18.12.2025 yildagi PF-254-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozorini yanada rivojlantirish, yangi investitsiya mahsulotlarini joriy etish, kapital bozoriga qoʻshimcha investitsiyalar, shu jumladan, mahalliy investorlarning xorijiy valyutadagi pul mablagʻlarini jalb qilishni ragʻbatlantirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan investorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vazifalarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar 2030-yilga qadar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) zamonaviy moliyaviy instrumentlarni joriy etish orqali fond bozoriga 1 mlrd AQSH dollari, shu jumladan, 5 trln soʻmlik korporativ obligatsiyalar chiqarilishi hisobiga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilishga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kapital bozori ishtirokchilarining investitsiyalari xavfsizligini kafolatlovchi mexanizmlarni joriy etish hisobiga bartaraf etiladigan huquqbuzarliklar ulushini 85 foizdan oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kapital bozori ishtirokchilari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda moliyaviy hisobotlar, korporativ harakatlar va muhim faktlarni majburiy oshkor etish darajasini 95 foizga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kapital bozorida yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qaroriga muvofiq kapital bozorida joriy etilgan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi (keyingi oʻrinlarda — Tartibga solish qumdoni) cheklanmagan muddatga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kapital bozorida Tartibga solish qumdoni doirasida quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan Tartibga solish qumdoni ishtirokchisi maqomini olish. Bunda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) qimmatli qogʻozlar bozori sohasida soʻnggi ikki yilda qonun hujjatlarini buzgan shaxslarga ushbu maqomni berishni rad etishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi rezident-emitentlarining korporativ obligatsiyalari nominal qiymatini xorijiy valyutada ifodalash hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan fond birjasining (keyingi oʻrinlarda — fond birjasi) tegishli maydonchasida joylashtirish va ularning muomalasi bilan bogʻliq toʻlovlar va hisob-kitoblarni ham xorijiy valyutada amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) chet ellik ishtirokchilarga, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga, shu jumladan, investitsiya fondlariga ular tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan kastodial va nominal saqlash xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan investitsiya vositachilariga (keyingi oʻrinlarda — investitsiya vositachisi) chet el investitsiya vositachilari, banklari, kastodianlari, savdo maydonchalari, litsenziyalangan investitsiya platformalari, tan olingan chet el yurisdiksiyalarining xalqaro va milliy markaziy depozitariylarida chet el qimmatli qogʻozlari oldi-sotdisi va ular bilan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida pul va depozitar hisobvaraqlar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Agentlik tomonidan belgilanadigan roʻyxatga asosan xorijiy birja indekslariga kiritilgan aksiyalar, xorijiy kompaniyalarning obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari, savdo qilinadigan birja fondlari (ETF), indeks fondlarining qimmatli qogʻozlari hamda xorijiy kompaniyalarning depozitar tilxatlari boʻyicha savdolarni tashkil etish. Bunda ushbu moliyaviy instrumentlar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) savdolar fond birjasi yoki investitsiya vositachisi tomonidan fond birjasining tegishli maydonchasida yoki investitsiya vositachisining elektron platformasida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ularning hajmlari Markaziy bank bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) yuridik shaxslarga banklardan nominal qiymati chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni toʻlash va majburiyatlarni bajarish uchun Agentlik tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlarni chiqarish hujjatining nusxasiga muvofiq zarur hajmdagi chet el valyutasini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) emitentlarga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda oʻz kapitali miqdoridan ortiq boʻlgan korporativ obligatsiyalarni taʼminotsiz chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kapital bozorida investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy bank va Agentlikning birja kotirovkasi varagʻiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni kredit operatsiyalarini va REPO operatsiyalarini oʻtkazishda taʼminot sifatida qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda emitent yoki qimmatli qogʻozning Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingidan koʻpi bilan ikki pogʻona past boʻlgan xalqaro kredit reytingi yoki milliy reyting shkalasi boʻyicha uning ekvivalenti mavjud boʻlgan taqdirda, ulardan taʼminot sifatida foydalanishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning ijobiy koʻrsatkichlarini hisobga olmagan holda, shuningdek, qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish paytidagi emitentning barcha majburiyatlarining oʻz kapitaliga nisbati Agentlik tomonidan belgilanadigan normativga muvofiq boʻlgan taqdirda hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda taʼminotsiz oʻz kapitali miqdoridan ortiq korporativ obligatsiyalarni chiqarishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Fond birjasi va qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Xabardor qilish tartibida investitsiya maslahatchisi faoliyatini tashkil etish talablari va shartlari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha chet el valyutasida hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish qoidalari 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan axborot tizimlari orqali elektron maʼlumot almashadigan vazirlik va idoralarning roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida fond birjasining tegishli maydonchasida va investitsiya vositachisining elektron platformasida moliyaviy instrumentlar savdosini tashkil etishga ruxsat berish va ularning muomalada boʻlishini tashkil etishning asosiy qoidalari 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Davlat roʻyxatidan oʻtkazishda hujjatlarni koʻrib chiqqanlik uchun qimmatli qogʻozlar emitentlari tomonidan toʻlanadigan yigʻimlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Kapital bozori ishtirokchilari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida ularga qoʻyiladigan alohida talablar va qoidalar 8-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) Kapital bozorini yanada rivojlantirish va investitsiyalar xavfsizligini kafolatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik va Markaziy bank manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori D.R. Li va Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-254-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun quyidagi litsenziya talablari va shartlari amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) litsenziya faoliyatining har bir kichik turi boʻyicha pul mablagʻi koʻrinishida shakllantirilgan ustav kapitalining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi quyidagi talablarga muvofiqligini taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 2026-yil 1-iyuldan boshlab — bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 3 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 2027-yil 1-iyuldan boshlab — BHMning 4 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) 2028-yil 1-iyuldan boshlab — BHMning 6 000 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda litsenziyalanadigan professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishda ustav kapitalining eng kam miqdori toʻgʻrisidagi talablar jamlangan holda qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) litsenziya talabgorining ustav kapitali va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlari yetarliligini, shuningdek, litsenziya beruvchi organ tomonidan belgilangan majburiy normativlarga muvofiqligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) dasturiy taʼminot va texnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-texnik komplekslariga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy) bilan elektron oʻzaro hamkorlikka tayyorligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariysining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasi yuklatilgan kamida bitta xodimning boʻlishi hamda ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan kamida bitta xodim (nazoratchi) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) yakka tartibdagi ijro etuvchi organ vazifasini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotining taʼsischilari boʻlgan shaxslarning aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, mazkur yuridik shaxsning faoliyat turini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan boʻlsa;
(“j” kichik bandning “iv” xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) litsenziatning mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan malaka talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) oʻzining dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda, mualliflik huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) atayin notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatish (taqdim etish) yoʻli bilan vakolatli organ va investorlarni chalgʻitmaslik, qimmatli qogʻozlar bozorida narxlarga doir manipulyatsiya qilishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) quyidagi shaxslar litsenziya egasi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdor sifatida litsenziya egasining ustav kapitalida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ushbu ilovaning “j” bandida koʻrsatilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashovchi, joylashgan yoki roʻyxatdan oʻtgan shaxslar, shuningdek, shu davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) litsenziya egasining ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga realizatsiya qilishni litsenziya beruvchi organ bilan kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) litsenziatning rahbariyati (direktori va uning oʻrinbosarlari) almashishini litsenziya beruvchi organ bilan kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Litsenziya talablari va shartlari 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amalda faoliyat koʻrsatayotgan investitsiya vositachilari 2026-yil 1-iyulga qadar mazkur ilovada nazarda tutilgan talablarga, shu jumladan, oʻz mablagʻlari miqdorlari boʻyicha talablariga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasi va qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasi va qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchisining faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi litsenziya talablari va shartlari amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) birja faoliyatini amalga oshirish va qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ishlab turgan elektron birja savdo tizimi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tuzilgan birja bitishuvlari bajarilishining kafolatlanishi tizimi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) quyidagilarni nazarda tutuvchi birja savdosi qoidalarining mavjudligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birja aʼzolarining birja savdolariga qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan birja aʼzolarining fond birjasida (fond boʻlimlarini tashkil etgan boshqa birjalarning ham) birja savdolariga qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) birja tovarlariga narxlar kotirovkasi va ular toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) narxlar bilan manipulyatsiya qilish va maxfiy axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) ustav fondini bazaviy hisoblash miqdorining 5 800 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda pul mablagʻi koʻrinishida shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) filiallar mavjud boʻlgan taqdirda, birjaning barcha aʼzolariga ushbu savdolarda bir vaqtning oʻzida qatnashish imkoniyatini bergan holda markazlashtirilgan birja savdolarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birja tovarlariga talab va taklif nisbati asosida ularga kotirovkani amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) axborotni qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(l) litsenziyalovchi organning talabiga koʻra birja faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq axborotni begʻaraz asosda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(m) birja savdolarini faqat Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha birja aʼzolari bir paytda va teng kirishini taʼminlovchi elektron tizimda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(n) quyidagi shaxslarning litsenziatga rahbarlik qilishiga yoʻl qoʻymaslik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) yakka tartibdagi ijro etuvchi organ vazifasini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotining taʼsischilari boʻlgan shaxslarning aybi bilan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi sababli, mazkur yuridik shaxsning faoliyat turini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyasi amal qilishi toʻxtatilgan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan boʻlsa;
