2-ILOVA
Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar | |
I. Qabul tizimini takomillashtirish hamda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar | ||||
1. | 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash: TDYU magistraturasiga kirish imtihonlarini Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari shaklida tashkil etish; bazaviy oliy yuridik maʼlumotga ega shaxslar, shu jumladan tegishli davlat organi birinchi rahbarining tavsiyasi asosida bazaviy oliy yuridik maʼlumot hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining markaziy organlarida yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda TDYU magistraturasida masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlarini joriy etish; “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan talabalarni TDYU magistraturasiga kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYU, yuridik fakultetlar va TDYU qoshidagi akademik litseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini olgan holda qabul qilish tartibini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2020-yil iyul | Davlat test markazi, TDYU |
2. | TDYUda oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlarini takomillashtirish. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2020-yil sentabr | TDYU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
3. | Yuqori kurs talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek, stajirovkani oʻtash tartibini takomillashtirish orqali: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda taʼlim va amaliyotning uzviy bogʻliqligini; talabalarni qiziqishi, intilishi va qobiliyatini eʼtiborga olgan holda keyinchalik ishga joylashishi uchun professional yoʻnaltirishni taʼminlash. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2020-yil noyabr | Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, TDYU |
4. | Elektron hujjat almashinuviga oʻtish va oʻquv jarayonini raqamlashtirish, shu jumladan mashgʻulotlar jadvalini shakllantirish, imtihonlarni oʻtkazish, baholash, talabalar reytingini shakllantirish va h. k. joriy etishni nazarda tutuvchi “Elektron universitet” (E-University) loyihasini amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil dekabr | TDYU, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
5. | Oʻzlashtirish darajasi 71 foizdan past boʻlgan alohida toifadagi talabalar uchun maxsus fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi topshirish mexanizmini joriy etish bilan bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash va himoya qilish talablarini qayta koʻrib chiqish. | TDYU Kengashi qarori | 2020-yil sentabr | TDYU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
6. | Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtilganligini hisobga olgan holda TDYU xodimlari bazaviy maoshlariga ustamalar va boshqa moddiy ragʻbatlantirish turlari, miqdorlari va mezonlarini qayta koʻrib chiqish. | Rektor buyrugʻi, tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil iyun | TDYU, Adliya vazirligi |
II. Korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari | ||||
7. | Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini tasdiqlash. | TDYU Kengashi qarori | 2020-yil iyul | TDYU, Adliya vazirligi |
8. | Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyani tuzish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil iyul | TDYU, Adliya vazirligi |
9. | Xodimlar va talabalar (oʻquvchilar)ning Odob-axloq kodeksini qabul qilish. | TDYU Kengashi qarori | 2020-yil iyul | TDYU, Adliya vazirligi |
10. | ISO 9001 — Sifat menejmenti tizimi va ISO 37001 — Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi xalqaro standartlariga TDYU mos kelishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil dekabr | TDYU, Adliya vazirligi |
11. | Korrupsiya faktlari haqidagi maʼlumotlarni qabul qilish boʻyicha qayta aloqa tizimini yaratish, talabalar oʻrtasida korrupsiya masalalari boʻyicha tizimli asosda soʻrovlar oʻtkazib borish va ularning natijalari boʻyicha amaliy choralar koʻrish, imtihon jarayoni ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil oktabr | TDYU, Adliya vazirligi |
III. Oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash | ||||
12. | Xorijiy olim va mutaxassislarni jalb qilgan holda chuqurlashtirilgan oʻqitishni amalga oshirish uchun chet tillarida taʼlim beriladigan maxsus akademik guruhlar tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU |
13. | TDYU oʻquv va ilmiy tarkibiy boʻlinmalarini zamonaviy taʼlim shakl va uslublarini egallagan, halol, vijdonli va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil avgust, doimiy | TDYU |
