amaliyot markazi va uning filiallarida ayrim vazifalarni bajarishga nogironligi boʻlgan fuqarolarni ham jalb etish.

2024-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

28.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashda idoralararo hamkorlikni rivojlantirish.

Yoʻl infratuzilmasining yoʻl harakati xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni tezkor ravishda bartaraf etish maqsadida Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi Avtomobil yoʻllari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash.

2024-yil may

Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Transport vazirligi

I. Mahkamov,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

J. Tursunov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

29.

Ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarni oʻtayotgan probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash tizimini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish.

1. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatida “E-probasiya” elektron axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.

2024-yil aprel

Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev

2. “E-probasiya” axborot tizimiga Probatsiya xizmati va uning hududiy boʻlinmalarining barcha axborot modullarini integratsiya qilish.

2024-yil may

3. “E-probasiya” axborot tizimiga probatsiyani amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi subyektlarning elektron axborot tizimlarini integratsiya qilish.

2024-yil iyun

4. “E-probasiya” axborot tizimini toʻliq ishga tushirish.

2024-yil iyul

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

30.

Fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi har bir sohada oʻziga xos tarzda oʻtkaziladigan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targʻibot tadbirlarini oʻtkazish:

fuqarolarda Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish;

elektron toʻlov vositalaridan xavfsiz foydalanish;

shaxsga doir maʼlumotlarni ishonchli himoya qilish va ulardan noqonuniy foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;

boshqalarning shaxsga doir maʼlumotlarini noqonuniy toʻplash va undan foydalanib, tovlamachilik, kiberzoʻravonlik kabi qilmishlar sodir etishning oldini olish;

taqiqlangan kontentlarga qarshi “raqamli immunitet”ni shakllantirish.

2024-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari, masʼul davlat organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va taqiqlanmagan boshqa manbalar

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

O. Mirzayev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Milliy teleradiokompaniya

A. Djurabayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

31.

Samarqand shahrida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashga raqamli texnologiyalarni joriy etish.

1. “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi asosida aholi va turistlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Samarqand shahrining har bir mahallasida hamda aholi gavjum joylarda videokuzatuv tizimlarini oʻrnatish.

2. Oʻrnatilgan videokuzatuv kameralari Samarqand viloyati IIB Vaziyatlar markaziga integratsiya qilinishini taʼminlash.

2024-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Milliy gvardiya

R. Djurayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Samarqand viloyat hokimligi

E. Turdimov

88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

32.

Advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini takomillashtirish.

“Yuridik yordam” axborot tizimi negizida advokatura, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari oʻrtasida oʻzaro elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil dekabr

-

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Advokatlar palatasi

(kelishuv asosida)

89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov)

33.

Bojxona hududida qayta ishlash va (yoki) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimlariga tovarlarni joylashtirish uchun ruxsat berish jarayonlarini raqamlashtirish.

1. Bojxona rejimiga tovarlarni joylashtirishni raqamlashtirish boʻyicha texnik-loyiha hujjatlarni ishlab chiqish hamda oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil may

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

2. Raqamlashtirishni nazarda tutuvchi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2024-yil dekabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (G. Raximova)

34.

Davlat xaridlari tizimida “yashil” xaridlar amaliyotini joriy etish.

Davlat xaridlari tizimida “yashil” xaridlar amaliyotini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda:

“yashil” davlat xaridlarining aniq mezonlarini belgilash;

davlat buyurtmachilari va boshqa ishtirokchilarning “yashil” xaridlarni oʻtkazish boʻyicha malakasini oshirish;

davlat xaridlarining elektron tizimida “yashil” xaridlar uchun alohida sahifa yaratish.

2024-yil iyul

-

-

35.

Davlat xaridlari sohasida raqobat muhitini kuchaytirish.

1. Davlat xaridlari jarayonlarini raqamlashtirish orqali yanada soddalashtirish hamda raqobat muhitini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda:

xarid hujjatlarining namunaviy raqamli shakllarini ishlab chiqish;

xarid hujjatlarini elektron tarzda shakllantirish va kelishish amaliyotini bosqichma-bosqich joriy qilish;

ishtirokchilarning takliflarini baholashda inson omilini bosqichma-bosqich qisqartirishni nazarda tutish.

2024-yil mart

-

-

2. Davlat xaridlari sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni tuzishdan oldin mazkur shartnomalarni majburiy tartibda jamoatchilikka ochiqlash tizimini joriy qilish.

3. Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan subyektlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqish va ularni qisqartirish choralarini qoʻrish.

2024-yil sentabr

36.

Davlat xaridlari jarayonini raqamlashtirish

Davlat xaridlarini amalga oshirishda namunaviy texnik shartlarni ishlab chiqish hamda ishtirokchilar kiritgan maʼlumotlarni boshqa integratsiyalashgan bazalar maʼlumotlari asosida avtomat baholash tizimini joriy etish.

2025-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Hisob palatasi

A. Boboyev,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

37.

Fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini korrupsiyaga qarshi kurashishga faol jalb etish.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi rolini oshirish maqsadida ular uchun tizimli ravishda grant dasturlari va ijtimoiy buyurtmalarni eʼlon qilib borish.

2024-yil doimiy

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov)

38.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish.

Korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini joriy etish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasini oshirish.

2024-yil davomida reja-grafikka asosan

-

Hisob palatasi

A. Boboyev,

Bosh prokuratura

S. Samadov

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazifa

Amaliy chora-tadbir

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Hamijrochilar

V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH

90-maqsad: Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev)

1.

Oʻzbekistonda “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etish.

1. Xalqaro konferensiyaning konsepsiyasi va dasturini tayyorlash.

2024-yil mart

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

2. Xalqaro konferensiyaning formati, vaqti va uni moliyalashtirish manbalarini kelishish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil mart

3. Xalqaro konferensiyada Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi rahbariyati va BMTning Inson huquqlari boʻyicha Kengashi maxsus mandatlari ishtiroki masalasini koʻrib chiqish.

2024-yil iyun

4. Xalqaro konferensiyaning yakuniy hujjatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil sentabr

5. Xalqaro konferensiya arafasida va uni oʻtkazishda keng koʻlamli axborot-tashviqot ishlarini olib borish.

2024-yil sentabr

6. Xalqaro konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish.

2024-yil oktabr

91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

2.

Markaziy Osiyoda suv xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy loyihalarni yoʻlga qoʻyish hamda ularni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro grantlarni jalb qilish.

Ushbu yoʻnalishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish suv xavfsizligini taʼminlash doirasida mintaqa davlatlari tomonidan transchegaraviy daryolardan foydalanish va gidroinshootlar barpo qilish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish hamda qoʻshni davlatlar bilan xalqaro grant mablagʻlarni olish choralarini qoʻrish.

2024-yil davomida

Jahon banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari grantlari, davlat jamgʻarmalari

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Markaziy Osiyo xalqaro instituti

J. Vahobov

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida)

3.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy ekologik masalalarni muhokama qilishga qaratilgan parlamentlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Ekologik masalalar boʻyicha mintaqaviy parlamentlararo hamkorlik boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2024-yil mart

-

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

2. Xalqaro tajribani oʻrganish natijalari boʻyicha axborot tahliliy maʼlumot tayyorlash.

2024-yil aprel

3. Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari bilan ekologik masalalarni muhokama qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2024-yil aprel — sentabr

4. Mintaqaviy ekologik masalalarni doimiy muhokama qilib borishni muvofiqlashtiradigan Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari vakillaridan iborat doʻstlik guruhini tashkil qilish.

2024-yil dekabr

92-maqsad: Anʼanaviy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilish

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

4.

AQSH, Kanada va Amerika qitʼasining boshqa hamkor mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish.

1. AQSH bilan Strategik sheriklik muloqoti, Kanada va Braziliya bilan siyosiy maslahatlashuvlarni doimiy oʻtkazib borish;

2. “S5+1” formati doirasida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va ularni izchil amalga oshirishda amaliy yordam berish;

3. Parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish;

4. Amerika mamlakatlaridan salohiyatli investorlarni Oʻzbekistonga jalb qilish, ular ishtirokida turli biznes-forumlar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

5. AQSHda oʻzbek tili, madaniyati va milliy anʼanalariga bagʻishlangan turli tadbirlarni tashkil etish;

6. AQSH bilan taʼlim, ilm-fan, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda aloqalarni kengaytirish, xususan, universitetlararo va ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishi boʻyicha turli dasturlarda ishtirok etish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish.

2024-yil davomida

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Qudratov

5.

Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar bilan tashqi savdoni kengaytirish, xorijiy investitsiyalar, moliyaviy-texnik yordam va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish.

1. “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitini yuksak daraja tashkil etish.

2024-yil davomida

-

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Qudratov

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” vazirlar formatidagi navbatdagi uchrashuvida samarali ishtirokini taʼminlash.

2024-yil davomida

3. Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash maqsadida Yevropa Ittifoqi hukumat idoralari va institutlari rahbariyati, YEIning maxsus vakillari, Yevropa parlamenti aʼzolari va yirik ishbilarmon doiralari bilan oliy va yuqori darajalardagi uchrashuv va muzokaralarni samarali uyushtirish.

Kelishuvga muvofiq

4. Oʻzbekistonning GSP+ imtiyozlar tizimi benefitsiari maqomini uzaytirish masalasini ilgari surish.

Doimiy ravishda

5. Afgʻoniston boʻyicha Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo maxsus vakillarining navbatdagi uchrashuvlarini oʻtkazish.

2024-yil davomida

93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakil (A. Urunov)

6.

Oʻzbekiston Respublikasining JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhning 8-yigʻilishini oʻtkazish.

1. Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhning 8-yigʻilishini oʻtkazish boʻyicha Kotibiyat va JSTga aʼzo davlatlar bilan maslahatlashuvlar va muzokaralar tashkil etish.

2. Ishchi guruhning 8-yigʻilishini oʻtkazish sanasini kelishish.

2024-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Qudratov

3. Oʻzbekiston boʻyicha Ishchi guruh yigʻilishini oʻtkazish.

2024-yil aprel

94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

7.

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet ellardagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik xizmatlarini koʻrsatish sifatini keskin oshirish.

1. Chet elda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun shaxsni tasdiqlash va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish tizimini yanada takomillashtirish.

2. Chet elda doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining doimiy va vaqtinchalik konsullik roʻyxatiga olish qamrovini kengaytirish.

3. Fuqarolar murojaatlarini tez va samarali hal etishga qaratilgan tizimlarni takomillashtirish.

2024-yil davomida

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

“Vatandoshlar” jamoat fondi

O. Sattarov

Ijro uchun asosiy masʼul — “Vatandoshlar” jamoat fondi (O.Sattarov)

8.