(“n” kichik bandning “iv” xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(o) fond birjasining ijroiya organi va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbari I toifali qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(p) ularning nomidan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni, qimmatli qogʻozlar bozorida xizmat koʻrsatish va (yoki) ishlarni amalga oshirish boʻyicha majburiyatga ega boʻlgan fond birjasining II toifali xodimlari, qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(r) litsenziya egasi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdor sifatida litsenziya egasining ustav kapitalida quyidagi shaxslarning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ushbu ilovaning “n” bandida koʻrsatilganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashovchi, joylashgan yoki roʻyxatdan oʻtgan shaxslar, shuningdek, shu davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan kompaniyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) litsenziya egasining ustav kapitalidagi ulushlarni jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan, norezidentlarga realizatsiya qilishni litsenziya beruvchi organ bilan kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(t) litsenziatning rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) almashishini litsenziya beruvchi organ bilan kelishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Litsenziya talablari va shartlari 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amaldagi litsenziatlar 2026-yil 1-iyulga qadar mazkur ilovada nazarda tutilgan talablarga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabardor qilish tartibida investitsiya maslahatchisi faoliyatini tashkil etish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabardor qilish tartibida investitsiya maslahatchisi faoliyatini tashkil etish uchun quyidagi talablar va shartlar amal qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 50 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda oʻz mablagʻlari (kapitali) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari bilan oʻzaro elektron aloqaga tayyorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xabardor qiluvchida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasini bajaruvchi kamida bitta xodimning boʻlishi hamda ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish vazifasini bajaruvchi kamida bitta xodim (nazoratchi) boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) quyidagi shaxslar xabardor qiluvchining rahbari boʻlishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki oʻtalmagan boʻlsa;
(“g” kichik bandning “iii” xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) yuridik shaxs bankrot deb eʼtirof etilgan paytda va eʼtirof etilgan paytdan boshlab ikki yil oʻtmagan boʻlsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) xabardor qiluvchining mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) oʻzining dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlaydigan hujjatning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Talablar va shartlar 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amaldagi investitsiya maslahatchilari 2026-yil 1-iyulga qadar mazkur ilovada nazarda tutilgan talablarga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha chet el valyutasida hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoidalar tijorat banklari tomonidan kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi (keyingi oʻrinlarda — Tartibga solish qumdoni) doirasida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha chet el valyutasidagi pul mablagʻlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy) Tartibga solish qumdoni ishtirokchilarining quyidagi operatsiyalari boʻyicha chet el valyutasidagi hisob-kitoblarni agent-bank orqali amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tartibga solish qumdoni ishtirokchilari hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan chiqariladigan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalarining joylashtirilishi, muomalada boʻlishi va soʻndirilishi bilan bogʻliq hisob-kitoblarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tartibga solish qumdoni ishtirokchilari hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — emitentlarning qimmatli qogʻozlari bilan fond birjalarining maxsus maydonchalaridagi bitimlar natijalari boʻyicha chet el valyutasidagi hisob-kitoblarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tartibga solish qumdoni doirasida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarning emitentlari hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni toʻlash va majburiyatlarni bajarish uchun chet el valyutasini cheklovlarsiz sotib olish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari naqd chet el valyutasini investitsiya vositachisining alohida (segregatsiya qilingan) bank hisobvaragʻiga kiritadi yoki chet el valyutasidagi mablagʻlarni oʻz bank hisobvaraqlaridan investitsiya vositachisining alohida (segregatsiya qilingan) bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vositachilari tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pul mablagʻlarini kassalarda yoki notarius orqali qabul qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun mablagʻlarni faqat bank oʻtkazmalari orqali investitsiya vositachilarining alohida (segregatsiya qilingan) bank hisobvaraqlariga oʻtkazadi. Bunda chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun faqat tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qilishdan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan chet el valyutasidagi oʻz mablagʻlaridan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya vositachilari kelib tushgan chet el valyutasidagi mablagʻlarni shartnomalarda belgilangan muddatlarda Markaziy depozitariyning agent-bank ochilgan valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya vositachilari chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markaziy depozitariyning agent-bankida alohida bank hisobvaragʻi ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy fond birjasining maxsus maydonchasida xorijiy valyutadagi qimmatli qogʻozlar savdolari yakunlari boʻyicha kliringni va hisob-kitoblarni amalga oshiradi, shuningdek, xorijiy valyutadagi pul mablagʻlarini maxsus maydonchadagi bitimlar uchun nazarda tutilgan hisob-kitoblar sanasidan kechiktirmay investitsiya vositachilari, emitentlar yoki qimmatli qogʻozlarni sotuvchilarning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Emitentlar — Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari xorijiy valyutadagi korporativ obligatsiyalarning qiymatini soʻndirish va ular boʻyicha daromadlarni toʻlash uchun xorijiy valyutadagi mablagʻlarni Markaziy depozitariyning agent-bankda ochilgan bank hisobvaragʻiga keyinchalik investorlarga daromadlarni markazlashgan holda toʻlash uchun oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korporativ obligatsiyalar qiymatini soʻndirish va ular boʻyicha daromadlarni investor-rezidentlarga toʻlash chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan axborot tizimlari orqali elektron maʼlumot almashadigan vazirlik va idoralarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Elektron almashinadigan maʼlumotlar

Muddati

Maʼlumotlarni taqdim etadigan idoralar

1.

a) yuridik shaxsning

nomini oʻzgarishi;

qayta tashkil etilishi;

faoliyati tugatilishi;

roʻyxatdan oʻtkazish sanasi;

ustav fondi miqdori;

manzili (joylashgan joyining oʻzgartirilishi);

b) korxonalar va tashkilotlarning

yagona davlat reyestri;

filiallari, vakolatxonalari, shoʻba va (yoki) tobe kompaniyalari roʻyxatidagi oʻzgarishlar;

emitent aksiyalarining (ulushlari, paylari) 10 va undan ortiq foiziga ega boʻlgan yuridik shaxslar roʻyxatidagi oʻzgarishlar;

Kuzatuv kengashi va (yoki) ijroiya organi aʼzolarining emitent aksiyalariga egalik qilish ulushi oʻzgarishi;

v) aksiyadorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (aksiyadorlarning umumiy soni va roʻyxati, shu jumladan, norezidentlarning mavjudligi);

g) shaxsning yaqin qarindoshlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

d) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil yanvar

Adliya vazirligi

2.

Mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil yanvar

Majburiy ijro byurosi

3.

Faoliyatni toʻxtatish;

moliyaviy hisobot (BHMS, MHXS);

balans hisobotlari;

bank hisobvaraqlari xatlanishi;

qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni hisoblash;

emitentga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini joriy etish;

yuridik shaxsning rahbari va buxgalteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (JSHSHIR, F.I.O., lavozimi, manzili, telefon raqami);

yuridik shaxs — emitentning bitimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil yanvar

Soliq qoʻmitasi

4.

qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻzgarishi;

joylashtirilgan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (turi, hajmi, emitenti, sanasi).

2026-yil fevral

Markaziy bank,

Markaziy depozitariy

5.

Yuridik shaxslarning mavjud kreditlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

shaxsning kredit tarixi va mikroqarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil fevral

Markaziy bank,

Oʻzbekiston banklar uyushmasi

6.

Jismoniy shaxslar — aksiyadorlarning oldingi davrlardagi maʼmuriy huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (F.I.O., JSHSHIR, pasport maʼlumotlari, manzili, ishning noyob raqami/ qarorga beriladigan identifikatsiyalash raqami).

2026-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi

7.

Shaxsiy maʼlumotlar (F.I.O., JSHSHIR, pasport maʼlumotlari, yashash manzili).

2026-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi

8.

Yuridik shaxs rahbari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil fevral

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

9.

Yuridik shaxslar kuzatuv kengashining ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

10.

Koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida maʼlumot.

2026-yil mart

Kadastr agentligi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ID-kartalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (1-shakl);

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha va doimiy roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish biometrik pasportlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisidagi maʼlumotlari;

jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

2026-yil mart

Ichki ishlar vazirligi

12.

Yakka tartibdagi jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi maʼlumotlari (jismoniy shaxslar va ish beruvchilar).

