1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.03.00 Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi organ]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3493]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-avgustdagi 19/14-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3391, 04.10.2022-y.)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2023-yil 26-dekabrdagi 104-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida (bundan buyon matnda maxsus rejim deb yuritiladi) maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyatini monitoring qilish, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish hamda maxsus rejim ishtirokchilari reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat qilgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxs yoki tan olingan xorijiy yurisdiksiyada roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kastodian — chet elda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida faoliyat yurituvchi moliyaviy tashkilot, shu jumladan bank boʻlib, u moliyaviy vositalar va mijozlarning pul mablagʻlarining hisobini yuritish, ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlash, mijozlarning moliyaviy vositalarini saqlash boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olish vazifasini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim — kapital bozori sohasida moliyaviy vositalar, tartib va mexanizmlarni joriy etuvchi yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi — maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxs yoki tan olingan xorijiy yurisdiksiyada roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarining reyestri (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) — maxsus rejimda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi ommaviy axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omnibus hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida yoki “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (bundan buyon matnda “OʻzRVB” AJ deb yuritiladi) depozitariy tizimida ochilgan va barcha chet ellik benefitsiar mulkdorlar va (yoki) chet ellik nominal saqlovchilarga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni va qiymati jamlangan holda hisobga olinadigan xorijiy nominal hisobvaraq turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tan olingan xorijiy yurisdiksiya — Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tan olingan xorijiy yurisdiksiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi — tan olingan xorijiy yurisdiksiyaning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik mijoz — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida mijozlarga Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasidan tashqarida xizmat koʻrsatuvchi chet ellik nominal saqlovchining mijozi (jismoniy yoki yuridik shaxs, shu jumladan boshqa chet ellik nominal saqlovchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investitsiya vositachisi — Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan investitsiya vositachisining professional faoliyati bilan tenglashtiriladigan tan olingan xorijiy yurisdiksiyaning qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan investitsiya kompaniyasi (investitsiya yoki depozitar bank, broker yoki investitsiya vositachisi), global kastodian, kastodian, bank yoki boshqa yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik benefitsiar mulkdor — Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hisobida yoki “OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida qimmatli qogʻozlarning egasi sifatida roʻyxatga olingan yoki roʻyxatga olinmagan, biroq qimmatli qogʻozlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita egalik qilish yoki ulardan foyda olish huquqiga ega boʻlgan va chet ellik nominal saqlovchi hisobida qimmatli qogʻozlarning yakuniy egasi hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan maslahatlashuvlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tan olingan chet ellik investitsiya vositachisi, xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi boʻlib, professional faoliyatni amalga oshirish uchun jumladan quyidagi vakolatlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining chet ellik mijozlari (chet ellik benefitsiar mulkdorlar yoki boshqa chet ellik nominal saqlovchilar) nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, agar ular xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan tartibga solinadigan chet el birjalaridagi savdolar natijasiga koʻra xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hisob-kitoblari asosida oʻzining chet ellik mijozlari uchun qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining chet ellik mijozlari topshirigʻiga koʻra yoki ular nomidan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish, roʻyxatga olish, hisobini yuritish, saqlash va (yoki) tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy nominal hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida yoki “OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida bevosita bitta chet ellik benefitsiar mulkdor nomiga toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraq yoki omnibus hisobvaraq shaklida ochiladigan depo hisobvaragʻining turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovga nisbatan oʻtkazish (delivery versus payment) — qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish tizimi va pul oʻtkazmasini qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish tegishli toʻlov bilan bir vaqtda amalga oshirilishini taʼminlaydigan tarzda bogʻlaydigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitob mexanizmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida yoki “OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida bevosita chet ellik benefitsiar mulkdor nomidan va uning nomiga ochilgan depo hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslantirilgan mulohaza — qonunchilikda belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qoʻllaniladigan, koʻrib chiqilayotgan masalaning haqiqiy mazmuni rasmiy mazmunidan ustuvorligini nazarda tutuvchi professional baholash. Asoslantirilgan mulohaza vakolatli organ tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish doirasida olingan axborotga, jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlardan, davlat organlaridan, shu jumladan chet el nazorat organlari hamda tashkilotlaridan, boshqa ochiq manbalardan olingan va asoslantirilgan mulohazani shakllantirish uchun muhim boʻlgan boshqa axborotga asoslanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar ushbu Nizomda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, maxsus rejim doirasida Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchiligi normalari va qoidalari qoʻllaniladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlikning maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish boʻyicha ishchi organi funksiyalari Agentlikning Kapital bozorini rivojlantirish boshqarmasi (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Agentlik rahbariga (oʻrinbosariga) maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga olish yoki roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchilarini tashkiliy-huquqiy va maslahat jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning rahbariga (oʻrinbosariga) maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Arizachilar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni koʻrib chiqish hamda maxsus rejim ishtirokchisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ (bundan keyin Markaziy depozitariy deb yuritiladi) va “Toshkent” Respublika fond birjasi” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son “Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq maxsus rejim doirasida harakatlarni (operatsiyalarni) amalga oshirish uchun maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab etilmaydi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chet ellik ishtirokchilar maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishga ariza berish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan tan olingan xorijiy yurisdiksiyalarda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida maxsus rejim doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli davlat organining yoki tan olingan xorijiy yurisdiksiyalar vakolatli organining tegishli litsenziyasi yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlmagan investitsiya vositachilari va chet ellik nominal saqlovchi faoliyatni amalga oshirish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiya vositachisi va chet ellik nominal saqlovchi faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatni amalga oshirish.
LexUZ sharhi
Qarang: “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus rejim ishtirokchilarining egalari va rahbarlari (direktorlari va oʻrinbosarlari) terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar boʻlishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2021-yil 30-iyuldagi 53-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3327, 19.10.2021-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus rejim doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investitsiya vositachilari Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishi va depo hisobvaraqlarini ochishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchilar qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobvaraqlar ochishi va Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini toʻgʻridan toʻgʻri yoki agent orqali amalga oshirishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchilar, jumladan kastodian banklarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida xorijiy va milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga, shuningdek Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida depo hisobvaraqlari ochishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitar bank (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida kiritilgan xalqaro bozorlarda davlat aksiya paketlarini IPO/SPO orqali sotishda ishtirok etayotgan rezident-emitentlarning aksiyalariga nisbatan huquqlarni tasdiqlovchi global depozitar tilxatlarning xorijiy emitenti) (bundan buyon matnda depozitar bank deb yuritiladi) maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan kastodian maʼlumotlari asosida oʻz nomidan kastodianda va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida rezident-emitentlarning aksiyalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni berishga huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qogʻozlar — bazaviy aktiv asosidagi depozitar tilxatlar dasturi (chiqarish, konvertatsiya qilish va bekor qilish) doirasida qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz oʻtkazish (Free of Payment Transfer) Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan egalik huquqi oʻzgarishi (Change of Beneficiary Owner) haqidagi topshiriqnomalar asosida amalga oshiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda bitim sifatida rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushgan savdolarda qimmatli qogʻozlarni sotuvchi (sotib oluvchi) norezident yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi va muomalasi hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda obligatsiyalarning qiymatini chet el valyutasida belgilash va mazkur valyutada toʻlashga ruxsat beriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan emitentlarning korporativ obligatsiyalarini chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchilar oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasida ochilgan hisobvaraqlaridagi hisobga olingan qimmatli qogʻozlar yoki pul mablagʻlarining benefitsiar mulkdori hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning chet el nominal hisobvaragʻidan (yoki chet el nominal hisobvaragʻiga) benefitsiar mulkdor oʻzgarmagan holda “qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) orqali oʻtkazilishi ushbu qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish (sotish) hisoblanmaydi va tomonlarning hech biri, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchi uchun soliq majburiyatini keltirib chiqarmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik nominal saqlovchilar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini alohida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan, filial yoki yangi yuridik shaxs tashkil etmasdan yoxud mahalliy yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etmasdan vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik investitsiya vositachilarining xodimlariga tan olingan xorijiy yurisdiksiyalarda berilgan qimmatli qogʻozlar bilan ishlash imkonini beruvchi malaka sertifikatlari mazkur xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq alohida qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka attestatini olmagan holda Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejimning chet ellik ishtirokchilari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga, shu jumladan investitsiya fondlariga ular chiqarilgan va ularga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan kastodial xizmatlar va nominal saqlash xizmatlari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning beshinchi xatboshida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan depozitar bank Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida qimmatli qogʻozlar hisobvaraqlarini ochishga, shuningdek qimmatli qogʻozlarni xorijiy nominal hisobvaraqdan (yoki xorijiy nominal hisobvaraqqa) benefitsiar egasini almashtirmasdan “qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) yoʻli bilan oʻtkazishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi va depozitar bank oʻzining nominal saqlashida boʻlgan aksiyalar bilan berilgan aksiyadorning barcha huquqlarini oʻz mijozlari — chet ellik benefitsiar egalari va (yoki) qimmatli qogʻozlarning boshqa chet ellik nominal saqlovchilari nomidan va ularning manfaatlarini koʻzlab, oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan, bunday chet ellik benefitsiar egalari va (yoki) qimmatli qogʻozlarning boshqa chet ellik nominal saqlovchilari nomidan vakillik qilish huquqini tasdiqlovchi hech qanday ishonchnomalarsiz amalga oshirishga haqli. Agar chet ellik nominal saqlovchi yoki depozitar bankda bir emitentning bir turdagi aksiyalari bir nechta mijoz uchun nominal saqlanayotgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi yoki depozitar bank aksiyadorning huquqlarini bunday shaxslardan olingan alohida topshiriqlar asosida har bir mijozga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda amalga oshiradi. Bunda qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi yoki depozitar banki, agar nominal saqlov shartnomasi shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kun tartibidagi ayni bir masala boʻyicha bunday shaxslarning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda alohida-alohida ovoz berishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emitent-aksiyadorlik jamiyati ustav fondini keyinchalik kamaytirish yoki aksiyalarni qayta sotish maqsadida, hisob-kitoblar va ularning yuritilishi maxsus rejim doirasida faoliyat yuritishga ruxsat etilgan kastodian orqali amalga oshirilishi sharti bilan, depozitar tilxatlar boʻyicha xorijiy benefitsiar mulkdorlarning manfaatlarida bunday aksiyalarga boʻlgan huquqlarni hisobga oluvchi xorijiy nominal saqlovchi yoki depozitar bankdan oʻz aksiyalarini toʻgʻridan toʻgʻri sotib olishga haqli. Agar amallar maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga olingan kastodian orqali bajarilsa, ushbu operatsiyani amalga oshirish uchun emitent va depozitar bankning maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab qilinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ nizolarga taalluqli boʻlgan hamda emitentning qimmatli qogʻozlarini depozitar tilxatlardan foydalangan holda xorijiy bozorlarda joylashtirish va ularning muomalada boʻlishidan, shuningdek emitent, kastodian, chet ellik nominal saqlovchi, depozitar bank va depozitar tilxatlar egalarining huquq va majburiyatlarini bajarishdan kelib chiqadigan yoki emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan bogʻliq nizolar taraflarning kelishuviga koʻra xalqaro tijorat arbitrajiga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy emitentlarning qimmatli qogʻozlari muomalasini fond birjalarining tegishli savdo maydonchasi orqali yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan investitsiya vositachilarining elektron platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Fond birjasining savdo maydonchalariga va investitsiya vositachisining elektron platformasiga qoʻyiladigan talablar Agentlik tomonidan belgilanadi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Arizani taqdim etish va koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun arizachi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza hamda quyidagi maʼlumotlar va hujjatlarni Agentlikka taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatning nusxasi, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrining tegishli rasmiy manbasiga havola;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq arizachining rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va hujjatlar arizachi tomonidan Agentlikka qogʻoz yoki Agentlikning elektron pochta manziliga elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar arizachining rahbari tomonidan tasdiqlanishi (imzolanishi) kerak.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etilayotgan maʼlumotlar yuqori sifatda va “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik ariza kelib tushgan kundan boshlab yigirma ish kuni ichida arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda qoʻshimcha ravishda tekshirish talab qilingan taqdirda, ishchi organning taklifiga koʻra arizani koʻrib chiqish muddati Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda arizachi shu kunning oʻzida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishchi organ ariza va taqdim etilgan hujjatlarni oʻn besh ish kuni, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda, yigirma besh ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijasi boʻyicha xulosani Agentlik rahbari (oʻrinbosari)ga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishchi organ tomonidan xulosa kiritilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arizachini quyidagi hollarda maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining mansabdor shaxslari va taʼsischilarining iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlarda, shuningdek uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan ariza beruvchilar tomonidan maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadan oldingi oxirgi 2 yil mobaynida qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning asoslantirilgan mulohazasi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda arizachiga ishchi organ tomonidan rad etish asoslari koʻrsatilgan holda bir ish kuni ichida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Arizachi rad etish asoslarini bartaraf etgan holda xabarnomani olgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida takroran ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran berilgan ariza boʻyicha oʻn ish kuni ichida arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng takroran taqdim etilgan arizalar ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ishchi organ bir ish kuni ichida tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida arizachini mazkur qaror bilan yozma ravishda tanishtiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus rejim ishtirokchisining faoliyatini monitoring qilish va ishtirokchi maqomidan mahrum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchilarining faoliyati hamda ular tomonidan maxsus rejim talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maxsus rejim ishtirokchilari har oyda Agentlik tomonidan tasdiqlangan shaklga muvofiq keyingi oyning beshinchi kunigacha Agentlikka oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha berilgan hisobotlarda yolgʻon maʼlumotlar berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining toʻlovga qobiliyatsiz deb topilishi, shuningdek uning litsenziyasi yoki tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatining bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa vakolatli organlaridan arizachining mansabdor shaxslari va taʼsischilari iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish va ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi, korrupsiya hamda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumon qilinayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni ketma-ket ikki oy davomida taqdim etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 2-bobida belgilangan talab va shartlarning buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning asoslantirilgan mulohazasi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 11-martdagi 01-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3493-1, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan holatlar aniqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida Agentlik tomonidan maxsus rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda tegishli yuridik shaxsni xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.01 Investitsiya vositachisi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Chet ellik investitsiya vositachisi yoki chet ellik nominal saqlovchi maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinganda, ularning depo hisobvaraqlarini boshqa chet ellik investitsiya vositachisi yoki chet ellik nominal saqlovchiga oʻtkazish tartibi ular oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Reyestr ishchi organ tomonidan yuritiladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan berilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisining roʻyxatdan oʻtkazish raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus rejim ishtirokchisini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Reyestrda mavjud boʻlgan maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Manfaatdor shaxslar Agentlik tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi II boʻlimining 23-bobi (“Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”).