Oʻzbekistonlik vatandoshlar butunjahon qurultoyini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish.

1. Qurultoy konsepsiyasini ishlab chiqish.

2024-yil mart

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

Vazirlar Mahkamasining zaxira mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

“Uzbekistanʼs club” XNNT

(kelishuv asosida),

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

O. Shavkatov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Madaniyat vazirligi

O. Nazarbekov,

Milliy teleradiokompaniya

A. Djurabayev

2. Qurultoyni oʻtkazish hamda OAV va internet tarmogʻida keng yoritish.

2024-yil sentabr

9.

“Vatandoshlar” jamoat fondi huzurida xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga masofadan turib kunu-tun xizmat koʻrsatuvchi onlayn elektron portalni ishga tushirish.

1. Elektron portalni konsepsiya va texnik topshiriq asosida ishga tushirish.

2024-yil mart

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

2. Manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga tizimli ravishda koʻmaklashish choralarini koʻrish.

Doimiy

10.

Xorijdagi vatandoshlar orasida “Birlashamiz” umumiy chorlovi ostidagi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

1. Chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

2024-yil mart

“Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Madaniyat vazirligi

O. Nazarbekov,

“Uzbekistanʼs club” XNNT

(kelishuv asosida),

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

O. Shavkatov,

Milliy teleradiokompaniya

A. Djurabayev

2. Tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish.

Reja asosida

Ijro uchun asosiy masʼul — Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev)

11.

“Oʻzbekistonlik” loyihasi doirasida dunyo boʻylab turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan yosh vatandoshlarimiz haqida yuqori sifatli kontent yaratish.

1. Loyihani 2024 — 2026-yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2024-yil mart

Alohida hisob-kitoblarga asosan,

Yoshlar ishlari agentligi va homiylar mablagʻlari

“Uzbekistanʼs club” XNNT

O. Abdushukurov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

“Vatandoshlar” jamoat fondi

O. Sattarov,

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

O. Shavkatov,

“Uzbekistan Airways” AJ

Sh. Xudaykulov,

MTRK

A. Djurabayev,

Milliy media assotsiatsiyasi

A. Abutolipov

Bunda, har yili:

“Oʻzbekistonlik” filmining 4 ta epizodi va “Oʻzbekistonlik.Student” filmining 12 ta epizodini tasvirga olish;

xorijiy davlatlarda 2 ta “Oʻzbekistonlik” xalqaro forumini oʻtkazish;

“Uzbekistanʼs club” jurnalining 2 ta sonini nashrdan chiqarish.

2. Loyiha doirasida ishlab chiqarilgan media mahsulotlarni yoshlar orasida keng targʻib qilish.

Reja asosida doimiy

95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev)

12.

Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish.

1. Xalqaro migratsiya tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, Jahon banki kabi tashkilotlar bilan noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik memorandumlarini imzolash.

2. Xorijiy davlatlarning turdosh tashkilotlari bilan sohada maʼlumot va tajriba almashuvini amalga oshirish, migratsiya muammolarini hamkorlikda hal etishga qaratilgan kelishuvlarga erishish.

3. Ishga joylashtirish boʻyicha xorijiy tomon bilan kelishuvlar sonini oshirish.

2024-yil davomida

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

13.

Tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish doirasida xorijiy davlatlar bilan yangi mehnat bozorlariga chiqish va mazkur yoʻnalishdagi tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha hamkorlikni jadallashtirish.

1. Xorijdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni, ayniqsa ayollar va yoshlarni chiqishdan oldin moslashtirish, xorijiy tillarga va kasb-hunarga oʻqitish hamda xavfsiz, tashkillashtirilgan tarzda mehnat migratsiyasi tizimi asosida xorijda ishga joylashishiga koʻmaklashish.

2. Har bir hududda bittadan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlarida oʻqitish kurslarini tashkil etish.

3. Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan tarzda xorijda ishga joylashishiga koʻmaklashish maqsadida xorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish.

4. Xorij tomoni bilan kelishuv asosida eng koʻp mehnat migrantlari ishlayotgan davlatlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxona (vakillik)larini ochish orqali ularga koʻrsatilayotgan huquqiy va moddiy yordam koʻlamini oshirish.

2024-yil davomida

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari

Tashqi ishlar vazirligi

B.Saidov

96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi (A. Saidov)

14.

Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan asosiy xalqaro hujjatlarning (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar notalar va b.) imzolangan rasmiy tildagi matni bilan bir qatorda davlat tiliga rasmiy tarjima qilish orqali fuqarolarning xalqaro darajadagi hujjatlardan xabardorligini oshirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan, tasdiqlangan, qabul qilingan, qoʻshilgan asosiy xalqaro hujjatlarni (shartnoma, bitim, konvensiya, akt, pakt, bayonnoma, xatlar notalar va b.) xatlovdan oʻtkazish.

2. Bosqichma-bosqich barcha xalqaro hujjatlarni tarjimalarini qonunchilik hujjatlari milliy bazasi-Lex.uz da hamda tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borish.

2024-yil

Mablagʻ talab etilmaydi

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

15.

Internet makonida kiberxavfsizlikni taʼminlash doirasida oʻquvchilarning internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni maʼnaviy-marifiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash, Internetdan foydalanish odobini shakllantirish va zararli maʼlumotlardan himoya qilish maqsadida “Tarbiya” fani doirasida “Internet va ijtimoiy tarmoq odoblari”ga bagʻishlangan mavzular oʻtilishini taʼminlash.

2024-yil sentabr

-

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov)

16.

Harbiy xizmatchilarga vatanparvarlik, Vatanga va xalqqa sodiqlik tuygʻularini singdirish, harbiy xizmatni oʻtash tartibini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlari psixologik tayyorgarlik markazida maxsus kurs tashkil qilgan holda harbiy xizmatchilarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil mart

Alohida hisob-kitoblarga asosan, Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

-

2. Harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish, huquqiy savodxonligini yuksaltirish boʻyicha amaliy ishlarni tashkillashtirish.

2024-yil may

3. Axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning oʻquv moddiy-texnik bazasi, shuningdek, harbiy psixologlar institutini moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha amaliy ishlarni tashkillashtirish.

2024-yil oktabr

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda xorijiy davlatlar armiyalari bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan oʻquvlarda axloqiy-ruhiy jihatdan taʼminlash va psixologik tadbirlarni oʻtkazish hamda soha mutaxassislarining yetakchi xorijiy davlatlari armiyalarida tajriba almashish va malaka oshirishini tashkil etish.

Alohida kelishuv doirasida

5. Vatanni himoya qilishda qahramonlarcha halok boʻlgan oʻgʻlonlar hayoti va qahramonliklari haqida koʻrsatuv va videolavhalar tayyorlash hamda keng tarqatish.

2024-yil davomida

17.

Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat gʻoyasi atrofida birlashtirish hamda Vatan himoyachilarini tarbiyalashda uzviylikni taʼminlash.

1. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha ishlab chiqilgan kompleks dasturga muvofiq amaliy ishlarni jadallashtirish.

Kompleks dasturga asosan

Alohida hisob-kitoblarga asosan, Mudofaa vazirligi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar,

Harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Tegishli vazirlik

va idoralar,

harbiy-maʼmuriy sektorlar,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

2. “Vatan tayanchi” otryadlari oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini oʻtkazish.

2024-yil may

3. Hududlarda “Vatanparvarlar” harbiy-vatanparvarlik bogʻlarini barpo etish hamda mavjud bogʻlarni takomillashtirish yuzasidan harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari bilan hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etish.

2024-yil noyabr

4. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining taʼlim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlarni tashkil etish.

2024-yildan boshlab

18.

Harbiy-tibbiy muassasalar infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnikalar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

1. Samarqand harbiy gospitali uchun bino va inshootlarni loyihalash, qurish hamda uni zamonaviy tibbiyot asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

2024-2025-yillar

Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar doirasida

-

2. Harbiy gospitallarni zamonaviy MSKT, MRT va ExoKG (VEM tizimi bilan) bilan taʼminlash.

3. Mudofaa vazirligi shaxsiy tarkibini individual tibbiy himoya vositalari va tibbiy sumkalar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

2024-yildan boshlab

98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish

Ijro uchun asosiy masʼul — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev)

19.

Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimi bilan integratsiyalashuv asosida Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi samaradorligini yanada oshirish.

1. Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga ulangan qoʻshni respublikalarning seysmik stansiyalarini milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻiga integratsiya qilish.

2024-yil iyun

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

Seysmologiya instituti

V. Rafikov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

2. Qoʻshni respublikalar bilan seysmik maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri real vaqt rejimida almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil avgust

3. Kuchli zilzilalarni qayd etuvchi stansiyalar sonini bosqichma-bosqich 200 taga yetkazish.

2024 — 2026-yillar

4. Aholini zilziladan erta ogohlantirish tizimini zamonaviy talablar asosida bosqichma-bosqich takomillashtirib borish.

2024-yildan boshlab

20.

Seysmik faol zonalarda seysmik xatarni (riskni) kamaytirish/boshqarish uchun “Kuchli zilzilalar taʼsirida hududlarning talafot darajasini baholash imkonini beruvchi raqamlashtirilgan simulyatsiya modellari”ni yaratish (Toshkent shahri misolida).

1. Seysmik faol zonalarda kuchli zilzila boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan hududlarni aniqlash boʻyicha tadqiqotlar olib borish.

2024-yil aprel

Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari

Seysmologiya instituti

V. Rafikov,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Innovatsion rivojlanish agentligi

Sh. Rajabboyev,

Toshkent shahar hokimligi

Sh. Umurzakov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

2. Kuchli zilzila sodir boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan hududlarda keng qamrovli seysmologik va inshootlarning zilzilabardoshligini baholash boʻyicha tadqiqotlar olib borish.

2024-yil noyabr

3. Xorijiy davlatlarda yaratilgan metodo�ogiyalaridan keng foydalangan holda raqamlashtirilgan simulyatsiya modellarini ishlab chiqish.

2024-yil mart

4. Yaratilgan raqamlashtirilgan simulyatsiya modellari yordamida natijalar olish.

5. Hududning seysmik xavfsizligini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish.

2024-yil dekabr

21.

Aholini favqulodda vaziyatlar, kuchli zilzilalar va iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq tabiiy ofatlarda toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish.

1. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar mutaxassislarini xizmat va ishdan ajralmagan holda (masofadan turib) ish joylarida oʻqitish tizimini joriy qilish.

2024-yil iyun

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, shuningdek, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Bogʻcha, maktab, professional va oliy taʼlim muassasalarida zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga oʻrgatishga moʻljallangan qoʻllanma va videoroliklarni tayyorlash.

