Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy sudlar tomonidan ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) protsessual muddatlar to‘g‘risidagi normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IPKda yoki boshqa qonunlarda protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda ular sud tomonidan belgilanishi va uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. IPK 119-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea sodir bo‘lgan kundan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sudlar inobatga olishlari kerakki, protsessual muddatlarning tugashi bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Protsessual muddatlar o‘tkazilib berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma bo‘lmasa, sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ularni bergan shaxslarga qaytariladi. Ushbu qoida IPK va boshqa qonun hujjatlari talablari yoki sud topshirig‘iga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday holatda protsessual muddatlarning o‘tkazib yuborilganligi ushbu shaxslarni ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Protsessual muddatning tugash kuni IPKning 120-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Protsessual muddatning tugash kuni deganda, ushbu muddatning oxirgi kuni, agar oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. IPK 123-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi bo‘yicha ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning o‘tkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. IPK 124-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sud tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning o‘zi uzaytirishi mumkin. Bunda nazarda tutish kerakki, sudlar IPK yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlarni uzaytirish huquqiga ega emaslar. Qonun hujjatlarida protsessual muddatlarni sud tomonidan uzaytirish nazarda tutilgan hollar (masalan, IPK 164-moddasining ikkinchi qismi) bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza (IPK 143-moddasining ikkinchi qismi), da’vo arizasi (ariza) (IPK 164-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), sud qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza (IPK 190-moddasining uchinchi qismi), yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza (IPK 191-moddasining uchinchi qismi), apellatsiya shikoyati (protesti) (IPK 277-moddasining birinchi — uchinchi qismlari), kassatsiya shikoyati (protesti) (IPK 300-moddasining birinchi va uchinchi qismlari), nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza (IPK 312-moddasining uchinchi qismi), qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza (IPKning 332-moddasi), undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash to‘g‘risidagi arizasi (IPK 340-moddasining uchinchi qismi), ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza (IPK 341-moddasining uchinchi qismi), sud hujjati ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza (IPK 342-moddasining to‘rtinchi qismi), sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza (IPK 344-moddasining uchinchi qismi), ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi ariza (IPK 345-moddasining uchinchi qismi), ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza (IPK 346-moddasining ikkinchi qismi) IPKda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, ish IPKning 164 va 221-moddalarida belgilangan muddatlarda ko‘rilishi hamda ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda tayyorlanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
14. IPK 164-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq alohida hollarda ishni ko‘rish muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
IPKda ishni ko‘rish muddatini uzaytirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda, uni bir necha marotaba uzaytirishni taqiqlovchi norma mavjud emas. Biroq bunda ishni ko‘rishning umumiy muddati ikki oydan oshishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
15. IPK 17-moddasining to‘rtinchi qismi, 24-moddasi, 45-moddasining to‘rtinchi qismi, 47 va 48-moddalari, 158-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 160-moddasining birinchi qismi, 171-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni ko‘rish yangidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. IPK 158-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‘ra ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ish bitta ish yuritishga birlashtirilgan taqdirda, ular bo‘yicha ishni ko‘rish muddati keyinroq tayinlangan ish bo‘yicha belgilanadi.
IPK 159-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq bir yoki bir nechta birlashtirilgan talab alohida ish yuritishga ajratilgan taqdirda, ajratilgan talab bo‘yicha ishni ko‘rish muddati talablarning bir qismini ajratish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. IPK 94-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza, ishni ko‘rayotgan sudya tomonidan IPK 96-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. IPK 171-moddasining birinchi qismiga muvofiq asoslar mavjud bo‘lganda ishni ko‘rish keyinga qoldirilishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, sud majlisi ishni ko‘rishga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan oqilona muddatga qoldirilishi lozim, biroq ishni ko‘rish muddati, qoldirishlarni hisobga olgan holda IPKning 164-moddasida nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
20. IPK 203-moddasining birinchi qismiga ko‘ra iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari bayonnoma imzolanganidan keyin besh kunlik muddatda sud majlisining yoki protsessual harakatning bayonnomasi bilan tanishish hamda uning to‘la-to‘kisligi va to‘g‘ri tuzilganligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini berish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish uchun IPK 186-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddat hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish uchun IPK 188-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan besh kunlik muddat hisobiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21.1. IPKning 17 va 128-moddalariga ko‘ra har bir ish bo‘yicha muhokama uzluksiz davom etadi. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra, sud majlisida tanaffus e’lon qilishi mumkin. Bunda sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, majlisda tanaffus bir necha marotaba e’lon qilinishi mumkin, biroq uzluksiz tanaffuslarning umumiy davomiyligi uch kundan oshmasligi lozim, bu muddatga ish kuni bo‘lmagan kunlar kirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
21.2. IPKning 188-moddasiga ko‘ra, sudning hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
IPK 222-moddasining oltinchi qismiga muvofiq huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, IPKning 188-moddasida hamda 222-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarni hisoblash sud hujjati e’lon qilingan kundan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21.3. IPKning 197-moddasiga ko‘ra sudning ajrimi, shuningdek ustidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrimlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. IPK 189-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‘ra qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, ya’ni u qabul qilingan kundan boshlab bir oylik muddat tugaguniga qadar, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha o‘n kunlik muddat tugaguniga qadar qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23.1. IPK 266-moddasining birinchi qismiga muvofiq apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risidagi masala shikoyat (protest)ish bilan birga sudga kelib tushgan kunidan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23.2. IPKning 277-moddasiga asosan apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda, sudning huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) esa u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. IPK 285-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, IPK 262-moddasining ikkinchi qismi va 285-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan apellatsiya va kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi arizani berish uchun belgilangan muddat qat’iy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, nazorat shikoyati (protesti)ni taqdim etish mumkin bo‘lgan, IPK 310-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan bir yillik protsessual muddat qat’iy bo‘lib, u tiklanmaydi. Belgilangan muddat o‘tkazib yuborilgan holda berilgan nazorat shikoyati (protesti)ni qabul qilish IPK 314-moddasining 2-bandiga asosan rad qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. IPK 312-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini qaytarish to‘g‘risida va qabul qilishni rad etish haqida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, nazorat shikoyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida va nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish hamda uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida esa shikoyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. IPK 338-moddasining birinchi qismiga muvofiq ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran yoki sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etilishi belgilangan taqdirda, muddat tugagan kundan e’tiboran uch yil ichida ijroga taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
29. IPK 341-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi (sud buyrug‘i) davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yo‘qotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasi (sud buyrug‘i) yo‘qotilganligi undiruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ishlarni ko‘rishda sudlar IPK va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan protsessual muddatlarga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishlari va nizolarni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqishni ta’minlashlari lozim.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi