Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2025 09.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3308
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3308]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 2-avgustdagi 19-mh-sonli ““Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3308-2, 08.08.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-iyundagi 12-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning (keyingi oʻrinlarda — akademik litsey) barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga (keyingi oʻrinlarda — TDYU) kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyent — TDYU bakalavriatiga akademik litsey tavsiyasi boʻyicha test sinovlarisiz, suhbat oʻtkazish orqali kirayotgan akademik litsey bitiruvchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus komissiya — har yili TDYU rektori buyrugʻi bilan tashkil etiladigan bitiruvchilarga tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiquvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul komissiyasi — har yili TDYU rektori buyrugʻi bilan tashkil etiladigan TDYU bakalavriatiga qabulni tashkil etadigan, shu jumladan abituriyentlar hujjatlarini qabul qiladigan va ularga maslahat beruvchi komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suhbat komissiyasi — TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun abituriyentlar bilan suhbat oʻtkazish maqsadida TDYU taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. TDYU bakalavriatiga abituriyentlar qabul parametrlaridan tashqari TDYU tomonidan belgilanadigan oʻrinlar soniga mos ravishda qabul qilinadi. Talabalar TDYUda toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. TDYU bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish suhbat natijalariga koʻra reyting tizimi boʻyicha toʻplangan ballar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Abituriyentlar uchun suhbat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasini (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy dunyoqarashining shaklanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus komissiyani tashkil etish va tavsiyanoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus komissiya har yili 10-iyundan kechikmasdan 7 nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maxsus komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, TDYU, akademik litsey xodimlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaga komissiyaning boshqa aʼzolari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Maxsus komissiya faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori — akademik litsey direktori (keyingi oʻrinlarda — akademik litsey direktori) lavozimi boʻyicha maxsus komissiyaning raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bitiruvchilar har yili 20-iyundan kechikmasdan maxsus komissiyaga tavsiyanoma berishni soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, ariza maxsus komissiya kotibiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya faqat komissiya tashkil etilgan tegishli oʻquv yili bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlarni oʻzlashtirganlik toʻgʻrisida akademik maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalarni) tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus komissiya har yili 20-iyundan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda bitiruvchilarning hujjatlarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvali va majlisga taklif etilgan bitiruvchilar roʻyxati komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Majlislar oʻtkazish jadvali akademik litseyning rasmiy veb-saytida majlis boshlanishidan kamida bir hafta avval eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus komissiya majlisi komissiya aʼzolarining barchasi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tavsiyanoma berish masalasi koʻrib chiqilayotganda, maxsus komissiya quyidagi asosiy minimal talablarni hisobga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bitiruvchining akademik litseydagi umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 71 va undan yuqori foizni tashkil qilishi (5 (besh) baholik tizimda 4 (toʻrt) baho va undan yuqori boʻlishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bitiruvchining chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5, Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill va CAE hamda CEFR xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
(13-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 27-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3308-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/3308-1/0493-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme dʼEtudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xitoy, koreys va boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litsey ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki (maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jamoat ishlari, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bitiruvchining akademik litseydagi oʻqish davrida unga nisbatan intizomiy chora qoʻllanilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan asosiy minimal talablarga tegishli masalalarni koʻrib chiqishda, bitiruvchining akademik litseydagi butun oʻqish davri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Zarurat boʻlganda, taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida bitiruvchi suhbat uchun maxsus komissiya yigʻilishiga chaqirilishi mumkin. Suhbat jarayoni real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borilishini taʼminlaydigan xonada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bitiruvchiga tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish haqidagi maxsus komissiya qarori majlisda ishtirok etgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi hamda komissiya har bir aʼzosining bitiruvchi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan fikri komissiya majlisi bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus komissiya majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanib, rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus komissiyaning qarori asosida akademik litsey direktori tomonidan bitiruvchiga tavsiyanoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tavsiyanoma berish uni olgan bitiruvchilar roʻyxatini ilova qilgan holda maxsus komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng 2 kundan kechikmasdan akademik litsey direktori buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Tavsiyanoma olgan bitiruvchiga buyruqdan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tavsiyanoma berish haqidagi buyruq qabul qilingandan soʻng bir kun ichida qabul komissiyasiga foydalanish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari qabul komissiyasi tomonidan 25-iyundan 5-iyulgacha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, Adliya vazirligi tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalarini qabul qilish muddatiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar Internet jahon axborot tarmogʻi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyentlar TDYU rektori nomiga oʻqishga qabul qilish haqidagi arizani ushbu Nizomga 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qabul qilish toʻgʻrisidagi elektron arizaga diplom va ilovasi elektron shaklda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini taʼminlovchi (har bir duymga 200 nuqtadan kam boʻlmagan) alohida fayl koʻrinishida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani unga hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalar koʻrinishida ilova qilingan holda joʻnatishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizomning 20 — 22-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, 72 soat ichida noyob raqam berish orqali ariza roʻyxatga olinadi va abituriyentga bildirishnoma yuboriladi hamda abituriyentga hujjatlarning aslini oʻz vaqtida topshirish zarurati toʻgʻrisida xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 20 — 22-bandlarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada koʻrsatilgan elektron pochta manzili boʻyicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda, abituriyentga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish qatʼiyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Roʻyxatga olingan qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalar soni har kuni TDYUning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Suhbat komissiyasini tashkil etish va yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yakka tartibdagi suhbat har yili 10 — 20-iyul kunlari suhbat komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Obyektiv sabablarga koʻra ushbu muddatlarda suhbat oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, TDYU yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish muddatini bu haqda abituriyentlarni kamida uch kun avval xabardor qilgan holda, oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Suhbat komissiyasi har yili 1-iyuldan kechikmasdan 7 nafar kishidan iborat tarkibda tuziladi. Suhbat komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYU xodimlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlar vakillari ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya tarkibiga kiritilgan shaxslarning Suhbat komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasiga komissiyaning boshqa aʼzolari faoliyatini oʻzaro umumiy muvofiqlashtiruvchi rais boshchilik qiladi. Suhbat komissiyasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash uning kotibiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilishiga qadar abituriyentlar uchun maslahatlar tashkil etiladi, maslahatlar jadvali qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish uchun bino va auditoriyalarni tayyorlashni tashkil etish uchun javobgarlik qabul komissiyasi masʼul kotibi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvali TDYU rasmiy veb-saytida suhbat boshlanishidan kamida uch kun oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yakka tartibdagi suhbat TDYUdagi taʼlim tillarida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat tili abituriyentning oʻzi tomonidan belgilanib, uning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizasida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Abituriyentlar yakka tartibdagi suhbatdan oʻtishlari uchun navbat bilan kiritiladi. Yakka tartibdagi suhbatga abituriyent biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) bilan tashrif buyuradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Abituriyentning yakka tartibdagi suhbatga uyali telefon va boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob va shpargalkalar olib kirishi, ulardan foydalanishi yoki ularni boshqa abituriyentga berishi, shuningdek, boshqa abituriyentga yordam berishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talabni buzgan abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi. Suhbatdan chetlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovada berilgan shaklga muvofiq suhbat komissiyasi kotibi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yakka tartibdagi suhbatni oʻtkazish davomida suhbat komissiyasi aʼzolari tomonidan abituriyentga mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha beriladigan savollar roʻyxati akademik litsey oʻquv dasturlari doirasida shakllantiriladi hamda TDYU rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan savollar roʻyxati TDYUning rasmiy veb-saytiga yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida oʻn besh kun avval joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta abituriyent bilan yakka tartibdagi suhbat 45 daqiqagacha davom etishi mumkin. Mazkur Nizomning 4-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha savollar abituriyent tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abituriyent tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar suhbat komissiyasi kotibi tomonidan printerda chop etiladi va abituriyentga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda ballar qoʻyish yoʻli bilan baholanadi. Mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha maksimal ball 25 ballni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini aniqlash uchun suhbat komissiyasining har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil holda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi baholash varaqasini toʻldiradi va uni suhbat komissiyasi kotibiga taqdim etadi. Suhbat komissiyasi kotibi abituriyentga suhbat komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat natijalari reyting tizimi boʻyicha abituriyentga qoʻyilgan (0 dan 100 gacha oraliqdagi) ballar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat komissiyasi bayonnomasida abituriyentlar roʻyxati kamayib borish tartibida, eng yuqori ball olgan abituriyentdan boshlab joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalari suhbat komissiyasining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va rais tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi suhbat jarayoni va natijalarini qayd etishda video va audioyozuvlardan foydalaniladi. Yakka tartibdagi suhbat jarayoni Internet jahon axborot tarmogʻi orqali onlayn rejimda translyatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Suhbat natijalari TDYU rasmiy veb-saytida suhbat oʻtkazilgandan soʻng keyingi ish kunida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Abituriyentlar oʻqishga quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadval boʻyicha yakka tartibdagi suhbatga kelmaganda (0 ball qoʻyiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizi va undan kam ball toʻplanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni qabul qilish uchun yakka tartibdagi suhbatni qayta oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yakka tartibdagi suhbat natijalari yuzasidan TDYU rektorining buyrugʻi bilan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga tegishli fanlar boʻyicha malakali mutaxassislar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus va Suhbat komissiyalari tarkibiga kiritilgan shaxslarning apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yakka tartibdagi suhbat natijalaridan norozi boʻlgan abituriyent apellyatsiya komissiyasiga suhbat natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida yozma tartibda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan apellyatsiyani u kelib tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi. Apellyatsiya koʻrib chiqiladigan kun haqida abituriyentga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya faqat abituriyent ishtirokida, suhbat jarayoni yozib olingan videotasvir asosida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Abituriyentning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Apellyatsiya komissiyasi quyidagi mazmundagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼtiroz asossiz boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish va suhbat natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼtiroz asosli boʻlsa, apellyatsiyani qanoatlantirish va suhbat natijalariga oʻzgartirish kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar qabul komissiyasiga oʻquv yili boshlanishiga qadar hujjatlarning aslini, shuningdek, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatning asl nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarda, shu jumladan elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlarda soxtalashtirish va qalbakilashtirish aniqlangan taqdirda, abituriyent yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtiriladi (TDYU talabalar safidan chetlashtiriladi), hujjatlari esa belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yakka tartibdagi suhbat natijalari 1-avgustga qadar TDYU bakalavriatiga abituriyentlarni tavsiya etish haqida qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Qabul qilishni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining TDYU bakalavriatiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi 10-avgustdan kechiktirmasdan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining TDYU bakalavriatiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilinganidan soʻng TDYU bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi qabul qilingan kundan boshlab beriladi hamda TDYU rektori va bosh buxgalteri imzosi bilan yuridik shaxslar uchun 3 nusxada va jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TDYU bakalavriatiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya qilingan abituriyentlar uchun toʻlovlar har yili qonunchilik va shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Abituriyentlarni TDYUga oʻqishga qabul qilish yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan kontrakt toʻlovi toʻlangandan soʻng TDYU rektorining buyrugʻi bilan 15-sentabrdan kechiktirmay rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu abituriyentlarga 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishiga ruxsat etish toʻgʻrisida buyruq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Akademik litsey tomonidan berilgan tavsiyanoma ikki yil davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. TDYU bakalavriatiga qabul qilingan abituriyentlarning yakka tartibdagi suhbat natijalaridan tegishli koʻchirmalar ularning shaxsiy yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Tavsiyanomalar berishni tashkil qilish

