ILOVA
| Amaldagi tahrir | Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan tahrir | Asos | |
| “Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni | |||
| 1. | Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida | Ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida | Ushbu Qonunning nomida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda aholining barcha ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand qatlamining huquqlarini toʻliq kafolatlash hamda ularga teng imkoniyatlar yaratish maqsadida Qonun nomini “Ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida” deb nomlash maqsadga muvofiq. Shuningdek, ushbu Qonunga asosiy tushunchalarni, sohadagi vakolatli organlarining vakolatlarini, aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlami doirasini yanada kengaytirish va aniq qilib belgilash, shuningdek ularning huquqlarini qayd etish, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi xodimlarning huquq va majburiyatlarini belgilash lozim. |
| 2. | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | Ushbu Qonunning nomidan kelib chiqqan holda uning maqsadi belgilanmoqda. |
| Ushbu Qonunning maqsadi keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar (bundan buyon matnda ijtimoiy xizmatlar deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy xizmatlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | ||
| 3. | 5-modda. Ijtimoiy xizmatlar | 5-modda. Ijtimoiy xizmatlar | |
| Ijtimoiy xizmatlar shaxsning turmushi sifatini oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng boʻlgan imkoniyatlarini yaratishga va (yoki) oʻzining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xizmatlarga muhtoj shaxsga yordam koʻrsatish boʻyicha huquqiy, iqtisodiy, psixologik, taʼlimga oid, tibbiy, reabilitatsiya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar majmuidir. | Ijtimoiy xizmatlar shaxsning turmushi sifatini oshirishga, unga jamiyat hayotida ishtirok etishning boshqa fuqarolar bilan teng boʻlgan imkoniyatlarini yaratishga va (yoki) oʻzining asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xizmatlarga muhtoj shaxsga yordam koʻrsatish boʻyicha huquqiy, iqtisodiy, psixologik, taʼlimga oid, tibbiy, reabilitatsiya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar majmuidir. | ||
| Toʻldirilmoqda | Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi xodim ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni tashkillashtiradigan yoki bevosita ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi zarur kasbiy malakaga ega boʻlgan shaxs. | Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi xodim tushunchasi kiritilmoqda. | |
| 4. | 10-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlari | 10-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy xizmatlar sohasidagi vakolatlari | |
| Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida: | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakolatlari doirasida: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4797-sonli qaroriga muvofiq aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qoʻllab-quvvatlash fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakolatidan chiqarilib “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi tartibi belgilanmoqda. | |
| aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadlar uchun markazlashtirilgan holda ajratiladigan davlat mablagʻlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi; | Chiqarilmoqda | ||
| boshqa organlar va tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi; | boshqa organlar va tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlaydi; | ||
| ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning hisobini yuritadi; | ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarning hisobini yuritadi; | ||
| boshqa organlar va tashkilotlarni, homiylarni, boshqa shaxslarni va resurslarni ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga jalb qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; | boshqa organlar va tashkilotlarni, homiylarni, boshqa shaxslarni va resurslarni ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishga jalb qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; | ||
| ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslar qabulini amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi, tegishli axborotni va zarur maʼlumotnomalarni taqdim etadi; | ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslar qabulini amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi, tegishli axborotni va zarur maʼlumotnomalarni taqdim etadi; | ||
| fuqarolar yigʻinining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ko�issiyasi faoliyatini taʼminlaydi; | ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati boʻyicha komissiyasi faoliyatini taʼminlaydi; | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-sonli Farmonining 15-bandiga asosan oʻzgartirish kiritilmoqda. | |
| ijtimoiy xizmatlar sohasidagi tegishli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; | ijtimoiy xizmatlar sohasidagi tegishli organlar va tashkilotlarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; | ||
| ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. | ijtimoiy xizmatlar sohasidagi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. | ||
| Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | ||
| 5. | 19-modda. Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash | 19-modda. Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash | |
| Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash: | Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxslarni aniqlash: | ||
| uyma-uy yurish chogʻida; | uyma-uy yurish chogʻida; | ||
| jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida; | jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida; | ||
| Toʻldirilmoqda | ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan maʼlumotlari asosida; mahalliy vakillik organlar va oʻzini-oʻzi boshqarish organlari maʼlumotlari asosida; | Bugungi kunda interet jahon axborot tarmogʻi rivojlanib, turli telekoʻrsatuvlarda, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar haqida maʼlumotlar berib borilmoqda va bu maʼlumotlar asosida bunday shaxslarga tegishli yordam koʻrsatib kelinmoqda. Shu sababli amaliyotda kuzatilayotgan ushbu holatn� Qonun bilan belgilab berish zaruriyati mavjud. | |
| ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs mustaqil ravishda murojaat etganda amalga oshiriladi. | ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs mustaqil ravishda murojaat etganda amalga oshiriladi. | ||
| 6. | Toʻldirilmoqda | 22-modda. Ijtimoiy xizmatlarni olishdan ixtiyoriy voz kechish | |
| Ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs yoki uning qonuniy vakili davlat tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy xizmatlardan istalgan vaqtida voz kechishi mumkin. | Ushbu Qonunning asosiy prinsiplaridan biri bu ixtiyoriylik hisoblanadi. Shu sababli ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs tomonidan bunday yordamdan ixtiyoriy voz kechish tartibini belgilash maqsadga muvofiq. | ||
| “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonun | |||
| 7. | 3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari | 3-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5980-sonli Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalari tashkil etilgan. Shu sababli jamoatchilik palatalari tashkiliy tuzilmasining jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkinligi qayd etilmoqda. |
| Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir. | ||
| Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. | Jamoatchilik nazorati jamoatchilik palatalari, kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. | ||
| 8. | 9-modda. Jamoatchilik muhokamasi | 9-modda. Jamoatchilik muhokamasi | Ush�u moddada jamoatchilik muhokamasining aniq mexanizmi koʻrsatilmagan. Xususan, ularni olib borish tartibi, uning natijasi boʻyicha qaror qabul qilish kabi masalalar ham yetarlicha tartibga solinmagan. Masalan, Rossiyaning “Rossiya Federatsiyasida jamoatchilik nazorati asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunida jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzilishi hamda uning davlat organlariga yuborilishi haqidagi normalar belgilangan. Shu bois, jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzish masalalarini Qonunga kiritish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. |
| Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish jamoatchilik muhokamasidir. | Ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilish jamoatchilik muhokamasidir. | ||