2026-yil mart

AT “Xalq banki”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida fond birjasining tegishli maydonchasida va investitsiya vositachisining elektron platformasida moliyaviy instrumentlar savdosini tashkil etishga ruxsat berish va ularning muomalada boʻlishini tashkil etishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy birja indekslariga kiritilgan aksiyalar, xorijiy kompaniyalarning obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari, savdo qilinadigan birja fondlari (ETF), indeks fondlarining qimmatli qogʻozlari va xorijiy kompaniyalarning depozitar tilxatlari fond birjasining tegishli maydonchasiga va investitsiya vositachisining elektron platformasiga kiritilishi mumkin boʻlgan vositalar uchun bazaviy aktiv boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fond birjasining tegishli maydonchasiga va investitsiya vositachisining elektron platformasiga ruxsatnoma olish uchun ruxsatnoma tashabbuskori (investitsiya vositachisi, bank, shu jumladan, chet ellik nominal saqlovchi) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga ruxsatnomaga taklif etilayotgan instrumentlar boʻyicha bazaviy aktivlarning turlari va sonini koʻrsatgan holda ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ruxsatnoma olish tashabbuskori qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan maʼqullangan bazaviy aktivlarni Markaziy depozitariyning xorijiy yurisdiksiyalardagi korrespondentlik hisobvaragʻiga oʻtkazishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy depozitariy ularni fond birjalarining tegishli maydonchasida joylashtirish va muomalada boʻlishi uchun maʼqullangan bazaviy aktivlarga mutanosib ravishda maxsus individual identifikatsiya raqamini bergan holda instrumentlarning tegishli sonini yaratadi, shuningdek, ularning egalari reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fond birjasining tegishli maydonchasida va investitsiya vositachisining elektron platformasida faqat chet el yurisdiksiyalaridagi Markaziy depozitariyning korrespondentlik hisobvaragʻida bazaviy aktivlari oldindan deponentlangan instrumentlar joylashtirilishi va muomalada boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fond birjasining tegishli maydonchasida va investitsiya vositachisining elektron platformasida tuzilgan bitimlar yakunlari boʻyicha moliyaviy vositalar va pul mablagʻlari boʻyicha kliring va hisob-kitoblar Markaziy depozitariyning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korporativ harakatlar, shu jumladan, dividendlar olish, fond birjasining tegishli maydonchasida va investitsiya vositachisining elektron platformasida muomalada boʻlgan vositalar boʻyicha ovoz berish boʻyicha mijozlarning yoʻriqnomalarini berish Markaziy depozitariy orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fond birjasining tegishli maydonchasida va investitsiya vositachisining elektron platformasida instrumentlarga ruxsatnoma berish tashabbuskorining yoki qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining tashabbusiga koʻra bekor qilingan taqdirda, Markaziy depozitariy tegishli yaratilgan instrumentlarni bekor qiladi va bazaviy aktivni ruxsatnoma olish tashabbuskorining yoki qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining xorijiy yurisdiksiyadagi hisobvaragʻiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishda hujjatlarni koʻrib chiqqanlik uchun qimmatli qogʻozlar emitentlari tomonidan toʻlanadigan yigʻimlar miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrib chiqiladigan hujjatlarning turlari

Yigʻim miqdori

1.

Korporativ obligatsiyalar chiqarilishi

Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari

2.

Korporativ obligatsiyalardan tashqari boshqa qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi

Bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari

3.

Korporativ obligatsiyalardan tashqari ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari

4.

Ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan korporativ obligatsiyalar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozori ishtirokchilari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida ularga qoʻyiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALOHIDA TALABLAR VA QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet ellik nominal saqlovchilardan (shu jumladan, bank-kastodianlardan), investitsiya vositachilaridan yoki Markaziy depozitariydan chet ellik investor tomonidan fond birjasida qimmatli qogʻozlarni sotishdan olingan chet el valyutasidagi mablagʻlarni, shuningdek, dividendlar, foizlar (kuponlar), obligatsiyalarni soʻndirish yoki qimmatli qogʻozlardan olingan boshqa daromadlarni konvertatsiya qilish va repatriatsiya qilish jarayonida har qanday hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi, chet ellik investorning ularga tegishli murojaati (shu jumladan, elektron shaklda olingan murojaati) bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiya vositachilari mijozlarining mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandida nazarda tutilgan axborotning maxfiyligini va investitsiya vositachilari mijozlarining mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydigan alohida bank hisobvaragʻida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy depozitariy chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha hisobga olishni va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tan olingan chet el yurisdiksiyalarining banklarida, kastodianlarida, xalqaro va milliy markaziy depozitariylarida pul va depozitar hisobvaraqlar ochishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Markaziy depozitariy fond birjasining tegishli maydonchasida yoki investitsiya vositachisining elektron platformasida qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar natijalari boʻyicha kliringni, shuningdek, xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingidan kamida bir pogʻona past xalqaro kredit reytingga ega boʻlgan yoki milliy reyting shkalasi boʻyicha unga tenglashtirilgan, oʻzi oʻtkazgan tanlov natijalariga koʻra tanlab olingan agent-bank orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya vositachilari har chorakda, har bir kalendar chorak tugagandan keyin 30 kundan kechiktirmay moliyaviy hisobotni Korporativ axborotning yagona portalida eʼlon qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro qimmatli qogʻozlar emitentlari ularni chiqarish toʻgʻrisidagi axborotni qimmatli qogʻozlarni chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korporativ obligatsiyalar boʻyicha foizlarni (kuponlarni) toʻlash va ularni soʻndirish faqat Markaziy depozitariy orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korporativ obligatsiyalarni joylashtirish toʻgʻrisidagi axborot 3 ish kuni mobaynida Markaziy depozitariy tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan kredit byurosiga majburiy tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qogʻozlar emitentlarining qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi ularning shaffofligi va qonun hujjatlariga rioya etilishini baholashni nazarda tutuvchi reytingini yuritadi hamda reyting asosida tegishli taʼsir choralari (chiqarilgan qimmatli qogʻozlar muomalasini toʻxtatib turish, yangi qimmatli qogʻozlar chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish, korporativ obligatsiyalarni muddatidan oldin soʻndirishni va ular boʻyicha foizlar (kuponlar) toʻlashni talab qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralar) qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlanganda investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshiriladigan brokerlik, anderrayting va depozitar operatsiyalar oʻtkazilishini uch oygacha muddatga cheklovchi majburiy koʻrsatmalar berish, shuningdek, professional ishtirokchi malaka attestatining amal qilishini toʻxtatib turishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital bozorini yanada rivojlantirish va investitsiyalar xavfsizligini kafolatlashga oid qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar mazmuni