1. Akademik litsey bitiruvchilariga tavsiyanomalar berish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiya tuzish.

har yili, 10-iyundan kechikmasdan

2. Akademik litsey bitiruvchilar tomonidan Maxsus komissiyaga tavsiyanoma berishni soʻrab ariza bilan murojaat qilish.

har yili, 20-iyundan kechikmasdan

3. Maxsus komissiyaning majlislar oʻtkazish jadvalini tasdiqlash va akademik litsey veb-saytiga joylashtirish.

majlis boshlanishidan kamida bir hafta avval

4. Maxsus komissiya tomonidan akademik litsey bitiruvchilarining arizalarini koʻrib chiqish.

har yili, 20-iyundan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda

2-bosqich

Tavsiyanomalar berish

1. TDYU oʻquv ishlari boʻyicha prorektori — akademik litsey direktori buyrugʻini rasmiylashtirish.

Maxsus komissiyasi qarori qabul qilingandan soʻng

2 kundan kechikmasdan

2. Tavsiyanoma berish haqidagi buyruqni Toshkent davlat yuridik universitetiga yuborish.

Buyruq chiqarilgandan soʻng bir kun ichida

3-bosqich

Abituriyentlar tomonidan hujjatlarni TDYU qabul komissiyasiga topshirishi

25-iyun 5-iyul

1. Qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda real vaqt rejimida toʻldirish.

2. Qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga tegishli hujjatlarni elektron shaklda ilova qilish.

4-bosqich

Hujjatlarni tekshirish, arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish va kamchiliklari haqida xabardor qilish

1. Arizani barcha hujjatlar taqdim etilgandan soʻng unga alohida raqam berish orqali roʻyxatga olish va abituriyentga bu haqida elektron pochta orqali xabar yuborish.

Ariza berilgandan soʻng 72 soat ichida

2. Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlsa, abituriyentga elektron pochta orqali kamchiliklarni tuzatish va belgilangan qabul muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish haqida tegishli xabarnoma yuborish.

Ariza berilgandan soʻng 72 soat ichida

5-bosqich

Yakka tartibdagi suhbatni tashkil etish va oʻtkazish

1. Yakka tartibdagi suhbat oʻtkazish jadvalini tasdiqlash va TDYU veb-saytiga joylashtirish.

qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan uch kun oldin

2. Akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasini, yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasini (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish), nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini va umumiy dunyoqarashining shaklanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash uchun suhbat komissiyasi tomonidan yakka tartibda suhbat oʻtkazish.

10-iyul — 20-iyul

6-bosqich

Yakka tartibdagi suhbat natijalari yuzasidan Apellyatsiya komissiyasini tashkil etish

Yakka tartibdagi suhbat natijalari eʼlon qilingan kuni

7-bosqich

Yakka tartibdagi suhbat natijalarini Adliya vazirligiga yuborish

1-avgustgacha

1. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini reyting tizimi (0 dan 100 ballgacha) asosida aniqlash hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan majlis bayonnomasiga kiritish.

2. Yakka tartibdagi suhbat natijalarini abituriyentlarni TDYU bakalavriatiga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Adliya vazirligiga yuborish.

8-bosqich

TDYU bakalavriatiga tavsiya etish toʻgʻrisidagi adliya vazirining buyrugʻini qabul qilish

10-avgustdan kechiktirmasdan

9-bosqich

Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar tomonidan TDYU qabul komissiyasiga hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish

oʻquv yili boshlanishidan oldin

10-bosqich

Qabul qilishni rasmiylashtirish, oʻqish uchun toʻlovni amalga oshirish

1. Oʻqish uchun kontraktlar tuzish.

10-avgustdan keyin

2. TDYU hisob raqamiga oʻqish uchun toʻlovlarni amalga oshirish.

TDYU va shartnoma shartlarida belgilangan muddatda

3. Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi TDYU rektori buyrugʻini rasmiylashtirish.

2-sentabr

4. Oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi TDYU rektori buyrugʻini rasmiylashtirish.

kontrakt summasi toʻlagandan soʻng 15-sentabrdan kechikmasdan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori‎‎
____________________________________ga‎

(F.I.O.)‎‎‎

‎_________________________________________________________________________dan ‎

(abituriyentning F.I.O (toʻliq yoziladi))‎‎

‎‎

ARIZA‎

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga qabul toʻgʻrisida ‎

Menga ____________________________yoʻnalishida taʼlim olish uchun suhbatdan ‎‎‎

(taʼlim yoʻnalishining nomi) (oʻzbek, rus)‎‎‎

oʻtishimga ruxsat berishingizni soʻrayman.‎‎‎
Maʼlumotim _____________________.__________________________________

(oʻrta maxsus)‎

(taʼlim muassasasining nomi)‎

___________________________________________ni _______ yilda tugatganman.‎‎
Taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom): seriya _________ № ____________________‎
Suhbatdan _____________tilida oʻtaman.‎

(oʻzbek, rus)‎

Tugʻilgan vaqtim va joyim: _____ _____ ______ yil, ________________________‎

(kun) (oy) (yil)‎

(tugʻilgan joyi)‎

Doimiy yashash manzilim: _______________________________________________‎

(mamlakat, viloyat, shahar, tuman, qishloq, koʻcha, uy raqami toʻliq)‎

____________________________________________________________________
Biometrik pasport (identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumoti: ‎

_______

____________,

____________________________‎

(seriya) ‎

(nomer)‎

(qachon va kim tomonidan berilgan)‎

____________________________________________________________________
Xalqaro yoki milliy olimpiadalarda, tanlovlarda hamda sport musobaqalarida qatnashganligi haqida maʼlumot (agar qatnashgan boʻlsa) _______________________‎
(olimpiada fani, ‎
____________________________________________________________________

tanlov fani (ixtisosligi), sport musobaqasi turi, oʻtkazilgan vaqti, egallangan oʻrin)‎

Nogironligi haqida maʼlumot __________________________________________

(nomi va guruhi, hujjat rekvizitlari)‎

Suhbat oʻtkazish qoidalari bilan tanishdim.‎

_______________________

________

______________________

(abituriyentning F.I.O.)‎

(imzo)‎

(ariza berish sanasi)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Yakka tartibdagi suhbatdan chetlashtirish haqida
‎DALOLATNOMA

‎‎___________________shahri ‎‎20__yil “_____”
‎‎Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent
_________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎quyidagi sabablarga koʻra yakka tartibdagi suhbatdan soat _______:______da chetlatildi:‎‎‎
‎‎ ‎‎taqiqlangan vositalardan foydalangan (uyali telefon, kompyuter hamda boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, lugʻat, kitob, shpargalka);
‎‎‎ ‎‎boshqa abituriyentga taqiqlangan vositalarni bergan;‎‎‎
‎‎ ‎‎boshqa abituriyentga yordam bergan;
_________________________________________________________________________

(nizomda nazarda tutilgan boshqa holatlar)

Abituriyent tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning _____ bandlari talablari buzilgan.

‎‎
Komissiya kotibi _________________________

_______________ ‎

‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga qabul qilish boʻyicha yakka tartibdagi suhbatdan oʻtgan abituriyentning javoblarini
‎BAHOLASH VARAQASI

Sana ____________‎‎

Abituriyentning F.I.O.___________ __________________________________‎‎

T/r‎

Baholash mezonlari‎‎

Ballar‎‎

1.‎

Akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar boʻyicha bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasi‎‎

2.‎

Yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasi (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish)‎‎

‎‎

3.‎

Nutq madaniyatining shakllanganligi, oʻz fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanligini

4.‎

Umumiy dunyoqarashining shaklanganligi, oʻz ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatining mavjudligi ‎‎

‎‎
‎‎
‎‎
Izoh________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
‎‎
‎‎
Suhbat oʻtkazish boʻyicha komissiya aʼzosi:‎‎
____________________________________________________________________‎‎
_____________ _________________

(F.I.O.)

(imzo)‎‎

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 10/21/3308/0541-son; 27.06.2023-y., 10/23/3308-1/0493-son)