| Jamoatchilik muhokamasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari oʻtkazishi mumkin. | Jamoatchilik muhokamasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari oʻtkazishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik muhokamasi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan yoki daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. | Jamoatchilik muhokamasi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan yoki daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik muhokamasi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli. Jamoatchilik muhokamasi ommaviy axborot vositalari orqali va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham oʻtkazilishi mumkin. | Jamoatchilik muhokamasi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli. Jamoatchilik muhokamasi ommaviy axborot vositalari orqali va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham oʻtkazilishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik muho�amasining tashkilotchisi jamoatchilik muhokamasiga kiritilayotgan masalalar, muhokamani oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi. Bunda tashkilotchi oʻz ixtiyoridagi, jamoatchilik muhokamasiga kiritilayotgan masalalarga taalluqli boʻlgan materiallardan jamoatchilik muhokamasining barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini taʼminlaydi. | Jamoatchilik muhokamasining tashkilotchisi jamoatchilik muhokamasiga kiritilayotgan masalalar, muhokamani oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi. Bunda tashkilotchi oʻz ixtiyoridagi, jamoatchilik muhokamasiga kiritilayotgan masalalarga taalluqli boʻlgan materiallardan jamoatchilik muhokamasining barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini taʼminlaydi. | ||
| Toʻldirilmoqda | Jamoatchilik muhokamasi natijalari yuzasidan yakuniy hujjat (bayonnoma) tuziladi. Jamoatchilik muhokamasi natijalari boʻyicha tuzilgan yakuniy hujjat (bayonnoma) koʻrib chiqish uchun davlat hokimiyati organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa davlat organlari hamda tashkilotlariga yuboriladi. Jamoatchilik muhokamasi natijalari boʻyicha tuzilgan yakuniy hujjat (bayonnoma) ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladi. | ||
| 9. | 10-modda. Jamoatchilik eshituvi | 10-modda. Jamoatchilik eshituvi | Qonunning 10-moddasida jamoatchilik eshituvining aniq mexanizmi koʻrsatilmagan. Xususan, ularni olib borish tartibi, uning natijasi boʻyicha qaror qabul qilish kabi masalalar ham yetarlicha tartibga solinmagan. Bundan tashqari, aynan bir masala yuzasidan takroran jamoatchilik eshituvini oʻtkazish tartibi belgilanmagan. Masalan, Rossiyaning “Rossiya Federatsiyasida jamoatchilik nazorati asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunida jamoatchilik eshituvi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzilishi hamda uning davlat organlariga yuborilishi haqidagi normalar belgilangan. Shu bois, bir masala yuzasidan takroran jamoatchilik eshituvini oʻtkazish hamda jamoatchilik eshituvi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzish masalalarini Qonunga kiritish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. |
| Davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoxud fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan yigʻilish jamoatchilik eshituvidir. | Davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga taalluqli va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan yoxud fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilish uchun tashkil etiladigan yigʻilish jamoatchilik eshituvidir. | ||
| Jamoatchilik eshituvini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari oʻtkazishi mumkin. | Jamoatchilik eshituvini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari oʻtkazishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik eshituvi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala oʻz huqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan yoki daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. | Jamoatchilik eshituvi turli ijtimoiy guruhlarning vakillari, shu jumladan muhokama etilayotgan masala oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan yoki daxldor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar ishtirokida oʻtkazilishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik eshituvi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik eshituvining ishtirokchilari jamoatchilik eshituviga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli. | Jamoatchilik eshituvi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik eshituvining ishtirokchilari jamoatchilik eshituviga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz fikrini erkin bildirishga va takliflar kiritishga haqli. | ||
| Jamoatchilik eshituvining tashkilotchisi jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalar, eshituvni oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi. Bunda tashkilotchi oʻz ixtiyoridagi, jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalarga taalluqli boʻlgan materiallardan jamoatchilik eshituvining barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini taʼminlaydi. | Jamoatchilik eshituvining tashkilotchisi jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalar, eshituvni oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi. Bunda tashkilotchi oʻz ixtiyoridagi, jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan masalalarga taalluqli boʻlgan materiallardan jamoatchilik eshituvining barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini taʼminlaydi. | ||
| Toʻldirilmoqda | Nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari tomonidan aynan bir masala yuzasidan takroran jamoatchilik eshituvi oʻtkazilishi mumkin. Jamoatchilik eshituvi natijalari boʻyicha ularning tashkilotchisi tomonidan jamoatchilik eshituvining borishi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni, ular ishtirokchilarining fikr-mulohazalarini, kelib tushgan takliflar va bayonotlarni, tavsiyalarni oʻz ichiga olgan yakuniy hujjat (bayonnoma) tuziladi. Jamoatchilik eshituvi natijalari boʻyicha tuzilgan yakuniy hujjat (bayonnoma) koʻrib chiqish uchun davlat hokimiyati organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa davlat organlari hamda tashkilotlariga yuboriladi. Jamoatchilik eshituvi natijalari boʻyicha tuzilgan yakuniy hujjat (bayonnoma) ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladi. | ||
| 10. | 11-modda. Jamoatchilik monitoringi | 11-modda. Jamoatchilik monitoringi | Qonunda jamoatchilik monitoringi natijasi boʻyicha qaror qabul qilish kabi masalalar tartibga solinmagan. Rossiyaning “Rossiya Federatsiyasida jamoatchilik nazorati asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunida jamoatchilik monitoringi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzilishi hamda uning davlat organlariga yuborilishi haqidagi n�rmalar belgilangan. Shu bois, bir masala yuzasidan takroran jamoatchilik monitoringini oʻtkazish hamda jamoatchilik monitoringi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzish masalalarini Qonunga kiritish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. |
| Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni yigʻish, umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish jamoatchilik monitoringidir. | Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining faoliyatini jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni yigʻish, umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish jamoatchilik monitoringidir. | ||
| Jamoatchilik monitoringini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining boshqa subyektlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻtkazishi mumkin. | Jamoatchilik monitoringini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining boshqa subyektlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻtkazishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik monitoringi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham oʻtkazilishi mumkin. | Jamoatchilik monitoringi ommaviy va ochiq oʻtkaziladi. Jamoatchilik monitoringi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ham oʻtkazilishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik monitoringining tashkilotchisi jamoatchilik monitoringining obyekti, uni oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi. | Jamoatchilik monitoringining tashkilotchisi jamoatchilik monitoringining obyekti, uni oʻtkazish muddati va tartibi toʻgʻrisidagi axborotni oldindan eʼlon qiladi. | ||
| Toʻldirilmoqda | Jamoatchilik monitoringi natijalari boʻyicha ularning tashkilotchisi tomonidan jamoatchilik monitoringining borishi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni, ular ishtirokchilarining fikr-mulohazalarini, kelib tushgan takliflar va bayonotlarni, tavsiyalarni oʻz ichiga olgan yakuniy hujjat (bayonnoma) tuziladi. Jamoatchilik monitoringi natijalari boʻyicha tuzilgan yakuniy hujjat (bayonnoma) koʻrib chiqish uchun davlat hokimiyati organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa davlat organlari hamda tashkilotlariga yuboriladi. Jamoatchilik monitoringi natijalari boʻyicha tuzilgan yakuniy hujjat (bayonnoma) ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladi. | ||
| 11. | 12-modda. Jamoatchilik ekspertizasi | 12-modda. Jamoatchilik ekspertizasi | Ushbu moddada jamoatchilik ekspertizasining aniq mexanizmi koʻrsatilmagan. Xususan, ularni olib borish tartibi, uning natijasi boʻyicha xulosa qabul qilish kabi masalalar ham yetarlicha tartibga solinmagan. Masalan, Rossiyaning “Rossiya Federatsiyasida jamoatchilik nazorati asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunida jamoatchilik ekspertizasining aniq muddatlari, shuningdek ularning yakuni boʻyicha xulosa tuzilishi hamda uning davlat organlariga yuborilishi haqidagi normalar belgilangan. Shu bois, jamoatchilik ekspertizasi yakunlari boʻyicha xulosa tuzish masalalarini Qonunga kiritish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. |
| Jamoatchilik ekspertizasi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni oʻrganish hamda baholashdan iboratdir. | Jamoatchilik ekspertizasi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyihalari fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash uchun ularni oʻrganish hamda baholashdan iboratdir. | ||
| Jamoatchilik ekspertizasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻtkazishi mumkin. | Jamoatchilik ekspertizasini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda oʻtkazishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik ekspertizasining tashkilotchisi tegishli sohada zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni jamoatchilik asosida jalb etishi ham mumkin. | Jamoatchilik ekspertizasining tashkilotchisi tegishli sohada zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni jamoatchilik asosida jalb etishi ham mumkin. | ||
| Toʻldirilmoqda | Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, jamoatchilik ekspertizasining muddati uni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran toʻrt oydan oshmasligi shart. Jamoatchilik ekspertizasi natijalari yuzasidan yakuniy hujjat (xulosa) tuziladi. Jamoatchilik muhokamasi natijalari boʻyicha tuzilgan yakuniy hujjat (xulosa) koʻrib chiqish uchun davlat hokimiyati organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa davlat organlari hamda tashkilotlariga yuboriladi. Jamoatchilik muhokamasi natijalari boʻyicha tuzilgan yakuniy hujjat (xulosa) ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladi. | ||
| 12. | 15-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari | 15-modda. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari | Mazkur moddada jamoatchilik nazorati subyektlarining fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga haqli ekanligi belgilangan boʻlib, ushbu normani jamoatchilik nazorati subyektlarining majburiyatlari qatorida belgilash maqsadga muvofiq. |
| Jamoatchilik nazorati subyektlari: | Jamoatchilik nazorati subyektlari: | ||
| jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga, ularni tashkil etishga, shuningdek ularda ishtirok etishga; | jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga, ularni tashkil etishga, shuningdek ularda ishtirok etishga; | ||
| jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni qonunchilikka muvofiq davlat organlaridan soʻrab olishga; | jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni qonunchilikka muvofiq davlat organlaridan soʻrab olishga; | ||
| jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra takliflar va tavsiyalar tayyorlashga hamda ularni tegishli davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuborishga; | jamoatchilik nazorati natijalariga koʻra takliflar va tavsiyalar tayyorlashga hamda ularni tegishli davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuborishga; | ||
| fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga; | Chiqarib tashlanmoqda | ||
| davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga; | davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishga; | ||
| jamoatchilik nazorati natijalarini eʼlon qilishga haqlidir. | jamoatchilik na�orati natijalarini eʼlon qilishga haqlidir. | ||
| Jamoatchilik nazorati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Jamoatchilik nazorati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | ||
| Jamoatchilik nazorati subyektlari: | Jamoatchilik nazorati subyektlari: | ||
| jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; | jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi; | ||
| qonunda belgilangan, davlat organlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi; | qonunda belgilangan, davlat organlarining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi; | ||
| Toʻldirilmoqda | fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborishi; | ||
| davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi; | davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi; | ||
| davlat organlarining faoliyat koʻrsatishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining faoliyati uchun toʻsiqlar yaratmasligi; | davlat organlarining faoliyat koʻrsatishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining faoliyati uchun toʻsiqlar yaratmasligi; | ||
| fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymasligi; | fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymasligi; | ||
| jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chogʻida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan boʻlsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart. | jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chogʻida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan boʻlsa, uning maxfiyligiga rioya etishi shart. | ||
| Jamoatchilik nazorati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Jamoatchilik nazorati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | ||
| “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonun | |||
| 13. | 3-modda. Asosiy tushunchalar | 3-modda. Asosiy tushunchalar | |
| Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: | ||
| ... | ... | ||
| (Oltinchi xatboshisi) | (Oltinchi xatboshisi) | Arxiv hujjati fuqarolar uchun ahamiyatli boʻlganligi bois saqlanmaydi, balki davlat va jamiyat uchun ahamiyatli boʻlgan hujjat fuqaro egaligida boʻlishi mumkin. Shu sababli fuqaro soʻzi chiqarib tashlandi va arxiv hujjatiga berilgan taʼrifga xorijiy davlatlar (Xitoy) qonunchiligidan kelib chiqib, tahririy oʻzgartirishlar kiritildi. | |
| arxiv hujjatlari — fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati bois saqlanishi lozim boʻlgan matnli, qoʻlyozma va mashinada oʻqiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa moddiy jismlardagi yozuvlar; | arxiv hujjatlari — saqlanishi davlat va jamiyat uchun ahamiyatli boʻlgan va bevosita davlat organlari, jamoat tashkilotlari va shaxslarning siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, diniy va boshqa faoliyatlarida yuzaga kelgan turli shakllardagi tarixiy hujjatlar, jumladan, turli tillardagi yozuvlar, rasmlar, diagrammalar, audiovizual materiallar va boshqalar. | ||
| 14. | 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari | 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari | |
| Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi): | Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi (bundan buyon matnda “Oʻzarxiv” agentligi deb yuritiladi): | ||
| ... | ... | ||
| (Oʻn birinchi xatboshisi) | (Oʻn birinchi xatboshisi) | ||
| arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibini belgilaydi. | arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning roʻyxatini tuzish tartibini belgilaydi; | ||
| Toʻldirilmoqda | davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatida shakllanadigan namunaviy hujjatlarning saqlash muddatlari koʻrsatilgan roʻyxatini tasdiqlaydi; Oʻzbekiston tarixiga oid chet ellarda saqlanayotgan arxiv hujjatlarini aniqlaydi, ularni yoki ularning nusxalarini qaytaradi. | “Oʻzarxiv” agentligining asosiy vakolatlarini toʻliq ifodalash maqsadida hamda xalqaro tajribadan (Rossiya Federatsiyasida arxiv ishi toʻgʻrisida qonun, Qozogʻiston Respublikasi Milliy arxiv fondi va arxivlar toʻgʻrisidagi qonun) kelib chiqib toʻldirilmoqda. | |
| ... | ... | ||
| 15. | 9-modda. Milliy arxiv fondining tarkibi | 9-modda. Milliy arxiv fondining tarkibi | |
| (Birinchi qism) Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari Oʻzbekiston xalqi madaniy merosining ajralmas qismidir. | (Birinchi qism) Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari Oʻzbekiston xalqi madaniy merosining ajralmas qismidir. | ||
| Toʻldirilmoqda. | Milliy arxiv fondiga kiritilgan hujjatlar tasnifiga quyidagi hujjatlar kiradi: Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, maʼmuriy boshqaruv hujjatlari, sudlar va prokuraturalar faoliyatiga oid hujjatlar, normativ-huquqiy hujjatlar; statistik, ilmiy, texnologik, geologik, normativ-texnikaviy, loyihaviy, muhandislik, patent, kartografik hujjatlar va boshqa hujjatlar; kino, foto, fono (ovoz yozish), videomateriallar, dizayn ishlari va arxitektura loyihalari, qurilish loyiha hujjatlari; qoʻlyozmalar, alohida ahamiyatga ega boʻlgan kitoblar va risolalar, davriy nashrlar; sanʼat asarlari, ilmiy, adabiy va musiqa asarlari; partiya, ittifoq, birlashma, jamoat va jamoat tashkilotlari hujjatlari; kundaliklar, xotiralar, xatlar va boshqa shaxsiy hujjatlar. | Mazkur moddada hujjatlar turi mutaxassislarga tushunarli boʻlishi mumkin, lekin mutaxassis boʻlmaganlar uchun tegishli hujjatlar haqida tushunchalar kiritilmagan. Milliy arxiv fondi (MAF) tasnifi, yaʼni qanday hujjatlardan tashkil topganligi haqida hech qanday asos kiritilmagan. | |
| ... | ... | ||
| 16. | 25-modda. Arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlash | 25-modda. Arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlash | Elektron hukumat doirasida hujjatlarning elektron nusxalari yuqori ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda ushbu qoʻshimcha kiritilmoqda. |
| ... | ... | ||
| (Oltinchi qism) Alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlarning sugʻurta nusxalari yaratiladi. | (Oltinchi qism) Alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlarning sugʻurta va elektron nusxalari tashkilot va muassasalar tomonidan “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilagan tartibda yaratiladi. | ||
| ... | ... | ||
| 17. | Toʻldirilmoqda | 251-modda. Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish Davlat organlari davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan arxiv hujjatlarining doimiy asosda elektron nusxalarini yaratishi shart. | Xalqaro tajribaga (Qozogʻiston Respublikasi Milliy arxiv fondi va arxivlar toʻgʻrisidagi qonuni) hamda hozirda respublikada keng miqyosda amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlariga tayangan holda hamda arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilarga tezkor ravishda xizmat koʻrsatish, keng imkoniyatlar yaratish maqsadida qoʻshimcha kiritilmoqda. |
| Toʻldirilmoqda | Arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini kirib koʻrish barcha manfaatdor davlat organlariga davlat, tijorat va boshqa qonun bilan qoʻriqlanadigan sirlarni saqlash talablariga rioya etgan holda ochiq hisoblanadi. Arxiv hujjatining elektron nusxasi vakolatli xodimning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlsa, arxiv hujjatining asl nusxasiga tenglashtiriladi. | ||
| “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun | |||
| 18. | 9-modda. Fuqarolar yigʻini | 9-modda. Fuqarolar yigʻini | Mazkur Qonunning 11-moddasida fuqarolar yigʻini tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal �izmat koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va yerlarni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi belgilangan. Mahalla fuqarolar yigʻinlarining tegishli mahalla hududidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi mavjud muammolarni oʻrganish va hal yetishda koʻmakchi boʻlishi ushbu hududda qoʻshimcha ish oʻrinlarining ochilishi hamda hududning iqtisodiy ahvoli yaxshilanishiga sabab boʻladi. Shunga koʻra, ushbu normani kiritish va mustahkamlash orqali fuqarolar yigʻinlarining statusini qatʼiy va aniq belgilanishiga olib keladi. |
| Fuqarolar yigʻini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi. | Fuqarolar yigʻini tegishli hududdagi aholi va tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ifodalaydi hamda ularning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi. | ||
| ... | ... | ||
| 19. | 14-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlari | 14-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlari | Hududlarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq maslahat markazlari tashkil yetilgan boʻlsada, biroq, ularning samaradorlik koʻrsatkichlari juda past. Buning asosiy sababi, tashkil yetilgan maslahat markazlari shunchaki statistika uchun yuritilib amalda fuqarolarga tegishli maslahat berilmasdan kelmoqda. Oʻtkazilgan soʻrovnoma natijasida adliya organlariga murojaat qilgan fuqarolarning 80 foizi oʻzlarining hududida tashkil yetilgan maslahat markazlari toʻgʻrisida hech qanday maʼlumotga ega yemasligini maʼlum qilishgan. Yuqoridagilarga asosan fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar yuzasidan tegishli koʻrsatma berish maqsadida Maslahat markazlari faoliyati ularni tashkil yetish faoliyat yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha aniq mexanizm ishlab chiqish zarur. |
| Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli): | Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli): | ||
| ... | ... | ||
| fuqarolar yigʻini mablagʻlarini qonunchilikka muvofiq tasarruf etadi; | fuqarolar yigʻini mablagʻlarini qonunchilikka muvofiq tasarruf etadi; | ||
| tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi; | tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi, ularni moddiy texnik jihatdan taʼminlaydi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi; | ||
| egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha boʻlmagan yolgʻiz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning mol-mulkini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi; | egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha boʻlmagan yolgʻiz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning mol-mulkini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi; | ||
| ... | ... | ||
| 20. | 24-modda. Fuqarolar yigʻini raisining(oqsoqolining) vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish | 24-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish | Amalda fuqarolar yigʻini raisi oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda lavozimga boshqa shaxs saylangunga qadar yaʼni, yangi saylov oʻtkazilgunga qadar fuqarolar yigʻinida oʻz vakolati doirasidagi ishlar amalga oshirilmasdan qolmoqda. Amaldagi qonunchilikka asosan, vakolatlarni soqit qilish — mansabdor shaxs yoki maʼlum bir organning oʻz vakolatlarini toʻxtatishini eʼlon qilishi. Bu mansabdor shaxsni yoki davlat organini isteʼfoga chiqishini anglatadi. Davlat organi yoki mansabdor shaxsn�ng vakolatini soqit qilishini eʼlon qilishi bilan, oʻz vakolatlarini bajarishini toʻxtatadi. Baʼzi holatlarda, mansabdor shaxsni yoki davlat organi oʻzidan vakolatini soqit qilgandan soʻng ham, davlat organining yangi tarkibi shakllanguncha yoki lavozimga boshqa shaxs tayinlangunga qadar, oʻz vakolatlarini bajarib turadilar. |
| Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi: | Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi: | ||
| u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda; | u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda, bunda boshqa shaxs saylangunga qadar, oʻz vakolatlarini bajarib turadilar; | ||
| ... | ... | ||
| “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun | |||
| 21. | 2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar | 2-modda. Tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar | “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan tabiat bogʻlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasi jumlasiga kiritilganligini inobatga olib, Qonunning 2-moddasiga qoʻshimcha kiritilmoqda. |
| Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi. | Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytiri� va tiklash uchun moʻljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar, milliy tabiat bogʻlari, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi. | ||
| 22. | 4-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish | 4-modda. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish | |
| Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xoʻjaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xoʻjalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak: | Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xoʻjaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xoʻjalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak: | “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan tahririy tuzatish kiritilmoqda. | |
| ... | ... | ||
| 23. | 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tabiatni muhofaza qilishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari | 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tabitni muhofaza qilishga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: | Ushbu xatboshini qaytadan koʻrib chiqish kerak, sababi Davlat ekologiya qoʻmitasi Oliy Kengash (Majlis) va keyinchalik Oliy Majlis Senatiga idoraviy jihatdan boʻysungan paytda bu holat boʻlgan, lekin 2017-yil Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish bilan Davlat ekologiya qoʻmitasining boʻysinuv shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻzgartirilgan. Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis palatalarining bu boradagi vakolatlarini Vazirlar Mahkamasi oʻtkazib, tegishli palatalarning sohadagi vakolatlari qayta belgilash maqsadga muvofiq. | |
| tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; | ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish; | ||
| tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; | ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni hisobotini eshitish; | ||
| tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haqning chegara miqdorlarini belgilash, shuningdek toʻlovlarni undirish boʻyicha imtiyozlar belgilash; | ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish; | ||
| qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish. | qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish. | ||
| 24. | 9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari | 9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari | 7-moddadagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolatlarini, yaʼni: tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash; tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; hududlarni favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb eʼlon qilish, bunday zonalarning huquqiy rejimini va jabrlanganlarning maqomini belgilash; davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; Vazirlar Mahkamasi vakolatlarini toʻldirish. Asos: 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining Oliy Majlis Senati vakolatlaridan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vakolatlariga oʻzgartirish kiritilishi munosabati bilan xoʻjalik boshqaruvi Oliy Majlis Senatidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilgan. Ushbu moddaning barcha xatboshilari yangi tahrir bilan yozilishi lozim. |
| Tabiatni muhofaza qilish sohasida: | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida: | ||
| Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish; | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish; | ||
| Toʻldirilmoqda | davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; | ||
| tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish; | tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish; | ||
| ... | ... | ||
| ekologiya jihatidan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish; | ekologiya jihatidan favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokatlarning oldini olish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni tasdiqlash; | ||
| tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish; | Chiqarib tashlanmoqda | ||
| tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilar, zararli taʼsir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib tashlaganlik uchun haq toʻlash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash; | tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, maishiy va zararli chiqindilar, shuningdek qurilish chiqindilarini joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari undirilishi yuzasidan ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlarni koʻrib chiqib, tasdiqlash; tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitga chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash tartibini tasdiqlash; | ||
| ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratish hamda uning amal qilishini taʼminlash; | ekologiya sohasidagi taʼlim va tarbiya tizimini yaratish hamda uning amal qilishini taʼminlash; | ||
| ... | ... | ||
| tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish; | ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish; | ||
| ... | ... | ||
| 25. | 10-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari | 10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari | “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirilmoqda, shuningdek tegishli tuzatishlar kiritilmoqda. |
| Tabiatni muhofaza qilish sohasida: | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida: | ||
| oʻz hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash; | oʻz hududida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash; | ||
| tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli boʻlgan obyektlarni roʻyxatga olish; | tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli boʻlgan obyektlarni roʻyxatga olish; | ||
| tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlash; | ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlash; | ||
| tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish; | tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish; | ||
| tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar undirish; | tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar undirish; | ||
| tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish, atrof muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatish va qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish; | ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish, atrof muhitga zarar yetkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatish va qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish; | ||
| Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatiga kiradi. | Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi. | ||
| Atrof muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish sud tartibida amalga oshiriladi. | Ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish sud tartibida amalga oshiriladi. | ||
| 26. | 11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining vakolatlari | 11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining vakolatlari | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qaroridagi tizimli va tuzilmaviy oʻzgarishlarni inobatga olib, tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilmoqda. |
| Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi: | ||
| ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvini; chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini; er, yer osti boyliklarini, suv, oʻrmon, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini; | ekologiya, atrof-muhitni m�hofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini; suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini, oʻrmonlarni, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularni davlat kadastrini yuritishni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi hamda chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish; | ||
| ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirishni, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarishda idoralararo hamkorlikni taʼminlashni amalga oshiradi. ... | ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir masalalarda aloqador vazirlik, idoralar va jamiyatlar faoliyatini muvofiqlashtirish; ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy taʼsirini oldini olish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish; tabiiy resurslardan foydalanganlik va atrof-muhitga chiqindi joylashtirganlik, oqova oqizganlik, zararli moddalar va gazlar tashlamalari tashlaganlik, tabiiy resurslar nobudgarchiligiga yoʻl qoʻyganlik uchun toʻlovlar undirish; tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish, atrof muhitga zarar yetkazayotgan obyektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatish va qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritish; Atrof muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan obyektlarning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish yuzasidan sudlarga hujjatlar toʻplamini kiritish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno). ... | ||
| 27. | 12-modda. Insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega boʻlish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi | 12-modda. Insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega boʻlish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi | “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirilmoqda. |
| Oʻzbekiston Respublikasi aholisi oʻz salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, oʻz salomatligini atrof muhitning zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega. | Oʻzbekiston Respublikasi aholisi oʻzi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, oʻz salomatligini atrof-muhitning zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega. | ||
| Ana shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega. | Ana shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha jamoat birlashmalariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega. | ||
| ... | ... | ||
| 28. | 13-modda. Tabiatni muhofaza qilish sohasida jamoat birlashmalarining vakolatlari | 13-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoat birlashmalarining vakolatlari | Tahririy tuzatishlar kiritilmoqda. |
| Tabiatni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi jamoat birlashmalarining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qabul qilingan ustavlarida belgilab qoʻyiladi. | Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi jamoat birlashmalarining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qabul qilingan ustavlarida belgilab qoʻyiladi. | ||