2024-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish agentligi mablagʻlari, Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

3. Fuqarolarni kuchli yirik favqulodda vaziyatlar, xususan kuchli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etishda volonterlikka oʻrgatishga moʻljallangan masofaviy kurslarni yoʻlga qoʻyish.

2024-yil dekabr

4. Aholini zilzilada amaliy harakatlanishga oʻrgatishga moʻljallangan mobil oʻquv trenajerlari (zilzila simulyatorlari) orqali tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024-2025-yillarda

22.

Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish.

1. Respublika hududiga kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) olib keluvchi subyektlar tomonidan bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) va ularni saqlash joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish imkoniyatiga ega boʻlgan axborot platformasini yaratish.

2024-yil mart

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, shuningdek, vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Bojxona qoʻmitasi

A. Mavlonov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov

2. Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etiladigan radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza guruhlarini maxsus texnikalar va zarur asbob-anjomlar bilan taʼminlash.

2024-yil iyun

3. Yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq texnogen avariyalar va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha respublika darajasida koʻrgazmali oʻquv-mashqi oʻtkazish.

2024-yil oktabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov)

23.

Transchegaraviy daryolar va turli gidroinshootlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan hukumatlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish.

Sohaga oid doimiy monitoring natijalari va prognozlar boʻyicha tezkor choralar koʻrish hamda ushbu yoʻnalishdagi muammolarni bartaraf etishni muvofiqlashtirish.

2024-yil davomida

Mablagʻ talab etilmaydi

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

A. Kuldashev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov

99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov)

24.

Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini mustahkamlash hamda uning daxlsizligini taʼminlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni mustahkamlash, boʻlinmalarning infratuzilmasini takomillashtirish uchun qabul qilingan Davlat Rahbari va Hukumat qarorlari ijrosini tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2024-yilda taʼminlanishini jadallashtirish.

2024-yil davomida

Qarorlarda masʼul etib belgilangan tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

25.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovini tashkil etish hamda qoʻshimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirgʻiz va turkman) oʻtkazish.

1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruh tarkibini tasdiqlash.

2024-yil mart

Masʼul ijrochilar mablagʻlari hisobidan

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev

2. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil mart

3. Tanlovni talabalar oʻrtasida tashkil etish va oʻtkazish.

2024-yil aprel

4. Tanlovni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

2024-yil may

Ijro uchun asosiy masʼul — Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (R. Kurbanov)

26.

Xorijiy mamlakatlar va yurtimizdagi boshqa millat vakillari bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish.

Doʻstlik jamiyatlari sonini 42 taga yetkazish va masʼul raislarini tayinlash, chet el mamlakatlarining tegishli hududlari va shaharlari bilan mamlakatlarimiz hududlari va shaharlari oʻrtasidagi birodarlik aloqalarini oʻrnatish amaliyotini faollashtirish.

2024-yil davomida

-

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

27.

“Doʻstlik” festivalini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish.

“30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

2024-yil iyul

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi

Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi

R. Kurbanov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Milliy teleradiokompaniya

A. Djurabayev,

AOKA

A. Xodjayev

Ijro uchun asosiy masʼullar — Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev) va Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

28.

Bagʻrikenglik haftaligini tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish.

16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik” haftaligini oʻtkazish.

Tadbirda respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning milliy madaniyati va milliy taomlari boʻyicha koʻrgazmalar tashkil etish.

2024-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi

Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi

R. Kurbanov

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Hamijrochilar

I. HAR BIR INSONGA OʻZ SALOHIYATINI ROʻYOBGA CHIQARISHI UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH

3-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish

Ijro uchun asosiy masʼul — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova)

1.

Umumtaʼlim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini samarali qoʻllagan oʻqituvchilarga ustama berish tartibini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

umumtaʼlim maktablarida bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablar faoliyatini baholash;

yangi tizimni samarali joriy etgan, taʼlim berish yoʻnalishida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan oʻqituvchilarga Davlat budjetidan lavozim maoshiga har oylik 40 foizgacha ustama berish tartibini joriy qilish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov

7-maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

2.

Muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali muhandis kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni jadal rivojlantirish, talaba-yoshlarni muhandislik sohasiga yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni tizimli tashkil etish vazifalarini aniq belgilash;

muhandis kadrlar tayyorlash boʻyicha aniq taʼlim yoʻnalishlarini belgilash;

muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasi (zamonaviy laboratoriyalar va asbob-uskunalarning mavjudligi) holatini yaxshilash;

talabalarning sohadagi ishlab chiqarish tashkilotlarida amaliy bilim olishi uchun yetarli sharoitlarni yaratish;

muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish choralarini koʻrish;

muhandislik sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov)

3.

Fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ilmiy loyihalar tanlovini oʻtkazish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

fundamental tadqiqot dasturlarini ishlab chiqishda manfaatdor vazirlik va idoralarning ishtirokini belgilash;

fundamental tadqiqot loyihalarini koʻrib chiqishda ilmiy-texnik kengashlarining faoliyatini tartibga solish;

ilmiy loyihalar tanlovini muayyan davrlarda oʻtkazilishini belgilash masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

Innovatsion rivojlanish agentligi

Sh. Rajabbayev

11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev)

4.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul qilish tartibini takomillashtirish.

Loyihada:

talabgorlar tomonidan Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan ilmiy faoliyatga doir tegishli maʼlumotlardan kelib chiqish qabulni tashkil qilish;

ilmiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini joriy qilish;

oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul kvotasini tegishli tashkilotning ilmiy faoliyat reytingidan kelib chiqib taqsimlash va qayta taqsimlash amaliyotini joriy qilish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

Tizimida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar va taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar

5.

Innovatsion faoliyat sohasidagi startap loyihalarini saralash va moliyalashtirish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

startap loyihalarini akseleratsiya dasturlari orqali saralashni tashkil etish;

loyiha tashabbuskorlarining tadbirkorlik faoliyatiga doir bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashadigan tizimni joriy qilish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

J. Tavakalov

13-maqsad: Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov)

6.

Yod tanqisligini oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Bunda:

isteʼmol tuzini yod bilan boyitish uslublarini zamonaviy standartlar asosida takomillashtirish;

ushbu yoʻnalishda monitoring, nazorat va baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;

mamlakatda yodat kaliy moddasini chetdan olib kirish va realizatsiyasini kengaytirish, shuningdek isteʼmol tuzi ishlab chiqaruvchilarining salohiyatini oshirish;

isteʼmol tuzini saqlash, isteʼmolchiga yetkazib berish va realizatsiya qilish tartibini takomillashtirish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil may

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

A. Kayumov

16-maqsad: Onalar va bolalar oʻlimini qisqartirish, sogʻlom bolalikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

7.

Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoyalashga oid qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va xorijiy tajribani oʻrganish orqali mazkur Qonunga Internet tarmogʻiga joylashtiriladigan zararli axborotlardan bolalarni himoya qilish boʻyicha aniq normalar kirtish �azarda tutiladi.

2024-yil iyun

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” isteʼmol madaniyatini shakllantirish maqsadida “yashil” iqtisodiyotni barpo etishga yoshlarni jalb etish boʻyicha maxsus dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi.

Loyihada:

yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mazkur yoʻnalishdagi vazifalarini belgilash;

yoshlarni “yashil” iqtisodiyot prinsiplari asosida “yashil” ish oʻrinlariga keng jalb etish;

yoshlar uchun “iqlimiy moliyalashtirish”, “yashil” kreditlash va subsidiyalash jarayonlarini soddalashtirish;

yoshlarni “yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlariga volontyorlik faoliyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish;

aholining, ayniqsa yoshlarning atrof-muhit holati boʻyicha xabardorligini oshirish;

“yashil” isteʼmol madaniyatini shakllantirish maqsadida yoshlarni jalb etish boʻyicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqish;

jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining salohiyatidan keng foydalanish hamda ilmiy-ommabop va axborot bosma nashrlar, tele-, radio dasturlar yaratish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

20-maqsad: Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov)

9.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi talablarni institutsional nuqtai nazardan takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va unda:

fermer xoʻjaliklari tomonidan pestitsidlarni roʻyxatga olish, sotish va ulardan foydalanish tartibini belgilash;

Samarali qishloq xoʻjaligi amaliyoti laboratoriyalarini tashkil etish asoslarini belgilash;

oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi talablarni xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish;

ishlab chiqaruvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari yorliqlarida trans yogʻlar, shakar va tuz miqdorini koʻrsatish boʻyicha talablarni belgilash masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov

Ijro uchun asosiy masʼul — Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov)

10.

Sogʻlom ovqatlanish uchun sharoit yaratish va qoʻllab quvvatlash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada: Sogʻlom ovqatlanish strategiyasini tasdiqlash va bunda:

supermarketlarda sogʻlom turmush tarzi mahsulotlari uchun maxsus “sogʻlom ovqatlanish” javonlarini tashkil etish;

tarkibida transyogʻlar, shakar va tuz miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarni TVda (asosan bolalar uchun telekanallarda) va koʻchalardagi reklamasini cheklash;

oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar mahsulot qadogʻida transyogʻ, shakar va tuz miqdorini koʻrsatish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

-

25-maqsad: Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminla�, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi (Z. Maxkamova)

11.

Jinoiy oilaviy (maishiy) zoʻravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga koʻra sud tomonidan nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ishlarni soddalashtirilgan tartibda koʻrish va hal qiluv qarori chiqarish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

oilaviy zoʻravonlik holatlarini tahlil qilish va zoʻravonlikka oid qonunchilik normalarini xatlovdan oʻtkazish;

oilaviy zoʻravonlikka oid ishni koʻrishni keyinga qoldirmasdan va yarashish uchun muddat tayinlamasdan hal qiluv qarorini chiqarish tartibini joriy qilish;

Sudda uy-joyga majburiy tartibda kiritish bilan bogʻliq daʼvolar koʻrilayotganda, uy egasining talabiga koʻra majburiy tartibda kiritilayotgan taraf uy egasiga tegishli mutanosib sharoitga ega boshqa yashash uy-joyga uy-joyda yashash (ijara) xarajatlarini toʻliq qoplagan holda joylashtirish tartibini belgilash masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Oliy sud

B. Islamov,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

O. Parpiboyeva,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

N. Egamberdiyeva

Ijro uchun asosiy masʼul — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (O. Parpiboyeva)

12.

Yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida tuzilgan nikohlardan nogiron farzandlar tugʻilishi xavfini oʻrganish, natijalari asosida yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohni taqiqlash boʻyichaqonun loyihasi.

