Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan hamda moddiy va protsessual huquq normalarini bir xilda qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud hokimiyati toʻgʻrisida” 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli qarori:
muqaddimasining beshinchi xatboshisidagi “rahbariy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida sudyalarga yuksak maqom berilgan. Sudyalar qonunda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar (saylanadilar)”;
9-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudyalar qonunga muvofiq malaka hayʼatlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy malaka hayʼatiga, Sudyalar oliy malaka hayʼatining qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga shikoyat berish huquqiga ega. Malaka hayʼatining qarori qonuniy kuchga kirmaguncha sudyani intizomiy tartibda jazolangan deb hisoblash mumkin emas”;
11-bandidagi “shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlarini taqiqlaydi” degan soʻzlar “shuningdek sudyaning vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilmaydigan pedagogik, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlarini taqiqlaydi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudya tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi olinmasdan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Qishloq xoʻjaligida qonuniylikni taʼminlash va yerdan foydalanishdagi suiisteʼmolchiliklarning oldini olishda iqtisodiy sudlarning rolini oshirish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-martdagi 115-sonli qarorining oʻzbek tilidagi matni:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Iqtisodiy sudlarning eʼtibori qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar ishtirokidagi nizolarni hal etishda Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi, “Qishloq xoʻjalik kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 24-martdagi PF-3226-sonli, “Qishloq xoʻjaligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-sonli, “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli, “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjalik korxonalarini fermer xoʻjaliklariga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli, “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli, “Qishloq xoʻjaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli, “Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-yanvardagi 22-sonli qarorlari va boshqa qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishi lozimligiga qaratilsin”;
birinchi xatboshisi “yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishi” degan soʻzlardan keyin “yer uchastkasida qurilgan noqonuniy qurilmalarni buzish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fermer xoʻjaligiga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va faoliyat yuritish uchun yer uchastkasi ajratish,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4-bandidagi ““Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Biroq sudlarning eʼtibori hokimlikning fermer xoʻjaligi bilan tuzilgan yer ijarasi shartnomasini bekor qilish boʻyicha ariza berishdan oldin daʼvogar sudgacha nizoni hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablarini bajarish kerakligiga qaratishlari lozim.
Bunda sudlar tuman (shahar) hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasini, dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi rahbari bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud uning yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida fermer xoʻjaligi rahbariga taklif kiritganligiga eʼtiborlarini qaratsin.
Agar shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi taklif fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan rad etilganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasida belgilangan muddatda javob olinmasdan tuman (shahar) hokimi tomonidan fermer xoʻjaligi bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan iqtisodiy sudga murojaat qilinganda, IPK 107-moddasining 5-bandiga muvofiq daʼvoni koʻrmasdan qoldirish uchun asos hisoblanadi”;
11-bandining uchinchi xatboshisidagi “ikkilamchi ijaraga berish” degan soʻzlardan oldin “qonunchilikda belgilangan tartib buzilgan holda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
12-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudlar “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qishloq xoʻjalik korxonalariga, shu jumladan fermer xoʻjaliklariga nisbatan ham tatbiq etilishini, ushbu Qonunning 178-moddasi toʻrtinchi qismi talablariga koʻra, tashqi boshqaruv tartib-taomili yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi korxonasiga nisbatan joriy etilmasligini nazarda tutsinlar”;
13-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligini toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼtirof etilishi uni tugatilishiga olib kelishiga sudlarning eʼtibori qaratilishi lozim”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-dekabrdagi 175-sonli qarori:
1-bandidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5-bandining oʻzbekcha matnidagi “sotib oluvchi (oluvchi)dan” degan soʻzlar “sotib oluvchidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “tovarlarni tanlab olish (topshirish) toʻgʻrisidagi tartibdan, shartnoma shartlaridan kelib chiqishlari” degan soʻzlar “shartnomaning tovarlarni tanlab olish (topshirish) tartibi toʻgʻrisidagi shartlaridan kelib chiqishlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisining ruscha matnidagi “svoyevremennosti” degan soʻz “svoyevremennoy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8-bandi chiqarib tashlansin;
9-bandi birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “toʻlashi nazarda tutilgan” degan soʻzlar “toʻlaydi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qoʻllanilishiga oid ayrim masalalar toʻgʻrisida” 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli qarorining 2-bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ishda ishtirok etmagan shaxslar nizoni hal qilish toʻgʻrisidagi kelishuv bitimida ishtirok etishi mumkin emas, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasiga oid fuqarolik qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-sonli qarori:
muqaddimasining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar “qonunchiligining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1-bandining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4-bandi oʻzbekcha matnining:
uchinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlaridan” degan soʻzlar “qonunchilikdan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar “qonunchiligining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
6-bandi birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
14-bandi ikkinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “Qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “Qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
17-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
17.2-bandi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli qarori:
3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “hakamlik sudi tomonidan koʻrib chiqilgan” degan soʻzlardan keyin “va/yoki davlat hokimiyati hamda boshqaruv organi hakamlik bitimi tarafi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15.4-bandining oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15.6-bandi ikkinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlariga”, “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar tegishincha “qonunchilikka”, “qonunchilik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli qarori:
6-bandining oʻzbekcha matnidagi “rad etiladi” degan soʻzlar “qaytariladi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “IPK 144-moddasi ikkinchi qismining 2-bandiga” degan soʻzlar “IPK 144-moddasi birinchi qismining 2-bandiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarori:
muqaddimasidagi “ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkati oʻrtasida, shu jumladan aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkati faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni” degan soʻzlar “korporativ nizolarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandi toʻrtinchi xatboshisi oʻzbekcha matnidagi “talab qilib olinishi lozim” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4-bandi quyidagi beshinchi va oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ustav fondidagi ulushni oluvchi foydasiga ulushdan voz kechilganligini tasdiqlovchi hujjat;
jamiyatning ustav fondidagi ulush ochiq kimoshdi savdosi orqali sotilganda kimoshdi savdosi natijalari haqidagi bayonnoma talab qilib olinishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 14.2-band bilan toʻldirilsin:
“14.2. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilish qarori bitim hisoblanmasligi sababli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda FKning bitimlarga oid normalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi”;
14.1 va 20.1-bandlaridagi “qonun hujjatlariga”, “qonun hujjatlari” degan soʻzlar tegishincha “qonunchilikka”, “qonunchilik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20.2-bandi birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 28-noyabrdagi 269-sonli qarori:
nomining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchiligi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
muqaddimasining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1-bandi oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9-bandi ikkinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlarida”, “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar tegishincha “qonunchilikda”, “qonunchilikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlari”, “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar tegishincha “qonunchilik”, “qonunchilikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 122-moddasining uchinchi qismiga koʻra, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning budjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari, shuningdek ularga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar ular gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarga nisbatan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berganlik uchun haq undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar koʻrilayotganda shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 122-moddasining uchinchi qismida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi, shartnomaning oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Bunday holatda shartnoma tuzilmagan deb hisoblanadi”;
11.1-bandi oʻzbekcha matnining:
birinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
12-bandi oʻzbekcha matnining:
birinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarining” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
31-bandning oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli qarori:
1-bandi birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonunchilikni” degan soʻz “qonuniylikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3-bandi uchinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8.1-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, IPK 262-moddasining uchinchi qismi, 285-moddasining ikkinchi qismi, 3051-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatlar qatʼiy hisoblanadi”;