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Arizachi
1. Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining (bundan buyon matnda maxsus rejim deb yuritiladi) ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza va hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ariza va hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Agentlik
Ariza va hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxat oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
20 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda 30 ish kuni
Agentlik
1. Ishchi organ ariza va hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
15 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda 25 ish kuni
2. Ishchi organ xulosasi asosida maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
5 ish kuni
3-bosqich
Ishchi organ
Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, bu haqda arizachiga rad etish asoslarini koʻrsatgan holda xabarnoma yuboradi.
1 ish kuni
4-bosqich
Arizachi
Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga oʻtkazishni rad etish asoslarini bartaraf etgan holda takroran ariza beradi.
30 kun
Agentlik
1. Takroran berilgan ariza boʻyicha arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatga oʻtkazish yoki roʻyxatga oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
10 ish kuni
2. Mazkur muddat oʻtganidan soʻng takroran taqdim etilgan arizalarni ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqadi.
belgilangan muddatda
5-bosqich
Ishchi organ
1. Maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va arizachiga xabarnoma yuboradi.
1 ish kuni
2. Arizachini maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror bilan yozma ravishda tanishtiradi hamda maxsus rejimning talablari va shartlariga rioya qilinmagan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilinishi toʻgʻrisida ogohlantiradi.
3 ish kuni
6-bosqich
Maxsus rejim ishtirokchisi
Oʻzgartirilgan, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi.
5 ish kuni
Agentlik
Arizani qabul qilgandan soʻng reyestrga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
1 ish kuni
7-bosqich
Agentlik
Mazkur Nizomda koʻrsatilgan holatlar aniqlangan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
3 ish kuni
Ishchi organ
Ishchi organ maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror asosida reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda tegishli yuridik shaxsni xabardor qiladi.
1 ish kuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet ellik ishtirokchilarning tan olingan xorijiy yurisdiksiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Xorijiy yurisdiksiya nomi
1.
Avstraliya
2.
Avstriya
3.
Armaniston
4.
Belgiya
5.
Buyuk Britaniya
6.
Vengriya
7.
Germaniya
8.
Gonkong
9.
Gretsiya
10.
Gruziya
11.
Daniya
12.
Irlandiya
13.
Islandiya
14.
Ispaniya
15.
Italiya
16.
Xitoy
17.
Kanada
18.
Janubiy Koreya
19.
Latviya
20.
Litva
21.
Lyuksemburg
22.
Niderlandiya
23.
Yangi Zelandiya
24.
Norvegiya
25.
Polsha
26.
Portugaliya
27.
Singapur
28.
Sloveniya
29.
Slovakiya
30.
Amerika Qoʻshma Shtatlari
31.
Turkiya
32.
Finlyandiya
33.
Fransiya
34.
Chexiya
35.
Shvetsiya
36.
Shveysariya
37.
Estoniya
38.
Yaponiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
1.
Yuridik shaxsning (arizachining) nomi:
2.
Yuridik manzili (pochta manzili):
3.
Elektron pochta manzili:
4.
Telefon raqami:
5.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)(agar mavjud boʻlsa):
6.
Xizmat koʻrsatuvchi banki:
7.
Rahbarining familiyasi va ismi:
8.
Arizani topshirishga vakolatli shaxsning familiyasi va ismi, telefon raqami, elektron pochta manzili:
Sizdan kapital bozori “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ________________________________________________________________________
(murojaat maqsadi: maxsus rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish)
ruxsat berishingizni soʻraymiz.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1. Anketa ___ varaqda; 2. Yuridik shaxs (arizachi) ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarining nusxasi; 3. Yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joydagi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organi tomonidan berilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nusxasi, shuningdek agar mavjud boʻlsa, litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat reyestrining tegishli rasmiy manbasiga havola; 4. Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Yuridik shaxs rahbarining imzosi 20___ yil “___”____________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizachining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANKETASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Arizachi haqidagi maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning (arizachining) nomi
Joylashgan joyi (manzili)
Telefon raqami
Elektron pochta manzili
Rasmiy veb-sayti
Yuridik shaxs (arizachi) roʻyxatdan oʻtgan davlat
Doimiy faoliyat yuritish joyi
Yuridik shaxsning (arizachining) davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi (kun/oy/yil) va raqami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Arizachining faoliyati bilan bogʻliq maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Arizachi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan tashkilot tuzilmasi, ilgari erishilgan yutuqlar va faoliyat profili
2. Arizachining yirik aksiyadorlari (aksiyalarining/ulushlarining kamida 25 foiziga egalik qiluvchi) va ijro organi/boshqaruv aʼzolarining (boshqaruv raisi, bosh direktor, direktorlar) sohadagi bilim va tajriba toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
3. Arizachining moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (oxirgi moliyaviy yil holatiga arizachining moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilgan yillik moliyaviy hisoboti boʻyicha)
4. Arizachining roʻyxatdan oʻtgan tan olingan xorijiy yurisdiksiyadagi litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi doirasida amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat haqidagi maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan, arizachining mazkur faoliyatni amalga oshirish boʻyicha boshqa bozorlardagi tajribasi va kapital bozorining rivojlanishiga yordam berishi toʻgʻrisidagi obyektiv tahlil
2. Amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini koʻrsatib bering:
arizachi, uning mijozlari va biznes sheriklari (agar mavjud boʻlsa) oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar va pul aylanmalari;
arizachi mijozlarining mablagʻlari va qimmatli qogʻozlari joylashtiriladigan va saqlanadigan tashkilot.
3. Arizachi tomonidan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik tizimlar va yechimlari
4. Amalga oshirilishi moʻljallangan faoliyat boshlashning taxminiy sanasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Arizachi:
har qanday jinoyat uchun tergovda qatnashgan, ayblanayotgan, sudlangan yoxud har qanday jinoiy taʼqib ostida boʻlganmi yoki hozirda mavjudmi yoxud
soʻnggi 5 yil ichida tan olingan xorijiy yurisdiksiyadagi biron bir tartibga soluvchi yoki litsenziyalovchi organ tomonidan intizomiy javobgarlikka tortilganmi?
Xa Yoʻq
2. Arizachi hozirda yoki oldin:
bankrot, faoliyati tugatilgan yoki sud nazorati ostida boʻlganmi;
unga nisbatan bankrotlik, likvidatsiya yoki sud nazorati tartib-taomillari qoʻllanilmoqdami?
Xa Yoʻq
(Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan savollarga ijobiy javob berilgan taqdirda, quyida batafsil maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur anketa va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligini hamda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar berilmaganligini tasdiqlayman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizam qanoatlantilganidan keyin taqdim etgan hujjatlarimda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum etilishim mumkinligini tushunaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxsning ismi
Lavozimi
Telefon raqami
Email
Vakolatli shaxsning imzosi
Sana:
Qoʻshimcha aloqa uchun shaxs (agar yuqoridagidan farq qilsa)
Lavozimi
Telefon raqami
Email
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning (arizachining) rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
T/r
Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari)
Lavozimi
Familiyasi, ismi
Fuqaroligi
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat
Hujjat turi
Seriya va raqami
Berilgan vaqti va amal qilish muddati
Kim tomonidan berilgan
1
2
3
4
5
6
7
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
T/r
Yuridik shaxsning taʼsischilari
Familiyasi, ismi yoki yuridik shaxs nomi
Ulush miqdori
Fuqaroligi (jismoniy shaxslar uchun) yoki davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi (yuridik shaxslar uchun)
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma
Hujjat turi
Seriya va raqami
Berilgan vaqti va amal qilish muddati
Kim tomonidan berilgan
1
2
3
4
5
6
7
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2024-y., 10/24/3493/0074-son; 06.04.2026-y., 10/26/3493-1/0318-son)