28.06.2021 yildagi KQ-240-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash boʻyicha faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining SQ-322-IV-sonli Qarori ijrosini taʼminlash hamda mazkur Qoʻmita va uning kotibiyati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi kotibiyati uchun qoʻshimcha 3 ta, shu jumladan, 2 ta boshqaruv xodimi shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni rahbari (A. Ziyayev) bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning shtatlar jadvaliga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi, Qoʻmita raisi oʻrinbosari hamda Qoʻmita kotibiyatining xodimlarini xizmat xonalari va moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 28-yanvardagi KQ-304-IV-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi KQ-197-IV-sonli Qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-240-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-iyundagi KQ-240-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi)ning asosiy vazifalari, funksiyalarini, Qoʻmita faoliyatini tashkil etish hamda uni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilot hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) Kengashi qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmita Senat oldida masʼul va unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qoʻmita faoliyatining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻmita faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidan kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat Kengashiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish hamda doimiy monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijro etilishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarining rasmiy veb-saytlarda joylashtirilishi, shuningdek, davlat xaridlari, xizmat safarlari xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga va oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishi hamda yangilab borilishi toʻgʻrisidagi hisobot yoki axborotlarini eshitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid mavjud qonunchilik bazasini tahlil qilish, umumeʼtirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid qonunlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad hamda vazifalariga hamda xalqaro huquq normalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish va tegishli xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga doir masalalar yuzasidan oʻrganishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda aholi, jumladan, axborot xizmati sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar va ommaviy axborot vositalari bilan bevosita muloqot qilish orqali axborot siyosati hamda davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash masalalariga oid haqiqiy ahvolni oʻrganish hamda bu borada aniqlangan dolzarb masalalarni parlament nazorati doirasida hal etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning axborot siyosati hamda davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash masalalariga oid murojaatlarini koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻmita oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasidan kelib tushgan axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid qonunlarni davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlardan iborat tarkibda ishchi guruh tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqadi (qonunlarda umumdavlat va hududiy manfaatlar mutanosibligi taʼminlanganiga alohida eʼtibor bergan holda), ular boʻyicha xulosa tayyorlaydi hamda Senatning yalpi majlisi kun tartibiga kiritish bilan bogʻliq takliflarni Senat Kengashiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining roʻyobga chiqarilishi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi, zarur hollarda Senatning yalpi majlisida muhokama qilinishi shart boʻlgan taklif va mulohazalarni ishlab chiqadi, Senatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi, zarur hollarda taklif va mulohazalarni tayyorlaydi, Senatning tegishli qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan koʻrilgan choralarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining joylarda ijro etilishini oʻrganadi va muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Oʻzbekistonning Internet tezligi boʻyicha xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash, shuningdek, davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining Internet tarmoqlari orqali erkin, tezkorlik bilan axborot olish imkoniyatini yaratish borasida olib borilayotgan ishlari holatini oʻrganadi va muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik holatini manzilli va tematik oʻrganishlar, jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlari, shuningdek, vakolati doirasida boshqa vositalardan foydalangan holda tahlil qilganlik holatini oʻrganadi va muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini roʻyxatga olish xamda ularning faoliyatini monitoring qilish holatini oʻrganadi va muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatini yanada kengaytirish boʻyicha amalga oshirgan ishlari holatini oʻrganadi va muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining axborot sohasidagi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash haqidagi qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat majlisida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalalarini qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot sohasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan ochiqlik va oshkoralikni tartibga soluvchi qonunlarga rioya etilayotganligi, Senat, uning Kengashi, Qoʻmita qarorlari bajarilayotganligi toʻgʻrisidagi axborotini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament soʻrovi yuborish boʻyicha Senat Kengashiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senat, uning Kengashi qarorlari, davlat dasturlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishining holatini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligini oʻrganish hamda ular boʻyicha xulosalar va takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va kiritish yuzasidan muntazam tahlillar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot siyosati, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlashga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida bu boradagi xalqaro tajribani oʻrganadi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlari parlamentlarining tegishli qoʻmitalari (komissiyalari) bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning axborot siyosati, ochiqlik hamda oshkoralikni taʼminlashga oid murojaatlarini koʻrib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish orqali xalq bilan muloqotni amalga oshiradi, murojaatlarning tahlilini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspertlik hamda boshqa xulosalarni, statistik va tahliliy maʼlumotlarni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning yalpi majlislarida maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng aholi eʼtiboriga yetkazish maqsadida joylarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda targʻibot tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish, qonun hujjatlarini takomillashtirish va boshqa dolzarb masalalar boʻyicha tadbirlar (konferensiya, davra suhbati, seminarlar) oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatiga doir masalalar yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatini tashkil etish va Qoʻmita aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtirishga oid masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻmita tarkibi va uning faoliyatini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻmita senatorlar orasidan Senat vakolatlari muddatiga rais, uning oʻrinbosari va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita raisi, qoida tariqasida, uning ikki nafar aʼzosi Senatda doimiy asosda ishlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolarini saylash va uning tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻmita raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita ish rejasi loyihasini tayyorlaydi va qoʻmitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, Qoʻmita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga Qoʻmita faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasidan kelib tushgan qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar ishida ishtirok etish, shuningdek, Qoʻmitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun Qoʻmita aʼzolarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni Qoʻmita ishida ishtirok etishga taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat, uning Kengashi majlislarida, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan munosabatlarda Qoʻmita nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita qarorlarning ijrosiga doir ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatni, uning Kengashini, Senat Raisi va uning oʻrinbosarlarini Senat rahbariyati topshiriqlari bajarilishidan xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi va Qoʻmita tavsiyalari koʻrib chiqilishidan Qoʻmita aʼzolarini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoʻmita raisining oʻrinbosari Qoʻmita raisining topshirigʻiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Qoʻmita raisi yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini bajarib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitada ish yuritish Qoʻmita raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita oʻz faoliyatini majlislar shaklida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning majlislari Senat majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita majlisini rais oʻz tashabbusiga yoki Qoʻmita aʼzolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tashabbusiga koʻra chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita aʼzosi Qoʻmita majlislarida ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzosi uzrli sabablarga koʻra Qoʻmita majlisida ishtirok etish imkoniyati yoʻqligi haqida Qoʻmita raisini oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻmita majlisi toʻgʻrisida Qoʻmita raisi, qoida tariqasida, Senat Raisini majlis oʻtkazilishidan kamida yetti kun avval xabardor qiladi. Shu bilan bir vaqtda unga barcha zarur hujjatlarni taqdim etadi. Senat Raisidan majlisni oʻtkazish toʻgʻrisida rozilik olinganidan soʻng Qoʻmita raisi Qoʻmita aʼzolarini va majlisning boshqa ishtirokchilarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻmitaning majlislarida, Qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, u vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoʻmita majlisini Qoʻmita raisi, u boʻlmagan yoki oʻz vazifalarini bajara olmagan taqdirda, — Qoʻmita raisining oʻrinbosari yoki Qoʻmita aʼzolaridan biri olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻmitaning majlislari ochiq tarzda oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganida Qoʻmita yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita majlislariga davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, Senatning boshqa qoʻmitalari aʼzolari va Senat devoni xodimlari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻmita koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan Qoʻmita jami aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan koʻrib chiqilishi shart, natijalari yoki koʻrilgan choralar toʻgʻrisida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, uzogʻi bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoʻmita Senatning boshqa qoʻmitalari bilan hamkorlikda qoʻshma majlislar oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoʻmitaning ishi uning ish rejasiga, shuningdek, Senat, Senat Kengashi, Senat Raisi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoʻmitaning yillik ish rejasi har yili 15-dekabrdan kechiktirmay Senat Kengashi koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning yillik ish rejasi Senat Kengashi majlislarida koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning ish rejasi Senat Kengashi tomonidan kelgusi yilning 1-fevraliga qadar tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunlarni muhokama qilishga, nazorat tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida Qoʻmita huzurida ekspert guruhlari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlarining faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoʻmita oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarilishini taʼminlash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi, xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlaridan, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari vakillaridan va sohada yetuk nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan shaxslardan iborat tarkibda ilmiy-konsultativ kengashlar, ishchi guruhlar tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoʻmitaning joylardagi aʼzolari har oyda oʻz faoliyati haqida Qoʻmitaga tegishli axborotlar taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoʻmita faoliyatining tashkiliy, axborot-tahliliy, moddiy-texnik taʼminoti Senat devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizomga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar Senat Kengashi qarori bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-iyundagi KQ-240-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш