14.09.2017 yildagi PQ-3275-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni va “Astronomiya va aeronavtika” bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tarixida astronomiyaga oid tadqiqotlarning ildizlari eng qadimgi davrga borib taqaladi. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda Oʻzbekiston hududida dehqonchilikning rivojlangan tarixiy-madaniy markazlarida Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlanish qonuniyatlariga doir chuqur bilimlarga asoslangan holda qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshirish muddatlarini belgilovchi taqvimlarni ishlab chiqqanlar. Oʻzbekistonda astronomiya fanining jadal surʼatlarda rivojlanishi oʻrta asrlar davriga toʻgʻri keladi. Oʻrta asrlar davrining buyuk mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayxon Beruniy, ayniqsa Mirzo Ulugʻbekning matematika va astronomiyaning rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasi jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Astronomiya fanining kelgusidagi rivojlanishi iqtidorli yoshlar orasidan ushbu sohaning malakali kadrlarini tayyorlash samaradorligini oshirishni talab etishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni astronomiyani oʻrganish boʻyicha xalqimizning tarixiy anʼanalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarning astronomiya va aeronavtika faoliyati sohasidagi milliy va umumjahon ilm-fanining yangi yutuqlarini oʻrganish va oʻzlashtirishga boʻlgan intilishini rivojlantirish, yoshlarni aeronavtika fani va texnika asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 200 oʻquvchi oʻrni va 150 oʻrinli turar joyiga ega boʻlgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Astronomiya institutiga maktabning oʻquv jarayonida sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirokini taʼminlash, institutning mavjud asbob-uskunalaridan foydalangan holda astronomiya boʻyicha dars va amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar hokimligiga Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilishi Davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Astronomiya instituti hududida ixtisoslashtirilgan maktab binosi va oʻquvchilar turar joyini qurish uchun joy ajratish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktab binosi va oʻquvchilar turar joyi qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktabni qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil Investitsiya dasturi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratish vazifalari yuklatilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston faxriylarning ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va keng jamoatchilik vakillarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar, Astronomiya koʻchasi 33-uy manzilida Astronomiya instituti hududida “Astronomiya va aeronavtika” bogʻi va Planetariyani tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Astronomiya institutining asosiy va tarixiy binolarini, shuningdek madaniy-tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan teleskoplar pavilyonlarini kapital taʼmirlash boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga Toshkent shahar hokimligi buyurtmasiga muvofiq Mudofaa vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Toshkent mexanika zavodi” AJ tasarrufidagi samolyot namunalarini bogʻda joylashtirish uchun ajratish vazifasi yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktab va bogʻni tashkil etish, Astronomiya institutining asosiy va tarixiy binolarini kapital taʼmirlash bilan bogʻliq tashkiliy masalalar va moliyalashtirish manbalarini aniqlashga qaratilgan choralarni koʻrsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 14-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3275-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Astronomik tadqiqotlar ildizi Oʻzbekistonda uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Oʻzbekiston hududida miloddan avvalgi birinchi ming yillikda qishloq xoʻjaligi ishlarining muddatlarini belgilashda Quyosh, Oy va sayyoralarning harakatlanish qonuniyatlariga doir chuqur bilimlar asosida tuzilgan taqvimlardan foydalanadigan dehqonchilikka ixtisoslashgan rivojlangan tarixiy-madaniy markazlar faoliyat koʻrsatgan. Astronomiya fan sifatida oʻrta asrlarda jadal surʼatlarda rivojlandi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayxon Beruniy, ayniqsa, Mirzo Ulugʻbek kabi oʻrta asrlar buyuk mutafakkirlarining matematika va astronomiyaning rivojlanishiga qoʻshgan ulkan hissasi butun jahon hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilgan.

Astronomiya fanining kelgusida yanada taraqqiy etishi iqtidorli yoshlar orasidan malakali kadrlarni tayyorlash samaradorligini oshirish talab etilishini inobatga olib, oʻsib kelayotgan yosh avlodni xalqimizning astronomiyani oʻrganishdagi buyuk anʼanalari ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarning astronomiya va aerokosmos faoliyati sohasidagi milliy va dunyo ilm-fanining yangi yutuqlarini oʻrganish va oʻzlashtirishga boʻlgan ishtiyoqini rivojlantirish, yoshlarning aerokosmik fan va texnika asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati tashkil etiladi. Maktabda 200 nafar oʻquvchi tahsil olishi hamda va 150 oʻrinli turar joy binosi tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Qurilish-taʼmirlash taʼlim muassasasini jihozlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil Investitsiya dasturi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Buyurtmachi sifatida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi” injiniring kompaniyasi belgilangan boʻlib, barcha qurilish-taʼmirlash ishlarini 2018-yil 1-avgustiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Maktab-internat 2018-2019 oʻquv yili boshlanguniga qadar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan barcha zarur mebel, oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.

Qarorga muvofiq 2018-2019 oʻquv yilidan maktabga 7-sinfdan boshlab har bir sinfda 20 nafardan oʻquvchi qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilgan.

Astronomiya instituti maktabning oʻquv jarayonida yetakchi mutaxassislar ishtirokini taʼminlaydi, mavjud asbob-uskunalardan foydalangan holda astronomiya boʻyicha dars va amaliy mashgʻulotlarni tashkil etadi.

Ushbu qaror asosida Toshkent shahar, Astronomiya koʻchasi, 33-uy manzilida Astronomiya instituti hududida “Astronomiya va aeronavtika” bogʻi va Planetariy tashkil etiladi. Shuningdek, Astronomiya institutining asosiy va tarixiy binolarini hamda madaniy-tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan teleskoplar pavilyonlarini kapital taʼmirlash koʻzda tutilgan.

Ushbu bogʻ va Planetariyga Toshkent shahar hokimligi buyurtmalari asosida Mudofaa vazirligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK va “Toshkent mexanika zavodi” AJ tasarrufidagi mavjud samolyot namuna(maket)lari ajratiladi va oʻrnatiladi.

2017 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining “4.4. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish:” boʻlimida umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʻlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish muhim maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

Mazkur qaror ushbu maqsadni amaliyotda joriy etish, iqtidorli bolalarni qoʻllab-quvvatlash hamda izlanuvchan yoshlarni ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida tayyorlashga xizmat qiladi.


(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1032-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)