14. | Fanlarni tanlash imkoniyatini taʼminlagan holda ECTS Yevropa kredit tizimini (European Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil sentabr | TDYU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
15. | Ilgʻor xorijiy tajriba asosida amaldagi va yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni oʻquv jarayoniga tatbiq etish, shuningdek, tegishli magistratura mutaxassisliklarini yangi avlod yuridik kadrlarini tayyorlashning zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil sentabr | TDYU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
16. | Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv taʼlim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalaring mustaqil oʻquv va amaliy faoliyati (keys-stadi, kouching va h. k. )ni rivojlantirish orqali amaliyot oʻtash, shuningdek oʻqituvchi va talabaning oʻzaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) taʼminlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga moʻljallangan modulli, obyektga yoʻnaltirilgan va dinamik taʼlim muhitini (Moodle) keng joriy qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
17. | Amaliyotga yoʻnaltirilgan va munozarali mashgʻulotlar oʻtkazishni kuchaytirish, tanqidiy fikrlash va notiqlik sanʼatini rivojlantirishni taʼminlovchi laboratoriya va kovorking (coworking) markazlarni tashkil etish orqali oʻquv-uslubiy bazani mustahkamlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU |
18. | Yurisprudensiyada yangi axborot texnologiyalari va tizimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish maqsadida Legal Tech laboratoriyasini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU |
19. | Xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi vatandoshlarimiz bilan aloqalar oʻrnatish va ular bilan amaliy hamkorlik tizimini joriy etish, ularni TDYUda oʻquv tadbirlarini oʻtkazish hamda TDYU manfaatlarini xalqaro maydonda ilgari surishga jalb etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil sentabr, doimiy | TDYU, Adliya vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Tashqi ishlar vazirligi |
20. | Quyidagilar orqali taʼlim jarayoni va ilm-fanning huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy integratsiyasini taʼminlash: statistika, arxiv va boshqa maʼlumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan maʼlumotlar bundan mustasno) fodalanishga ruxsat bergan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar va boshqa tashkilotlarda kafedralar tashkil etish; taʼlim tadbirlarini real vaqt rejimida oʻtkazish imkonini beruvchi videokonferensaloqa tizimiga ulanish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil sentabr | Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari, TDYU |
21. | Ijtimoiy yoʻnaltirilgan yuridik klinika faoliyatini (Pro bono) va talabalar klinik taʼlimini rivojlantirish, shuningdek, “Street Law” loyihasini faol amalga oshirish. Yuridik klinika uchun trening materiallari toʻplamini ishlab chiqish, yuridik yordamning dolzarb masalalari boʻyicha tadbirlar oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil yanvar | TDYU, Adliya vazirligi |
22. | Yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, axborot-resurs markazi fondini quyidagilarni nazarda tutgan holda muntazam yangilab borish: oʻquv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar mualliflari uchun munosib moddiy ragʻbat va talab etiladigan sharoitlar yaratish; TDYU daromadlar va xarajatlar smetasida darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlar tayyorlash, tarjima qilish va nashr etish, shuningdek, mualliflar mehnatini ragʻbatlantirishga mablagʻlar ajratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil dekabr, doimiy | TDYU, Adliya vazirligi |
23. | Masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish shaklini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
25. | Toshkent shahrida oʻquv jarayonini innovatsion infratuzilma bilan qamrab olgan zamonaviy TDYU kampusini qurish imkoniyatini oʻrganib, asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil iyul | Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, TDYU |
26. | Toshkent shahri hududida tegishli yer uchastkasi ajratib, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida ikkita koʻp qavatli uylar qurish orqali TDYU, adliya organlari va muassasalari xodimlari uy-joy sharoitlarini yaxshilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil may | Adliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, TDYU |
IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning sifatini oshirish | ||||
27. | “TSUL Legal Report” taqriz beriladigan talabalar yuridik jurnalini taʼsis etish hamda uning qogʻoz va elektron shaklda tizimli ravishda nashr etilishini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil iyul | Adliya vazirligi, TDYU |
28. | TDYUni 2030-yilgacha xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi oʻrnini yuksaltirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil iyul | TDYU |
29. | Huquq sohasidagi xalqaro maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash (LexisNexis, WestLaw, JStore va boshqalar). | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil dekabr | TDYU |
30. | Kafedralar ixtisosligi boʻyicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va toʻgaraklarni, shuningdek “Yosh olimlar klubi” (Young Scholars Club)ni tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni xorijiy davlatlarga oʻqishga va stajirovkaga yuborish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil avgust, doimiy | TDYU, Adliya vazirligi |
31. | TDYUda quyidagi huquqlarni taqdim qilishni nazarda tutgan holda, yuridik fanlarning barcha ixtisosliklari boʻyicha ilmiy darajalar berish boʻyicha ilmiy kengashlarni tashkil etish: rektorga — ilmiy kengashlar tarkibiga jalb etilgan yuqori malakali mutaxassislarni moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshirish; ilmiy kengashlarga — dissertatsiyalarni ularning rasmiy himoyasiga qadar maxsus, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan foydalaniladigan elektron dasturlar yordamida, plagiat holatlari mavjudligi yuzasidan dastlabki tekshiruvdan oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil yanvar | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, TDYU, Adliya vazirligi |
32. | Huquqni qoʻllashning tizimli muammolarini oldindan prognozlash, aniqlash va bartaraf etishga, shu jumladan yuridik xizmat isteʼmolchilari oʻrtasida aloqalarni oʻrnatishga imkon beradigan TDYU ilmiy-innovatsion markazi yordamida samarali faoliyat koʻrsatadigan “ilmiy-innovatsion markaz — kafedra — ishlab chiqarish” triadasini yaratish orqali “University 3. 0” konsepsiyasini amalga oshirish uchun “Forsayt-prognozlash” innovatsion tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU, Adliya vazirligi |
33. | TDYU jurnallarining xalqaro miqyosdagi mavqeyini koʻtarish maqsadida ularni yetakchi ilmiy bazalar (RINS, DOI, Scopus)ga bosqichma-bosqich kiritish, shuningdek, jurnallarning alohida sonlarini xorijiy davlatlardagi nufuzli ilmiy yuridik jurnallar bilan hamkorlikda nashr ettirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil noyabr | TDYU |
V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish | ||||
34. | “Ikki tomonlama diplom” taqdim etishni nazarda tutuvchi qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree)ni joriy etish, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga doktoranturaga yuborish, shuningdek yetakchi chet el mutaxassislarini TDYUda oʻtkaziladigan oʻquv va ilmiy tadbirlarga jalb etish orqali xalqaro hamkorlikni kengaytirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
35. | Chet el huquqini oʻrganish markazlarini tashkil etish maqsadida Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
36. | Milliy va xalqaro olimpiadalarni tashkil etish va oʻtkazish hamda xalqaro tanlovlarda (Willem C. Vis Moot Arbitration, Phillip C. Jessup International Law Moot Court Competition va boshqalar) talabalarning tizimli asosda ishtirok etishini taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil, doimiy | TDYU, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
37. | TDYUning xalqaro universitetlar assotsiatsiyasiga, shu jumladan Universitetlar buyuk xartiyasi, Universitetlar xalqaro assotsiatsiyasi, Yuridik maktablar xalqaro assotsiatsiyasi, Yevropa universitetlari assotsiatsiyasi va boshqalarga aʼzo boʻlishini taʼminlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil may | TDYU, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
VI. Talabalarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish | ||||
38. | Davlat va jamiyat oldida turgan muhim masalalarni hal qilish uchun masʼuliyatni zimmasiga oladigan vatanparvar, zamonaviy yoshlarni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan beshta muhim tashabbusni amalga oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil sentabr | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, TDYU |