Loyihada:

yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlar oqibatida nogiron tugʻilishning oldini olishga qaratilgan kompleks tadbirlarni belgilash;

erta nikoh holatlarini barvaqt aniqlash va ota-onalarga belgilangan tartibda taʼsir choralarini koʻrish;

tibbiy koʻrikdan majburiy tartibda oʻtganlik holatlarini tahlil qilish va aniq choralarni belgilash hamda belgilangan muddatlarni buzganlik holatlarida qonuniy choralarni belgilash;

yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh tuzishni taqiqlash, nikohlarning salbiy oqibatlarida tomonlarning javobgarlik masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

N. Egamberdiyeva

28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev)

13.

“Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Loyihada ishga qabul qilishda ish beruvchilar tomonidan talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish (shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi, mehnat daftarchasi va nusxasi hamda boshqalar) masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil may

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Soliq qoʻmitasi

Sh. Kudbiyev

14.

Aholini ish bilan taʼminlashning progressiv shakllarini rivojlantirish orqali bandlikni yanada kengaytirish va tadbirkorlik subyektlari uchun imkoniyatlar yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyixasi.

Loyihada:

autstaffer (ish beruvchi) xodimini boshqa ish beruvchiga shartnoma asosida yuborish tartibini ishlab chiqish;

autstaffing xizmatlarini koʻrsatishda taraflarning majburiyatlarini belgilash;

autstaffing xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha bajarilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ishlar turlarining roʻyxatini shakllantirish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

15.

Aholining ijtimoiy sugʻurta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish maqsadida ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada:

ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadigan homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash tartibi;.

ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan toʻlanadigan nafaqalar turlari;

aholini ijtimoiy sugʻurta tizimiga jalb qilish boʻyicha ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O. Fozilkarimov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Xudayarov

35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

16.

Oʻq otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

oʻq otish boʻyicha yuqori mahoratli sportchilar qamrovini kengaytirish, trenerlarni tayyorlash tizimini yaxshilash;

oʻq otish boʻyicha sportchilarni vitamin, asbob-uskunalar, ekipirovka va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash;

oʻq otish boʻyicha xalqaro va xorijiy oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etish;

oʻq otish boʻyicha respublika musobaqalari, chempionatlar va turnirlar tashkil qilish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

-

17.

Suv sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

suv sport turlari boʻyicha yuqori mahoratli sportchilar qamrovini kengaytirish, trenerlarni tayyorlash tizimini yaxshilash;

suv sport turlari boʻyicha sportchilarni vitamin, asbob-uskunalar, ekipirovka va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash;

suv sport turlari boʻyicha xalqaro va xorijiy oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etish;

suv sport turlari boʻyicha respublika musobaqalari, chempionatlar va turnirlar tashkil qilish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

-

18.

Jamoaviy sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

jamoaviy sport turlari boʻyicha yuqori mahoratli sportchilar qamrovini kengaytirish, trenerlarni tayyorlash tizimini yaxshilash;

jamoaviy sport turlari boʻyicha sportchilarni vitamin, asbob-uskunalar, ekipirovka va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash;

jamoaviy sport turlari boʻyicha xalqaro va xorijiy oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarida ishtirok etish;

jamoaviy sport turlari boʻyicha respublika musobaqalari, chempionatlar va turnirlar tashkil qilish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil avgust

-

37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Sport vazirligi (A. Ikramov)

19.

2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlariga kompleks tayyorgarlik koʻrish hamda Olimpiya shaharchasi obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlariga kompleks tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuzish;

2025-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Yoshlar oʻrtasida IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo oʻyinlariga kompleks tayyorgarlik koʻrish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;

Olimpiya shaharchasiga Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash instituti hamda sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarini joylashtirish;.

Olimpiya shaharchasidagi obyektlarni avaylab saqlash, kelgusida ulardan samarali foydalanish, qoʻriqlash tizimini “aqlli shahar” konsepsiyasiga bogʻlash;

hududda tashrif buyuruvchilarga turli xizmatlar koʻrsatish va sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi takliflar masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil avgust

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Toshkent shahar hokimligi

Sh. Umurzoqov

38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Fanlar akademiyasi (B. Abduhalimov)

20.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

atamalar komissiyasi faoliyatini takomillashtirish hamda yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritishning uzluksiz ishlaydigan yaxlit tizimini yaratish;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatlarida Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularni Atamalar komissiyasining quyi tuzilmasi etib belgilash;

Fanlar akademiyasining oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutini Atamalar komissiyasining ishchi organi etib belgilash masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov,

Adliya vazirligi

A. Toshqulov,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

O. Xasanov,

Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

21.

Umummilliy birdamlik bogʻlarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada yangi Oʻzbekistonda hamjihatlik, ahillik va osoyishtalik kabi umummilliy qadriyatlarimizning ramzi va uni shakllantiruvchi makon sifatida respublika mahallalari hududida Umummilliy birdamlik bogʻlarini bosqichma-bosqich tashkil etish kompleks dasturi nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

O. Xasanov

39-maqsad: Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlik va aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov)

22.

Atoqli qoraqalpoq shoiri Ajiniyozning 200 yillik yubileyini keng nishonlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada atoqli qoraqalpoq shoiri Ajiniyozning 200 yillik yubileyini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

O. Xasanov,

Madaniyat vazirligi

O. Nazarbekov

40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

23.

Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning faoliyatini tartibga solish hamda qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislariga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisida nizom;

davlat teatrlari ijodiy xodimlari tomonidan spektakl sahnalashtirish va artistlarning ijro etish meʼyorlari;

davlat teatrlar va konsert-tomosha muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislarining malaka talablari;

tele-spektakllarni sahnalashtirish va namoyish etishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

A. Djurabayev

41-maqsad: Oʻzbek milliy sanʼatini jahon sahnalarida keng targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

24.

2025-yilda maqom, baxshichilik, raqs va teatr yoʻnalishlarida xalqaro festival va anjumanlar oʻtkazishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi.

Loyihada:

2025-yilda oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy, konsert-tomosha va turizm tadbirlarining rejalarini tasdiqlash.

maqom, baxshichilik, raqs va teatr yoʻnalishlarida kamida xalqaro festival va anjumanlar oʻtkazish;

tanlovlar, festivallar va anjumanlarning targʻibot roliklarini ishlab chiqish va nufuzli xalqaro platformalarda keng targʻib etish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov)

25.

Samarqand shahrida sohibqiron Amir Temur bogʻlarini qayta tiklash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada Amir Temur bogʻlari toʻgʻrisidagi manbalarni chuqur oʻrganib, konsepsiya yaratish va dizaynini ishlab chiqish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Samarqand viloyati hokimligi

E. Turdimov

43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

26.

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan yangilash va yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

iqtidorli yoshlarning isteʼdodini roʻyobga chiqarish, ularning imkoniyatlarini oshirish, yoshlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, iqtidor egalarini moddiy ragʻbatlantirish, xalqaro va respublika tanlov gʻoliblarini keng ommaga namoyon etishni kuchaytirish maqsadida 2024-2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi;

xalqaro va respublika tanlov va festivallar gʻoliblari, madaniyat sohasidagi faol yoshlar va yosh oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish va mustahkamlash;

“Madaniyat volontyorlari” ijtimoiy harakat faoliyatini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash;

respublika va xalqaro miqyosda har yili kreativ ijodiy loyihalar, festivallar, konsert dasturlari, shu jumladan, ijodkor yoshlarning xalqaro forumi, Osiyo davlatlari yosh ijodkorlari ishtirokida “Osiyo ohanglari” doʻstlik konserti, “Shodligimsan Vatanim!” nomli xalqaro bolalar va yoshlar xor jamoalarining festivali kabi tadbirlarni oʻtkazish;

yoshlar oʻrtasida tozalik madaniyatini shakllantirish va targʻib qilish maqsadida tozalik oyligini oʻtkazish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

27.

Madaniyat markazlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

2025 — 2029-yillarda taʼmirtalab va avariya holatidagi madaniyat markazlari binolarini qurish, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli reja hamda ular faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar;

yoshlarni madaniyat va sanʼatga keng jalb etish va ularning madaniy hayotini boyitib borish boʻyicha “Mahalla — maktab — markaz” mexanizmini joriy etish;

madaniyat markazlarida yoshlarni kasbga yoʻnaltirish va oʻzini-oʻzi band qilishga qaratilgan milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash va turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlardagi obyektlarda sifatli xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha maxsus mashgʻulot kurslarini joriy etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda bittadan Innovatsion madaniyat markazlari va raqamlashtirilgan ijodiy loyihalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

madaniyat markazlarida faoliyat koʻrsatayotgan toʻgarak rahbarlari uchun har besh yilda bir marotaba malaka oshirish hamda belgilangan tartibda malaka toifalarini berish tizimini joriy qilish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur roʻyxatda keltirilmagan maqsadlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2025-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan Davlat dasturlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Hamijrochilar

II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH

46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish

Ijro uchun asosiy masʼul — Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

1.

Soliq maqsadlarida bozor narxlarini aniqlash va qoʻllash tartibini belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullarni bozor narxlarini aniqlashda qoʻllash nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norkulov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

49-maqsad. Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov)

2.

Kichik hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini boshqarishni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi.

Loyihada:

kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqilayotganligi munosabati bilan qonunosti hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish;

sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarish mezon va tamoyillarini aniq belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoni imzolangan davrga qadar tashkil etilgan sanoat zonalaridagi mavjud yerlar va bino-inshootlarni xususiylashtirish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

-

50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norkulov)

3.

Lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

lizing xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni takomillashtirish;

lizing xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarga oid yagona reyestr yuritishni joriy etish;

lizing xizmatlarini koʻrsatishni vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshirish faoliyat turiga oʻtkazish nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norkulov)

4.

Xalqaro issiqxona gazi savdosiga oid loyihalarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

1. Xalqaro tajriba va amaliyotidan kelib chiqib qaror loyihasini ishlab chiqish.

2. Oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Ishlab chiqilgan qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish va tasdiqlash.

2024-yil mart

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

5.

2050-yilgacha mamlakatni kam uglerodli rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha bilan mamlakatni 2050-yilgacha kam uglerodli rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani tasdiqlash nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

I. Abduraxmonov

52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zaruriy energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov)

6.

Elektr taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish qoidalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada xalqaro moliya institutlarining texnik koʻmagida xalqaro ekspertlarni jalb qilgan xolda Elektr taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish qoidalari nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

U. Mustafoyev

7.

Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini qabul qilish.

Loyihada Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi, “Milliy elektr tarmoqlari” AJ

D. Isaqulov

8.

2024-yilda davlat nazoratining yangi mexanizmlarini joriy etish, sohada raqamlashtirishni yanada keng qoʻllash, shuningdek, yoqilgʻi-energetika sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazgan holda sohani “korrupsiyasiz soha”ga aylantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi.

Loyihada:

yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, bu borada davlat nazoratini kuchaytirish orqali qonun talablarini buzgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash;

yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish, qayta ishlash (qazib olish), uzatish (tashish), saqlash, taqsimlash va isteʼmol qilish, ularni miqdor jihatidan saqlash jarayoniga “raqamli energonazorat” tizimini toʻliq joriy etish;

yoqilgʻi-energetika sohasidagi qonunchilik hujjatlarining, dasturlar hamda loyihalarda belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini taʼminlash, sohada huquqni qoʻllashning yagona amaliyotini shakllantirish;

yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanishning belgilangan talablariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

“Oʻzenergoinspeksiya”

I. Nimatullayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

53-maqsad: Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norkulov)

9.

Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada temir yoʻl sohasida koʻrsatiladigan barcha xizmatlarni qamrab olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillariga oʻtadigan xizmatlar turlarini tasdiqlash nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarni huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

A. Kayumov

Ijro uchun asosiy masʼul — Transport vazirligi (I. Maxkamov)

10.

Tashuvchilarning shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarini qoplab berishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada tashuvchilarning shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo norentabel avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarini qoplab berishni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norkulov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

11.

Respublika aholisiga koʻrsatilayotgan avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash mezonlarini yaratish hamda bu orqali hududlardagi jamoat transporti bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash imkonini beruvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

respublika aholisiga koʻrsatilayotgan avtotransportda yoʻlovchi tashish xizmatlari sifatini baholash mezonlarini yaratish hamda bu orqali hududlardagi jamoat transporti bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash masalalari;

jamoat transporti va uning infratuzilma obyektlariga qoʻyiladigan minimal ijtimoiy standartlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

S. Abdullayev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

12.

Oʻzbekiston Respublikasining aeroportlari va havo hududida havo kemalariga xizmat koʻrsatish uchun yigʻim, tariflarni shakllantirish va undirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada Oʻzbekiston Respublikasining aeroportlari va havo hududida havo kemalariga xizmat koʻrsatish uchun yigʻim, tariflarni shakllantirish va undirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarni huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

A. Kayumov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norkulov

13.

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi.

Loyihada:

avtomobil yoʻllari sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini umumlashtirib, sohaga oid tushunchalar va atamalarni xalqaro amaliyot va meʼyorlarga muvofiqlashtirish, avtomobil yoʻllarini boshqarish tizimini takomillashtirish;

pullik avtomobil yoʻllari bilan bogʻliq masalalar, jumladan yoʻl haqini undirish, saqlash va ekspluatatsiya qilishni moliyalashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, pullik yoʻllarda va ularning uchastkalarida nazoratni amalga oshirish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

J. Tursunov

14.

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yoʻl-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini nazarda tutadigan (“hajm usuli”) tartibni tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

pudrat ishlarini hajm koʻrsatkichlariga oʻtkazish va texnik spetsifikatsiyalar ishlab chiqish orqali loyiha-smeta hujjatlari;

yoʻl-qurilish ishlarini amalga oshirish, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlari nazarda tutiladi

2024-yil mart

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

J. Tursunov,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov

54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov)

15.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda ekishni joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

respublikadagi yer maydonlari mavjud barcha agroklasterlarda, shuningdek, paxta-gʻallachilik yoʻnalishidan tashqari boshqa yoʻnalishlardagi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining mavjud ekin yerlarida;

barcha paxta-gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining mavjud ekin yerlarida almashlab ekishni takomillashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

-

55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov)

16.

“Qishloq xoʻjaligi sohasida tavakkalchiliklarni sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada:

qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarini turli xil tabiiy ofatlar va boshqa xatarlardan koʻriladigan zararlardan sugʻurtalash orqali himoyalash;

qishloq xoʻjaligi sugʻurtasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilash;

qishloq xoʻjaligi sohasida tavakkalchiliklarni sugʻurtalashda sugʻurta munosabatlarini tartibga solish va nazorat qilishning yagona tizimini yaratish;

qishloq xoʻjaligi sohasida tavakkalchiliklarni sugʻurtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norkulov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

17.

Xalqaro ekspertlar va yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda Oʻzbekiston — 2030 strategiyasidan kelib chiqib, Qishloq xoʻjaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5853-son Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

agrar va oziq-ovqat sohalarini kompleks rivojlantirishda Qishloq xoʻjaligi vazirligining rolini oshirish va yanada rivojlantirish;

vazirlik tizimini transformatsiya qilish orqali hududiy boʻlinmalar faoliyatini sohada xizmatlar koʻrsatishga toʻliq oʻtkazish, koʻrsatiladigan xizmatlar koʻlamini kengaytirish va sifatini oshirish, shuningdek, autsorsing tizimini rivojlantirish;

xalqaro va milliy barqaror rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib, barcha maqsadli koʻrsatkich va indikatorlarni yangilash;

statistik maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, sifatini monitoring qilish va tasdiqlash usullarini tubdan takomillashtirish;

Jahon savdo tashkilotiga qoʻshilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda strategik mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash;

vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash kabi masalalarga alohida ustuvorlik qaratish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norkulov,

Strategik islohotlar agentligi

B. Raxmatov

56-maqsad. Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)

18.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida “Sot yoki tushuntir” tamoyiliga asosan, davlat ulushi mavjud korxonalar sonini kamaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

1) davlat ulushi mavjud 2 mingdan ortiq korxona, ularning 1 mingdan ortiq tizim korxonasi hamda 26 ming tadan ortiq davlat muassasasi faoliyatini tahlil qilib, natijalariga koʻra, davlat ishtirokidagi korxonalar va muassasalarni quyidagi guruhlarga ajratish:

qayta tashkil etiladigan (xoʻjalik jamiyatiga, muassasaga, filialga aylantiriladigan yoki qoʻshib yuboriladigan);

davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga mos kelmaydigan va raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan hamda xususiylashtiriladigan;

belgilangan tartibda tugatiladigan istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalar;

2) davlat ishtirokidagi korxonalar, ularning tarkibidagi korxonalar va davlat muassasalarini qayta tashkil etish, xususiylashtirish va tugatish orqali davlat ishtirokidagi korxonalarni qisqartirish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norkulov,

Kadastr agentligi

F. Pulatov,

Statistika agentligi

B. Begalov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Raqamlashtirish vazirligi (Sh. Shermatov)

19.

Axborot texnologiyalari sohasida IT xizmatlar eksporti bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarni qoʻllab quvvatlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

IT-Park rezidenti boʻlgan raqamli texnologiyalar sohasidagi eksport qiluvchi kompaniyalarni yanada qoʻllab-quvvatlash;

IT xizmatlar eksporti bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalarni yanada takomillashtirish va uzaytirish;

dasturiy mahsulotlar va IT xizmatlar eksporti hamda ularni tashqi bozorda maqsadli targʻib qilish borasidagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va xarajatlarning bir qismini qoplab berish;

eksport qiluvchilarni tashqi bozorlarga chiqish va biznes doiralar bilan muloqotini tizimli yoʻlga qoʻyish masalalari nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

L. Qudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

58-maqsad: Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

20.

“Turizm klasterlari”ni tashkil etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

“Turizm klasterlari”ning huquqiy maqomi;

“Turizm klasterlari”ni tashkil etish tartibi va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish mexanizmlari nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Turizm qoʻmitasi

U. Shadiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov)

21.

Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini va hududlarning master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini oʻrganish va ovoz berish mexanizmini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

aholi va tadbirkorlar murojaatlarini oʻrganish orqali kiritilgan eng yaxshi takliflar asosida aholi punktlarining master rejalarini ishlab chiqish boʻyicha dasturlarni shakllantirish;

master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini oʻrganish va ovoz berish mexanizmini joriy etish tartibini tasdiqlash;

ishlab chiqilgan hududlarning master-rejalarni hududlarda amalga oshirish mexanizmini yaratish nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Ijro uchun asosiy masʼul — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov)

22.

Xorijiy tajribani oʻrgangan holda markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimlarini yaxshilash va rivojlantirish boʻyicha chuqur tahlil oʻtkazib, issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada:

mavjud markazlashgan issiqlik taʼminoti obyektlarini rekonstruksiya qilish va uylarning ichki isitish tizimlarini almashtirish;

talabni oʻrgangan holda yangi qozonxonalar qurish va issiqlik taʼminotini tashkil qilish;

issiqlik taʼminoti tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish;

mavjud issiqlik taʼminoti korxonalari faoliyatini sogʻlomlashtirish;

issiqlik taʼminoti va issiq suv uchun toʻlovlarni undirish tizimini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norkulov)

23.

2024-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi.

Loyihada:

2024-yilda aholiga ipoteka krediti ajratishning maqsadli moʻljallarini tasdiqlash;

2024-yilda ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratishning maqsadli moʻljallarini tasdiqlash;

2024-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qatʼiy belgilangan subsidiya miqdorini belgilash nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur roʻyxatda keltirilmagan maqsadlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2025-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan Davlat dasturlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Hamijrochilar

III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH

62-maqsad. Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

1.

Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasi.

Loyihada yer osti suvlarini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha javobgarlikni kuchaytirish maqsadida qonunchilik normalarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

2024-yil mart — iyun

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov

2.

Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash va ulardan foydalanish munosabatlarini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidaVazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

yer osti suvlariga quduq burgʻilash faoliyati bilan shugʻullanuvchilar va suvdan foydalanuvchilar uchun ularning javobgarligini oshirish boʻyicha alohida tartibini belgilash;

yer osti suvlariga noqonuniy (ruxsatnomasiz) quduq burgʻilash holatlarini kamaytirish va yer osti suvlariga quduq burgʻilash hamda ulardan foydalanish boʻyicha monitoring va nazorat tadbirlarini kuchaytirish;

yer osti suv resurslarini kamayib ketishini oldini olish hamda olinayotgan suv hisobini yuritish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida respublikada barcha yer osti suv olish inshootlarini (burgʻi quduqlari, buloqlar) suv hisoblash vositalari bilan jihozlanishi boʻyicha amaliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

D. Azimov

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (D. Azimov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suv taʼminotini tubdan yaxshilashning 2030-yilgacha boʻlgan strategiyasini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

suv taʼminoti sohasining ahvoli va uni rivojlantirish yoʻnalishlarini kompleks tahlil qilish;

suv taʼminotini hisobga olish hamda monitoring qilishni taʼminlaydigan zamonaviy axborot va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish;

2024-yil yakuniga qadar respublikadagi barcha isteʼmolchilarni ichimlik suvni hisobga oluvchi zamonaviy asboblar bilan toʻliq taʼminlash;

turar-joy komplekslarini rejalashtirish va qurishda ichimlik suv taʼminoti obyektlarining quvvatini inobatga olgan holda loyihalashtirish, zaruratga koʻra rekonstruksiya qilish;

ichimlik suv ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini bosqichma-bosqich oʻzi toʻliq qoplashini taʼminlaydigan mexanizmlarni joriy qilish, bunda albatta jamoatchilikning fikrini inobatga olish;

ichimlik suvini hisoblashning zamonaviy asboblarini joriy etish;

aholini ichimlik suv bilan taʼminlashning yillar va hududlar kesimida maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash;

aholi punktlarini suv bilan taʼminlash uchun suv zaxiralarini aniqlash (gidrogeologik ishlarni amalga oshirish);

sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

suv taʼminoti tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash;

ichimlik suv resurslarini muhofaza qilish, ekologiyaga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan oqova suvlar bilan bogʻliq muammolarni hal etish;

suv taʼminotidagi barcha zarur axborotlarni oʻz ichiga olgan, ularni muntazam yangilab boradigan hamda monitoring qilishni taʼminlaydigan yagona geoaxborot tizimini joriy qilish;

olib borilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov

64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev)

4.

2024 — 2026-yillarda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha “Suvchilar maktabi”ning 2-bosqichini tashkil qilish;

“Agrobank” ATB bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar “suvkredit.uz” elektron platformasini ishlab chiqish va onlayn kredit ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

I. Abduraxmonov,

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

65-maqsad. “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

5.

2050-yilgacha mamlakatni kam uglerodli rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiyani tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

kam uglerodli rivojlanish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan investitsiyalar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil avgust

mamlakatni 2050-yilgacha kam uglerodli rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli strategiya nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (B. Xodjayev)

6.

Neft, gaz va elektr energetika sohalarida tarif islohotlarini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning narxlari va tariflarini oʻz tannarxidan kam boʻlmagan (cost recovery level) miqdorda hisob-kitoblarni amalga oshirish;

hisob-kitoblar natijasiga koʻra elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning narxlari va tariflarini tasdiqlash;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini belgilashda “ijtimoiy meʼyor” tizimini joriy etish nazarda tutiladi.

2024-yil may

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

J. Abruyev

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

7.

Elektr energiyasi sohasi boʻyicha yagona “Master reja”sini tasdiqlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xalqaro tajribalar asosida elektr energiya sohasi boʻyicha yagona master rejani ishlab chiqish;

elektr energiya sohasi boʻyicha yagona master rejani tasdiqlash nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

B. Xodjayev

66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov)

8.

“Yer osti boyliklari toʻgʻrisi”da Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi.

Loyihada:

yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi davlat organlari vakolatlarini aniqlashtirish.

yer qaʼridan barqaror foydalanish tamoyilini kiritib, oqilona ishlatish talablari yer qaʼridan foydalanuvchining majburiyati sifatida belgilash.

investitsiya jozibadorligini keskin oshirish maqsadida davlat organi nazorati ostida yer qaʼridan foydalanish ruxsatnomasini tasarruf etish.

yer qaʼri kadastr tizimini yanada takomillashtirish, jumladan, davlat yer qaʼri fondi kadastri hamda uglevodorod kadastrini joriy etish.

ekologiya va atrof-muhitni kelgusida kafolatli asrash maqsadida yer qaʼridan foydalanishda ekologik xavfsizlikni taʼminlashning qoidalarini belgilash nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Energetika vazirligi

J. Mirzamahmudov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

9.

“Yer osti boyliklari toʻgʻrisi”dagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

yer qaʼridan foydalanishga oid normalarni kuchaytirish;

foydali qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish va qazib olish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirish tartibini kuchaytirish;

ruxsatnomalarga ega yer qaʼridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini kuchaytirish, davriy va yakuniy hisobotlarni taqdim etish, qazilmalarni geologik jihatdan oʻrganish hamda qazib olishning yillik minimal xarajatlarini belgilash nazarda tutiladi.

2024-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

10.

Respublikada oqova suv tozalash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada oqova suv tarmoqlariga meʼyordan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni (qoramol terisi, qogʻoz va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, matolarni boʻyash, yogʻ-moy, neft va gaz mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalar va qoramol qushxonalari chiqindilari) oqizganlik uchun amaldagi kompensatsiya miqdorini keskin oshirish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xidoyatov,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

D. Azimov

Ijro uchun asosiy masʼul — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (D. Azimov)

11.

Ichimlik suvdan oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada ichimlik suv taʼminoti tashkilotlari xodimlari tomonidan ichimlik va oqova suv tizimlaridan foydalanishda aniqlangan qoidabuzarliklar haqida berilgan maʼlumotlarga asosan rasmiylashtirib, undirilgan jarimalardan xabar bergan xodimlarni belgilangan tartibda ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish hamda aholi tomonidan maxsus axborot tizimiga noqonuniy ulanishlar haqida fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslarni belgilangan tartibda pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xidoyatov

Ijro uchun asosiy masʼullar — Toshkent va Jizzax viloyatlari hokimliklari (Z. Mirzayev va E. Saliyev)

12.

Ekologik toza hudud rejimini Toshkent va Jizzax viloyatlarida joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Toshkent va Jizzax viloyati hokimliklarining Boʻstonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreatsion zonalarida ekologik toza hudud rejimini tatbiq etish boʻyicha qaror loyihalarini ishlab chiqish va Bunda:

ekologik toza hudud rejimini tatbiq etish boʻyicha mahalliy hokimlik va direksiyalar oʻrtasida qoʻshma chora-tadbirlar rejalari loyihalarini ishlab chiqish;

qoʻshma chora-tadbirlar rejalari tasdiqlanishi nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

A. Abduxakimov

69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

13.

Mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xususiy sektor ishtirokini kengaytirish orqali ekologik markirovkalash tizimini shakllantirish;

mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish va realizatsiya qilishda ularning ekologik taʼsiri toʻgʻrisida isteʼmolchilarning toʻgʻri axborot olish huquqlarini taʼminlash nazarda tutiladi.

2024-yil iyul

-

14.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va respublika hududidan olib chiqishda ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarni majburiy ekologik sertifikatlash tartibini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan xavfli mahsulotlar va chiqindilar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar doirasidagi majburiyatlaridan va milliy qonunchilikda belgilangan boshqa talablardan kelib chiqib qayta shakllantirish;

majburiy ekologik sertifikatlashtirish lozim boʻlgan oldi-sotdi obyekti boʻlgan, xavfli mahsulotlar va chiqindilar, shuningdek, tashilishi kerak boʻlgan xavfli chiqindilar roʻyxatini tasdiqlash;

respublika hududiga olib kirilishi man etilgan xavfli mahsulotlar va chiqindilar (xavfsiz qayta ishlanmaydigan) roʻyxatini tasdiqlash;

xavfli mahsulotlar va chiqindilarni ekologik sertifikatlashtirish tartibini, uning aniq mezonlarini belgilash orqali optimizatsiya qilish nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov)

15.

Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada 500 va undan ortiq kvadrat metrlik qurilish maydonida, unga kirib-chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etish boʻyicha majburiy talablarni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi

K. Toʻlaganov

16.

Oʻzbekistonda chang boʻronlariga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatish boʻyicha 2024 — 2030-yillarga moʻljallangan milliy dasturni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

Loyihada:

Markaziy Osiyoning choʻl hududlarida himoya oʻrmonzorlarini yaratish boʻyicha qoʻshni davlatlar bilan amaliy tadbirlarni belgilash ishlarini tashkillashtirish;

Markaziy Osiyo davlatlarida ekologiyaga masʼul tashkilotlarning birgalikda chang boʻronlariga qarshi kurashish yuzasidan doimiy ekspert maslahatlashuvlarini yoʻlga qoʻyish;

mamlakatimizda choʻlga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum koʻtarilishining oldini olish boʻyicha tadbirlar;

atmosferaga sanoat korxonalari va avtomashinalar tomonidan zararli tutunlarning chiqarilishini kamaytirish boʻyicha amaliy choralar;

chang boʻronlarini prognoz qilish tizimini takomillashtirish;

yaylovlardan foydalanish va ularni nazorat qilishning taʼsirchan tizimini joriy qilish;

oliy taʼlim tizimida yaylovlar ekologiyasi va boshqaruvi boʻyicha bakalavr va magistratura kadrlari tayyorlash tizimini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

I. Abduraxmonov

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur roʻyxatda keltirilmagan maqsadlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2025-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan Davlat dasturlarida nazarda tutiladi.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish

Ijro uchun asosiy masʼul — Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov)

1.

Maʼmuriy islohotlarning ikkinchi bosqichida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan isloh qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

mahalliy hokimliklar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari vakolatlari doirasida hal qilinishi lozim boʻlgan masalalarni aniq belgilash;

2024-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

mahalliy davlat hokimiyati organlarining takrorlanadigan vazifa va funksiyalarini qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish;

viloyat va tuman (shahar) darajasidagi hokimliklar vazifa va funksiyalarining aniq chegarasini belgilash va ularning masʼuliyati doirasini aniqlashtirish;

ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyi boʻlinmalarini viloyat, tuman (shahar) hokimligi boʻysunuviga oʻtkazish;

hokimliklarning hududiy ijro organlari shtat birligi va tuzilmalarini belgilashdagi rolini oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

2.

Ayrim davlat xizmatlarini “proaktiv” yoki “kompozit” shaklda koʻrsatishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

“E-auksion” elektron savdo platformasida gʻoliblik uchun rasmiylashtirilgan bayonnomani olish va koʻchmas mulkka nisbatan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni kompozit shaklda koʻrsatish;

bino yoki inshootni bir yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berishda ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni kompozit shaklda koʻrsatish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

3.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi.

Loyihada neft-gaz bilan bogʻliq litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish tartib-taomillari soddalashtirilishi, shuningdek neft mahsulotlarini sotish faoliyatini boshlash bilan bogʻliq ortiqcha tartib-taomillarni bekor qilish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

-

4.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining notariusga shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etish talabini bekor qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining notariusga shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etish talabini bekor qilgan holda shaxsni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsini biometrik maʼlumotlar (barmoq izi va Face-ID) orqali verifikatsiya qilish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

-

5.

Arxiv sohasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

“Oʻzarxiv” agentligining tizim tashkilotlarini optimallashtirish, arxiv ishi sohasida elektron arxiv axborot tizimini joriy etish, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish;

“Oʻzarxiv” agentligi xodimlarining ijtimoiy va moddiy himoyasini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

-

6.

“Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini transformatsiya qilish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi.

Loyihada:

davlat xizmatlarini koʻrsatishda undiriladigan toʻlovlar boʻyicha aholiga yengillik va preferensiyalar berish;

jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkalari va undagi binolarni sotib olganda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni kompozit tarzda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;

2024-2025-yillarda yana kamida 100 ta xizmatni elektronlashtirish, ularni davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish;

2024-2025-yillarda xizmat koʻrsatishda fuqarolardan qogʻoz shaklda talab qilinadigan kamida 10 turdagi hujjat va maʼlumotni fuqarodan soʻrashni bekor qilib, uni elektron olish imkoniyatini yaratish;

kamida 20 turdagi xizmatni koʻrsatish muddatlarini, aholidan olinadigan hujjatlarni qisqartirish;

avtomototransportga davlat raqamini berishni inson omilisiz avtomatlashtirilgan tizim orqali rasmiylashtirish (xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega raqamlar bundan mustasno) imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

-

7.

“Oʻzbekiston Respublikasida aholining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni loyihasi.

Loyihada:

“Aholining yagona elektron reyestri” axborot tizimi joriy etish;

Axborot tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

shaxsga doir maʼlumotlar qonunchilik talablariga muvofiq muhofaza qilish;

shaxsga doir maʼlumotlar real vaqt rejimida yangilab borish;

turli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlaridagi elektron bazalarda shakllangan shaxsga doir maʼlumotlar markazlashgan holda axborot tizimida jamlash;

shaxsga doir maʼlumotlar shaxs vafot etganidan soʻng 75 yil davomida saqlash;

maʼlumot subyektlariga axborot tizimidan mobil ilova orqali oʻziga tegishli maʼlumotlardan foydalanish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov)

8.

Kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga bogʻlanishini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Strategik islohotlar agentligi (B. Raxmatov), Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M. Raxmankulov)

9.

Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish siyosatini izchil davom ettirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari va mahalliy hokimliklarga oʻtkazish mumkin boʻlgan funksiya va vakolatlarini tanlab olish va ularning yakuniy roʻyxatini shakllantirish.

2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari va mahalliy hokimliklar tayyorligini tahlil qilish.

3. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining funksiya va vakolatlarini hududiy boʻlinmalar va mahalliy hokimliklarga oʻtkazish mexanizmlari (tartibi).

2024-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

10.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyatida strategik yoʻnalishlarni rejalashtirish tizimini yaratish boʻyicha “Strategik rejalashtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Strategik rejalashtirishning mexanizmlari va ularning faoliyati samaradorligini baholashning kompleks tizimi joriy etish.

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

11.

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan, ushbu sohasida parlament nazoratini kuchaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi vakolatlarini kengaytirish;

xalqaro reyting va indekslarni sohalar va tarmoqlarga ajratish;

alohida sohada ustuvor reytingni belgilash orqali amaldagi ustuvor etib belgilangan 24 ta xalqaro reytingni qayta koʻrib chiqish;

“Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalini takomillashtirish, unda masʼul vazirlik va idoralarning ushbu sohadagi faoliyatini, chora-tadbirlar ijrosi va KPIlarga erishish holatini monitoring va tahlil qilish hamda baholash tizimini yaratish;

mamlakatimiz koʻrsatkichlari salbiy baholangan va oʻzgarishsiz qolayotgan xalqaro reytinglarni Senat majlislarida muhokama qilib borish amaliyotini kuchaytirish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida)

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida)

12.

Oʻzbekistonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini rivojlantirish konsepsiyasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

1. Oʻzbekistonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruh tuzish.

2. Kengash faoliyatiga doir barcha normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish.

3. Xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish, konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash boʻyicha tegishli farmon loyihasini tayyorlash.

2024-yil dekabr

-

80-maqsad. Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

13.

Xoʻjalik boshqaruvi organlari institutini bekor qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2025-yil 1-yanvardan xoʻjalik boshqaruvi organlari institutini bekor qilish;

qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazib, uyushmalar faoliyatiga davlat aralashuvi, jumladan, uyushmalar rahbarlarini kelishish kabi tartibotlarni bekor qilish;

xoʻjalik boshqaruvi organlarining roʻyxatini shakllantirgan holda, har biri boʻyicha davlatga taalluqli funksiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga yuklash;

xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga davlat organlari (yuqori turuvchi organlar), idora va tashkilotlar aralashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda mazkur korxonalar oʻz faoliyatini bozor mexanizmlariga asoslangan holda, korporativ boshqaruv tamoyillariga muvofiq amalga oshirishini taʼminlash nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortiqov,

Strategik islohotlar agentligi

B. Raxmatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

14.

Oʻzbekiston Respublikasida qonunosti hujjatlari bilan joriy etilgan majburiy toʻlovlar va yigʻimlar roʻyxatini shakllantirish va ularni yagona qonun hujjati darajasida belgilash boʻyicha qonun loyihasi.

Oʻzbekiston Respublikasida qonunosti hujjatlari bilan joriy etilgan majburiy toʻlovlar va yigʻimlar roʻyxatini shakllantirish va ularni yagona qonun hujjati darajasida belgilash.

2024-yil dekabr

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

15.

Soliq organlari faoliyatini tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishga transformatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

soliq tizimining mahallalar darajasidagi faoliyati samaradorligini oshirish;

mahallalarda soliq xodimlarining samarali faoliyatini tashkil etish, amalga oshirilgan ishlar monitoringini va nazoratini olib borish maqsadida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimini ishga tushirish;

mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari tomonidan tadbirkorlarga faoliyatini qonuniylashtirish va kengaytirishda yordam berish, har bir tadbirkorlik subyekti bilan manzilli ish tashkil etgan holda muammolarni hal etish;

past quvvatda ishlayotgan korxonalarga mavjud imkoniyatlarni oʻrgangan holda toʻliq quvvatda ishlashiga koʻmak berish hamda shu hisobidan soliq bazasini kengaytirish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

A. Xaydarov

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

16.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda manfaatdor shaxslar takliflarini oʻrganish mexanizmlarini joriy qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

ishlab chiqilayotgan yoki ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, loyiha yuzasidan takliflarni yuborish manzili va muddatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish majburiyatini belgilash;

olingan takliflar yuzasidan toʻldirilgan jadvalni ishlab chiquvchining rasmiy veb-saytiga joylashtirish majburiyati hamda muddatlarini belgilash;

loyihani Adliya vazirligiga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritishda loyiha ishlab chiquvchilarining rasmiy veb-saytlarida ishlab chiqilishi nazarda tutilgan loyiha haqidagi maʼlumotlar rasmiy eʼlon qilinganligini, shuningdek, olingan takliflar yuzasidan jadvallarni taqdim qilish majburiyatini belgilash (davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan loyihalar bundan mustasno) nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

-

17.

Qonunchilik tizimini takomillashtirish va tartibga solish yukini kamaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

faqat qonunlar bilan tartibga solinishi lozim boʻlgan ijtimoiy munosabatlarning aniq roʻyxatini belgilash;

qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishni rejalashtirish dasturlari asosida amalga oshirish tartibini joriy etish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash tizimini takomillashtirish.

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ilmiy tashkilotlarni keng jalb qilish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

-

18.

Intellektual mulkning kafolatli himoyasini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada intellektual mulkning kafolatli himoyasini taʼminlash, shu jumladan kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish maqsadida kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilishning aniq mexanizmlarini belgilash va ayrim turdagi mahsulotlarni (oziq-ovqat, alkogol, tamaki, shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar) savdoga chiqarishdan oldin raqamli markirovkalashda intellektual mulk huquqlariga rioya etilganligini nazorat qilish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Oliy sud

B. Islamov,

Bojxona qoʻmitasi

A. Mavlonov,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

19.

Intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish, jumladan jinoiy javobgarlikni joriy qilish, sanoat mulki huquqlarini buzganligi uchun BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha jarima puli undirish mexanizmini joriy qilish.

2024-yil sentabr

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Oliy sud

B. Islamov

20.

Internetda, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda intellektual mulkka boʻlgan huquqni himoya qilishni yanada takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Internetda, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda intellektual mulkka boʻlgan huquqni himoya qilishni yanada takomillashtirish.

2024-yil dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Oliy sud

B. Islamov

21.

Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi taʼsir kuchini va rolini oshirish, toʻgʻridan toʻgʻri qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

2017 — 2023-yillarda qabul qilingan qonunlarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha qonunlardagi realizatsiya qilinmagan havolaki normalarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilarini belgilash amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Parlament tadqiqotlari instituti

A. Toshpoʻlatov

81-maqsad. Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Gʻ. Mirzayev)

22.

Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi.

Xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2030-yilgacha moʻljallangan asosiy istiqboldagi yoʻnalishlar hamda maqsadli koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil dekabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

23.

Respublika ijro etuvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada birinchi bosqichda, eksperiment tariqasida, 5 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, keyinchalik esa barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida va mahalliy hokimliklarda davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholashni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Vazirlar Mahkamasi (D. Kalandarov)

24.

Hukumat va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududlarda aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, bunda Hukumat, respublika ijro etuvchi va xoʻjalik boshqaruvi organlari darajasida qaror qabul qilishni talab etadigan muammolarni “Hukumat kuni”da muhokama qilish va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash tizimini joriy qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

“Mahalla — tuman — viloyat — respublika” tamoyili asosida aholi muammolari roʻyxatini shakllantirib borish;

Hududlarda aholi muammolarini aniqlash va roʻyxatini yuritish boʻyicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash;

“Hukumat kuni”da muhokama qilinadigan muammolarni aniqlash, roʻyxatini shakllantirish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

83-maqsad: Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Energetika vazirligi (J. Mirzamaxmudov)

25.

Energetika tizimidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va suv resurslaridan oqilona foydalanish mexanizmlarini yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

1. Yoqilgʻi-energetika tizimidagi huquqbuzarliklar koʻlami, ularning yuridik shaxslarga bevosita bogʻliq jihatlari, yuzaga kelish va ortib borish sabablarini tahlil qilish.

2. Yirik energiya va suv isteʼmolchilari hisoblangan yuridik shaxslar (tadbirkorlik subyektlari) faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibini belgilash.

3. Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi institutlar faoliyat yoʻnalishlarini ishlab chiqish, uning natijalarini jamoatchilikka eʼlon qilib borish mexanizmini tasdiqlash.