Masʼul ijrochilar

Ijro muddati

1.

Mazkur Farmonning 3-bandi “j” kichik bandi va 8-ilovaning 1-bandi talablarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya olgan investitsiya vositachilari ishtirokisiz jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida investitsiya vositachilarining hisobvaraqlarini toʻldirish imkoniyati bilan chet eldagi brokerlik yoki investitsiya hisobvaraqlarini toʻldirish uchun bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini oʻtkazishni taqiqlashni nazarda tutuvchi kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yangilangan tartibini tasdiqlash.

Markaziy bank Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan kelishgan holda

2026-yil aprel

2.

Markaziy depozitariyni obligatsiyalar emitentlari toʻgʻrisida kredit byurosi bilan axborot almashishning avtomatlashtirilgan tizimi ishtirokchilari qatoriga kiritish, shuningdek, emitentning kredit tarixini shakllantirish va uning skoringini amalga oshirishda korporativ obligatsiyalar emitentlari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlash.

Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar

2026-yil aprel

3.

Quyidagilarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kirish:

(a) Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunida Agentlikka qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozori yoʻnalishida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun jarimalarni mustaqil belgilash va qoʻllash huquqini berish. Bunda:

qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari va malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tabaqalashtirilgan jarimalarni qoʻllash;

Korporativ axborot yagona portalida (keyingi oʻrinlarda — Portal) axborotni oʻz vaqtida oshkor etmaganlik uchun qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga har bir kechiktirilgan kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida penya hisoblanishi, huquqbuzarlik bartaraf etilgunga va penya toʻlangunga qadar Portalga kirishni cheklash;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish uchun javobgarlik choralarini joriy etish;

(v) Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish koʻzda tutiladi.

Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar

2026-yil iyul

4.

Normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan, “obligatsiya egalarining vakili”, “malakali investor” va “malakasiz investor” tushunchalarini, shuningdek, qimmatli qogʻozlar va investitsiya mahsulotlarining ayrim turlarini malakasiz investorlar oʻrtasida joylashtirish boʻyicha cheklovlarni oʻrnatish.

Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar

2026-yil may

5.

Investitsiya va pay fondlarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibini takomillashtirishni (shu jumladan, har xil turdagi aktivlar (qimmatli qogʻozlar, ulushlar, paylar, koʻchmas mulk obyektlari va boshqalar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini berishni) nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar

2026-yil may

6.

Markaziy depozitariy orqali obligatsiyalar boʻyicha foizlarni (kuponlarni) toʻlash va ularni soʻndirish tartibini ishlab chiqish.

Agentlik Markaziy bank bilan kelishilgan holda

2026-yil aprel

7.

Emitentlar reytingini yuritish va ushbu reyting asosida taʼsir choralarini, shu jumladan, emitentlar faoliyatini cheklash choralarini qoʻllash tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Agentlik

2026-yil iyul

8.

Qimmatli qogʻozlar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlash va qonun hujjatlarini buzuvchilarga nisbatan maʼmuriy jarimalar tarzidagi javobgarlik choralarini koʻrish jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar

2027-yil dekabr

9.

Rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning ijobiy koʻrsatkichlarini hisobga olmagan holda, shuningdek, taʼminotsiz oʻz kapitali miqdoridan ortiq korporativ obligatsiyalarni chiqarishga ruxsat beriladigan emitentning barcha majburiyatlarining oʻz kapitaliga nisbatini belgilash boʻyicha normativini tasdiqlash.

Agentlik

2026-yil dekabr

10.