8.2-bandidagi “qaytarish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar “qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “daʼvo arizasi (ariza) (IPK 164-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), sud qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 190-moddasining uchinchi qismi),” degan soʻzlar “daʼvo arizasi (ariza) (IPK 164-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 221-moddasining birinchi qismi), soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻriladigan ishlar (IPK 2034-moddasining oltinchi qismi), sud qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 190-moddasining uchinchi qismi),” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisining ruscha matnidagi “iskovoye zayavleniye (zayavleniye) (chasti pervaya i vtoraya stati 164, chast pervaya stati 221 EPK), zayavleniye o razʼyasnenii resheniya (chast tretya stati 190 EPK),” degan soʻzlar “iskovoye zayavleniye (zayavleniye) (chasti pervaya i vtoraya stati 164, chast pervaya stati 221 EPK), dela, rassmatrivayemie v poryadke uproщennogo proizvodstva (chast shestaya stati 2034 EPK), zayavleniye o razʼyasnenii resheniya (chast tretya stati 190 EPK),” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Bankrotlik toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab bir oy, soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kun, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish esa ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqilishi va sud hujjati qabul qilinishi kerak, ariza sudga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladigan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno. Muddatning oʻtishi ishni sudda koʻrishga tayyorlash yoki daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlanadi va protsessual muddatning oxirgi kunida tugaydi. Muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugashi deb hisoblanadi”;
17-bandining uchinchi xatboshisidagi “sud tomonidan belgilangan protsessual muddatda dalillarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa” degan soʻzlar “dalillarni taqdim etish yoki sud tomonidan belgilangan muddatda taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25.2-bandidagi “IPK 262-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlar “IPK 262-moddasining uchinchi qismi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28-bandining uchinchi xatboshisidagi “olti oylik” degan soʻzlar “uch yillik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida” 2015-yil 27-noyabrdagi 289-sonli qarori:
nomining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
1-bandining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Sudlar lizing subyektlari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda lizing subyektlarining huquq va majburiyatlari haqidagi qonunchilik normalari hamda shartnoma shartlarini chuqur oʻrganishlari lozim”;
6-bandi oʻzbekcha matnining beshinchi va yettinchi xatboshilaridagi “qonun hujjatlarining”, “qonun hujjatlari” degan soʻzlar tegishincha “qonunchilikning”, “qonunchilikda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6.4-bandining beshinchi xatboshisidagi “avans (oldindan toʻlangan summa)” degan soʻzlar “oldindan haq toʻlash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11.1-bandining birinchi xatboshisi ruscha matnidagi “ego soglasiye” degan soʻzlar “ego pismennoye soglasiye” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
11.1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “roziligi” degan soʻz “yozma roziligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshisidagi “lizing obyektining garov shartnomasi” degan soʻzlardan keyin “, shuningdek garovga oluvchining roziligisiz garov narsasini lizingga berish haqidagi shartnoma” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “shuningdek” degan soʻzdan keyin “mulkni lizing shartnomasi tuzilishidan oldin yoki keyin garovga qoʻyilganligi hamda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2015-yil 27-noyabrdagi 290-sonli qarori:
muqaddimasining oʻzbekcha matnidagi “xoʻjalik sudlari tomonidan qonun hujjatlari normalarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida” degan soʻzlar “sudlar tomonidan qonunchilik normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllash maqsadida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-bandi ikkinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlari” degan soʻzlar “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4-bandi uchinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4.1-bandi yettinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5-bandining oʻzbekcha matnidagi:
birinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarini” degan soʻzlar “qonunchilikni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda umumiy yigʻilish qarori va (yoki) jamiyat tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish kabi oqibatlarni ham keltirishi mumkin” degan soʻzlar “qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda umumiy yigʻilish qarori va (yoki) jamiyat tomonidan tuzilgan bitimni haqiqiy emasligi kabi oqibatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-bandi birinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “sababi bilan” degan soʻzlar “munosabati bilan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7.3-bandining oʻzbekcha matnidagi “aksiyadorlarning umumiy yigʻilishining” degan soʻzlar “aksiyadorlar umumiy yigʻilishining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7.5-bandining oʻzbekcha matnidagi “umumiy yigʻilishning qarorini” degan soʻzlar “umumiy yigʻilish qarorini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9-bandining birinchi xatboshisi:
