23.06.2021 yildagi PQ-5158-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi O‘zbekiston” universitetini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlarini XXI asrning yuksak demokratik talablari asosida yangilash, inson huquq va erkinliklari, manfaatlarini ta’minlash, jahon hamjamiyati bilan uyg‘un va hamnafas bo‘lib yashash, milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishish yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday strategik maqsadlarning eng muhim uzviy qismi bo‘lgan ilm-fan va ta’lim-tarbiya tizimini, jumladan oliy ta’lim taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish ustuvor masala sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni shu asosda insonning fundamental huquqlaridan biri bo‘lgan bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlar, malaka darajalarini egallash bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa muddatda respublikamizda oliy ta’lim muassasalari soni qariyb ikki barobar oshgani, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi oliygohlar, xususan nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari ochilayotgani, tizimda o‘qishning kunduzgi shakli bilan birga kechki va sirtqi bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qamrovi 2016-yildagi 9 foizdan bugungi kunga kelib 28 foizga yetganini alohida ta’kidlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi kunda biz o‘z oldimizga qo‘ygan, har tomonlama rivojlangan yangi O‘zbekiston davlati va jamiyatini barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulkan vazifalar yurtimizda yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, jahon mehnat bozori, ilm-fan va texnologiyalar olamida raqobatdosh, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirgan, yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar kadrlar tayyorlashning umume’tirof etilgan xalqaro standartlar asosidagi innovatsion tizimini shakllantirish borasidagi ishlarimizni sifat jihatidan yanada kuchaytirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hech shubhasiz, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining bayroqdori — flagmani sifatida respublikamiz va dunyo tajribasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etadigan, barcha institut va universitetlarimizga namunaviy model bo‘lib xizmat qiladigan yangi zamonaviy universitetni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimiz, avvalo, yoshlarimizning talab va istaklarini hisobga olib hamda mamlakatimizning oliy ta’lim sohasidagi kadrlar tayyorlash salohiyatini oshirish, bu borada farzandlarimiz uchun yanada keng imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston” universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda ta’lim jarayoni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tamomlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Istiqbolli kadrlar ma’lumotlar bazasiga olinadi hamda 5 yillik ish tajribasidan so‘ng rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvaraqlari, shtamp va boshqa rekvizitlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarining ta’lim dasturlari asosida yuksak zamonaviy kasbiy bilim va malakaga ega bo‘lgan, xalqaro miqyosda raqobatbardosh, istiqbolli kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-tarbiya jarayonini ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan ta’lim texnologiyalari va usullari asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlashga, o‘quv materiallarini samarali va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay ta’lim muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, chet ellardagi nufuzli, tan olingan ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’limning uzluksizligi va sifatini ta’minlash borasida Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga metodik yordam ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Universitet quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning tuzilmasini va shtatlar jadvalini tasdiqlash, shuningdek, bakalavriat va magistraturada o‘qish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida ta’lim yo‘nalishlarini belgilash, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash hamda pedagog xodimlarning mehnatini me’yorlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali, jumladan xorijiy mamlakatlardagi yetuk mutaxassislarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda Universitet xodimlarining ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul qilish shartlarini, shuningdek, talabalarni qabul qilishda test sinovlari fanlari majmuasini va o‘qish uchun to‘lov miqdorini belgilash;
(3-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish uchun tijorat va notijorat tashkilotlar (startap, jamg‘arma va boshqalar) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ta’lim va ilmiy tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish hamda o‘z faoliyatiga oid moliyaviy-iqtisodiy va ma’muriy boshqaruv yuzasidan qarorlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Universitetda ta’lim-tarbiya jarayonlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida olib boriladi hamda talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat va sadoqat, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Universitetda ta’lim jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi hamda davlat va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) talabalarni qabul qilish parametrlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan kelishgan holda Universitet tomonidan o‘rnatiladi;
(3-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Universitetda uning ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Universitetda ta’lim jarayoni “fan — ta’lim — ishlab chiqarish integratsiyasi” tamoyili asosida tashkil etilib, talabalar 1-kursdan ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot markazlariga biriktiriladi hamda bitiruvchi kurs talabalari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish va bitiruv oldi amaliyotini nufuzli xorijiy kompaniyalarda o‘tash imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Agentlik Universitetga malakali professor-o‘qituvchilarni, jumladan xorijiy mamlakatlar mutaxassislarini jalb qilishga yaqindan ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet tomonidan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Universitetda talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun sport to‘garaklari, san’at studiyalari, kutubxona va ekskursiyalar tashkil etiladi, turli trening va madaniy uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Universitetda iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat granti quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlariga.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bir oy muddatda davlat grantini berish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yangi O‘zbekiston” universitetining faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik tomonidan Universitetda ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets texnologiya instituti, Stenford universiteti, Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti, Germaniyaning Myunxen texnika universiteti va boshqa nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar olib borilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet ustavining tasdiqlanishi va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralar yakuni bo‘yicha hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladigan ta’lim yo‘nalishlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda Universitetni chuqur bilim, yuqori kasb mahoratiga ega, tajribali rahbar va pedagog kadrlar hamda malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari ochilishidan kelib chiqib, o‘quv rejalari va fan dasturlarini joriy etish uchun Universitetni zarur moddiy-texnika vositalari, darsliklar, o‘quv va metodik adabiyotlar, laboratoriya asbob-uskunalari, sarflanadigan laboratoriya materiallari bilan butlash choralarini ko‘rsin hamda ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalariga doimiy ulanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Universitetga homiylik, grant va budjetdan tashqari mablag‘larni, texnik ko‘mak hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb etishga ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Universitetda ta’lim jarayonini 2021/2022 o‘quv yilidan tashkil etish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2024-yil 1-iyunga qadar Agentlik va Universitet tomonidan olib kelinadigan o‘quv va ilmiy laboratoriya jihozlari, sarflanadigan laboratoriya materiallari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona bojidan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Universitet buyurtmalariga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislar, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda ko‘p martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jalb etiladigan xorijiy o‘qituvchilar va mutaxassislar, ularning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash manzillari bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet kampusini qurish uchun Toshkent shahrida zarur yer maydonini doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy loyiha va pudrat kompaniyalarini jalb etgan holda Universitet uchun zamonaviy o‘quv kampusi loyihasi ishlab chiqilishi va xalqaro standartlar asosida qurilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi bino qurilgunga qadar Universitetni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bo‘sh maydonlarida vaqtinchalik joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5158-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-iyundagi PQ-5158-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi O‘zbekiston” universitetining faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari

1.

“Yangi O‘zbekiston” universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Universitetni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

3. Universitet tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.

2021-yil iyul

-

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik)

2.

Universitet faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish.

1. Universitet faoliyatini dastlabki bosqichda tashkil etish bo‘yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarini aniqlash.

2. Aniqlangan oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar olib borish va ular bilan uzoq muddatli kelishuvga erishish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

3.

Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Universitet ta’lim jarayoniga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar hamda malakali mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish.

2021-yil avgust

4.

Universitetga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.

1. Universitetning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari kesimida qabul parametrlarini belgilash.

2021-yil iyul

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.

3. Kirish imtihonlarini o‘tkazish va talabalarni o‘qishga qabul qilish.

2021-yil avgust-sentabr

5.

Universitetda iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat grantini berish tartibini ishlab chiqish.

1. Davlat grantini b?rish tartibini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

-

Agentlik (H. Umarova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

6.

Universitetni rivojlantirish va xalqaro tan olingan reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Strategiyani ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va hamkor oliy ta’lim muassasalari mutaxassislarini jalb etish.

2021-yil iyul

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Universitetni o‘rta muddatda eng yaxshi 1000 ta, uzoq muddatda eng yaxshi 500 ta oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiritish strategiyasini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

7.

Universitetni nufuzli xalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tkazish.

1. Xalqaro tashkilotlarning akkreditatsiyadan o‘tkazish talablarini o‘rganish.

2023-yil iyun

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitet mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Universitetni xalqaro akkreditatsiya talablari darajasida tayyorlash.

2026-yil yanvar

3. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil etish.

2027-yil iyun

8.

Universitetning xalqaro reytinglarda ishtirokini tashkil etish.

1. Universitet ishtirok etishi kutilayotgan xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash.

2023 may iyun

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), Universitet

2. Ro‘yxat bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning reyting o‘tkazish talablarini o‘rganish.

2024-yil avgust

3. Universitetni xalqaro reyting tashkilotlari talablari darajasida tayyorlash.

2027-yil iyul

4. Universitetning xalqaro reyting baholash jarayonida ishtirok etishini tashkil etish.

2029-yil dekabr

9.

Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ta’lim uzluksizligi va sifatini ta’minlash borasida Universitet tomonidan metodik yordam ko‘rsatish.

1. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini o‘rganish.

2. Maktablarning o‘quv jarayoni tahlili asosida ularda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga ko‘maklashish.

3. Universitet tomonidan maktablarda mahorat darslarini tashkil qilish.

Doimiy

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), Universitet

II. Universitetning o‘quv jarayonini tashkil etish

10.

O‘quv jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan kelishuvlar asosida ta’lim yo‘nalishlarini belgilash, o‘quv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.

2. Bakalavriat va magistraturada o‘qish muddatlari va talabalarning o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish tartibini belgilash.

3. Malakali, jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ularga mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorini belgilash.

2021-yil avgust

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

11.

Ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini joriy etish.

1. Xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini o‘rganish va joriy etish choralarini ko‘rish.

2021-yil sentabr

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Doimiy

12.

O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talabalar uchun ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish.

1. O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli o‘quv-metodik, ilmiy-metodik qo‘llanmalar va ilmiy nashrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2021-yil sentabr

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2. Talabalar ta’lim jarayonida foydalanishi uchun ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalariga ulanish.

2021-2022-yillar

3. Talabalar uchun zamonaviy, jumladan raqamli shaklda kutubxona tashkil etish va uni zamonaviy adabiyot va axborot resurslari bilan boyitib borish.

13.

Universitet talabalarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.

2. Shartnoma shartlariga muvofiq amaliy mashg‘ulotlar va malakaviy amaliyotni o‘quv jarayoni jadvali asosida tashkil etish, ushbu jarayonni nazorat qilish uchun Universitet va tashkilotlar vakillarini biriktirish.

Reja jadvalga muvofiq

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari

14.

Universitetda talabalar bo‘sh vaqtining mazmunli o‘tishini tashkil qilish va ularning ijtimoiy hayotini faollashtirish.

1. Talabalar uchun sport to‘garaklari va san’at studiyalarini tashkil qilish.

2021-yil oktabr

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Talabalar uchun ekskursiyalar tashkil etish, turli trening va madaniy uchrashuvlar o‘tkazish.

Reja jadvalga muvofiq

15.

2021 — 2024-yillar uchun Universitet ta’lim jarayonini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.

1. Fakultetlar sonini 5 taga, yo‘nalishlar sonini 10 taga yetkazish.

2021-yil sentabr

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Magistratura bosqichiga qabul kvotasini 50 taga yetkazish.

2022-yil sentabr

3. Ilmiy unvon va xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar sonini 124 nafarga yetkazish.

2023-yil sentabr

4. Bakalavr bosqichi talabalari sonini 500 nafarga, doktorantlar sonini 10 nafarga yetkazish.

2024-yil sentabr

16.

2025 — 2028-yillar uchun Universitet ta’lim jarayonining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.

1. Fakultetlar sonini 6 taga, yo‘nalishlar sonini 12 taga yetkazish.

2025-yil sentabr

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Magistratura bosqichida talabalar sonini 400 nafarga yetkazish.

2027-yil sentabr

3. Ilmiy unvon va xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar sonini 587 nafarga yetkazish.

2028-yil sentabr

4. Bakalavr bosqichi talabalari sonini 4700 nafarga, doktorantlar sonini 100 nafarga yetkazish.

2028-yil sentabr

17.

Xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va talabalarning amaliy ko‘nikmalarini orttirish tizimini joriy etish va takomillashtirish.

1. Xalqaro kompaniyalar va korxonalarda amaliyot o‘tash tizimini joriy etish.

2. Yirik kompaniyalar faoliyatini o‘rganish.

3. Talabalarni ixtisoslik sohasiga amaliyot orqali o‘rgatish tizimini joriy etish.

2022-yil yanvar — may

Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari, Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

18.

Agrotexnologiyalar fakultetini tashkil etish.

1. Fakultetni tashkil etishda xalqaro tajribalarni o‘rganish. Bunda, “Gen muhandisligi”, “Atrof-muhit muhandisligi”, “Biotizimlar muhandisligi” va “Agroiqtisodiyot” sohalarini tahlil qilish.

2022 — 2024-yillar

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova)

2. Agrotexnologiyalar fakultetiga talabalarni qab?l qilish.

2024/2025 o‘quv yilidan

III. Ilmiy-innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni tashkil etish

19.

Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli sohalarning ilmiy-texnik muammolariga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

1. Sohalarning ilmiy-texnik muammolari bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish.

2. Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini tegishli ilmiy-tadqiqot ishlariga biriktirish.

Har o‘quv yilining sentabr-oktabr oylari

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

3. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini impakt faktori yuqori bo‘lgan xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish hamda natijalarni amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rish.

Doimiy

20.

Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, yuqori natijadorlikka erishishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarni olib borish orqali Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Professor-o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda tizimli ravishda ishtirokini ta’minlash.

2022-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish uchun mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, falsafa fanlari doktori (RhD) hamda fan doktorlarining (DSs) yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish.

3. Yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2023-yil yanvar oyidan boshlab doimiy

21.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini va qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil noyabr

Universitet mablag‘lari, Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov)

2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash.

2023-yil martdan boshlab doimiy

22.

Innovatsiya va ilmiy faoliyatni olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish.

1. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlarini tahlil qilish.

3. Universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari salohiyatdan foydalanib tijorat hamda notijorat tashkilotlar tuzish.

Doimiy

-

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Innovatsion rivojlanishvazirligi (I. Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Universitet ilmiy maktablarini shakllantirish va respublika ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilish.

1. Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy maktablarini yo‘lga qo‘yish.

2. Ilmiy maktablar faoliyatini ommalashtirish va qo‘lga kiritilgan yutuqlar bo‘yicha xalqaro konferensi??ar tashkil qilish.

3. Mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kuchaytirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet, Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

24.

Universitet talabalarini amaliyot o‘tash obyektlariga biriktirish.

1. Tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot o‘tash obyektlari bazasini shakllantirish.

2. Davlat organlari va davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ro‘yxatini tasdiqlash.

Har yili 1-martga qadar

Agentlik huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari, Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari

Agentlik (H. Umarova), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Universitetning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish

25.

Universitet binosini barpo etish va uning hududini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

1. Universitet binosini barpo etish uchun yer maydoni ajratish.

2. Universitet uchun bino va inshootlarda qurilish-ta’mirlash ishlarini tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan bajarish.

3. Talabalar turar joyini qurish va jihozlash ishlarini bajarish.

4. Universitet hududini zamonaviy landshaft dizayni asosida obodonlashtirish.

2022/2023 o‘quv yiliga qadar

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Vazirlar Mahkamasi, Agentlik (H. Umarova), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev)

26.

Universitetning o‘quv binolarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.

1. Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatini hisobga olgan holda auditoriyalarni jihozlash uchun zarur vositalar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil iyul

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Universitetni o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash.

Reja jadvalga muvofiq

27.

Universitet sport kompleksini tashkil etish va uni zamonaviy inventarlar bilan jihozlash.

1. Sport kompleksi uchun zarur inventarlar ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Sport inventarlari bilan doimiy ta’minlash choralarini ko‘rish.

2022-yil sentabr

Davlat budjeti mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Universitet, Agentlik (H. Umarova), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 07/21/5158/0593-son; 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)