Quyidagilarni “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ishlab chiqish va tasdiqlash:

Agentlik

(a) chet el valyutasidagi obligatsiyalarni chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. Nizomda obligatsiyalar chiqarilishiga quyidagi talablar nazarda tutiladi:

emitentning navbatdagi chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza berilgan kunda bunday korporativ obligatsiyalar chiqarilishining hajmi va muomaladagi avvalgi chiqarilishlarining soʻndirilmagan hajmi summasi 50 million AQSH dollari ekvivalentidan oshmasligi zarur. Emissiyaning umumiy hajmi Agentlik tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilanadi;

qimmatli qogʻozlarni chiqarish shartlari obligatsiyalar egalarida bunday obligatsiyalarni muddatidan oldin soʻndirishni talab qilish huquqining paydo boʻlishiga olib keladigan Agentlik tomonidan belgilanadigan moliyaviy va (yoki) operatsion kovenantlarni (cheklangan koʻrsatkichlar yoki shartlar), shu jumladan, ularning majburiy roʻyxatini oʻz ichiga oladi;

qimmatli qogʻozlarni chiqarish shartlarida makroiqtisodiy vaziyat keskin oʻzgargan taqdirda Agentlik, shu jumladan Markaziy bankning murojaatiga koʻra, Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq obligatsiyalar chiqarilishini uch oydan kam boʻlmagan muddatda muddatidan oldin soʻndirishni talab qilish huquqiga ega ekanligi toʻgʻrisidagi izoh boʻladi;

chet el valyutasidagi obligatsiyalarni “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJda hisobga qoʻyiladi;

2026-yil aprel

(b) xorijiy birja indekslariga kiritilgan aksiyalar, xorijiy kompaniyalarning obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari, sotiladigan birja fondlari (ETF), indeks fondlarining qimmatli qogʻozlari va xorijiy kompaniyalarning depozitar tilxatlariga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Bunda Nizomda quyidagi normalar nazarda tutilsin:

mazkur kichik bandda koʻrsatilgan moliyaviy instrumentlarni qarz mablagʻlari hisobidan sotib olish taqiqlanadi;

qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ichki nazorat qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi, shu jumladan, mijozlarning shaxsini tekshirish (KYC) va pul mablagʻlari manbalarini aniqlash;

tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq organlariga va tegishli vakolatli organlarga taqdim etiladi.

2026-yil iyul

11.

Xorijiy valyutadagi obligatsiyalarni joylashtirish va ularning muomalasi, xorijiy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi uchun ixtisoslashtirilgan maydonchalarni tashkil etish, shuningdek, fond birjasining amaldagi dasturiy taʼminotini umumiy modernizatsiya qilish yoki almashtirish uchun fond birjasining oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi masalalarni “Toshkent” Respublika fond birjasi Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi muhokamasiga kiritish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2026-yil fevral

12.

Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni, fond birjasi va qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari Savdolari tashkilotchisi faoliyatini, investitsiya maslahatchisi faoliyatini litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.

Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar

2026-yil iyun

13.

Agentlik bilan birgalikda:

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUKning ishtirokchi sifatidagi huquqlari;

Toshkent shahri Mirobod tumani Buxoro koʻchasi 10-uyda joylashgan binoni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga begʻaraz berish masalasini koʻrib chiqish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2026-yil fevral-mart

14.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUKni masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida qayta tashkil etish hamda Toshkent shahri Mirobod tumani Buxoro koʻchasi 10-uyda joylashgan binoni mazkur masʼuliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitalini oshirish hisobiga balans qiymatida oʻtkazish;

“Toshkent” Respublika fond birjasi” AJning aksiyadorlar umumiy yigʻilishida “Fond bozorining axborot-resurs markazi” MCHJning 100 foiz ulushini balans qiymati boʻyicha “Toshkent” Respublika fond birjasi” aksiyadorlik jamiyati davlat ulushini oshirish hisobiga oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlash.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2026-yil mart-aprel

15.

“Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJni Korporativ axborot yagona portali (openinfo.uz) operatori etib belgilash masalasini koʻrib chiqish.