oʻzbekcha matnidagi “xoʻjalik sudiga” degan soʻzlar “iqtisodiy sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ruscha matnidagi “v sud” degan soʻzlar “v ekonomicheskiy sud” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan sugʻurta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-noyabrdagi 45-sonli qarori:
birinchi xatboshisidagi “navbatdagi” soʻzidan keyin “yoki toʻlanmagan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 13.8-kichik band bilan toʻldirilsin:
“13.8. Tovarni tuzatish hamda ehtiyot qismlarining qiymatlari yuzasidan nizo vujudga kelgan hollarda, ushbu qiymatdan kelib chiqqan zarar miqdori taraflarning iltimosnomasi boʻyicha tayinlangan mutaxassis (ekspert)ning xulosasiga koʻra belgilanadi. Bunda mutaxassis (ekspert) sifatida baholash faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs qatnashishi mumkin”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudi tomonidan iqtisodiy protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi 13-sonli qarori:
1-bandidagi “boshqa qonun hujjatlariga” degan soʻzlar “boshqa qonunchilikka” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12-bandi oʻzbekcha matnidagi uchinchi xatboshisi toʻrtinchi kichik xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
14-bandining birinchi xatboshisi oʻzbekcha matnidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunchilikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
28-bandining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandida javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa, daʼvo arizasi qaytarilishi belgilangan. Sudlarga tushuntirilsinki, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan daʼvo arizasi (ariza) boʻyicha, shuningdek, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilayotgan ishlar boʻyicha ham daʼvo arizasining (arizaning) hamda unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari manfaati koʻzlangan shaxsga, javobgarga va uchinchi shaxsga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa ham, daʼvo arizasi (ariza) IPK 155-moddasi birinchi qismining 5-bandiga mos holda qaytariladi”;
quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
“301. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarni basharti qaror taraflardan biriga nisbatan ularning huquq yoki majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, ishda ishtirok etish uchun jalb qilishga yoʻl qoʻyiladi. Ishda ishtirok etish uchun odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar jalb etilishi mumkin”;
42-bandining birinchi xatboshisidagi “26-moddasiga” degan soʻzlar “30-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
43-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, IPK 231-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Javobgar daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrini daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda sudga asoslantirgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning koʻchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmagan muddatda daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin sudya tomonidan yakka tartibda sud muhokamasini oʻtkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan koʻrib chiqadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga binoan majburiy ijro etilishi lozim.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiy ishlar boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida” 2020-yil 19-dekabrdagi 36-sonli qarori:
17-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar daʼvo arizasida bitimni haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa, ushbu talab boʻyicha davlat boji mulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalari uchun belgilangan stavka boʻyicha undiriladi”;
21-bandidagi “, nazorat”, “va nazorat” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan iqtisodiy ishlarni apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi 16-sonli qarori 30-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoxud notoʻgʻri hal etilishi sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda apellatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini IPKning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Iqtisodiy ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 27-noyabrdagi 36-sonli qarorining 35-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoxud notoʻgʻri hal etilishi sudning hal qiluv qarori yoki qarorini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini IPKning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha yangidan taqsimlash haqida koʻrsatiladi”.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining reglamentini (ish tartibi) tasdiqlash haqida” 2001-yil 27-iyuldagi 98-sonli qarori;
2) “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi rayosatining reglamentini (ish tartibi) tasdiqlash haqida” 2001-yil 27-iyuldagi 99-sonli qarori;
3) “Oliy xoʻjalik sudining Plenum va Rayosat kotibiyati Nizomi toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 106-sonli qarori;
4) “Xoʻjalik sudi sudyalarining malaka hayʼati faoliyati toʻgʻrisida” 2005-yil 31-martdagi 125-sonli qarori;
5) “Oliy xoʻjalik sudi uchinchi sudlov tarkibining faoliyati toʻgʻrisida” 2005-yil 31-martdagi 126-sonli qarori;
6) “Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari Reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 31-martdagi 128-sonli qarori;
7) “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 22-yanvardagi 142-sonli qarori;
8) “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli qarori;
9) “Xoʻjalik sudining xususiy ajrimi toʻgʻrisida” 2007-yil 28-dekabrdagi 172-sonli qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-fevral,
6-son