39. | Yuridik taʼlim sohasidagi tarixiy meros, asosiy qadriyatlar va yutuqlarni saqlash, targʻib qilish va namoyish etishga qaratilgan TDYU muzeyini yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil fevral | TDYU, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi |
40. | Vatanga xizmat qilishning eng yaxshi anʼanalari, tajribasi va vatanparvarlik tuygʻulari yordamida yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishni oʻziga maqsad qilgan TDYU Faxriylar kengashini tashkil etish. | Rektor buyrugʻi | 2020-yil sentabr | TDYU |
41. | Chet ellik sayyohlarni jalb qilish va dunyo hamjamiyatida TDYUga qiziqishni oshirish uchun konseptual yangi ijtimoiy yoʻnalish “Student Ambassadors” tashkil qilish orqali milliy yuridik taʼlimning jozibadorligini oshirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2021-yil may, doimiy | TDYU, Adliya vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
42. | TDYUda talaba yoshlarga biznes hamjamiyatining professional doirasiga kirish, korporatsiya ekspertlari va top menejerlari bilan suhbatlashish, shuningdek, kasbiy oʻsishga erishish imkoniyatini beradigan “Business Networking” uchun muhit yaratish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil iyun | TDYU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
43. | Oʻzbekistondagi yuridik taʼlim jozibadorligini oshirish maqsadida har yil adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda homiylar mablagʻlari hisobidan Markaziy Osiyo davlatlari yuridik oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Central Asia Law Congress” yuridik kongressini Toshkent shahrida tashkil etish va oʻtkazish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2021-yil may | Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TDYU |
44. | TDYUda xayriya va bitiruvchilar assotsiatsiyasi (Alumni Association) mablagʻlari hisobidan TDYU faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbai boʻladigan Maqsadli kapital fondini (Endowment Fund) tashkil qilish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil mart | TDYU Vasiylik kengashi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi |
45. | Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarda eskirgan kuratorlik institutidan voz kechish va innovatsion talablarga javob beradigan “tyutorlik” institutini joriy etishni nazarda tutgan holda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil avgust | TDYU, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
46. | RFID texnologiyalaridan foydalangan holda TDYU Axborot-resurs markazi faoliyatida foydalanuvchilarga keng qamrovli elektron xizmatlarni taqdim etadigan zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2021-yil sentabr | TDYU |
VII. Faoliyatning tashkiliy asoslarini takomillashtirish | ||||
47. | TDYU yangi Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Adliya vaziri buyrugʻi | 2020-yil iyul | Adliya vazirligi, TDYU |
48. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning yangi tuzilmasinitasdiqlash: kurs dekanatlari bazasida soha yoʻnalishlari boʻyicha fakultetlarni tashkil etish va 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab talabalarni “yurisprudensiya” mutaxassisligining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatga qabul qilish; litsey va yuridik texnikumlar bilan ishlash boʻyicha prorektor lavozimini joriy etish, TDYU rektoriga mazkur prorektorga bir vaqtning oʻzida TDYU huzuridagi akademik litsey direktori vazifasini bajarishni yuklash huquqini berish; jamoatchilik va OAV bilan aloqalar, taʼlim sifati ustidan nazorat, strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish boʻlimlari, talabalarga xizmat koʻrsatish va huquqiy tashabbus markazlari, shuningdek Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuzilmasida boʻlimlar tashkil etish; TDYUga bakalavriat bosqichiga kirish sinovlari uchun huquqshunoslik fanlari boʻyicha test sinovlari bazasini shakllantirish. | Rektor buyrugʻi | 2020-yil avgust 2020-yil dekabr | TDYU, Adliya vazirligi TDYU, Davlat test markazi |
49. | TDYU huzurida Mediatsiya va nizolarni muqobil usullarda hal etish markazini tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash: fuqarolik munosabatlari, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq nizolar, shuningdek, mehnat, oila va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni mediatsiya tartibida yuritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish; turli yuridik mutaxassisliklar vakillarining mediatsiya hamda nizolarni hal etishning boshqa muqobil usullari sohasidagi yangi bilimlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish; nizolarni va boshqa nizoli holatlarni muqobil usullar yordamida hal etishning tartib-taomillari yuzasidan trening, seminar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish; TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi asosida maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish. | Rektor buyrugʻi | 2021-yil fevral | TDYU, Adliya vazirligi |
50. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazi faoliyatini takomillashtirish: xalq taʼlimi, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish; masofaviy oʻqitish shaklini, xususan oliy maʼlumotga ega shaxslar uchun yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2020-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, TDYU |
51. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda TDYUning maʼmuriy-boshqaruv, oʻquv-yordamchi, muhandislik-texnik, xizmat koʻrsatuvchi va boshqa xodimlarini, shuningdek, yuridik texnikumlar va TDYU huzuridagi akademik litseyning pedagogik va oʻquv-yordamchi xodimlarini attestatsiyasini oʻtkazish hamdaularnizamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka va axloqiy meʼyorlarga ega kadrlar bilan toʻldirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil mart — avgust | TDYU, Adliya vazirligi |
52. | TDYU va “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan respublikaning boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalarini ixtiyoriylik asosida birlashtiradigan yosh yuristlar jamoat birlashmasini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil iyul | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, TDYU |
53. | Universitet rahbariyati va boshqa vakolatli organlarining talabalar va xodimlar huquqlariga taalluqli barcha qarorlari muhokamasida ishtirok etish orqali universitet rahbariyati va masʼul shaxslari oʻrtasida vujudga keladigan nizoli vaziyatlarni hal etishga tezkor ravishda koʻmaklashadigan TDYU ombudsmani institutini (universitet ombudsmani ofisi) joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil dekabr | TDYU |
54. | TDYU oʻquv jarayoniga masofaviy oʻqitish platformasini joriy etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish va universitetni zarur uskunalar bilan jihozlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil avgust | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TDYU |
55. | TDYU professor-oʻqituvchilari va xodimlarining rasmiy xizmat safarlari, chet ellik hamkorlar bilan birgalikda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishi va xorijiy oʻqituvchilar, mutaxassislar va talabalarni TDYU oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayoniga jalb qilishni Adliya vazirligi bilan oldindan kelishish tartibi oʻrniga xabardor qilish tartibini joriy etish. | Adliya vaziri buyrugʻi | 2020-yil avgust | Adliya vazirligi, TDYU |
56. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi TDYUning yangi imidjini shakllantirish: TDYUning oʻziga xos koʻrinishi va brendbukini yaratish; yangi ramzlarni tasdiqlash (logotip, bayroq va boshqalar); prospektlar, turli broshyuralar, flayerlar va esdalik sovgʻalarini ishlab chiqish va nashr etish; TDYU rasmiy veb-saytini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilish; jamoatchilik bilan aloqalarni jadallashtirish va TDYU toʻgʻrisidagi obyektiv maʼlumotlarni yetkazish. | TDYU rektori buyrugʻi | 2021-yil yanvar | TDYU |
VIII. Yuridik texnikumlar va akademik litsey faoliyatini takomillashtirish | ||||
57. | Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar boʻyicha takliflar kiritish: TDYU huzuridagi akademik litsey faoliyatini “litsey — universitet” taʼlimning uzluksizligi tizimini taʼminlash orqali oʻquv jarayonining sifatini keskin oshirish, litseyga oʻqishga qabul qilish va taʼlim jarayonini tashkil etish hamda litsey bitiruvchilarini TDYUga oʻqishga qabul qilish tartibini belgilash, shuningdek, xodimlarni, shu jumladan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini nazarda tutgan holda takomillashtirish; yuridik texnikumlar faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan professional yuridik taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish hamda yuridik texnikumlar, TDYU va Adliya vazirligiga yuridik texnikumlarning oʻquv-metodik jarayoni va faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qilishda, yuridik texnikumlar xodimlarini ragʻbatlantirish choralarini koʻrishda mustaqillik berish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2020-yil dekabr | Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, TDYU |
3-ILOVA