Agentlik, Raqamli texnologiyalar vazirligi

2026-yil mart

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoniga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5177-son Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshisi “xalqaro toʻlov kartalari orqali toʻlovlar” soʻzlaridan keyin “shuningdek, kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-244-son Farmoniga 1-ilovaning izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh: Vazirlar Mahkamasiga mazkur roʻyxatga kelgusida boshqa yoʻnalishlarni ham kiritish huquqi beriladi, bundan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi nazorat qiladigan sohalar mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoniga 1-ilovaning 49-pozitsiyasi “2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik koʻrsatkichlari” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoniga 6-ilovaning 18-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3150-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 3-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar aylanmasini, kapital bozori va sugʻurta bozorini, elektron tijoratni, Internet jahon axborot tarmogʻida lotereyalar, tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini, shu jumladan, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini tartibga solish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda, shuningdek, kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori va sugʻurta bozori, elektron tijorat, lotereyalar, Internet jahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasidagi faoliyatni tartibga solish va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ilovaning 10-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“litsenziyalashda, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarida, shuningdek, tartibga solinadigan sohalardagi faoliyatni tartibga solishda va nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-415-son qaroriga ilovaning 10-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-291-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Depozitar bank (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida xalqaro bozorlarda davlat aksiya paketlarini IPO/SPO orqali sotishda ishtirok etayotgan rezident-emitentlarning aksiyalariga nisbatan huquqlarni tasdiqlovchi global depozitar tilxatlarning xorijiy emitenti) (keyingi oʻrinlarda — depozitar bank deb yuritiladi) Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kastodian maʼlumotlari asosida oʻz nomidan kastodianda va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida rezident-emitentlarning aksiyalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni berish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) quyidagi mazmundagi 11 — 15-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga, shu jumladan investitsiya fondlariga, ularga tegishli boʻlgan va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan Tartibga solish qumdoni xorijiy ishtirokchilari tomonidan kastodial xizmatlar va nominal saqlash xizmatlari koʻrsatilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Depozitar bank mazkur ilovaning 4-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida qimmatli qogʻozlar hisobvaraqlarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni chet el nominal hisobvaragʻidan benefitsiar egasini oʻzgartirmagan holda (yoki xorijiy nominal hisobvaraq) “qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) orqali oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi va depozitar bank oʻzining nominal saqlashida boʻlgan aksiyalar bilan berilgan aksiyadorning barcha huquqlarini oʻz mijozlari — chet ellik benefitsiar egalari va (yoki) qimmatli qogʻozlarning boshqa chet ellik nominal saqlovchilari nomidan va ularning manfaatlarini koʻzlab, oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan, bunday chet ellik benefitsiar egalari va (yoki) qimmatli qogʻozlarning boshqa chet ellik nominal saqlovchilari nomidan vakillik qilish huquqini tasdiqlovchi hech qanday ishonchnomalarsiz amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet ellik nominal saqlovchi yoki depozitar bankda bir emitentning bir turdagi aksiyalari bir nechta mijoz uchun nominal saqlanayotgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi yoki depozitar bank aksiyadorning huquqlarini bunday shaxslardan olingan alohida topshiriqlar asosida har bir mijozga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda amalga oshiradi. Bunda qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi yoki depozitar banki, agar nominal saqlov shartnomasi shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kun tartibidagi ayni bir masala boʻyicha bunday shaxslarning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda alohida-alohida ovoz berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Aksiyadorlik jamiyati — emitent ustav fondini keyinchalik kamaytirish yoki sotib olingan aksiyalarni qayta sotish maqsadida depozitar bank yoki xorijiy nominal saqlovchidan, depozitar tilxat egalari manfaatida hisobga olinayotgan aksiyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Emitent-aksiyadorlik jamiyati keyinchalik ustav fondini kamaytirish yoki qayta sotish maqsadida depozitar tilxatlarning xorijiy benefitsiar egalari manfaatlarini koʻzlab bunday aksiyalar boʻyicha huquqlarni hisobga oluvchi xorijiy nominal saqlovchi yoki depozitar bankdan hisob-kitoblar va hisobni yuritish sharti bilan, shu jumladan Maxsus huquqiy rejim doirasida faoliyat yuritishga ruxsat berilgan kastodian orqali oʻz aksiyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishga haqli. Agar harakatlar Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kastodian orqali amalga oshirilsa, mazkur operatsiyani amalga oshirish uchun emitent va depozitar bank Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus huquqiy rejim doirasida korporativ nizolarga taalluqli boʻlgan hamda emitentning qimmatli qogʻozlarini depozitar tilxatlardan foydalangan holda xorijiy bozorlarda joylashtirish va muomalada boʻlishidan, shuningdek emitentning, kastodian, chet ellik nominal saqlovchining, depozitar bankning va depozitar tilxatlar egalarining huquq va majburiyatlarini bajarishdan kelib chiqadigan yoki emitentning boshqaruv organlari qarorlari ustidan shikoyat bildirish bilan bogʻliq nizolar taraflarning kelishuviga koʻra xalqaro tijorat arbitrajiga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 3-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Qimmatli qogʻozlar egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar chet ellik nominal saqlovchilar tomonidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi kurashish organining, soliq organlarining, sudlarning, tergov va surishtiruv organlarining soʻroviga koʻra, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha yuborilgan hollarda va tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida omnibus-hisob raqamiga ega boʻlgan chet ellik nominal saqlovchilar, shuningdek depozitar banklar boshqa chet ellik nominal saqlovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlarning chet ellik benefitsiar egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan muddatlarda va tegishli tartibda taqdim etilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 4-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 19-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 32-pozitsiyaning 2-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 2 va 4-ilovalardagi tegishli kelishikdagi “kastodian bank” soʻzlari tegishli kelishikdagi “kastodian” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qaroriga 2a-ilovaning 19-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 16 va 24-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur ilovaning 9 va 10-bandlari 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)