| 29. | 14-modda. Atrof tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari | 14-modda. Atrof tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari | “Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 9 va 11-moddalariga asosan tegishli oʻzgartishlar kiritish taklif etiladi. |
| Xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli taʼsiri atrof tabiiy muhit sifatining aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi normativlari va standartlari bilan cheklab qoʻyiladi. | Xoʻjalik faoliyatining atrof-muhitga zararli taʼsiri aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi atrof-tabiiy muhit sifatining normativlari va standartlari bilan cheklab qoʻyiladi. | ||
| Hududiy-ishlab chiqarish majmuilarini tarkib toptirishda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta qurish va taʼmirlashda atrof tabiiy muhitga boʻladigan taʼsirning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan meʼyorlari belgilanadi. | Hududiy-ishlab chiqarish majmuilarini joylashtirishda, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta qurish va taʼmirlashda atrof tabiiy muhitga boʻladigan taʼsirning yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan meʼyorlari belgilanadi. | ||
| 30. | 15-modda. Ekologik normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash | 15-modda. Ekologik normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash | “Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 752-son qaroriga koʻra kimyoviy vositalarni qishloq xoʻjaligida ishlatishga ruxsatnoma berish vakolatlari Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga berilgan. |
| Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar atrof muhitga taʼsirning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yoʻsindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart. | Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar hamda tadbirkorlik subyektlari atrof muhitga taʼsirning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yoʻsindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart. | ||
| ... | ... | ||
| Kimyoviy dori-darmonlarni qishloq xoʻjaligida ishlatishga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ruxsat etiladi. | Kimyoviy vositalarni qishloq xoʻjaligida ishlatishga ruxsatnoma berish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan koʻrib chiqiladi. | ||
| 31. | 16-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish shartlari | 16-modda. Tabiiy resurslardan foydalanish shartlari | Tahririy tuzatishlar kiritilmoqda. |
| Tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli tabiat obyektlarining yashash va oʻsish muhiti buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. | Tabiiy resurslardan foydalanishga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli tabiat obyektlarining yashash va oʻsish muhiti buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, boshqa tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. | ||
| 32. | 18-modda. Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari | 18-modda. Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari | “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi va “Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonunlarga asosan tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda. |
| Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishga quyidagi shartlar asosida yoʻl qoʻyiladi: | Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishga quyidagi shartlar asosida yoʻl qoʻyiladi: | ||
| ... | ... | ||
| foydali qazilmalarni qazib olish chogʻida holati oʻzgargan yerlar rekultivatsiya qilinsa; | yer qaʼridan foydalanishda ishdan chiqqan yer uchastkalarini va boshqa tabiiy obyektlarni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi nazarda tutilsa; | ||
| ... | ... | ||
| foydali qazilma konlarini ishga solish loyihalari boʻyicha, shuningdek mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlsa; | foydali qazilma konlarini ishga tushirish loyihalari boʻyicha, shuningdek mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlsa; | ||
| ... | ... | ||
| 33. | 19-modda. Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari | 19-modda. Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari | Oʻzbekiston Respublikasi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi” qonunining 41-moddasida Suvni muhofaza qilish zonalari doirasida cheklangan xoʻjalik faoliyati yuritishga yoʻl qoʻyilish rejimi belgilangan boʻlib, Suvni muhofaza qilish zonalari doirasida cheklangan xoʻjalik faoliyati yuritishga yoʻl qoʻyilishi koʻrsatib oʻtilgan. Bu qonunning ushbu moddasida “dov-daraxt” tushunchasi ishlatilmagan. daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yoʻsinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno); “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi. Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunchiligi belgilanib, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinishi belgilangan. |
| ... | ... | ||
| Mahalliy hokimiyat idoralari, oʻrmon va suv xoʻjaligi idoralari daryo irmoqlari hosil boʻladigan joylarda, suv havzalari sohili mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va dov-daraxtni koʻpaytirishlari hamda ularning saqlanishini taʼminlashlari shart. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari, oʻrmon va suv xoʻjaligi idoralari daryo irmoqlari hosil boʻladigan joylarda, suv havzalari qirgʻoq boʻyi mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va daraxt va butalarni koʻpaytirishlari hamda ularning saqlanishini taʼminlashlari shart. | ||
| 34. | 22-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish shartlari | 22-modda. Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish shartlari | Oʻzbekiston Respublikasi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi qonunining Sogʻliqni saqlash vazirligi 8-moddasiga, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi 10-moddasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari 11-moddasiga asosan oʻz vakolatlari doirasida tegishli xulosa va ruxsatnoma berishi koʻzda tutilgan. |
| ... | ... | ||
| Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. | Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. | ||
| Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari hal qiladi. | Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitalari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli xulosalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari hal qiladi. | ||
| “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun | |||
| 35. | 9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari | 9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari | Adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 2021-yil 24-fevralda 3287-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Normativ-hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga asosan diskretsion vakolatlarning kengligi va aniq belgilanmagan vakolatlar korrupsiyaviy omillar hisoblanishi nazarda tutilgan. |
| Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | ||
| hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; | hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; | ||
| ... | ... | ||
| umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. | umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. | ||
| Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Chiqarib tashlanmoqda | ||
| 36. | 10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari | 10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari | Qonunning 20-moddasiga koʻra hayvonot dunyosi obyektlarini olib kirish va olib chiqish tartibi belgilangan boʻlib, unga koʻra yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini, zoologiya kolleksiyalarini, oʻljalarni va tulumlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari beradigan ruxsatnomalar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan va undan olib chiqiladigan tovarlarning nazorati Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (GSh-3448, 29.12.2017y.) tovar kodlari asosida amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarori bilan Yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, shuningdek, yashash faoliyati mahsulotlarini olib kirish va chetga olib chiqish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan. Ammo qarorda olib kirilishi va olib chiqilishi Ekologiya va atrof-muhitni nazorat qilish davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladigan yovvoyi hayvon va ular qismlarining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari bilan belgilangan roʻyxati keltirilmagan. Bundan tashqari, Adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 2021-yil 24-fevralda 3287-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Normativ-hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga asosan diskretsion vakolatlarning kengligi va aniq belgilanmagan vakolatlar korrupsiyaviy omillar hisoblanishi nazarda tutilgan. |
| Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi: | ||
| hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; | hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; | ||
| ... | ... | ||
| yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma beradi; | yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma beradi; | ||
| Toʻldirilmoqda | yovvoyi hayvonlarni, ularning qismlarini, yashash faoliyati mahsulotlarini, zoologiya kolleksiyalarini, oʻljalarni va tulumlarning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari bilan belgilangan roʻyxatini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; | ||
| biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi. | biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi. | ||
| Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Chiqarib tashlanmoqda | ||
| 37. | 11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari | 11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari | Adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 2021-yil 24-fevralda 3287-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Normativ-hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga asosan diskretsion vakolatlarning kengligi va aniq belgilanmagan vakolatlar korrupsiyaviy omillar hisoblanishi nazarda tutilgan. |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi: | ||
| hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; | hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; | ||
| ... | ... | ||
| Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Chiqarib tashlanmoqda | ||
| 38. | 12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari | 12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari | Adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 2021-yil 24-fevralda 3287-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Normativ-hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga asosan diskretsion vakolatlarning kengligi va aniq belgilanmagan vakolatlar korrupsiyaviy omillar hisoblanishi nazarda tutilgan. |
| Mahalliy davlat hokimiyati organlari: | Mahalliy davlat hokimiyati organlari: | ||
| ... | ... | ||
| Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Chiqarib tashlanmoqda | ||
| 39. | 15-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishga doir chora-tadbirlar | 15-modda. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishga doir chora-tadbirlar | Adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 2021-yil 24-fevralda 3287-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Normativ-hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga asosan ushbu moddadagi normalar korrupsiyaviy omillar hisoblanishi nazarda tutilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, qayd etilgan moddani qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. |
| Hayvonot dunyosini muhofaza qilish: | Hayvonot dunyosini muhofaza qilish: | ||
| hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar va normativlarni belgilash; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalar, normalar va normativlarni belgilash; | ||
| hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishda cheklovlar va taqiqlar belgilash; | ||
| hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish; | sud qarori bilan hayvonot dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish huquqini toʻxtatib turish, tugatish, bekor qilish; | ||
| hayvonot dunyosi obyektl�ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning va ulardan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish; | vakolatli davlat organi tomonidan hayvonot dunyosi obyektlaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning va ulardan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish; | ||
| yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllari muhofaza qilinishini tashkil etish; | vakolatli davlat organi tomonidan yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllari muhofaza qilinishini tashkil etish; | ||
| kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish; | vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish; | ||
| xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish chogʻida yovvoyi hayvonlar nobud boʻlish�ning oldini olish; | vakolatli davlat organi tomonidan xoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish chogʻida yovvoyi hayvonlar nobud boʻlishining oldini olish; | ||
| muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish; | vakolatli davlat organi va tegishli hokimliklar bilan birgalikda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish; | ||
| kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini tutqunlikda koʻpaytirish; | vakolatli davlat organi va tegishli hokimliklar bilan birgalikda kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar turlarini tutqunlikda koʻpaytirish; | ||
| yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud boʻlishi xavfi tugʻilganda ularga yordam berish; | vakolatli davlat organi va tegishli hokimliklar bilan b�rgalikda yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud boʻlishi xavfi tugʻilganda ularga yordam berish; | ||
| ... | ... | ||
| hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik va boshqa tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik va boshqa tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | ||
| 40. | 30-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari | 30-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari | Adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasd�qlangan (Adliya vazirligida 2021-yil 24-fevralda 3287-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) Normativ-hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga asosan huquq va majburiyatlar oʻrtasidagi nomutanosibliklar korrupsiyaviy omillar hisoblanishi nazarda tutilgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, qayd etilgan moddani qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. |
| Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar: | Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar: | ||
| ... | ... | ||
| hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzgan holda yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplashi shart. | hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzgan holda yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplashi shart. | ||
| Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Chiqarib tashlanmoqda | ||
| “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun | |||
| 41. | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi | Amaldagi tahrirdagi Qonunda (OʻRQ-598) markazlashgan investitsiyalarni tartibga solish belgilab berilmaganligi sababli ularni tartibga solish amaliyoti kiritilmoqda. |
| Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi davlat budjeti, budjetdan tashqari maqsadli jamgʻarmalar, xorijiy va mahalliy investorlar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | ||
| Ushbu Qonun markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solmaydi. | Chiqarib tashlanmoqda | ||
| 42. | 3-modda. Asosiy tushunchalar | 3-modda. Asosiy tushunchalar | Amaldagi Qonunda mazkur tushunchalar nazarda tutilmaganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroridan kelib chiqib kiritish taklif etilmoqda. |
| .... | .... | ||
| Toʻldirilmoqda | infratuzilma loyihasi — rentabelligi past yoki mavjud boʻlmagan ijtimoiy, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, modernizatsiya qilish, rekonstruksiya qilish va kengaytirishga qaratilgan loyiha; | ||
| Toʻldirilmoqda | kapital qoʻyilmalar shaklidagi budjet tizimining budjetlari — belgilangan tartibda oʻzlashtirishga yoʻnaltiriladigan Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari; | ||
| 43. | 8-moddasi. Investitsiya faoliyatining obyektlari | 8-moddasi. Investitsiya faoliyatining obyektlari | Olib borilayotgan islohotlar hamda amaliyotda duch kelinayotgan holatlar, shuningdek qonunchilik texnikasini inobatga olib kiritilmoqd�. |
| Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va qonunchilik bilan taʼqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarining obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir. | Moddiy va nomoddiy boyliklar ishlab chiqarish, shu jumladan, ijtimoiy soha, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik, ilmiy va qonunchilik bilan taʼqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari obyektlari investitsiya faoliyati obyektlaridir. | ||