2024-yil avgust

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (F. Eshmatova)

26.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Ombudsman oʻz oldida turgan vazifalarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun qoʻshimcha kafolatlar berish, ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish choralarini belgilash;

davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida Ombudsman tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga tizimli ravishda axborot taqdim etish;

Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar koʻrishga qaratilgan maxsus maʼruzalar taqdim qilishi;

Ombudsmanning qonunchilik tashabbusi huquqi;

Ombudsman lavozimiga oliy maʼlumotli, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, saylanish kuni 30 yoshdan kichik boʻlmagan va bevosita saylovgacha kamida besh yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkinligi;

ayni bir shaxsning ikki martadan ortiq Ombudsman etib saylanishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

Ombudsman va uning oʻrinbosarining oʻz vakolat muddati davrida daxlsizligi boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;

Ombudsmanning doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakili maqomi;

Ombudsman tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish boʻyicha qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga aniqlangan qonun buzilishlari boʻyicha ularni sodir etishga imkon yaratgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish huquqi;

Davlat organlari va tashkilotlarining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq yigʻilishlarida, shu jumladan Oliy sud Plenumi majlislarida Ombudsmanning ishtirok etish huquqi;

Jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari hududida “Ombudsman qutisi”ni saqlashning huquqiy mexanizmlari, unda erkinlikdan mahrum etilgan shaxslar tomonidan murojaatlar joylashtirish tartibi;

Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishi holati toʻgʻrisida Ombudsman tomonidan jamoatchilikni xabardor qilish tartibi va mexanizmi nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Oliy sud

B. Islamov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

27.

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy boʻlimlarida oʻtkaziladigan ekspertizalar turlarini bosqichma-bosqich oshirish, shuningdek, Markazning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Markazning hududiy boʻlimlarida mavjud ekspertiza turlarini tahlil qilish;

Markazda mavjud boʻlgan ekspertiza turlarini Markazning hududiy boʻlimlarida bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash;

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish;

Markazning Toshkent viloyatidagi hududiy boʻlimini tashkil etish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

28.

Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Genetik jihatdan oʻzgartirilgan organizmlar ekspertizasini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada:

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Genetik jihatdan oʻzgartirilgan organizmlar (GMO) ekspertizasini joriy etish va lozim boʻlgan uslubiyotlarni ishlab chiqish;

Markazning xodimlarini bu borada malakasini oshirish hamda zarur boʻlgan texnologiyalar bilan taʼminlash nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

29.

Ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash boʻlinmalari faoliyatini moddiy-texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.

Loyihada ichki ishlar organlari jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarida jamoat tartibini saqlash boʻlinmalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish va jamgʻarmaning moliyaviy manbalari etib:

ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati saf boʻlinmalari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha undirilgan maʼmuriy jarimalar mablagʻlari;

fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida kelib tushadigan pul mablagʻlari;

qurol, uning oʻq-dorilari, maxsus va xavfli yuklarning qoʻriqlovini taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida kelib tushadigan pul mablagʻlari;

ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnomalar asosida kelib tushadigan pul mablagʻlari;

qurol muomalasi sohasidagi litsenziya va ruxsatnomalarni berish haqidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun undiriladigan yigʻimlar;

jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy boʻysunuvchanlik hamda himoya-qorovul koʻnikmalari boʻyicha tayyorlash yuzasidan pullik xizmat koʻrsatishdan tushgan pul mablagʻlari;

yetishtirilgan va oʻzlarining ehtiyojidan ortiq boʻlgan hamda komissiya tomonidan xizmatga yaroqsiz itlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari;

vaqtincha boʻsh turgan milliy valyutadagi mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni belgilash nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

30.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada:

trotuarlardan, velosiped yoʻlkalaridan va yashil hududlar maydonlarida avtomobilni yurgizish;

tegishli ruxsatsiz yoʻlning qatnov qismiga toʻsiqlar oʻrnatish yoki ularni toʻsib qoʻyish, xuddi shuningdek transport vositalari va fuqarolarning harakatiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa qurilmalarni noqonuniy oʻrnatganlik uchun javobgarlikni joriy qilish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

87-maqsad. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish.

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

31.

Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha ustama toʻlanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada jazo ijrosini taʼminlash, mahkumlarni axloqan tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yuqori natijalarga erishgan probatsiya xizmati, uning hududiy boʻlinmalari xodimlariga qoʻshimcha ustama toʻlanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi, shuningdek maxsus malaka darajasini berish mezonlarini ishlab chiqishda quyidagilarni inobatga olish:

axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan nazorat ostidagi shaxslarni yuqori daromadli ishga joylashtirishga koʻmaklashish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarni takroran jinoyat sodir etishining oldini olish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarning ishga joylashtirish, bandligini taʼminlash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarni qayta ijtimoiylashuvini taʼminlash;

probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan individual ishlash samaradorligi nazarda tutiladi.

2024-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev)

32.

Jinoyat-protsessual qonunchiligida protsess ishtirokchilarini Oʻzbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tartibini belgilash boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorani Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritish;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan, biroq Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini tark etib surishtiruv, dastlabki tergov yoxud suddan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlashi mumkinligiga yetarli asoslar mavjud boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Oliy sud

B. Islamov

Ijro uchun asosiy masʼul — Adliya vazirligi (A. Tashkulov)

33.

Sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal etish tartibini joriy qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada nizolarni sudgacha hal etishni yanada kengaytirish maqsadida sugʻurta shartnomasidan (isteʼmolchi va sugʻurta tashkiloti oʻrtasida) kelib chiqadigan nizolar moliyaviy masalalar boʻyicha vakil instituti tomonidan hal etilishi tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

Ijro uchun asosiy masʼul — Oliy sud (B. Islamov)

34.

Amaldagi huquqni qoʻllash amaliyotini tanqidiy jihatdan tahlil qilish, keng jamoatchilik muhokamasining natijalari ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida ayrim toifadagi iqtisodiy ishlarni koʻrish vakolatini tegishliligi boʻyicha maʼmuriy organlarga oʻtkazish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada ayrim toifadagi iqtisodiy (masalan, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi) ishlarni koʻrish vakolatini tegishliligi boʻyicha maʼmuriy organlarga oʻtkazish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov)

35.

Budjet sohasiga oid huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklar vujudga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning (risk) umumlashgan Yagona tasnifini tasdiqlash va kelgusida bunday xatoliklarning oldini olish yuzasidan jamoat nazoratini oʻrnatish hamda ochiqlikni taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

xavf-xatarlar (risk) klassifikatorini ishlab chiqish;

xavf-xatarlar (risk)larni aniqlashda axborot tizimini yaratish;

aniqlangan huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklar toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;

kamchiliklarga yoʻl qoʻyayotgan vazirlik va idoralarning roʻyxatini eʼlon qilib borish;

budjet mablagʻlari sarflanishi ustidan jamoat nazoratini oʻrnatish orqali huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklarning oldini olish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur roʻyxatda keltirilmagan maqsadlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2025-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan Davlat dasturlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoniga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH

94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish

Ijro uchun asosiy masʼul — Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

1.

Yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh guvohnomasi”ni berish amaliyotini joriy etish doirasida “Vatandosh guvohnomasi”ni berish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada guvohnomani berish tartibini belgilovchi zarur normalar nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov,

“Vatandoshlar” jamoat fondi

O. Sattarov

97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov)

2.

Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasi.

Loyihada mamlakatning harbiy xavfsizligini taʼminlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil iyun

-

Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov)

3.

Yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, oʻquv jarayoniga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

davlat oliy taʼlim muassasalarida rezerv va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

Samarqand, Andijon, Urganch va Termiz shaharlarida joylashgan oliy taʼlim muassasalari qoshida Oʻzbekiston milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazining filiallarini tashkil etish nazarda tutiladi.

2024-2025-yillar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

K. Sharipov

Ijro uchun asosiy masʼul — Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov)

4.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish tizimini rivojlantirish, harbiy xizmatni oʻtayotgan shaxslarning huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

Loyihada:

harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini uy-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish va yangi sifat bosqichiga koʻtarish;

turar joyni ijaraga olganligi uchun harbiy xizmatchilarga beriladigan har oylik pul kompensatsiyasining belgilangan miqdorini 50 foizga oshirish;

harbiy xizmatchilarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlarining boshlangʻich badal miqdorini uy-joy bilan taʼminlanmagan va uy-joyga muhtoj harbiy xizmatchilarning haqiqiy kalendar hisobida xizmat muddatiga koʻra 25 foizdan 50 foizgacha oshirish, bunda kalendar hisobida yigirma yil va undan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatdan rezervga (isteʼfoga) boʻshatilgan (chiqarilgan) fuqarolar uchun boshlangʻich badal miqdorini 50 foiz etib belgilash nazarda tutiladi.

2024-yil yakuniga qadar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

I. Norqulov

98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish

Ijro uchun asosiy masʼul — Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

5.

Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini radiolokatsion kosmik monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada:

Suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish;

I-II-sinfga kiruvchi suv omborlari toʻgʻonlari va ularga tutash maydonlarning deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini aniqlash maqsadida doimiy radiolokatsion kosmik monitoringni amalga oshirish;

kuchli zilzilalar sodir boʻlganda suv omborlari toʻgʻonlarining deformatsiyalanish, siljish va choʻkish dinamikasini radiolokatsion kosmik monitoring tizimi orqali aniqlash;

suv omborlari toʻgʻonlari va ularga tutash maydonlarning turli jadallikdagi zilzilalar yoki boshqa jarayonlar natijasidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash;

seysmologik va kosmik monitoring natijasida aniqlangan maʼlumotlarning xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelishi (yoki aksincha) va toʻgʻonning seysmik mustahkamligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlash;

xulosada favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish xavflari yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlanganda, suv omborlariga masʼul boʻlgan tashkilotlar tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda zudlik bilan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi

Sh. Kadirov,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

A.Kuldashev,

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Seysmologiya instituti

V. Rafikov

Ijro uchun asosiy masʼul — Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Kuldashev)

6.

“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi.

Loyihada:

maʼmuriy islohotlarga muvofiq vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha vazifa va funksiyalarini qayta koʻrib chiqish;

yonish va portlash xavfi yuqori boʻlgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar hamda iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish yuzasidan mahalliy va davlat hokimiyati organlarining vakolatlari va vazifalarini qayta koʻrib chiqib, tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish

Ijro uchun asosiy masʼul — Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

7.

Birodarlashgan hudud va shaharlar assotsiatsiyasini tuzish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

Loyihada birodarlashgan hudud va shaharlar assotsiatsiyasini tuzish va uning faoliyatini samarali tashkil etish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Millatlararo munosabatlar qoʻmitasi

R. Kurbanov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur roʻyxatda keltirilmagan maqsadlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2025-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan Davlat dasturlarida nazarda tutiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2024-y., 06/24/37/0146-son; 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son, 08.05.2024-y., 06/24/74/0332-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)