| 44. | 9-modda. Investitsiya faoliyatining subyektlari | 9-modda. Investitsiya faoliyatining subyektlari | Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bugungi kunda investitsiya faoliyati subyekti hisoblanmaydi. Shuningdek, doimiy xorijda istiqomat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari investitsiya faoliyatida ishtirok etishi mumkinligini inobatga olib, mazkur tahrirda bayon etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. |
| Quyidagilar investitsiya faoliyati subyektlari hisoblanadi: | |||
| Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari — rezidentlari, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari, xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar investitsiya faoliyatining subyektlaridir. | Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, yakka tartibdagi tadbirkorlari va yuridik shaxslari — rezidentlari; chet davlatlar, chet davlatlarning maʼmuriy yoki hududiy organlari; xalqaro tashkilotlar hamda chet ellik yuridik shaxslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va doimiy xorijda istiqomat qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari. | ||
| 45. | 10-modda. Investorning huquqlari | 10-modda. Investorning huquqlari | Amaldagi Qonunda investor bir vaqtning oʻzida buyurtmachi, omonatchi, kreditor, xaridor va investitsiya faoliyati ishtirokchisi funksiyalarini ham bajarishi mumkinligi investorlarning huquqlari sifatida mustahkamlanmaganligi sababli kiritish taklif etilmoqda. |
| .... | .... | ||
| Toʻldirilmoqda | investor bir vaqtning oʻzida buyurtmachi, omonatchi, kreditor, xaridor va investitsiya faoliyati ishtirokchisi funksiyalarini ham bajarishi mumkin. | ||
| 46. | 13-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari | 13-modda. Investitsiya faoliyati ishtirokchisining majburiyatlari | Mazkur munosabatlar Qonunda oʻz aksini topmaganligi sababli kiritish taklif etilmoqda. |
| .... | .... | ||
| Toʻldirilmoqda | litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun investitsiya faoliyati ishtirokchisi qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya olishi shart. | ||
| 47. | 14-modda. Investitsiya faoliyatida narxni shakllantirish | 14-modda. Investitsiya faoliyatida narxni shakllantirish | Monopoliyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikda belgilangan munosabatlarga asosan kiritish taklif etilmoqda. |
| Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati sh�rtnomaviy narxlar boʻyicha belgilanadi, bundan qonunchilikda qatʼiy belgilangan narxlar mustasno. | Investitsiya faoliyati jarayonida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati shartnomaviy narxlar boʻyicha, shuningdek, markazlashgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymati qoida tariqasida, tanlov (tender) savdolari natijalariga koʻra belgilanadi, bundan qonunchilikda qatʼiy belgilangan narxlar mustasno. | ||
| .... | ..... | ||
| Toʻldirilmoqda | Investitsion faoliyat subyekti bozorda ustun mavqega ega boʻlgan hollarda narxlar vakolatli davlat organi tomonidan qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi. | ||
| 48. | 21-modda. Investitsiyalarni himoya qilish | 21-modda. Investitsiyalarni himoya qilish | Olib borilayotgan islohotlar hamda amaliyotda duch kelinayotgan holatlar, shuningdek qonunchilik texnikasini inobatga olib kiritilmoqda. |
| .... | .... | ||
| Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi. | Investorlarning kapital qoʻyilmalari koʻrinishidagi budjet tizimi budjetlari bilan bogʻliq boʻlmagan investitsiyalari va boshqa aktivlari natsionalizatsiya va (yoki) rekvizitsiya (ekspropriatsii) qilinmaydi, favqulodda xarakterdagi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar va boshqa holatlar bundan mustasno. | ||
| “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun | |||
| 49. | Toʻldirilmoqda | 51-modda. Vakolatli davlat organining bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda rivojlantirish boʻyicha majburiyatlari Bunda maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim bosqichlarida bolalar bevosita bola huquqlari sohasidagi bilimlarni oʻzlashtiruvchi fanlarni oʻquv rejasiga kiritish nazarda tutilishi kerak. | Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyasining 5-bandida hukumat oila va jamoalar bola ulgʻayish davrida bolaga oʻz huquqlaridan foydalanish koʻnikmalarini oʻrgatilishini taʼminlashi kerakligi nazarda tutilgan. Shu sababli mazkur moddani kiritish taklif etilmoqda. |
| 50. | Toʻldirilmoqda | 71-modda. Barcha bolalar kelib chiqishidan, yashash manzilidan, qaysi tilda soʻzlashishidan, eʼtiqodidan, qarashlaridan, tashqi koʻrinishidan, oʻgʻil yoki qiz bola ekanligidan, nogironligidan, boy yoki kambagʻalligidan qatʼiy nazar teng huquqlidir. | BMTning “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyasining 18-bandida ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi vakillar bolani voyaga yetkazish va bolaga yaxshi tarbiya berish majburiyatiga ega �kanligi belgilangan. |
| 51. | Toʻldirilmoqda | 131-modda. Ota-onalar yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar bolani voyaga yetkazishga va tarbiyalashga majburdir. | Qonunning 7 va 25-moddalarida belgilangan teng huquqlilikka doir normalarni umumiy va kengroq holatda yagona moddada ifoda etish maqsadga muvofiq. |
| 52. | Toʻldirilmoqda | 161-modda. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bola oʻz sogʻligʻi va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi axborot yoki maʼlumotdan foydalanmasligini nazorat qilishga majbur. | BMTning “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiyasining ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi vakillar bolalar ularning sogʻligʻi yoki dunyo qarashiga zarar yetkazmaydigan axborot yoki maʼlumotdan foydalanishig� javobgar ekanligi xususidagi 17-bandining ijrosi taʼminlanadi. |
| 53. | Toʻldirilmoqda | 171-modda. Doʻkonlar, savdo markazlari va bozorlarda sotuvga qoʻyilgan mahsulotlarning hamda ular reklamalarining vakolatli davlat organi tomonidan bolaning sogʻligʻi va dunyo qarashiga zarari holati boʻyicha ekspertiza oʻtkazadi. | Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida bola huquqlarining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi uchinchi bandida “bolaning hayoti, sogʻligʻi, axloqi xavfsizligini taʼminlash, uni salbiy taʼsirlardan himoya qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Hukumati tomonidan vakolat berilgan federal ijro organi belgilangan tartibda bolalar uchun stol, kompyuter va boshqa turdagi oʻyinlar, oʻyinchoqlar va oʻyin jihozlarining ekspertiza-sini (ijtimoiy, psixologik, pedagogik, sanitariya) oʻtkazishi mumkinligi” nazarda tutilgan. |
| “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun | |||
| 54. | 7-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan qaror qabul qilish tartibi | 7-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan qaror qabul qilish tartibi | Amaldagi qonun talablariga koʻra davlat ishtirokidagi korxonalar turli davlat tashkilotlari va nazorat funksiyalariga ega organlar tomonidan boshqariladi (73 ta), bu esa xususiylashtirilishi belgilangan koʻplab obyektlar vakolatli idoralarning masʼuliyatsizligi yoki harakatsizligi oqibatida sotilmasdan turibdi. Fransiya, Finlyandiya, Norvegiya, Xitoy, Singapur, Malayziya, Rossiya, Qozogʻiston va boshqa koʻplab davlatlarda davlat mulki maxsus (yagona) vakolatli davlat idorasi tomonidan boshqariladi. |
| ... | ... | ||
| 4-bandi: | 4-bandi: | ||
| Davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublika�i Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan qabul qilinadi. | Davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan qabul qilinadi. | ||
| Toʻldirilmoqda | Agentlik davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi. | ||
| 55. | 14-modda. Ommaviy mulk obyektini kim oshdi savdosida sotish | 14-modda. Ommaviy mulk obyektini kim oshdi savdosida sotish | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5197-sonli qarorining 3-bandiga asosan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan ulushlar, koʻchmas mulklar, avtomototransport vositalari hamda boshqa �sosiy vositalarni realizatsiya qilish hamda ijaraga berish “E-AUKSION” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yoʻli bilan amalga oshirilishi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandiga asosan budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari xamda boshqa asosiy vositalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida auksion savdolarida sotilishi belgilangan. |
| ... | ... | ||
| 2-bandi: | 2-bandi: | ||
| Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarning kim oshdi savdosini oʻtkazish uchun ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar kim oshdi savdosi xizmatlarini tashkil etadilar, bu xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ish koʻradi. | Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarni sotish “E-AUKSION” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublika�i Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ish koʻradi. | ||